PSYCHOLOGICAL SIGNIFICANCE OF ADOLESCENCE IN YOUNG TIMES

HAC
Google Scholar
To share
Bozorova, R. (2023). PSYCHOLOGICAL SIGNIFICANCE OF ADOLESCENCE IN YOUNG TIMES. Modern Science and Research, 2(10), 421–424. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25270
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about how the period of adolescence passes, the processes that take place during this period. The article also examines how this period differs from other periods and what ages it includes.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

421

YOSH DAVRLARDA O‘SMIRLIK DAVRINING PSIXOLOGIK AHAMIYATI

Bozorova Ro‘zigul

TerDU Ijtimoiy fanlar fakulteti

Amaliy psixologiya yo‘nalishi 2 - bosqich talabasi

+998-99-704-96-15

https://doi.org/10.5281/zenodo.10115221

Annotatsiya.

Mazkur maqolada o‘smirlik davrining qay holda kechishi, bu davrda ro‘y

beradigan jarayonlar haqida so‘z boradi. Xuddi shuningdek, maqolada bu davr boshqa
davrlardan nimasi bilan ajralib turadi hamda nechi yoshni o‘z ichiga olishi ham o‘rganiladi.

Kalit so‘zlar:

Psixologik, ijtimoiy, ontogenez, evolutsiya, o‘smirlik, yoshlik, fiziologik,

tendensiya, tadqiqot.

PSYCHOLOGICAL SIGNIFICANCE OF ADOLESCENCE IN YOUNG TIMES

Abstract.

This article talks about how the period of adolescence passes, the processes that

take place during this period. The article also examines how this period differs from other periods
and what ages it includes.

Key words:

Psychological, social, ontogenesis, evolution, adolescence, youth,

physiological, tendency, research.

ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ ПОДРОСТКОВОГО ВОЗРАСТА В

ПОДРОСТКОВОМ ВОЗРАСТЕ

Аннотация.

В данной статье рассказывается о том, как проходит период

подросткового возраста, о процессах, происходящих в этот период. Также в статье
рассматривается, чем этот переод отличается от других периодов и какие эпохи он
вклчает.

Ключевые слова:

Психологическое, социальное, онтогенез, эволюция, подростковый

возраст, юношество, физиологическое

,

тенденция, исследование

.


Inson hayotida yosh psixologiyasi eng muhim hisoblanib, uning namoyon boʻlishi va

rivojlanishining turli yoshlarda qanday kechishi, qonuniyatlari, xususiyatlari, strukturalarining
oʻrganilishi ham eng zarur hisoblanadi. Bu yosh bosqichlarida har bir davr bir-biridan farq qiladiki,
ko'plab olimlar yosh davrlarini oʻz qarashlari, nazariyalari va olib borgan tadqiqotlariga tayanib
turlicha davrga ajratganlar. Ammo, umumiy yaxlit koʻrinishini quyidagicha ifodalash mumkin:

1.

Chaqaloqlik davri

2.

Ilk bolalik davri

3.

Maktabgacha taʼlim davri

4.

Kichik maktab davri

5.

Oʻsmirlik davri

6.

Oʻspirinlik davri

7.

Ilk yoshlik davri

8.

Yoshlik davri

9.

Yetuklik davri,

10.

Keksalik davri.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

422

Albatta, bu davrlar oʻziga xos alohida sifati va xususiyatlariga ega hisoblanadi. Shuni

alohida aytib oʻtish kerakki, bu davrlar nafaqat xronologik yosh jihatdan, balki koʻngil
kechinmalari, ruhiyatida kechadigan hodisalar, roʻy beradigan oʻzgarishlarga koʻra ham
farqlanadi. Ana shu davrlardan biri bo‘lgan oʻsmirlik davri haqida to‘xtalib o‘tamiz. Davrlar ichida
oʻsmirlik davri alohida ajralib turadi, yaʼni bu davr o‘zgarish davri ham hisoblanadi. Negaki, bu
davr bolalikdan yetuklikka qadam qoʻyish ham hisoblanadi. Xuddi shu paytda keskin holatlar ro‘y
beradi, ham organizmdagi maʼlum oʻzgarishlar tufayli bolalardagi xulq-atvorning ham o‘zgarishi
kuzatiladi. Shuningdek, ularda salbiy yoki ijobiy xususiyatlar orta boradi. Bu davr, asosan, kichik
maktab yoshi tugab 5-sinf va 8-sinflar oralig‘ida shakllanadi. Ya'ni 11-12yoshdan 14 15 yoshgacha
boʻlgan davrga toʻgʻri keladi. Bu koʻrsatkich deyarli barcha bolalarda uchraydi. Ammo, maʼlum
bir bolalarda kech kuzatilishi ham mumkin. Shunda ham farq koʻp emas, balki 1 - 2 yilni tashkil
qilishi mumkin. Bu davrga koʻplab ta'riflar ham berib o‘tilgan. Oʻsmirlik davriga maʼnodosh
shaklda ''o‘tish davri'', ''og‘ir davr'', ''qiyin davr'', ''inqiroz davri'' kabi nomlar bilan ham ataladi.
Xoʻsh, biz yuqorida aytib o‘tganimizdek qiyin, keskin, murakkab holatlar qaysilar degan savol
tug‘ilishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida ko‘plab psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillarga bog‘liq
bo‘lgan holatda namoyon boʻlishi mumkin.

Xuddi shuningdek, oʻsmirlik davrida ham psixologik ham fiziologik jihatdan oʻzgarishlar

roʻy bera boshlaydi. Psixologik oʻzgarishlar - bu bolaning ruhiyatidagi oʻzgarishlar hisoblanib,
endi bolaning qiziqishlari, qarashlari, tajribalari, fikrlari kabi xususiyatlari ham oʻzgarib boradi.
Zero, endi oʻzidagi baʼzi mulohazalar bilan boshqa, oʻzidan katta yoshli insonlar bilan ham
bemalol tahminlar orqali muloqotga kirisha boshlaydi. Ayni paytda, muloqot unda dastlabki
tajribalarni vujudga keltiradi. Fiziologik oʻzgarishlarda esa, psixologik oʻzgarish ortgani sari uning
ham ortishi kuzatilib boradi. Fiziologik oʻzgarish organizmlarning oʻzgarishi bilan bog‘liq holda
namoyon bo'ladi. Bu o‘zgarishlar bolada endokrin sistemasining o‘zgarishi bilan kechadi. Aniqroq
aytmoqchi boʻlsak, gipofiz bezining faolligi ortadi. Oʻsmirlik davrida bolaning ovozlarida ham
oʻzgarishlar bo‘lib, bu belgilar ham oʻsmirlik davrida kuzatiladigan ko‘p holatlardan biri
hisoblanadi. Shu bilan birga jinsiy oʻzgarishlar ham yuz bera boshlaydi. Qiz bolalar 9 - 10 yoshida,
og‘il bolalar esa, 11 - 12 yoshda balogʻat yoshining dastlabki bosqichida bo‘lishlari mumkin.
Jinsiy balog‘atga yetish va jismoniy rivojlanishdagi o‘sish bu davrda o‘zgacha psixologik
tuzilmalarning paydo bo‘lishida muhim hisoblanadi.O‘smirlik davrining alohida xususiyatlaridan
biri bu avtonomiyalarning ham rivojlanishidir.

Avtonomiya - bu bolaning tafakkurida kechadigan holatlar bilan bog‘liq bo'lgan jarayonlar

hisoblanadi. Avtonomiyalarning ham bir necha turi uchraydi: Emotsional avtonomiya, huquqiy
avtonomiya, hududiy avtonomiya kabilar. Ular bir-biridan tubdan farq qiladi. Bilamizki,
oʻsmirlikdan oldingi davrlarda bolalar ota-ona va yaqinlarining koʻmagiga muhtoj boʻladi va
hattoki oʻsha insonlar taʼsirida faoliyat olib boradi. Biroq, oʻsmirlik davrida bu mutlaqo oʻzgara
boshlaydi. Ular endi oʻzlarining xatti-harakatlarini oʻzlari idora qila boshlaydi hamda bu paytga
kelib ular mustaqillikka erishadi. Bolaning boshqalar tomonidan qondirilayotgan ehtiyojining
ayrimlari o‘zi tomonidan qondirila boshlaydi. Biroq, bu davrda hali ham ota-ona qondirishi
mumkin boʻlgan ehtiyojlar mavjud bo‘ladi. Masalan, kiyim-kechakka, ovqatga, suhbatdoshga
bo‘lgan ehtiyojlar kabilar. Kiyim-kechakka bo‘lgan ehtiyojini qondirishda bola kiyimini o‘zi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

423

tanlashi mumkin. Vaholanki, mustaqil ravishda oʻz moddiyatidan kelib chiqib xarid qila olmaydi.
Suhbatdoshga va ovqatda bo‘lgan ehtiyojlari ham maʼlum jihatlarda shunga o‘xshash hisoblanadi.

Bu davrda bolalikdagi ''men''i o‘rniga boshqa bir ''men'' shakllanib boradi. Lekin, shuni

ham unutmaslik kerakki, undagi ''men''ning shakllanishida uch yoshgacha bo‘lgan bolalik davri
eng muhim hisoblanadi. O‘smirlik davridagi ''men'' rivojlanar ekan, ''men'' tushunchasi, asosan,
barcha narsalarni ochiq bayon etishida, yoqtirmagan narsalarni bajarishga qarshi turishida, ayrim
tanbehlarni xohlamasligi hamda oʻz xohish-irodasini boshqalarga o‘tkazishda ham namoyon boʻla
boshlaydi.

Bu davrga mos ravishda, fikrlarimizning yuqorisida, “qiyin davr”, “og‘ir davr”, “o‘zgarish

davri” deb ham maʼnodoshlari keltirib oʻtgan edik. Bu qaysidir maʼnoda haqiqatga yaqin
hisoblanadi. Negaki, aynan shu davrda bola oʻz ’’men’’ ni shakllantira boshlar ekan, endi
boshqalar taʼsiriga oson beriluvchan, turli oqimlarga anglamagan holda qoʻshilib qolishi yoki
bo‘lmasa, jiddiy jinoyatlarni sodir etishi mumkin. Bunda bola nafaqat atrofdagilarning ta’sirini,
ayni paytda, qilayotgan xato yoki kamchiliklarini oʻzi toʻgʻri deb hisoblaydi. Koʻpincha bunday
holatlarga tushgan bolalarni yo‘lidan qaytarish qiyin hamda murakkab hisoblanadi. Shuning uchun
ham bolalarda bunday hollarning oldini olish uchun ota-ona tegishli oʻquv muassasalari bilan
hamkorlikda ish olib borishlari, shuningdek, mahalla bilan ham birga shugʻullanib ish yuritishi
orqali bolaning har qanday bajarib borayotgan faoliyatlaridan ogoh bo‘lishlari juda muhim
hisoblanadi.

Agar yuqoridagi jamoalar birdamlikda ish olib borsalar ish yanada samarali va kutilgan

natijani beradi hamda har qanday koʻngilsizliklarning oldi ham olinadi. Oʻsmirlik davridagi
muhim sifatlardan yana biri tez taʼsirlanish hisoblanadiki, bunda jizzakilik, qoʻrslik, sal narsaga
xafa bo‘lish kabi odatlar kuzatila boshlaydi hamda oʻsmirlikdagi holat hissiyotlarining turg‘un
emasligidan iborat bo‘lgan jarayondir. Bu davrdagi ushbu holatlar boladagi ham fiziologik ham
psixologik oʻzgarishlardan darak beradi. Aynan, bu holat oʻsmir harakterining ko‘rinishi emas,
balki oʻzgarishlarning namoyon bo‘lishi hisoblanadi.

Bunda ota-ona farzandiga boʻlgan munosabatini shu holatlarni hisobga olgan holda amalga

oshirish kerakligi muhim sanaladi. Barcha davrlarning ham boshqa davrlardan farq qiladigan
tomonlari va voqeliklar tizimi mavjud bo'ladi. Biroq davrlarning bosqichlari biri ikkinchisiga
hamohang tarzda kechadi, yaʼni bir bosqichni bosib o'tmay turib, ikkinchi bosqichga oʻtib
boʻlmaydi. Ammo, aynan oʻsmirlik davri bir holatning umuman boshqa holatga o‘tib qolishi bilan
xarakterlanadi va ayni paytda oʻz qiyinchiliklarida namoyon bo'ladi.

Bunday paytda bolada jiddiy qiyinchiliklar ham yuzaga kelishi mumkin. Yosh davrlarni

olimlar turli nazariyalar orqali oʻz qarashlaridan kelib chiqqan holda davrlashtirganlar. Masalan:
Leontov o‘z tajribalarida faoliyat orqali ontogenez nazariyasini yaratgan bo‘lsa, Yelkonin esa,
yetakchi faoliyat bilan bu bosqichlarni davrlashtirgan. Assiv ham ontogenez bosqichiga alohida
toʻxtalib oʻtadi hamda har bir bosqichda motivatsiyaning o‘rnini ham taʼkidlaydiki, uning fikricha
bu bosqichlar biri ikkinchisiga oʻtgani sayin undagi motivatsion sohaning ham oʻzgarishi roʻy
beradi. Ammo, bu nazariyalarning umumiy koʻrinishi, aynan, bir-biriga yaqin mulohazalarda
ekanligidir.

Zero, olimlar oʻsmirlik davri bosqichi haqida fikr yuritar ekan, o‘z navbatida bu davrning

boshqalaridan farq qilishini koʻrsatib o‘tishadi hamda bu davrda inson yana bir marta qayta


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

424

tug‘ilishini alohida taʼkidlaydilar. Demak, aynan mana shu davrda bola oʻz dunyoqarashidan kelib
chiqqan holda mulohaza yuritadi, oʻz xohish-istaklaridan uzoqlashmagan holda olamga teran
nigohlar bilan boqa boshlaydi. Shu ondan boshlab ularda oʻz tajriba hamda bilimlari ham orta
boradi, bu esa ularning aynan keyingi bosqichlarga o‘tishi uchun zamin yaratadi. Shundagina oʻz
malakalarini oshirib oldingidanda kengroq fikrlay boshlaydi. Insonlardagi bunday davrlar har bir
boʻlayotgan voqea va hodisalarning asosini belgilab beradi. Har bir bosqichdagi shaxslar o‘z
bosqichlariga mos ravishda fikrlarni namoyon etib boradi.

Xulosa oʻrnida shuni aytish kerakki, ota-ona bunday davrlar bosqichlaridan xabardor

bo‘lishi maqsadga muvofiq sanaladi. Baʼzi ota-onalar esa, o‘smirlardagi bunday o‘zgarishlarni
tushunmagan holda ularni ayblaydilar va buning oqibatlari salbiy holatlarga olib keladi. Demak,
ota-onalarimiz hayot haqida ko‘plab nazariyalardan, maʼlumotlardan xabardor bo‘lishi talab
etiladi. Ota - onaning oqilona mulohaza yuritishi orqali kelgusidagi salbiy holatlar oldi olinadi
hamda bolalarni ijobiy tomonga yoʻnaltiradi.

REFERENCES

1.

The Role of Parental Psychology in the Formation of a Particular Religious Beliefs in
a child. Sh. Xudoyqulova, M. Saydaliyeva – Eurasion Scientifik Herald, 2023

2.

X. G. Sharafiddinova – Umumiy psixologiya, Toshkent 2022

3.

Fazliddin Ikroruddin – Nikoh va oila risolasi, Toshkent 2004

4.

Abdurauf Fitrat – Oila, Toshkent 2000

5.

E. E. G‘oziyev – Umumiy psixologiya, Toshkent 2002

6.

XUDOYQULOVA, S., & SAYDALIYEVA, M. (2023). The Role of Parental
Psychology in the Formation of a Particular Religious Beliefs in A Child. Eurasian
Scientific Herald, 21, 54-58.

7.

Saydaliyeva, M. (2023). PSYCHODIAGNOSTICS OF THE RELATIONSHIP
BETWEEN AGRESSIVENESS AND RELIGION IN ADOLESCENTS (IN
MUSLIM AND CHRISTIAN TEENAGERS). Modern Science and Research, 2(7),
802-808.

8.

XUDOYQULOVA, S., & SAYDALIYEVA, M. (2023). RELIGIOUS BELIEFS AS
A FACTOR OF PERSONAL PSYCHOLOGICAL AND PHYSIOLOGICAL
HEALTH. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 45-47.

9.

Nurqulova, G., & Saydaliyeva, M. (2023). PSYCHOLOGICAL METHODS OF
EDUCATION AND DEVELOPMENT ACCORDING TO THE CHILD'S
TEMPERAMENT. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 92-
95.

10.

Muhiddinova, D., & Saydaliyeva, M. (2023). MANIFESTATION OF
DESTRUCTIVE RELIGIOUS BEHAVIOR IN PERSONAL CHARACTERISTICS.
Modern Science and Research, 2(6), 934-938.

References

The Role of Parental Psychology in the Formation of a Particular Religious Beliefs in a child. Sh. Xudoyqulova, M. Saydaliyeva – Eurasion Scientifik Herald, 2023

X. G. Sharafiddinova – Umumiy psixologiya, Toshkent 2022

Fazliddin Ikroruddin – Nikoh va oila risolasi, Toshkent 2004

Abdurauf Fitrat – Oila, Toshkent 2000

E. E. G‘oziyev – Umumiy psixologiya, Toshkent 2002

XUDOYQULOVA, S., & SAYDALIYEVA, M. (2023). The Role of Parental Psychology in the Formation of a Particular Religious Beliefs in A Child. Eurasian Scientific Herald, 21, 54-58.

Saydaliyeva, M. (2023). PSYCHODIAGNOSTICS OF THE RELATIONSHIP BETWEEN AGRESSIVENESS AND RELIGION IN ADOLESCENTS (IN MUSLIM AND CHRISTIAN TEENAGERS). Modern Science and Research, 2(7), 802-808.

XUDOYQULOVA, S., & SAYDALIYEVA, M. (2023). RELIGIOUS BELIEFS AS A FACTOR OF PERSONAL PSYCHOLOGICAL AND PHYSIOLOGICAL HEALTH. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 45-47.

Nurqulova, G., & Saydaliyeva, M. (2023). PSYCHOLOGICAL METHODS OF EDUCATION AND DEVELOPMENT ACCORDING TO THE CHILD'S TEMPERAMENT. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 92-95.

Muhiddinova, D., & Saydaliyeva, M. (2023). MANIFESTATION OF DESTRUCTIVE RELIGIOUS BEHAVIOR IN PERSONAL CHARACTERISTICS. Modern Science and Research, 2(6), 934-938.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов