DYSLALIA AND ITS OCCURRENCE

HAC
Google Scholar
To share
Yarashova, N. (2023). DYSLALIA AND ITS OCCURRENCE. Modern Science and Research, 2(10), 1093–1095. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24848
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

One of the areas of attention today is considered to be children's speech, and the field of study of Child speech ontolinguistics is one of the disciplines with a new historical basis. This branch of linguistics, along with its development, also has certain problems within its framework. That is, in this it is possible to indicate phonetic, lexical, psychological and social problems in children's speech.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1093

DISLALIYA VA UNING YUZAGA KELISHI

Nasiba Jumayevna Yarashova,

Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti, f.f.f.d. (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.10064176

Annotatsiya.

Bugungi kunning e’tibor markazida bo‘lgan sohalaridan biri bu bolalar nutqi

hisoblanib, bola nutqini o‘rganuvchi soha ontolingvistika yangi tarixiy asosga ega fanlardan
biridir. Ushbu tilshunoslik tarmog‘i o‘zining rivojlanishi bilan birga o‘z doirasida ma’lum
muammolarga ham egadir. Ya’ni bunda bolalar nutqidagi fonetik, leksik, psixologik va ijtimoiy
muammolarni ko‘rsatish mumkin.

Kalit so‘zlar:

ontolingvistika, nutqiy ontogenez, nutq muammolari, individual nutq, tashqi

omil.

DYSLALIA AND ITS OCCURRENCE

Abstract.

One of the areas of attention today is considered to be children's speech, and the

field of study of Child speech ontolinguistics is one of the disciplines with a new historical basis.
This branch of linguistics, along with its development, also has certain problems within its
framework. That is, in this it is possible to indicate phonetic, lexical, psychological and social
problems in children's speech.

Key words:

ontolinguistics, speech ontogenesis, speech problems, individual speech,

external factor.

ДИСЛАЛИЯ И ЕЕ ВОЗНИКНОВЕНИЕ

Аннотация.

Одной из сфер, на которой сегодня сосредоточено внимание, является

детская речь, область изучения детской речи, которая считается онтолингвистика
является одной из дисциплин, имеющих новую историческую основу. Эта отрасль
лингвистики, наряду со своим развитием, имеет в своих рамках и определенные проблемы.
То есть в этом можно указать на фонетические, лексические, психологические и
социальные проблемы в речи детей.

Ключевые слова:

онтолингвистика, речевой онтогенез, проблемы речи,

индивидуальная речь, внешний фактор.


Bolaning barkamol o‘sib ulg‘ayishida nutqiy ko‘nikmaning rivojlanishi katta ahamiyat

kasb etadi. Bolalar nutqi zamonaviy tilshunoslikning yangi tarmog‘i sifatida bugungi kunda
o‘rganilayotgan yangi soha hisoblanadi.

Nutqiy ontogenez shaxsning tug‘ilganidan to umrining oxirigacha nutqiy shakllanishi va

rivojlanishi majmuyidir. Nutqiy ontogenez atamasi (grekcha “ontos” (mazmun, mohiyat) +
“genez” (rivojlanish) qat’iy ma’noda insoniyat nutqining butun hayoti davomida rivojlanishiga
tegishli bo‘lib, ammo amalda bu atama bola nutqining rivojlanishiga nisbatan qo‘llaniladi. Bola
nutqining shakllanishi jarayonida turli omillar ta’sirida nutqiy buzilishlar yuzaga kelishi
kuzatiladi.

Bola nutqi buzilishiga olib keluvchi sabablar bolaning aniq, ravon muloqotga kirishib

fikrini ifodalashda hamda tashqi olamga nisbatan o‘z munosabatini bildirishda nutqiy
muammolarga olib keladi. Nutqiy muammolar esa bolaning psixologik, ijtimoiy rivojlanishida o‘z
ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1094

Kichik yoshdagi bolalar orasida nutq buzilishi bilan bogʻliq muammolar juda koʻp

uchraydi. Bunga esa asosan tashqi omillar yoki ota-onalarning eʼtiborsizligi sabab bo‘ladi.
Dislaliya nutq buzilishining keng tarqalgan turi boʻlib, bu holatda kichik yoshli oʻgʻil-qizlar ayrim
tovushlarni toʻgʻri talaffuz qila olmaydi yoki bir tovushni ikkinchisiga almashtirib, baʼzi paytda
uni oʻtkazib yuboradi. Asosan 3-4 yoshli kichkintoylarda uchraydigan bu nutq buzilishida bola oʻz
istaklarini toʻliq va aniq bayon eta olsa-da, baʼzi soʻzlarni notoʻgʻri talaffuz qiladi. Masalan
“mashina” soʻzini “matina”, “shirinlik” soʻzini esa “tirinlik” deb aytishi mumkin.

Dislaliyaning 2 xil – funksional va mexanik turlari bor. Mexanik turiga asosan bola

ogʻzidagi nutq apparatidagi (tishlar joylashuvi, jagʻlar shakli) kamchiliklar, tanglayning tartibsiz
tuzilishi, qalin lablar sabab boʻladi. Funksional dislaliyani esa bolaning oʻtkir kasalliklarni
boshdan kechirganligi, oilada ikki tilda soʻzlashish, farzand nutqini notoʻgʻri tarbiyalash, u bilan
kam suhbatlashish, kichkintoy bilan gaplashganda soʻzlarni “bolalarcha” talaffuz qilish va unda
fonemik eshitishning yaxshi rivojlanmaganligi kabi omillar keltirib chiqaradi.

Mexanik dislaliya tashxisi qoʻyilgan Bolani ortodont va logoped mutaxassislar birgalikda

davolashi lozim. Buning uchun kichkintoyga ogʻiz orqali bajariladigan maxsus mashgʻulotlar
tavsiya etiladi. Ayrim vaqtlarda esa shifokor koʻrsatmasi bilan jarrohlik amaliyoti qoʻllaniladi.

Funksional dislaliya 5 yoshgacha davolanmaydi. Agar bola shu davrga qadar baʼzi

soʻzlarni notoʻgʻri talaffuz qilayotgan boʻlsa, u bilan toʻgʻri va ravon soʻzlashish orqali muammoni
bartaraf etish mumkin. Bunda kichkintoyga sheʼr yodlatish, qoʻshiq eshittirish yaxshi samara
beradi. Biroq bola 5 yoshga toʻlgach ham “quyosh” soʻzini “quyos” deyayotgan boʻlsa, uni
shifokorga koʻrsatish zarur bo‘ladi. Mazkur holatda logoped jajji bemorga ogʻiz mashgʻulotlarini
oʻrgatish va talaffuz qila olmayotgan tovushlarni toʻgʻri aytishga yordamlashadi. Yaʼni maxsus
logopedik yoʻllar bilan bu tovushlarni kichkintoy nutqida mustahkamlaydi.

Nutq rivojlanishida quyidagi bosqichlar o‘ziga xos ega:
1. G‘ing‘illash (1-5 oylikdan boshlab ) xarakteristikaga ko‘ra unli tovushlarga o‘xshash

ayrim tovushlarni aytish davri bo‘lib, dastlabki bosqich hisoblanadi, va albatta, bu davrda bola
tovushlarni talaffuz qilish orqali nutqning dastlabki bosqichini boshdan kechiradi.

2. Bidillash (6-7 oylikdan 10 oylikkacha) tovushlarni o‘zaro qo‘shib, bo‘g‘inlar ketma-

ketligi ko‘rinishida talaffuz qilinadi va o‘ziga yaqin odamlarga nisbatan mazmunga ega so‘zlarni
aytishdan iborat bo‘ladi (da-da, bu-vi). 5 oylikdan bola tovushlarni eshitadi, lablar harakatini
ko‘radi va ularga taqlid qilishga urinadi. Kattalar aytgan so‘zlarni takrorlashga urinadi.

3. “Modullashgan bidillash” (6-7 oylikda) buyumlar, odamlar, harakatlar bilan bog‘liq

bo‘lgan turli tovushlar birikmasi (nan-na, ash-sha, ma) yasab nutqda foydalanadi, 10-11-oylikdan
boshlab esa, dastlabki so‘zlarga munosabat paydo bo‘ladi, 1 yoshda esa bola dastlabki so‘zlarni
ayta boshlaydi. Bola hayotining birinchi yilidagi faoliyatining asosiy shakli kattalar bilan
emotsional-ijobiy muloqot hisoblanadi. Aynan shu davrda bolaga kattalar bola tilida emas, balki
ularning kattalar tilida muloqot qilib gaplashsa, bola tilidagi nuqsonlar nisbatan bartaraf etiladi.

Ilk so‘zlar umumiy ma’noli xarakterga ega, ularning mazmuni asosan holatga bog‘liq, nutq

esa imo-ishoralar orqali boshqariladi.

Shuningdek, ontolingvistikaning o‘ziga xos muammolari bola nutqidagi fonetik, leksik,

psixologik kamchiliklarda kuzatiladi. Ya’ni bola nutqi shakllanishida uning harflarni g‘ug‘ulab
aytishidan tortib, nutqda ishlatiladigan so‘zlarni to‘liq ayta olishi, atrof-muhitga o‘z munosabatini


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1095

bildirishda nutq asosiy rol o‘ynaydi. Bundan tashqari bola nutqidagi kelib chiqishi mumkin
bo‘lgan muammolar ontolingvistika bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan psixologiya va tilshunoslik kabi
sohalar juda keng tarmoqlarga aloqador bo‘ladi. Bu esa o‘z o‘rnida ontolingvistikani turli
jihatlardan kelib chiqib tadqiq etish shuningdek, bola nutqini yanada nuqsonlardan holi, sog‘lom
qilib shakllantirishni aniqlash zaruratini keltirib chiqaradi.

REFERENCES

1.

Bola nutqi buzilishi sabablari nimada? // Xalq so‘zi 2022-yil 20-noyabr.

2.

Грибова О.Е. К проблем анализа речевой коммуникатсии у детей с речевой
патологией. // Дефектология . – Москва, 1995.

3.

Лалаева Р.И. Логопедическая работа. Кн для логопеда. – Москва: Педагогика, 1998.

4.

Леонтьев А.А. Слово в речевой деятельности. – Москва, 2003.

5.

Пиаже Ж. Реч И мишление ребёнка. – Москва, 1994.

6.

Пинкер С. Язык как инстинкт. – Москва, 2004.

7.

“Problems of ontolinguistics – 2022: the speech world of a child (universal processes and
individual manifestations)

8.

Qo‘chqarov B. “Ontolingvistika” uslubiy qo‘llanma. – Namangan, 2020.

9.

9. Xamidova M.P, Ayupova M.Y. Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi. –
Toshkent: O‘zfaylasuflar MJ, 2009.


References

Bola nutqi buzilishi sabablari nimada? // Xalq so‘zi 2022-yil 20-noyabr.

Грибова О.Е. К проблем анализа речевой коммуникатсии у детей с речевой патологией. // Дефектология . – Москва, 1995.

Лалаева Р.И. Логопедическая работа. Кн для логопеда. – Москва: Педагогика, 1998.

Леонтьев А.А. Слово в речевой деятельности. – Москва, 2003.

Пиаже Ж. Реч И мишление ребёнка. – Москва, 1994.

Пинкер С. Язык как инстинкт. – Москва, 2004.

“Problems of ontolinguistics – 2022: the speech world of a child (universal processes and individual manifestations)

Qo‘chqarov B. “Ontolingvistika” uslubiy qo‘llanma. – Namangan, 2020.

9. Xamidova M.P, Ayupova M.Y. Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi. – Toshkent: O‘zfaylasuflar MJ, 2009.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов