Dars samaradorligini oshirishda didaktik o‘yinlardan foydalanishning o‘ziga xos metodik xususiyatlari

HAC
Google Scholar
To share
Fayziyev А. . (2024). Dars samaradorligini oshirishda didaktik o‘yinlardan foydalanishning o‘ziga xos metodik xususiyatlari. Modern Science and Research, 3(1), 1–2. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27957
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

ushbu maqolada boshlang`ich sinfda dars samaradorligini oshirish yo`llari, didaktik o`yinlardan foydalanish, hamda samaradorlikni oshirishda didaktik o`yinlarning o`rni va mashq turlaridan namunalar keltirilgan.


background image

Dars samaradorligini oshirishda didaktik o‘yinlardan foydalanishning

o‘ziga xos metodik xususiyatlari

Fayziyev Аnvarjon Isoqulovich

Toshkent Аmaliy Fanlar Universiteti , Gavhar Ko’chasi 1, Toshkent 100149, Uzbekiston.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10443854

Annotatsiya: ushbu maqolada boshlang`ich sinfda dars samaradorligini oshirish yo`llari, didaktik o`yinlardan foydalanish,

hamda samaradorlikni oshirishda didaktik o`yinlarning o`rni va mashq turlaridan namunalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: o‘qituvchi, o‘quvchi, didaktika, metodlar, mustaqil, ijodiy fikr.

So‘ngi yillarda O‘zbekiston ta’lim tizimida

umumiy o‘rta ta’limning sifatini oshirish, o‘quv
jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot
texnologiyalarini joriy etishdagi keng qamrovli
islohotlar natijasida boshlang‘ich ta’limda sifatli
ta’lim xizmatlari samaradorligini oshirish, shiddat
bilan o‘zgarib borayotgan globallashuv sharoitida
ongli yashashga qodir shaxsni kamol toptirish va
rivojlantirishni ta’minlovchi imkoniyatlar salmog‘i
kengaymoqda. Shu bilan bir qatorda boshlang‘ich
ta’lim jarayonida o‘zaro hamkorlik muhitini
shakllantirish mexanizmini takomillashtirgan holda
amaliyotga joriy etish zarurati ko‘zga
tashlanmoqda. Boshlang‘ich ta’lim bosqichlaridan
boshlab bilimlarni chuqur va mustahkam egallash,
universal o‘quv harakatlarini o‘zlashtirish, erkin
fikrlashni shakllantirishning birlamchi omili sifatida
o‘quvchilar nutqini o‘stirish samaradorligiga
yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etishga
alohida e’tibor berilmoqda.

Dars jarayonida mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi,

ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi usullarni qo‘llab,
o‘quvchilarga chuqur bilim berish boshlang‘ich
ta‘limning asosiy vazifasidir. Mazkur vazifani
amalga oshirish uchun ta’lim jarayoniga ilg‘or
pedagogik

texnologiyalar

olib

kirildi.

Ilg‘or

pedagogik texnologiyalar hamda didaktik o‘yinlar
boshlang‘ich sinf o‘quvchisining aqlan rivojlanishi va
kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik texnologiyalarning bugungi kunda eng
ommalashgan turlaridan biri bu didaktik o‘yinlardir.

Bugun kunda ko‘plab o‘qituvchilar tomonidan

interfaol metodlar, innovasion pedagogik va axborot
texnologiyalar

turli

didaktik

o‘yinlar

dars

jarayonlarida bevosita qo‘llanmoqda. Bu orqali
o‘qituvchi dars jarayonida kamroq energiya sarflab,
ko‘proq ma’lumot berish orqali samaradorlikka
erishadi hamda o‘quvchilar ko‘zlari bilan ko‘rishlari
orqali ma'lumotlarni uzoq vaqt davomida xotiralarida
saqlab qoladilar.

Didaktik o‘yinlardan, avvalo, mavzuga oid oddiy

qiziqarli savol- javoblardan darsning ma’lum qismida
foydalanish lozim. Shu tarzda testlar, boshqatirma,
tez aytish kabi o‘yinlar muntazam o‘tkazib turilsa,
o‘quvchilarda ma’lum bir ko‘nikmalar to‘planib
boradi. Bu esa o‘quvchilarda ma’lum bir
tayyorgarlikni, mustaqil o‘qishni, ommaviy axborot
vositalarini kuzatib borishni talab etadi. Shunga ko‘ra
o‘quvchilar egallashi shart bo‘lgan ko‘nikma va

malakalar: qayta (ko‘rsatma) olish, aniqlash (o‘lchay)
olish, tasvirlay olish, tushuntira olish va bashorat qila
olish kabilarni hosil qiladi.

Didaktik interfaol o‘yinlar mazmunan axloqiy,

aqliy rivojlantiruvchi, ta’lim- tarbiyaviy sifatlarga ega
bo‘lish shart.

Dars

jarayonida

interfaol

o‘yinlarni

muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun ularning tuzilishi,
vazifalari, qoidalari, harakatlari, natijalarini tahlil
qilish bosqichlarini aniq belgilab olish lozim.

Didaktik

interfaol

o‘yinlar

o‘quvchi

va

o‘qituvchining

birgalikdagi

faoliyati

bo‘lib,

o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, zarur xulosalarga
kelishga,

tahlil

qilish

va

olingan

bilimlarni

amaliyotda qo‘llashga o‘rgatadi. O‘qituvchining
asosiy vazifasi esa o‘quvchilarga aniq yo‘nalish
berish, to‘g‘ri xulosalarni aytishdan iborat.

Didaktik interfaol o‘yinlarni bajarish jarayonida

o‘quvchining ijodiy fikrlash qobiliyatlari ham
rivojlanib boradi.

Ijodiy yondashuv va yutuqlar

dunyo bo‘ylab fan va texnologiyadan tortib, falsafa,
san’at va ijtimoiy fanlar kabi turli sohalarda
insoniyat tamaddunini ilgari surgan. Ijodiy fikrlash
shunchaki tasodifiy g‘oyalar berishdan kattaroq
narsadir. U insonga ba’zan murakkab sharoitlarda,
yanada yaxshiroq natijaga erishishga imkon beruvchi
bilim va tajribaga asoslangan real ko‘nikmadir.

Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida ijodiy

topshiriqlar o‘quvchilarning tafakkur doirasini,
og‘zaki va yozma nutqini va mustaqil fikrlashga
o‘rgatishda muhim o‘rin tutadi.

Boshlang‘ich sinflarda yuzaga kelgan o‘quv

muammolari o‘zida qandaydir hayotiy vaziyatni
namoyon etmog‘I lozim. Dars jarayonida
o‘quvchilar e’tiborini jalb etish uchun, bilim
doirasini kengaytirish uchun, olingan bilim, ko‘nikma
va malakalarni hayotda qo‘llay olish uchun ularga
ijodiy topshiriqlar turli didaktik interfaol o‘yinlarni
berish lozim. Misol uchun quyidagicha:

“Yo‘qolganni qidirib top”

Sharti: Yo‘qolgan harf, so‘z, gapni zarur o‘ringa

qo‘yib o‘qish ta`lab qilinadi. Bu o‘yinni sinonim
so‘zlarni o‘rgantishda qo‘llash mumkin.AKT-dan
foydalanilsa yanada yaxshi samara beradi.

Masalan: Bolam nonni isrof qilmang.
Bolam nonni qilmang. (uvol)
Bolam nonni ............ qilmang (oyoq osti)


background image

“Domina”

(so‘z top)

Bu interfaol o‘yin darsning kirish qismida

o‘tkazilishi mumkin. O‘qituvchi biron so‘z aytadi,
o‘quvchilar davom ettiradilar.O‘qituvchi boshlagan
so‘z qaysi harfda tugashia, o‘quvchi shu harfdan
boshlangan so‘zni aytishi kerak.

Masalan:

ona-anor-rasm-maktab---bola---ayiq-

quyosh-shamol-laylak-koptok-kosa-asal-lola-anjir-
raketa va boshqalar. Ushbu so‘zlarni davom ettirib,
maqsadga muvofiq ulardan foydalanish mumkin.

Har bir didaktik interfaol o‘yinga murojat qilsak.

Ona tili darslarida o‘quvchilarga

“Qofiyadosh

so‘zlarni top”

didaktik

interfaol

o‘yinidan

foydalanaylik. Bunda o‘quvchilar berilgan so‘zlarni
qofiyasini topishlari kerak. Masalan:

qarmoq-

barmoq, ayiq-qayiq, kapalak-kamalak, don-son,
kamon-osmon, quloq-buloq, qosh- bosh, sut-tut, so‘z
ko‘z, qor-tor, o‘n-un, kabi bo‘lishi mumkin.

Dars jarayonida ularning diqqatini jamlash,

xotirasini

mustahkamlash,

fikrlash

doirasini

kengaytirish maqsadida

“Metogramma”

mashqidan

ham foydalansak bo‘ladi.

Metogramma – boshqotirma so‘z o‘yini bo‘lib,

topishmoqlarning bir turi hisoblanadi. U ikki yoki
to‘rt satrdan iborat bo‘lib, bir-biriga o‘xshash
(qofyadosh) ikki so‘z topiladi. So‘zning bir harfini
o‘zgartirish bilan yangi so‘z hosil qilinadi. Ba’zan
qo‘shtopishmoq ham deyiladi. Masalan:

Bahomiz a’losi,

Aqlimiz xonasi.

Birinchi qatordagi topishmoqning javobi «besh»,

ikkinchi qatordagisi esa “bosh”dir. Ular faqat bitta
harf bilan farqlanadi. Yana bir-ikki misol keltirsak.


Biri cho‘zilib yotar,
Boylik ma’danlar koni.
Biri sharbatin tutar,
O‘simliklar makoni.
(Tog‘–bog‘)

Boshimizdan dur sochar,
Juda hurkak zo‘r qochar.
(Quyosh–quyon)


Tezlikda tengi bo‘lmas,
Qadri bor misli olmos
(nur-dur)

Chertsam qalbim jo‘shadi,
Erga choyshab to‘shadi.
(tor-qor).

Harfdan tarkib topadi,
Uyqu uni yopadi
(so‘z-ko‘z)

Bitta biru, bitta nol
Tegirmonda bo‘lar mo‘l

(o‘n-un)


Shu kabi mashqlardan foydalanish o‘quvchilarni

zehnini o‘tkir qilish bilan birgalikda tafakkur
doirasini ham kengaytirib boradi.

O‘qituvchi o‘quv jarayoni tashkilotchisi, rahbari,

nazoratchisi hamdir. O‘quvchilar sinfda o‘zlarini
erkin his qilishi va o‘quv faoliyati ularni emotsional
jihatdan qoniqtirishi lozim, ana shundagina ular
fikrini erkin bayon qila oladi. Shuni yana ta’kidlab
o‘tishimiz lozimki didaktik o‘yinlar texnologiyasi
qisqa vaqtda amalga oshiriladigan tizimlashgan
guruhiy mashg‘ulotlar bo‘lib, ularni o‘tkazish oson
va oldindan tayyorgarlik ko‘rish shart emas. U ko‘p
vaqt olmaydi. Interfaol o‘yinlar o‘quvchilarning
fanga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirib, darsning
boshida, o‘rtasida oxirida o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Xulosa.


Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchi bunday

mantiqiy

mashqlarni,

turli

didaktik

interfaol

o‘yinlarni, interfaol metodlarni bilish hamda ulardan
foydalanish, texnologiyalarni puxta bilishi hamda
ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llay olishi darslarimizni
samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi .

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

[1] R.H. Jo’raev, A. Zushunov “Ta’lim jarayonida

o’quv fanlarini integratsiyalash omillari. O’qituvchilar

uchun o’quv qo’llanma”.
[2] G‘afforova T., Nurullayeva Sh., Haydarova O.

Boshlang‘ich sinflar uchun ona tili va o‘qishdan
didaktik materiallar.-Toshkent: “Ilm ziyo” nashriyot
uyi, 2004.
[3]

Madraximova

Mastura,

boshlang`ich

sinf

o`qituvchilarining kreativlik faoliyatini shakllantirish
muammolari

va

metodlari,

Magistr

akademik

darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya: Nukus -
2014
[4] N.B. Nuraliyeva, Developing the Professional
Activity of Primary Education Teachers. International
Journal of Social Science Research and Review.
Volume 5, Issue 5, May, 2022
[5].R.H.Shernazarova Ona tili va adabiyot ta’limida
pedagogik texnologiyalar. Guliston.2013

[6]Axmedova

M.E

(hammualliflikda)

Pedagogik

mahorat va tibbiy pedagogikaning kasbiy kompetentligi.
O‘quv-uslubiy qo‘llanma T.: “Tibbiyot nashriyoti matbaa
uyi MCHJ, 2021-62-63b.(126)
[7] Axmedova M.E. Modul-kredit tizimida mustaqil
topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari

(tilshunoslik

fanlari misolida).

Monografiya. “Tibbiyot nashriyoti

matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 173 bet.
[8]. Axmedova M. (hammualliflikda) –Pedagogika.
O‘quv qo‘llanma. T.:, Fan va texnologiya nashriyoti. 2018.
— 393 b (102-b).

[9].Axmedova M.E.U.A.Tashkenbayeva.,
E.Suyunova Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti (
Darslik) – T.: Tibbiyot matbaa, 2022.

References

R.H. Jo’raev, A. Zushunov “Ta’lim jarayonida o’quv fanlarini integratsiyalash omillari. O’qituvchilar uchun o’quv qo’llanma”.

G‘afforova T., Nurullayeva Sh., Haydarova O. Boshlang‘ich sinflar uchun ona tili va o‘qishdan didaktik materiallar.-Toshkent: “Ilm ziyo” nashriyot uyi, 2004.

Madraximova Mastura, boshlang`ich sinf o`qituvchilarining kreativlik faoliyatini shakllantirish muammolari va metodlari, Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya: Nukus -2014

N.B. Nuraliyeva, Developing the Professional Activity of Primary Education Teachers. International Journal of Social Science Research and Review. Volume 5, Issue 5, May, 2022

.R.H.Shernazarova Ona tili va adabiyot ta’limida pedagogik texnologiyalar. Guliston.2013

Axmedova M.E (hammualliflikda) Pedagogik mahorat va tibbiy pedagogikaning kasbiy kompetentligi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma T.: “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi MCHJ, 2021-62-63b.(126)

Axmedova M.E. Modul-kredit tizimida mustaqil topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari (tilshunoslik fanlari misolida). Monografiya. “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 173 bet.

. Axmedova M. (hammualliflikda) –Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. T.:, Fan va texnologiya nashriyoti. 2018. — 393 b (102-b).

.Axmedova M.E.U.A.Tashkenbayeva., E.Suyunova Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti ( Darslik) – T.: Tibbiyot matbaa, 2022.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов