TEACHING PRIMARY EDUCATION TO STUDENTS USING INFORMATION TECHNOLOGIES

HAC
Google Scholar
f
162-166
0
0
To share
Abduraimova , G. . (2024). TEACHING PRIMARY EDUCATION TO STUDENTS USING INFORMATION TECHNOLOGIES. Modern Science and Research, 3(1), 162–166. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27838
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information on the use of information technologies in primary education. Education and training processes, information processes require rapid improvement of the education system, determination of educational goals that take into account state, social and personal needs and interests.


background image


162

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARGA AXBOROT

TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB DARS O‘TISH

Abduraimova Gulzoda Umbetovna

Toshkent viloyati Oqqorg'on tumani 16-umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich sinf

o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10467188

Annotatsiya.

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limda axborot texnologiyalaridan

foydalanish yuzasidan ma’lumotlar berildi. Та’lim va tarbiya jarayonlari, axborotlashtirish

jarayonlari ta’lim tizimini jadal takomillashtirishni, davlat, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlar hamda

manfaatlarini hisobga oluvchi ta’lim maqsadlarini aniqlashni talab qilmoqda.

Kalit so‘zlar:

boshlang‘ich ta’lim, axborot, tа’lim va tarbiya, ijtimoiy.

TEACHING PRIMARY EDUCATION TO STUDENTS USING INFORMATION

TECHNOLOGIES

Abstract.

This article provides information on the use of information technologies in

primary education. Education and training processes, information processes require rapid

improvement of the education system, determination of educational goals that take into account

state, social and personal needs and interests.

Key words:

primary education, information, education and training, social.

ПРЕПОДАВАНИЕ НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ УЧАЩИХСЯ С

ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

Аннотация.

В данной статье представлена информация об использовании

информационных технологий в начальном образовании. Процессы образования и обучения,

информационные процессы требуют быстрого совершенствования системы образования,

определения образовательных целей, учитывающих государственные, социальные и

личностные потребности и интересы.

Ключевые слова:

начальное образование, информация, воспитание и обучение, соц.

Ko‘pchilik maktablarda innovatsion faoliyat u yoki bu ko‘rinishda amalga oshirilmoqda:

maktablarni rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilmoqda va amalga oshirilmoqda, tajriba ishlari olib

borilmoqda, yangi ta’lim dasturlari va texnologiyalari o‘zlashtirilmoqda.

Vaqt joyida turmaydi va hozirda davr talabi bilan an’anaviy suhbatlar, yodlashlar, turli xildagi

nasihatlar o‘rniga ta’limning noan’anaviy shakllari: birlashtirilgan darslar, kuzatuv darslari,

muammoli vaziyatlarni qo‘yish va shu kabilar kirib keldi. Mana shunday darslar bolalarga yoqadi,


background image


163

idrok etishga ularda qiziqish uyg‘otadi, ularga ko‘plab yangiliklar beradi, o‘quvchilarda katta

emotsional kuch mavjud.

Inson nutqi — bu uning intellekt va madaniyati ko‘rsatkichidir. Nutq qanchalik aniq bo‘lsa,

fikr obrazli ifoda etilsa, inson shaxs sifatida shunchalik ahamiyatli va jamiyat uchun u shunchalik

qimmatga ega. Zamonaviy hayot o‘quvchi oldiga: tilni erkin egallash, turli vaziyatlarda turli

insonlar bilan munosabatda bo‘lishni bilish, shu bilan bir vaqtda, o‘zini erkin, ishonchli his qilish

kabi yangi maqsadlarni qo‘yadi. Shu sababli ta’limning kommunikativ texnologiyasi bizning

davrimizda innovatsion hisoblanadi.

Та’lim va tarbiya jarayonlari o‘z-o‘zidan insonni rivojlantirmaydi, balki ular faoliyatli

shaklga ega bo‘lganida rivojlantira oladi. O‘quvchi rivojlanishi uchun uning faoliyatini tashkil

etish zarur. O‘quv materialini passiv idrok etishda rivojlanish sodir bo‘lmaydi. Misol uchun, bola

kitobni qanchalik ko‘p varaqlamasin, o‘zi harflarni eslab qolmasa, ulardan so‘z tuzishni o‘rgana

olmaydi — unda hech qanday o‘qish ko‘nikmasi shakllanmaydi. Bolaning aynan o‘z harakatlari

kelajakda uning qobiliyati shakllanishining asosi bo‘lib qolishi mumkin.

Demak, ta’limning vazifasi bolani harakatlarga chorlovchi sharoitlarni tashkil etishdan

iborat bo‘ladi. Boshqacha aytganda, o‘qituvchilar har bir o‘quvchida turli sharoitlarda o‘z yo‘lini

topa olishiga imkon beruvchi harakatlar individual vositalari va usullarini shakllantirishga yordam

beruvchi maxsus o‘quv sharoitlarini yaratishlari zarur. Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari mana

shunday o‘quv vaziyatlari majmuini yaratish ustida ishlamoqdalar. Bu holat ko‘zlangan natijalarga

erishish texnologiyasining muhim masalalaridan biri hisoblanadi.

Kichik yoshdagi o‘quvchilarning diqqatlari mustahkam emas, ular ko‘pincha diqqatlarini bir

faoliyat turidan ikkinchisiga qaratishni bilmaydilar. Biroq o‘quvchining o‘ziga doskada har

qanday obyektni, geometrik shakllar, yozuvlarni bajarish, rangi, kattaligi, shaklini o‘zgartirish

imkoniyati berilganda diqqati kuchayadi. Masalan, matematika darsida kompyuter vositalari,

interfaol doskadan foydalanilishi bilan bolalarning qiziqishlari ortishi kuzatiladi va shu bilan birga,

darsning jadalligi oshadi. Barcha o‘quvchilar dars jarayoniga jalb qilinadilar. Material hajmining

ko‘rligi bolalarni qiynamaydi, balki faoliyat o‘yin shakli metodikasi bo‘yicha faol o‘qishga imkon

beradi. Bu juda muhim omil, chunki olti–to‘qqiz yoshli bolaning faol faoliyat turi o‘yin

hisoblanadi. Interfaol doska — matematika faniga o‘qitish jarayonini ko‘rgazmali, yorqin,

chaqqon qiluvchi juda qulay uskunadir. Ta’lim jarayonini jadallashtirish boshlang‘ich maktab

o‘quvchilari uchun muhim hisoblanadi.

Uskunalar bilan jihozlangan kabinetda o‘quvchilar va o‘qituvchi uchun ham ishlash

qiziqarli. Hozirgi zamonaviy jamiyatda sodir bo‘layotgan axborotlashtirish jarayonlari ta’lim


background image


164

tizimini jadal takomillashtirishni, davlat, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlar hamda manfaatlarini

hisobga oluvchi ta’lim maqsadlarini aniqlashni talab qilmoqda. Shu sababli yangi ta’lim

standartlarining rivojlantiruvchi imkoniyatlarini ta’minlash ustivor yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.

Yangi ijtimoiy talablar o‘quvchilarni umummadaniy, shaxsiy va idroklari rivojlanishi kabi ta’lim

maqsadlarini belgilab bermoqda. O‘quvchilarning faqatgina fanlar aniq bilim va malakalarini

o‘zlashtiribgina qolmay, balki «o‘qishga o‘rgatish» malakasini ta’minlovchi «universal o‘quv

harakatlari» to‘plamini shakllantirish zamonaviy ta’lim tizimining muhim vazifasi hisoblanadi.

Ахborot-kommunikatsiya texnologiyalar (AKT) — foydalanuvchi manfaatlari yo‘lida

axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash, tarqatish va foydalanish maqsadlarida birlashtirilgan

metodlar, ishlab chiqarish jarayonlari va dasturiy-texnik vositalar to‘plamidan iboratdir.

Bir qator olimlarning ta’kidlashicha ta’lim sohasida qo‘llaniladigan AKT vositalaridan

foydalanish quyidagi masalalarni amalga oshirishni o‘z maqsadi qilib qo‘yishi kerak:

o‘quvchilarning fikrlashlari tizimliligini ta’minlash va rivojlantirish; bilim olish, ko‘nikma va

malakalarini rivojlantirish hamda mustahkamlashda o‘quvchining idrok etish faoliyati barcha

turlarini qo‘llab-quvvatlash; ta’lim jarayoni yaxlitligini saqlab qolgan holda o‘quv jarayonini

individuallashtirish tamoyilini amalga oshirish.

Davr ruhini ifodalab, kun sayin barcha sohalar amaliyotiga jadal kirib borayotgan axborot

texnologiyalarini umumta’lim maktablari ta’lim jarayoniga ham tatbiq etish dolzarb masalalardan

biridir. Butun jahon miqyosidagi axborot tarmog‘i har qanday sohada axborotning hajmi va

tezligidan qat’iy nazar, uni istagan miqdorda qabul qilish uchun taqdim eta oladi. Multimediya va

Internet texnologiyalarining paydo bo‘lishi axborot texnologiyalarining umumiy ta’lim maktablari

ta’lim va tarbiya, muloqot jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo‘l ochib

berdi. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi

va kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o‘stirishda tutayotgan o‘rni va

ta’siri ortib borayotganligini inkor etib bo‘lmaydi. Umumiy ta’lim maktablaridagi ta’lim

jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o‘qituvchi va o‘quvchilar oldida quyidagi

imkoniyatlar ochiladi, xususan:

-

axborot yig‘ishning yangi usullarini va ularni qo‘llashni bilib oladilar;

-

bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilim olishga qiziqishlari ortadi;

-

mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi;

-

bolani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga, ijobiy

qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi.


background image


165

Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sohasida, o‘quv faoliyatida va

o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Axborot

texnologiyalari ta’limni amalga oshish jarayonida hayot bilan uyg‘unlashtirishga imkon beradi.

O‘qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan chambarchas bog‘lash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Axborot texnologiyalarini qo‘llashda o‘quvchi shaxsining butun imkoniyatlarini amalga

oshirishga: kompyuter vositalari orqali bolaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va

estetikaviy imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilish lozim. Kompyuter va

axborot texnologiyalarini o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning to‘laqonli vositasiga aylantirish

uchun o‘qituvchining o‘zi axborot texnologiyalari sohasida bilimdon (salohiyatli) bo‘lishi kerak.

Axborot texnologiyalarining asbob-uskuna va dasturiy vositalarining juda jadallik bilan

rivojlanib borishi, masalan, yangi avlod kompyuterlarining, yangi dasturlarining chiqishi, turli

ta’limiy vazifalarni hal etish qulay texnikafiy imkoniyatlar ochib beradi. Biroq ilmiy izlanishlar

o‘quv maqsadida foydalaniladigan axborot tizimlari o‘z didaktik sifatlariga ko‘ra hali ham

qoniqarsiz darajada ekanligini ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki, axborot texnologiyalarini

o‘qitish maqsadlarida foydalanishning metodik (pedagogik) vositalari axborotlashtirishning

texnikaviy vositalari rivojlanishidan ancha orqada qolib ketyapti. Kompyuterning imkoniyatlari

juda katta, biroq pedagogik maqsadlarda u yetarli darajada foydalanilmayapti. O‘qitish

maqsadidagi axborot uni loyihalashtirish bosqichida kiritiladi. Xususan, axborot —

avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlarining ma’lumotlar bazasini yaratishda, elektron darsliklarni

tuzish uchun o‘quv materialini tayyorlashda, modellashtiriuvchi turdagi kompyuter tizimlari bilan

o‘quv ishlarining ssenariylarini, masalalar va mashqlar, test topshiriqlari tuzishda kiritiladi.

Axborot texnologiyalari bir yo‘la bir necha fan sohalariga informatika, matematika, kibernetika,

psixologiya, pedagogika kabi fanlarga oid ma’lumotlarni birlashtiradi. Biroq bu uyg‘unlikda

psixologikpedagogik asos yetakchi o‘rin tutadi. Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va

o‘qitish jarayoniga joriy qilish muhim o‘rin egallaydi. Yangi axborot texnologiyalari o‘quv

jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun katta ahamiyatga ega. Odatdagi ta’limiy

texnologiyalardan farqli ravishda, axborot texnologiyalarida mehnat predmeti va uning natijasi

sifatida axborot, mehnat quroli bo‘lib esa axborotlashtirishning texnikaviy vositalari xizmat qiladi.


background image


166

REFERENCES

1.

R.Mavlonova, N.X.Raxmonqulova. Boshlang’ich ta’limda innovastiya. Metodik

qo’llanma, TDPU, 2007.

2.

O’.Q.Tolipov, M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiyalarning tanqidiy asoslari. –T.:

Fan, 2006.

3.

Ruzmatovich, U. S. (2022). ANALYSIS OF THE RESULTS OF PHYSICAL

TRAINING OF FERGANA STATE UNIVERSITY STUDENTS. ASIA PACIFIC

JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836

Impact Factor: 7.603, 11(09), 85-96.

4.

Ruzmatovich, U. S. (2022). Organization And Content Of Professional And Practical

Physical Training Of Students Of Pedagogical Higher Education Institutions.

INTERNATIONAL

JOURNAL

OF

RESEARCH

IN

COMMERCE,

IT,

ENGINEERING AND SOCIAL SCIENCES ISSN: 2349-7793 Impact Factor: 6.876,

16(06), 29-35.

References

R.Mavlonova, N.X.Raxmonqulova. Boshlang’ich ta’limda innovastiya. Metodik qo’llanma, TDPU, 2007.

O’.Q.Tolipov, M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiyalarning tanqidiy asoslari. –T.: Fan, 2006.

Ruzmatovich, U. S. (2022). ANALYSIS OF THE RESULTS OF PHYSICAL TRAINING OF FERGANA STATE UNIVERSITY STUDENTS. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603, 11(09), 85-96.

Ruzmatovich, U. S. (2022). Organization And Content Of Professional And Practical Physical Training Of Students Of Pedagogical Higher Education Institutions. INTERNATIONAL JOURNAL OF RESEARCH IN COMMERCE, IT, ENGINEERING AND SOCIAL SCIENCES ISSN: 2349-7793 Impact Factor: 6.876, 16(06), 29-35.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов