O‘rta asrlar Xorazm adabiy muhitida Abu Bakr Xorazmiyning o‘rni

HAC
Google Scholar
To share
Atayev, A. (2024). O‘rta asrlar Xorazm adabiy muhitida Abu Bakr Xorazmiyning o‘rni. Modern Science and Research, 3(1), 1–9. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27869
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

VIII‒XIII asrlarda Xorazm adabiy muhitining shakllanishida Xorazm arabiyzabon adabiyotidagi she’rlar, qasidalar, bir tomondan, ushbu muhit paydo bo‘lishi va rivojlanishidagi madaniy aloqalar, madaniy ta’sir omillarini yoritishda ahamiyatli bo‘lsa, ikkinchi tomondan ijtimoiy-siyosiy omillarni ochib berishda ham juda muhimdir. Madh va hajv eski arab muhitining ajralmas bo‘lagidir. Mazkur maqolada Xorazmdagi arabiyzabon badiiy adabiyot vakillaridan Abu Bakr Xorazmiy hayoti, uning she’riyati mavzu ko‘lami va asosiy yo‘nalishlari bayon qilingan bo‘lib, islom fathidan uch asrcha vaqt o‘tgach Xorazm mintaqasida yetishib chiqqan ko‘plab arabiyzabon shoirlar adabiy meroslarini to‘g‘ri tushunish va izohlashda adabiy manbashunoslik va matnshunoslikka muhim yangi ilmiy ma’lumotlar taqdim etadi.

Similar Articles


background image

O‘rta asrlar Xorazm adabiy muhitida Abu Bakr Xorazmiyning o‘rni

Azamat Atayev

Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko‘chasi 1-uy, Tashkent 100149, O‘zbekiston

(azamatatayev79@gmail.com

)

https://doi.org/10.5281/zenodo.10439273

Kalit so‘zlar:

arabiyzabon, tarixiy manba, adabiy manba, g‘azal, hajv, madh, janr, manbashunoslik, matnshunoslik.

Annotatsiya:

VIII‒XIII asrlarda Xorazm adabiy muhitining shakllanishida Xorazm arabiyzabon adabiyotidagi she’rlar,

qasidalar, bir tomondan, ushbu muhit paydo bo‘lishi va rivojlanishidagi madaniy aloqalar, madaniy ta’sir
omillarini yoritishda ahamiyatli bo‘lsa, ikkinchi tomondan ijtimoiy-siyosiy omillarni ochib berishda ham
juda muhimdir. Madh va hajv eski arab muhitining ajralmas bo‘lagidir. Mazkur maqolada Xorazmdagi
arabiyzabon badiiy adabiyot vakillaridan Abu Bakr Xorazmiy hayoti, uning she’riyati mavzu ko‘lami va
asosiy yo‘nalishlari bayon qilingan bo‘lib, islom fathidan uch asrcha vaqt o‘tgach Xorazm mintaqasida
yetishib chiqqan ko‘plab arabiyzabon shoirlar adabiy meroslarini to‘g‘ri tushunish va izohlashda adabiy
manbashunoslik va matnshunoslikka muhim yangi ilmiy ma’lumotlar taqdim etadi.


1. KIRISH

Ilk o‘rta asrlar Xorazm adabiy muhitiga oid

ma’lumot beruvchi manbalar [Hind Husayn Toha.
1976. ]da shoir Abu Bakr Xorazmiy nomi bilan
tanilgan va

Tabarhozziy

deb laqab olgan adibning asl

ismi Muhammad ibn Abbos bo‘lib,

Tabarhozziy

so‘zi

Tabariston va Xorazm nomlaridan tashkil topgan
qo‘shma otdir. Chunki uning otasi Xorazmdan va
onasi Tabaristondan bo‘lgan. Abu Bakr Xorazmiy
hijriy 323 (milodiy 934) yilda Xorazmda tavallud
topdi. Uning yoshligi haqida manbalarda ko‘p
ma’lumot uchramaydi. Otasi va onasi haqida esa
yuqoridagi ma’lumotlar keltirilgan, xolos. Shu
sababdan biz Abu Bakr Xorazmiyning bolalik hayoti
haqida to‘liq ma’lumotga ega emasmiz. Lekin
Xorazmdagi ilmiy muhit qanday bo‘lgani, shoirning
madaniy rivojlangan hayotda o‘sgani, uning boy til va
o‘ziga xos tarixiy madaniyat ta’sirida ulg‘aygani
masalaning ayni ayon jihatlaridandir.

Abu Bakr Xorazmiy jiddi-jahd bilan johiliyat

va islom she’riyatini o‘rgangan. U ilm o‘rganish va
rizq talabida yo‘lga chiqib, ko‘plab podshoh va amirlar
xizmatida

bo‘lgan.

Dunyoning

talaygina

mamlakatlarini kezib, Iroqqa, so‘ng Halabga safar
qilgan.

Zamonasining mashhur adibi, tarixchisi va

tilshunosi bo‘lib yetishgan Abu Mansur Abdulmalik
ibn Ismoil as-Saolibiy an-Naysoburiy o‘z davrining
yetuk olimlari sifatida Abu Sulaymon al-Xattobiy
(931 ‒ 998) va Abu Bakr Xorazmiylardan dars olgani
e’tiborga molik [Abu Mansur as-Saolibiy. 1987.].

2. MAVZUGA OID

ADABIYOTLAR TAHLILI

Хоrаzm аdаbiy muhitidа аrаb tilidа ijоd qilgаn

аdiblаrning fаоliyаti vа muаyyаn аsаrlаri tаriх,
dinshunоslik, filоlоgiyа yо‘nаlishlаridа о‘rgаnilgаn.
Bu о‘rindа Mаhmud Zаmахshаriy hаyоti vа ilmiy
mеrоsigа оid ilmiy ishlаrni аlоhidа tа’kidlаsh lоzim.
Jumlаdаn, nеmis оlimi Yоzеf fоn Hаmmеr-Purgshtаll,

rus оlimlаri V.Bаrtоld, А.Bоrоvkоv; N.Pоppе,
B.Хоlidоv tоmоnidаn Zаmахshаriyning tаrjimаyi
hоli, “Аtvоquz zаhаb fil mаvоi’zi vаl хutаb” (“О‘git
vа nаsihаtlаrning оltin shоdаlаri”), “Muqаddimаtul
аdаb” аsаrlаri о‘rgаnilib, izоhlаri bilаn nаshr qilingаn.
О‘zbеk оlimi А.Rustаmiy Zаmахshаriyning ilmiy-
аdаbiy mеrоsi bilаn о‘zbеk хаlqini tаnishtirish
mаqsаdidа “Mаhmud Zаmахshаriy” ilmiy risоlаsini
chоp еtdi. 1992-yildа U.Uvаtоv “Nаvоbig‘ul kаlim”
(Nоzik ibоrаlаr) аsаrini аrаb tilidаn о‘zbеk tiligа
tаrjimа qilib, nаshr еttirdi.

О‘tgаn

аsrning

90-yillаridаn

bоshlаb

Zаmахshаriy ijоdini о‘rgаnish tilshunоslik kо‘lаmidа
yаngi bоsqichgа kо‘tаrildi. Mаnbаshunоs оlim
Z.Islоmоvning

“Mаhmud

Zаmахshаriyning

“Muqаddimаtu-l-аdаb” аsаridаgi turkiy fе’llаr tаhlili”,
“Muqаddimаtu-l-аdаb”

аsаrining

qо‘lyоzmа

mаnbаlаri vа аrаbchа-turkiy fе’llаr sо‘zligining
yig‘mа

ilmiy-tаnqidiy

mаtni”

mаvzusidаgi

fundаmеntаl tаdqiqоtlаri muhim аhаmiyаtgа еgа
bо‘ldi.

M.Hаkimjоnоv,

M.

Nоsirоvа,

Sh.Mirziyаtоvlаrning tаdqiqоt ishlаri hаm Mаhmud
Zаmахshаriyning

tilshunоslik

fаоliyаtigа

bаg‘ishlаngаn.

3. TADQIQOT

METODOLOGIYASI

2000-yildаn

е’tibоrаn

“zаmахshаriyshu-

nоslik”dаgi tаdqiqоtlаr аdаbiy mаnbаshunоslik vа
tаriхiy mаnbаshunоslik yо‘nаlishidа оlib bоrildi.
N.Sulаymоnоvа tоmоnidаn “Mаhmud Zаmахshаriy
“Аsоs-ul-bаlоg‘а”sining mаnbаshunоslik tаdqiqi”
nоmli nоmzоdlik dissеrtаtsiyаsi аmаlgа оshirildi.
Mаtnshunоs оlim R.Zоhidоv Zаmахshаriyning
“Аtvоquz zаhаb fi mаvо’izi vаl хutаb” (Nаsihаt vа
vа’zlаrdаn tizilgаn оltin shоdаlаr” аsаrini аrаbchаdаn
о‘zbеk tiligа tаrjimа qilib, kitоb аvvаlidа
mаnbаshunоslik vа mаtnshunоslik tаdqiqini е’lоn
qildi. D.Хо‘jаnоvа “ХII аsrdа Mоvаrоunnаhrdа
yаrаtilgаn аruz ilmigа оid mаnbаlаr (Mаhmud
Zаmахshаriy vа Аbu Hаfs Nаsаfiy аsаrlаri аsоsidа)”


background image

tаdqiqоtini аdаbiy mаnbаshunоslik yо‘nаlishidа
аmаlgа оshirgаn bо‘lsа, L.Tо‘rаyеv “Mаhmud
Zаmахshаriy ilmiy mеrоsidа “Rаbi’ аl-аbrоr” аsаri
muhim

mаnbа

sifаtidа”

mаvzusini

tаriхiy

mаnbаshunоslik yо‘nаlishidа tаdqiq qildi.

Mаzkur tаdqiqоtlаrning bаrchаsi dаvr е’tibоri

bilаn ХI–ХII аsr mаnbаlаrigа, оbyеkt е’tibоrigа kо‘rа
Mаhmud

Zаmахshаriy

shахsi

ijоdigа

bаg‘ishlаngаn. Birоq bu dаvr оrаlig‘idа, bаlki undаn
оldinrоq vа kеyinrоq hаm Mоvаrоunnаhr muhitidа
аrаb tilidа ijоd qilgаn kо‘plаb аdiblаr mаvjud еdi.
Yuqоridа sаnаlgаn tаdqiqоtlаrdаn VIII–ХIII аsrlаr
Хоrаzm аdаbiy muhiti gо‘yо Zаmахshаriyning ulkаn
ilmiy-аdаbiy mеrоsi sоyаsidа qоlgаndеk tаsаvvur
uyg‘оtаdi. Tо‘g‘ri, Fахriddin Rоziyning ilmi kаlоm
hаqidаgi qаrаshlаri, shuningdеk, “Jоmе’ul ulum” аsаri
dinshunоslik yо‘nаlishidа, Rаshididdin Vаtvоt hаyоti
vа аdаbiy mеrоsigа оid ishlаr аdаbiyоtshunоslik
sаthidа о‘rgаnilgаn. Аyniqsа, О‘rtа Оsiyо vа
Хurоsоndаgi аrаbiy shе’riyаt tаdqiqi bо‘yichа mахsus
tаdqiqоt

оlib

bоrgаn

shаrqshunоs

оlim

I.Аbdullаyеvning

хizmаtlаri

е’tibоrgа

mоlik.

Оlimning Аbu Mаnsur аs-Sаоlibiygа tеgishli “Yаtimаt
аd-dаhr”, “Tаtimmаt аl-Yаtimа” kitоblаridаn qilgаn
izоhli tаrjimаlаri, “Buхоrоning аrаbiynаvis shоirlаri”,
“Bеruniygа zаmоndоsh shоirlаr”, “Х–ХI аsrlаrdа
О‘rtа Оsiyо vа Хurоsоndаgi аrаb tilidаgi shе’riyаt”
аsаrlаri hаmdа I.Еlmurоdоvning “Yоqut Hаmаviyning
“Mu’jаm ul-udаbо” аsаri Х–ХII аsrlаr Хоrаzm ilm-
fаni vа аdаbiyоti tаriхini о‘rgаnishdа muhim mаnbа”
mаvzusidаgi tаdqiqоtlаri hаm qаdimiy dаvr аrаbnаvis
аdiblаrimiz ijоdi bilаn yаqindаn tаnishish uchun zаrur
ilmiy mаnbа bо‘lib хizmаt qilаdi. Birоq mаzkur
tаdqiqоtlаrdа yо‘nаlish, аsоsаn, tilshunоslik vа
аdаbiyоtshunоslik hаmdа tаriх fаnlаrigа qаrаtilgаni
uchun mаsаlаning аdаbiy mаnbаshunоslik vа
mаtnshunоslikkа tааlluqli jihаtlаri оchiq qоlgаn. Shu
jihаtdаn, O‘rta asrlar Xorazm adabiy muhitida Abu
Bakr Xorazmiyning o‘rnini kоmplеks vа mоnоgrаfik
tаrzdа tаdqiq еtish ishning metodologiyasini
belgilaydi va uning dоlzаrbligini kо‘rsаtаdi.


4. TAHLIL VA NATIJALAR

Abu Bakr Xorazmiy o‘zi haqida, avvalo,

Shomga va Sayfuddavla Hamadoniy xizmatiga yetib
borgach,

saroyda

yaxshi

mavqega

erishgani,

shuningdek, mana shu shaharga kelgach, hayotida
yorqinlik kuzatilganini zikr qiladi. Shoir sifatida
o‘ziga yarasha yuksalib, adiblik quvvatini topganidan
so‘ng u Buxoroga qarab yuzlanadi va vazir Bal’amiy
bilan uchrashadi. Ammo vazir bilan suhbat chog‘ida
adib vazirni maqtamagach, ularning o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlari yomonlashib, Abu Bakr Xorazmiy
undan ajraydi. Abu Bakr Xorazmiy oddiy shoir
bo‘lishiga qaramasdan, umummanfaatni ko‘zlagan
holda vazir Bal’amiyni hajv qilib aytadi [Abu Mansur
Abdulmalik as-Saolibiy. 4-juz. 2009.]:

نيغ ُنيعلاو ، َّيمعلبلا اذ نإ

نيشو نامزلا ىلع راع وهو

Albatta bu Bal’amiydir va “ayn” aslida

“g‘ayn”dir,

U zamon uchun uyat va aybdir.

Agar

َّيمعلبلا so‘zidagi “ayn” harfini “g‘ayn”

qilib o‘qisangiz: “Balg‘amiy” bo‘ladi. Bu butun boshli
vazirga nisbatan qattiq haqoratdir. Abu Bakr
Xorazmiy hajviyalarida shu tarzdagi keskinlik, ba’zan
odob chegarasidan chiqadigan darajadagi qo‘polliklar
kuzatiladi. Saolibiy o‘z tazkirasida uning bunday
she’rlaridan namunalar keltirib o‘tgan [Abu Mansur
Abdulmalik as-Saolibiy. 4-juz. 2009. 207.].

Shundan

so‘ng

Abu

Bakr

Xorazmiy

Naysaburga tomon otlanib, u yerda nufuzli kishilar
bilan uchrashadi. Ular shoirni qadrlab, u bilan go‘zal
muomalada bo‘lishadi. Shu yerda Hasan Qaznaviy,
Abu Mansur Bag‘oviy, Abu Hasan Hukamiy kabi
shoirlar bilan tanishadi. Abu Bakr Xorazmiy
Naysaburda Abu Nasr Mikoliy bilan ham ko‘rishadi
va uni madh qilib, u haqida ma’lumot beruvchi
quyidagi qasidani yozadi:

اـنّنأك ىتح رـخفلا َلوـيذ ُّرـجن

ىمتنَن لاكيم لآ يف اـنِت َّزعل
مهّدعتن نإف ايندلا ةمـحـش مُه
مدلاو ثرفلا ىلع ْلصحَن مهريغ ىلإ

ا كاذ الله ىقس

مهدوجک ادوج ضورل

مهيلإ ةادــعلا لاـجآ رـ

َّيصو

مـهيلع يبر

ُيل رصن ابأ ىقبأو

مهيلع نينب ىبرأ امك َنينس
هحدم ساـنلا كرتي نأ ىلا شاعو
ملـثملا بايا وجري يذلا اذ نمو
زرـطم بوثب وبحي

ّرـحلا وه

مـتخم سيكب وعدي لا و ليسغ
ةـثلاث هـنم نوؤارلا مدعي لاو

ءاـطع

مهيدل ًاـطاسبناو ًارذـعو

(She’rning

nasriy tarjimasi):

“Faxrning

etaklarini tortamiz. Toki, Mikol xonadonidan umid
qilib, o‘z izzatimizga yetishamiz. Ular dunyoning
moylaridir. Agar biz ulardan boshqalarga boradigan
bo‘lsak, faqat yomonlikka va qonga duch kelamiz.
Alloh bu bog‘ni ular xuddi saxiylik qilgani kabi
saxiylik

ila

sug‘orsin

va

dushmanlarining

muddatlarini, ya’ni umrlarini ularning foydasiga
qilsin. Abu Nasrni esa dushmanlarining ustida bir
necha yillar tarbiyalovchi qilsin. Dushmanlarining
bolalarini ham tarbiyalasin. Va shunday yashasinki,
insonlar uning madhini tark qilgunlaricha umr
ko‘rsin. Kim ham Abu Muslamdek bo‘lishni orzu
qilardi. U hur inson edi, naqshli ko‘ylagi bilan
emaklamasdi. Yuvuqchi edi, berkitilgan xaltaga, ya’ni
hamyonga chaqirmas edi. Qo‘l ostidagilari uning
muntazam

uchta

narsaga:

Mol

dunyosidan

muhtojlarga berishga, uzr so‘rashga va kengchilik
(bag‘rikenglik)ka odatlanganini guvohi bo‘lardilar.
Agar u insof qilsa, shirin qiladi, xuddi “ha” degan
so‘z shirin bo‘lgani kabi. Agar u zulm qilsa, og‘ir
qiladi, xuddi “nima uchun?” degan so‘z og‘ir
bo‘lgani kabi. Kishilar uni, hatto johillarni ham
kechiruvchi deb biladilar va uning ishlarini she’r qilib
maqtaydilar. U o‘zining fe’li bilan ularni
so‘kuvchidir, gapi bilan emas”.

Mazkur qasida mazmunidan anglashiladiki,

Abu Bakr Xorazmiy amirning madh etuvchi
(mamduh)laridan bo‘lgan. Shuningdek, u o‘zining bu
madhi bilan Abu Nasr Mikoliyning saxiylik
hadyalariga erishishni umid qilgan hamda yuqorida:


background image

Ular dunyoning moylaridir. Agar biz ulardan

boshqalariga yuzlanadigan bo‘lsak, yomonlikka va
qonga duch kelamiz”

, deya ishora qilib o‘tganidek,

olajak hadyalari o‘ziga xos bo‘lishini orzu qilgan.

Quyidagi satrlar ham Abu Bakr Xorazmiyning

qasida borasidagi mahoratidan darak beradi:

بانج

بدجمب سيل هاـنبنجت

مزرـمب سيل هاـنيطخت رـحبو

هَدورو اـنكرت دق للاز ءاـمو

مقلع ةبرـشب هاـنـعِـبو لالاز

(She’rning nazmiy tarjimasi (Biz bu o‘rinda

she’riy tarjima va nazmiy tarjima tushunchalarini bir-
biridan farqlashni lozim topdik. SHe’riy tarjima
asliyatdagi vazn, qofiya kabi xususiyatlarni to‘la
saqlagan mukammal badiiy tarjima sanalsa, nazmiy
tarjima she’r mazmunini o‘quvchi zehniga oson
etkazish maqsadida uni mavzun nutqda ifodalashdir):

U bir janob, unda obihayot bor,
Undan ketsang, qurg‘oqchilik ofat bor.
Shunday bir dengiz-ki, o‘ng-u so‘lini
Shaffof, tiniq suvlar tutmish yo‘lini.
U bir zilol – kirlik bedarak bo‘lgan,
Biz undan ichmakni butkul tark qilgan.
Chorladi beomon, g‘aflatli qutqu –
Go‘yo boshqa zilol – sharobdek uyqu.

Mana shu ikki bayt orqali biz Xorazmiyning

maqtovini keltirayotgan kishisi saxovatli bo‘lishiga
qaramasdan uni tark qilgani va o‘zganing oldiga
ketgani uchun nadomatini ta’kidlayotgani hamda o‘z
nafsini malomat qilayotganini ko‘ramiz. U bu ishini
xuddi “zilol suvini uyqu sharbatiga almashtirgan
kishi”ga o‘xshatadi.

She’r mavzusi aksar hollarda bevosita shoir

biografiyasi bilan bog‘liqligini Abu Bakr Xorazmiy
ijodida ham ko‘ramiz. Masalan, bir o‘rinda u ko‘z
o‘ngimizda sabr kosasi to‘lgach, tushkun holatga
tushgan va o‘z holini amirga bayon qilib yig‘lagan
holatida namoyon bo‘ladi. Amir shunday kishi ediki,
shoir uning xizmatida bo‘lganida unga yaxshi
yordamchi edi.

ْتقزمت ىتح ربصلا بايث ُتسبل

مدنتلاو ىوجلا نيب اهبناوج

ادشنم يسفن ُتبتاع اذإ ُّلظأ

دقتلا لبق ميماح لات ّلاهف

م

(She’rining nazmiy tarjimasi):

Sabrdan libos kiydim, parcha-parcha bo‘ldi

lek,

Har yerida havodur, choki dardimdan tilik.
Davom etdim she’rimni, nafsimni itob qilib,
Kirsam edi bu ishga “Haa – mim” tilovat qilib.

Alal oqibat ma’lum bo‘lishicha, amir boshiga

mushkulot tushgan shoirni qutqarmaydi. Abu Bakr
Xorazmiy esa qo‘riqchi yeb-ichish bilan mashg‘ul,
g‘ofil bo‘lib turganida yashirincha qochib ketishga
muvaffaq bo‘ladi.

So‘ng Jurjondagi Sohib ibn Abbodning oldiga

borgach, shu yerda uning g‘amlari arib, qayg‘ulari
ketadi. Shoirning ahvoli yaxshilanib, avvalgi holatiga
qaytadi. Abu Bakr Xorazmiy Ibn Abbodni ko‘p madh
etar va ko‘plab sovg‘alarga erishardi.

Bu yerda tilga olingan inson Eron va Iroqda

hukm surgan buvayhiylar sulolasi (932 ‒ 1062 yillar)
vaziri, shoir va olimlar homiysi as-Sohib laqabi bilan

mashhur Abu-l-qosim ibn Abbod (936 ‒ 995)dir. Abu
Mansur as-Saolibiy ham o‘zining mashhur “Kitob
latoyif ul-maorif” asarini unga bag‘ishlagan edi [Abu
Mansur as-Saolibiy. 1987. 4.]. Bu asarda xorazmshoh
Abu-l-abbos Ma’mun ibn Ma’mun hamda uning o‘g‘li
Sijiston hokimi Ma’mun ibn Ma’mun ibn Ma’mun
tilga olingani va she’rlaridan namunalar keltirilgani
Xorazm arbiyzabon adabiyotining jug‘rofiy sarhadlari
ham kengligini ko‘rsatadi.

Mamduhning moddiy manfaatdorligi hamisha

badiiy ijodni ham yuksaltiruvchi, ham yerga uruvchi
omil bo‘lgan. Shuning uchun bu holatga davr hamda
vaziyatni yaxshi bilmasdan, o‘sha muhitni his
qilmasdan biror narsa deyish mushkul. Bunga XIX asr
Xorazm adabiy muhitidagi vaziyat yaqqol misoldir.
Masalan, A,O‘rozboev yozishicha, Komil Xorazmiy
mazkur munosabat bilan bir masnaviysida muhim
ijtimoiy-axloqiy jarayonni bayon qilgan:

Himmating ollida jahon moli
Bir ovuch tiyra xok timsoli.
She’r ko‘p vaqt kambaho erdi,
Shuaro baxti ham qaro erdi.
Lillahi hamdu-s-sanoki, bu dam
Jo‘sh urub sizga bahri judu karam.
Saj’ bir tangadin baho bo‘ldi,
Shuaro kisasi to‘lo bo‘ldi.
So‘zni guhar demishlar o‘tganlar,
Fazl do‘konini yuritganlar.
Bu zamonda guhar jugan bo‘lmish,
So‘zni sotmoq jugang‘a fan bo‘lmish.
Yo javohirshunos emasmu alar,
Tanimaslar jugan bila guhar.
Yo g‘alat debdururlar ahli salaf,
Yo jugan bordurur guharg‘a xalaf.
Yoki lafz qadimda derlar
Jugari otini alar guhar.
Ulki, ogahlarning ogahidur,
Fahmu donish sipehrining mahidur.
So‘z ortuqdurur guhardin ham,
Fazlu donishda olam ichra alam.
So‘zni har necha qilsa bozori,
Bordur olamda bir xaridori.
Ming balog‘at bila so‘z aylab ado,
Qilar ani jugan bila savdo.
Ul dag‘i ushr yo zakot durur,
Anga “in’omu bazl” ot durur.
Man bechorayi g‘aribu haqir,
Ki so‘zum ichra zarra yo‘q ta’sir,
So‘z desam, kim anga quloq solur,
Kim ani bir ko‘nakka olur.
Men ne yanglig‘ so‘z aylayin insho,
So‘z durrig‘a bu nav’ bo‘lsa baho.
So‘zima hech kishi jugan bermas,
Bersalar ham somon yomon ermas

[O‘rozboev

A. 2020. 36.]

.

Aslida ushbu satrlarning dunyo kelishi, Komil

Ogahiy so‘zlarini aynan gavhardan ham a’lo ekanini
ta’kidlashining o‘z sababi, o‘z tarixi bor. Ushbu
masnaviyga

mualif (Komil Xorazmiy)

sharhi

mazmuniga ko‘ra, Muhammad Niyoz devonbegi o‘z
muhriga o‘ydirish uchun Komilga munosib saj’
(qofiyalangan jumla) yozib berishini aytib, muzd
(haqi)ga bir tanga taklif qiladi. Komil Ogahiydek


background image

ijodkor

uning

sharafiga

bir

qancha

she’r

bag‘ishlaganda jo‘hori (jugan, jugari) bilan
kifoyalangan Muhammad Niyozbegi devonbegi
“saxovat”idan lol qoladi. Devonbegining Ogahiyga
qilgan “in’om”lari ham aslida ushru zakot hisobidan
bo‘lib, unga “in’omu bazl” (saxovat) deb ot
qo‘yilganiga shoir taajjublanadi. Demak, barcha
davrlarda ham shoirlar moddiy tomondan havas qilarli
darajada qadr topgan emas.

Abu Bakr Xorazmiy mana shu o‘rinda Sohib

ibn Abbodni fazilati, saxovati va shijoatini maqtab
shunday she’r aytgan:

عبرلأ ّلاإ كافك تقلخ امو
نادـي نهل قلخي مل دـئاوع
لئان ليونتو هاوفأ كركشل
ناـنِع ِذخأو يدنه بيلغتو

(She’rining nasriy tarjimasi):

“Ikki qo‘l uning yaxshiliklarini qaytarishga

qodir emas.

Faqatgina to‘rtta narsanigina qila oladi:
Og‘zi bilan shukur aytishni, beruvchini

maqtashni,

Hindni ustun qo‘yishni va tizginni olishni”.

She’rning mana shu baytiga kelganida Sohib

unga qarab: “Sen qalamni zikr qilishni unutding. Axir
u yozuvchining aslahasi-ku?! U shunday qurolki, u
bilan she’r yoziladi. Qalam she’rning asosi
hisoblanadi”, – deydi. Shunda Abu Bakr Xorazmiy
qalamni maqtab qasidani davom ettiradi:

ادبأ اـهارت دي

قوق

مف تحتو دي

اهُنانب تقلُخ ام
ملقو فيسل لاإ

(She’rining nasriy tarjimasi):

“Kishi qalamni har doim qo‘lining ustida va
og‘zining

tagida

ko‘radi.

Barmoqlar faqatgina qilich va qalam uchun
yaratilgandir”.
(She’rning nazmiy tarjimasi):
Qaytarolmas qo‘llarim, sening yaxshiligingni
Qila olgum to‘rttovni, alqab xalqchilligingni:
Til bilan shukurdaman, madhing mudom

so‘zimda,

Tutay ijod tizginin, hind ustun deb izmimda.
Qalamim qo‘l ustida, og‘zim ostida sobit,
Barmoqlar yo qalam-la, yo qilich-la zo‘r zobit

(

Yuqoridagi fikrlarimizga dalil sifatida ushbu

she’rning nasriy va nazmiy tarjimalari yondosh
berildi

).

Bu baytlar beixtiyor Sharq mumtoz adabiy

manbalarida qalam ta’rifida aytilgan so‘zlardan
ayrimlarini esga soladi. Bu fikrlarning katta
ko‘pchiligi davrlar osha yashab, sayqallanib kelgan.

Haqiqatan, qalam qudrati vasfi mumtoz adiblar

ijodida alohida o‘rin tutadi. Masalan, Alisher
Navoiyning “qalam”i o‘zining badiiy barkamolligi va
falsafiyligi bilan ajralib turadi:

Ne lo‘lidurki, chun hangoma tutsa,
Qadam boshtin qilib tortar navozir.
Boshin keskandin ortib anga tahrik,
Tilin yorg‘andin o‘lub anga tahrir.
Qaro suvg‘a boshin yuz g‘o‘ta bersa,

To‘lar og‘ziyu bo‘lmas lek damgir.
Kiromul-kotibin ondin qilib sabt,
El etkondin yamon-yaxshini bir-bir.
Vale oshiq bila majnun ishiga
Qazo yetkurmay andin ranju tashvir.
Bihamdillahki, ollimda azaldin
Jununu ishq yozdi kilki taqdir

[Alisher Navoiy.

1987. 883.].
Shoir Abu Bakr Xorazmiyning:

Qalamim qo‘l ustida, og‘zim ostida sobit
Barmoqlar yo qalam-la, yo qilich-la zo‘r zobit

degan baytlari Ogahiy tarixiy asarlarida qalam

va qilich mushtarakligiga oid quyidagi so‘zlar bilan
ma’nan muvofiq kelishi ularning muhim ijtimoiy-
siyoiy tushunchalar ekanligidan darak beradi: “

Nukta.

Har podshohi sohib iqtidorekim, kishvarkusholig‘
orzu qilib, arsayi olamg‘a ot surub, yaxshi ot
chiqarmoq istasa, anga ikki ishni ixtiyor qilmoq vojibu
lozimdur: biri tig‘zanu mardafkan shuja’o tarbiyati va
biri xushsuxanu qalamzan shuaro taqviyatidur.
Nedinkim, agar ul toifa bo‘lmasa jahonbonlig‘ va
mamlakatsitonlig‘ maqsudin hosil qila olmas va agar
bu jamoa bo‘lmasa, barcha futuhot va yaxshi
sifatining afsonasi zamon avroqida boqiy qolmas”

[Ogahiy. 11a ]

.

Yuqorida aytilganidek, bu davr shoirlarining

aksari qaysidir jihati bilan saroy muhitiga xoslashgan
bo‘lib, ularning asosiy nazm namunalari maishiy
sathda namoyon bo‘lardi. Shuning uchun ham
ularning ijodida hajv, madh, faxriya, qasida kabi janr
yo‘nalishlari yetakchilik qilgan. Masalan, shu o‘rinda,
Abulfazl Saxriyning ushbu baytini hajv janriga misol
qilib keltirishimiz mumkin:

ءاــح ملالاو لئاضفلا اذ ايأ

ءاـه مـيملاو مراكملا اذ اي و

Ey fazilatlar sohibi ‒ lom harfi ho

(ح)

Ey ikromlar sohibi ‒ mim harfi ho

(ه)

.

Baytda keltirilgan لئاضفلا (fazilatlar) so‘zi

oxiridagi ل harfini ح ga o‘zgartirilsa,

لا

حئاضف –

“buzuqliqlar” ma’nosidagi so‘z hosil bo‘ladi. Ikkinchi
misradagi مراكملا (yaxshi sifatlar) so‘zi oxiridagi م harfi
ه ga o‘zgartirilsa, هراكملا – “yomonliklar” degan
ma’noda bo‘ladi. Demak bu o‘rinda shoir: “Ey
fazilatlar sohibi...” yoki “Ey yaxshiliklar egasi...” deb
go‘yo maqtov bilan nido qilyapti-yu, aslida hajv uslubi
orqali uning ustidan kulyapti.

Yoqut al-Hamaviy o‘zining “Mo‘jamul udabo”

asarida Nasaviydan ham shunday hajv keltirilgan
[Yoqut al-Hamaviy ar-Rumiy. 4-juz. 1993. 27-28.]:

ُملا كـسيردت ءار نكلو سيردت كل

ا ىلع يلمت يذلاو

سانل

ُملاـَك لا ملاِك

ب ت َرِسَخ

غ

آ ذإ دادـ

ملاـسلاو اهيف كتو

(She’rining nasriy tarjimasi):

“Sening

tadris

(dars)ing

bor,

lekin

tadrisingdagi “r” harfi “lom”dir, Sening odamlarga
imlo qildirayotganing kalom (gap) emas, “kilom”
(jarohatlar)dir. Agar ahli Bag‘dod sening oldingga
kelsa, ziyon topadi, vassalom!”.

Nasaviy bu misralari bilan o‘zini ahli ilmlardan

sanab, saboq berish da’vosida xalqni aldayotgan bir
“ilmfurush”ni tanqid ostiga olyapti. “Ta’lim, saboq
berish” ma’nosidagi سيردت so‘zidagi ر

(r) harfi ل


background image

harfiga almashsa, سيلدت –

yolg‘on, firibgarlik

ma’nosidagi so‘z hosil bo‘ladi.

Gap,

jumla

ma’nosidagi

kalom

so‘zi

kilom

deb o‘qilsa, “gap”so‘zi

“jarohat”so‘ziga aylanib qoladi.

Mutaxassislar hajvning satiradan farqi – hajv

konkret shaxsga qaratilganida, ya’ni hajvchining
maqsadi ijtimoiy hayotdagi muayyan holatni badiiy
umumlashtirib, g‘oyaviy inkor qilish emas, deb
ko‘rsatadilar. To‘g‘ri, hajvning konkret shaxsga
yo‘naltirilgani unda sub’ektivlikning kuchayishiga
zamin hozirlaydi, natijada muallifning o‘sha shaxsga
munosabati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Johiliyat
davri arab she’riyatida bu uslub keng tarqalgan.
Bunday nazm namunalarida hajv orqali raqibni
qoralash, sharmanda qilish uchun yolg‘onlar to‘qish,
jismoniy nuqsonlarni yuzga solish, hatto uyatsiz
so‘zlarni ishlatish ham odatiy hol hisoblangan. Lekin
haqiqiy shoirlar hajvga hamisha umummanfaatni
ko‘zlagan holda qo‘l urganlar, tanqid qilinayotgan
shaxsda ijobiy xislatni shakllantirish, xalqqa foydasi
tegadigan insonga aylantirishni maqsad qilganlar.
Hatto shu ezgu maqsad yo‘lida nafsini malomat qilish,
o‘z-o‘zini mazammat qilishgacha borganlar. O‘zidan
hadya so‘ragan bir shoir haqida Abu Rayhon Beruniy
shunday baytlarni aytadi:

بدلأا ىلع ىرخَي ين ءاج ًارعاش اي

يبدأ نم ُّمَّذلاو ينَحدـميل ىفاو

Ushbu she’r A.Irisov tomonidan o‘zbek tiliga

she’riy tarzda tarjima qilingan:

Ont ichib aytaman, bilmam nasabim,
Hatto ota-bobom, ajdodim kimdir,
Otam Abu Lahabdek odobsiz bir chol,
Onam-chi, huv o‘sha o‘tinkash kampir.
Maqtovu mazammat, ey Abu-l-Hasan,
Hazilu chin kabi menga baribir.
Bu ishga berilib o‘zni qiynama,
Qo‘y endi urinib bo‘lma behuzur

[Irisov A.

Beruniy. 1973.99.]

.

Bu she’rning mazmunidan quyidagi jihatlarni

anglashimiz mumkin: birinchidan, Beruniy hasab va
nasabdan taqvo ustunligi haqidagi islomiy g‘oyani
ilgari surmoqda; ikkinchidan, Beruniy otasini Abu
Lahabga, onasini esa “Masad” surasi 4-oyatidagi َةَلاَّمَح

ْلا

ِبَطَح “o‘tin tashuvchi xotin”ga qiyoslashi o‘z otasi va

onasi sha’nida noloyiq gap aytishi emas, balki o‘rinsiz
madhiyabozlikka qay darajada e’tirozi kuchligilini
namoyish qilishidir.

Shuningdek, manbalarda, Abu Bakr Xorazmiy

bilan Sohib ibn Abbodning aloqalari yomonlashish
sabablari va Abu Bakr Xorazmiy o‘z she’rlarida uni
ham hajv qilgani keltiriladi:

ترطم ولو دّـبع نبا ّندمحت ا

اـميدلا تزاج ىتح دوجلاب هاّفك
هسواسو نم تارطخ اـهنكل
اـمرك لاو ءلاخب لا عنميو يطعي

(She’rining nazmiy tarjimasi):

Maqtamangiz

bunda

ibn

Abbodni

Qo‘lidan saxiylik yog‘ib toshsa ham.
Himmatin yo‘lida ikki qanoti
Mo‘l-ko‘l yomg‘irlardan o‘tsa, oshsa ham.
Bu kaftlarning mehri qay vaqt qadardir,
Ular vasvasadan bo‘lgan xatardir.

Mamnun berar avval, so‘ngra man qilar,
U baxil yo himmatli, bilmam, kim bilar?!.

Safadiyning aytishicha, Abu Bakr Xorazmiy bu

ikki baytni yozdi va shu ikki baytni Sohib ibn Ubbod
ko‘rishi uchun uning o‘tiradigan makoniga qo‘yib
qo‘ydi.

Bu kabi she’rlarni yozish borasida Abu Bakr

Xorazmiy birinchilardan emas edi. Abu Bakr buni Abu
Qosim al-A’modan, Muoviya ibn Abu Sufyondan,
yana ham aniqroq qilib aytganda, shu kishilarning
o‘g‘illariga tarbiya bo‘lsin uchun Hasan ibn Sahilni
hajv qilib yozgan she’rlaridan olgan edi.

Muoviya ibn Abu Sufyonning yozgan she’ri

quyidagicha:

ترطمنإ دوجلا يف انسح ْندمحت لا
امرز نإ هُممْذَت لاو ارزغ هاّفك

بــشن ىلع ءاقبا عنمي سيلف
امنتغم دمحلا لضفل دوجي لاو
هسواـسو نم تارطخ اهنكل
امرك لاو لاـخب لا عنميو يطع

ُي

(She’rining nazmiy tarjimasi):

Hasanni maqtamangiz, odil, saxiy deb hargiz,
Kaftlaridan mo‘l-ko‘llik, yog‘ilsa-da bir

dengiz.

Yomonlamang, ozgina, ziqnalik qilsa nima,
Hech bir ishni qilmaydi, abadiylik ishqida.
Davlat-la mudom qolmoq, dardi emas tiriklik.
Boylik deya man qilmas, maqtov deya saxiylik.
Ammo mana shu qo‘llar, vasvasadan xatardir,
Xushnud berib, bir zumda man qilar ham

o‘shaldir.

Buni qanday atashni bilmay tilim so‘z demas,
Bu baxillikdanmi yo karamlikdan ham emas.

(She’rning nasriy tarjimasi):

“Hasanni hargiz

saxiy deb maqtamanglar, garchi uning ikkita kaftidan
mo‘l-ko‘l bo‘lib saxiyliklar yog‘ilsa ham. Va ozgina
ziqnalik qilsa-da, uni yomonlamanglar. U hech nimani
boylikda abadiy qolish uchun man qilmaydi va o‘zi
haqidagi maqtovlar davomli bo‘lishi uchun ham
saxiylik qilmaydi. Lekin uning qo‘llari vasvasalardan
bo‘lgan xatarlardir. Beradi va man qiladi. Baxillik
qilgani uchun ham emas va saxovatidan ham emas!”

.

Rivoyat qilinadiki, Sohib ibn Ubbod bu

baytlarni eshitganida, o‘zi ikrom qilgan, himoya
qilgan va mehnatini, ya’ni ijodini munosib taqdirlagan
Abu Bakrdan yuqoridagi kabi ishlarning sodir
bo‘lganini inkor qilgan. Shuningdek, Abu Bakr
Xorazmiyning o‘limini eshitganida, u qattiq
ta’sirlangani va shunday she’r aytgani haqida
ma’lumotlar ham keltirilgan:

لاـبقم ناسارخ نم اديرب ُتلأس
معن يل لاق مكّيمزراوخ تاسما
هربق قوف نم

ّصجلاب اوبتكا : تلقف

معنلا رفكي نم نـمحرلا نعل لاا

(She’rining nazmiy tarjimasi):

Xurosondan kelding agarchi,
So‘zla rostin ey, sen xabarchi.
Manzil tamom bo‘ldimi tunda,
Ayt, Xorazmiy o‘ldimi, bunda?
Menga “Ha” deb aytdi so‘zlovchim,
Hayron hushim sayyodi – ovchim.
Yana dedim: yozing, boshiga,


background image

Abu Bakr qabrtoshiga:
Ne’matin rad qilgan o‘lmasmi,
Haq la’nati unga bo‘lmasmi?!

(She’rning

nasriy

tarjimasi):

“Men

Xurosondan kelayotgan xabarchidan: “Xorazmiy
o‘ldimi?”, deb so‘radim. U menga: ”Ha!” – dedi...”.
Men aytdim: “Abu Bakr qabri ustidagi qattiq toshga
o‘chmas qilib yozinglar: “Ne’matlarga nonko‘rlik
qilgan kimsani Rahmon la’natlagan”

, – deb.

Abu Bakr Xorazmiy va Sohib ibn Abbod

o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan bir vaqtda
vazir Utba qatl qilinadi va uning o‘rniga Abul Hasan
Maziniy o‘tiradi. Maziniy Abu Bakr Xorazmiyni
qadrlaydigan va g‘oyat yaxshi ko‘raligan kishi edi.
Shu sababli uni huzuriga chaqiradi va izzat-ikrom
ko‘rsatib, Nishopurga Xorazmiydan olingan narsalarni
qaytarish borasida xat yozadi. Shuning uchun
Xorazmiyning ahvoli yana yaxshilanib, qayta “oyoqqa
turib” oladi. Qolaversa, Nishopur voliysi ham endi
unga hashamat va ehtirom, ikrom va ulug‘lash bilan
nazar qilardi. Shu sababli uning martabasi ko‘tarilib,
nomi ulug‘ bo‘ladi va yashash tarzi ham oldingidan
ancha yaxshilanadi.

Abu Bakr Xorazmiy qalamiga mansub ayrim

she’rlar mutolaasi uning falsafiy qaarashlari kengligi,
ayrim masalalarda bugungi nazariy qarashlardagi
bayon qilinayotgan ilmiy fikrlar kabi ko‘zga
tashlanadi. Masalan, quyida uning Abu Hasan
Maziniy haqidagi she’rini o‘qiymiz:

اهنأ لاإ لاثملأا يه ملك
لاـثمأ لاب ْتحضأ دق سانلا يف
يلاوَع نهنإف َنيـِقُـل اذاـف
يلاوـغ نـهنإف

َن ْمِمُــش اذاو

(She’rining nazmiy tarjimasi):

“Kalimalar go‘yo har fikring ko‘chgan

misollar,

Insoniyat ichra lek, mislsiz bir misqollar.
Agar talqin qilinsa, ular oliy nimarsa,
Hidlab ko‘rsang, bilarsan, bu ne qimmatli

narsa”.

Bu she’rning umumiy mazmuni so‘zning inson

tafakkurini ifodalashdagi o‘rnini ko‘rsatib bergan
ilmiy asarlarga yaqin turadi. Jumladan, Alisher
Navoiy mashhur “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida
inson tufakkuri (ko‘ngli)ni dengizga, so‘zni durga,
tilni esa ana shu durlarni dengizdan olib chiquvchi
g‘avvosga qiyolaydi:

“so‘z durredurkim, aning

daryosi ko‘nguldur va ko‘ngul mazharedurkim, jomii
maoniyi juzv va kulldur. Andoqki, daryodin gavhar
g‘avvos vositasi bila jilva namoyish qilur va aning
qiymati javhariga ko‘ra zohir bo‘lur

” [Alisher

Navoiy. Asarlar. 1967.].

Abu Bakr Xorazmiy umrining oxirida o‘zi

yoqtirib qolgan Nishopurda qolib, shu yerda vafot
topadi. O‘zaro adovatga sabab bo‘ladigan holat yuz
berganiga qaramasdan, Badiuzzamon Hamadoniy Abu
Bakr Xorazmiyning vafotini eshitgan paytda qattiq
ta’sirlanib, quyidagi baytlarni bitgan:

تفاـخ سَفن نم كينانح
تباـث دـمـك نع كْي

ّبلو

اذ فيك لقو

ْعمسا ركب ابأ

تماـصلا ةعمسمب َتسلو
رـشعم نم ّتُم دقل ُتفلح

تئاـملا رـطخ نع نبينغ
تماـش هب تنأ : نولوقي

: تلقف

تماشلا مـفب ىرـثلا

هتاداعم

ّيلع ت ّزـعو

تئاـفلل كرادتنم لاو

(She’rining nazmiy tarjimasi):

“Ta’ziya yo‘llayman, faqir tomondan,
Joningga xavf etgan nafsi yomondan.
Va o‘tli kalomdir bu xafalikka,
Mahzun bir salomdir xalifalikka.
Eshitarmi jim holimni birov-kim?!
Bugun fano yo‘lda borar tinglovchim.
Sen boysan, so‘zlarim qolar kuchinda,
Hatto yakun xatarlari ichinda.
Deb meni yomonlik qildi, aslida,
Dedim, tuproq shundaylarning og‘zida.
Dushmanlikda ham-ki a’losan, bugun
Yo‘qsan, anglayolmay aqlimda tugun”.

(She’rning nasriy tarjimasi):

“Xavf qilgan

jondan senga ta’ziyalar bo‘lsin. Sobit xafalikka
salomlar bo‘lsin. Abu Bakr, eshitgin, jim turuvchini!
Eshitguvchi yo‘q bo‘lgan bu holat (ya’ni uning o‘limi)
qanday bo‘ldi?! Bas, men qasam ichib aytamanki, sen
xatarlar ichra boy odamlardan bo‘lib o‘lding! Menga
aytadilar, sen unga yomonlik, ya’ni ichi qoralik
qilgansan, deb. Men esa ularga: “tuproq ichi qoralik
qilgan odamning og‘zidadir”, deb aytdim. U
dushmanlik qilishda mendan ustun bo‘ldi. Lekin men
uning ketganini idrok qila olmayapman”.

Ushbu baytlar fikr fikrni, yaxshilik yaxshilikni,

yomonlik yomonlikni, she’r she’rni tug‘dirishiga
yaqqol misol bo‘la oladi.

Xuddi shu kabi Abu Bakr Xorazmiy bilan

ayrim masalalarda kelisha olmagan Ruqoiy ham unga
atab marsiya yozar ekan, uning adabiyotdagi baland
darajasidan tushirishni loyiq ko‘rmadi. Balki,
shoirning martabasini tanqid qilmagan holda bu
boradagi o‘rnini e’tirof etdi. Ruqoiyning unga bo‘lgan
adovatidan insofi ustun keldi. Ruqoiyning bu xatti-
harkatlari

insoniy

munosabatlarda,

adabiy

harakatchilik uchun ham muhim o‘rin tutadi. Xuddi
shu kabi bag‘rikenglik bilan yo‘l tutilishini o‘zbek
adabiyoti

tarixida

ham

kuzatamiz.

Bunday

voqealarning ayrimlari Hasanxoja Nisoriy tomonidan
ham bayon qilingan [Hasanxoja Nisoriy. 1994.].

Yana shu o‘rinda “ikki qo‘shin sohibi” nomi

bilan mashhur bo‘lgan Abu Said Ahmad ibn Shabibiy
(Abu Said Ahmad ibn Shabib ash-Shabibiy shoir,
sarkarda, notiq bo‘lganlar. Ilmiy majlislarda ishtirok
etib nutq so‘zlagan. Qo‘shinga bosh bo‘lib g‘azotlarda
ishtirok etgan. Saroyda xizmat qilgan. Uning she’riy
devoni ham mavjudligi aytib o‘tilgan) ning Abu Bakr
Xorazmiy haqida hajv qilganini va unga “bevafo”, “tez
o‘zgaruvchan” deb tuhmat qilganini ko‘ramiz. Ammo
Shabibiy Xorazmiyning adabiyotdagi o‘rnini e’tirof
qilishdan boshqa narsani o‘ziga ravo ko‘rmagan.
Aytish joizki, Shabibiy Abu Bakr Xorazmiyni
adabiyot borasidagi eng afzal shaxs deb bilgan va bu
fikrlar uning quyidagi she’rlarida ham namoyon
bo‘ladi:

لـضفو بدأ هل ركب وبأ

ع مودي لا نكلو

ءاقبلا ىل

ّلـخِـل تماد اذإ هـتّدوم


background image

ءاسملا ىلا حابصلا تقو نمف

(She’rining nazmiy tarjimasi):

Odob bor, fazl bor Abu Bakrda,
Ma’no bor u aytgan har bir fikrda.
Do‘st bo‘lib, sinamas do‘stin o‘chgacha,
Mehri boqiy bo‘lmas tongdan kechgacha.

(She’rning nasriy tarjimasi):

“Abu Bakr, unda

odob va fazl bor. Lekin agar u do‘stga aylansa, uning
muhabbati tongdan kechgacha ham boqiy qola
olmaydi, ya’ni davom etmaydi”.

Albatta, adab hamisha insonga baho berishda

bosh mezon bo‘lgan. Sharq adiblari inson va adab
tushunchlarini

bir-biridan

ayro

tasavvur

ham

qilmaganlar. Adab durdonalari bilan bezatilgan asarlar
umri boqiy bo‘lishini davr sinovlaridan o‘tib
kelayotgan mumtoz manbalar ham ko‘rstaib turibdi.
Masalan, A.Hayitmetov so‘zi bilan aytganda,
“Ijtimoiy, falsafiy, axloqiy va boshqa muhim
masalalarning ana shunday keng hal etilishi Navoiy
“Xamsa”sini barcha xalqlar, elatlar uchun doimo
kerakli va foydali xazinaga aylantirdi” [Hayitmetov A.
1996.72].

Yuqoridagi ma’lumotlarga tayanib, Abu Bakr

Xorazmiy o‘zidan birorta sodiq do‘st qoldirmagan,
deya olmaymiz. Darhaqiqat, uning Tabalisiydek
shogirdi bor edi. Tabalisiy o‘zining jo‘shqinlikka to‘la
she’rlarida bu borada shunday deydi (nasriy tarjimasi):

“Qattiq g‘amlar sochlarimni oqartirdi. Zamon
kirlandi va holatim toza bo‘ldi. Zamon o‘zining
suyganlarini qaytarib oldi va ulug‘lik zavol bo‘lishiga
salom berdi, ya’ni yuzlandi. Nur taratuvchilar
qarilikka qaytdi va osiylar tog‘larda nola chekdi. Men
dedim: ey sohibim, kechaning gardishlari nimani
keltirdi ekan? Qayta keltirish, ya’ni jonlantirish
egasinimi? Uni qoyim qildimi yerga va savollarni
chaqirdimikan? Yoki unga himmatlar berilgan
himmatli imomni keltirdimikan? Menga she’r va
ma’nolarga bo‘lgan ishtiyoqimni baland qiluvchi va
kishilarni

tanqid

qilishdagi

shavqimnimi

chaqirdimikan?!

Yo

bayon

qiluvchi

himmatli

imomnimi? She’rlar egasinimi yoki she’rlar egasi-yu
qofiyalar otasi, ma’nolar amakisi-yu oliyliklar
akasinimi? Zamon uni sinadi va u urushdir. Qachonki
misoli yo‘q kishini ko‘rsa, zamon u bilan jang qilgan
va u zamon urush maydoni, ya’ni janggohdir”.

E

’tibor qaratadigan bo‘lsak, Tabalisiy Abu

Bakr Xorazmiy fazilatlari bayoni asnosida barcha
zamonlar uchun muhim bo‘lgan bir ijtimoiy-siyosiy
masalani badiiy vosita orqali anglatishga harakat
qilmoqda. Bu ham bo‘lsa, zamona janggoh,
zamondoshlar o‘zaro jang olib borayotgan sipohlar
kabi ekani haqidagi g‘oyadir. Demak, har bir komil
inson zamon bilan bo‘lgan murosasiz jang g‘olibidir.
Sababi, u zamon bilan ham, zamondoshlar bilan
“jang”da yengilmaslik uchun asosiy dushman ‒ nafsni
o‘z erkiga qo‘ymagan. Misol tariqasida, bu masala ‒
ziddiyatlarga to‘la inson tabiati, uning ichki olamida
kechadigan ma’rifiy takomul jarayoni “Ihyou ulumid-
din”ning “Riyozatun-nafs” kitobida jonli va ajib
manzaralar orqali aks ettirilgan [Abu Homid
G‘azzoliy. 2006.].

Yana Abu Bakr Xorazmiy ijodidan quyidagi

mazmundagi yoniq satrlar ham keladi

(she’rning

nasriy tarjimasi):

Ey Xorazm ahli, kim yupanchiq

bo‘ladi? Sizlarmi yoki ulug‘lik, oliylikmi yoki
qofiyalarmi yoki aqlli, dono kishimi yoki ta’liqlar –
sharhlarmi yoki mo-mulkllarmi? O‘tib ketuvchi narsa
agar bir kun bitta dohiyni ko‘rsa, uni bir so‘z
demasdan so‘yadi, ya’ni qurbon qiladi, yomon
kishilar esa qutilib qoladi. Zamon dengizlarni
yetishtirdi. Bu dengizlar nurlar va olmoslar bilan
mavjlanadi. Ey, ertaga oliyliklarni iddao qiluvchi,
darhaqiqat, tuzoqlar baland qilindi, baloga yo‘liqib
qolma!”.

Abu Bakr Xorazmiyning tarjimai holi bizga

uning mehnatkashligini, o‘z davri ilmlarin axta
egallagan, har qanday fikr yoki istaklarini ro‘yobga
chiqarish uchun doim tayyor va shay holatdagi
musofir, jahongashta shaxs bo‘lganini bayon qiladi.
Bu sifatlar uning hayot tarziga aylangani bois ular Abu
Bakr Xorazmiy she’rlarining barcha qirralarida aks
etib turadi. Qolaversa, bu jihatlarni u bilan yashagan
zamondosh shoirlar qasidalarining bir qismini
sharhlash orqali ham, qasidalardan joy olgan asosiy
nuqtalarga qarab ham ilg‘ashimiz mumkin. Shoirning
oilasiga bo‘lgan chuqur his-tuyg‘ulari va oilasi oldida
o‘zini mas’uliyatini his qilishi bunga yaqqol misol
bo‘la oladi. Shuningdek, bularning barchasi shoir
shaxsiyatida, ruhiyatida o‘zaro qarama-qarshilik
borligini bildiradi. Bu esa uning muhabbatdan
nafratga, madhdan hajvga o‘tishida namoyon bo‘ladi.

VIII ‒ XIII asrlar Xorazm adabiy muhiti

adiblaridan Abu Bakr Xorazmiy ijodida g‘azal
janridagi arabiy nazm namunalari ham ko‘p uchraydi.
G‘azal sharq mumtoz she’riyatida eng ko‘p tarqalgan
lirik janrdir. G‘azallar dastlab VII asr arab she’riyatida
paydo bo‘lgan. Fors-tojik adabiyotidagi ilk g‘azallar
muallifi sifatida Abu Abdulloh Ro‘dakiy (taxminan
860 ‒ 941y.) e’tirof etiladi. G‘azalning o‘zbek
adabiyotidagi ilk namunalari esa Rabg‘uziyning
“Qisasi Rabg‘uziy”, Xorazmiyning “Muhabbatnoma”,
“Said Ahmadning “Taashshuqnoma” asarlari tarkibida
uchraydi. Arabnavis Xorazm shoirlari arab she’riyati
an’analariga

taqlidan

o‘z

qasidalarining

muqaddimasida g‘azallar keltirganlar. Jumladan, shoir
Abu Bakr Xorazmiy g‘azalining matlasiga bir e’tibor
beraylik [Abu Mansur Abdulmalik as-Saolibiy. 4-juz.
2009. 209.]:

لوضف اهعلطم سمشلا ناب اننأ لاإ تدب ام سمش و

لومَّشلا قتعلا ىلع تَّقر امك انسح و ًايض نينسلا يلع ُديزت

Garchi, nazmni nasrga aylantirish uning

nomavzun so‘zdan farqlovchi qator xususiyatlarini
yo‘qotsa ham, baytni nasriy bayon qilishga to‘g‘ri
keladi:

“Mahbubam ko‘rinish berishi bilan kun –

quyosh o‘zining ortiqchaligini namoyon qildi. Sen
vaqt o‘tgan sari ziyo – tiniqlikda, husnda ziyodasan,
xuddi may yil oshgan sari yutumli bo‘lganidek”.

Mazkur arabcha baytning asliyatdagi zavqini

xiyol totish uchun Navoiy g‘azallariga murojaat
qilishimiz kerak:

Istasangkim, ul quyosh chiqqach sanga

qilg‘ay tulu’,

Ey ko‘ngul, g‘am seli yetgach, tog‘dek tutqil

sabot.

[Alisher Navoiy. 1987. 84-g‘azal.]

Ya’ni: “Ey ko‘ngil, agar quyosh chiqqanidan

so‘ng quyoshning senga botishini istasang, o‘zingni


background image

xuddi ustiga g‘am seli yog‘ilganida sabot bilan
mustahkam turgan tog‘lardek tut!”

Navoiy tilga olayotgan obraz, ya’ni butun

boshli koinot – galaktikadan iborat quyoshning
ko‘ngilga botishini istash, xuddi Abu Bakr
Xorazmiyning mahbub (ya’ni, bu o‘rinda yo “ko‘ngil”
yo “pir – ustoz” yo “Rasululloh” yoki Alloh” nazarda
tutilyapti) kelgach, quyosh o‘zini ortiqcha sezganiga
o‘xshaydi.

Yoki boshqa bayt:

Subh erur soqiyu men maxmurmen, sen

mayparast,

Tut quyoshdek jomni, moni’ nedur bo‘lmoqqa

mast?

[Alisher Navoiy. 1987. 87-g‘azal.]

Ya’ni:

“Tong – may quyuvchi; men – may

xumori tarqamagan mast; sen – mayga mukkasidan
ketgan mayxo‘rsan. Bas, maykosaga o‘xshagan
quyoshni (to‘ldirib bizga) uzat! Shunday holatda mast
bo‘lishga nima to‘sqinlik qilishi mumkin?!”

Navoiy bu baytida Yaratuvchi bilan bandasi

o‘rtasidagi parda ko‘tarilgan, duolar Dargohga
to‘siqsiz yetib boradigan sahar paytidagi manzarani
may majozi orqali tasvirlayapti. Dunyo istaklaridan
zarracha g‘ubor yetmagan bu pokiza, musaffo damdan
nafas olayotgan inson mastona kayfiyatda go‘yo
borlig‘ini unutgan va bu kayfiyatning yanada
cho‘zilishini

xohlayapti,

xuddi

Abu

Bakr

Xorazmiyning mahbubi vaqt o‘tgan sari ziyo –
tiniqlikda, husnda ziyoda bo‘layotganidek, yil oshgan
mayning yutumli bo‘lganiga o‘xshab...

Abu Mansur as-Saolibiyning aytishicha,

mazkur ikki bayt sharafli qavmning sharafli kishisi
madhida kelgan qasidaning g‘azaliy muqaddimasidir.
Xorazmiy uni qasidaning bayti va nishon vositasi
demoqchi [Abu Mansur Saolibiy. 1976. 652.].

Yana Abu Bakr Xorazmiy g‘azallaridan

o‘qiymiz [Abu Mansur Abdulmalik as-Saolibiy. 4-juz.
2009. 210-211.]:

تفشكتف اهديج ْتدبأف ْتمسب

يللآ ِمــظن تحت ّرُد ِمـظـن نـع

Tabassum qilib, go‘zalligin namoyon qildi,
La’lu marjoni ostidan dur marjoni ko‘rindi.

Abu Bakr Xorazmiy shunday demoqchi: “Bu

go‘zal yor tabassum qilib, oq tishlarini ko‘rsatdi. Ular
dur donalari ustiga terilgan la’l donalari kabi bo‘lib,
uni bezab turadi. Ikki yanog‘i ustidan chakkalari
tushib, bittasining yonida xoli bor. Bu xol xuddi dol
harfiga nuqta qo‘yilgandek. Xoldan xoli sochlari esa
nuqtasi yo‘q zol (ya’ni dol) harfi kabi demoqda. Oxirgi
baytdan ko‘rinadiki, shoir so‘z o‘yini qilmoqda.

Ko‘rinadiki, ushbu baytlar keynchalik turkiy

adbiyotda ham keng tarqalgan

yonoq, xol (turkiyda

meng), soch, tish

,

xatt

tanosubi asosida qurilgan.

Masalan, Xorazmiy “Muhabbatnoma”sida:

Aningkim, ol yuzida meng yaratti,
Bo‘yi birla sochini teng yaratti...
Qaro meng ol yanoqingga yaroshur,
Boshim doim adoqingga yaroshur [Xorazmiy.

Muhabbatnoma (Muborak maktublar). 1987. 16.].

Abu Bakr Xorazmiy bilan bir asrda yashagan

al-Hasan ibn al-Muzaffar an-Naysoburiy ham g‘azal
yo‘nalishida qalam tebratganlardan biri bo‘lib, [Yoqut
al-Hamaviy ar-Rumiy. 4-juz. 1993. 196.] uning

she’rlarida ham Abu Bakr Xorazmiy ijodida
kuzatilgani singari majoziy muhabbat, tashxis,
tanosub kabi qator san’atlar vositasida go‘zal ifodasini
topgan:

ابّصلا نم ميسن مأ ٍلامش اّيرأ

؟ اـبنيزل لاـيخ مأ اقورـط اناتأ

انَضرأ َعَلاط دوعسملا علاطلا مأ

؟ ابكوك ةداعسلل اـهيف َعلطأف

(She’rning nasriy tarjimasi): “

Shimol iforimi bu

yo sabo shabadasi? Eshik qoqib keldimi yoki
Zaynabning xayolimi bu? Yoki saodatli tole’
yerimizga keldimi, unda saodat yulduzin keltirib?”

Xususan, misol keltirilgan baytlardagi sabo

obrazi kishi tasavvurida go‘zal va mas’uma qiyofagi
qiz sifatda gavdalanidi. Asliyat matniga e’tibor
qaratilsa, bu yerda shamolning bir necha xili:

shimol,

nasim, sabo

ishlatilgan. Aslida bu so‘zlar barchasi

mumtoz adiblarimiz tilida asliga muvofiq maenolarda
ishlatilgan. Bu haqda A.Rustamov shunday yozadi:

“Shamol so‘zining o‘zi aslida shimoldan esgan

yelni bildiradi... “Sabo” so‘zi she’rda ko‘p ishlatilgani
uchun o‘z shakli va ma’nosini o‘zgartirmagan,
Sharqdan esadigan yel sabo deb ataladi... Sabo
bahorda havopi ilitib tabiatni uygotgani va tongda
quyosh ta’sirida havoni tozalagani uchun xayotbaxsh
yel hisoblanadi. Shuning uchun shoirlar saboga ko‘p
murojaat qiladilar” [Rustamov A. 1987. 114-115.].

Shoir Abu Bakr Xorazmiy ijodida madh san’ati

boshqa san’atlardan va boshqa maqsadlardan farqli
o‘rin tutgan. Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki,
yuqorida biz tanishgan she’rlarning ko‘pi madh
mavzusida bo‘lsa-da, shoir ayni shu she’rlarini
o‘zining eng yaxshi she’rlari deb bilmagan va madh
borasida keltirilgan qasidalar xuddi arab qasidalari
singari boshqa maqsadlardan xoli emas.

Abu

Bakr

Xorazmiyning

ana

shunday

qasidalariga misol qilib, davlat boshlig‘iga yozgan
ta’ziyanomasini keltirish mumkin. Bu bir tarafdan
ta’ziyani o‘z ichiga olsa, yana bir tarafdan davlat
boshlig‘ini yangi mansab bilan qutlashni ifodalaydi.
Darhaqiqat, shoir va adib Abu Bakr Xorazmiy bu qiyin
vaziyatda ikki qarama-qarshi maqsadni chiroyli tarzda
qo‘llab, o‘z xohishini o‘ziga xos bir yo‘sinda amalga
oshirgan. Shuning uchun Abu Nasr Utbiy (Somoniylar
vaziri Abu Nasr Muhammad ibn Abdu-l-Jabbor Utbiy
(taxm.

961-1077

yoki

1036-yy.)ning

“Tarixi

Yaminiy” (“Yamin ud-davla tarixi”) asari Sabuktagin
va Sulton Mahmud davrida G‘aznaviylar imperiyasi
tarkibiga kirgan Afg‘oniston, Xuroson, Xorazm va
Movarounnahrning

975-1021-yillardagi

ijtimoiy-

siyosiy tarixini bayon etuvchi hamda qoraxoniylarning
Movarounnahrni bosib olishi (992-996 yillari) haqida
ma’lumot beradi. Uning “Tarixi Yaminiy” asari
benihoya qimmatlidir) uning bu qasidasini: “Abu Bakr
Xorazmiy aytgan qasidalarining eng go‘zali”, – deb
aytadi

(uning arab tilidan qilingan nasriy tarjimasi):

“Bir birodarni ko‘rdimki, agar unga insonlar ichida
ulug‘lik ixtiyor qilinsa, u shundan boshqasini
tanlamaydi va istisno qilmaydi. Zero, dunyo senga,
ko‘rib turganingdek, bolalarcha keladi va uni
chaqirishingdan oldin seni tark etadi. U senga ishq
bo‘lib keladigan xalqning ma’shuqasidir

.

Albatta, sen


background image

o‘lchov bo‘lib tong ottirding, men esa unga tunlarimni
hadya qildim”.

Abu Bakr Xorazmiy Xorazm diyorida

yashagan shoirlar orasida eng samarali ijod
qilganlaridan biri hisoblanadi. Xorazmiy asarlarining
tarjimonlari zikr qilganlaridek, u o‘zidan bir qancha
she’riy to‘plamlar qoldirgan. Lekin bu to‘plamlarning
ko‘pchiligi yo‘qolib ketgani sababli faqat ba’zi
kitoblarning ichida sochilgan ayrim she’rlarigina
bizgacha yetib kelgan. Shuningdek, Abu Bakr
Xorazmiy bizga arab lug‘atida bitilgan eng nafis ar-
Rasoil, ya’ni “Risolalar” devonini ham qoldirgan.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Abu Bakr Xorazmiy haqidagi ma’lumotlardan

uning tinimsiz izlanishi, ko‘p mehnat qilishi, barcha
fanlar doirasida mohir tadqiqotchi ekani, o‘z fikr va
istaklarini

amalga

oshirish

uchun

bir

yerda

turmaydigan musofir, ya’ni dunyo kezuvchi shaxs
bo‘lgani ma’lum bo‘ladi. Uning hayotidagi intilishlari,
nozik his-tuyg‘ulari hamda istaklari, jumladan,
oilasiga nisbatan his-tuyg‘ulari va ularning oldida
o‘zini mas’uliyatli his qilishini qasidalaridagi asosiy
nuqtalar orasidan mulohaza qilib, topib olsak bo‘ladi.

Shuningdek, o‘sha zamon turli ijtimoiy-siyosiy

holatlar, o‘zaro gina-kuduratlar, raqobatlar sababli
ayrim o‘rinlarda uning shaxsiyatida muhabbatdan
nafratga ko‘chish, madhdan hajvga o‘tish kabi o‘zaro
ichki qarama-qarshilik ham namoyon bo‘ladi. Shu
kabi nafsiy va axloqiy hissiyotlar Abu Bakr Xorazmiy
she’rlarining barchasida ko‘zga tashlanadi. Qolaversa,
u

bilan

birga

yashagan

zamondosh

shoirlar

qasidalarining bir parchasini izohlash orqali ham buni
bilishimiz mumkin.

Abu

Bakr

Xorazmiy

arab

qasidalarini

yaratishda taqlidiy uslubdan, ya’ni mashriq shoirlari
yo‘lidan yurgan. Bu madh, hajv, faxrlanish, vasf qilish
va shu kabilarda namoyon bo‘ladi. Shoir arablar
nazdida mashhur maqsad yo‘llaridan yurgani holda
uning she’rlarida mavzularning bir necha bor
takrorlanishini ham kuzatamiz.

Arab xalqi qasidalari singari Abu Bakr

Xorazmiy she’riyati, adabiy merosining asosiy qismi
ham “madh” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning
madh qilish uslubi boshqa shoirlarnikidan aynan
maqsadi o‘zgachaligi bilan ajralib turgan.

Yuqoridagilar asosida shunday xulosa qilish

mumkinki, VIII ‒ XIII asrlar Xorazm adabiy muhitida
Abu Bakr Xorazmiy asarlari o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Ayni vaqtda shoir adabiy merosini tadqiq qilish o‘sha
davr adabiy muhitini chuqurroq anglash, madaniy,
ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy holatlarini tahlil
qilishda qimmatli ma’lumotlar beruvchi asosli manba
bo‘lib xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR

[1]

Abu Mansur Saolibiy. 1976. Yatimat ad-dahr fi
mahosin ahl al-asr. Tadqiq qiluvchi, tarjimon,

izoh va ko‘rsatkichlarni tuzuvchi I.Abdullayev.
– T., “Fan”.

[2]

Abu Homid G‘azzoliy. 2006. Riyozatun-nafs.
(Nafs tarbiyasi) Tarjimon va so‘zboshi muallifi
Rashid Zohid ‒ Toshkent: Movarounnahr.

[3]

Alisher Navoiy. Asarlar. 1967. O‘n besh tomlik.
O‘n to‘rtinchi tom. ‒ Toshkent: G‘afur G‘ulom
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.

[4]

Alisher Navoiy. 1987. Badoe’ ul-bidoya. –
Toshkent: "Fan" nashriyoti.

[5]

Alisher Navoiy. 1987. Mukammal asarlar
to‘plami. Birinchi jild. ‒ Toshkent: Fan.

[6]

Yoqut al-Hamaviy ar-Rumiy. 1993. Mu’jamu-l-
udabo. Dor al-arabiy al-islomiy. – Bayrut–
Lubnon. 4-juz. ‒ B. 27-28.

[7]

Irisov A. Beruniy. 1973. Hikmatlar. ‒ Toshkent:
Yosh gvardiya. ‒ B. 99.

[8]

Xorazmiy. Muhabbatnoma (Muborak maktublar).
1987. ‒ Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti.

[9]

Ogahiy. Jome’ ul-voqe’oti sultoniy. O‘z RFA
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik
instituti. №9786, 11a.

[10]

Rustamov A. 1987. So‘z xususida so‘z. “Yosh
gvardiya” nashriyoti. –T.: ‒ B. 114-115.

[11]

O‘rozboev

A.

2020.

Komil

devoni

qo‘lyozmasining muxtasar mundarijasi // O‘zbek
tili va adabiyoti. №6. – B.36.

[12]

Hayitmetov A. 1996. Temuriylar davri o‘zbek
adabiyoti. ‒ Toshkent: Fan. ‒ B. 72.

[13]

Hasanxoja Nisoriy. 1994. Muzakkiri ahbob. Fors
tilidan Ismoil Bekchon tarjimasi. ‒ Toshkent:
Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti.

ind Husayn Toha. 1976. Al-adab-ul-arabӣ fӣ iqlim
Xorazm. Silsilat-ul-kutubi-l-hadisa. – Bag‘dod:
Manshurot Vizorati-l-i’lom. 1976.


References

Abu Mansur Saolibiy. 1976. Yatimat ad-dahr fi mahosin ahl al-asr. Tadqiq qiluvchi, tarjimon, izoh va ko‘rsatkichlarni tuzuvchi I.Abdullayev. – T., “Fan”.

Abu Homid G‘azzoliy. 2006. Riyozatun-nafs. (Nafs tarbiyasi) Tarjimon va so‘zboshi muallifi Rashid Zohid ‒ Toshkent: Movarounnahr.

Alisher Navoiy. Asarlar. 1967. O‘n besh tomlik. O‘n to‘rtinchi tom. ‒ Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.

Alisher Navoiy. 1987. Badoe’ ul-bidoya. – Toshkent: "Fan" nashriyoti.

Alisher Navoiy. 1987. Mukammal asarlar to‘plami. Birinchi jild. ‒ Toshkent: Fan.

Yoqut al-Hamaviy ar-Rumiy. 1993. Mu’jamu-l-udabo. Dor al-arabiy al-islomiy. – Bayrut–Lubnon. 4-juz. ‒ B. 27-28.

Irisov A. Beruniy. 1973. Hikmatlar. ‒ Toshkent: Yosh gvardiya. ‒ B. 99.

Xorazmiy. Muhabbatnoma (Muborak maktublar). 1987. ‒ Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.

Ogahiy. Jome’ ul-voqe’oti sultoniy. O‘z RFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti. №9786, 11a.

Rustamov A. 1987. So‘z xususida so‘z. “Yosh gvardiya” nashriyoti. –T.: ‒ B. 114-115.

O‘rozboev A. 2020. Komil devoni qo‘lyozmasining muxtasar mundarijasi // O‘zbek tili va adabiyoti. №6. – B.36.

Hayitmetov A. 1996. Temuriylar davri o‘zbek adabiyoti. ‒ Toshkent: Fan. ‒ B. 72.

Hasanxoja Nisoriy. 1994. Muzakkiri ahbob. Fors tilidan Ismoil Bekchon tarjimasi. ‒ Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti.

Hind Husayn Toha. 1976. Al-adab-ul-arabӣ fӣ iqlim Xorazm. Silsilat-ul-kutubi-l-hadisa. – Bag‘dod: Manshurot Vizorati-l-i’lom. 1976.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов