INTERPRETATIONS OF THE ISSUE OF ACCOUNTABILITY IN THE CREATION OF AHMAD YASSAVI

HAC
Google Scholar
To share
Saidova, R. . (2023). INTERPRETATIONS OF THE ISSUE OF ACCOUNTABILITY IN THE CREATION OF AHMAD YASSAVI. Modern Science and Research, 2(10), 385–388. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25224
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ahmed Yassavi is the founder of Turkish Sufi poetry. Blame is one of the leading ideas in his collection "Devoni Hikmat". After all, the role of blame is important in revealing the essence of concepts such as love and irfan, which are considered important in tariqat. Conclusions were made that high qualities such as not telling lies and keeping promises are the basis of blame. The interpretation of holy hadiths such as "Poverty is my pride" and "Die without dying" which are often mentioned in the teachings of the Tariqat in Hikmat, were also explained based on the goals of the problem of blame.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

385

MALOMATIYLIK MASLAGI TALQINLARI AHMAD YASSAVIY IJODIDA

Rayhon Saidova

Turon Zarmed universiteti “Maktabgacha ta’lim “kafedrasi mudiri,

filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, PhD.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10101770

Annotatsiya.

Ahmad Yassaviy turkiy so‘fiyona she’riyatning asoschisidir. Uning “Devoni

hikmat” nomli to‘plamida malomatiylik yetakchi g‘oyalardan biri hisoblanadi. Zero, tariqatda
muhim sanalgan ishq va irfon kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatini ochishda ham malomat
holining o‘rni muhim. Yolg‘on so‘zlamaslik, va’daga vafo qilish singari yuksak fazilatlar ham
malomat maslagining asosi ekanligi haqida xulosalar bildirildi. Hikmatlarda tariqat ta’limida
ko‘p bor tilga olinadigan “Faqrlik mening faxrimdir”, “O‘lmasdan burun o‘ling” kabi qudsiy
hadislar izohi ham malomatiylik maslagining maqsadlari asosida tushuntirildi.

Kalit so‘zlar:

tasavvuf, pir, maqom, nafs, ruh, malomat, so‘fiyona, badiiyat, faqr, orif,

oshiq, irfon, hikmat, tariqat, qalb, tasfiya, vahdat, fano.

INTERPRETATIONS OF THE ISSUE OF ACCOUNTABILITY IN THE

CREATION OF AHMAD YASSAVI

Abstract.

Ahmed Yassavi is the founder of Turkish Sufi poetry. Blame is one of the leading

ideas in his collection "Devoni Hikmat". After all, the role of blame is important in revealing the
essence of concepts such as love and irfan, which are considered important in tariqat. Conclusions
were made that high qualities such as not telling lies and keeping promises are the basis of blame.
The interpretation of holy hadiths such as "Poverty is my pride" and "Die without dying" which
are often mentioned in the teachings of the Tariqat in Hikmat, were also explained based on the
goals of the problem of blame.

Key words:

Sufism, pir, maqam, nafs, soul, blame, mysticism, artistry, poverty, scholar,

lover, gnosis, wisdom, tariqat, soul, forgiveness, unity, death.

ИНТЕРПРЕТАЦИИ ВОПРОСА ПОДОТЧЕТНОСТИ В ТВОРЧЕСТВЕ

АХМАДА ЯСАВИ

Аннотация.

Ахмед Яссави – основоположник турецкой суфийской поэзии.

Обвинение — одна из ведущих идей его сборника «Девони Хикмат». Ведь роль вины важна
в раскрытии сущности таких понятий, как любовь и ирфан, которые считаются
важными в Тарикате. Сделаны выводы, что в основе вины лежат такие высокие качества,
как неврать и выполнять обещания. Интерпретация таких священных хадисов, как
«Бедность – моя гордость» и «Умри, не умирая», которые часто упоминаются в учении
Тариката в Хикмате, также объяснялась исходя из целей проблемы вины.

Ключевые слова:

Суфизм, пир, макам, нафс, душа, вина, мистика, артистизм,

бедность, учёный, любовник, гнозис, мудрость, тарикат, душа, прощение, единство,
смерть.


Piri Turkiston Xoja Ahmad Yassaviy turkiy so‘fiyona she’riyatning asoschisi ekanligi

ilmda ma’lumdir. “Devoni hikmat” yassaviya tariqati asoschisining ruhiy hol va maqomlarining
badiiy talqini, xalqda Xoliq muhabbatini paydo qiluvchi ishq ifodasidir. Barcha tariqatlarda
bo‘lgani kabi yassaviyada ham malomatiylik maslagining alohida o‘rni bor. Shu bois ham


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

386

“Devoni hikmat”da malomatchi nafs talqinlariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu xususida
yassaviyshunos ustoz I.Haqqulov: “Turk olimi Ahmad Yashar O‘choq Yassaviyning ilk ustozi
Arslon bobning malomatiy bo‘lganligini yozadi. Agar bu fikr haqiqat bo‘lsa, Yassaviy
yoshligidayoq malomatiylik sirlaridan xabar topgani va malomatiylikka qiziqish paydo
qilganligiga shubha qolmaydi”

1

, – deya ta’kidlagan.

Tariqat yo‘lini bosib o‘tmasdan nafsni tasfiya etish imkonsizligi tasavvuf haqidagi irfoniy-

nazariy asarlarda asoslangan. Mana shu haqiqatni go‘zal va ta’sirli tarzda ifodalash Sharq mumtoz
adabiyotning bosh maqsadiga aylandi. Natijada qiynash, ayblash, malomat qilish bilan nafsni
bilish hamda Robbini tanish bosh mavqega ko‘tarildi, desak mubolag‘a emas. Hatto yassaviya
tariqati vakillari ma’naviy yo‘lchilikning boshi – Malomat, deyishgan edi:

Ul bozor kerak ersa bir irodat,
Piringdin tegar senga xush karomat,
Har oshiq tortsa kerak ming malomat,
Malomatsiz ushbu yo‘lga kirsa bo‘lmas

2

.

Haqqa oshiqlarga ming turli malomat yog‘dirilgan. Ularning zamini esa ikki xil: avvalo,

nafsning o‘zini-o‘zi malomat etishi, ayb-u nuqsonlariga iqror bo‘lib, o‘zini ozorlashidir.
Ikkinchisi, botin sohiblarining suvrat ahli tomonidan malomat qilinishi. Malomat go‘yo taqdiri
azalda bitilgan sinov va jazo kabidir. Alloh nafsni yo imtihon etib malomat qiladi. Yoxud biror
xato-yu gunohi uchun malomat orqali tarbiyalaydi. Malomat tan olingan, qayta-qayta murojaat
qilinib izohlangan eng baland maqomlardan biri Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning

“Al faqri faxri”,

ya’ni

“Faqirlik mening faxrimdir”

hadisi sharifining sharhida ham keltiriladi. Yassaviy ham ishq

karvonida o‘tkinchi hoyu havaslarga qullikdan forig‘ bo‘lib qolish “Al faqri faxri” malomati bilan
qo‘lga kiritilishini uqtiradi:

Muhabbatning bozorida savdo qilsam,
“Faqru faxri” malomatin anda tortsam,
Ikki olam savdosini ko‘zdin solsam,
Diydor uchun o‘lmas burun o‘lmayinmu?

Albatta, “Devoni hikmat”dagi malomatiylik maslagini faqat shaxsiy bir his, tushuncha

ma’nosida izohlash mumkin emas. Uning malomati bani basharni sergaklantiruvchi,
ogohlantiruvchi bir chorlovdir. Zero, hikmatlardagi asosiy maqsad-muddao ham insoniyatning
ma’naviy islohiga qaratilgandir. U odamlarni g‘aflat uyqusidan uyg‘otadi. Nafsni malomat qilish
harakati boshlanadi. Natijada har bir qalbda zarra qadar bo‘lsin bedorlik bo‘ladi. Malomatning
o‘tkir tig‘i hamisha nafsga qaratilganini unutmaslik lozim. Malomat o‘z-o‘zingga hisob berish, har
bir amalingni iymon, vijdon tarozisida o‘lchash. Malomatchilar musohaba, muroqaba,
mushohada kabi ulug‘ maqomlarga erishib, Yaratganday ayri tushmay, bu dunyoga nima uchun
kelganlari to‘g‘risida izchil fikr yuritadilar. Malomat ahli insonni xaloyiqqa termultirib, Xoliqdan
yiroqlashtiruvchi nafs ekanini chuqur bilishgan. Biroq xotirda tutish lozimki, malomat Ishq va
irfondan tug‘ilmasa, u yo dushmanlik yo qahr-g‘azabning mahsuli bo‘lib, malomatga aloqasi
bo‘lmaydi. Malomatning o‘qlariga bardosh berish va yo‘lda sobit davom etish uchun ham ishq

1

Haqqul I. Ahmad Yassaviy. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at, 2001, – B.25.

2

Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. Nashrga tayyorlovchilar: Ibrohim Haqqul va Nodirxon Hasan. Toshkent:

“Navro‘z”, 2018, – B. 73.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

387

zavqi, ma’rifati zarur. Qur’oni Karimdagi bir necha oyatlar (Ibrohim: 14/22, Isro:17/29, 39,
Vas-Saffot: 37/42, Vaz-Zoriyot: 57/40, Qalam: 68/30, Maorij: 70/30)da malomat zikr etiladi.
Biroq mutasavviflar asosan Moida va Qiyomat oyatlarida marhamat qilingan malomatchi nafs
mazmun-mohiyatini hayotlariga tadbiq etishgan. Tasavvufiy tafsirlarda malomat va muhabbat
orasida bir bog‘liqlik borligi aytilgan. Albatta, sulton ul orifin ham hikmatlarida malomatiylik
g‘oyalarini mana shu qarashdan kelib chiqib, ilgari suradi. Biroq barcha hikmatlarni bog‘lab
turuvchi bir oshiqlik zanjiri ham mavjud. Shuning uchun ko‘ngillarda ishqning tug‘ilishi
Allohning inoyati, lutfu marhamati sifatida qaralgan:

Ishq bobini Mavlim ochqoch, mango tegdi,
Tufroq qilib, hozir bo‘l deb bo‘ynum egdi,
Boron sifat malomatning o‘qi tegdi,
Paykon olib, yurak-bag‘rim teshtim mano

3

.

Malomat o‘qlarining yomg‘ir kabi yog‘ilib, yurak-bag‘irni teshishi qalbda muhabbat

urug‘ining unayotganidan bir nishonadir. Ahmad Yassaviy oshiqlikda malomatning o‘rin va
mavqeini ko‘rsatib bergan edi. Kalomullohdagi “malomatchi nafs” iborasi tazkiya va tasfiya
etilayotgan nafs ma’nosida kelgan. Mutasavviflar nazdida, nafs tarbiyasi “O‘lmasdan burun
o‘ling” qudsiy hadisi orqali tushunilgan va amalga oshirilgan. Zero, o‘zining ayblaridan ko‘z
yummay, xalq va Xoliq qarshisida har lahza o‘lib-tirilguvchi, shubhasiz, malomatchi nafsdir.
Hikmatlarda bunga takror-takror e’tibor qaratilib, malomatiylik orzusi mazkur hadis orqali izohlab
berilgan:

Oshiq ishi osonidur jon bermaklik,
Malomatni boshga olib bosh bermaklik,
“Mutu qobla an tamutu” xok bo‘lmoqlik,
Oshiq qullar o‘lmas burun o‘lar emish

4

.

Ma’lumki, Haq yo‘lchisining Mahbubiga tuhfasi qalbi, zakoti esa jonidir. Ishq ahli bundan

ortiq munosib hadyani o‘ylashmagan. Jon bermoqlik sirri

“Mutu qobla an tamutu”

hadisining

mohiyatini mushohada eta olish bilan anglashiladi.

Hikmatlarda

“kamsitish, tahqirlash, xo‘rlash”

kabi ma’nolarni anglatuvchi

ihonat

so‘zi

ko‘pincha malomat bilan yonma-yon qo‘llanadi. Bu esa kitobxon shuurida, malomat holining
ta’sirini kuchaytiradi.

Ahli zohir va ahli botin, suvrat va ma’ni sohiblari, qol va hol vakillari orasidagi ziddiyat

va anglashilmovchilik hanuzgacha barham topmagan. Demak, Yassaviyning tanqidlari
ogohlantiruvchi mazmunga ham egadir. Ayrim hikmatlarda Yassaviy malomat maylini nihoyatda
kuchaytirib, o‘zi haqida eng keskin fikrlarni ilgari suradi:

Havoyi nafsu jahlimdin Azozil doimo xurram,
Yo‘lum egri, o‘zum g‘ofil, yurushum hamma shaytonliq.
Qo‘lumda donai tasbeh, ko‘ngilda dom ila tazvir,
Namozu ro‘zani tashlab, tilimda to‘da yolg‘onliq.

3

Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. Toshkent: “Navro‘z”, 2018, – B. 25.

4

Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. Toshkent: “Navro‘z”, 2018, – B. 136.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

388

Demak, bandaning kofir nafs va shaytoni laindan kuchliroq dushmani yo‘q. Biri hoyu

havasga berilib, xorlik, tubanlikka yuz tuttirsa, iblisi lain esa hiylayu nayrangbozliklarni o‘rgatadi.
Natijada ma’naviy nasiba unutilib, vujud talablari asosiy o‘ringa chiqadi, o‘zidan qoniqmaslik
o‘rnini mamnunlik, ruhiy harakatsizlik, ruhiy harakatsizlik egallaydi. Vaholanki, malomatmashrab
kishi uchun ruh va ko‘ngildagi o‘zgarish, yangilanish, holdan holga ildamlash, nihoyatda
muhimdir.

Malomat maslagining hikmatlardagi tadrijiga e’tibor qaratilsa, “Devoni hikmat” muallifi

yoshligida ham, oshiqlik va oriflik maqomiga yuksalganida ham nafs malomatini susaytirmagan.
Hatto sunnat deya 63 yoshga yer ostiga kirganida ham noqis, g‘ofil, johilligidan o‘zini malomat
qiladi. Tasavvuf va tariqat ta’limida musohiblik alohida ahmiyatga molik, chunki suhbat kimning
kimga yaqinligi va nima uchun bog‘lanishini ko‘rsatadi. Yassaviy g‘ofillik, johillik va kohilligini
“yamon izlab yaxshilardan” qochish bilan izohlaydi:

Oltmish uchga yoshim yetti, o‘ttum g‘ofil,
Haq amrini mahkam tutmay ko‘nglum johil,
Ro‘za, namoz qazo qilib, bo‘ldum kohil,
Yamon izlab, yaxshilardin qochtim mano

5

.

Malomatchi o‘tar dunyoga qo‘l siltagan, baqobilloh tomon mardona ketayotgan Haq

oshiqidir. Tarkidunyo, tarki uqbo, tarki hasti maqomlarini qo‘lga kiritgan faqat Alloh taolo
diydoriga talabgor faqirlardandir.

Malomatiylik tushunchalarining hikmatlardagi badiiy talqinlarida har turli timsol, ramz,

istiloh bilan birga ifodasi o‘ziga xosligi alohida mavzu. Chunki hikmatlarda

malomat toshi,

malomat yomg‘iri, malomat o‘qi, malomat paykoni, malomat tig‘i

kabi o‘xshatishlarga ham duch

kelinadi. Nafsda kutilmagan harakat va orzuning dunyoga kelishi bilan

qalbda malomat hissi

tug‘iladi. Va odamni yangi bir fikr yo‘liga yo‘naltiradi. Buni ichki norozilik, ayb va nuqsonlarga
iqrorlik, faqirlik, xoksorlik kabilar qo‘llab-quvvatlaydi. Malomat yaxshilikni yomonlikdan,
yuksaklikni tubanlikdan, mehru muhabbatni qahru g‘azabdan, odamiylikni hayvoniylikdan, ilmni
jaholat va nodonlikdan ajratish tajribasidir. Navoiy so‘zlari bilan aytganda “o‘zni yaxshi
ko‘rsatish” g‘arazidan juda ko‘p salbiy iddao, o‘zaro anglashilmovchilik, tortishuv va olishuvlar
paydo bo‘ladi. Malomatgo‘y nafs hakamlik qilganda inson botinidayoq bularning bari tugaydi.
Malomatchining birinchi dushmani, ayblovchisi, haqiqatgo‘yi, murosasiz hakami o‘zi bo‘lganligi
uchun uni g‘avg‘okashlik, tovlamachilik, riyo, hasad va g‘irromlikda qoralab bo‘lmaydi. Hamma
gap malomatdan rostlik, tabiiylik, ochiqlik, haqqoniyat ko‘zgusi sifatida foydalana bilishdadir.
Inson bir-birovi bilan olishib, urishib, zafar qozonishini ko‘zlaganida hech vaqt tinchlik va
ittifoqqa erisholmaydi. U o‘zining nafsiga qarshi jang e’lon qilib, hayvoniylik va shaytoniylikka
nisbat berilgan dushmanlarini mag‘lub etish yo‘lini tanlasa, shundagina ko‘ngli mehr, shafqat,
himmat, ma’rifat qo‘rg‘oniga aylanadi. Malomatdan maqsad ham ranjni rohatga, noqislikni
komillikka yetkazishdir.


5

Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. Toshkent: “Navro‘z”, 2018, – B.25.

References

references

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов