Mif va uning janr tabiati xususida

HAC
Google Scholar
To share
Qayumova, G. (2024). Mif va uning janr tabiati xususida. Modern Science and Research, 3(1), 1–4. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27871
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek folklorida keng uchrovchi miflarning folklor janri sifatida o‘ziga xosliklari, folklorning unga yondosh janrlaridan biri afsonalardan farqli tomonlari tadqiq etilgan. Mif va afsonalarning tabiatini aniqlashning mezonlari ishlab chiqilgan. Miflarning folklorning qadimiy janri ekanligi ilmiy asoslangan.


background image

Mif va uning janr tabiati xususida

Gulnora Qayumova,

Toshkent amaliy fanlar universiteti katta o‘qituvchisi

olimq@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.10439284

Kalit so‘zlar:

mif, mifologiya, afsona, obraz, tabiat hodisalari, fantastika, voqea, talqin, syujet, ijrochi.

Annotatsiya;

Mazkur maqolada o‘zbek folklorida keng uchrovchi miflarning folklor janri sifatida o‘ziga xosliklari, folklorning

unga yondosh janrlaridan biri afsonalardan farqli tomonlari tadqiq etilgan. Mif va afsonalarning tabiatini
aniqlashning mezonlari ishlab chiqilgan. Miflarning folklorning qadimiy janri ekanligi ilmiy asoslangan.

KIRISH

Taraqqiyot sari yuz tutgan yangi O‘zbekistonda

amalga oshirilayotgan tub islohotlar barcha sohalarda
bo‘lgani kabi folklorshunoslikda ham yangi tadqiqot
ob’yektlariga murojaat qilish, ilgari deyarli tahlilga
tortilmagan yoki kam o‘rganilgan nomoddiy madaniy
merosimiz namunalariga xolisona ilmiy baho berish
uchun keng imkoniyat yaratmoqda. Xususan, xalq badiiy
tafakkurining

qadimiy

qatlamini

tashkil

etuvchi

mifologiya, tabiat voqea hodisalarining ibtidosiga
bag‘ishlangan miflarni alohida to‘plab, tadqiq etish
folklorshunoslikning asosiy vazifalardan biriga aylandi.
Chunki turli-tuman urf-odat va marosimlar bilan bevosita
aloqador bo‘lgan folklor asarlari xalqimiz ma’naviy-
madaniy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. Bunday
ma’naviy meros orqali ajdodlarimiz o‘z farzandlarini
axloqiy me’yorlarga amal qilish, tabiat va atrof-muhitni
e’zozlash ruhida tarbiyalab, Yurt va Ona yerning
muqaddas ekanligini uqtirish, qalban va ruhan pok
bo‘lishga o‘rgatishgan. Zero, – xalqning ma’naviy
dunyosi uning milliy o‘zligini belgilab beruvchi muhim
omil sanaladi.

MATERIAL VA METODLAR

Xalqimizning mifologik tasavvurlarini o‘rganish

miflarning mohiyatini anglashni talab etadi. Miflar
to‘g‘risida fanning turli sohalarida ko‘plab gapirilgan.
Asosan mif falsafa fani ob’yekti sifatida ko‘proq
olimlarimiz diqqatini tortib keladi. Biroq, dunyoning
yaratilishi borasidagi ma’lumotni tashishi, voqelikni
fantastik uslubda tasvirlanishi, eng muhimi, mifda
muayyan hodisa tasvirlanib, u og‘zaki shaklda tarqalishi
hamda ommalashishi mifning folklorga aloqador
ekanligini ko‘rsatadi. Negadir jahon folklorshunosligida
mifning folklorga daxldorligi masalasida ikki xil qarash
ustivorlik qiladi.

Gʻarbiy Evropa olimlari mifni XIX-asrdagidan

butunlay boshqacha nuqtai nazardan o‘rganmoqdalar.
Ular endi oldingilaridan farqli o‘laroq, mifni so‘zning
odatiy ma’nosida "ertak", "fantastika", "xayol" deb emas,
balki ibtidoiy jamiyatlarda tushunilganidek, "haqiqiy
voqea” va eng muhimi, muqaddas, ahamiyatli va taqlid
qilish uchun namuna bo‘ladigan voqea sifatida talqin
qilmoqdalar.

Bir qator olimlar mifni folklor janri sifatida qarashni

taklif etsalar, ba’zi birlari mif diniy tushuncha, unda
dinning yetakchilik qilishi sababli folklor janri
bo‘laolmaydi deb hisoblaydilar.

Bizningcha mif – qadimgi ajdodlarimizning tabiat

voqea- hodisalarining kelib chiqish sabablarini izohlashga
qaratilgan kichik hajmli og‘zaki nasriy hikoyalaridir.

Taniqli o‘zbek folklorshunosi Akademik To‘ra

Mirzayeyev miflar folklorning arxaik janrlari bo‘lgan deb
hisoblaydi. Rus folkklorshunosi Vladimir Yakovlovich
Propp miflar o‘z mohiyatida dinning yetakchilik qilishi
bilan folklordan ajratiladi, mif folklorda to‘liq ko‘rinishda
namoyon bo‘lmaydi. Ammo mif folklor badiyatining
taqqaiyotiga muhim hissa qo‘shadi, deb yozadi.
V.Ya.Propp Miflarning sehrli ertaklarning tarixiy
asoslarini tashkil etishi, sehrli ertaklar syujetida sehrli
(evrilish, yo‘qdan bor bo‘lish, bordan yo‘q bo‘lish)
hodisalarning ifodalanishiga miflar sabab bo‘lgan deb
hisoblaydi[7. – S.27-28.].

Mifы narodov mira – Jahon xalqlari miflari

ensiklopedik lug‘atida shunday ta’riflanadi:

Mifológiya

(grekcha. μυθολογία ot μῦθος — «rivoyat», «hikoya
qilish» va λόγος — «so‘z», «hikoya», «uqish») —
miflarni o‘rganiuvchi fan sohasidir. Miflar dunyoning
yaratilishini fantastik tarixi, xudolar va qahramonlarning
ishlari haqida hikoya qiluvchi; insoniyat tarixining
dastlabki bosqichlarida dunyoni anglash usuli, jamoa-
qabila tafakkurining asosiy usuli, tevarak-atrofdagi
voqelikni va inson mohiyatini tushuntirishning eng
qadimiy usuli bo‘lib, zamonaviy fanda miflar va ularning
mohiyatini, tafakkur tadrida tutgan o‘rnini aniqlovchi fan
sohasidir[6.].

A.

V.

Konstantinov,

P.

V.

Rezvыx,

S.S.Averinsev

lar

rivojlanayotgan

madaniyatlarda mustaqil ravishda miflarning arxaik
syujetlari takrorlanadi. Miflar hikoya tarzida ommalashib,
ijtimoiy sohalarda, san’at asarlari namunalari, xalq
poeziyasi va adabiy asarlarda ramziy ma’no kasb etadi.
Miflar ertaklarga qaraganda voqyeilikni samimiy
ishonchli tasvirlashi bilan farqlanadi,-deb yozadi[5. –
S. 475-477]. Bizningcha, miflar ibtidoiy odamlar
tomonidan og‘zaki hikoya tarzida yaratilgan va
ommalashgan. Miflar tafakkurda poetik talqin qilishning
ilk tajribalari sifatida qaralmog‘i lozim. Mif afsonalarning
yaratilishiga zamin hozirlagan.

NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI


Mif va afsonalar o‘zbek folklorshunosligida

quyidagi olimlar tomonidan o‘rganilgan:

1.

XX asrning birinchi yarmida Hodi Zarif epik ot

obrazi borasidagi Arshaq haqidagi mifologik qarashlarni
tadqiq etgan. XX asrning 60-yillaridan K.Imomov
afsonalarni rivoyatlardan farqli tomonlarini o‘rgangan.


background image

2.

XX asrning so‘nggi choragidan boshlab

folklorshunos M.Jo‘rayev o‘zbek xalq samoviy
afsonalarini monografik tadqiq etdi. Olim o‘z tadqiqotlari
davomida miflarning folklor asarlaridagi diffuziyasi –
singishini tadqiq etdi.

3.

XX

asrning

80-yillarida

folklorshunos

B.Sarimsoqov

va

N.Hotamovlar

o‘zbek

folklorshunosligida miflarni ilk bor tasnif qilishdi.

4.

XXI asrga kelib, folklorshunoslar O.Qayumov va

U.Sattorovlar tadqiqotlarida miflarning mavzu ko‘lami va
tasnifotiga doir kuzatishlar o‘z aksini topdi. Ammo
hozirga qadar o‘zbek folklorshunosligida mif alohida
folklor janri sifatida monografik asosda tadqiq etilgani
yo‘q.

Yuqorida

ko’rib

o‘tganimizdek

V.Ya.Propp

tomonidan keltirilgan ta’rifda mif dunyoning yaratilishi
haqidagi fantastik tarix deb izohlanmoqda. Darhaqiqat,
mifda tasvirlangan voqealar fantastikaga asoslanadi.
O‘zbek folklorshunosi M.Jo‘rayev miflar qadim
ajdodlarimizning olamni yaratilishiga bag‘ishlangan
ibtidoiy tasavvurlari mahsuli sifatida baholaydilar [2. – B.
54]. Folklorshunos O.Qayumov o‘zining shomon folklori
va shomon mifologiyasi borasidagi kuzatishlarida
miflarni ko‘zga ko‘rinmas olam vakillariga bog‘lanishi
uning uzoq o‘tmish emas, balki doimiy mavjudligini
ko‘rsatadi deb hisoblaydi [4. – B. 37; 10.–B. 58]. Mifning
tabiatida folklorga xos xususiyatlar mavjud.

“O‘gay onadan qochgan qiz” nomli og‘zaki hikoya

mifning

yorqin

namunasidir:

“Eshitishimizcha,

Oyqizning o‘gay onasi bo‘lgan emish. U Oyqizni
o‘gayligi uchun ham, husnda yer yuzida tengi yo‘q go‘zal
bo‘lganligi uchun ham juda ham yomon ko‘rar, kun
bermas, yo‘qotish uchun har xil vajlar o‘ylab topib, uni
urar, har doim qiynar ekan. Kunlardan bir kuni nima
bo‘libdiyu o‘gay ona bilan Oyqiz qattiq janjallashib,
aytishib qolishibdi. Oyning go‘zalligini ko‘rolmaydigan
o‘gay ona uning yuziga dasmolni otib yuborgan ekan,
bechora Oyqizning yuzi dog‘ bo‘lib qrolibdi. Bu xo‘rlikka
chidolmagan Oyqiz uyidan qochib ketib, tog‘ning eng
baland cho‘qqisiga chiqib olgach, “yana pastga tushsam,
o‘gay ona qo‘liga asira bo‘laman, kel, yerda azob ko‘rib
yurganimdan ko‘ra, osmonda ozod qush bo‘lib
yashaganim yaxshiroq!”– deb o‘ylab bir sakrab osmonga
chiqib ketibdi va o‘zi o‘ylaganday qushga emas, balki
samo yoritqichi – Oyga aylanib qolibdi. Ana shundan beri
u osmonda istiqomad qilar, ammo o‘gay onasidan qo‘rqib,
kunduzi emas, faqat kechasi sayrga chiqar, haliyam undan
qochib yurar emish”. Oyning yuzidagi dog‘ning kelib
chiqishini izohlashga qaratilgan mazkur hikoya mazmun
mohiyati bilan mifdir. Guvohi bo‘lganimizdek, syujet
birgina voqea zaminiga qurilgan, unda tabiat unsurlaridan
biri oy va uning yuzidagi dog‘ning paydo bo‘lish sabablari
izohlanadi. Tasvirda inson obrazi ishtirok etmaydi, balki
tabiat unsurlari jonlantiriladi. Insonga xos bo‘lgan
voqeilik tabiat hodisalariga ko‘chirilgan. Bizning buning
asl mohiyati qadim ajdodlarimizning ta’bu taqiq bilan
bog‘liq tasavvurlariga borib taqaladi. Qadimgi odamlarga
odam haqida hikoya qilishi taqiqlangan. Shuning uchun
tasvir ob’yektida odam o‘rniga tabiat unsurlari
obrazlashtirilgan va ular ishtirokida insonlar hayotida
sodir bo‘ladigan voqea-hodisalar fantastik ifodalangan.
Ayni shu ibtidoiy og‘zaki hikoyalar mif bo‘lib, insoniyat

badiiy tafakkurining keyingi bosqichlari uchun muhim
ahamiyat kasb etgan.

Afsonada esa, tabiat hodisalarining kelib chiqish

sababi izohlanmaydi. Afsonada inson obrazi ishtirok
etadi, faqat afsonalarda tasvirlangan voqealar hayoliy
uydirmaga asoslanadi. “Xivaning bunyod etilishi”

nomli

afsonaga e’tibor qaratamiz:

“Qadim zamonlarda yer yuzida juda katta suv

toshqini bo‘lishidan bir necha yil avval xudo o‘zining
yerdagi noibi Nuh payg‘ambarga vahiy yuborib:

-

Sen bir kattakon kema qurasan. Ro‘yi zamindagi

jamiki jon bitgan narsani saqlab qolish uchun har bir
jonzotdan bir juftdan to‘plab, barini kemaga joylaysan.
Qirq kechayu qirk kunduz yomgir yogib, yer yuzini suv
bosadi. Aytganimni qilsang, o‘zing ham omon qolasan,
jonivorlarni ham o‘limdan saqlab qolasan,- debdi.

Toshqinning daragini eshitgan Nuh paygambar

o‘sha kuniyoq kema yasashga kirishibdi. Ish shunday
qizib ketibdiki, ustalarga taxta-yog‘och yetkazib berib
ulgurolmabdilar. Chunki kema judayam bahaybat ekan-
da!

Hozirgi Yangiariq tumani yaqinida “Sho’rqo‘l”

degan kattakon ko‘l bo‘lgan ekan. Bu ko‘lning bo‘yida
Ibn Hoji Unuqlar qabilasi yashagan ekan. Ularning ichida
Hoji Mulk degan bittasi bor ekan, u bir oyog‘ini daryoning
u yog‘iga. Bir oyog‘ini bu yog‘iga qo‘yib olgancha,
engashib, suvda suzib yurgan baliqlarni bemalol tutibolar,
keyin ularni quyoshga tutib pishirib yer ekan. O‘sha
zamonlarda Amudaryo Kaspiyga qarab oqar, Xoji Mulk
shu daryo bo‘yida istiqomat qilar ekan. Xoji Mulk Nuh
payg‘ambarning kemasibop yog‘ochlarni yetkazib
berishga bel bog‘lab, daryo to‘qayzorlaridan yog‘och
kesishga kirishibdi. Tez orada kemani bitkazibdilar.

Kema qurib bitkazilgach, xudoning amri bilan qirk

kechayu kunduz yomg‘ir yog‘ib, daryolar toshib, yer
yuzini suv bosa boshlabdi. Shunda Nuh payg‘ambar har
bir jonivordan bir juftni olib, kemasiga solaveribdi.
Nuhning ikki o‘g‘li bor ekan, Xabash degan bolasi
kemaga chiqishni istamay, suvga g‘arq bo‘lib, o‘lib ketdi.
Som ismli ikkinchi o‘g‘li esa otasiga hamrohlik qilibdi.
Som bug‘doyrang qora mag‘iz odam bo‘lgan ekan.

Bular kemada suzaveribdilar, suzaveribdilar, axiri

ummon o‘rtasida qorayib turgan bir tepalikka ko‘zlari
tushib qolibdi. Yaqinroq borib qarasalar, bu kavkaz
tog‘larining cho‘qqisi ekan. Suv ko‘tarilgandan ko‘tarilib,
tog‘ning yarim beligacha suv ichida qolgan ekan. Shu
yerga kelganda Nuh o‘zining kemasini o‘g‘li Somga
berib, barcha jonzotlarning in’om- ixtiyorini ham unga
topshirib:

-Men shu yerda qolaman, sizlar sayoxatni davom

ettiraveringlar,- deb kemadan tushibdi va tog‘ning ustiga
chiqib ketibdi.

Som kemasini Kaspiy dengizi tomon burib, u yerdan

Amudaryoga chiqib suzib kelaveribdi. Suv haddan ziyod
ko‘payib ketgan bo‘lib, daryoning uchi – qirg‘og‘i
ko‘rinmas

ekan.

Bularga

quruqlikning

qorasi

ko‘rinavermabdi.

Kemada bir to‘ng‘iz bor ekan, shuning burniga bitta

sichqon tushibdi-da, eshakning qorni ostiga yashirinib
olgancha kemaga kirib qolgan shaytonning gapiga kirib,
kemani teshib qo‘yibdi. Teshikdan suv kirib, kemadagilar
vahimaga

tushibdilar,

lekin

hech

qaysisi

suvni

to‘xtatolmabdi. Jonivorlar nima qilishlarini bilmay


background image

sarosimaga tushib turishgan bir paytda ilon sudralib
boribdi-da, haligi teshik ustida kulcha bo‘lib yotib olgan
ekan, kemaga suv kirishi to‘xtabdi.

Jonivorlar

sichqonni

quva-quva

tinka-madori

qurigan yo‘lbars xalloslagancha bir chetda to‘xtab damini
rostlamoqchi bo‘lib, bir aksa urgan ekan, burnidan bir
narsa tap etib yerga tushibdi-da, miyovlagancha sichqonni
quvalay ketibdi. Bu jonivor mushuk ekan, u yo‘lbarsning
burnidan tushgani uchun rang-tusiyam unga juda o‘xshar
emish. Mushuk bilan sichqonning bir –biriga g‘animligi
ham ana shundan qolgan ekan.

Bular yana suzib ketaveribdilar, Som yaqin orada

quruqlik bor – yo‘qligini bilib kelish uchun kemadagi
qanotli jonivorlarni birma- bir uchirib ko‘ribdi. Lekin
qushlarning hech qaysisi yerni topa olmay, qanotlari
toliqib, qaytib kelibdilar. Shunda Som oqqush bilan
kaptarni uchiribdi.

Ilgari Amudaryo hozirgi xivaning usti bilan

Kaspiyga qarab oqar ekan. Ichanqal’aning o‘rni ulkan
tepalik bo‘lib, daryo o‘zani uning ikki tomonidan aylanib
o‘tar, lekin unga sira daxl qilolmas, yuvib ketolmas ekan.
Oqqush bilan kaptar uchib yurib, shu tepalikning ustiga
borib qolishibdi. Shu payt kech kirib, qorong‘i tushib
qolgan ekan. Quruqlik borligini ko‘rgan oqqush
quvonganidan «quvoq!», «Quvoq!»- deb ovoz berib
bildiribdi, bu «quruq yer bor!» - degani ekan.

Kaptar esa qanotlarini tapillatib, qarsak chalib, odam

yashasa bo‘ladigan joy topilganligini ma’lum qilibdi.

Som kemasini qushlar ovozi kelgan tomonga qarab

buribdi. Ancha suzib borib qarasalar, chindan ham suv
o‘rtasida bir tepalik qorayib ko‘rinib turganmish. Buni
ko‘rib, kemadagilarning dili xushnud bo‘lib, hammalari
kemadan tushibdilar. Som tepalik ustiga joy qildirib, yotib
uxlabdi. Yarim oqshom tush ko‘ribdi, tushida atrofida
mingta chiroq yonib turganmish. Som seskanib, uyg‘onib
qarasa, chor –atrof zimiston, ko‘rganlarining bari tush
ekan. Som yana joyiga yotibdi, ammo hech uyqusi
kelmabdi. «Bu chiroqlarda bir xikmat bor!»-deb o‘ylabdi
u. “Borib tushumning ta’birini otamdan so‘rab, bilib
kelayin»-debdi.

U ertasi kuni tong otar-otmas nuh paygambarning

oldiga yo‘l olibdi. Nuh payg‘ambar o‘g‘lining gaplarini
eshitib bo‘lgach:

-

O‘sha tepalikka qo‘rg‘on quringlar. U juda qulay joy

ekan, sizlarga bir umrlik boshpana bo‘ladi,- debdi.

Som qaytib kelib, tushida chiroq yoqilgan joylarni

baland devor bilan qala qilib o‘rab

olibdi. Odamlar

ko‘payib, qala ichiga uylar quribdilar. Shunday qilib
Ichanqala paydo bo‘libdi.

Kunlardan bir kuni ilon Somning oldiga kelib:
-

Senga bir arzim bor!- debdi.

- So‘zla, ne arzing bor?- debdi Som.
- Men kema teshilganda, suv kirayotgan teshik ustida

kulcha bo‘lib yotib, hammalaringizni o‘limdan saqlab
qoldim. Men bo‘lmaganimda hammangiz suvga g‘arq
bo‘lib ketardilaring. Endi mening ham bitta shartim bor,
shuni bajarsangizlar, -debdi ilon.

-

Qanday sharting bor? – so‘rabdi Som.

Shunda ilon:
-Dunyoda qaysi jonivorning go‘shti shirin bo‘lsa,

o‘shani menga luqmai halol qilsang, - deb javob beribdi.

Som dunyoda nimaning go‘shti lazzatli ekanligini

aniqlash uchun bir pashsha bilan chivinni yuboribdi. Ular

har bir jonivorni chaqib, go‘shtining ta’mini totib
ko‘ribdilar, ammo odam go‘shtidan mazalirog‘ini
topolmabdilar. Ular bu xabarni Somga ma’lum qilish
uchun oshiqibdilar. Bir qaldirg‘och pashsha bilan
chivinning ishlaridan voqif bo‘lib yurgan ekan, Somning
qarorgohi oldida ularni kutib turibdi.

-

Qani, hormanglar endi, shovvozlar! Nimaning

go‘shti shirin ekan, bildingizlarmi? – deb surabdi
qaldirgoch.

-

Odamning gushtidan shirin et yo‘k ekan dunyoda

– deb javob berishibdi ular.

-

Oh-oh tillaringdan aylanay! Qani, shunday

xushxabarni keltirgan tilingizni bir ko‘rsating, bir o‘pib
qo‘yayin! – debdi qaldirg‘och.

Pashsha bilan chivin qaldirg‘ochning maqtovidan

iyib ketib, og‘izlarini katta ochib tillarini chiqarib
ko‘rsatishgan ekan, qaldirg‘och bir cho‘qishda ularning
tillarini uzib olibdi.

Bular qal’aga kiribdilar. Som bilan ilon xabarni kutib

o‘tirishgan ekan, pashsha bilan chivin kela solib, tillari
uzilgan emasmi, gapirolmay nuqul g‘ung‘illasharmish.
Ilon hech narsaga tushunolmay, qaldirg‘ochdan:

Bular nima deyishyapti o‘zi? – deb so‘rabdi.
Men bularning gaplariga tushunib turibman, - debdi

qaldirg‘och, ular olamda qurbaqa go‘shtidan shirin,
mazali luqma bo‘lmas ekan deyishyapti.

Bu gapni eshitgan ilon qurbaqa go‘shtining

qanaqaligini yaxshi bilar ekan, shuning uchun jig‘ibiyroni
chiqib, bir sapchib, qaldirg‘ochning dumiga osilibdi.
Qaldirig‘och jon holatda uchgan ekan, ammo uning
dumini tishlab olishga ulgirgan ilon bir necha patlarni uzib
olibdi. Shuning uchun qaldirg‘ochning dumi ayri bo‘lib
qolgan ekan. Odamlarni ilon ofatidan saqlab qolgan
qaldirg‘och o‘shandan buyon kishilarning xonadonida
yashay boshlagan ekan.

Ichanqal’a bunyod etilgandan keyin, bu joy uning

o‘rnidagi quruqlikni birinchi bo‘lib ko‘rgan oqqush
«Quvoq! Quvoq!» - deb Somga xabar berganligi uchun
Quvoq deb atalibdi. Keyinchalik bu nom Xivaq deb
o‘zgartirilib, asta-sekin Xiva atamasi kelib chiqkan emish.

Ko‘rinadiki, afsonalarda tarixiy zamon mavjud.

Voqealar

qadimda,

qaysidir

hukmron

zamonida

bo‘lganligi izohlanadi. Afsonalarda miflarga qaraganda
mavzu doirasi chegaralanmagan. Miflarda mavzu doirasi
chegaralangan. Miflar yo dunyoning yaratilishi, yo
muayyan tabiat hodisasining paydo bo‘lishi, yoki
dunyoning tugallanishini izohlashga qaratilishi bilan
farqlanib turadi. Afsonada esa, ibtidoni izohlash prinsipi
mifdan ko‘chgan bo‘lib, toponimik ob’yektlar nomini
izohlash holati kuzatiladi.

Xulosa

Xullas, mif folklorning mustaqil janridir. Mifning

folklor janri sifatidagi o‘ziga xosliklari quyidagilarda
ko‘rinadi:

1. mif kichik epik voqeani bayon qiladi. Bunda

syujet birgina voqea zaminiga quriladi.

2. mifda voqealar fantastikaga asoslangan holda

ifodalanadi.

3. Mifda tasvirlangan voqealarda inson obrazi

ishtirok etmaydi, balki insonga xos bo‘lgan xatti-
harakatlar g‘ayri tabiiy mavjudotlar tomonidan bajariladi.

4. Mifda tasvirlangan voqealar tabiat voqea va

hodisasining kelib chiqishini izohlashga qaratiladi.


background image

5. Mif ham og‘zaki ijro etiladi va og‘izdan og‘izga,

avloddan avlodga o‘tib keladi.

6. Mif ham jamoa tomonidan yaratiladi. Uning

muallifi noma’lum.

7. Mif maxsus ijrochi talab etmaydi, ya’ni istalgan

joyda istalgan vaqtda, istalgan shaxs tomonidan ijro
etiladi.

8. Miflarning ham ijrochi almashgan sayin

variantlari paydo bo‘ladi. Ya’ni variantlilik mifda ko‘zga
tashlanadi.

Mif va afsonalarni qiyosiy asnoda tadqiq

etishimiz uchun ularning janr tabiatini aniqlash
mezonlarini to‘g‘ri belgilashimiz lozim. Bizningcha
mif va afsonalarni o‘zaro farqli va o‘xshash
tomonlarini oydinlashtirish orqali ularning janriy
belgilarini aniqlash imkoni bo‘ladi. Buning uchun
mif va afsonalarning janr tabiatini quyidagi
mezonlar orqali aniqlashimiz mumkin:

1.

Tasvirlangan

voqea

hodisalarning

tasvirlash uslubiga ko‘ra (tasvir fontastikaga
asoslanadimi? Yoki xayoliy uydirmaga?)

2.

Tasvirlangan voqea va hodisalarning

mavzu chegarasi(mifda tabait hodisasining kelib
chiqishi

izohlanadi.

Afsonada

mavzu

chegaralanmagan, istalgan mavzuda bo‘lishi
mumkin).

3.

Tasvirlanga voqea va hodisalarda

obrazlar sifati va ishtiroki (Mifda inson obrazi
ishtirok etmaydi, afsonada ishtirok etadi).

4.

Tasvirlangan

hodisalarning

sodir

bo‘lishi zamoni va makoni (mifda noma’lum davrda,
kosmosda sodir bo‘ladi).

5.

Ijro o‘rni va ijro uslubiga ko‘ra(har ikki

janr istalgan shaxs tomonidan istalgan paytda ijro
etilishi mumkin. Ya’ni maxsus ijrochi talab
etmaydi).

6.

Folklorga xos an’anaviylik(ononimlik –

muallifning noma’lumligi, jamoa tomonidan
yaratilishi, og‘zaki tarzda ijro etilishi va og‘zdan
og‘izga ko‘chib tarqalishi).

Adabiyotlar

:

1.

Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari . –

Toshkent, “Fan”, 2009.

2.

Jo‘rayev M. O‘zbek xalq samoviy afsonalari. –

Toshkent, Fan, 1995.

3.

Jo‘rayev M. O‘zbek folklorshunosligi. –

Toshkent, 2021.

4.

Kayumov O. O‘zbek shomon marosim folklori

poetikasi. – Toshkent, Moliya-iqtisod, 2021.

5.

Konstantinov A. V., Rezvыx P. V.,

Averinsev

S. S.

//Meotskaya arxeologicheskaya kultura Mongolo-

tatarskoye nashestviye [Elektronnыy resurs]. – 2012. –
S. 475-477./

https://ru.wikipedia.org

6.

Mifы narodov mira : Ensikl. v 2 t. / gl. red. S.

A. Tokarev. — 2-ye izd. — M. : Sovetskaya
ensiklopediya,
1987-1988.

7.

Propp V.Ya. Istoricheskiye korni volshebnoy

skazki. – Leningrad, izd. Leningradskogo universiteta,
1986. – S.27-28.

8.

Raxmonova M. O‘zbek xalq afsonalari

poyetikasi. Filol.fan.dokt.diss. – Toshkent, 2018.

9.

Rizoyeva M. O‘zbek xalq mifologik afsonalari. –

Toshkent, Moliya-iqtisod, 2022.

10.

Qayumov O. O‘zbek shomon marosim folklori.

– Toshkent, Moliya-iqtisod, 2020.


References

Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari . – Toshkent, “Fan”, 2009.

Jo‘rayev M. O‘zbek xalq samoviy afsonalari. – Toshkent, Fan, 1995.

Jo‘rayev M. O‘zbek folklorshunosligi. – Toshkent, 2021.

Kayumov O. O‘zbek shomon marosim folklori poetikasi. – Toshkent, Moliya-iqtisod, 2021.

Konstantinov A. V., Rezvыx P. V., Averinsev S. S. //Meotskaya arxeologicheskaya kultura Mongolo-tatarskoye nashestviye [Elektronnыy resurs]. – 2012. – S. 475-477./ https://ru.wikipedia.org

Mifы narodov mira : Ensikl. v 2 t. / gl. red. S. A. Tokarev. — 2-ye izd. — M. : Sovetskaya ensiklopediya, 1987-1988.

Propp V.Ya. Istoricheskiye korni volshebnoy skazki. – Leningrad, izd. Leningradskogo universiteta, 1986. – S.27-28.

Raxmonova M. O‘zbek xalq afsonalari poyetikasi. Filol.fan.dokt.diss. – Toshkent, 2018.

Rizoyeva M. O‘zbek xalq mifologik afsonalari. – Toshkent, Moliya-iqtisod, 2022.

Qayumov O. O‘zbek shomon marosim folklori. – Toshkent, Moliya-iqtisod, 2020.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов