TACTICS OF QUESTIONING WITNESSES, SUSPECTS AND ACCUSED IN CERTAIN TYPES OF CRIMES

HAC
Google Scholar
To share
Usmonova, O. (2023). TACTICS OF QUESTIONING WITNESSES, SUSPECTS AND ACCUSED IN CERTAIN TYPES OF CRIMES. Modern Science and Research, 2(10), 948–952. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26343
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article addresses the importance and tactical aspects of questioning witnesses, suspects and accused of investigating and solving certain types of crimes.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

948

AYRIM TURDAGI JINOYATLARDA GUVOH, GUMON QILINUVCHI VA

AYBLANUVCHILARNI SO‘ROQ QILISH TAKTIKASI.

Usmonova Odina Habibovna

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi

o‘qituvchisi, 3-darajali yurist

E-pochta:

odinahonusmonova47@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10231720

Annotatsiya.

Mazkur maqolada ayrim turdagi jinoyatlarni tergov qilish va fosh etishda

muhum tergov harakatlaridan biri guvoh, gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarni so‘roq qilishning
ahamiyati hamda taktik jihatlari xususida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

jinoyatlarni ochish, tergov qilishda, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi,

so‘roq qilish,

taktik uslublar, so‘roq qilish taktika.

TACTICS OF QUESTIONING WITNESSES, SUSPECTS AND ACCUSED IN

CERTAIN TYPES OF CRIMES

Abstract.

This article addresses the importance and tactical aspects of questioning

witnesses, suspects and accused of investigating and solving certain types of crimes.

Key concepts:

tactics of solving crimes, investigation, witness, suspect, accused,

interrogation, tactical methods, interrogation.

ТАКТИКА ДОПРОСА СВИДЕТЕЛЕЙ, ПОДОЗРЕВАЕМЫХ И

ОБВИНЯЕМЫХ ПО ОТДЕЛЬНЫМ ВИДАМ ПРЕСТУПЛЕНИЙ

Аннотация.

в данной статье рассматривается вопрос о важности и тактических

аспектах допроса свидетелей, подозреваемых и обвиняемых в расследовании и раскрытии
отдельных видов преступлений.

Ключевые понятия:

тактика раскрытия преступлений, расследования, свидетеля,

подозреваемого, обвиняемого, допроса, тактических методов, допроса.

Maʼlumki, jinoyatlarni ochish va tergov qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tergov

harakatlaridan biri so‘roq tergov harakatidir.

So‘roq o‘tkazishning qonuniy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual

kodeksining 96-108-moddalari

1

orqali tartibga solindi. Maʼlumki, so‘roq qilinuvchi shaxslar

ko‘rsatuvlarining shakllanishi murakkab jarayon bo‘lib, uning yuzaga kelishida his etish hamda
mantiqiy fikrlashning turli shakllari ishtirok etadi. Shu bois so‘roq qilishda shaxsning ruhiy
holatini va boshqa omillarni nazarda tutgan holda taktik uslublarni qo‘llab, jinoyatga oid tegishli
maʼlumotlarni olish mumkin.

Tergovchining ko‘rsatuvlarni qanday hosil bo‘lishini, uning psixologik asoslarini bilishi

taktik uslublarni to‘g‘ri qo‘llashga yordam beradi. Psixologik nuqtai nazardan, har qanday so‘roq
protsessual qonun bilan tartibga solingan so‘roq qiluvchi va so‘roq qilinuvchi o‘rtasidagi o‘zaro
axboriy taʼsir qilish shakli hisoblanadi.

2

So‘roq jarayonida taktik uslublarni ishlab chiqish va

qo‘llashda shaxslarning protsessual holatlarini eʼtiborga olish talab qilinadi.

1

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksi. https://lex.uz/docs/111460.

2

B.X.Po‘latov Davlat ayblovchisining sudda dalillarni tekshirishdagi ishtiroki. TDYUI. T.: 2004 yil.40-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

949

Tergovchi ishni o‘z yurituviga olganda so‘roq qilinuvchi shaxslar doirasini to‘g‘ri belgilab

olishi maqsadga muvofiqdir.

Tabiiy muhit ifloslanishining guvohi bo‘lgan guvohlardan yuz bergan hodisaning holatlari

aniqlanadi. Tergovchi guvohdan ifloslanishni qachon, qaysi joyda, qanday holatlarda kuzatgan
yoki uning belgilarini aniqlagan, ifloslangan joy nimadan iborat ekanligini, ifloslanishning
xarakteri, darajasi, ko‘lami qanday ekanligi xususidagi savollarga javob olishi kerak.

Sodir etilgan hodisa yuzasidan guvohning zararli moddalar qaysi yo‘nalishda va qanday

manbalardan tarqalganligi, aynan qaysi bir harakatlanuvchi manbadan tarqalganligi va
ifloslantiruvchi moddalar kim tomonidan chiqarilganligi, ifloslanishga sabab bo‘lgan korxona
yoki tashkilot ishchi - xodimlari ifloslanishni to‘xtatish, uning zararli oqibatlarining oldini olish
yuzasidan qanday chora - tadbirlar ko‘rgan yoki sodir etilgan jinoyat izlarini yashirishga
uringanliklari to‘g‘risidagi ko‘rsatuvlari muhim ahamiyatga ega.

Atrof muhit muhofazasi qoidalarini jinoiy buzilishini tergov qilishda guvoh sifatida asosan

quyidagi shaxslar so‘roq qilinishi mumkin; ifloslanishga shohid bo‘lganlar; birinchi bo‘lib ushbu
faktni aniqlagan shaxslar; nazorat organlari ishchilari; korxona mansabdor shaxslari, oddiy
ishchilari va boshqa shaxslar. Guvohlarni so‘roq qilishdan asosiy maqsad quyidagi maʼlumotlarni
yig‘ish hisoblanadi: suv, havoning ifloslanish vaziyatlari va alomatlari haqida, shuningdek, tuproq
va boshqalar; tabiiy obyektlar holatining yomonlashuvi (suv, havo sifatining pasayishi,
foydalanishga yaroqsizlanishi); ifloslanish mexanizmi va sabablari haqida; sodir bo‘lgan holat
uchun javobgar shaxslar haqida; sodir bo‘lgan vaziyatga sababchi bo‘lgan ishlab chiqarish
faoliyatidagi tashkiliy, texnik va boshqa xil kamchiliklar haqida.

Guvohlarni so‘roq qilish taktikasi ular ega bo‘lgan malumotlarga bog‘liq.
Ushbu sohada ish olib borgan olimlardan biri yu.f.d. T.Mirzayev o‘zining “Ekologiyaga

doir jinoyatlarni tergov qilish” nomli kitobida guvohlarni quyidagicha guruhlarga bo‘lib
ko‘rsatadi:

1. Nazoratchi ishchilar, suv va baliq muhofazasi tashkilotlari, meteorologiya xizmati, gaz

tozalagich va chang yutkich moslamalarini nazorat qiluvchi davlat inspeksiyasi.

2. Hokimlik, qishloq fuqarolar yiginlari, tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, kasaba

uyushma tashkilotlari.

3. Ifloslanish joyini yoki ifloslanishni sezib qolgani haqida maʼlumot bergan shaxslar.
4. Ifloslanish manbai hisoblangan obyekt yoki korxona ishchilari.
5. Ishlab chiqarish korxonalarining sanitariya - laboratoriya xodimlari.
6. Ifloslantiruvchi va tozalovchi inshootlarni loyihalashtnrish va montaj qilish korxonalari

xodimlari.

7. Ifloslantirish manbai bo‘lgan korxona ishini nazorat qiluvchi yuqori tashkilot xodimlari.

3

Guvohlarni guruhlarga ajratib ko‘rsatishda yuqorida aytilgan mazkur fikrga qo‘shilish

o‘rinli bo‘ladi deb o‘ylaymiz.

Birinchi guruh guvohlarni so‘roq qilishda tekshirilayotgan korxona vakillaridan kimlar

ishtirok etganlngi, mansabdor shaxslarga xulosalar haqida maʼlumot berilganda bu ularga qanday
taʼsir qilganligi, ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan nima ishlar qilinganligini

3

Т.Р.Мирзаев Экологияга доир жиноятларни тергов қилиш. "Янги аср авлоди". Т.: 2001. 42-45-бет.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

950

aniqlash zarur. So‘roq davomida tergovchi nazorat organlarining mansabdor shaxslari,
mutaxassislaridan meʼyoriy hujjat ko‘rsatkichlarini aniqlashi zarur. Nazorat organlari ishchilarini
so‘roq qilayotganda ularning boshqa nazorat organlari bilan hamkorligi qanday
muvofiqlashtirilganligini va bu qanday amalga oshirilganligini aniqlashi lozim. Bu ko‘rsatkichlar
nazorat organlarining ishi qay darajada ekanligi yuzasidan xulosa chiqarish imkonini beradi.

Ikkinchi guruh guvohlarni so‘roq qilish orqali tekshirilayotgan korxona yoki tashkilotlar

tomonidan ifloslanishning oldini olish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilgani, yig‘ilishlar o‘tkazilib,
muhokama qilniganmi, qachon va qaysi yig‘ilishda tavsiya va qarorlar qabul qilingani, bu holat
qanday hujjatda aks ettirilgani, uning bajarilishi nazorat qilinganmi, korxona rahbarlari bu qarorga
qanday munosabatda bo‘lganligi, qolaversa, ushbu korxonalar qurilishi va obyekt qabul qilinganda
davlat qabuli haqidagi dalolatnomalar o‘rganilganmi, hokimlik faoliyatida o‘z aksini qanday
topganligini tergovchi o‘rganishi kerak. Agar obyektda tozalovchi inshootlar qurilishi qay
yo‘sinda qabul qilinganligi isbotlansa, tabiatni muhofaza qilish qonunlarining buzilish sabablarini
aniqlash oson bo‘ladi.

Uchinchi guruh shaxs so‘roq qilinayotganda, ular ifloslanish jarayonini sezib qolgan yoki

ko‘rib qolganligi sababli, ifloslanish vaqti hamda sharoitini, ular nimaga eʼtibor berishganligini,
bundan oldin ham bunday ifloslanish holatlari bo‘lgan - bo‘lmaganligini, ushbu holat qachon ro‘y
berganligini, bundan tashqari ob - havo, suvning oqish tezligi, shamolning kuchi va yo‘nalishi,
yog‘ingarchilik va boshqalarni aniqlash mumkin. Bu xususida biror tashkilotga xabar berilganmi
- yo‘qmi aniqlanadi.

To‘rtinchi guruh shaxslar, yaʼni ifloslanish manbai hisoblangan obyekt yoki korxona

ishchilarini so‘roq qilish tergov qilinayotgan jinoyat ishini fosh etishda eng muhim maʼlumotlarni
olish uchun katta ahamiyat kasb etganligi, shu bilan birga sodir etilgan ishlarining natijasidan
manfaatdor bo‘lganliklari tufayli so‘roq jarayonining bir muncha qiyinroq kechishini hisobga olib,
so‘roqni maxsus tayyorgarlik ko‘rilgandan so‘ng o‘tkazish talab etiladi. Mazkur toifadagi
guvohlarni so‘roq qilish ifloslannshga sabab bo‘luvchi mexanizmlar va shaxslar haqida kerakli
maʼlumotlarni olish imkonini beradi. Bunda tergovchi so‘roqqa qadar ushbu korxonaning texnik
imkoniyatlari, texnik jarayoni, xodimlar o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishi va bajarilishi
kabilarni o‘rganib chiqishi lozim bo‘ladi.

Guvoh sifatida so‘roq qilishga jalb etilgan shaxslarni so‘roq qilishda ushbu shaxs

vazifalarining xarakterini, ishni tashkil qilish uslublari, ish jarayonida u qanday sharoitlar va qay
darajada masʼuliyat bilan ishlashi, ish davomidagi kamchiliklari kabi holatlar xususida
hamkasblaridan so‘rab, bilib olishi kerak.

Ishlab chiqarish korxonalarining sanitariya - laboratoriya xodimlarini so‘roq qilishda

ulardan texnologik jarayonlarni nazorat qilish usullarini tashkil etishning to‘g‘ri yoki
noto‘g‘riligini aniqlash lozim. Ularni so‘roq qilishda tergovchi tegishli hujjat bilan qurollangan
bo‘lishi kerak. Bu esa unga o‘sha hujjatdagi talablarning bajarilishi qanchalik to‘g‘ri ekanligini
solishtirish yo‘li bilan aniqlash imkonini beradi. So‘roq qilinayotgan shaxslardan ish jarayoni
qanday tashkil etilganligini, bu jarayon loyihaga to‘g‘ri keladimi, obyektlar hamda ulardagi
mexanizmlar to‘g‘ri montaj qilinganmi, tozalash inshootlari talabga javob beradimi, ularning ish
rejalari buzilmaganmi singari masalalarga aniqlik kiritish lozim.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

951

Qoidaga ko‘ra, guvohlarni so‘roq qilish bevosita yuqorida qayd etib o‘tilgan

tashkilotlardagi hujjatni olishgacha, olinayotganda yoki olinganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarni so‘roq qilish taktikasi ekologiya sohasidagi jinoyatning
o‘zi va tergovning boshlang‘ich vaziyatiga bog‘liq bo‘ladi.

Barcha jinoyat ishlarida bo‘lgani kabi mazkur turdagi jinoyat ishlarini yuritishda ham

gumon qilinuvchi hamda ayblanuvchilarni so‘roq qilishda ularning protsessual holati va so‘roq
qilish taktikasining umumiy qoidalaridan kelib chiqish lozim.

Gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarni so‘roq qilish samaradorligini taʼminlash uchun

sodir etilgan jinoyat ishi yuzasidan ishonchli dalillar yig‘ilgan bo‘lishi kerak. Ularni so‘roq qilish
taktikasi so‘roq qilinuvchini o‘z aybini inkor etish bemaʼnilik ekanligiga ishontiradigan
maʼlumotlarning mantiqiy tahliliga asoslangan bo‘lishi darkor. Aksariyat holatlarda, mazkur
turdagi jinoyatlar bo‘yicha ayblanuvchilar o‘z ayblarini boshqa shaxslarga, yaʼni o‘z
bo‘ysinuvidagilarga ag‘darishga moyil bo‘ladilar yoki tajribalari yetishmagani, meʼyoriy hujjat
talablarini buzish xavfliligini bilmaganliklarini bahona qilib ko‘rsatadilar. Baʼzida ular o‘z
ayblarini tan olib uni yumshatishga urinadilar, zararli oqibatlarni inkor etadilar yoki arzimas deb
hisoblaydilar, baʼzan ishlab chiqarish manfaatlari yoki ishni yuritish uchun shunday
qilganliklarini, yuqori lavozimdagi shaxs ko‘rsatmasi ekanligini ro‘kach qiladilar.

Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi qilmishi va kelib chiqqan ekologik zararli oqibat

o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni belgilashga doir tergov ishi qiyinchilik tug‘diradi, buning uchun
quyidagi holatlarni aniqlamoq lozim: atrof-muhit ifloslanishi bilan bog‘liq ishlarda: gumon
qilinuvchi yoki ayblanuvchi kim bo‘lib ishlashi; ishining xarakteri; ish staji; konkret tabiatni
muhofaza qilish qoidalariga rioya qilish uning majburiyatlariga kiradimi; ifloslanish boshlanish
vaqtida (sanasida) ish joyida bo‘lganmi; uning yonida kim bo‘lgan; uning fikriga ko‘ra jinoyatni
kim sodir etgan bo‘lishi mumkin; uning o‘zi bevosita bo‘ysunuvchi va unga bo‘ysunuvchi
ishchilar doirasi; uni aybdor sifatida ko‘rsatishdan kim manfaatdor bo‘lishi mumkin, tabiiy
obyektlarni qonunga xilof egallash, zarar yetkazish yoki nobud qilishga doir ishlarda gumon
qilinuvchi yoki ayblanuvchining muayyan joyda muayyan vaqtda (noqonuniy ravishda daraxt
kesish bo‘layotgan uchastkada, qo‘riqxona hududida) bo‘lganlik faktini belgilashga imkon
beruvchi holatlarni aniqlash, jinoyat sodir etish vaqtida voqea joyida yoki gumon qilinuvchi
yonida hozir bo‘lgan ehtimoliy guvohlar (baliqchilar, o‘rmon himoyasi ishchilari va boshqalar)ni
aniqlash. Ular gumonlanuvchining alibisini tasdiqlashlari yoki rad etishlari mumkin. Gumon
qilinuvchining jinoiy faoliyatini olib borish usullaridan dalolat beruvchi holatlar aniqlanadi
(masalan, daraxtlarni sotish, baliq sotish, baliq uvildirig‘ini sotish, hayvonlardan olingan terilarni
sotish va boshqalar).

Tergovchi ayblanuvchini so‘roq qilayotganda uning shaxsi, kasbiy staji, zararli

chiqindilarni qayerga va qancha tashlashga oid ko‘rsatma berishda nimalarga asoslanganligi
to‘g‘risida maʼlumotlarga ega bo‘lishi kerak. Ushbu ish bo‘yicha ayblanuvchi ko‘rsatuvini
ekspertiza xulosasi va boshqa maʼlumotlar bilan solishtirib ko‘rishi zarur.

Ayblanuvchini so‘roq qilish jarayonida jinoiy qilmishni sodir etish sabablari va

sharoitlarini belgilashga alohida ahamiyat berish kerak: bu ishlab chiqarishni tashkil etishda va
faoliyat ko‘rsatishidagi kamchiliklar, tabiiy resurslarni muhofaza qilish hamda ulardan oqilona
foydalanishda ayrim mansabdor shaxslarning beeʼtiborligi, tozalash inshootlari ishi yuzasidan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

952

nazoratning yo‘qligi, texnik vositalar va transport bilan yomon taʼminlanganligi, baʼzi bir ishlab
chiqarish jarayonlarida hisob ishlarini yuritish, chiqindilar saqlash, ularni hisobga olib borish va
boshqalar talabga javob bermaydi. Ushbu holatlar yuzasidan tergovchi mutaxassislar yordamida
xuddi shunday jinoiy harakatlarning oldini olish choralarini ko‘rishga majbur.

Fikrlarimiz yakunida aytish lozimki, aynan o‘tkazilgan so‘roq natijalariga ko‘ra boshqa

tergov va tezkor-qidiruv harakatlari rejalashtiriladi hamda odil sudlovni taʼminlash choralari
ko‘riladi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/111453.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksi. https://lex.uz/docs/111460

4.

Mirzaev T. "Ekologiyaga doir jinoyat ishlarini tergov qilish". T,-"Yangi asr avlodi" 2001- y.
42-45-betlar.

5.

B.X.Po‘latov Davlat ayblovchisining sudda dalillarni tekshirishdagi ishtiroki. TDYUI. T.:
2004 yil.40-bet.




References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/111453.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksi. https://lex.uz/docs/111460

Mirzaev T. "Ekologiyaga doir jinoyat ishlarini tergov qilish". T,-"Yangi asr avlodi" 2001- y. 42-45-betlar.

B.X.Po‘latov Davlat ayblovchisining sudda dalillarni tekshirishdagi ishtiroki. TDYUI. T.: 2004 yil.40-bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов