ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
968
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTIDA NUTQ O`STIRISH
MASHG`ULOTIDA LUG`AT ISHI
Buxoro viloyati G’ijduvon tuman
Pedagogika kolleji maxsus fan o’qituvchisi
Abdullayeva Dilnoza Erkinovna
https://doi.org/10.5281/zenodo.10419598
Annotatsiya.
Ushbu
maqolada
maktabgacha
ta`lim
tashkilotlaridagi
tarbiyalanuvchilarning nutqini o`stirish uchun kerak bo`ladigan mashg`ulotlar haqida batafsil
ma`lumot berib o`tilgan. Magtabgacha yoshdagi bolalarning nutqini shakllantirish ularning
o`ziga bo`lgan ishonchini oshirishga va kelajakda bilimlarni yuqori darajada o`zlashtirishiga
sabab bo`ladi.
Kalit so`zlar:
Bog`cha yoshidagi bolalar, nutqning grammatik qurilishi, nutq o`stirish
uslubi, nutqni rivojlantiruvchi metodikalar.
VOCABULARY WORK IN SPEECH DEVELOPMENT COURSE IN
PRESCHOOL EDUCATION ORGANIZATION
Abstract.
This article provides detailed information about the activities needed to develop
the speech of children in preschool educational organizations. The formation of the speech of
preschool children helps to increase their self-confidence and acquire knowledge at a high level
in the future. It causes him to learn.
Key words:
Kindergarten children, grammatical structure of speech, method of speech
development, methods of speech development.
СЛОВАРНАЯ РАБОТА НА ЗАНЯТИИ ПО РАЗВИТИЮ РЕЧИ В
ДОШКОЛЬНОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ
Аннотация.
В данной статье подробно описаны мероприятия, необходимые для
развития речи воспитанников в дошкольных организациях. Формирование речи
дошкольников способствует повышению их уверенности в себе и в дальнейшем высокому
уровню усвоения знаний.
Ключевые слова:
дети дошкольного возраста, грамматическое построение речи,
стиль развития речи, речевые развивающие методики.
KIRISH.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarga ta'lim va tarbiya berishda eng asosiy
vazifalardan biri bolalarga ona tilini o`rgatish, nutqini rivojlantirish, nutqiy munosabatga,
muomalaga o`rgatishdir. Nutq rivojlantirish metodikasi pedagogik fan bo`lib, maktabgacha
yoshidagi bolalarda nutqni shakllantirishga qaratilgan pedagogik qonuniyatlarni o`rganadi.
Nutq rivojlantirish metodikasi fanining asosiy vazifasi-nutq o`stirish uslubi va
uslubiyotlarini, ularning eng samarali vositalarini ilmiy-pedagogik asoslarda ishlab chiqish va
tarbiyachilarni ular bilan ta'minlashdan iboratdir. Tarbiyachilar esa o`zlashtirilgan uslub va
uslubiyot yordamida bolalarda zaruriy nutqiy malaka va ko`nikmalarni rivojlantirishga harakat
qiladilar.
Nutq
rivojlantirish
metodikasining
maqsadi
bolalarning
og`zaki
nutqini
rivojlantirishdan, atrofdagilar bilan nutqiy muloqotda bo`lish malakasini shakllantirishdan iborat.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
969
Nutqning grammatik qurilishining shakllanishida yetakchi mexanizm bola tomonidan til
qonuniyatlari, til umumlashmalarini o‘zlashtirish hisoblanadi. Chunki til qonuniyatlari va til
umumlashmalari mazmunni nutqiy faoliyatda amalga oshirish imkonini beradi. Nutq paydo
bo‘lishidagi grammatik operatsiyalar haddan tashqari murakkab bo‘lib, u yuqori darajadagi analiz-
sintez faoliyatining yetarlicha rivojlanganligini ko‘zda tutadi. Shuning uchun ham, biz aynan 6-7
yoshli alaliya nutq kamchiligiga ega bolalar bilan nutq o‘stirish, nutq madaniyati, savodga
o‘rgatish mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin bo‘lgan mashg‘ulotlar namunasini ishlab chiqdik.
Alaliya – tizimli nutq nuqsoni bo‘lib, tovushlar talaffuzi, fonematik idrok etish, so‘zlarning
bo‘g‘in tuzilishi, so‘zlardagi barcha tovushlarning to‘liq bo‘lishi, nutqning grammatik
tuzilishidagi bir qator kamchiliklar bu nuqsonga xos hisoblanadi.
Nutqiy vositalarning yetishmasligi maktabga borishni boshlagan bola uchun dastlabki
vaqtda juda katta muammolarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham maktabgacha yosh davrida
nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar bolaga mutaxassislar ko‘rsatayotgan yordamga e’tiborsiz qarab
bo‘lmaydi.
Logopedik ishlarning samarador bo‘lishi uchun bolaga kompleks ravishda tibbiy-
pedagogik yondoshish talab etiladi va bu jarayon quyidagicha amalga oshirilishi taklif etiladi:
- dori-darmon bilan davolash va psixoterapiya;
- mutaxassislarning logopedik ta’siri;
- ota-onalar va tarbiyachilarning yuqori darajadagi yordamlari;
- bolalarda mavjud bo‘lgan barcha kamchiliklardan iborat simptomlar kompleksni hisobga
olgan holda korreksion ishlarning neyropsixologik yo‘nalganligi.
«Lug‘atni egallash» atamasi – bu nafaqat so‘zni o‘zlashtirish, uni tushunish, balki uni
albatta qo‘llash, nutqiy faoliyatda foydalanish demakdir. Insonning yuqori nutq madaniyati,
lug‘atining boyligi haqida u «eshitilgan», insonning jonli nutqini bezab turgan taqdirdagina so‘z
yuritish mumkin. Lug‘at ishidagi asosiy jihat – bu faqat bolalarga yangi so‘zni tanishtirish emas,
balki ularni faol nutqqa kiritishdir.
Maktabgacha ta‘lim muassasasidagi lug‘at ishi – bu bolalarning faol lug‘atini notanish yoki
ular uchun qiyin bo‘lgan so‘zlar bilan reja asosida boyitib borishdan iboratdir. O‘zbek tili lug‘ati
to‘xtovsiz tarixiy rivojlanish jarayonida bo‘ladi. Undagi o‘zgarishlar eng avvalo insonning ishlab
chiqarish faoliyati, jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Yangi narsalar va hodisalarning
paydo bo‘lishi bilan ularni nomlovchi yangi tushunchalar va so‘zlar ham paydo bo‘ladi. Bundan
tashqari ilgaridan mavjud bo‘lgan ayrim so‘zlar yangilanadi, ularning ma‘nosi o‘zgaradi, ko‘p
so‘zlar muomaladan chiqib ketadi. Bolalar bilan lug‘at ishlarini o‘tkazishda so‘zning rivojlanuvchi
tusga egaligini hisobga olish zarur.
O‘zbek tilining lug‘at tarkibini umumiy qo‘llanishdagi leksika tashkil qiladi. Bu o‘zbek
tilida so‘zlashayotgan odamlarga qo‘shimcha izohlarsiz tushunarli bo‘lgan va muomala uchun
zarur bo‘lgan so‘zlar guruhidir. U uzoq vaqt mobaynida yaratilgan. Bu leksikaga nutqning turli
qismlari kiradi. Maktabgacha ta‘lim muassasasida lug‘at ishining mazmunini asosan umumiy
qo‘llanishdagi leksika tashkil etishi tufayli tarbiyachi bolalar nutqini nafaqat otlar bilan, balki
fe‘llar, sanoq so‘zlar, old ko‘makchilar, sifatlar va boshqa nutq qismlari bilan ham boyitishi zarur.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
970
Bolalar lug‘atini folklor elementlari (qo‘zim, toychog‘im, ona qizim) bilan ham boyitish
darkor, chunki ma‘lum xollarda (qayta hikoya qilish mashg‘ulotlari, ertak to‘qish, sahnalashtirish,
o‘yinlar va boshq.) ular bolalar nutqiga kiritish uchun ataylab taklif qilinadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib borishning nazariy asoslari, tevarak-
atrof bilan tanishtirishning ahamiyati, bolalar tomonidan lug‘atni o‘zlashtirish xususiyatlari,
tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug‘at ustida ishlash maktabgacha ta’lim muassasasi
tarbiyachilarining oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifalardan biridir. Maktabgacha tarbiya yoshi
bolalarning voqelikni faol idrok qiladigan va tevarak-atrofdagi hayotga kirishib ketadigan bir
davrdirki, bu davrda ularning so‘z boyliklari juda tez o‘sib boradi.
Tarbiyachi bolalarni tevarak-atrof bilan (narsalar, jonli tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot
hodisalari) tanishtirar, ularning bilish faoliyatini yo‘lga qo‘yar va boshqarar ekan, har bir bolaga
uning to‘plagan tajribasini tartibga solishda yordamlashadi, unga yangi bilimlar beradi, unda
qiziquvchanlik va kuzatuvchanlik qobiliyatlarini tarbiyalaydi, o‘zini qurshab turgan olamni
bilishga bo‘lgan qiziqishini o‘stiradi. Bola nutqining taraqqiyoti uning atrofidagi odamlar nutqiga,
tevarak-atrofdagi narsa-buyumlarni, ijtimoiy hayot hodisalarini kuzatishiga bog‘liq bo‘ladi.
Yuqoridagi fikrlardan bizga ma’lumki (ilk yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish
xususiyatlari mavzusida bayon etilgan fikrlar),yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yig‘lash orqali tashqi
va ichki muhitdan keladigan signallarga (ochlik, tashnalik, sovuq, biror joyning og‘rishi yoki
issiqlash va hokazolarga) javob beradi.
Bola 2-3 oylik bo‘lganda katta kishilarning gaplariga, tevarak-atrofdagi g‘ala-g‘ovurlarga
diqqat bilan quloq soladi, rangli narsalarga qaraydi va ularga nisbatan tovush chiqara boshlaydi.
Bir yoshdan bir yarim yoshgacha bo‘lgan bola nutqining xarakterli belgisi shundaki, bola
aytadigan so‘zlar miqdori juda kam bo‘ladi, ya’ni uning faol lug‘ati juda tez o‘sib boradi. Bu
yoshda bola lug‘atining boyib borishi tevarak-atrofdagi kishilar nutqini tushunish qobiliyatining
o‘sishiga bog‘liq bo‘ladi. Bola o‘ziga aytilgan so‘zlarni yaxshiroq tushunadigan bo‘ladi . Uning
sust lug‘ati o‘sib boradi, o‘zi yaxshi gapirmaydi, ammo boshqalarning so‘zini ko‘proq eshitib,
eshitgan so‘z va jumlalarni o‘ziga singdirib boradi va shuning zamirida keyinchalik o‘z nutqini
yuzaga keltiradi va boyitib boradi. Mana shu xususiyatlarni hisobga olgan pedagog-tarbiyachi
bolalar idrok qiladigan nutq, so‘z va gaplarning mumkin qadar boy, rangbarang va to‘g‘ri
bo‘lishiga harakat qilishi kerakki, bu ularda og‘zaki-mantiqiy fikrlash qobiliyatining paydo
bo‘lishiga ta’sir etishi lozim. Bolada og‘zaki-mantiqiy fikrning paydo bolishi esa ularning
elementar tushunchalarni (balandlik, yaxshi, yomon va hokazolar) o‘zlashtirib olishlariga yordam
beradi.
Bola bir yoshga to‘lganda faol lug‘ati tez o‘sadi. Bola aytadigan so‘zlarning miqdori
birdaniga ortib ketadi. Bolaning kattalar nutqiga taqlid qilishi yangi so‘zlarni bilib olishida katta
ahamiyat kasb etadi. Endi u kattalarning so‘zlariga ongli ravishda, uning ma’nosiga tushunib taqlid
qila boshlaydi. Ikki yoshga kirganda uning nutqi ma’noli bo‘la boshlaydi. Narsalarni o‘z nomi
bilan atay boshlaydi. Chunonchi, vov-vov-kuchuk, miyov-miyov mushuk, chiq-chiq- soat va
hokazolar. Endi bola «Bu nima? Nomi nima?» degan savollar bera boshlaydi.
Bu savollar uning o‘ta sinchkovligi, miyasida narsa bilan uning nomi (ya’ni so‘z)o‘rtasida
yangi bog‘lanishlar paydo bo‘lganligidan dalolatdir.Dastlabki paytda bola narsalarni bildiruvchi
so‘zlarni ko‘proq ishlatsa, keyinchalik ish-harakatning nomini bildiruvchi so‘zlarni ham ishlata
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
971
boshlaydi. Ikki yoshga to‘lgan bolaning so‘z boyligi 250-300 taga yetadi. Uch yoshga qadam
qo‘yishi bilan uning lug‘atida fazoviy munosabatlarni bildiruvchi orqada, yuqorida, pastda, yonda
kabi ba’zi so‘zlar paydo bo‘la boshlaydi. Uch yoshning oxiriga borganda bola tevarak-atrofidagi
kishilarning nutqini tobora mukammalroq tushunadigan bo‘ladi, ularning aytib bergan
hikoyalarini, kichik she’rlarni, ashula va ertaklarni diqqat bilan tinglaydi, yangi so‘zlarni
o‘zlashtirib boradi. Kattalarga: Buning nomi nima? Nima uchun? Nega degan savollarni tinmay
beradigan bo`ladi.
Leksikaning asosiy hajmini mustaqil ma‘noga ega bo‘lgan so‘zlar (otlar, sifatlar, ravishlar,
fe‘llar) so‘zlar tashkil etadi. Bular eng to‘la xuquqli so‘zlar bo‘lib, ular nomlar sifatida xizmat
qiladi. Tushunchani ifodalaydi va gapning asosi bo‘lib xizmat qiladi (ya‘ni, ega, kesim, aniqlovchi,
to‘ldiruvchi, xol vazifasida chiqadi). Pirovardida, bolalar nutqini boyitish eng avvalo mustaqil
ma‘noga ega bo‘lgan so‘zlar sohasida olib borilishi lozim. Sanoq so‘zlarni o‘zlashtirish bolalarga
ancha qiyin kechadi. Bolalar nutqini sanoq so‘zlar bilan boyitish asosan, ularda matematik
tasavvurlarni shakllantirishga doir mashg‘ulotlarda ro‘y beradi, ushbu so‘zlarni faollashtirish va
mustahkamlash ona tili mashg‘ulotlarida lug‘at ishining maxsus mavzusi bo‘lmog‘i lozim.
Maktabgacha yoshda bola shunday lug‘atga ega bo‘lishi lozimki, toki u bolaga tengdoshlari
va kattalar bilan muloqot qilish, maktabda muvaffaqiyatli ta‘lim olish, adabiyotni, televizion va
radio eshittirishlarini tushunish imkonini bersin.
XULOSA
Tarbiyachi bolalar o‘yiniga rahbarlik qilar ekan, ularning bir-birlari bilan samimiy
ohangda, muloyim so‘zlashishga o‘rgatadi. Shuning uchun ham tarbiyachi bolalar lug‘atini va
bilimini o‘yin jarayonida kengaytirish yo‘llarini oldindan puxta o‘ylab qo‘yishi kerak: o‘yinni
buyumlar bilan, milliy kiyimlardagi bolalarni tasvirlovchi qo‘g‘irchoqlar bilan tashkil etish,
o‘yinga va bolalar nutqiga rahbarlik qilish (tarbiyachining bolalarga o‘qib yoki hikoya qilib
berishi, o‘yin to‘g‘risida savollar va jamoa bo‘lib gapirib berish va hokazo).
Bolalarning rolli o‘yinlariga, ular nutqiga rahbarlik qilishda qanday usullardan
foydalanilsa, boshqa o‘yinlarda ham shu usullarda foydalaniladi.
Bolalar lug‘atini boyitish, ularning ijodiy faoliyatlarida tasviriy san’at bilan tanishish
tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari jarayonida ham amalga oshiriladi.
Masalan, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalar ranglarning nomlaini, ularning
farqlarini, materiallarning nomlarini (yelim, loy, plastilin, bo‘yoq va hokazo), tasviriy faoliyat
bilan bog‘liq bo‘lgan (bo‘yash, botirish, qirqish, yasash, rasm solish), materiallarning sifatiga doir
(oq rangli qog‘oz, rangli qalamlar kabi) maxsus so‘zlarni o‘zlashtirib oladilar.Teleko‘rsatuvlarni,
kinofilmlarni tomosha qilish bolalarning dunyoqarashini kengaytiradi, ular uchun notanish, yangi
bo‘lgan so‘zlarning tushunarla bo‘lishiga yordam beradi.
REFERENCES
1.
Ayupova M.Yu. Logopediya. - T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti, 2007,
2011. –600 b.
2.
Ayupova M.Yu., Aripova Sh.D. To‘g‘ri talaffuz qilamiz va yozamiz. Metodik qo‘llanma. –
T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2015. –236 b.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
972
3.
Жукова Н.С. Если Ваш ребенок отстает в развитии [Текст] / Н.С. Жукова, Е.М.
Мастюкова. - М.: Медицина, 1993. - 112 с.
4.
Миронова С.А.Развитие речи дошкольников на логопедических занятиях.
/ С.А.Миронова – М.: Просвещение, 1991. &ndash
5.
To‘rayeva U., Shodmonova D. “O‘zbek tilining zid ma’noli so‘zlar o‘quv lug‘ati” 2007-
2009
6.
Umumiy o’rta ta‘limning Davlat ta‘lim standartlari va o’quv dasturi. Ona tili. Adabiyot.
«Ta‘lim taraqqiyoti». 1-maxsus son. -T:. Sharq, 1999. -B.55-145. - 304
7.
V.N.Sergeyev. slovari nashi druzya i pomoshniki. M.: Prosvesheniye. 1984.-143 s.
8.
V.V.Morkovkin. Uchebnaya leksikografiya kak osobaya lingvometodologicheskaya
dissiplina. M.: Russkiy yazik. 1977, S-28-45
9.
Vvedenskaya L.A. "Uchebniy slovar omonimov russkogo yazika" 2005-2010.; "Shkolniy
orfoepicheskiy slovar russkogo yazika" 2006-2010.; «Uchebniy slovar sinonimov russkogo
yazika» 2005-2010.; "Uchebniy slovar paronimov russkogo yazika"2006-2010.; «Uchebniy
slovar antonimov russkogo yazika" 2005-2010.; va hk.
10.
X.Norxo‘jayeva “O‘zbek tilining eskirgan so‘zlar o‘quv lug‘ati” 2006
11.
X.Suvonova G.Turdiyeva “O‘zbek tilining shakldosh so‘zlar o‘quv lug‘ati” 2007-2009
12.
Xamrayeva Y. “O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar o‘quv lug‘ati” 2007-2009
