METHODOLOGY OF MOTHER TONGUE TEACHING IN PRIMARY SCHOOLS

HAC
Google Scholar
To share
Tursunova , Z. (2023). METHODOLOGY OF MOTHER TONGUE TEACHING IN PRIMARY SCHOOLS. Modern Science and Research, 2(9), 350–352. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24194
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

At present, the country pays great attention to the development of the mother tongue, and the use of various innovative and pedagogical technologies in the teaching of the mother tongue in schools and educational institutions is a priority. This article is devoted to the methods of teaching the mother tongue in primary school.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

350

BOSHLANG‘ICH SIFLARDA ONA TILI O‘QITISH METODIKASI

Tursunova Zarina Ne’matovna

Buxoro viloyati Buxoro shahri

Osiyo xalqaro universiteti o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8384319

Annotatsiya.

Hozirda mamlakatimizda ona tilini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilib,

maktablarda, ta’lim muassasalarida ona tilini o’qitishda turli innovatsion va pedagogik
texnologiyalardan foydalanish ustuvorlik kasb etmoqda. Ushbu maqola boshlang’ich sinflarda
ona tilini o’qitish metodikasiga bag’ishlangan.

Kalit so’zlar:

ilmiylik, tizimlilik, izchillik, onglilik, ko‘rsatmalilik, faollik, mustaqillik

prinsplari, ijodiy tafakkurni o’stirish, matn yaratish.

METHODOLOGY OF MOTHER TONGUE TEACHING IN PRIMARY

SCHOOLS

Abstract.

At present, the country pays great attention to the development of the mother

tongue, and the use of various innovative and pedagogical technologies in the teaching of the
mother tongue in schools and educational institutions is a priority. This article is devoted to the
methods of teaching the mother tongue in primary school.

Keywords:

scientific, systematic, consistent, conscious, demonstrative, active, principles of

independence, development of creative thinking, text creation.

МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ РОДНОМУ ЯЗЫКУ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

Аннотация.

В настоящее время в нашей стране большое внимание уделяется

развитию родного языка, приоритетным становится использование различных
инновационных и педагогических технологий в обучении родному языку в школах,
образовательных учреждениях. Данная статья посвящена методике обучения родному
языку в начальных классах.

Ключевые слова:

научность, системность, последовательность, внимательность,

наглядность, активность, принципы самостоятельности, развитие творческого
мышления, создание текста.


Ona tili - har bir elatning, xalqning, millatning oʻz tili. Ona tili lugʻat tarkibi, asosan, shu

tilga mansub xalqning turmushi, madaniyati va anʼanalarini ifodalaydigan soʻz va tushunchalardan
iborat boʻladi. Ona tili taraqqiyoti har bir elat, xalq va millatning ijtimoiy rivojlanishi bilan uzviy
bogʻliq.

Darsni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishda o’quvchi va o’qituvchi faoliyatiga

qo’yiladigan talablar, didaktik qoidalar ta’lim prinsplari hisoblanadi. Bu prinsplar har fanda o’ziga
xos tadqiq etiladi. Biz quyida ona tili fanini o’qitishda qo’llaniladigan prinsplar xususida so’z
yuritamiz.

Tizimlilik va izchillik prinspi. O’zbek tili o’qitishda tizimlilik va izchillik prinsipi muhim

o’rin tutadi. Til fanining bo’limlarini bir tartibda o’rganish shu prinspga mos tushadi. Ona tili
fanini o’rgatishda dastlab fonetika, leksika haqida, shundan so’ng so’z yasash, so’z tarkibi,
morfologiya va sintaksis haqida ma’lumot beriladi. Bu esa yuqoridagi prinspga amal qilinganligini
bildiradi. Ona tili o’qitishda nazariyani amaliyotga bog’lash ham muhimdir. Buning uchun
fonetika va grammatikadan har bir mavzu orfografiya yoki punktuatsiya bilan, orfoepiya yoki


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

351

lug’at bilan bog’liq holda o‘tilishi lozim. Bu prinspni amalga oshirish uchun grammatik qoidalarga
mos misollarni jonli nutqdan olish, qoidalarni mustahkamlashda o’quvchilarning ijodiy
tafakkurini o’stirishga yordam beradigan mashqlardan foydalanish zarur bo’ladi.

Ona tili o‘qitishda onglilik ham muhim o‘rin egallaydi. Onglilik prinspi ta’rif yoki

qoidaning o’quvchilar tomonidan ongli o’zlashtirilishiga tirishmoqni talab etadi:

1. O‘qitishda ongli verbal-kognitiv ta’limga (OVKT) asoslanish
2. Til materiali va ta’lim oluvchilarning yosh psixologiyasi mutanosibligiga e’tibor berish.
3. O‘quvchilarda mustaqil va ijodiy mushohada malakalarini mustahkamlash
4. Darsni ma’lum bir tizimda olib borish
5. Mavzulararo bog‘lanishga e’tibor berish
6. Nutqiy malakalarni mustahkamlash va til sezgirligini oshirish.
Mustaqillik va faollik prinsipi.
7. O‘qitishda ongli verbal-kognitiv ta’limga (OVKT) asoslanish
8. Til materiali va ta’lim oluvchilarning yosh psixologiyasi mutanosibligiga e’tibor berish.
9. O’quvchilarda mustaqil va ijodiy mushohada malakalarini mustahkamlash

10. Darsni ma’lum bir tizimda olib borish
11. Mavzulararo bog’lanishga e’tibor berish

12. Nutqiy malakalarni mustahkamlash va til sezgirligini oshirish.

Mustaqillik va faollik prinsipi.
Mustaqillik va faollik orqali o‘quvchi ta’limining faol ishtirokchisiga aylanadi. Mustaqillik

faollik uchun sharoit yaratilsa, faollik mustaqillikni tarbiyalashga asos bo‘ladi. Mashg‘ulotlarda
mustaqil ishlarni tashkil etish qo‘yilgan muammo, savol va topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqib
o’quv jarayonini boshqarish yosh avlodda mustaqillik va faollikni tarbiyalaydi.

Buning uchun o‘quvchi har bir mashg‘ulotda mustaqil va ijodiy ishlashi, tilning mavjud

imkoniyatlaridan unumli foydalanishi, so‘z boyligini oshirib borishi, ravon va aniq so‘zlash
malakasini egallashi darkor.

Ilmiylik va tushunarlilik prinsipi.
Ilmiylik prinsipi o’quv predmetlarini hozirgi fan yutuqlari zaminida bayon qilishni talab

etadi. Tushunarlilik prinsipi esa o‘quv predmetini bolalarning yoshi, shaxsiy xususiyatlari, hayotiy
tajribalari, tayyorgarlik darajasiga moslashtirishni taqozo etadi. Bu ikki prinsp bir-birini to’ldiradi.
Bu prinsplarni amalga oshirishda quyidagilarga e’tibor berish talab etiladi:

- til sathlarini o‘zaro bog‘liqlikda o‘rgatish;
- o‘qituvchining fan yangiliklaridan xabardor bo‘lib turishi kerak;
- o‘qituvchi butun fikrini ilmga asoslanib bayon etishi lozim;
- til va nutqni farqlab o‘qitishning, ixcham va talaffuz meyorlariga mos bo‘lishi;
- ayrim o‘quvchilarga individual munosabatda bo’lish.

Ko‘rsatmalilik prinsipi.
Ko‘rsatmalilik o‘quvchilar bilimini oshirish va o’qituvchining mehnatini samarali qilish

vositalaridan biridir.

Ko‘rgazmali quroldan yangi bilim berishda ham, o‘tilganlarini qaytarish va ayrim faktlarni

izohlashda ham foydalanish mumkin. Ko‘rgazma sifatida turli jadvallardan, boshqotirmalardan,
fikrlash jarayonini tezlashtirishga qaratilgan o‘quv topshiriqlaridan, kompyuterda ishlashga
yo‘naltirilgan dasturlardan, audiyo-video o’quv dasturlaridan foydalanish mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

352

Og‘zaki nutq bilan yozma nutq orasidagi munosabatni to‘g‘ri belgilash orqali

o’quvchilarning yozuv malakalari ham takomillashib boradi.

«Ona tili» darslarida uzundan-uzoq, murakkab grammatik qoidalarni, «O‘zbek adabiyoti»

darslarida ijodkor hayotidagi o‘tkinchi sana va voqealarni yodlashga majbur qilmasdan, balki ona
tilida sof so‘zlash, o‘z fikrini to‘g‘ri ifodalay olish, mustaqil fikrlash, badiiy asarni ifodali o‘qish,
uning ruhini his qilish, badiiy san’atidan lazzatlanish, so‘zdan zavqlanish ruhida ta’lim bermoq
kerak. Ona tili va adabiyot o‘qitishdan kutilgan pirovard natija – shu!

Shunday qilib, ona tili o‘qitishning samarali bo‘lishi ko‘p jihatdan uni adabiyot bilan

bog‘lab olib borishga bog‘liq, yoki aksincha. Aslida, ona tili, adabiyot darslarida ham o‘rganiladi.
Masalan, badiiy asarning tilini tahlil etish davomida ba’zi grammatik shakllarning uslubiy
ahamiyati, sinonimlarning nutqda tutgan o‘rni izohlanadi va hokazo; o‘quvchi va talabalar tilning
turli ifoda vositalari bilan tanishib boradilar. Badiiy asar tili bo‘yicha muayyan bir izchillikda olib
boriladigan ishlar o‘quvchi va talabalarning so‘z boyligini oshiradi va nutqini o‘stiradi. Adabiy
asarning tasviriy vositalari bo‘yicha sinfda va undan tashqari bajarilgan ishlar natijasida o‘quvchi
va talabalar so‘z haqida, uning turli nutq uslubidagi o‘rni haqida kengroq tushunchaga ega bo‘la
boradilar. Xilma-xil ifoda jilolari tilning estetik ta’siri va ahamiyatini chuqurroq anglashga yordam
beradi. Ona tili o‘rta maktab, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘rganiladigan barcha
fanlarni puxta o‘zlashtirish uchun muhim «kalit» sanaladi. Til vositasida o‘quvchi va talaba
boshqa fanlarni o‘rganadi. Barcha fanlar

o‘qituvchisi sifatida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga boradi. Shu bois, bo‘lajak

mutaxassislar uchun «Ona tili o‘qitish metodikasi» fani yetakchi fanlardan biri bo‘lib, uning oliy
o‘quv yurtlarida o‘qitilishi muhim zaruriyatdir.

«Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining oliy o‘quv yurtlarida o‘qi-tilishi maktabda ona tili

fanining tutgan o‘rni bilan ham belgilanadi. «Ona tili» maktab ta’limi tizimida eng yetakchi
fanlardan biri bo‘lib, jamiyat a’zolarini ijodiy fikrlashga, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos
ravishda og‘zaki va yozma shakllarda bayon qilishga o‘rgatadi.

«Ona tili o‘qitish metodikasi» pedagogik sikldagi fanlardan biri bo‘lib, u didaktika bilan

uzviy bog‘langan va xususiy didaktika sikldagi fanlardan biri sanaladi. Chunki umumiy
didaktikaning barcha masalalari bevosita xususiy didaktika, shu jumladan, ona tili ta’limi bilan
bevosita aloqadordir. Ta’limning umumdidaktik asoslaridan xabardor bo‘lgan talaba «Ona tili
o‘qitish metodikasi» fanini osonlik bilan o‘zlashtiradi.

«Ona tili o‘qitish metodikasi» o‘ziga xos mustaqil fan sanaladi. Chunki bu fan maktabda

ona tili «Nima uchun o‘qitiladi?», «Nega shunday o‘qitiladi?», «Nima o‘qitiladi?», «Qanday
o‘qitiladi?», «Ona tili ta’limi qanday tashkiliy shakllar vositasida amalga oshiriladi?» degan
savollarga javob izlaydi.

«Ona tili o‘qitish metodikasi»ning fan sifatida shakllanishi, rivojlanishi va hozirgi ahvoli.

Uzoq tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi ijtimoiy-siyosiy va g‘oyaviy to‘siqlarga qaramay, O‘rta
Osiyodagi boshqa xalqlar kabi ilg‘or fikr egalarini, dunyoga mashhur buyuk olim, shoir va san’at
ahllarini yetkazdi, insoniyatga ilm-fan, madani-yat va adabiyot sohasida o‘lmas yodgorliklar
taqdim etdi.


References

REFERENCES

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов