PRINCIPLES OF MOTHER LANGUAGE TEACHING

HAC
Google Scholar
To share
Umaraliyeva, S. . (2024). PRINCIPLES OF MOTHER LANGUAGE TEACHING. Modern Science and Research, 3(1), 49–52. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27824
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the task of teaching the native language to students, educating them and comprehensively developing them, the theoretical foundations of knowledge, all the close and interrelated relations of the science of the native language, the principles of the methodology of teaching the native language are analyzed. The available materials related to the methodology of teaching the mother tongue were studied, and relevant conclusions and recommendations were given.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

49

ONA TILI O’QITISH TAMOYILLARI

Umaraliyeva Sevinch Zokir qizi

Oriental universiteti

Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 3-bоsqich talabasi

https://dоi.оrg/10.5281/zenodo.10463328

Аnnоtаtsiyа.

Mаzkur mаqоlаdа O'quvchilarga ona tilini o'rgatish, ularni tarbiyalash va

har tomonlama rivojlantirish vazifasi, bilishning nazariy asoslari, ona tili fanining barcha yaqin,
o'zaro bog'liq fanlar aloqalari, ona tili o'qitish metodikasining o'z tamoyillari

tаhlil qilingаn. Ona

tili o’qitilish metodikasi mаsаlаlаrigа оid mаvjud mаteriаllаr о’rgаnilib, tegishli xulоsа vа
tаvsiyаlаr berilgаn.

Kаlit sо’zlаr:

ona tili o’qitish tamoyillari, morfema, morfologiya, tekshirish metodlari,

Empirik metod, eksperiment (tajriba) metodi, gipoteza.

PRINCIPLES OF MOTHER LANGUAGE TEACHING

Abstract.

In this article, the task of teaching the native language to students, educating them

and comprehensively developing them, the theoretical foundations of knowledge, all the close and
interrelated relations of the science of the native language, the principles of the methodology of
teaching the native language are analyzed. The available materials related to the methodology of
teaching the mother tongue were studied, and relevant conclusions and recommendations were
given.

Key words:

principles of mother tongue teaching, morpheme, morphology, testing methods,

Empirical method, experiment method, hypothesis.

ПРИНЦИПЫ ОБУЧЕНИЯ РОДНОМУ ЯЗЫКУ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются задачи обучения учащихся родному

языку, их воспитание и всестороннее развитие, теоретические основы познания, все
тесные и взаимосвязанные связи науки о родном языке, принципы методики обучения
родному языку. язык проанализирован. Были изучены имеющиеся материалы, связанные с
методикой преподавания родного языка, даны соответствующие выводы и рекомендации.

Ключевые слова:

принципы обучения родному языку, морфема, морфология, методы

тестирования, эмпирический метод, метод эксперимента, гипотеза.

KIRISH

O'quvchilarga ona tilini o'rgatish, ularni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish

vazifasidan kelib chiqib, bilish nazariy asasoslanib, barcha yaqin, o'zaro bog'liq fanlar
tavsiyalariga asoslanib, ona tili o'qitish metodikasi o'z tamoyillarini ishlab chiqadi. Bu tamoyillar
umumdidaktik tamoyillardan o'zgacha bo'lib, o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi o'quv
mehnatining yo'nalishlarini belgilab beradi. Ona tili o'qitish tamoyillari quyidagilar.

1. Til materialiga, nutq organlarining o‘sishiga, nutq malakalarining to‘g‘ri rivojlanishiga

e’tibor berish tamoyili. Nutq, til qonuniyatlariga, oz bo'lsa-da, e ’tibor bermaslik amaliy nutq
faoliyatini egallashga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Masalan, fonetik ko'nikmalarga yetarli e’tibor
berilmasa, imloviy savodxonlikka putur yetadi. Bu ta ’lim tamoyili tildan olib boriladigan
mashg'ulotlarda eshituv va ko'ruv ko'rsatmaliligini ta ’minlashni va nutq organlarini mashq
qildirishni (gapirib berish, ifodali o‘qishni, ichida gapirishni) talab etadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

50

2. Til ma’nolarini (leksik, grammatik, morfemik, sintaktik ma’nolarini) tushunish tamoyili.

So‘zni, morfemani, so‘z birikmasini, gapni tushunish borliqdagi ma’lum voqea-hodisalar
o'rtasidagi bog‘lanishni aniqlash demakdir. Til m a’nolarini tushunish tamoyiliga amal qilishning
sharti tilning hamma tomonlarini, tilga oid barcha fanlar (grammatika, leksika, fonetika,
orfografiya, uslubiyat)ni o ‘zaro bog'langan holda o'rganish hisoblanadi. Masalan, morfologiyani
sintaksisga tayangan holdagina o'rganish, o'zlashtirish mumkin. Sintaksisni o'rganishda esa
morfologiyaga suyaniladi, orfografiya fonetika, grammatika, so'z yasalishiga suyanadi va hokazo.
So'zni morfemik tahlil qilish uning m a’nosini tushunishga yordam beradi. Tilning hamm a
tomonlari bir-biri bilan o'zaro bog'langan bo'lib, o'qitishda buni albatta hisobga olish kerak.

3. Tilga sezgirlikni o'stirish tamoyili. Til — juda murakkab hodisa, uning tuzilishini, izchil

tizimini fahmlab olmay turib, sal bo'lsa-da, uning qonuniyatlarini, o'xshashliklarini o'zlashtirmay
turib, uni yodda saqlab bo'lmaydi. Bola gaplashish, o'qish , eshitish bilan til materiallarini yig'adi,
uning qonunlarini o'zlashtiradi. Natijada kishida tilga sezgirlik (til hodisalarini tushunish)
xususiyati shakllanadi.

4. Nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili. Bu tamoyil til hodisalarini tushunmay turib

savodli yozish, nutq madaniyati vositalarining xabar berish vazifasini tushunish bilan bir qatorda,
uning ifodaliligini (uslubga oid) tushunishni, mazmuninigina emas, balki so'z va nutq
birliklarining, tilning boshqa badiiy-tasviriy vositalarining hissiy bo'yoqdorligini ham tushunishni
ko'zda tutadi. Bu tamoyilga amal qilish uchun, birinchi navbatda, badiiy adabiyotlardan,
shuningdek, tilning uslubiy xususiyatlari aniq ifodalangan boshqa matnlardan foydalanish talab
etiladi. Bu esa matn mazmuni va uning o'ziga xos ,,noziklik“larini ham anglab yetishga yordam
beradi.

5. Og'zaki nutqni yozma nutqdan oldin o'zlashtirish tamoyili. Bu tamoyil ham kishi

nutqining rivojlanishiga ta ’sir etadi va til o'qitish metodikasini tuzishda xizmat qiladi. Metodika
tamoyillari, didaktika tamoyillari kabi, o'qituvchi bilan o'quvchining maqsad-ga muvofiq
faoliyatini belgilashga, ularning birgalikdagi ishlarida qulay yo'nalishni tanlashga yordam beradi,
metodikaning fan sifatida nazariy asoslash elementlaridan biri bo'lib xizmat qiladi.

METОD VА MEDОLОGIYАSI

Metodika tavsiyalarining ilmiy darajasi, nazariy tasdiqlanishi yuqori saviyada bo'lishi

tekshirish metodlarining puxtaligiga ham bog'liq.

Tekshirish metodlari 2 xil:
1. Nazariy tekshirish metodlari. U quyidagi hollarda tatbiq etiladi:
a) biror hodisaning m etodik asosini, unga bog'liq boshqa fanlarni o'rganish, qo'yilgan

gipotezani asoslash, izlanishning asosiy yo'nalishini belgilashda;

b) masala tarixi, xorijiy m aktab tajribalari va mavzuga doir adabiyotlarni o'rganish, tajribani

tahlil qilish, m asalaning isbotlanmagan va hal qilinm agan o 'rinlarini aniqlash, ilgarigi tajriba
bilan hozirgi ahvolni taqqoslash, hozirgi kun talabi bilan baholashda;

d) bir-biriga yaqin fanlar (psixologiya, lingvistika, sotsiologiya) ning tekshirish metodlarini,

olimlarning tekshirish ishlari tajribasini o'rganish, qulay metodlarni tanlash, o'zining yangi
eksperimental metodikasini yaratish, materiallarni tayyorlash maqsadida;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

51

e) empirik tajriba yo'li bilan olingan materiallarni tahlil qilish va umumlashtirish,

o'qituvchilarning ish tajribasini o'rganish, eksperiment natijasini tahlil qilish, amaliy
tavsiyanomalarni shakllantirishda.

2. Empirik metod (tajribaga asoslangan metod). Bu metod quyidagi maqsadlarda qo'llanadi:

a) bu metod o'qituvchilarning ish tajribasini o'rganish, yangiliklarini tanlash, umumlashtirish,
baholash va ommalashtirish, o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatining darajasini aniqlash; b)
o'quvchilarni o'qitish jarayonini maqsadga muvofiq kuzatish (dars, uning biror qismini,
o'quvchilam ing javobi, hikoyasini, yozma ishini tekshirish), o'qituvchi va o'quvchilam ing
faoliyatini so'rovnom a orqali tekshirish; d) eksperiment (tajriba) metodidan foydalanish.

TАDQIQОT NАTIJАSI

Hozirgi kunda keng tarqalgan bu usulda deduktiv yo'ldan boriladi, ya’ni gipoteza qo'yiladi,

mavzuga asosan eksperiment uchun material (o'quv materiali) tayyorlanadi. Eksperiment bir necha
marta takrorlanadi, bir necha sinf va bir necha guruhlarda o'tkaziladi. Eksperimentda 2 ta sinf
tanlanadi. Biri tajriba sinfi, ikkinchisi taqqoslash uchun tanlan- gan tekshiruv sinfi. Tajriba sinfida
yangi m etod, yangi darslik, yangi ishlanmadan foydalanilsa, tekshiruv sinfida amaldagi m etod,
darslik, ishlanmadan foydalaniladi. Ikkinchi marta sinflar almashtiriladi, bu chaprost deb
nomlanadi. Har ikki holda ham natija yuqori bo'lsa, demak, ish usuli foydali sanaladi.
Eksperimental tekshirish o‘z maqsadining kengligi bilan farqlanadi: ayrim m etodik usullami
tekshirishda ommaviylik talab qilinmaydi, am m o yangi dastur, yangi darsliklarni tekshirishga
butun tum an, viloyat jalb qilinadi. Eksperiment vazifasiga ko'ra quyidagi hollarda o'tkaziladi:

1) yangi metod, yangi darslikning muvofiqligini tekshirishda;
2) metod yoki qo'llanmaning qay darajada foydaliligini tekshirishda;
3) metod yoki qo'llanm aning muvofiqligini va samaradorligini aniqlashda. Eksperiment

natijasini chiqarishda belgilangan baho m e’yoriga amal qilinadi. Bunday m e’yor aniq, barcha
holatlar uchun ham bir xil bo'lishi lozim. Ona tili metodikasida yozma ishlarda yo'l qo'yilgan
xatolar soni va xarakteri, m a’lum bir vaqtda o'qilgan yoki yozilgan so'zlar soni, og'zaki hikoya va
yozma inshoning hajmi va izchilligi me’yoridan foydalaniladi. Boshlang'ich sinflarda ona tili
o'qitish metodikasi o'z predmeti va vazifalariga mos ravishda empirik tekshirish metodidan
quyidagi ishlarda ham foydalanadi:

1.Ilg'or o'qituvchilar ish tajribasini um um lashtirishda. Buning uchun ilg'or

o'qituvchilarning ish-tajribalari o'rganiladi, tahlil qilinadi, eng foydali jihatlari aniqlanadi va
umumlashtiriladi. Bu metodika fani nazariy xulosalarining to'g'riligini tekshirishda asosiy mezon
bo'lib xizmat qiladi, bu fanni yangiliklar bilan boyitib boradi.

2. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi sohasidagi meros va yangiliklarni

o'rganishda.

3. Ta’lim berishning u yoki bu usullari va vositalarining foydali ekanini tekshirishda.
4. Ona tilidan o'quvchilam ing o'qishlari, yozuvi, mustaqil va ijodiy ishlari ustidan kuzatish

olib borishda.

5. O'quvchilar ijodiy faoliyatining natijalarini og'zaki qayta hikoyalash, yozma ish kabi

usullar yordamida tahlil qilishda.

Ona tili ta’limiga o'quv fani sifatidagina emas, balki butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi

ta’lim jarayoni sifatida qaraldi. Ona tili bo'yicha minimal talablar uch parametrli standart o'lchovi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

52

orqali aks ettirildi: o'qish texnikasi, o'zgalar fikrini va matn m azm unini anglash, fikrni yozma
shaklda bayon etish malakasi.

XULOSA

Bu talablarni amalda bajarish ta’lim jarayoniga yangicha o'qitish texnologiyalarini tatbiq

etishni taqozo qiladi. Hozirda o'quvchilarga bilim berish, bilimlarni oshirishda mustaqil ishlarni
uyushtirish, bilimlarni hisobga olish kabi m etodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqilm oqda, texnik
vositalardan unumli foydalanish, grammatik ta’limiy o'yinlarni joriy etish keng tus olmoqda,
ta’lim jarayonida test topshiriqlaridan, turli boshqotirma va jadvallardan keng foydalangan holda
mashg'ulotlar uyushtirilmoqda. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, ona tili o'quv fani sifatida
shakllanib, rivojlanish ning murakkab yo'lini bosib o'tmoqda va biz pedagoklar ona tilimizni
rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shib kelmoqdamiz.


REFERENCES

1.

Umumiy oʻrta ta’limning Davlat Ta’lim Standarti va oʻquv dasturi (Boshlangʻich ta’lim).-
Toshkent, 2017.

2.

Roziqov O. va boshqalar. Ona tili didaktikasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2005.

3.

Qosimova K., Matchonov S., Gʻulomova X., Yoʻldasheva SH., Sariyev Sh. Ona tili
oʻqitish metodikasi. -Toshkent, «Nosir», 2009.

4.

“Hоzirgi о’zbek аdаbiy tili” R.Sаyfullаyevа, B.Mengliyev, G.Bоqiyevа, M.Qurbоnоvа,
Z.Yunusоvа, M.Аbuzаlоvа. Tоshkent-“Fаn vа texnоlоgiyа”-2009.

5.

“О’zbek tilshunоsligi tаrixi” А.Nurmоnоv. Tоshkent-“О’zbekistоn”-2002.

6.

Q.Qosimova va boshqalar Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish mеtodikasi. Toshkеnt,
2009.

7.

www.ziyonet.uz

8.

www.fikr.uz

9.

www.arxiv.uz

References

Umumiy oʻrta ta’limning Davlat Ta’lim Standarti va oʻquv dasturi (Boshlangʻich ta’lim).- Toshkent, 2017.

Roziqov O. va boshqalar. Ona tili didaktikasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2005.

Qosimova K., Matchonov S., Gʻulomova X., Yoʻldasheva SH., Sariyev Sh. Ona tili oʻqitish metodikasi. -Toshkent, «Nosir», 2009.

“Hоzirgi о’zbek аdаbiy tili” R.Sаyfullаyevа, B.Mengliyev, G.Bоqiyevа, M.Qurbоnоvа, Z.Yunusоvа, M.Аbuzаlоvа. Tоshkent-“Fаn vа texnоlоgiyа”-2009.

“О’zbek tilshunоsligi tаrixi” А.Nurmоnоv. Tоshkent-“О’zbekistоn”-2002.

Q.Qosimova va boshqalar Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish mеtodikasi. Toshkеnt, 2009.

www.ziyonet.uz

www.fikr.uz

www.arxiv.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов