Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodıy o‘yinlardan foydalanish
texnologiyası
Bo‘riyeva Sitora Rustam qizi
TAFU, “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.10442547
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni sog‘lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga
yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish
hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda ijodiy o‘yinlarning ahamiyati, shuningdek,
maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy o‘yinlarning turlari, vazifalari, ijodiy o‘yinlarning ta’siri, o‘yin
orqali bolalarga ta’lim-tarbiya berish qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan bir qator tavsiyalar
bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
ijodiy o‘yin, innovatsiya, kompetensiya, ko‘nikma, faoliyat, texnologiya, shakllanish, rivojlanish.
Kirish
So‘nggi yillarda mamlaktimizda maktabgacha
ta’lim tizimida ham qator islohotlar amalga
oshirilmoqda, maktabgacha ta’lim tizimiga doir
tarixiy qarorlar qabul qilinmoqda. Prezidentimiz
Shavkat
Mirziyoyev
2022-2026-yillarga
mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi”da Maktabgacha ta’lim tizimiga alohida
to‘xtalib, bir qancha vazifalarni belgilab berdilar.
Maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini oshirish[1]
masalasini alohida ta’kidlab o‘tgan. “Maktabgacha
ta’lim va tarbiyaning davlat standartlarini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qabul qilgan
qarori hamda “Ilk qadam” [2] Davlat o‘quv
dasturining ishlab chiqilishi, 2022-yil 4-fevralda qayta
takomillashtirilgan nashrning chop etilishi, 2020 yil 6
yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabga
tayyorlashga doir “Ilm yo‘li” variativ dasturining va
bir qator innovatsion dasturlarning yaratilishi
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktab
ta’limiga samarali tayyorlash uchun yanada keng
imkoniyatlar yaratdi.
Maktabgacha
yoshdagi
bolalarda
ijodiy
o‘yinlardan foydalanish texnologiyasini joriy etish va
amalga oshirishda maktabgacha davlat ta’lim
dasturini, bu sohaga oid qator o‘quv-metodik
qo‘llanmalarni, metodik tavsiyalarni ishlab chiqish,
shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini
loyihalashtirish, jihozlash va ularning faoliyatini
tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga
olinadi.
Buyuk allomalarimiz о‘z asarlarida ijodiy
o‘yinlarning bola rivojlanishidagi ahamiyatini
o‘rganib, turli fikrlar bildirib o‘tishgan. Yusuf Xos-
Hojib, Axmad Yugnakiy, Bahovuddin Naqshbandiy,
Shayh Najmiddin Kubro, Muhammad al-Xorazmiy,
Abu Ali ibn Sino, Al-Farg‘oniy, Axmad Yassaviy,
Abdurahmon Jomiy, Imom al Buxoriy, va Alisher
Navoiy kabi buyuk mutafakkirlar о‘z hayoti va ijodiy
faoliyati
davomida
farzand
tarbiyasi,
bola
shakllanishida atrof-muhit ta’siri to‘g‘risida bir qator
ishlar olib borishgan.
Shaxsni shakllanishi va rivojlanishida o‘yin
orqali muloqot yetakchi o‘rin tutishi haqidagi g‘oyalar
(L.S.Vigotskiy, V.I.Lubovskiy, A.R.Luriya,
S.L.Rubinshteyn); hissiy tartibga solish tizimini
darajali tashkil etish modeli (V.V.Lebedinskiy va
boshqalar,
1990,
M.K.Bardyshevskaya,
V.V.Lebedinskiy, 2003); aloqa nazariyasi M.I.Lisina;
qobiliyatlar nazariyasi B.M.Teplovalar tomonidan
tadqiq etilgan. Bolalar bilan muomala qilish
pedagogning o‘z tarbiyalanuvchilari bilan muloqot
olib borish mahoratini taqozo etadi. Tarbiyachi ya’ni,
pedagog o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishida undagi
bolalar bilan bo‘lgan hamkorlik, muloqot ya’ni
kommunikativlik o‘z aksini ko‘rsatadi. U bolalar bilan
faoliyatni samarali olib borishni, ular bilan muloqot
qilishni bilishi, suhbat, hikoya qilish kabi usullaridan
foydalanishi, ta’lim-tarbiya jarayonida bolalar bilan
muloqotni yo‘lga qo‘ya olishi lozim. Muloqot,
kommunikativlik qobiliyati har bir bolada to‘liq va
erkin shakllangan deya olish mushkul. Shu sababli,
bolani jamoaga kira olishi, o‘z tengdoshlari bilan
muloqotga kirishishida pedagoglik mahorati katta rol
o‘ynaydi. Bunda esa, ijodiy o‘yinlar orqali
munosabatga kirishishda muhim ahamiyatga ega.
Shu
jumladan,
o‘yin
texnologiyasini
maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya
jarayonida olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bola dunyoni o‘yin orqali taniydi [3]. O‘yin
texnologiyasi ham o‘yin metodidan o‘zining aniq
maqsadi,
amalga
oshirish
kerak
bo‘lgan
jarayonlarning mantiqiy ketma- ketligi va o‘zaro
bog‘liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish
kafolati bilan farq qiladi. L.S.Vigotskiy o‘yinni
bolaning
ichki
ijtimoiy
dunyosi,
ijtimoiy
buyurtmalarni o‘zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi.
Har qanday o‘yin muayyan vazifalarni
bajaradi:
•
maftunkorlik;
•
kommunikativlik;
•
o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish;
•
tashxis;
•
o‘yin ishtirokchilari o‘rtasidagi muloqot;
•
ijtimoiylashuvlik.
Ma’lumki, o‘yinlar quyidagi to‘rt asosiy
xususiyatga ega:
- erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya’ni bola
o‘yinni o‘zi tanlaydi, unda faol ishtirok etadi. Bunda
birinchi navbatda yakuniy natija emas, balki o‘yin
jarayoni muhim ahamiyatga ega;
- ijodiy xarakter, ya’ni o‘yin jarayonida bolalar
uchun ijod qilishga katta imkoniyatlar mavjud;
- emotsional ta’sir - bola o‘yinda markaziy
o‘rin egallashni xohlaydi, g‘olib bo‘lishga intiladi, bu
bolaning faolligini oshirishga yordam beradi;
- asosiy va qo‘shimcha qoidalar o‘yin
mazmuni, uning mantiqiy ketma-ketligini belgilaydi.
O‘yinning eng asosiy xususiyati uning ijodiyligidadir.
U o‘zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida
namoyon bo‘ladi.
O‘yinning turlari juda ko‘p bo‘lib, quyida
ularga alohida to‘xtalib o‘tamiz. Jumladan: ijodiy
o‘yinlar turlari. Ijodiy o‘yinlarda bolalarning tevarak-
atrofdan olgan taassurotlari aks ettiriladi. Ijodiy o‘yin
bolalarning mustaqil o‘yini bo‘lib, o‘yinning
mazmunini ular o‘zlari o‘ylab topadilar. Bu o‘yinda
bolalarning erkinligi, mustaqilligi, tashkilotchilik va
ijodqorlik qobiliyatlari to‘laligicha namoyon bo‘ladi.
Ammo o‘yinda hayotiy taassurotlar aynan aks
ettirilmaydi, balki bolalar ongida qayta ishlab
chiqiladi.
Bu
bolalarning
o‘yin
g‘oyasini
yaratishlarida, uning mazmunini tuzib, tasvirlovchi
vositalarni tanlashlarida namoyon bo‘ladi.Syujetli-
rolli o‘yin – maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy
o‘yin turlaridir. Syujetli-rolli o‘yin o‘z xususiyatiga
ko‘ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak-atorfdagi
kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu
o‘yin mazmunining manbai hisoblanadi. Bolalarning
tevarak-atorfdagi hayotdan, tengdoshlari, kattalar
faoliyatidan olgan taassurotlari ijodiy o‘yinda qayta
ishlanadi, to‘ldiriladi, sifat jihatidan o‘zgartiriladi.
Bolalarning bunday o‘yinlari tevarak-atrofdagi
borliqni
bilishning
amaliy
shaklidir.
Bolalar
o‘yinining o‘ziga xos tomoni unda tasvirlovchi
vaziyatlarning mavjudligidir. Tasvirlovchi vaziyat
bolalarga o‘yin jarayonida yuklangan rol va o‘yin
syujetidan tashkil topadi va har xil buyumlardan
foydalanishni ham o‘z ichiga oladi. O‘yinning syujeti
– bir-biriga hayotiy aloqador bo‘lgan qator voqea-
hodisalar yig‘indisidir. Rol syujetli-rolli o‘yinning
asosiy zanjiri hisoblanadi. O‘yin bolada qanoatlanish,
xursandchilik hissini paydo qiladi, shuning uchun
bolani qiziqtirib, unda yaxshi kayfiyat uyg‘otadi, bola
organizmidagi hayotiy faoliyatni yaxshilaydi. Bola
o‘ynayotganda har xil harakatlarni bajaradi. Ya’ni,
yuguradi, sakraydi, tor joydan, ingichka taxta ustidan
o‘tadi, engashdi, yuqoriga tirmashib chiqadi va
hakozo. Bu harakatlarning hammasini bola bemalol,
o‘z xohishi bilan bajaradi, natijada bolaning
muskullari
pishiydi,
u
harakatni
yengilroq,
chaqqonroq bajaradigan bo‘ladi. Bolaning aqliy
tomondan rivojlanishi uchun ham o‘yin katta
ahamiyatga ega. O‘yin natijasida bolaning bilimi
kengayib
boradi.
Rolli
o‘yinlar
bolaning
kuzatuvchanligini, qiziquvchanligini, bilish doirasini
rivojlantiradi, boyitadi. O‘yinda bola o‘z oldiga
maqsad qo‘yadi, bu boladan aql, idrok ishlatishni talab
qiladi, topqirlikka o‘rgatadi. O‘yin jarayonida juda
ko‘p suhbatlashishga, tortishishga, bahslashishga,
aytib bershga to‘g‘ri keladi. Bular esa, bolalar o‘zi
yasayotgan narsalarini yaxshiroq yasash, qurish uchun
juda ko‘p o‘ylab, fikrlashishlariga olib keladi. Buning
hammasi bola tafakkuri va xayolining rivojlanishida
muhim ahamiyatga egadir. Ijodkorlik bilan bog‘liq
tushunchalardan biri divergent fikrlashdir. Divergent
fikrlash - bu muammo yoki savolga bir nechta
yechimlarni yaratish qobiliyati. Ushbu ko‘nikma
ijodkorlik uchun juda muhimdir, chunki u bolaga turli
xil imkoniyatlarni o‘rganishga va innovatsion
g‘oyalarni taklif qilishga imkon beradi[4].
Ba’zi tadqiqotchilar, “ijodkorlik” atamasini
qisqartirib, bilimga oid faoliyatni, ya’ni muammoni
yoki voqeani yangi yoki noan’anaviy tarzda ko‘ra
olishni o‘z ichiga olgan. Zamonaviy psixologik va
pedagogik ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, bunda
san’atning barcha turlari, nafaqat bolalarning badiiy
qobiliyatlarini, balki “inson faoliyatining barcha
sohasida amalga oshadigan” - ijodiy qobiliyatini
rivojlantiradi. Bola san’atga qanchalik erta kirib kelsa,
rivojlanish jarayoni ham samarali kechadi. Ma’lumki,
teatr hayotning ko‘rgazmali shaklining badiiy aksi
bo‘lib, obrazlar orqali dunyoni qabul qilishga
asoslanadi.
Teatrda
ma’no
va
mazmunnni
ifodalashning o‘ziga xos vosita, aktyorlar o‘yinida
paydo bo‘ladigan sahna asaridir. Biroq bolalarni
asosiy estetik ta’limi sohasida musiqiy-teatr faoliyati
eng kam rivojlangan yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.
Ushbu jarayonlarni tashkil qilishning shakllaridan biri
– o‘yin – ya’ni rol ijrosi va aktyorlik. Sahnalashtirish
mashg‘ulotlarining musiqiy komponenti teatrning
taraqqiyoti va ta’limiy salohiyatini kengaytirishdir,
hissiy samaradorlikni oshirishda bola dunyoni his
qilishi va kayfiyatiga ta’sir etishi, shuningdek musiqa
tilining fikri va hissiyoti, teatrda mimika va jestga
qo‘shiladi. Bunday holatlarda sensor-perspektiv
analizatorlarning (kuzatuvchi, eshitish, harakatli)
hajmi va miqdori ortadi. Bunday holda bolalarda
hissiy-perseptual analizatorlarining soni va hajmi
(vizual, eshitish, vosita) ortadi. Maktabgacha ta’lim
tarbiyalanuvchilari “rol o‘ynash”, “qo‘shiq aytish” va
“raqsga”
tushishlarga
tabiiy
moslashadilar,
teatrlashtirilgan va musiqiy sahna ko‘rinishlarini qabul
qilish orqali bolada katta qiziqish uyg‘otib, unda
ishtirok etishlari xohish-istagini bildiradi. Teatr va
musiqa ijodiyoti bolalar ehtiyojlarni qondirish bilan
muammolardan xolos qiladi, u quvonchli daqiqalar va
katta zavqni his qiladi. Rol ijrosidagi matn va musiqiy
qo‘shiq so‘zlari hissiy tizimlar bilan bog‘langanligi
tufayli, bola matnlar mazmunini tushuna boshlaydi va
ijro jarayonida qo‘shilishi, sahnaga qarashi, hatto
“o‘zi”ga ham qarash tajribasini egallashga, uni
tuzatishga va uni baholashga o‘rganib boradi. O‘yin
bolalarga ta’lim berish, ularga turli xil harakatlarni
ob’ektlar, usullar va aloqa vositalari bilan o‘rgatish
maqsadida kattalar tomonidan o‘rganiladigan bolalar
faoliyatining turlaridan biridir. O‘yin usuli bolalar
bilan ishlashning asosiy usuli hisoblanadi[5]. O‘yinlar
davomida bolalar boshqa mashg‘ulotlar bilan bir
qatorda to‘g‘ri nutq qobiliyatlarini o‘zlashtiradilar.
O‘quv jarayonining samarali bo‘lishida o‘yinda bola
o‘zini his qila olishi, bolaga o‘z tajribasini to‘plashiga
imkon yaratishi kerak. Bolalarning logopedik
mashg‘ulotlarga qiziqishini oshirish uchun turli xil
ijodiy vazifalar, to‘g‘ri talaffuzni mustahkamlash
uchun mashqlarga yangi yondashuvlar zarur. O‘yin
ta’lim va mashg‘ulotlar bilan, kundalik hayotdagi
kuzatishlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, juda katta
ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ijodiy o‘yinlarda
muhim bilim egallash jarayoni yuzaga keladi. Bu
bolaning aqliy kuchini ishga soladi, tafakkurini,
hayolini, diqqatini, xotirasini faollashtirishni talab
qiladi, bola masalalarni mustaqil hal qilishga
o‘rganadi, o‘ylagan narsasini amalga oshirish uchun
yaxshiroq va osonroq usul o‘ylab topadi, o‘z
bilimlaridan foydalanish va uni so‘z bilan ifodalashga
o‘rganadi. O‘yinda aks ettirilayotgan narsani bilib
olishga qiziqish uyg‘onadi. Ko‘pincha o‘yin bolalarga
yangi bilim berish va ularning fikrini, bilim doirasini
kengaytirish uchun xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–
2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 28.01.2022-
yildagi PF-60-son // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son.
2.
“Ilk qadam” takomillashtirilgan davlat-o‘quv
dasturi. – Toshkent, 2022-yil.
3.
4.
Yusupova X.I. Boshlang‘ich ta’limda ochiq
topshiriqlar
orqali
ijodiy
fikrlash
ko‘nikmalarini
shakllantirish. -Toshkent: «ZAMON POLIGRAF» OK.-
2022.- 63 b.
5.
Sadikova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. –
Toshkent, 2019-yil.
