Abstract

This article provides information about the nightingale Malomat, Navoi.


background image



53

MALOMAT BULBULI NAVOIY

Rayhon Saidova

Zarmed universiteti “Maktabgacha ta’lim “kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo’yicha

falsafa doktori, PhD,

https://doi.org/10.5281/zenodo.10104662

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Malomat bulbuli Navoiy haqida ma’lumotlar keltirilib

o’tilgan.

Kalit

so'zlar:

Malomat, Navoiy,

Ma’naviy-axloqiy tarbiya, malomatiylik maslagi,

tasavvufiy adabiyot.

MALOMAT NIGHTINGALE NAVOI

Abstract.

This article provides information about the nightingale Malomat, Navoi.

Key words:

Malomat, Navoi, Spiritual and moral education, censure, mystical literature.

МАЛОМАТ СОЛОВЕЙ НАВОИ

Аннотация.

В данной статье представлена информация о соловье Маломате,

Навои.

Ключевые слова:

Маломате, Навои, Духовно-нравственное воспитание, порицание,

мистическая литература.

Ma’naviy-axloqiy tarbiyada malomat tushunchasi va malomatiylik maslagi muhim o‘rin

va mavqega ega. Tasavvufiy hayot, ruhiy tarbiya mezonlarini belgilashda ham malomat holi va

maqomi alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, tasavvufiy adabiyot va so‘fiyona she’riyatning

g‘oya va badiiyat jihatlarini ham mazkur maslak mazmun-mohiyatisiz anglash mushkul. Zero,

mumtoz adabiyot namoyandalari ijodida nafs poklanishidagi fikr-qarashlar malomat maqomi

haqiqatlari orqali yoritib beriladi.

O‘zbek adabiyotining mutafakkir va mutasavvif shoiri Alisher Navoiy ijodida, ayniqsa,

malomatchilik ohanglari eng yuqori pardaga ko‘tarilgan. Avvalo, lirikasida nafsini tazkiya

etayotgan malomatgo‘y Haq oshig‘i ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Chunonchi, ilk devoni bo‘lmish

“Badoyi’ ul-bidoya” debochasida shoir: “Bu parishon ajzoning varaqnigori va bu oshufta

avroqning qissaguzori, mehnat paymonasining jur’achashi va malomat xumxonasining sabukashi,

shaydoliq mahallasining rasvosi va rasvoliq ko‘chasining shaydosi

Vafo bo‘stoning dostonsaroyi,


background image



54

Malomat bulbuli, ya’ni Navoiy

1

”, –

deya o‘zining buyuk shaxsiyati, jumladan, devonlaridagi lirik qahramonlari ruhiy holatiga baho

berib, ta’rif-tavsif etgandi. Dostonlari hamda “Mahbub ul-qulub” kabi irfoniy asarlarida esa

“Malomatchi nafsga qasamyod etamanki, (qayta tirilib) hisob-kitob qilinursizlar”, – deya Qiyomat

surasi 2-oyatida marhamat qilingan malomatchi nafs haqidagi ma’rifiy qarashlari aks etgan.

Tasavvuf haqida muhim manbalardan sanaluvchi “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasida ham

malomat tariqatining paydo bo‘lishi, asoschilari va mazkur tariqatning namoyandalari haqidagi

ma’lumotlar bilan tanishamiz. Tazkiradagi malomat maqomi va maslagi haqidagi ma’lumotlarni

jamlasa, mazkur tariqat xususida yaxlit tasavvur paydo bo‘ladi. Chunki muallifning ham

malomatchilarga e’tibori baland bo‘lgan. Tazkiradan ma’lum bo‘lishicha, malomatiylik yo‘lining

asoschisi Hamdun Qassordir. Navoiy u haqida shunday ma’lumot beradi: “Avvalg‘i tabaqadindur.

Kuniyati Abu Solih. Malomatiyaning shayx va imomidur. Nishoburda malomat tariqin ul nashr

qildi. Avval mas’alaki, andin Iroqqa elttilar. Ul olim va faqih erdi. Savriy mazhabi bor erdi»

2

.

Hamdun Qassor asos solgan malomatiylik maslagida o‘z holini yashirish, maxfiy tutish

asosiy maqsad bo‘lsa-da, ushbu tariqatning ta’siri juda katta bo‘lgan. Va tez orada keng tarqalgan.

Bunga Hamdun Qassorning malomat haqidagi hikmatli so‘zlari ham muhim ahamiyat kasb etgan.

U haqida zamondoshlari ham juda yuksak baho bergan: “Sahl bin Abdulloh Tustariy va Junayd

dedilarkim, agar ravo bo‘lsa erdiki, Ahmad Mursal (s.a.v.)din so‘ngra payg‘ambare bo‘lg‘ay erdi,

ul bo‘lg‘ay erdi”

3

, – deydi Alisher Navoiy. Tariqat ahlining maqomu darajasi uning hikmatli

so‘zlari orqali belgilanadi. Hamdun Qassorning malomatchiligi tazkirada keltirilgan mana bu

iqroridan ham ko‘rinib turibdi: “O‘z nafsimni Fir’avn nafsig‘a fazl qo‘ymasmen, ammo o‘z

ko‘nglumni aning ko‘ngliga fazl qo‘yarmen”

4

. Uning bu izohi juda mashhur bo‘lganki, “Risolai

Qushayriy”, “Nafahot ul-uns” kabi tazkiralarda ham keltiriladi. Zero, nafs hech yengib bo‘lmas

bir ilon, degan edi Najmiddin Kubro hazratlari ham.

Hamdun Qassorning: “Malomat salomatni tark etmoqdir” degan gapi malomat ahlining

shioriga aylangan. Tazkirada Mahfuz b. Mahmudning quyidagi so‘zlari ham keltiriladi: “Kimki

hidoyat yo‘liga qadam qo‘ymoqchi bo‘lsa, faqat muxolif ishlarda emas, muvofiq ishlarda ham

nafsini qusurli deb bilib, malomat qilsin”

5

. Nafs tarbiyasida hol va maqom tushunchalari juda

muhim. Chunki tariqat yo‘lchisi o‘zining har qanday yaxshi holiga ham qullikdan qutulmog‘i

1

Navoiy A. MAT. Badoyi’ ul-bidoya. 1-tom. –Toshkent: Fan, 1987, – B. 12.

2

Navoiy A. MAT. Nasoyim ul-muhabbat . 17-tom. –Toshkent: Fan, 2001, – B. 51.

3

Navoiy A. MAT. Nasoyim ul-muhabbat . 17-tom. –Toshkent: Fan, 2001, – B. 51.

4

Navoiy A. MAT. Nasoyim ul-muhabbat . 17-tom. –Toshkent: Fan, 2001, – B. 52.

5

Navoiy A. MAT. Nasoyim ul-muhabbat . 17-tom. –Toshkent: Fan, 2001, – B. 94.


background image



55

kerak. U hollariga hokim bo‘lmaguncha, tamkin – nafsi mutmaina maqomini qo‘lga kirita

olmaydi. Shu bois u yaxshi yoki yomon, maqbul yoxud nomaqbul barcha maqomida nafsini

yangidan tavba va malomat qilmog‘i lozim. Shundagina uning mujodalasida ma’naviy harakat

ta’minlanadi. Xuddi shu o‘rinda malomatiya tariqati vakili Muhammad Zujojiyning: «Muntazam

nafsga xilof ish qilish barakadir. Hayotimda bir marta unga bir qadam hamrohlik qildim-u, yillar

davomida buning jabriga chora topa olmadim»

6

, – degan fikri ham ahamiyatga molik.

Albatta, malomat xususida ham Navoiyning o‘ziga xos yondashuviga guvoh bo‘lamiz.

Ishqi nafaqat sharq, balki g‘arb adabiyotida ham mashhur va ma’lum bo‘lgan Shayx San’onga

shunday ta’rif beradi: “Ishq va muhabbat bahrining gavhari va shavqu malomat otashkadasining

samandari erkandur…”

7

. Haqiqatan, Shayx San’on vahdat sirriga qalbida ungan ishqning

malomatlariga sabr qilish bilan yetadi. Ishq, oshiqlik aslida bir malomat etilishdir. Mana shu

malomatdan salomat chiqqanlargina manzil so‘nggiga yetadilar. Nafsi komila sohibiga

aylanadilar. Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasi tasavvuf haqida bir dastur ul-

amal hisoblanadi. Tariqat usulu arkonini belgilashda, u haqidagi fikr-mulohazalarni bayon etishda

malomat holi va malomatiya tariqatining muhim o‘rnini muallif hamisha xotirda saqlagan.

Navoiyning mazkur masala yuzasidan bildirilgan fikr-qarashlarini tahlil va talqin etish katta bir

tadqiqotlardan biridir.

6

Navoiy A. MAT. Nasoyim ul-muhabbat . 17-tom. –Toshkent: Fan, 2001, – B. 157.

7

Navoiy A. MAT. Nasoyim ul-muhabbat . 17-tom. –Toshkent: Fan, 2001, – B. 430.

References

references

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов