USING INNOVATIVE AND INTERACTIVE METHODS IN NATIVE LANGUAGE AND READING LITERACY CLASSES

HAC
Google Scholar
To share
Tursunova, Z. (2023). USING INNOVATIVE AND INTERACTIVE METHODS IN NATIVE LANGUAGE AND READING LITERACY CLASSES. Modern Science and Research, 2(10), 777–779. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24722
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article describes the importance of interactive and innovative methods in working with students in mother tongue classes. Also, recommendations are given on the ways and methods of using interactive methods for students to learn lessons effectively.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

777

ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA INNOVATSION VA

INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH

Tursunova Zarina Ne’matovna

Osiyo xalqaro universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10040245

Annotatsiya.

Mazkur maqolada ona tili darslarida o’quvchilar bilan ishlashda interfaol

hamda innovatsion metodlarning ahamiyati haqida ma’lumotlar bayon etilgan. Shuningdek,
o’quvchilarning darslarni samarali o’zlashtirishlari uchun interfaol metodlardan foydalanish
yo’llari, uslublari haqida tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

pedagogik, interfaol, innovatsiya, modul, tanqid, metod, ona tili, ta’lim

tizimi.

USING INNOVATIVE AND INTERACTIVE METHODS IN NATIVE

LANGUAGE AND READING LITERACY CLASSES

Abstract.

This article describes the importance of interactive and innovative methods in

working with students in mother tongue classes. Also, recommendations are given on the ways and
methods of using interactive methods for students to learn lessons effectively.

Key words:

pedagogical, interactive, innovation, module, criticism, method, mother

tongue, educational system.

ПРИМЕНЕНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ И ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ НА

УРОКАХ РОДНОГО ЯЗЫКА И ЧИТАТЕЛЬСКОЙ ГРАМОТНОСТИ

Аннотация.

В данной статье даётся сведение и значение инновационных и

интерактивных методов с учениками на уроках русского языка и читательской
грамотности. А также даётся рекомендации при проведении и закреплении учениками
интерактивных методов и путей.

Ключевые слова:

педогогический, интерактивный, инновационный, модуль

критика, метод, русский язык, система образования.


O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka

erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash
maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini
faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi
o’sishiga olib keladi.

Shuningdek ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot

texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayib
bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta’limda o’quvchini
faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni
egallayotgan bilimlarini o’zlari izlab topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto
xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi.

O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga

sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funksiyasini bajaradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

778

Ta'lim jarayonida o’quvchi asosiy figuraga aylanadi. Pedagogik texnologiya va pedagog

mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o’quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega
bo’lishlarini ta’minlaydi.

Yangi pedagogik texnologiyalarga bag’ishlangan adabiyotlar va maqolalarda bir qator

oqitish usullari haqida soz yuritilmoqda. Bu usullar innovatsion metodlar sifatida taqdim
etilmoqda. Shulardan ona tili darslarida bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan qo'llanishi mumkin
bolgan ayrim metodlar xususida so'z yuritamiz.

1.

Modulli ta’lim texnologiyasi.

Bu o'quvchilarda darslik, ilmiy-ommabop va qo'shimcha

adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko'nikmalari, ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish
maqsadida o'tkaziladi. Modulli ta'lim texnologiyasining o'ziga xos jihati o'rganilayotgan mavzu
bo'yicha o'quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlariga imkon beradigan modulli dastur tuzishdir.

2.

Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi

, uning asosiy g’oyasi o'quv topshiriqlarini va faqat

birgalikda bajarish emas, balki o'quvchilarni hamkorlikda o'qishga orgatadi, ular o'rtasida
hamkorlik, o'zaro yordam va fikr almashinishi vujudga keltirish.

3.

Muammoli ta'lim texnologiyasi.

Muammoli vaziyat yaratish, savollar qo'yish, masalalar

va topshiriqlarni taklif qilish, muammoli vaziyatni yechishga qaratilgan muhokamani uyushtirish
va xulosalar to'g’riligini tasdiqlashdir.

4.

Interfaol metod texnologiyasi.

O'quvchilarning ijodkorligiga tayanish, darsda erkin bahs-

munozara sharoitini tug’dirish. Buning uchun sinf kichik guruhlarga bo'linadi va dars davomida
shu guruhlar bilan ishlanadi.

5.

Didaktik o‘yinlar texnologiyasi

. Dars jarayonida turli didaktik o'yinlarni qo'llash va ular

orqali darsda jonlanish, faol harakat va qiziqish uyg’otish.

6.

Sinov darslari

. Yangi pedagogik texnologiya asosida dars o'tish shakllari va usullarini

o'zgartirib, ularni xilma-xil qilib, oqituvchi oquvchini oquv jarayonining faol qatnashchisiga
aylantiradi.

O’qituvchi va o'quvchining hamkorlikdagi faoliyati bu darsni interfaol darsga aylantiradi.

O'qitishning yangi interfaol shakllari – ta'lim-tarbiya masalalarini unumli yechishga,
o'quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan o'quv mashg’ulotlarini
takomillashtirish yo'llaridan biri. Xorijiy davlatlar tajribasida sinovdan o'tgan bu metod ya'ni
interfaol metodga ko'ra darslar bir necha bosqichga bo'linadi: Ular chaqiriq, aqliy hujum, anglash,
fikrlash kabi bosqichlardir.

1.

Chaqiriq bosqichi. Bu bosqichda oaquvchilarni faollashtirish, mavzuning mazmun –

mohiyatiga kirib borish, uni his etish, anglab yetish jarayoniga tayyorlash kabi maqsadlar ko’zda
tutiladi. Bunda o’qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob berish jarayonidao’quvchilar
o’zaro fikr almashadi.

2.

Aqliy hujum bosqichi. Bu usul darsning boshlanishida yoki istalgan joyida qo’llanishi

mumkin bo’lib, u muamoni o’z g’oyalari, fikrlarini aytish yo’li bilan hal qilishdan iborat. Masalan,
o’qituvchi sinf taxtasiga til so’zini yozadi va o’quvchilardan “Ushbu so’z sizlarda qanday
tassavvur hosil qildi yoki shu so’zni yana qaday talqin qilsa bo’ladi?” – deb so’raydi.

3.

O’qituvchi o’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlarni sinf taxtasiga quyidagi tartibda

yozib borishi mumkin: O’quvchilarning fikrlari noto’g’ri deb topilmasligi lozim aksincha,
o’qituvchi iloji boricha o’quvchilarga yordam berishi noto’g’ri fikr aytib qo’yishdan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

779

cho’chimaslikka da’vat qilishi, oxirida esa bildirilgan fikrlarning har birini o’qituvchi tahlil qilib
berishi kerak. Sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil etishda, o’quvchiga o’qiladigan
materiallarni 1 hafta oldin tavsiya etsa, o’quvchi dam oladigan shanba, yakshanba kunlarida bekor
qolmaydi. Albatta, bunda ota-ona nazorati o’ta muhim.

4.

Anglash bosqichi. Bu bosqichda aqliy hujum bosqichidagi mavzuga oid bahs- munozara

natijasida yuzaga kelgan xulosaviy fikrlar eshitilib, o'qituvchi tomonidan yangi fikrlar bilan
to'ldiriladi. Savol-javoblar orqali mavzu mustahkamlanadi.

Ta'limda innovatsion metodlarni qo'llashdan asosiy maqsad – o'qituvchining o'z pedagogik

xazinasini qayta ko'rib chiqishiga yordamlashish, yanada yuqori sifatli metodik yo'nalishga
intilishini hosil qilish, kelgusi o`ylar, izlanishlar, tajribalarga undashdir.

REFERENCES

1.

Khodjamkulov, U., Makhmudov, K., & Shofkorov, A. (2020). The Issue of Spiritual and
Patriotic Education of Young Generation in the Scientific, Political and Literary Heritage of
Central Asian Thinkers. International Journal of Psychosocial Rehabilitation.

2.

Til va adabiyot ta’limi (O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligining ilmiy metodik
jurnali). 2008 yil 1-son. 3-6 b

3.

Xalq Ta’limi jurnali 2015 yil 5- son. 36 b

4.

Til va adabiyot ta’limi 2019 yil 1- son 16 b



References

Khodjamkulov, U., Makhmudov, K., & Shofkorov, A. (2020). The Issue of Spiritual and Patriotic Education of Young Generation in the Scientific, Political and Literary Heritage of Central Asian Thinkers. International Journal of Psychosocial Rehabilitation.

Til va adabiyot ta’limi (O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligining ilmiy metodik jurnali). 2008 yil 1-son. 3-6 b

Xalq Ta’limi jurnali 2015 yil 5- son. 36 b

Til va adabiyot ta’limi 2019 yil 1- son 16 b

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов