AKADEMIK LITSEY O‘QUVCHILARINING FAZOVIY TASAVVURLARINI RIVOJLANTIRISHNI PROPEDEVTIKALASH IMKONIYATLARI

HAC
Google Scholar
To share
Saparboyev , J., & Kadirova , G. (2024). AKADEMIK LITSEY O‘QUVCHILARINING FAZOVIY TASAVVURLARINI RIVOJLANTIRISHNI PROPEDEVTIKALASH IMKONIYATLARI. Modern Science and Research, 3(1), 1–5. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27990
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada akademik litsey o’quvchilarining fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishni propedevtikalash imkoniyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Propedevtika so’zining lug’oviy ma’nosi, geometriya o’qitishni propedevtikalash, stereometriya propedevtikasi tushunchalari ustida ilmiy izlanishlar olib borgan olimlarning fikrlari, stereometriya propedevtikasi haqida o’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishda qanday imkoniyatlari mavjudligi asoslab berilgan.


background image

AKADEMIK LITSEY O‘QUVCHILARINING FAZOVIY

TASAVVURLARINI RIVOJLANTIRISHNI PROPEDEVTIKALASH

IMKONIYATLARI

Saparboyev Jamoladdin, Kadirova Gulchehra

Toshkent amaliy fanlar universiteti, O‘zbekiston, Toshkent 100149, Gavhar ko‘chasi, 1

saparboevj@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.10449308

Kalit so‘zlar:

Propedevtika, propedevtik kurs, propedevtikalash, masalaviy yondoshuv, fazoviy tasavvur, stereometriya, fazoviy

figura.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada akademik litsey o’quvchilarining fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishni propedevtikalash
imkoniyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Propedevtika so’zining lug’oviy ma’nosi, geometriya o’qitishni
propedevtikalash, stereometriya propedevtikasi tushunchalari ustida ilmiy izlanishlar olib borgan olimlarning
fikrlari, stereometriya propedevtikasi haqida o’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishda qanday
imkoniyatlari mavjudligi asoslab berilgan.

KIRISH.
Geometriya elementlarini o’qitish usullari haqida

gapirishdan oldin, propedevtika nima ekanligiga
aniqlik kiritish maqsadga muvofiq. “Propedevtika”
yunoncha “Propaideuo” so’zidan olingan bo’lib,
o’zbek tilida “Oldindan o’qitish”, “Har qanday fanga
kirish”, “Kirish kursi”, “Tizimli ravishda qisqa va
elementar shaklda taqdim etish” – degan ma’noni
anglatadi. Propedevtika muammosi tushunchalarni
shakllantirishda yoki muayyan mavzularni haddan
tashqari uyg’unlashtirishda jiddiy qiyinchiliklar
paydo bo’lganda yuzaga keladi[1].

Propedevtika (biror narsa toʻgʻrisidagi dastlabki

bilimlar majmui; kirish kursi). Propedevtika (
yunoncha " dastlabki ta'lim") didaktik atama bo'lib,
har qanday fanga kirish, ixcham va elementar shaklda
tizimli ravishda taqdim etiladigan dastlabki kirish
kursini anglatadi[1].

Akademik litseylarda o’rganiladigan mavzular

turli fanlarning propedevtik kurslari yoki ularning
bo’limlari, nazariy materiallarning ma’lum bir
qismlari hisoblanib, ular maktabda o’rganilib
bo’linishi kerak. Shuning uchun ham akademik
litseylarda ta’lim ikki bosqichdan iborat bo’lishi
kerak: 1. Propedevtik tanishish. 2. Tushunchalar,
nazariylar materiallardan parchalar va ularning
ayrimlarini

tizimli

o’rganish.

Bunda

propedevtikaning asosiy vazifasi o’quvchilarni ba’zi
muhim

mavhum

tushunchalar,

nazariy

materiallarning ma’lum qismlarini tizimli o’rganishga
tayyorlashdan iborat bo’lib, bunda murakkab
tushunchaning ta’rifi yoki tasdiqlarning qat’iy
bayoni, mazkur tushuncha bilan bog’liq atamalar va
belgilar umuman kiritilmaydi yoki qisman kiritiladi.
Propedevtika mazmuni: tushuncha yoki nazariy
materiallarning ma’lum bir qismidan iborat bo’lib,

ularni qaysi darajada o’rganish, boshqa ichki
tushunchalar bilan o’zaro bog’liqligi kabilarni o’z
ichiga oladi.

Demak, akademik litseylarda geometriya kursini

propedevtikalashning

vazifalaridan

biri

nazariy

materiallarni tizimlashtirish ҳисобланиб унда biz
fanga

oid

bilimlar

propedevtikasini

amalga

oshirishning mumkin bo‘lgan yo‘llari, ularga
qo‘yiladigan talablar va ular asosida topshiriqlarni
tanlash mezonlari hamda ularni tasniflash kabi
muammolarni qarab chiqamiz.

METODOLOGIYA.
Mavjud didaktik tamoyillarning barchasi ta’lim

mazmunining o‘quvchilar yosh xususiyatlariga
mosligini hisobga olishadi. Bularga asosan ilmiylik
va tushunarlilik, ta’limda onglilik va faollik,
abstraktlilik va muayyanlik, bilimlarning puxta
egallanishi va o‘quvchilar bilish faoliyatlarini har
tomonlama rivojlantirish kabilarni kiritish mumkin.
Didaktikaning

asosiy

kategoriyalari

orasida

ta’limning o‘quvchilar yosh xususiyatlariga mosligini
hisobga olishda propedevtika munosib o‘rin
egallaydi. P.K.Odinsov va L.A.Odinsovalarning
fikricha «Propedevtika - didaktikaning kategoriyasi
bo‘lib,

o‘qitish

qonuniyatlaridan

foydalanish

usullarini va avvalo ta’lim mazmunining o‘quvchilar
yosh xususiyatlariga moslik qonunini xarakterlaydi.»
[2].

Kengroq ma’noda propedevtika o‘quvchilarning

yosh xususiyatlariga mos holda ma’lum bilimlar
sohasining maqbul variantini aniqlaydi. Akademik
litseylar o‘quv predmetlarida biror tushuncha,
munosabat, u yoki bu faktning talqiniga, tiliga mos
holda uning maqbul varianti qidiriladi. Tushunchani
aniqlashning

(ta’riflashning)

maqbul

varianti

deyilganda biz ushbu tushunchaning shunday


background image

modelini qabul qilamizki, u muayyan yoshdagi
o‘quvchilarga tushunarli, ular tomonidan yuzaki
egallanmaydigan, ammo bu tushunchani egallash
jarayoni jiddiy aqliy urinishi kerak bo‘ladi.
Ta’kidlash lozimki, har qanday maktab, o‘rta maxsus
ta’lim o‘quv predmetlarini u yoki bu fanning muhim
propedevtik kursi deb qabul qilish mumkin. Bunday
kurs fanning tushunchalari, nazariyasi va metodlarini
propedevtika etishni nazarda tutadi [2].

Akademik litseylarda o‘rganiladigan o‘quv

predmetlari bizlar tomonimizdan u yoki bu fanning
propedevtik kursi sifatida qaralishiga qaramasdan
bunday kurslar ma’lum modelda tugallangan
ko‘rinishda bo‘lishi kerak. Akademik litsey ta’limida
yuqorida qayd etilgan bilimlar ikkita bosqichda
o‘rganilishi zarur: birinchisi – tushuncha bilan
propedevtik

tanishuv

va

tushunchani

tizimli

o‘rganish. Propedevtikaning vazifasi o‘quvchilarni
fanlar kursining ba’zi muhim abstrakt tushunchalarini
nazariyaning

ba’zi

fragmentlarini

sistemali

o‘rganishga tayyorlashdan iborat. Propedevtik
darajada murakkab tushunchalarning ta’riflari va
tasdiqlarning

qat’iy

shakllantirilgan

talqinlari

kiritilmaydi; ushbu tushunchaga bog‘liq atamalar va
simvollar mutlaqo kiritilmaydi yoki qisman kiritiladi;
pedagog – o‘qituvchi muayyan tushunarli vositalar
asosida tushunchani, tasdiqni kiritishni tayyorlab
boradi. Tushunchaning propedevtik mazmuni yoki
fandagi nazariyaning mohiyati qanday bo‘lishi ushbu
tushunchaning fandagi, ushbu o‘quv predmetida va
boshqa o‘quv predmetlaridagi o‘rni va ahamiyatiga
bog‘liq.

Shunday

qilib,

bizning

ilmiy

tadqiqotimizning

muhim

vazifalaridan

biri

tekislikdagi figuralarni o‘qitish davomida fazoviy
jismlar haqidagi bilimlar propedevtikasining optimal
mazmunini aniqlashdan iborat.

Propedevtika

kursining

mazmuni

va

o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga bog‘liq holda
propedevtikani yaqqol va yaqqol bo‘lmagan
propedevtikaga ajratishadi. Yaqqol bo‘lmagan
propedevtika

shakllantirilayotgan

tushunchaning

ba’zi jihatlari va nazariya fragmentining modellari
bilan tanishtirishni taqozo etadi; tushunchalar
ta’riflanmaydi, tasdiqlar shakllantirilmaydi, zarur
atamalar kiritilmaydi. Yaqqol propedevtika esa
tushunchaning aniq misollari bilan tizimli va
maqsadga yo‘naltirilgan tanishtirishni nazarda tutadi.
Tushunchaning eng muhim belgilari qayd etiladi.
Tushunchalarni

aniqlashtirishga

doir

mashqlar

echiladi, ammo qat’iy ta’rif hali berilmaydi. Bu
darajada

propedevtika

tizimli

va

maqsadga

yo‘naltirigan holda o‘sib boradi, hamda tasdiqning,
xulosaning muhim talablarini shakllantirishga doir
ishlar davom ettiriladi. Yaqqol propedevtika atamalar
va simvollarni qisman yoki to‘la kiritishni taqozo
etadi.

Akademik litseylar aniq fanlarining propedevtik

kurslarini yaratish didaktikaning vazifalariga kiradi.
Bunday kurslarni ishlab chiqishni aniq fanlardan
o‘quv dasturlarini tahlil qilishdan boshlanishi va
kursning optimal modelini aniqlashtirish uning
mantiqiy tuzilishini ishlab chiqish bilan yakunlanishi
lozim.

Akademik litseylarda aniq fanlar kursini shartli

ravishda ikkita pag‘onaga ajratish mumkin. Ulardan
birinchisida maktabda aniq fanlar kursining asosiy
yo‘nalishlari

takrorlanadi,

umumlashtiriladi,

chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. Ma’lumki,
maktab aniq fanlar kursini shartli ravishda 5 ta
yo‘nalishga ajratish mumkin. Bular: birinchisi –
tushunchani o‘rganish, ikkinchisi –almashtirishlar,
uchinchisi – tenglama va tengsizliklarni o‘rganish,
to‘rtinchisi – funksiya tushunchasini o‘rganish va
beshinchisi – asosiy geometrik figuralar va ularning
xossalarini o‘rganishdan iborat.

Akademik litseylar aniq fanlarining propedevtik

kurslarini yaratish didaktikaning muhim vazifalariga
qatoriga kiradi. Bunday kurslarni ishlab chiqishni
aniq fanlardan o‘quv dasturlarini tahlil qilishdan
boshlanishi

va

kursning

optimal

modelini

aniqlashtirish uning mantiqiy tuzilishini ishlab
chiqish bilan yakunlanishi lozim.

O‘quvchilar turli o‘quv predmetlari orqali fazo

tushunchasi haqida bilimga ega bo‘lib borishadi.
Bunday yondashuv orqali yagonalik va umumiylikni
anglab

olishadi,

analiz

va

sintez

qilish,

konkretlashtirish va abstraksiyalash orqali fazoviy
figuralarning

shakllari,

xossalari

va

ulardagi

munosabatlar haqida ongli tasavvur shakllanadi.

Propedevtikaning asosiy vazifasi o‘quvchilarni

biror bir kursni sistemali o‘rganishga tayyorlashdan
iborat.

Fazoviy tasavvurni rivojlantirishga qaratilgan

masalalar tizimida oldingi o‘rganilgan nazariya
qo‘llaniladi, planimetriya kursiga murojaat qilinadi.

Fazoviy

tasavvurni

rivojlantirish

propedevtikasini

samarali

amalga

oshirishda

masalaviy yondoshuv eng samarali yondashuvligi
ta’kidlandi. Fazoviy tasavvurlarni shakllantirish
propedevtikasi

psixologik-pedagogik

shart-

sharoitlarini hisobga olgan holda masalalar tanlashda
quyidagi:

tanlangan

masalalarning

qo‘yilgan

maqsadlarga;

planimetriya

kursining

mantiqiy

tuzilishiga; ilmiy istiqbolga mosligini ta’minlash
asosida stereometrik nazariyani o‘zlashtirishni
hisobga olinadi. Shuningdek, o‘smir yoshidagi
o‘quvchilarning

idrok

etish

qonuniyatlariga,

ko‘rgazmalilik tamoyillariga mosligi; geometriyaning
ichki aloqadorligini va predmetlararo aloqadorligini
ta’minlashga;

o‘quvchilarning

individual

imkoniyatlariga yo‘naltirilganligini hisobga olish
ta’kidlandi.

Stereometrik propedevtikani amalga oshirishni

faqat

stereometrik

materiallarning

uzviyligini

ta’minlash orqaligina amalga oshirish mumkin.
Shunday qilib, stereometrik bilimlarning uzviyligini
ta’minlash stereometrik propedevtikani amalga
oshirishning shartlaridan biri ekanligi ta’kidlandi va
stereometrik bilimlar propedevtikasi tizimlilik va
ketma-ketlilik; ilmiylik va tushunarlilik; onglilik va
faollik; abstraktlilik va konkretlilikning birligiga
erishish kabi didaktik talablarga rioya qilishni
ta’kidlagan.

NATIJALAR.
O‘rni kelganda qayd etish lozimki, chizmachilik

va geometriya o‘quv predmetlarining vazifalari


background image

turlicha bo‘lishiga qaramasdan, ular o‘rtasida
umumiy

holatlar

ham

mavjud.

Bularga:

1)

O‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish;
2) Predmetlarning shakllarini tahlil qilishga o‘rgatish.
Aynan fazoviy tasavvurni shakllantirish muammosi
chizmachilik va geometriya kurslarini bog‘laydi.

Shunday qilib, o‘quvchilar turli o‘quv predmetlari

orqali fazo tushunchasi haqida bilimga ega bo‘lib
borishadi. Bunday yondoshuv orqali yagonalik va
umumiylikni anglab olishadi, analiz va sintez qilish,
konkretlashtirish va abstraksiyalash orqali geometrik
figuralarning

shakllari,

xossalari

va

ulardagi

munosabatlar haqida ongli tasavvur shakllanadi.

Propedevtika masalasi ba’zi tushunchalarni

shakllantirishda jiddiy qiyinchiliklar paydo bo‘lganda
ba’zi mavzularni o‘ta siqiq holda bayon qilinganda
paydo bo‘ladi, u holda o‘quv materialini anchagina
katta vaqt oralig‘iga yoyish talab etiladi [122].

Fazoviy figuralarni sistemali o‘rganishda hosil

bo‘ladigan qiyinchiliklarning aksariyati o‘z vaqtida
o‘quvchilarda

fazoviy

tasavvurlarning

shakllantirilmaganligi

tufaylidir.

Demak,

stereometrik bilim va tasavvurlarni propedevtik
shakllantirish

zaruriyati

mavjud. Tahlil

shuni

ko‘rsatadiki, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-6-
sinf

darsliklarida

fazo

elementlari

mavjud.

Maktabning 7-9-sinflar darsliklarida fazo elementlari
yo‘q.

Shuningdek,

akademik

litseylarda

planimetriyani

takrorlash,

umumlashtirish,

chuqurlashtirish

va

kengaytirish

davomida

stereometriya

propedevtikasi

imkoniyatlaridan

foydalanish e’tibordan chetda qolgan. Ushbu
muammoni nazariy va amaliy jihatdan qilingan
tahlillar va tajriba sinov ishlarining natijalari
akademik litseylarda planimetriya o‘qitish davomida
stereometrik

propedevtikani

amalga

oshirish

zaruriyatining mavjudligini va uni amalga oshirish
maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi.

Ixtiyoriy o‘quv predmeti mazmuni ham ma’lum

maqsadlar orqali aniqlanadi. Maqsadlarni amalga
oshirish

uchun

mazmun

maxsus

loyihalanadi(shakllantiriladi).

Turli

mualliflar

mazmunni

aniqlash

uchun

turlicha

tavsiyalar

berishadi. I.M.Smirnova tomonidan bu muammoga
bag‘ishlangan adabiyotlar va tadqiqotlarni tadqiq
qilish asosida mazmunni aniqlash mezonlari ishlab
chiqilgan.

O’quvchilarning

fazoviy

tasavvurini

rivojlantirishga qaratilgan ta’lim mazmun o‘quv
predmeti chuqur o‘qitiladigan guruhlardagi o‘quv
predmeti mazmunini kompleks aniqlash, ya’ni bir
paytning o‘zida o‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi

maqsadlarni

aniqlashga

xizmat

qiluvchi mezonlarni tashkil etadi.

1.

Ilmiy va amaliy ahamiyatlilik mezoni.

2.

Ta’lim

mazmunining

tarbiyaviy

va

rivojlantiruvchi maqsadlariga moslik mezoni.

3.

Ta’lim mazmunining ta’lim profiliga moslik

mezoni.

4.

Ta’lim mazmunining o‘quvchilar yosh

xususiyatlariga moslik mezoni.

5.

Ta’lim

mazmunining

o‘quvchilarning

individual xususiyatlariga moslik mezoni.

6.

Ta’lim

mazmunining

o‘quv-metodik

ta’minotga moslik mezoni.

7.

Ta’lim

mazmunining

mavjud

vaqt

byudjetiga moslik mezoni.

Mezonlar – bu mazmunni tanlashda sifatli belgilar

ekanliginii hisobga olib, stereometriya propedevtikasi
materiallarini tanlash mezonlarini aniqlash lozim.
Propedevtika – bu stereometriya sistematik kursini
o‘qitishga tayyorgarliklardan iborat bo‘lganligi uchun
materiallarni ham stereometriya kursidan tanlash
lozim bo‘ladi.

(AL da o’qitiladigan)Stereometriyaning asosiy

mavzularini sanab o‘tamiz:

1.

Stereometriya asoslari.

2.

To‘g‘ri chiziq va tekislikning o‘zaro

joylashuvi.

3.

Fazoviy figuralarni tekislikda ifodalash.

4.

Ko‘pyoqlilar.

5.

Aylanish jismlari.

6.

Hajmni va sirt yuzasini o‘lchash.

7.

Fazoda simmetriya.

8.

Fazoda koordinatalar.

Aksiomalar geometriya kursini deduktiv qurish

uchun asos bo‘lganligi tufayli uni stereometriya
kursini sistemali o‘qitish davomidagina kiritish
mumkin.

Ammo

stereometriya

propedevtikasi

davomida aksiomalarni kiritishga doir tayyorgarlik
ishlari olib borilishi kerak.

Bu masala M.I.Lisova [2] tomonidan tadqiq

qilingan.

Xususan,

uning

ta’kidlashicha,

stereometriya aksiomalarini o‘rganish davomida
prizma va piramidalardan foydalanish, ko‘pyoqlilar
bilan

ko‘rgazmali

tanishuv

avvalroq

ularni

konstruktiv ta’riflash, o‘quvchilarning fazoviy
tasavvurlarini

rivojlantiradi,

stereometriyaning

dastlabki bo‘limlarini o‘quvchilar tomonidan ongli
o‘zlashtirishiga

olingan

bilimlarni

qo‘llash

imkoniyatlarining kengayishiga xizmat qiladi.

Demak, stereometriyaning dastlabki bo‘limlarini

o‘rganish uchun ko‘pyoqlilar bilan ko‘rgazmali
tanishuv tavsiya etilmoqda. Bundan kelib chiqadiki,
agar stereometriya propedevtikasi ertaroq amalga
oshirilsa, u holda stereometriya aksiomalarini
o‘rganish osonroq kechadi.

To‘g‘ri chiziq va tekisliklarning o‘zaro joylashuvi

haqidagi abstrakt tushunchalarni egallab olishi uchun
ko‘plab aniq tasavvurlarni shakllantirishi lozim.
Masalan, to‘g‘ri chiziqlar va tekisliklarning
perpendikulyarligi

va

parallelligi

haqidagi

tasavvurlarni hosil qilishi uchun. Tekislik va to‘g‘ri
chiziqlarning

o‘zaro

joylashuvini

yaxshisi

ko‘pyoqlilarning modellarida qaralishi ma’qul.
Chunki ularning qirralarini to‘g‘ri chiziqlar va
yoqlarini esa tekislikning qismi sifatida qarash
mumkin.

Stereometriya

propedevtikasi

planimetriya

o‘qitish bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi lozim.
Demak, stereometrik figuralarning biror qismini
tekislik deb qaralishi tufayli xulosa qilish mumkinki,
ko‘pyoqlilarni bunday tartibda o‘rganish ma’qul.

Propedevtikaning

vazifasi

o‘quvchilarni

stereometriya

kursini

sistemali

o‘rganishga

tayyorlashdan iborat. Shuning uchun stereometriya


background image

propedevtikasi stereometrik nazariyalarni to‘liq
qaramaydi, uning elementlari masalalar orqali
kiritiladi.

Bunday

masalalar

bir

tomondan

planimetriyaning ma’lum nazariy muammolarini
o‘rganish tufayli yuzaga kelsa, boshqa tomondan
o‘quvchilar fazoviy tasavvurlarining rivojlanishiga
xizmat

qiladi.

Chunki,

ko‘pyoqlilarga

doir

masalalarni yechish orqali o‘quvchilarda ular
haqidagi, ularning o‘zaro joylashuvi haqidagi
tasavvurlar rivojlanadi. Bu esa o‘z navbatida
kelgusida stereometriya kursini samarali o‘rganishga
yordam beradi.

MUHOKAMA.
Shunday xulosa qilish mumkinki, stereometriya

propedevtikasini

samarali

amalga

oshirishda

masalaviy yondoshuv eng samarali yondoshuv ekan.
Fazoviy tasavvurlarni shakllantirishning psixologik-
pedagogik shart-sharoitlarini hisobga olgan holda
stereometrik bilimlar propedevtikasi uchun masalalar
tanlashda

quyidagi

mezonlarni

shakllantirish

mumkin:

1.

Tanlangan

masalalarning

qo‘yilgan

maqsadlarga mosligi;

2.

Tanlangan materiallar va masalalarning

planimetriya kursining mantiqiy tuzilishiga mosligi;

3.

Tanlangan materiallar va masalalarning

ilmiy istiqbolga mosligi, ya’ni kelgusida stereometrik
nazariyani kiritishda qo‘l kelishi;

4.

Tanlangan materiallar va masalalarning

o‘smir yoshidagi o‘quvchilarning idrok etish
qonuniyatlariga mosligi;

5.

Tanlangan materiallar va masalalarning

ko‘rgazmalilik tamoyillariga mosligi;

6.

Tanlangan materiallar va masalalarning

geometriyaning ichki aloqadorligini va predmetlararo
aloqadorligini ta’minlashga xizmat qilishi;

7.

Tanlangan materiallar va masalalarning

o‘quvchilarning

individual

imkoniyatlariga

yo‘naltirilganligi.

Stereometrik propedevtikani amalga oshirishni

faqat

stereometrik

materiallarning

uzviyligini

ta’minlash orqaligina amalga oshirish mumkin.
Shunday qilib, stereometrik bilimlarning uzviyligini
ta’minlash stereometrik propedevtikani amalga
oshirishning shartlaridan biri ekan.

Uzviylikni stereometriya nuqtai nazaridan qarab,

uni geometriya kursining ichki aloqadorligini amalga
oshirish bilan bog‘lashadi. Bunda planimetriya
kursini nazarda tutilgan. Predmetlararo aloqadorlikni
esa chizmachilik, mehnat ta’limi, fizika va shunga
o‘xshashlar bilan tushuntirilgan. Shunday qilib,
stereometriya propedevtikasini amalga oshirishga
quyidagi talablarni qo‘yish mumkin:

1) uzviylikni ta’minlash;
2) geometriya o‘qitishning ichki aloqadorligini

ta’minlash;

3) geometriyaning predmetlararo aloqadorligini

ta’minlash.

Stereometrik bilimlar propedevtikasi ma’lum

didaktik talablarga bo‘ysunishi lozim:

1. Tizimlilik va ketma-ketlilik (bu tamoyil bilim,

ko‘nikma va malakalar ma’lum tizimlilik asosida
ma’lum tartibda shakllantirilib, ular bir-birlari bilan

o‘zaro aloqadorlikda keyingisi oldingisiga tayangan
holda eskisi yangisini o‘zlashtirishga tayyorlashi
lozim);

2. Ilmiylik va tushunarlilik (ilmiylik geometrik

tushunchalarni shakllantirishni bosqichma-bosqich
deduktiv asosda amalga oshirish orqali ta’minlanadi,
tushunarlilik esa o‘quvchilarning yosh xususiyatlari
va shu yoshga xos fiziologik, psixologik xislatlari
bilan

aniqlanadi.

Shuningdek

bu

tamoyil

o‘quvchilarning real o‘quv imkoniyatlarini hisobga
olishni talab etadi. O‘quv materialining hajmi va
qiyinlik darajasi me’yoridan oshib ketmasligi kerak);

3. Onglilik va faollik (bu tamoyilga o‘quv

materialini o‘quvchilarning hayotiy tajribalari bilan
bog‘lash va o‘quvchilarning qiziqishlarini ta’minlash
orqali erishiladi.);

4.

Geometriya o‘qitishda abstraktlilik va

konkretlilikning birligiga erishish. (Konkretlilikdan
abstraktlilikka o‘tish va aksincha, hatti-harakatlar
analiz, sintez, umumlashtirish va klassifikatsiyalash
kabi aqliy amallar bilan bevosita bog‘liq.). Demak,
stereometrik bilimlarni shakllantirish propedevtikasi
didaktikaning asosiy tamoyillariga javob berishi
lozim.

Oldin shakllantirilgan bilimlar tizimi yangi

shakllantirilayotgan bilim va ko‘nikmalar uchun
mustahkamlovchi asos bo‘lib xizmat qiladi. Demak,
bilimlarni tizimga solish o‘z-o‘zi uchungina emas,
balki yangi bilimlarni egallash uchun, mustahkamlash
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bilimlarni
mustahkamlash va tizimlashtirishning turli-tuman
shakl va vositalari ta’lim jarayonida uzviylikni
ta’minlash uchun muhim shart-sharoit hisoblanadi.
Shunday

qilib,

stereometrik

bilimlarning

propedevtikasi planimetrik materiallarni to‘ldiradi.
Bunga planimetriyani mustahkamlash davomida
stereometrik ob’ektlar haqidagi masalalarni jalb
qilish orqali erishish mumkin. Uchburchaklar tengligi
haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish va qo‘llash uchun
uchburchakli

piramidaning

modeliga

oid

masalalardan foydalanish mumkin [3].

Xulosa

qilish

mumkinki,

stereometriya

propedevtikasi

davomida

akademik

litseylari

o‘quvchilarida oddiy ko‘pyoqlilar haqida to‘g‘ri
tasavvurlar shakllantirilgan bo‘lishi foydali ekan.

Bu fikrning to‘g‘riligini O.V.Sheremeteva [2]

tadqiqotlarining natijalari ham tasdiqlaydi. Xususan,
to‘g‘ri parallelepiped va kub bilan ertaroq tanishuv
(dasturda

nazarda

tutilgandan

ertaroq)

o‘quvchilarning

fazoviy

tasavvurlarining

rivojlanishida asos bo‘lib xizmat qiladi. Chunki
bunday

yondashuv

ularning

shaxsiy

hayotiy

tajribalari bilan bevosita bog‘liq.

Shunday qilib, stereometriya propedevtikasi

stereometriya kursi bilan dastlabki geometrik
ma’lumotlar orasida uzviylikni ta’minlashga xizmat
qiladi.

FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR RO‘YXATI


background image

[1].

Бaрaкaeв М., Сoдиқoв У. Мaтeмaтикa

дaрслaридa мaсaлaлaр eчиш мeтoдикaси //Ўқитувчилaр
учун қўллaнмa//. – Т.: “MUMTOZ SO’Z”, 2019. – 119 б.

[2].

Федосеева

З.Р.

Формирование

пространственных

представлений

учащихся

посредством пропедевтики стереометрических знаний
в процессе обучения плани- метрии: дисс. канд. пед.
наук. – М., 1998. – 164 с.

[3].

Aлeксaндрoв A.Д. Проблемы науки и позиция

ученого. Л.: Наука, 1988. -510с.

[4].

Сапарбоев Ж.Ю. Некоторое аспекты развития

пространственный представления учащихся в
академических литсеев. Объединенный научный
журнал. The integrated scientific journal ISSN 1729-
3707(ANP) Moskva 2011

References

. Бaрaкaeв М., Сoдиқoв У. Мaтeмaтикa дaрслaридa мaсaлaлaр eчиш мeтoдикaси //Ўқитувчилaр учун қўллaнмa//. – Т.: “MUMTOZ SO’Z”, 2019. – 119 б.

. Федосеева З.Р. Формирование пространственных представлений учащихся посредством пропедевтики стереометрических знаний в процессе обучения плани- метрии: дисс. канд. пед. наук. – М., 1998. – 164 с.

. Aлeксaндрoв A.Д. Проблемы науки и позиция ученого. Л.: Наука, 1988. -510с.

. Сапарбоев Ж.Ю. Некоторое аспекты развития пространственный представления учащихся в академических литсеев. Объединенный научный журнал. The integrated scientific journal ISSN 1729-3707(ANP) Moskva 2011

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов