LEGAL GUARANTEES OF ENTREPRENEURIAL ACTIVITY IN UZBEKISTAN

HAC
Google Scholar
To share
Usmonova, O. (2023). LEGAL GUARANTEES OF ENTREPRENEURIAL ACTIVITY IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(10), 484–487. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25343
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the legal guarantees of entrepreneurial activity in Uzbekistan are widely covered.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

484

O‘ZBEKISTONDANDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINING HUQUQIY

KAFOLATLARI

Usmonova Odina Habibovna

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi, 3-darajali yurist

E-pochta:

odinahonusmonova47@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10119220

Annotatsiya.

Mazkur maqolada O‘zbekistondanda tadbirkorlik faoliyatining huquqiy

kafolatlari keng yoritib berilgan.

Kalit so’zlar:

tadbirkorlik, iqtisodiyot, halol raqobat, bozor munosabatlari,

iste’molchilarning huquqlari, mulk shakllari.

LEGAL GUARANTEES OF ENTREPRENEURIAL ACTIVITY IN

UZBEKISTAN

Abstract.

In this article, the legal guarantees of entrepreneurial activity in Uzbekistan are

widely covered.

Key words:

entrepreneurship, economy, honest competition, market relations, consumer

rights, forms of ownership.

ПРАВОВЫЕ ГАРАНТИИ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В

УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация.

В данной статье широко освещаются правовые гарантии

предпринимательской деятельности в Узбекистане.

Ключевые слова:

предпринимательство, экономика, честная конкуренция,

рыночные отношения, права потребителей, формы собственности.

O‘zbekiston

Respublikasi

Konstitutsiyasining

65-moddasiga

ko‘ra

«Fuqarolar

farovonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi
mulk tashkil etadi. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-
sharoitlar yaratadi, iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy
faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.

O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy

jihatdan himoya qilinishi ta’minlanadi.

Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan

va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin
emas.».

Bu norma har bir fuqaroning mulkdor bo‘lishi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish

huquqini kafolatlaydi.

Yuqoridagi konstitutsiyaviy norma O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonun bilan ham
belgilangan bo‘lib, ushbu qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin
ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik
faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkordik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishdan iborat.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

485

Qonunning 3-moddasida tadbirkorlik tushunchasiga ta`rif berilgan bo‘lib, unga ko‘ra

tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) — tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati
subyektlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z
mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.

Ushbu qonunda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari alohida belgilangan bo’lib,

ular quyidagi huquqlarga ega:

qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga;

yuridik shaxs bo‘lgan boshqa tadbirkorlik subyektlarining muassislari (ishtirokchilari)

bo‘lishga;

mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka egalik qilishga, undan foydalanish

va uni tasarruf etishga;

o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarni va o‘z

tovarlarining (ishlarining, xizmatlarining) iste’molchilarini mustaqil ravishda tanlashga;

tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olishga, bundan tovarlar (ishlar,

xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallab turgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari mustasno;

o‘z tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor

konyunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha yoki
shartnoma asosida realizatsiya qilishga, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

barcha ishlab chiqarish xarajatlarining o‘rni qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar

to‘langanidan keyin qolgan daromadni (foydani) erkin tasarruf etishga, sud tartibidagi majburiy
undiruv hollari bundan mustasno;

kreditlar olishga, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini hamda o‘zga

mol-mulkini shartnoma shartlari asosida jalb etishga, shu jumladan binolarni, inshootlarni,
uskunalarni va o‘zga mol-mulkni olishga va (yoki) tekin, ijaraga (lizingga) olishga hamda ularni
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga yo‘naltirishga;

tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga haqli.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega

bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, ushbu qonunda “Tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi”

prinsipi kafolatlangan bo`lib, unga ko’ra tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat organlari,
shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar bilan
o‘zaro munosabatlarida tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal
qilib, unga muvofiq qonunchilikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda
yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik
faoliyati subyektining foydasiga talqin etiladi.

Bu qonunda ham tadbirkorlik faoliyati davlat tomonidan kafolatgan bo‘lib, 18-moddasida

tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari, ya’ni, davlat iqtisodiy faoliyat,
tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-
baravar muhofaza qilishini kafolatlashi, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat
himoyasida ekanligi, mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni
tasarruf etishi, tadbirkorlarga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

486

jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari
(harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi hamda tadbirkorlik faoliyati
subyektlari qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan va ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilmagan har qanday
faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgalangan tartibda shug‘ullanishlari mumkinligi
ko‘rsatilgan. Xususan, ushbu qonunda tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlarining quyidagi
kafolatlari alohida belgilangan:

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun noqulay bo‘lgan qonunchilikdagi o‘zgartishlardan

kafolatlar;

Tadbirkorlik subyektlarining qonunchilikda man etilmagan har qanday faoliyatni amalga

oshirish erkinligi kafolatlari;

Tadbirkorlik subyektlarining o‘z tovarlari (ishlari, xizmatlari) va daromadlarini (foydasini)

tasarruf etish erkinligi kafolatlari;

Pul mablag‘larini tasarruf etish kafolatlari;

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyat erkinligi kafolatlari;

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari

kafolatlari;

Fermer xo‘jaliklari tomonidan yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari;

Dehqon xo‘jaliklari tomonidan yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari;

Tadbirkorlik subyektlarining qimmatli qog‘ozlar bozoriga, xomashyo, tovarlar va

xizmatlar bozorlariga erkin kirish kafolatlari;

Fermer va dehqon xo‘jaliklarining moddiy-texnika resurslaridan, urug‘lik materiallardan,

ko‘chatlardan va zotdor chorvadan erkin foydalanish kafolatlari;

Fermer va dehqon xo‘jaliklarining suv iste’molini amalga oshirish kafolatlari;

Tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslaridan foydalanish kafolatlari;

Tadbirkorlik subyektlarining axborotdan foydalanish kafolatlari;

Tadbirkorlik faoliyati subyektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashning

kafolatlari;

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish kafolatlari;

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya

qilinmasligining kafolatlari;

Firma nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko‘rsatish belgisidan) foydalanish kafolatlari;

Tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari.
Yuqoridagi kafolatlardan kelib chiqqan holda tadbirkorlar manfaatini himoya qilish,

tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va bu bo‘yicha mansabdor shaxslarning ma’suliyatini
oshirish maqsadida ba’zi rivojlanayotgan davlatlar singari amaldagi jinoyat kodeksiga qonuniy
tadbirkorlik faoliyati olib borishga to‘sqinlik qilish deb nomlangan yangi moddaning kiritilishi bu
sohadagi katta qadam bo’di.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, amaldagi jinoyat qonunchiligiga bu yangi moddaning

kiritilishi tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga va tadbirkorlikning
rivojlanishiga yaqindan yordam beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

487

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 1992 y.

2.

O‘zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyatini erkinligining kafolatlari
to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni. 2012 y.

3.

https://lex.uz/

References

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 1992 y.

O‘zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyatini erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni. 2012 y.

https://lex.uz/

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов