Chet tilini o'qitishda zamonaviy yondashuv

HAC
Google Scholar
To share
Musayeva, G. . (2024). Chet tilini o’qitishda zamonaviy yondashuv. Modern Science and Research, 3(1), 1–3. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27961
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqola chet tilini o‘rgatishning zamonaviy uslub va yondashuvlari, ularning o‘quv jarayoniga ta’siri va o‘quvchilar natijalariga bag‘ishlangan. Maqolada chet tili darslarida kommunikativ yondashuv, zamonaviy texnologiyalar integratsiyasi, individual uslublar va madaniyatlararo muloqot kompetentsiyasini rivojlantirish tahlil qilinib, natijasi ko'rib chiqildi. Chet(nemis) tilini o’qitishda zamonaviy texnologiyalar, jumladan texnik vositalar orqali o‘quv jarayonini boyitish va talabalarda axborot texnik kompetensiyani, shu bilan birga til ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni rag‘batlantirish imkonini berishi tahlillar orqali yoritib berildi. Talabalarni muvaffaqiyatli tayyorlashda zamonaviy usullar ta'lim muhitida dolzarb ekanligi isbotlab berildi.


background image

Chet tilini o'qitishda zamonaviy yondashuv

Guzal Musayeva

Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko’chasi 1, Toshkent 100149, Uzbekiston

guzal-mus@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.10443875


Kalit so'zlar:

chet tili, zamonaviy metodlar, kommunikativ yondashuv, ta'limdagi texnologiyalar, o'rganishni

individuallashtirish, madaniyatlararo, muloqot, kompetentsiya, chet tillarini o'qitish.

Annotatsiya:

Ushbu maqola chet tilini o‘rgatishning zamonaviy uslub va yondashuvlari, ularning o‘quv jarayoniga ta’siri va

o‘quvchilar natijalariga bag‘ishlangan. Maqolada chet tili darslarida kommunikativ yondashuv, zamonaviy
texnologiyalar integratsiyasi, individual uslublar va madaniyatlararo muloqot kompetentsiyasini rivojlantirish
tahlil qilinib, natijasi ko'rib chiqildi. Chet(nemis) tilini o’qitishda zamonaviy texnologiyalar, jumladan texnik
vositalar orqali o‘quv jarayonini boyitish va talabalarda axborot texnik kompetensiyani, shu bilan birga til
ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni rag‘batlantirish imkonini berishi tahlillar orqali yoritib berildi. Talabalarni
muvaffaqiyatli tayyorlashda zamonaviy usullar ta'lim muhitida dolzarb ekanligi isbotlab berildi.

1 KIRISH

Bizning dinamik axborot jamiyatimizda chet

tillarini o'qitish jarayoni sezilarli o'zgarishlarga duch
keldi. Globallashuv va ular bilan bog‘liq madaniy va
iqtisodiy o‘zaro ta’sirlar muhim o‘rin tutayotgan
bugungi dunyoda chet tilini bilish har qachongidan
ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai
nazardan Yevropaning eng keng tarqalgan va nufuzli
tillaridan biri bo‘lgan nemis tilini o‘rgatish alohida
ahamiyat kasb etadi.

Bugungi

talabalar

zamonaviy

texnologiyalarning rivojlanishi tufayli axborot va
ta'lim olish ancha erkin va rang-barang bo'lib qolgan
davrda yashamoqda. Talabalar endi darsliklar va
faqat auditoriyadagi ma’ruzalar bilan cheklanib
qolmay, chet tilini o'rganishni yanada qulayroq va
qiziqarli qiladigan interaktiv onlayn resurslar, mobil
ilovalar, video konferentsiya va boshqa vositalardan
foydalanishlari mumkin.

Chet tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuv

talabalarning faol ishtirokiga yo‘naltirilgan bo‘lib,
o‘z oldiga til bilimlarini real vaziyatlarda qo‘llash
imkonini

beruvchi

muloqot

ko‘nikmalarini

rivojlantirish vazifasini qo‘yadi. O'qitish amaliyotida
fikr-mulohazalar,

madaniy

integratsiya

va

haqiqiy(autentik) materiallardan foydalanish kabi
yondashuvlar keng tarqalgan.

Chet tilini o'qitishda zamonaviy yondashuvning

muhim jihati ham ko'p tillilik va ko'p madaniyatli
ta'limga e'tibor berishdir. Talabalar ona tilida
so'zlashuvchilar bilan muloqotda bo'lib, til va
madaniyatni parallel ravishda o'rganadilar. Bu chet el
madaniyati haqida chuqurroq tushuncha hosil qiladi
va

madaniyatlararo

kompetensiyalarni

rivojlantirishga

yordam

beradi.

Ko’pchilik

pedagoglar

innovasion

texnologiyalar

orqali

interaktiv darsni tashkil etish talabalarni mustaqil
fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etishi,
talabalarni

o'quv

jarayonida

bilimga

bo'lgan

qiziqishlarini doimiy ravishda ta'minlanishi va bu
pedagogik hamkorlik jarayonining o'ziga hos
hususiyatlari ekanligini ta’kidlashadi [1]. Ushbu
hamkorlikdagi erkin dars albatta chet tili o’qitishning
yana bir muhim jihati hisoblanadi.

2 Metodologiya

Biz chet tillarni o‘qitishning fundamental

tamoyillari, tillarni o‘qitishning turli usullari,
shuningdek, texnologiya integratsiyasining nemis
tilini o‘qitish jarayoniga ta’siri haqida tahliliy
muhokama qilmoqchimiz. Tahlilning muhim jihati –
O‘zbekistonda ta’limni raqamlashtirish va zamonaviy
ta’lim sharoitida nemis tili o‘qituvchilarining kasbiy
kompitetntini rivojlantirish.

Quyida nemis tilini o'qitishda o'qituvchilar va

talabalarning amaliy tajribasiga asoslangan turli
metodlar va manbalari tahlilini ko’rib chiqamiz.

Zamonaviy texnik vositalar integratsiyasi

:

O'quv jarayonida onlayn resurslar va raqamli
vositalardan foydalanish talabalarga interaktiv va
samaraliroq o'rganish imkonini beradi. Onlayn
platformalar turli materiallarga, jumladan, audio va
video kontentga kirishni ta’minlaydi.

Muloqot

ko'nikmalarini

rivojlantirish

:

O'rganishga kommunikativ yondashuv nemis tilida


background image

muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirishga yordam
beradi. Talabalar audio vizual vositalar orqali eshitib
tushunishi va shu bo’yicha o'z fikr va g'oyalarini
ifoda etishi iboralarni dialog va rolli o'yinlarda
qollashni o'rganadilar.

Madaniy jihatlarning integratsiyasi

: Nemis

madaniyati va an'analarini o'rganish ta'limning
ajralmas qismiga aylanadi. Urf odatlar, bayramlar
mavzusida slaydlar, subtitrli filmlar hamda qisqa
video darslarni joriy qilish talabalarga tilni kengroq
kontekstda

tushunishga

va

madaniyatlararo

kompetentsiyani rivojlantirishga yordam beradi.

Individuallashtirilgan

yondashuv

:

individuallashtirilgan o'quv dasturidan foydalanish
talabalarning

turli

ehtiyojlarini

hisobga

olish

imkonini beradi. Bu yanada samarali o'rganish va
yaxshi natijalarga hissa qo'shadi.

Yuqoridagi tahlillar shuni tasdiqlaydiki, chet

tili

darslarida

zamonaviy

texnologiyalar

integratsiyasi,

turli

interaktiv

usullar,

eshitib

tushunish, gapirish, muloqot kompetensiyalarini
rivojlantiruvchi turli innovatsion ped texnologiyalar
tilni chuqurroq va yaxshiroq o'zlashtirishga yordam
beradi. Talabalar o’zida til kompetensiyasini yanada
muvaffaqiyatli rivojlantiradilar va nemis tilidan real
hayotda foydalana oladilar. N.G’ofurov va S. Osipov
ko’rsatib o’tgan, multimediya rivojlangan ushbu
davrda dolzarb bo’lgan o’rganishning didaktik
tamoyillari, ya’ni ilmiylik, mavjudlik, sistematiklik,
amaliyot bilan bog’liqlik, o’quvchilarning ongi va
faolligi, o’qitishda individualizasiya kabi xususiyatlar
bunga misol bo’la oladi. Shuningdek A. Parmonov
talabalarda axborot texnik kompetensiya, ularda
ijobiy

motivatsiyani

shakllantirishga

yordam

beradigan hamda o’quv faoliyati uchun bir qator
omillarni keltirib o’tadi

[2]. K.D.Ushinskiy esa asta

sekinlik bilan tabiatga moslashish, psixologik
xususiyatlarga muvofiq bo’lish, muntazamlik va
faollik kabi xususiyatlarni keltiradi[3].

I. Litvinets AKTdan foydalanishning quyidagi

afzalliklarini sanab o’tadi:

O'qishga tayyorlik darajasi har xil bo'lgan

talabalarga tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga
oshirish qobiliyati.

Darsda vizual, audiovizual va video yordamidan

foydalanish.

Darsning yuqori tezligini saqlab turish, sinf.

O'qituvchi va talabalar o'rtasida samarali aloqa

o'rnatish.

Talabalar UUD operativ va ob'ektiv nazoratini

amalga oshirish.

Muvaffaqiyat

Yuqori

sifatli

o'quvchilar

tomonidan materialni o'zlashtirish.

Ammo

uning

talabalarni

tabaqalashtirish,

“muvaffaqiyat yuqori sifatli” talabalar bilan ishlash
haqidagi fikrlari maqsadlarni biroz chigallashtiradi.
To’g’ri, AKT orqali dars o’tish talabalarda oldinma
ketin o’zlashtirish, orqada qolish yoki axborot
kommunikativ kompetensiyasi bo’lmagan talabaning
o’zlashtirishida muammolar yuzaga kelishi tabiiy.
Bunday

hollarda

ularga

alohida

yondashish

choralarini

ko’rish

zamonaviy

chet

tili

o’qituvchisining

mahoratiga

bog’liq.

Bunda

interaktiv va onlayn platforma orqali beriladigan
auditoriyadan tashqari mustaqil ishlar yordamida
(prezentatsiyalar, interaktiv testlar tuzush, Internetda
ma'lumot qidirish, loyihalarni tayyorlash, tayyor
elektron resurslardan foydalanish, raqamli ta'lim
resurslaridan foydalanish) talaba o’z ustida ishlaydi
hamda dars materiallarini ham mustaqil ham
“majburiy” o’zlashtiradi. [4].

Nemis tilini o'qitishning zamonaviy usullari

quyidagi natijalarni ko'rsatmoqda: Jonli dialoglar,
rolli o'yinlar va boshqa kommunikativ faoliyat bilan
shug'ullanadigan

o'quvchilar

muloqotda

til

ko'nikmalarini yaxshi namoyish etadilar. Zamonaviy
texnologiyalar integratsiyalashgan Chet (nemis)tili
darsi yanada interaktiv va qiziqarli bo‘ladi. Onlayn
manbalar va ilovalar talabalarga o'zlari uchun qulay
vaqtda mustaqil ravishda tilni o'rganish va bilimlarini
chuqurlashtirish imkoniyatini beradi. Hamkorlikda
o’qitish, loyiha metodologiyasi, yangi axborot
texnologiyalaridan foydalanish, internet resurslari
kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalar talim
jarayonida shaxsga yo’naltirilgan yondashuvni
amalga

oshirishga,

talabalarning

qobiliyatlari,

ularning bilim olish darajasi va o’zlashtirish
darajasini

hisobga

olgan

holda

o’qitishni

individuallashtirishga yordam beradi [5].

Nemis madaniyati va tarixini o'rganish

talabalarga tilni kontekstda yaxshiroq tushunishga va
madaniyatlararo

kompetentsiyani

rivojlantirishga

imkon beradi. Bu bugungi dunyoda tobora muhim
ahamiyat kasb etmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, muloqot ko'nikmalariga

va tildan real muhitda foydalanishga yo'naltirilgan
dars muhim afzalliklarni ko'rsatadi. Dialoglar, rolli
o'yinlar, real vaziyatlarni tashkil etish va boshqa
kommunikativ mashqlarda qatnashgan talabalar
nemis tilida muloqot qilishda yuqori darajadagi til
malakasini namoyish etadilar.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, zamonaviy

texnikalar zamonaviy ta’limning ajralmas qismi
bo’lib qolmoqda. Shunday ekan, zamonaviy uslublar
o'qituvchilardan doimiy kasbiy rivojlanishni talab
qiladi.

O'qituvchilar

darslarda

texnologiyani

integratsiyalash, o'quv materiallarini moslashtirish va
rag'batlantiruvchi o'quv muhitini yaratishga tayyor


background image

bo'lishi

kerak,

shuningdek,

talabalarning

o’zgaruvchan muhitga moslashishida talab va
umidlarini rag'batlantira olishi kerak.

Multimediyadan foydalanish talabalarga gazeta-

jurnallardan, televizordan ma'lumotlar olish, film va
roliklar bilan ishlash, mustaqil ravishda intervyular
tayyorlash, autentik materiallardan foydalanish kabi
sharoitlarni

yaratadi

va

shu

bilan

birga

telekonferentsiyalar o'tkazishda hissa qo’shadi.
Bularning barchasi zamonaviy texnikalar innovatsion
ta'lim muhitida talabalarning talablarini qondirish
uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ko’rsatadi.

Umuman

olganda

nemis

tilini

o'qitishga

zamonaviy yondashuv, ya’ni multimediyadan
foydalanib dars o’tish, muloqot ko'nikmalariga va
tildan real muhitda foydalanishga yo'naltirilgan
darsni tashkil qilish, talabalarga tilni chuqurroq
tushunishda va undan foydalanishda, muloqot
ko'nikmalarini

va

madaniy

kompetentsiyani

rivojlantirishda, shu bilan birga o'quv jarayonini
yanada qiziqarli tashkil qilishda ijobiy ta'sir
ko’rsatadi.

ADABIYOTLAR:

[1] Sobirova Sh. Xorijiy tillarni o’qitishning samarali
usullari(nemis tili misolida). Journal of Academic
Reasearch in educational sciences. Volume 2. 2021

[2] A.A.Parmonov “TA’LIM JARAYONIDA AKT
IMKONIYATLARI”. Ta’lim, fan va innovasiya jurnali
2021 yil 2-son.

[3] Ушинский, К. Д. Проблемы педагогики: избранные
труды в 4 книга 1 – Москва. Дрофа, 2005

[4] Litvinets Irina Igorevna. O'quv jarayonida AKTdan
foydalanish metodikasi. Ta'lim faoliyatida axborot -
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish. Sankt
Peterburg, 2021

[5] Axmedova S.A. NEMIS TILINI O’QITISH
METODLARI. British International Science Conference.

References

Sobirova Sh. Xorijiy tillarni o’qitishning samarali usullari(nemis tili misolida). Journal of Academic Reasearch in educational sciences. Volume 2. 2021

A.A.Parmonov “TA’LIM JARAYONIDA AKT IMKONIYATLARI”. Ta’lim, fan va innovasiya jurnali 2021 yil 2-son.

Ушинский, К. Д. Проблемы педагогики: избранные труды в 4 книга 1 – Москва. Дрофа, 2005

Litvinets Irina Igorevna. O'quv jarayonida AKTdan foydalanish metodikasi. Ta'lim faoliyatida axborot -kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish. Sankt Peterburg, 2021

Axmedova S.A. NEMIS TILINI O’QITISH METODLARI. British International Science Conference.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов