ILLUMINATION OF THE IDEA OF BLAME IN UZBEK LITERATURE (IN THE WORKS OF CREATORS OF THE XI-XVI CENTURIES)

HAC
Google Scholar
To share
Saidova, R. . (2023). ILLUMINATION OF THE IDEA OF BLAME IN UZBEK LITERATURE (IN THE WORKS OF CREATORS OF THE XI-XVI CENTURIES). Modern Science and Research, 2(10), 46–52. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25226
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information about the idea of blameworthiness in Uzbek literature.


background image



46

O‘ZBEK ADABIYOTIDA MALOMATIYLIK G‘OYASINING YORITILISHI

(XI-XVI ASRLAR IJODKORLARI ASARLARIDA)

Rayhon Saidova

Zarmed universiteti “Maktabgacha ta’lim “kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo’yicha

falsafa doktori, PhD.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10102537

Annotatsiya.

Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotida malomatiylik g‘oyasining yoritilishi

haqida ma’lumotlar keltirilib o’tilgan.

Kalit so'zlar:

Tariqat, obrazlar, malomatiylik g‘oyasi,

Adabiyot, tasavvufiy g‘oyalar.

ILLUMINATION OF THE IDEA OF BLAME IN UZBEK LITERATURE

(IN THE WORKS OF CREATORS OF THE XI-XVI CENTURIES)

Abstract.

This article provides information about the idea of blameworthiness in Uzbek

literature.

Key words:

Tariqat, images, the idea of blame, Literature, mystical ideas.

ОСВЕЩЕНИЕ ИДЕИ ВИНЫ В УЗБЕКСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ

(В ТВОРЧЕСТВАХ ТВОРЦОВ XI-XVI ВЕКОВ)

Аннотация.

В данной статье представлена информация об идее порицаемости в

узбекской литературе.

Ключевые слова:

Тарикат, образы, идея вины, Литература, мистические идеи.

Tariqat asoschilari va namoyandalarining aksariyati ijodkor bo‘lganligi ma’lumdir. Shu

bois tasavvufiy g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan adabiyotda tariqatlarning ta’siri ham katta bo‘lgan.

Adabiyotning maslagi, badiiyati, obrazlar olamini belgilashda, albatta, tariqatlar haqidagi bilimlar

ham juda muhimdir. Zero, tariqatlardagi vazifa va majburiyatlar, hol va maqomlar, xullas, zohiriy

hamda botiniy tomonlarning bari badiiy adabiyotda ham o‘z aksini topdi. Adabiyot ma’rifiy-

axloqiy g‘oyalarning yanada kengroq targ‘ibotchisiga aylanib, rind, mug‘bacha, murshid, murid,

soqiy, solik, orif, faqir, darvesh, qalandar kabilar asosiy obrazlarga aylandi. Qahramonning

ma’naviy holu maqomini belgilovchi aso, joynamoz, qumg‘on, kuloh, dastor, xirqa singari

timsollar ham paydo bo‘ldi. Har bir obraz, ramz va timsollarning o‘ziga xosligi, shubhasiz,

tasavvufiy istiloh sifatidagi izohi, jumladan, ma’lum tariqatga doir sharhi bilan ochib beriladi. Shu

ma’noda malomatiya tariqatining ham adabiyotga ta’siri sezilarli bo‘lgan. Ammo adabiy tahlil va

talqinlarda malomatning tasavvufiy mazmun-mohiyatidan tashqari uning fitriy bir tuyg‘u

ekanligini ham nazardan chetda qoldirmas zarur. Inson bir murshidga bay’at qilib, tariqat ahliga


background image



47

aylanadi. Va o‘zining bir Haq yo‘lchisi ekanligini anglaydi. Shundan so‘ng majburiyatlarni ado

etishi bilan uning nafsida o‘zgarishlar boshlanadi. Hamda turli hollar bilan yuzlashib, maqomdan

maqomga yuksaladi. Hollari xususida mushohada qilib, o‘zini taniy boshlaydi. Malomat ham

mana shunday solik hayotida kechadigan bir holdir. Biroq, ta’kidlash joizki, malomat tuyg‘usi,

umuman, o‘zini va o‘zgalarni malomat qilish kechinmasi faqat tariqat ahliga xos emas. O‘tar

dunyo imtihonidagi har bir kishida malomat holi baribir bo‘ladi. Faqat bu tariqatdagi kabi

maqsadli, ma’lum bir qonun-qoidalarga asoslangan bo‘lmasligi mumkin. Biroq u yoki bu

ko‘rinishu darajada malomat holi insonlar nafsida yashayveradi. Mana shu nuqtai nazardan

qaralganda malomat tasvirlarini faqat tasavvufiy asarlarda emas, barcha adabiy manbalarda

uchratish mumkin. Boshqa maslaklardan farqli o‘laroq g‘arb adabiyotida ham malomat asarda

muhim rol o‘ynovchi g‘oyalardan biridir. Ayniqsa, Xuroson zaminida dunyoga kelgan

malomatiylikning turkiy adabiyotdagi ifodalari qadim adabiyotlarga borib taqaladi.

Aytish mumkinki, ilk turkiy dostonlardagi malomatchilik maslagi va uning ifodasi oriflik

davri adabiyotida yanada kuchaydi hamda to‘laqonli tarzda tasavvufiy mazmun kasb etib, istiloh

darajasiga ko‘tarildi. Va malomatiya tariqati ta’lim-tarbiya usulidagi o‘ziga xos jihatlar,

malomiylik tushunchasining haqiqatlari irfoniy adabiyotning tasvir (ifoda) ob’ektlaridan biriga

aylandi.

“Barcha yaxshi, biz yomon, Barcha bug‘doy, biz somon”

deya nafsini o‘ziga xos tarzda

malomat qilgan, Xoja Ahmad Yassaviy izdoshi Sulaymon Boqirg‘oniy hikmatlarida ham

malomatchi solikning holi ustunlik qiladi:

Qul Sulaymon, tuni-kuni Haqqa yozdim,

Dunyo hirsin quva-quva yo‘ldin ozdim,

Tiriklikni shukrin bilmay riyo kezdim,

So‘rug‘ so‘rsa, netak javob ayg‘um mano?

Ma’lumki, birinchi navbatda malomat nafsning munofiqligi va riyokorligiga qaratilgan.

Xalqni aldashga urinayotgan nafs, Xoliq oldida ham riyo qilish, amallarini yolg‘ondan bajarishga

o‘tadi. Alaloqibatda asta-sekin nafs o‘zini aldaydigan bo‘ladi. Riyo va yolg‘onchilik esa islomda

qattiq qoralangan. Rasullulloh (s.a.v.): “Al kazzabu la ummati”, ya’ni “Yolg‘onchilar mening

ummatim emas” deganlar. Shuning uchun malomatchilar amal, hatto niyatda yolg‘ondan ehtiyot

bo‘lishgan. Sulaymon Boqirg‘oniy hazratlari ham nafslarini bunday balodan asrashga harakat

qilgan. Biror riyo amalni bajarmaslikka harakat qilar ekan, xalqning nazaridagi riyo amaldan ham

qo‘rqqan.

Qachon keldi tariqatda da’vo urmoq,

Bormu, do‘stlar, o‘zin xalqdin ortuq ko‘rmoq,


background image



48

Munglug‘ qullar arosida nelik bo‘lmoq,

Munglug‘ birla yig‘lab, boshin silag‘on qoni?

Zohirda hech bir ayrichalikka harakat qilmaslik ham aslida malomatiylarda hech bir

da’voning yo‘qligidan edi. Ulardagi bu xususiyatlar barcha tariqatlarga ta’sir qilar ekan, so‘fiy

shoirlar ijodida ham alohida e’tibor qaratiladigan mavzuga aylandi. Nafsni malomat qilishga

undagan ijodkorlar valiylarga qilinadigan malomat haqida ham fikr-qarashlarini bildirishgan:

Har avliyo bir toifa karomatlar,

Nojins qilur avliyoni malomatlar,

Tongla borsa, chandon qilgay nadomatlar,

Nojinslarga la’nat o‘qung, do‘stlarim-o.

Valiy zotlarga ahli dunyoning malomati hamisha bo‘lgan. Ular so‘fiylardagi hollar

mohiyati anglamasligi bois turli noto‘g‘ri qarashlar paydo bo‘lgan.

Ma’lumki, Ahmad Yassaviy kabi shoh va shoir Ubaydulloxon hikmatlardan iborat devon

tuzgan. Qul Ubaydiy nafaqat janriy, balki g‘oyaviy, badiiy jihatdan ham Yassaviyning munosib

izdoshlaridandir. Uning hikmatlaridagi malomat mavzui haqida ham xuddi shunday fikrni aytish

mumkin. Yana shuni ta’kidlash joizki, Ubaydiy o‘zbek adabiyotidagi eng malomatchi

ijodkorlardan biri:

Bo‘lub malomat ahlidin, bo‘lmay salomat ahlidin,

Bo‘lduq nadomat ahlidin , vohasrato, vohasrato.

So‘rug‘ bo‘lub mahshar aro, so‘rsa xitob aylab Xudo,

Anda javobe yo‘q manga, vohasrato, vohasrato.

Badiiy adabiyotda eng yorqin malomatchi obraz oshiqdir. Nafsda malomatning paydo

bo‘lishi ham ishqning tug‘ilishi bilan boshlanadi. Qul Ubaydiy hikmatlarida ham Haq

oshiqlarining malomatchiligi aks ettirilgan. Malomat tariqati vakillari ijodida turli ko‘rinishlarda

talqin etilgan oshiqlik – malomatlik ekanligi ta’kidlangan. Zohidlarning nadomat ahli ekanligi

aytilib, malomat mavqe-martabasi haqida yanada yorqin tasavvur hosil bo‘lgan. Zero, “Risolat ul-

malomatiya”da malomiylar uchga ajratiladi: ulamo ush-shar’i aimmat ud-din, ma’rifat ahli va

malomatiylar. Birinchi toifaga shariat ulamolari tushunilsa, ikkinchisi Allohning tanlangan

bandalari, ya’ni har nafasida Alloh taolo bilan birga bo‘luvchi so‘fiylar va nihoyat, sir ahli bo‘lgan

malomiylar nazarda tutilgan”

1

. Umuman, mumtoz adabiyotga nazar tashlansa, malomat tilga

1

Дарин С. Тасаввуф ва буддизм классикларининг манбалар томонидан асосланиши. Ардаҳан, 2016, – Б. 60.


background image



49

olinar ekan, salomat ahli ham zikr etiladi. Bular Haq yo‘lchilari, oshiqu oriflardir. Malomatiylarda

zamondan ham, odamlardan ham norozilik kayfiyati bo‘lmagan. Ular chin ma’noda rizo ahlidirlar.

Tog‘u toshlar qiyomatning haybatidin,

Zarra-zarra bo‘lub ko‘kka uchar derlar.

Salomatning kemasig‘a minganlarni,

Malomatning daryosidin o‘tar derlar.

Irfon durrin orif tilab g‘avvos kibi,

Ma’rifatning ummonig‘a cho‘mar derlar.

Ayniqsa, tariqat shoirlaridan sanalgan Ubaydiy ijodida salomat ahlining ma’naviy qiyofasi

yaratilgan. Ular Haqqa oshiq, uning barcha yaratiqlarini ham sevuvchi, xalqning malomatlariga

toqat qiluvchi, hamisha o‘z holidan ogoh zotlardir. Darhaqiqat, malomatgo‘y nafs bilan o‘tar

dunyo imtihonidan o‘tish osonlashgan. Dunyo aldoviga uchishmagan, uning nozu ne’matlari,

saroyu qasrlari, mansabu martabalariga aldanib, qul bo‘lishmagan. O‘n sakkiz ming olam va uning

Yaratuvchisi haqida tafakkur qilishgan.

Malomatdagi salomatlikka erishish ma’rifatulloh tufaylidir. Foniy dunyo safarida ularga yo‘l

ko‘rsatuvchi Qur’oni karimdir. Har bir amalini, el-ulusning nazarini hisob-kitob qiluvchi malomatchi

so‘fiylar Kalomulloh va Hadisi sharifga tayanishgan. Hikmatlarda sayri sulukning o‘ziga xos shart va

majburiyatlari ham yoritiladi. Shu bois hikmatlardagi salomat sof tasavvufiy holdir. Uning mazmun-

mohiyati Alloh omonati ruhni asrash, ko‘ngilni xastalantirmaslikdir. Bularning bariga esa irfon orqali

erishiladi.

Ma’lumki, mumtoz adabiyotning katta qismini g‘azallar tashkil qilib, aksar ijodkorlar

devon tartib berishgan. G‘azallarning ko‘pchiligi esa oshiqona mavzuda yozilgan. Mana shunday

shoirlardan biri Mavlono Lutfiydir. Uning oshiqona xarakterdagi she’rlarida malomatiylik

motivlari bo‘lishi tabiiy holdir. Zero, oshiq malomat qilaverib, nafsini turli chirkinliklardan

poklaydi yoxud ishqi uni har turli malomatga giriftor qiladi:

Haqkim, seni dilrabo yaratti,

Oshiqlar uchun balo yaratti.

Har qayda vafo raqib uchundur,

Oshiq ulushi jafo yaratti.

Qilmang meni ishq uchun malomat,

Chun ishqni ham Xudo yaratti.

Ishq go‘zallik va nafosatga oshnolikdir. Shoir ham oshiqligi uchun malomat qilinadi.

Ammo uning malomatchilarga raddiyasidan ishq va oshiqlik Allohning bir ne’mati ekanligi


background image



50

anglashiladi. Va ma’shuqa – Husni mutlaqqa oshiq nafaqat o‘zgalar tomonidan, bil’aks o‘z-o‘zinii

tahqirlab, nafsini malomat qiladi:

Eshiking itidin ayrilg‘onimni tut ma’zur,

Hamisha kimni falak qo‘ydi e’tibori bila.

Oshiq o‘zini yor eshigi oldidagi itdan ham past qo‘yadi. Chunki unda o‘sha itchalik ham

yaqin bo‘lish imkoni yo‘qdir. Lekin falak har kimni munosib joyiga qo‘ygan. Malomat ahli

deganda faqat nafsini malomat qiluvchilarning izhori dili emas, malomat etuvchilar ham nazarda

tutilib, devonda ularga qarshi oshiqona isyon bildiriladi:

Ey malomatgar, netay ul yuzga oshiq bo‘lmayin

Kim, Yusuftek barcha nozuklarni hayron ayladi.

Ishqning qudrati, uning oshiq shaxsiyati shakllanishidagi o‘rni ko‘rsatiladi. Biroq bu

jarayonda malomatning alohida ta’siri va hissasi mavjud. Oshiqning muhabbati malomat bilan

sinaladi, malomat bilan salomatga erishiladi. Atrofidagilarning fikr-qarashlari, munosabatlari

oshiqni yo‘ldan to‘xtatishga, ortga qaytishga emas, aksincha sobit turishga, ishonch va qat’iyatga

chorlasa, malomatning vazifasi shu. Ya’ni u oshiq qalblarda ishq olovini yanada alangalatadi.

Muhabbat tufayli go‘zallik, ezgulikka oshno bo‘lgan qalb, malomat bilan o‘zini mana shunday

ilohiy hislarga munosib tarzda tarbiyalaydi. Mana shu jiddu jahd, sabr-bardosh bilan ammora

nafsdan nafsi sofiyaga ko‘tariladi. Shu bois ilmda malomatiylarning maqom martabasi juda baland

sanalib, hatto shayxi akbar Ibn Arabiy kabi so‘fiylar malomatiylarni payg‘ambarlardan keyingi

martabaga qo‘yishgan. Chunki ular o‘zlarini xalqdan ajratmay, malomatlariga toqat qilib,

nafslarini tarbiya etadilar. Ular uchun zohiriy tarkidunyochilik bo‘lmagan. Malomiylarning dunyo

tarki botinida kechgan. Aslida ularchalik faqat Yaratganning diydori, oxirat qayg‘usi bilan

yashaydigan ahli dillarni topish mushkul. Biroq zohirda hamisha xalq bilan birga bo‘lish, kasbi

orqali rizq topishni eng ko‘p targ‘ib qilgan malomiylardir. Dunyodagi ibodatlarning huzuri, farz

amallarni to‘la ado etishdagi saodatni ham yaxshi anglab, bu dunyo hayotiga qadr berishgan. Va

uni har bir onini Allohning rizoligi uchun sarflashga qattiq harakat qilishgan. Hofiz Xorazmiy

ham:

Oshiqni man’ qilma ishq yo‘lidin ko‘rub san –

Kim, podshohi vaqtdur darvesh holi birla, –

degan edi. Haqiqatan, malomiylar hur qalbli darveshlar singari abul vaqt, vaqt otasi

maqomiga ko‘tarilgan avliyolardandir. Mana shunday tamkin darajasiga oshiqlik, oriflik

martabalarini bosib o‘tib, ishq va irfon vositasida erishishgan. N.Komilov ham malomat va ishq

mavzuda shunday degan edi: “Majnunda «kimyolanish» Laylini ko‘rgandan keyin boshlanadi,


background image



51

ammo ishq o‘ti unga ancha ilgari, u dunyoga kelgandayoq tekkan edi. Boshqacha aytganda,

Qaysning oshiqlik dardiga giriftorligi, yuz balo-ofatlarga duchor bo‘lishi, «majnun» – jinni

nomini olib, malomatlarga qolishi unga taqdiri azaldir, uning loyi ishq olovi bilan qorilgan”.

Oshiq darvesh vaqtini, aziz umrining har bir lahzasini sarhisob qiladi. Faqat ezgu amallar qilishga

harakat qiladi. Fuzuliy ham ishqning kamolotini, oshiqlik imtiyozlarini malomat bilan bog‘lab

shunday yozadi:

Kamoli ishq malomatdadur, xayol etma,

Ki ishq zavq bera olmas malomat ila.

Malomatiylar holiga nisbatan tasavvuf lug‘atlarida “badnomi”, ya’ni “badnomlik” istilohi

ham qo‘llanadi. Ular xalqning nazdida, mardud sanalib, mana shunday nom bilan atalishga ham

rozi oshiqlardir. Bu istilohdan malomatiylar holini anglatuvchi “badnomlik ko‘chasi”, “badnomlik

yoqasi” kabi iboralar ham paydo bo‘lgan. Bular orasida qiyinchiliklar, mashaqqat, mehnat bozori,

shuningdek, taqdir ma’nosini anglatuvchi “bozori malomat” iborasi juda mashhur bo‘lgan.

O‘zbek mumtoz adabiyoti malomatli hayoti hamda shaxsiyati bilan dunyoga mashhur

bo‘lgan ijodkorlardan biri Zahiriddin Muhammad Boburdir. Uning “Boburnoma” memuar

asaridan tashqari lirik merosida ham malomat talqinlariga guvoh bo‘lamiz. Boburdagi hassosiyat,

teranlik uning malomat tuyg‘ulariga ham ko‘chgan. “Gunohkorlikni bilish, – deydi I.Haqqul, –

haqiqat bilan yuzma-yuz kelishday gap. Haqiqat oshkoralikni majburiyat qilib qo‘yadi. Gunoh

hissiyotlari ham. Faqat yolg‘onchi kaltabinlargina qo‘llarida “tosh”, ichlarida tog‘-tog‘ gunohlari

bilan yuksaklarga chirmashadilar. Sharq she’riyati buni qabohat hisoblagan. Va gunohni yashirish

riyokorligiga qarshi ochiqlikni tashviq etgan. Aks tarzda Bobur:

Tole’ yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,

Har ishnikim ayladim xatolig‘ bo‘ldi, –

deb yozmagan, Vatandan ketishni o‘zining “yuz qarolig‘i” sifatida e’tirof qilmagan

bo‘lurdi”. Haqiqatan, Boburda to‘g‘rilik, o‘z kechinmalarini adolat ila, malomatdan qo‘rqmay

ifodalash ustun. Uning Vatandan ketish sabab-oqibatlari batafsil bayon qilingan “Boburnoma”

asarida ham xatoyu kamchilikalri ro‘y-rost aytiladi, biroq lirikasidagi Vatan, yor sog‘inchida

yozilgan she’rlarida malomat holi o‘ta baland. Zahiriddin Muhammad Boburning shoh va shoirlik

qismati, uning shaxsiyatida muhim rol o‘ynagan. Bu mushtaraklik uning malomatchiligida ham

aks etgan. Gohida Vatan, ba’zan yor tufayli malomatlanadi Bobur. Va bu malomatlar Boburning

o‘zligini anglashda muhim ahamiyat kasb etganligini “dilbar shaxs”iyatini tamsil etuvchi asarlari

ko‘rsatib turibdi.


background image



52

Ta’kidlash joizki, malomatiylik g‘oyalari barcha asarlarda uchrasa-da, tariqat shoirlari

ijodida, irfoniy asarlar, so‘fiyona she’riyatda sof tasavvufiy talqinlarga ega.

References

references

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов