Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarinini o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi matematika fani misolida

HAC
Google Scholar
To share
Abdiyeva , Q. . (2024). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarinini o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi matematika fani misolida. Modern Science and Research, 3(1), 1–3. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27949
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetetsiyalarini shakllantirishninng o‘ziga xos jihatlari, boshlang‘ich sinfdanoq o‘quvchilar ongida shakillantirish xususida fikr muloxazalar bildirilgan. Xususan, boshlang‘ich sinflarda kompyuter texnologiyalari orqali darslarni modellashtirish o‘quvchilar bilimini oshirishga, ularda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga e’tibor qaratilgan va shu kabilar yuzasidan fikr muloxazalar keltirilgan.


background image

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarinini o‘z-o‘zini rivojlantirish

kompetensiyasi matematika fani misolida

Toshkent amaliy fanlar universiteti

“Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi”

kafedrasi o‘qituvchisi

Abdiyeva Qo‘ysintosh Azadovna

E-mail: tesanov908@gmail.com +998900004084

https://doi.org/10.5281/zenodo.10442566

Tayanch so‘zlar:

o‘z-o‘zini rivojlantirish, kompetensiya, kompyuter, ta’lim, zamonaviy ta’lim, dars, texnologiya.

Annotatsiya.

Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetetsiyalarini shakllantirishninng

o‘ziga xos jihatlari, boshlang‘ich sinfdanoq o‘quvchilar ongida shakillantirish xususida fikr muloxazalar bildirilgan.
Xususan, boshlang‘ich sinflarda kompyuter texnologiyalari orqali darslarni modellashtirish o‘quvchilar bilimini oshirishga,
ularda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga e’tibor qaratilgan va shu kabilar yuzasidan fikr muloxazalar keltirilgan.


Kirish.

Mamlakatimiz

Prezidenti

Sh.M.Mirziyoyev

“Yoshlarimizning

mustaqil

fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy
salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z
tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan
insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun
davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va
imkoniyatlarini safarbar etamiz” degan da’vatlari
ta’limning sifatli va samarali tashkil etilishini,
ayniqsa,

boshlang‘ich

sinflardan

boshlab

o‘quvchilarni

mustaqil

fikrlaydigan,

yuksak

intellektual va ma’naviy salohiyatga ega shaxs
sifatida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb
masalalaridan biri hisoblanadi.

Respublikamizda

xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
Konsepsiyasi tasdiqlandi, yoshlar ta’lim-tarbiyasi
uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan
kompleks chora – tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta
tashabbus amaliyotga tatbiq etildi, umumiy o‘rta
ta’limning kompetensiyaviy yondashuvga
asoslangan davlat ta’lim standartlari hamda fan
o‘quv dasturlari ishlab chiqildi, ta’lim sifatini
baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok
etishning me’yoriy asoslari yaratildi.

Shu asoslarga

tayangan holda bugun barcha maktablarda ya’ni
boshlang‘ich sinflarda darslarni tashkil etishda
kompyuterlar

va

axborot

texnologiyalaridan

foydalanib kelmoqdamiz.

Matematik savodxonlik, fan va texnika

yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish
kompetensiyasi

– aniq hisob-kitoblarga

asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va
iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda
turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish,

inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat
unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga
olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan
foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni
nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar
umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda
shakllantiriladi.

Shuningdek, har bir umumta’lim fanining

mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda
fanga oid umumiy kompetensiyalar ham
shakllantiriladi. Shunday ekan, matematika fani
insonning intellektini, diqqatini rivojlantiradi,
ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va
irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzdagi tartib-
intizomlilikni

ta’minlaydi

va

tafakkurini

kengaytiradi. Matematika olamni bilishning asosi
bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning
o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab
chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Evropa

tajribasiga

tayangan

holda

O’zbekiston ta’lim tizimida kompetensiyaviy
yondashuvning joriy etilishi, shakllantiriladigan
ta’lim kompetensiyalarini tanlash va ularni ta’lim
tizimiga singdirish orqali respublikamizda ta’lim
tizimi samaradorligini oshirish maqsadida shu
kompetensiyaviy

tizimga

qabul

qilindi.

Kompetensiya so’ziga turlicha ta’riflar, yondashuvlar
mavjud.

Xususan,

«O’zbekiston

milliy

ensiklopediyasi»da kompetensiya so’zi quyidagicha
izohlanadi:

kompetensiya

(lot.

competo

erishyapman, munosibman, loyiqman) – muayyan
davlat organi (mahalliy o’zini o’zi boshqarish organi)
yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa


background image

hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va
burchlari doirasi; u yo bu sohadagi bilimlar, tajriba
degan ma’nolarni anglatadi.

Yurtimizda avvaldan shakllangan ilmiy

maktablar

salohiyatini

hisobga

olib,

hozirgi

bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz
yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, bu yil
matematika, kimyo, biologiya, geologiya fan va
sohalarini rivojlantirish tanlab olindi. Kompyuter-
bugungi kunda axborotlarni olish va qayta
ishlashning muhim vositasi bolib, uning tezkorligi
tasavvurini lol qoldiradi. Shuning uchun ham bu
vositalarning o‘quv jarayoniga joriy etilishini hozirgi
davrda tabiiy hol deb qarash joiz boladi. Masalan,
kompyuter texnologiyalari asosida boshlang‘ich
sinflarda matematika darslarini tashkillashtirish
orqali matematik fikrlash faoliyatini faollashtirib,
o'tilgan materialni samarali o'zlashtirish imkonini
beradi. Amalda namoyish etilishi qiyin bo‘lgan
jarayonlarni modellashtirish va ko'rsata olish
imkonini beradi. Darsda o‘tilgan mavzuga mos
materialni o'rganish sur’ati bilan bir qatorda uni
tushunish,

anglash

o'qitishni

yakka-yakka

(individual) shaklda o'tkazish imkonini beradi.

Matematika darslarida o'quvchilarni o‘z-

o‘zini

rivojlantirish

kompetensiyasining

ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida sinfda
kompyuterdan foydalanish orqali o'qituvchi o'z
mashg'uloti

davomida

o'quvchilarga

ma'lum

hajmdagi mashg'ulotlarni beribgina qolmay, ularda
turli

vositalardan,

mustaqil

ravishda

boshqa

ma'lumotlarni izlab topishga ishtiyoq tug'dirishni
shakllantirishga

erishishiladi.

O'quvchilarning

mustaqil ravishda bilishga harakati yaxshi tashkil
etilgan bo'lsa, mashg'ulot shuncha samarali va sifatli
o'tadi. Kompyuter texnikasidan foydalanib, darslarni
tashkil etish orqali o'quvchilarni mustaqil ish olib
borish imkoniyatini oshiradi, o'qituvchi esa o'tilgan
materialni o'zlashtirish jarayonini turli shakllarda
nazorat qilishi mumkin. Ta'lim innovatsiyalari - ta'lim
sohasi yoki o'quv jarayonida mavjud muammoni
yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida
qo'llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani
kafolatlay

oladigan

shakl,

metod

va

texnologiyalardan iborat deb aytish mumkin.

Bugungi kunda ta'lim tizimi oldida turgan

ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish jahon ta'lim
standartlari darajasida bilim berish hamda ta'lim
innovatsiyalarni joriy etish orqali har tomonlama
yetuk ijodkor ma'naviy boy, kasb-hunarli, milliy va
umuminsoniy qadriyatlar, milliy istiqlol g'oyasi
ruhida tarbiyalangan, o'z mustaqil fikriga ega
barkamol shaxsni kamolga yetkazish kabi vazifalarni
hal etishda ta'lim muassasalarining pedagogik

jamoasi xususan har bir fan o'qituvchisi o'z pedagogik
faoliyatini tubdan o'zgartirishi lozim. Respublikamiz
miqyosida umumta'lim maktablariga katta e'tibor
qaratilgan

bo'lib,

maktablarimizni

jahon

standartlariga mos holda jihozlar bilan ta'minlash
ishlari amalga oshirilmoqda. Asta-sekinlik bilan
barcha

ta’lim

muassasalari

kompyuter

texnologiyalari va ekranlar bilan ta’minlanib
kelmoqda.

Bu

orqali

boshlang‘ich

sinf

o‘qituvchilarining sifatli ta’lim berishi oshadi.

O‘quvchilar

esa

zamonaviy

tarzda

kompyuter texnologiyalari haqidagi tushunchalarini
amalda ko‘rib o‘tilgan mavzuni oson o‘zlashtirishga
erishadilar. Bugungi kunda uzluksiz ta'lim tizimi
bo'g'inidagi ta'lim muassasalari, shu jumladan,
umumiy o'rta ta'lim maktablari o'qituvchilari oldida
yangi muammolar, ya'ni o'qitilayotgan fanning
o'zlashtirish sifatini oshirish vazifasi turibdi. Bu
borada matematika fanini o'qitishda ham turlicha
metodlar qo'llanilmoqda, bundan ko'zlangan asosiy
maqsad

matematika

fanini

o'qitishni

oson

o'zlashtirishdan iboratdir. O‘quvchilar bilan har bir
darsda bir nechta tushunchalar bilan ish olib
boriladi. Bu tushunchalarning har birini shu
darsning turli bosqichlarida o‘zlashtirishi mumkin.

Har bir tushunchani tushunishda

kompyuter texnologiyalari orqali tashkil etilgan
darsda boshqa bir tushunchani takrorlash, esga
olish bilan olib borilsa, bu tushuncha esa keyingi
tushunchalarni tushuntirish uchun xizmat qiladi.
O‘qitish jarayonida har bir o‘quv materiali
rivojlantirilgan holda olib boriladi, bu o‘quv
materiali o‘zidan keyin o‘qitiladigan materiallarni
tushunish uchun poydevor bo‘ladi. Boshqa
tushunchaning o‘zlashtirilish jarayonini qarasak, u
bir necha darslarning o‘zaro bog‘liqli o‘qitilishi
natijasida hosil bo‘ladi. Shunday qilib matematik
tushunchalarini hosil qilish birgina darsning o‘zida
emas, balki zamonaviy texnologilardan foydalanish
o‘z samarasini berib boradi. Bunday darslarni
birgalikda darslar tizimi deb ataymiz.

Kompyuter

texnologiyalari orqali dars o‘tilgandan so‘ng
o‘quvchilarning mavzuni o‘zlashtirish darajasini
bilish maqsadida yangi mavzu so‘rash orqali
tekshirib ko‘riladi. So‘ngra qisqacha so‘zlash,
nazariy bilimlarning chuqurlashuviga ham yordam
beradi. Masalan, 2 sinfda bolalar “95 -12 va 86 -14
ko‘rinishidagi ayirish” mavzusida yangi ayirish usuli
bilan tanishdi. Mustahkamlash uchun ular uyda ushbu
misollarni yechadi: Shu misollarni kompyuter orqali
o‘quvchilarga

ko‘rgazmali

materillar

orqali

kompyuterdan foydalanib ko‘rsatiladi. 65 - 2 80 – 5
Miqdorlarni taqqoslash haqidagi ilgari o‘rgangan
bilimlarini

mustahkamlash

uchun

shunday


background image

ko‘rinishdagi misollar bajarib boriladi. O‘quvchilar
bu orqali ayirish amalini oson ko‘rgazmali hamda
zamonaviy usulda tushunib oladilar.

Xulosa

.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak,

boshlang‘ich sinflarda matematika fanini kompyuter
texnologiyalari orqali modellashtirish o‘quvchilarda
o‘z-o‘zini

rivojlantirish

kompetensiyalarini

shakllantiradi va ta’lim sifatini oshirishda katta
ko‘makchi vosita hisoblanadi. O‘quvchilarga
matematik amallarni, tushunchalarni o‘rgatishda juda
ham samarali usuldir. Chunki, hozirgi zamon
talabidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, ijtimoiy
tarmoqlar rivojlangan, har bir o‘quvchi texnika
vositalaridan o‘rinli foydalana olishi kerak. Bu uchun
avvalambor har qanday darsni sifatli tashkil qilish bu
o‘qituvchining oldida turgan eng dolzarb masala,
ulargina qo‘yilgan masalani muvaffaqiyatli yechishni
ta’minlaydi, aynan shu paytda bilim olish faoliyati
to‘planadi. Bu uchun o‘qituvchi yetakchi o‘rinda
bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

ro‘yxati

1.Divanova

M.S.,

Alimova

S.Q.,

Alimov

O.N.

Boshlang'ich sinflarda мatematiка fanini o'qitishda axborot
tex^log iyalaridan foydalanish, 46 bet.
2. Jumayev М.Е., Tadjiyeva Z.G'. Boshlan'gich sinflarda
matematika o'qitish metodikasi "Fan va texnlogiya", 2005.
312 bet.
3. Jumayev

M.E,

Boshlangi’ch

sinflarda

matematika o‘qitish metodikasi. (OO‘Y uchun darslik.)
Toshkent. “Bayoz” 2021 yil.
4. Abdullayeva B.S. va boshqalar Matematika 1.1-sinflar
uchun ilg‘or va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha metodik qo‘llanma
“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat nashriyoti.11
b.t.Toshkent-2014.
5. Toshpo‘latova M.I.Matematika 1.1-sinflar uchun
matematika fanidan elektron axborot-ta’lim resursi №DGU
20140188

References

Divanova M.S., Alimova S.Q., Alimov O.N. Boshlang'ich sinflarda мatematiка fanini o'qitishda axborot tex^log iyalaridan foydalanish, 46 bet.

Jumayev М.Е., Tadjiyeva Z.G'. Boshlan'gich sinflarda matematika o'qitish metodikasi "Fan va texnlogiya", 2005. 312 bet.

Jumayev M.E, Boshlangi’ch sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. (OO‘Y uchun darslik.) Toshkent. “Bayoz” 2021 yil.

Abdullayeva B.S. va boshqalar Matematika 1.1-sinflar uchun ilg‘or va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha metodik qo‘llanma “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat nashriyoti.11 b.t.Toshkent-2014.

Toshpo‘latova M.I.Matematika 1.1-sinflar uchun matematika fanidan elektron axborot-ta’lim resursi №DGU 20140188

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов