ANTI-ANXIETY DRUGS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
f
53-57
2
0
To share
Normurodova, Z. . (2024). ANTI-ANXIETY DRUGS. Modern Science and Research, 3(1), 53–57. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27834
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information about anti-anxiety drugs and their description. The article explains the nervous system and the causes of nervousness.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

53

ASABIYLIKKA QARSHI GIYOHLAR

Normurodova Zuhra Norbo’tayevna

Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat Texnikumida O’TIBDU

https://doi.org/

10.5281/zenodo.10467081

Annotatsiya. Mazkur maqolada asabiylikka qarshi giyohlar va ularning tavsifi haqida

ma’lumot berib o’tilgan. Maqola davomida asab tizimi va asabiylikning kelib chiqish sabablari

yoritib berilgan.

Kalit so’zlar: asabiylikka qarshi giyohlar, dorivor preparatlar asab tizimi, asabiylikning

kelib chiqish sabablari.

ANTI-ANXIETY DRUGS

Abstract. This article provides information about anti-anxiety drugs and their description.

The article explains the nervous system and the causes of nervousness.

Key words: anti-nervous drugs, medicinal preparations, nervous system, causes of

nervousness.

ПРОТИВОТРЕВОЖНЫЕ ПРЕПАРАТЫ

Аннотация. В данной статье представлена информация о противотревожных

препаратах и их описание. В статье объясняется нервная система и причины нервозности.

Ключевые слова: противонервные средства, лекарственные препараты, нервная

система, причины нервозности.

Kundalik turmushimizda turli holatlar bizni o‘rab turadi. Ba'zan asabiylik, charchoq va

ortiqcha diqqat kishini holdan qo‘yishi mumkin. Buning surunkali davom etishi esa turli

kasalliklarga olib keladi.

Shunday kasalliklardan biri – asab tizimining zo‘riqishi sindromi.

Kasallikning kelib chiqish sabablari

Bu kasalliklar kelib chiqishiga sabablar juda ko‘p. Bular ichki va tashqi omillar ta'sirida

yuzaga chiqadi.

Ichki sabablarni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, turli xil somatik, nevrologik kasalliklar bilan

og‘rish, bosh miyaning o‘tkir qon aylanishi buzilishi, bosh miya jarohatlarini surunkali nerv

mushak o‘tkazuvchanligi buzilishi kasalliklari, kasallikning uzoq davom etishi, turli xil

preparatlarni uzoq davr ichish kabi holatlar natijasida bemorlarda asab tizimi astinezatsiyasi

yuzaga kelishi mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

54

Endi tashqi faktorlarga keladigan bo‘lsak, zamona shiddati, noto‘g‘ri yashash tarzi, kunning

noto‘g‘ri tashkil qilinishi, ya'ni ish va dam olishning me'yorlashmagani, uyqusizlik, jismoniy

imkoniyatlarni hisobga olmay organizmga beriladigan turli zo‘riqishlar, vaqtida ovqatlanmaslik,

shuningdek noto‘g‘ri ovqatlanish sabab bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, ish joylarining to‘g‘ri tashkil qilinmasligi: yorug‘likning yetarli

bo‘lmasligi, shovqin, binoning havo sirkulyatsiyasi noto‘g‘ri bo‘lgan dim xonalarda uzoq muddat

bir xil holatda o‘tirib ishlash ham asab tizimi astenizatsiyasiga olib kelishi mumkin.

Bu holatning o‘smir yoshdagi bolalarda uchrashiga sabab oilaviy muhitning ta'siri ham

bo‘lishi mumkin. Oilada yo‘qotishlar bo‘lganda yoki doimiy qattiq nazorat bo‘lishi, bolada

erkinlik va o‘ziga baho berish hissining bo‘g‘ib qo‘yilgan holatlar ham asab tizimi zo‘riqishiga

olib keladi.

Bugungi kunda to‘satdan bo‘ladigan yo‘qotishlar, ijtimoiy, iqtisodiy va moliyaviy masalalar

bilan bog‘liq vaziyatlar ham asab tizimi zo‘riqishiga olib keladigan dolzarb muammolardan

hisoblanadi.

Kasallik alomatlari

Asab tizimi zo‘riqishi sindromi bir necha xil bo‘lib, eng ko‘p uchraydiganlari –

astenonevrotik sindrom, nevrasteniya, depressiya holatlari hisoblanadi.

Alomatlar uch darajada bo‘lib, birinchisi – dastlabki davrda ish qobiliyatining va diqqatning

pasayishi, uyqu buzilishi, xotiraning kundalik holatlarda susayishi his qilinadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

55

Tez charchash, jizzakilik va vegetativ belgilar rivojlanishi bilan boradi, ya'ni yurak tez urib

ketishi (taxikardiya), terlab ketish, qo‘l-oyoqlarda titrash kabi belgilar bilan kechishi mumkin.

Mana shu holatga olib keluvchi faktorlar yo‘qotilmaganda yoki davo muolajalari

olinmaganda, kun tartibi to‘g‘ri taqsimlanmasa, yuqoridagi belgilar turg‘un holatga o‘tadi.

Bu bosqichda qon bosimi oshishi, qon aylanishi va yurak urishining buzilish belgilari,

qizarib yoki oqarib ketish, ba'zi holatlarda boshqa somatik kasalliklar fonida hushdan ketish,

jizzakilik kabi belgilar turg‘un holatga o‘tadi. Bu narsa bemorning tashqi muhitda ish, o‘qish va

boshqa kundalik faoliyatida o‘z ta'sirini ko‘rsata boshlaydi.

Kasallik uchinchi davriga o‘tganda esa bu faktorlar surunkali davom etishi natijasida

hayotga qiziqish so‘nishi, ham jismoniy, ham aqliy faoliyatining sustligi, dastlab uyqusizlik

holatlari kuzatilsa, keyin uyquchanlik, jismoniy harakatlarning kamayishi, dunyoni kulrang

ranglarda ko‘rish kabi belgilar bilan kechadi.

Kasallikni davolash

Tibbiy tajribadan kelib chiqib aytish mumkinki, hozirgi paytda asab tizimi bilan bog‘liq

bo‘lgan kasalliklar bo‘yicha shikoyat qiluvchilar soni ortib bormoqda. Buning natijasida,

farmatsevtika sanoati rivojlanishi barobarida, farmatsevtika bozori ham faol rivojlanib

borayotganini qayd etish joiz.

Hozirgi paytga kelib, asab tizimi kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan ham xorijiy, ham

mahalliy antidepressantlar yoki tinchlantiruvchi preparatlardan bir qancha turlari bor, ularni

kombinatsiya yoki yakka holatda qabul qilish imkoniyatlari mavjud.

Kasalliklarning darajasiga, kasallik davriga qarab turli xil preparatlarni tanlab davolanish

kerak bo‘ladi.

Mahalliy preparatlarni ishlab chiqarish bugungi kunda keng yo‘lga qo‘yilayotgani biz

shifokorlarga davo muolajalari olib borishda qulayliklar yaratmoqda. Tajribadan kelib chiqib

aytadigan bo‘lsak, yurtimizda o‘sadigan dorivor giyohlar asosida tayyorlangan ayrim

preparatlarning bemorlarga ta'siri juda ham ijobiy va samaralidir.

Asab tizimi kasalliklari asosan surunkali bo‘lgani uchun uni davolash muddati bir oydan bir

necha oygacha davom etadi. Uzoq muddatli muolajada tavsiya etiladigan dori foydali jihatidan

tashqari nojo‘ya ta'siri bo‘lmasligiga ham e'tibor beriladi. Ushbu jihatni inobatga olgan holda,

tabiiy giyohlar asosida tayyorlangan preparatlar tavsiya qilinadi.

Shu o‘rinda, ana shunday dorilardan biri haqida ma'lumot berish joiz deb bilaman. Bu

zamonaviy texnologiya asosida, tabiiy giyohlardan tayyorlangan «KOLMSTReS» preparatidir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

56

U yuqorida qayd qilingan, asab tizimida uchraydigan salbiy jarayonlarning oldini olish va

davolashda qo‘llaniladi, asab tizimini tinchlantiradi, kayfiyatni ko‘taradi, uyquni yaxshilaydi.

Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, bu preparat uzoq vaqt qabul qilinishiga qaramasdan,

oshqozon-ichak trakti, yurak-qon tomir sistemasiga nojo‘ya ta'sir etmaydi va organizmda

ko‘nikish hosil qilmaydi.

«Kolmstres»ni bolalar va homilador ayollarga ham tavsiya qilsa bo‘ladi. Ta'kidlash lozimki,

ushbu preparatni qo‘llashda erishilgan samarali natijalar xususida bir necha mahalliy va xorijiy

maxsus tibbiy jurnallarda klinik tadqiqotlar olib borgan mutaxassislarni maqolalari ham chop

etilgan.

Kasallikning oldini olish

Ma'lumki, kasallikni davolashdan uning oldini olish afzal. Shuning uchun asab tizimi

zo‘riqishi, astinevrotik sindrom, depressiya kabi holatlarga tushmaslikning oldini olish eng muhim

davo hisoblanadi.

Buning uchun, avvalo to‘g‘ri yashash tarzini yo‘lga qo‘yish kerak. Ish va dam olish faoliyati

to‘g‘ri taqsimlanishi, sport bilan shug‘ullanish, o‘z vaqtida ovqatlanishni amalga oshirish bu

kasallikka chidamlilikni oshiradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

57

Melissa (limono‘t) bilan asabiylikdan qutulamiz. Sedativ, yaʼni tinchlantiruvchi taʼsirga ega

bo‘lgan dorivor giyohlardan yana biri – melissa.

Melissa

Melissa qadimdan asabiylikni ketkazuvchi, uyquni yaxshilovchi va stresslarni

kamaytiruvchi giyoh hisoblanib kelgan. Melissa sedativ, spazmolitik, gipotenziv va og‘riq

qoldiruvchi taʼsirga ega. Melissadan tayyorlangan choylar va damlamalar depressiya, asabiy

zo‘riqish, migren, uyqusizlikni davolashda qo‘llaniladi.

Uyquni yaxshilash va xavotirni kamaytirish uchun shifokorlar melissadan tayyorlangan

damlamani ichishni maslahat berishadi.

Buning uchun:

3 osh qoshiq melissa giyohi ustidan 1 stakan qaynoq suv quyib, 30 daqiqa davomida dam

yedirish lozim. So‘ngra uyqudan oldin iliq holida qultumlab isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

REFERENCES

1.

Xolmatov X.X, Axmеdov U.A Farmakognoziya -2 qism.-Toshkent: Fan, 2007.-400 bet.

2.

Пўлатова Т.П, Холматов Х.Х. Фармакогнозия амалиёти -Тошкент: Абу Али Ибн

Сино номидаги тиббиёт нашриёти, 2002.-360 бет.

3.

Д.А.Муравьева, Фармакогнозия, учебник, М.Медицина, 1991 И.Э.Акопов,

Валенейшие отечественные лекарственные растения и их применение, -

Т.Медицина, 1986. WHO monographs on selected medicinal plants. –Vol. 1. – Geneva:

World Health Organization, 1999. – 295 p.

4.

Pharmacognosy: textbook for higher year school students /V.S.Kyslychenko, L.V. Upur,

Ya.V. Dyakonova e.o.; ed. by V.S.Kyslychenko. -Kharkiv: NUPh; Golden Pages, 2011.

552 p.

5.

William Charles Evans. Pharmacognosy.- Londol,Philadelphia, Toronto, Sidney, Tokyo.

7. Государственная фармакопея – Изд. ХI. – Вып. 1. Общие методы анализа. – М.:

Медицина, 1987. – 336 с.

6.

Государственная фармакопея – Изд. ХI. – Вып. 2. Общие методы анализа.

Лекарственное растительное сырье. - М.: Медицина, 1990. – 398 с.

References

Xolmatov X.X, Axmеdov U.A Farmakognoziya -2 qism.-Toshkent: Fan, 2007.-400 bet.

Пўлатова Т.П, Холматов Х.Х. Фармакогнозия амалиёти -Тошкент: Абу Али Ибн Сино номидаги тиббиёт нашриёти, 2002.-360 бет.

Д.А.Муравьева, Фармакогнозия, учебник, М.Медицина, 1991 И.Э.Акопов, Валенейшие отечественные лекарственные растения и их применение, - Т.Медицина, 1986. WHO monographs on selected medicinal plants. –Vol. 1. – Geneva: World Health Organization, 1999. – 295 p.

Pharmacognosy: textbook for higher year school students /V.S.Kyslychenko, L.V. Upur, Ya.V. Dyakonova e.o.; ed. by V.S.Kyslychenko. -Kharkiv: NUPh; Golden Pages, 2011. 552 p.

William Charles Evans. Pharmacognosy.- Londol,Philadelphia, Toronto, Sidney, Tokyo. 7. Государственная фармакопея – Изд. ХI. – Вып. 1. Общие методы анализа. – М.: Медицина, 1987. – 336 с.

Государственная фармакопея – Изд. ХI. – Вып. 2. Общие методы анализа. Лекарственное растительное сырье. - М.: Медицина, 1990. – 398 с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов