Ona tilini o’qitishda raqamli ta’lim vositalarining o’rni

HAC
Google Scholar
To share
Sobirova, M., & Damirova, G. (2024). Ona tilini o’qitishda raqamli ta’lim vositalarining o’rni. Modern Science and Research, 3(1), 1–4. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27986
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

maqolada raqamli ta’lim vositalarining ta’limdagi o’rni, yozma savodxonlikni oshirishda elektron doska ahamiyati, insonparvarlik mazmunidagi “Video-topishmoq” usulini qo’llash olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olish kompetensiyalarini rivojlantirishi yoritiladi.


background image

Ona tilini o’qitishda raqamli ta’lim vositalarining o’rni

Sobirova Mahbuba

1

, Damirova Gulizoda

2

1

Namangan davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori,

O‘

zbekiston Respublikasi,

Namangan viloyati, Namangan shahri, Uychi ko‘chasi, 316-uy

2

Namangan davlat pedagogika instituti talabasi, O‘zbekiston Respublikasi,

Namangan viloyati, Namangan shahri, Uychi ko‘chasi, 316-uy

maxbubaxonsobirova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10449258

Kalit so’zlar: raqamli ta’lim vositalari, yozma savodxonlik, elektron doska, insonparvarlik mazmunidagi “Video-

topishmoq” usuli.

Annotatsiya:

maqolada raqamli ta’lim vositalarining ta’limdagi o’rni, yozma savodxonlikni oshirishda elektron doska
ahamiyati, insonparvarlik mazmunidagi “Video-topishmoq” usulini qo’llash olingan nazariy bilimlarni
amaliyotda qo’llay olish kompetensiyalarini rivojlantirishi yoritiladi.

KIRISH

Ta’limda,

xususan,

ona

tili

ta’limida

kompetensiyaviy yondashuv orqali o’quvchilarning

shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotlarida uchraydigan
vaziyatlarda egallagan turli tipdagi malakalarini

samarali ravishda qo’llashga o’rgatish, ta’lim
muassasasida

umumta’lim

fanlari

bo’yicha

o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarga ega
bo’lishlari bilan birgalikda, o’z fikrini eshituvchilarga

tushuntira olish, boshqalarni tinglab, ularni tushuna
olish,

bahsga

kirishish,

kundalik

hayotda

muvaffaqiyatlarga erishish uchun o’quvchi ushbu

axborotlarni izlab topishi, tahlil qilish, bilim,

ko’nikma va malakalardan kundalik hayotlarida

uchraydigan muammolarni hal etishda foydalana
olishlarini shakllantirish zarur.

Bularni albatta, har bir o’qituvchi o’zining

samarali darslari orqali amalga oshiradi. Bu borada,

ayniqsa, ta’lim

-

tarbiyani raqamli ta’lim vositalari

hamda mediata’lim orqali amalga oshirsa, amaliy
natija yaqqol ko’zga tashlanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Ta’lim tizimidagi islohotlar maqsadi axborot

kommunikativ va ilg’or o’quv texnologiyalar,
modullashtirilgan hamda zamonaviy ta’lim usullari
yordamida yoshlarni ma’naviy-axloqiy takomilga
yetkazish, yot mafkuraviy ta’sirlardan himoyalovchi
g’oyaviy immunitet hosil qilish va o’qitish
samaradorligini ta’minlashga qaratilgan[1]. Prezident
Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Ta’lim va
tarbiya, ilm-fan, sog’liqni saqlash, madaniyat va
san’at,

sportni

rivojlantirish

masalalari,

yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo’lishi, chet
tillarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini puxta egallashini ta’minlash doimiy
ustuvor vazifamiz bo’lib qoladi”[2]. Hozirgi zamon
jamiyatida ro’y berayotgan yangilanishlar ko’p
jihatdan o’qituvchi faoliyatidagi xususiyatlarni
o’zgartirish zarurligini belgilaydi[3]. Tadqiqotchilar
M.Sobirova[4, 5, 6, 7, 8], K.Mavlonova [10]
izlanishlarida ham ona tili ta’limiga antroposentrik
yondashuv jarayonida raqamli ta’lim vositalarining
o’rni xususida yoki o’‘quvchilarda matnni o‘qib
tushunish

malakasini

shakllantirishda

axborot

texnologiyalarinig

ahamiyati

kabi

masalalar

yoritiladi.


background image

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maqolada raqamli ta’lim vositalarining ta’limdagi

o’rni, yozma savodxonlikni oshirishda elektron doska
ahamiyati, insonparvarlik mazmunidagi “Video

-

topishmoq” usulini qo’llash olingan nazariy
bilimlarni

amaliyotda

qo’llay

olish

kompetensiyalarini

rivojlantirish

masalalari

yoritiladi.

TAHLILLAR VA NATIJALAR

Tahlillar raqamli ta’lim vositalari, media ta’lim

o’quvchiga individual ta’sir etadigan usul sifatida
ta’lim jarayoniga jadal sur’atlar bilan kirib kelmoqda.
Mediata’lim o’quvchini shaxsiy fikr yuritishga,
ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishga, axborot olish
uni qayta ishlash, sintez qilish, shaxsiy xulosalar
chiqarishga o’rgatadi. Sinf xonalariga matbuot,
televideniye, radio, kino, video va internetlar olib
kirilmoqdaki, bularning barchasi ―mediadarslar
nomi bilan ta’lim jarayonini tashkil etishga yordam
bermoqda. Mediadarslar qator metodik imkoniyatlar
va afzalliklarga ega bo’lib, o’quv jarayonida bir
vaqtni o’zida o’qituvchi nazariy axborotlarni berish
bilan materiallarni yuqori darajadagi zamonaviy
texnika vositasida namoyish etish imkoniyatiga ega
bo’ladi.

Ona tili ta’limidagi grammatik qoidalarni

avtomatik ravishda test ketma-ketligida namoyish eta
oladi va shu qoidalarni asoslovchi dalillarning
tasvirini tushiradi. O’quvchilarga o’quv mehnat
faoliyatlarini tashkil etishda kompyuter texnikalarini
qo’llash, foydalanish imkoniyatini tug’diradi.
Shaxsan o’zlari o’quv materialini amaliyotda sinab,
bajarib borish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
O’quvchining yakka tartibda ishlagan holda qiziqish
va ijodiy ishlarini takomillashtirish imkoniyati
yaratiladi. Multimedia texnikasi ularning o’quv
mazmunini o’zlashti-rishlariga kiziqishini yanada
oshiradi. O’quvchida ko’rgazma-obrazli ta’sirda fikr
yuritishga, motorik

va

verbal

kommunikativ

ko’nikmalarning shakllanishiga olib keladi. Axborot
bilan ishlash (axborot qidirish, zarurlarini ajrata
bilish, qayta ishlash, tartibga keltirish), axborotlar
mazmunini tushunish, mantiqiy yaqinlarini ajratishga
o’rganadi. Shular asosida axborotni olish madaniyati
ham shakllanadi.

Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim va uni amalga

oshirishda

raqamli

ta’lim

vositalari

katta

imkoniyatlarga ega. Raqamli texnologiyalar shaxsga
yo’naltirilgan texnologiyalar takomiliga ham yo’l
ochadi.

Bugungi kunda dunyoda raqamli asrning

yutuqlari bor. Planshetlar, mobil telefonlar, aqlli
soatlar, virtual ko’zoynaklar bugungi avlod yoshlari
hayotiga kirib bordi. Raqamli hayotimiz o’sib
bormoqda.

Ta’lim berish o’qituvchidan kuchli bilim,

mahorat, tashkilotchilik qobiliyatni talab etadi.
O’qituvchining o’z oldiga qo’ygan didaktik
maqsadiga erisha olishida ta’lim vositalaridan unumli
foydalana olishiga ham bog’liqdir. Raqamli
texnologiyalar bugungi kunda:

o’quvchilarga ma’lumot va bilimlarni

samarali yetkazish vositasi;

o’quv materiallarini yaratish vositasi;

samarali o’qitish vositasi;

yangi o’quv muhitini yaratish vositasi

demakdir.


Har qanday zamonaviy taqdimotning asosi yorqin

tasvirlar yordamida ma’lumotlarni idrok etish va
eslab qolish jarayonini osonlashtirishdir. Taqdimotda
dinamika, ovoz va tasvirni ham birlashtirish mumkin.
Bu esa o’quvchining e’tiborini eng uzoq vaqt ushlab
tura oladi.

Umumta’lim maktablarida o’quv jarayoni

davomida o’zlashtirish ko’rsatkichi past o’quvchilar
bilan individual ishlash imkoniyati bugun ancha sust.
Agar o’quvchi dars davomida tushuna olmagan
mavzularini mustaqil tarzda, istalgan vaqtda kirib, bu
platformadan

unumli

foydalansa,

fanlarni

o’zlashtirishdagi

muammoga

yechim

topishi

mumkin.

Darslarning samarali tashkil etilishi uchun xizmat

qiladigan interaktiv doskadan aynan ona tili
darslarida foydalanish imkoniyati katta. Oldin yozuv
taxtasiga yozilgan ma’lumot uni ko’chirib olgunga
qadar yoki foydalanilgunga qadar turardi, keyin
o’chirib tashlanardi. Interaktiv doskada esa buni
bajarish oson: ma’lum ma’lumot yozilgandan keyin
uni o’chirib tashlash uchun bitta buyruq yetarli. Yoki
aksincha shu ma’lumotga qaytishga to’g’ri kelib
qolsa, yana tiklash imkoniyati mavjud. Oddiy
doskada esa buni qaytadan yozib chiqish lozim edi.

Qo’shimcha ko’rgazmalarni ham bir vaqtning

o’zida ko’rsatib ketish mumkin. Xohlasa, slaydlar
ham namoyish qilinib, yana ortga qaytib, mavzu
bo’yicha yozilgan vazifalarni ishlatish mumkin.
Yozuv taxtasiga yoziladigan bo’r, lattalarning ham bu
jarayonda keragi yo’q. Interaktiv doska bilan
ishlanganda bu vazifalarni oddiy ruchka yoki qo’l
bilan bajarish mumkin.

Ona tili darslarining o’tilishida eng ko’p murojaat

qilinadigan

vosita

bu

doskadir.

Chunki

o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqi ona tili


background image

darslarida rivojlantiriladi. Shunday ekan, fanni
o’qitilishi (o’rgatilishi) davomida boshqa fanlarga
qaraganda doskaga ehtiyoj katta bo’lgan.

Bugungi

o’qituvchining

o’quvchi

yozma

savodxonligini tekshirish jarayoniga ham interaktiv
doskalar katta yordam beradi. Bu qurilmaning
qulayliklari juda ko’p bo’lib, dars jarayonlarida
ko’zga yaqqol tashlanadi. Masalan, biz ba’zi so’zlarni
alohida ko’rsatishimizga to’g’ri kelib qoldi. Odatda,
bu so’zning tagiga bir xil rangda chizib qo’yamiz.
Chunki ona tili fanida tagiga chizilgan so’z o’ziga xos
vazifa bajaradi. Bu esa o’ziga xos muammolarni
keltirib chiqarishi mumkin edi. Interaktiv doskada bu
muammoni hal qilish yo’li juda ham oson: uni qizil,
sariq, oq yoki ko’k ranglarda ko’rsatsa bo’ladi.

O’quvchilar va o’qituvchilarning harflarni va

so’zlarni yozuv taxtasiga muttasil yozish jarayonida
taxtaning ishdan chiqish holati: xiralashuvi, g’adir-
budir bo’lib ketishi, bo’rning namlanib qolishi,
taxtaning yaxshi artilmaganligi dars sifatini tushirar
yoki bolalarda tushunarsiz holatni yuzaga keltirardi.
Bu qurilmada esa bunday muammoning o’zi
bo’lmaydi.

Sababi

shundaki,

uning

ichki

imkoniyatlari juda keng.

Odatda,

yozma

ish

turlaridan

diktantda

sarlavhaga,

bayon,

insho

matnlarida

rejalar

tuzilishiga alohida e’tibor qaratamiz. Matn va reja
aniq, izchil, tartibli bo’lmog’i kerak. Har bir o’quvchi
o’zining reja va matnini yozib berishiga to’g’ri kelsa,
beshinchi bo’lib yozayotgan o’quvchining ishi
ikkinchi o’quvchining ishiga o’xshashligini mazkur
qurilma yordamida qaytadan ko’rsatib o’tishimiz
ham mumkin. Birinchi betga sig’may qolgan
matnning davomini ikkinchi betga yozib ketsak ham
bo’ladi. Imkoniyatlari katta bo’lgan bu qurilmani
ishlatish, uning darslarni samarali bo’lishini
ta’minlashdagi o’rni, tushuntirish jarayonidagi
qulayliklari, bir vaqtning o’zida bir nechta
funktsiyani bajarishi, o’quvchilarga tushunarsiz
bo’lib qolgan jihatlarni va rasmlarni yana qayta
ko’rsata olishi ham e’tiborga molikdir.

Ona tili darslarida mavjud bo’lgan jadvallar va

qoidalarni elektron doska xotirasiga saqlab qo’ysak,
uni bizga kerak vaqtda, bemalol olib qayta
ishlatishimiz mumkin. Bu esa yana qaytadan yozish,
behuda vaqt ketkazishning oldini oladi.

Interaktiv doskadan foydalanish usullari o’ziga

xos ko’plab qulayliklarga ega bo’lib, dars samarasini
tubdan yaxshilaydi. Uning barcha imkoniyatlarini
ishga solib ishlatilsa, ayniqsa, ona tili darslarida juda
qo’l keladi. Bir vaqtning o’zida bir nechta
doskalardan va rasmlardan foydalanish, keraksiz deb
hisoblangan ma’lumotlarni o’chirib, qaytadan kerak
bo’lib qolganda, yana qaytarib ishlatish, rasmlarni

kattalashtirish, kichraytirish, turli xil ranglarda
yozish, o’quvchilarni jalb qila olish xususiyatlarini,
turli ko’rinishlar va shakllarni bemalol ishlatish,
misollar keltirishda juda qulay hisoblanadi.

Interaktiv doskadan “Video-topishmoq” usulini

qo’llab, mashg’ulot ta’sirchanligini oshirishga
urindik. Usulni qo’llashda quyidagi harakatlar
amalga oshiriladi:

o’quvchilarga

o’rganilayotgan

mavzu

mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi
izohlarsiz bir nechta video lavha namoyish etiladi;

– o’quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks

ettirilganligini izohlaydilar;

– jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd

etadilar;

– o’qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob

qaytaradilar.

Quyidagi rasmni elektron doskada 6-sinf

o’quvchilari e’tiboriga havola qilindi:

O’quvchilarga

quyidagi savollar bilan murojaat

qilindi:

Siz elektron doskada nimalar ko’ryapsiz?

Sizningcha, ushbu surat nimani anglatadi?

Bu surat tarixini ijtimoiy tarmoqlardan

bilganlar bormi?

Bu -

Belgiyadagi ko’chaga qo’yilgan haykal

rasmidir. Ushbu haykalning qayg’uli tarixi bor.

Qahraton qish kunlarining birida tunda ko’chaga

chiqib, adashib qolgan kichkina bolakay va daydi bir

it shu yerda qotib o’lgan holda topilgan.

It ketib yuborib, jonini omon saqlab kolishi

mumkin edi, lekin unday qilmagan. U bolakayga

“ko’rpa” bo’lgan, uni isitishga uringan…

Eng ayanchlisi shuki, shu ko’chada yashovchilar

tunda shu bolakayning yig’laganini, yordam so’rab

uvvos solganini, itning uvillaganini eshitishgan.

Ammo hech kim issiq o’rnidan turishni, hech
bo’lmasa, derazadan kӯchaga qarab qo’yishni lozim

topmagan...!

O’quvchilar ushbu matnni elektron doskada o’qib

bo’lgach, ham shu matnning o’qituvchi tomonidan
aytilgan ovozli shaklini eshitib bo’lgach, ular e’tibori
elektron doskada ko’rsatilgan quyidagi savollarga

qaratiladi:


background image

1.

Surat va unga oid matn sizda qanday

taassurot qoldirdi?

2.

Sizningcha, insoniylikni issiq uyda yotgan

odamlar qilishdimi yoki itmi?

3.

Shu

bolakay

o’rnida

issiq

uyda

yashovchilarning bolasi bo’lib qolishi mumkinmidi?

4.

Beparvolik

holatlarini

siz

ham

kuzatganmisiz?

5.

Loqaydlik oqibatlarini o’z kuzatishlaringiz

asosida yozing va ijodiy matn yarating.


O’quvchilar

e’tiboriga

insoniylikka

chorlovchi

videotopishmoq,

video

diktant,

videomatn, videorasmlarni havola qilish, ular ustida

o’ylashga chorlash yoshlarning axloqiy tarbiyasida
qo’l keladi. Shu bilan birga, insonparvarlik

mazmunidagi mana shunday jarayonlar ularning

o’rgangan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llay

olish kompetensiyalarini rivojlantiradi.

XULOSA

Raqamli

texnologiyalar o’quv faoliyatining

barcha turlarini faollashtirishi mumkin: yangi

materialni o’rganish, uy vazifalarini tayyorlash va

tekshirish, mustaqil ishlar, test va nazorat ishlari,

darsdan tashqari ishlar, ijodiy ishlar va boshqalar.

Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda

ko’plab ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarni

samaraliroq amalga oshirish mumkin.

ADABIYOT

[1]

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to’g’risida”gi PF-6097-sonli Farmoni. 2020-yil 29-
oktyabr.

[2]

Mirziyoyev Sh.M “ Milliy taraqqiyot yo’limizni
qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga
ko’taramiz. – T.: O’zbekiston, 2017. 16-b.

[3]

Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar:
tahlil, ta`rif, mulohazalar. Metodik tavsiya. –
Toshkent.2000. – B. 15.

[4]

Sobirova M. In imparting humane education use of
integrated technology. In Volume 8, Issue 1, of
JournalNX-A Multidiscip- linary Peer Reviewed
Journal, ISSN No: 2581 – 4230. Impact factor 8.155.
VOLUME 8, ISSUE 1, January 2022, Published by
Novateur Publication, M.S. India. – P. 151-158.
https://repo.journalnx.com/index.
php/nx/article/view/3880/3718

[5]

Sobirova M. Innovative Technologies of Teaching in
the Field of Higher Education Techniques. Design
Engineering. International Research Journal of
Advanced Engineering and Science (IRJAES)
SKOPUS 5288-5295 http://thedesignengineering.
com/index.php/DE/issue/view/31.

[6]

Sobirova M. In imparting humane education use of
integrated technology. In Volume 8, Issue 1, of

JournalNX- A Multidisciplinary Peer Reviewed
Journal, ISSN No: 2581 – 4230. Impact factor 7.2.
VOLU- ME 8, ISSUE 1, January 2022, Published by
Novateur Publication, M.S. India. – P. 151-158.
https://repo.journalnx.com/index.
php/nx/article/view/3880/3718

[7]

Sobirova M. Anthropocentric approach to language.
ISJ Theoretical & Applied Science, 07 (111), http://t-
science.org/arxivDOI/2022/07-111.html – P. 36-39.

[8]

Sobirova M. Teaching language phenomena on the
basis of anthropocentric approach. https://www.int-
jecse.net/abstract.php?id=5377 International Journal
of Early Childhood Special Education (INT-JECSE)
OI:10.9756/INTJECSE /V14I7.91 ISSN: 1308-5581
Vol 14, Issue 07 2022.

[9]

Sobirova M. Antroposentrik yondashuv asosida ona

tili o‘qitish. Monografiya. – Namangan: Arjumand
media. 2022 y. – B.175.

[10]

Mavlonova K. O‘quvchilarda matnni o‘qib tushunish

malakasini shakllantirish. Global ta’lim va milliy
metodika

taraqqiyoti.

Respublika

ilmiy-amaliy

konferensiyasi materiallari. – Toshkent, 2020. –
B.149-150.

[11]

Sobirova M. Antroposentrik yondashuv asosida

o‘qituvchi faoliyatini rivojlantirish. – Toshkent,

“Pedagogika” jurnali. 2022 y. № 4. – B.19-24.

References

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-6097-sonli Farmoni. 2020-yil 29-oktyabr.

Mirziyoyev Sh.M “ Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. – T.: O’zbekiston, 2017. 16-b.

Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar: tahlil, ta`rif, mulohazalar. Metodik tavsiya. – Toshkent.2000. – B. 15.

Sobirova M. In imparting humane education use of integrated technology. In Volume 8, Issue 1, of JournalNX-A Multidiscip- linary Peer Reviewed Journal, ISSN No: 2581 – 4230. Impact factor 8.155. VOLUME 8, ISSUE 1, January 2022, Published by Novateur Publication, M.S. India. – P. 151-158. https://repo.journalnx.com/index. php/nx/article/view/3880/3718

Sobirova M. Innovative Technologies of Teaching in the Field of Higher Education Techniques. Design Engineering. International Research Journal of Advanced Engineering and Science (IRJAES) SKOPUS 5288-5295 http://thedesignengineering. com/index.php/DE/issue/view/31.

Sobirova M. In imparting humane education use of integrated technology. In Volume 8, Issue 1, of materialni o’rganish, uy vazifalarini tayyorlash va tekshirish, mustaqil ishlar, test va nazorat ishlari, darsdan tashqari ishlar, ijodiy ishlar va boshqalar. Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda ko’plab ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarni samaraliroq amalga oshirish mumkin.

ADABIYOT

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-6097-sonli Farmoni. 2020-yil 29-oktyabr.

Mirziyoyev Sh.M “ Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. – T.: O’zbekiston, 2017. 16-b.

Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar: tahlil, ta`rif, mulohazalar. Metodik tavsiya. – Toshkent.2000. – B. 15.

Sobirova M. In imparting humane education use of integrated technology. In Volume 8, Issue 1, of JournalNX-A Multidiscip- linary Peer Reviewed Journal, ISSN No: 2581 – 4230. Impact factor 8.155. VOLUME 8, ISSUE 1, January 2022, Published by Novateur Publication, M.S. India. – P. 151-158. https://repo.journalnx.com/index. php/nx/article/view/3880/3718

Sobirova M. Innovative Technologies of Teaching in the Field of Higher Education Techniques. Design Engineering. International Research Journal of Advanced Engineering and Science (IRJAES) SKOPUS 5288-5295 http://thedesignengineering. com/index.php/DE/issue/view/31.

Sobirova M. In imparting humane education use of integrated technology. In Volume 8, Issue 1, of JournalNX- A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, ISSN No: 2581 – 4230. Impact factor 7.2. VOLU- ME 8, ISSUE 1, January 2022, Published by Novateur Publication, M.S. India. – P. 151-158. https://repo.journalnx.com/index. php/nx/article/view/3880/3718

Sobirova M. Anthropocentric approach to language. ISJ Theoretical & Applied Science, 07 (111), http://t-science.org/arxivDOI/2022/07-111.html – P. 36-39.

Sobirova M. Teaching language phenomena on the basis of anthropocentric approach. https://www.int-jecse.net/abstract.php?id=5377 International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) OI:10.9756/INTJECSE /V14I7.91 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 07 2022.

Sobirova M. Antroposentrik yondashuv asosida ona tili o‘qitish. Monografiya. – Namangan: Arjumand media. 2022 y. – B.175.

Mavlonova K. O‘quvchilarda matnni o‘qib tushunish malakasini shakllantirish. Global ta’lim va milliy metodika taraqqiyoti. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – Toshkent, 2020. – B.149-150.

Sobirova M. Antroposentrik yondashuv asosida o‘qituvchi faoliyatini rivojlantirish. – Toshkent, “Pedagogika” jurnali. 2022 y. № 4. – B.19-24.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов