THE IMPORTANCE OF USING THE ESSAY METHOD IN TEACHING LEGAL SCIENCES

HAC
Google Scholar
To share
Meliboyeva , D. (2023). THE IMPORTANCE OF USING THE ESSAY METHOD IN TEACHING LEGAL SCIENCES. Modern Science and Research, 2(10), 281–283. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25088
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, in order to achieve efficiency in the teaching of jurisprudence, the role of educational methods that teach working with concrete facts, forming the ability to analyze laws in society, forming the skills of rhetorical thinking and reasoning is incomparable. Among them, there is an opinion about the effectiveness of using the "Essay writing method".


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

281

HUQUQSHUNOSLIK FANLARINI O‘QITISHDA ESSE METODIDAN

FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Meliboyeva Dilnoza Ergashevna

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi

“Umumta’lim fanlar kafedrasi” o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10088073

Annotatsiya.

Ushbu maqolada huquqshunoslik fanlarini o‘qitishda samaradorlikka

erishish uchun ta’limning aniq faktlar bilan ishlashni o‘rgatuvchi, jamiyatdagi qonunlarni tahlil
qilish ko‘nikmasini shakllantiruvchi, nutqiy fikrlash, asoslash malakasini shakllantiruvchi
metodlarning o‘rni beqiyosdir. Ularning ichida dan “Esse yozish metodi”ni qo‘llashning
samaradorligi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

metod, esse, tahlil qilish, asoslash, nazariya, amaliyot, ilmiy nutq, yuridik til,

musosabat, usul va vositalar, natijadorlik.

THE IMPORTANCE OF USING THE ESSAY METHOD IN TEACHING LEGAL

SCIENCES

Abstract.

In this article, in order to achieve efficiency in the teaching of jurisprudence, the

role of educational methods that teach working with concrete facts, forming the ability to analyze
laws in society, forming the skills of rhetorical thinking and reasoning is incomparable. Among
them, there is an opinion about the effectiveness of using the "Essay writing method".

Key words:

method, essay, analysis, justification, theory, practice, scientific discourse,

legal language, accounting, methods and tools, efficiency.

ВАЖНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МЕТОДА ЭССЕ В ПРЕПОДАВАНИИ

ПРАВОВЫХ НАУК

Аннотация.

В данной статье для достижения эффективности преподавания

юриспруденции несравненна роль образовательных методов, которые учат работать с
конкретными фактами, формируют умение анализировать законы в обществе,
формируют навыки риторического мышления и рассуждения. Среди них есть мнение об
эффективности использования «Метода написания эссе».

Ключевые слова:

метод, эссе, анализ, обоснование, теория, практика, научный

дискурс, юридический язык, бухгалтерский учет, методы и инструменты,
эффективность.

Ma’lumki, huquqshunoslik fanlari o‘z sohalari kesimida nazariy ma’lumotlarni bayon

etishda boshqa fanlardan aniq dalillarga asoslanishi va huquqiy normalarga asoslangan holda ilmiy
nutqdan, dalillashdan keng foydalanishi bilan fanlar tizimida alohida o‘rin tutadi. Huquqshunoslik
fanlarini o‘qitishda samarali usullardan foydalanish uchun, avvalo, uni o‘qitishning shunday
samarali usullarini tanlash va qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Natijadorlik ta’limdagi asosiy
maqsaddir.

Bu borada huquqshunoslik fanlarini o‘qitish metodikasi alohida o‘rin tutadi va huquqiy

ta’lim sohasidagi faoliyat usullarini o‘rganadi - bu usullar juda xilma-xil bo‘lishi mumkin, ammo
ularning barchasi zamonaviy talabaga huquqni qanday o‘rgatish, uning qobiliyatlarini qanday
rivojlantirish, umumiy ta’limni shakllantirishni tushunishga imkon beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

282

Huquqshunoslik fanlarini o‘qitishda ayniqsa, “Esse yozish” metodi muhim ahamiyatga

egadir. Undan foydalanish o‘quvchi-talabani yuridik tilda fikrini aniq bayon etishga, dalillashga,
har bir gapini asoslantirilgan holda ifodalashga o‘rgatadi. Yurist uchun nutqning aniqligi, fikrining
asoslantirilganligi muhim ahamiyatga egadir.

Esse – o‘quvchining aniq mavzu yuzasidan shaxsiy fikr-mulohazalari asosida yoziladigan

ixcham ijodiy ish hisoblanadi. Uning o‘zgachaligi mavzuda ko‘tarilayotgan muammoga fakt va
dalillarni o‘rinli keltirish orqali o‘z munosabatini bildirish. Esse erkin kompozitsiya asosiga
quriladigan, tuzilish jihatdan ixcham nasriy asar bo‘lib, badiiy-publitsistik janrning bir turi. Esse
muayyan bir reja asosida yozilmaydi.

Essening maqsadi

– o‘quvchini faol fikrlashga o‘rgatish, o‘z

mulohazalarini dalillashga yo‘naltirish, til unsurlaridan o‘rinli foydalanish orqali fikrni to‘g‘ri
yetkazib berish ko‘nikmalarini shakllantirish

Esse yozish o‘quvchilarga o‘z fikrini erkin bildirishga, mavzuga aloqador ma’lumotni ongli

qabul qilishga va tushunishga, muammoning yechimini topishga aloqador dalillardan foydalanib,
o‘z xulosasini aniq va savodli bayon etishga imkon yaratadi. Muhimi, keltirilgan fakt va dalillarning
o‘rinli qo‘llanishidir.

Esse fransuz tilidan tarjimada “tajriba, andaza” ma’nolarini anglatadi. Esse – prozaik etyud,

qandaydir bir predmetga oid umumiy yoki dastlabki mulohazalar. Ko‘pincha esse yozish
mashg‘ulotning boshida, yoki refleksiya sifatida, oxirida taklif etiladi. Esse yozish ko‘pincha
nazariy mashg‘ulotlar, ma’ruzalar hamda mustaqil mashg‘ulotlar tarkibida o‘tkaziladi. Uning
quyidagi turlari tegishli maqsadlarga muvofiq holda qo‘llaniladi:

Esse – taklif etilgan mavzu yuzasidan 1000 dan 5000 gacha so‘z hajmidagi insho.

Asoslangan esse

– qo‘yilgan savolga asosli javob keltirilgan yozma ishdir. Muallif ma’lum

bir nuqtayi nazarni egallaydi va uni himoya qiladi, bunda o‘zining nuqtai nazarini qo‘llab-
quvvatlash uchun bir qancha asoslangan isbotlarni keltiradi. Maqsad – muallif lozim topadigan
qarashlarni boshqalarning ham qabul qilishiga ishontirish. Asoslangan samarali esse yozish uchun
agar siz o‘z esseingizni yozish jarayonida uni fikriy jihatdan kitobxonlarga (uni o’quvchilarga)
“taqdim eta olsangiz” va ular bilan fikriy muloqot o‘rnata olsangiz, uni yozishingiz yengil bo‘ladi.

Asoslangan esse tarkibi:

1.

Mavzu (savol)ga nisbatan muallif nuqtai nazarining bayon etilishi (1 xat boshi).

2.

Bayon etilgan nuqtai nazarni asoslash – ushbu nuqtai nazarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha

muallifning ishonarli dalillari va ushbu nuqtai nazarni qabul qilishga ishontirish.

3.

Xulosa – rezyume.

Bundan tashqari “Besh daqiqali esse” metodi ham mavjud bo‘lib, ushbu usul –

o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha olingan bilimlarni umumlashtirish, mushohada qilish maqsadida
o‘quv mashg‘uloti oxirida 5 daqiqa oralig‘ida qo‘llaniladi. Yozma topshiriqning ushbu turi
talabalarning mavzuga doir o‘z mustaqil fikrlarini ifodalay olishga yordam berish va o‘qituvchiga
o‘z talabalari o‘quv materiali bilan tanishganda qaysi jihatlariga ko‘proq e’tibor berishlari
xususida fikrlash imkonini beradi.

Erkin yozish metodi

– besh daqiqali essening boshqa ko‘rinishi bo‘lib, talabalarning

muayyan mavzu bo‘yicha o‘z xayollariga kelgan barcha narsalarni to‘xtamasdan yozish
mashqlaridan iborat. Masalan, talabalarga besh daqiqa ichida “Huquqiy munosabatlar” mavzusi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

283

bo‘yicha o‘z xayollariga kelgan barcha narsalarni to‘xtamasdan yozishni taklif qilish mumkin.
Besh daqiqa tugaganida ularga o’z yozganlarini sheriklariga o’qib berishlarini taklif etish mumkin.

Mazkur bosqichda o‘qituvchining ixtiyorida ko‘p imkoniyatlar bo‘ladi. Masalan,

juftliklarga o‘z fikrlarini butun guruh bilan o‘rtoqlashishni taklif etish va guruhli aqliy hujum
vaziyatini yaratish mumkin.

Huquqshunoslik fanlarini o‘qitishda “Esse yozish” metodidan foydalanishning

afzalliklaridan biri shundaki, bu orqali o‘quvchilar jamiyat, davlatda amal qiluvchi yoki yaratilgan
barcha normalarning jamiyatda amal qilish holatiga nisbatan munosabatini bildirib o‘tadi. Bu
orqali o‘quvchilar tanqidiy fikrlashga, qonunlarga nisbatan huquqiy madaniyat jihatdan
munosabatda bo‘lishga o‘rganishadi. Fikrini dadil, erkin, mushohada qilgan holda ifodalash
ko‘nikmalarini shakllantiradi.


REFERENCES

1.

O.A.Karimova “Huquqiy tarbiya metodikasi” Toshkent TDPU 2001-‘’yil

2.

O.A. Karimova “Huquqiy tarbiyaning asosiy yo

nalishlari” Toshkent “O’zbekiston” 1999-

y

3.

O.A.Karimova, M.Davletova, N.Akaeva “Huquqiy o

qitish metodikasi” (metodik

qo

llanma) Toshkent 2001-yil

4.

N.N.Azizxo

djaev “Pedagogika texnalogiya va pedagogik mahorat” Toshkent 2003-yil

5.

U.Tolipov, M.Usmonboyeva” Pedagogik texnologiya ,nazariya va amaliyot” T.2006-y

6.

Kudaybergenova T. “Huquqshunoslik darslarini modulli o

qitishda innovatsion

metodlardan foydalanish”. O

quv – metodik qo

llanma . Nukus, 2017.

References

O.A.Karimova “Huquqiy tarbiya metodikasi” Toshkent TDPU 2001-‘’yil

O.A. Karimova “Huquqiy tarbiyaning asosiy yo‘nalishlari” Toshkent “O’zbekiston” 1999-y

O.A.Karimova, M.Davletova, N.Akaeva “Huquqiy o‘qitish metodikasi” (metodik qo‘llanma) Toshkent 2001-yil

N.N.Azizxo‘djaev “Pedagogika texnalogiya va pedagogik mahorat” Toshkent 2003-yil

U.Tolipov, M.Usmonboyeva” Pedagogik texnologiya ,nazariya va amaliyot” T.2006-y

Kudaybergenova T. “Huquqshunoslik darslarini modulli o‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanish”. O‘quv – metodik qo‘llanma . Nukus, 2017.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов