PROCEDURE FOR WRITING A LEGAL ARTICLE

HAC
Google Scholar
To share
Meliboyeva , D. . (2024). PROCEDURE FOR WRITING A LEGAL ARTICLE. Modern Science and Research, 2(12), 1359–1362. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27602
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides detailed information about what a legal article is, the reasons for writing a legal article, the purpose of its writing, its difference from other articles, and the rules of how to write it.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1359

HUQUQIY MAQOLA YOZISH TARTIBI

Meliboyeva Dilnoza Ergashevna

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi

“Umumta’lim fanlar kafedrasi” o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10450088

Annotatsiya.

Ushbu maqolada huquqiy maqola nima ekanligi, huquqiy maqolaning

yozilish sabablari, uning yozilishidan maqsadi, boshqa maqolalardan farqi va qanday yozish
tartib qoidalari haqida atroflicha ma`lumot berib o`tilgan.

Kalit so`zlar:

Huquqiy maqola yozish tartibi, sabablari, maqsadlari, yozilish tartibi, kema-

ketligi.

PROCEDURE FOR WRITING A LEGAL ARTICLE

Abstract.

This article provides detailed information about what a legal article is, the

reasons for writing a legal article, the purpose of its writing, its difference from other articles, and
the rules of how to write it.

Key words:

Procedure for writing a legal article, reasons, goals, order of writing,

sequence.

ПОРЯДОК НАПИСАНИЯ ЮРИДИЧЕСКОЙ СТАТЬИ

Аннотация.

В этой статье подробно описывается, что такое юридическая

статья, причины написания юридической статьи, цель ее написания, ее отличие от других
статей и правила процедуры написания.

Ключевые слова:

порядок написания юридической статьи, Причины, цели, Порядок

написания, последовательность.


KIRISH.

Mijozlarga yuristlarning o'zi haqida ma'lumot berishning keng tarqalgan usullaridan biri

huquqiy sohada maqolalar yozishdir.Huquqiy maqola maqola chop etishning afzalliklari:

Har bir maqola ostida muallif ko'rsatilgan bo'lib, maqolani o'qigan foydalanuvchi o`sha

maqola egasining profiliga tashrif buyurishi ehtimolli katta;

Yozilgan Maqolalar yuristning sahifasida yig'ilib boradi, har bir tashrif buyuruvchi

osongina barcha maqolalarni ko'rishi mumkin bo`ladi;

Fikrni ko'proq auditoriyaga yetkazish imkoniyati paydo bo`ladi.

Maqolalarga quyidagi talablar:

Maqola o'zbek yoki rus tilida bo'lishi;

Imlo va grammatik xatolarsiz bo'lishi;

ommabop, keng aholi uchun mo'ljallangan bo'lishi;

Huquqiy maqola yozishning tartibi va ketma ketligi quyidagilar:

1)

Maqolaning mavzusi imkon qadar maqolani qamrab oladigan mavzu bo'lishiga harakat

qilinishi lozim. Chunki maqola qanchalik keng qamrovli bo`lsa sizga insonlarning ishonchi yanada
ortadi. Shu sababli ham imkoni boricha keng qamrovli, dolzarb mavzulardan tanlang. Masalan,

"O'zbekiston fuqaroligini olish shartlari".

2)

Maqolaning qaysi huquq sohasiga oid ekanligini tanlash.

3)

Tilni tanlash.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1360

Yani bumda oldin maqolani qaysi tilda yozishingiz haqida o`ylab ko`ring. O`zbek tilida

yozilgan maqolani nisbatan ko`proq inson o`qiydi va tushuna oladi. Ammo til bilish davr talabi
bo`lganligi va bizning yurtimizda ham boshqa millat vakillari sonining ko`payotganligi, ingiliz tili
va rus tili mamalakatimizdagi eng dolzarb va keng qo`llanilayotgan tillardan biri bo`lganligi uchun
ham annotatsiya qismini rusch ingilizcha yozishga harakat qiling. Agar bu tillardan birini
mukammal bilsangiz hech ham ikkilanmay maqolangizni boshqa tilde yozishingiz mumkin.

Maqolalarning mazmuniga qo‘yiladigan talablar:

1)Maqola huquqiy-tadqiqot ishining tarkibiy qismi bo‘lishi yoki mustaqil huquqiy-nazariy

va huquqiy-metodik masalaga qaratilishi hamda u ilmiy uslubda bayon etilishi lozim.

2)Maqolada kichik bir huquqiy muammo ko‘tariladi va ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy yoki

ilmiy-metodik jihatdan muammoning yechimi hal qilinadi.

3)Maqola quyidagi tuzilma(struktura)ga rioya qilingan holda yozilishi tavsiya qilinadi:

Kirish.

Unda davrning ijtimoiy siyosati, fanning huqiy va xalqaro taraqqiyot darajasi va

tanlangan muammoning dolzarbligi aks ettiriladi.

Maqsad va uni asoslash.

Maqoladan ko‘zlangan maqsad yoritilgani holda, tanlangan

muammoning fandagi shu muammolar tizimida o‘rganilganlik darajasi hamda umumiy
muammolar ichidan tanlangan muammoning o‘ziga xos xususiyati ta’kidlanadi.

Huquqiy muammoning tavsifi va yechimi.

Bunda ilmiy manbalar hamda tadqiqot

jarayonida to‘plangan ilmiy-nazariy va amaliy faktlar har tomonlama tahlil va tavsif
qilinadi,shuningdek, tayyorlangan tajriba-sinov natijalari, ko‘rgazmali (illustratsion) material
bilan mustahkamlanishi mumkin.

Yakuniy qism

. Unda huquqiy bayon etilgan muammo bo‘yicha huquqiy va amaliy

ahamiyati yuzasidan xulosa qilinadi.

Maqola mazmuniga quyidagi talablar qo‘yiladi:

1)Maqola mazmun-mohiyati bilan muallifning ilmiy qarashlarini aks ettirishi va original

bo‘lishi kerak.

2)Maqola barcha ijtimoiy masalalar sohasida fanlararo fundamental g‘oyalarni tatbiq

etishga bag‘ishlanadigan bo‘lsa, mavjud nazariyalarga qo‘shilgan yangilik yoki uning
takomillashtirilayotgan jihatlari ochib berilishi lozim. Taklif etilayotgan g‘oyaning mazmuni,
nazariy va amaliy ahamiyati isbotlab berilishi talab qilinadi.

3)Maqola huquqiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion g‘oyalarni tatbiq etishga

bag‘ishlanadigan bo‘lsa, ularning yangilik darajasi hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlarning
samaradorligi o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijalari bilan asoslanishi zarur.

Maqolani rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar

1)Muallif familiyasi va ismi sahifa boshining o‘ng tomoniga 14 keglikda qalin kursiv

harflar bilan, uning ish joyi esa qalin bo‘lmagan kursiv bilan yoziladi va elektron pochtasi
ko‘rsatiladi, 3,5 x 4,5 hajmdagi rasmi beriladi.

2)Maqola nomi 14 keglda bosh harflar bilan sahifa boshining o‘rtasiga joylashtiriladi.
3)Maqola matni 14 keglda yoziladi.
4)Qog‘oz formati: yuqoridan va pastdan 2 sm., chap tomondan 3 sm., o‘ng tomondan 1,5

sm. qoldiriladi.

5)Satrlar oralig‘i – 1,15 interval.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1361

6) Havolalar sahifa tagida beriladi, unda adabiyotning muallifi, nomlanishi, nashriyotning

qaysi shaharda joylashganligi, nashriyot nomi (ular qaysi til va yozuvda bo‘lsa, shu til va yozuvda
keltiriladi), nashr yili, fikr olingan yoki asoslangan sahifasi ko‘rsatiladi hamda o‘rnatilgan tinish
belgilari tizimiga amal qilinadi.

Huquqiy maqolaning qisimlari esa quyidagilar:
1)

Annotatsiya

(maqola haqida qisqacha va umumiy ma`lumot berib o`tiladi. Ya`ni

tanlangan huquqiy mavzu haqida umumiy ma`lumot. Maqolalarning qisqacha annotatsiyasi 250
so’zdan oshmagan holda beriladi. Unda tadqiqot muammosi, uning dolzarbligi, tadqiqot
muammosini ochib berish uchun qoʼllanilgan metodologiya, tadqiqot natijalari, maqolaning toʼla
mazmunidan kelib chiqqan holda muallifning ilmiy va amaliy hissasining qisqacha bayoni
yoritiladi.)

2)

Tayanch soʼzlar

( maqolada ishlatilgan eng ko`p huquqiy iboralar va terminlar ketma-

krtligi keltiriladi. Tayanch soʼzlar maqola mazmuni va maqsadini eng qisqa mazmunda ochib
beruvchi kalit soʼzlar hisoblanadi. scholar.google.com yoki google.com qidiruv tizimida maqola
oson va eng birinchi sahifalarda topilishi uchun tayanch soʼzlarning har biri asosiy matn tarkibida
oʼrtacha 5-10 marta takrorlanishi tavsiya etiladi.)

3)

Kirish qismi

(maqola mavzusining asosiy ochib beriladigan qismi.Ya`ni bu qismda

tanlangan huquqiy mavzu to`lalaigicha ochib beriladi.Mavzuga oid yangiliklar va boshqa barcha
ma`lumotlar kiritiladi bu qismda. Kirish qismida tadqiqot muammosi, uning maqsad va vazifalari
yoritiladi. Shuningdek, mazkur qism tadqiqot mavzusining tanlanish asosi, uning dolzarbligi va
huquqiy ahamiyatini tushuntirib beradi (ushbu qismda Prezident asarlari va maʼruzalariga albatta
murojat qilinishi lozim).

4)

Xulosa

(Xulosa qismida olib chiqilgan huquqiy mavzu haqida yakun va xulosa

yoziladi.Ya`ni muallifning shaxsiy fikr va mulohazalari,taklif va o`zgartirishlari kiritiladi.
Tadqiqotning maqsad, vazifalarining anglashilganligi hamda tadqiqot savollarining oʼz javobini
topganligi, tadqiqotning asosiy natijalariga va tadqiqotning umumiy jarayoniga umumiy xulosalar,
shu bilan birga, takliflar va ayni tadqiqotdan kelib chiqqan holda kelajak tadqiqot ishi yoʼnalishlari
maqola xulosa va takliflari qismining asosini tashkil etadi.

5)Foydalanilgan adabiyotlar(bu qismda muallif foydalangan barcha adabiyotlar ro`yxati

kiritiladi. Ushbu qismda tadqiqotda foydalanilgan barcha adabiyotlarning roʼyxati [1], [2] yoki [3]
ketma-ketligida qoʼyiladi: mualliflar ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni,
betlari. Shuni alohida takidlash joizki, tadqiqot ishida foydalanilmagan adabiyotlar foydalanilgan
adabiyotlar ro’yxatiga kiritilmasligi lozim)

XULOSA

Huquqiy maqola yozishdan asosiy maqsad bu ma`lum bir mavzuni olib chiqish va uni

yoritish orqali ,o`sha mavzu haqida insonlarda ma`lumot va tushuncha uyg`ota olishdir. Biz
internet texnologiyalari va ijtimoiy tarmoqlar rivojlangan bir davrda yashab turibmiz.

Ortiq insonlar o`z haq-huquqlari haqida barcha ma`lumotlarga ega bo`lishlari mumkin.
Agar shunday huquqiy maqolalar soni ko`paysa insonlar huquqiy terminlar va huquqiy

holatlar haqidagi bilimlarga ko`proq ega bo`ladilar. Mana shuning uchun ham rivojlanayotgan
mamalakatimizda huquqiy sohani rivojlantirish,huquqiy ma`lumotlarga efa bo`lish davr talabidir.
Shuning uchun ham huquqiy maqolalarning ahamiyati juda muhimdir


References

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов