Navoiy asarlaridan til ta’limida foydalanish

HAC
Google Scholar
To share
Damirova, G., & Mo‘minjanova , F. . (2024). Navoiy asarlaridan til ta’limida foydalanish. Modern Science and Research, 3(1), 1–3. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27978
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

maqolada Navoiy ijodidan ona tili darslarida foydalanish, shoir asarlarida sanab o‘tgan insoniy va ijobiy sifatlar asosida so‘z zanjiri tuzdirish, kichik suhbatlar tashkil qilish, tarqatmalardan foydalanish, yozma nazorat ishlari olish, ijodiy matnlar yaratish kabi masalalar yoritiladi.

Similar Articles


background image

Navoiy asarlaridan til ta’limida foydalanish

Damirova Gulizoda, Mo‘minjanova Feruza

Namangan davlat pedagogika instituti talabalari, O‘zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Namangan shahri,

Uychi ko‘chasi, 316-uy

https://doi.org/10.5281/zenodo.10449241

Kalit so’zlar: Navoiy ijodi, ona tili darslari, so‘z zanjiri, kichik suhbatlar, tarqatmalar, yozma nazorat ishlari, ijodiy

matnlar.

Annotatsiya:

maqolada Navoiy ijodidan ona tili darslarida foydalanish, shoir asarlarida sanab o‘tgan insoniy va ijobiy
sifatlar asosida so‘z zanjiri tuzdirish, kichik suhbatlar tashkil qilish, tarqatmalardan foydalanish, yozma
nazorat ishlari olish, ijodiy matnlar yaratish kabi masalalar yoritiladi.

KIRISH

Milliy tilni chuqur o‘zlashtirish ta’lim

-

tarbiyaning asosiy jihatlaridan sanalar ekan, o‘quv

fanlarining asosi hisoblangan ona tilini

o‘rgatish

jarayonida dasturga kiritilgan, darcliklarda berilgan

materiallar bilan cheklanmay, o‘rganiladigan nazariy

qoida-

ta’riflarni asoslashda amaliy misollarning

o‘rni bilan A.Navoiyga taalluqli bo‘lishiga erishish

mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI

«Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim

standartlari»[1]

da

ko‘rsatilgan

fonetika,

leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi,
morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish
belgilari, bog‘lanishli nutq, nutq uslublari,
uslubiyatga oid tushunchalar, ularning muhim
belgilarini bilib olish, izohlay bilish va shu
tushunchalar bilan bog‘liq grammatik atamalarni
o‘zlashtirish jarayonida Navoiy bobomizning boy
ijodiy merosiga oid kichik-kichik suhbatlar tashkil
qilish o‘quvchilarning ahloqiga ijobiy ta’sir qiladi.
Yozuvchi O‘tkir Hoshimov asarlarida, ko‘plab
tadqiqotchilar, masalan, M. Sobirova izlanishlarida
o‘rni bilan bobomiz Navoiyga murojaat qilish til
ta’limida katta samara berishi ta’kidlanadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maqolada Navoiy ijodidan ona tili darslarida

foydalanish, shoir asarlarida sanab o‘tgan insoniy
va ijobiy sifatlar asosida so‘z zanjiri tuzdirish,

kichik suhbatlar tashkil qilish, tarqatmalardan
foydalanish, yozma nazorat ishlari olish, ijodiy
matnlar yaratish kabi masalalar yoritiladi.

TAHLILLAR VA NATIJALAR

Navoiy ijodi shunday boy manbaki, ulardan ona

tili darslarida to‘g‘ri foydalanish o‘quvchilarning
grammatik qoidani chuqur o‘zlashtirib olishlari
bilan birga ularda yuksak insoniy fazilatlarni ham
shakllantirishda samarali xizmat qiladi.

Sog‘lom avlodni tarbiyalash vazifasi dolzarb

qilib qo‘yilayotgan hozirgi sharoitda ustoz bobomiz
hikmatlaridan ta’lim va tarbiya jarayonida o‘rinli
foydalanishni hayotning o‘zi taqozo qilmoqda.
Masalan, Navoiy o‘z asarlarida sanab o‘tgan insoniy
va ijobiy sifatlar asosida so‘z zanjiri tuzdirish
mumkin. Masalan: muruvvat-tavoze’-e’tiborli-
saxovatpesha-ahli ilm-ma’rifat va hokazo.

Yangi avlod ona tili darsliklari o‘quvchilarning

so‘z boyligini oshirishga, nutq uslubini
shakllantirishga,

mantiqiy

tafakkurini

rivojlantirishga yo‘naltirilganligi dars jarayonida
amaliy ishlarga e’tiborni kuchaytirishni taqozo
qiladi.

Navoiy bobomiz asarlar yozishda turkiy til

imkoniyatlari bilan chegaralanib qolmay, boshqa
tillardan ham unumli foydalanganlar.

Yozuvchi O‘tkir Hoshimovning qayd etishicha,

Pushkin o‘z asarlarida 21 ming, Servantes 18


background image

mingga yaqin, Shekspir salkam 20 mingta,
Alisher Navoiy esa 1 million 378 ming 660 ta so‘z
ishlatgan. Bunda donishmand bobomiz faqat turkiy
emas, arabiy, forsiy, urdu, xitoy, mo‘g‘ul va
boshqa tillardagi so‘zlardan ham mahorat bilan
foydalangan[2].

Masalan, “Uyushiq bo‘laklar” mavzusini o‘tish

jarayonida keltirilgan quyidagi misollardan uyushiq
bo‘laklarni toptirish bilan birga o‘tkazilgan kichik-
kichik suhbatlar o‘quvchilar axloqiga ijobiy ta’sir
qiladi:

1. Ustoz nafaqat davlat arbobi, tarjimon, shu

bilan birga, tilshunos olim sifatida ham tarixda katta
iz qoldirgan.

2. Navoiyning maqsadi o‘z zamonasining barcha

olimu

shoir,

bastakoru

rassom,

me’moru

duradgorlarini yurtni obod etishga jalb qilish edi.

Undalmali, kirish so‘zli, birikmali, uyushiq

bo‘lakli gaplardan hamda ko‘chirma va
o‘zlashtirma gaplardan to‘g‘ri va o‘rinli
foydalana olishga o‘rgatishda quyidagi misolardan
foydalanish mumkin.

Undalmali gapga:

Jondin seni ko‘p sevarman, ey umri aziz,
Sondin seni ko‘p sevarman, ey umri aziz.

Kirish so‘zliga:

«Ma’lumki, siz (Navoiy ko‘zda tutilyapti)

Xurosonda turar ekansiz, har qanday iltimosingiz
bo‘lsa hurmat bilan qabul qilinadi»[3].

Uyushiq bo‘lakliga:

Ko‘nglim ichra sarv o‘qdur, g‘uncha paykon, gul

tikon,

Dahr

bog‘i

ichra

mundoq

gulistone

topmadim.

Til ta’limini berish jarayonida Navoiy hayoti

va ijodi misolida tarbiyalash imkoniyatlari, o‘tilgan
mavzularni test vositasida takrorlashda ham,
o‘quvchilar bilimni sinash-tekshirishda ham mavjud.
Masalan:

1. Qaysi qatorda omonim so‘zlar berilgan?

a) Jondin seni ko‘p sevarman, ey umri aziz,
Sondin seni ko‘p sevarman, ey umri aziz.
b) Muruvvat barcha bermakdur, yemak yo‘q:
Futuvvat barcha qilmakdur, demak yo‘q.
s) Tig‘i ishqing yorasidur butmag‘on,
Dardini har kimga aytib butmag‘on.
d) Birovkim, qilsa olimlarga ta’lim,
Qilur go‘yoki payg‘ambarg‘a ta’zim.
y) Erursen shoh - agar ogohsen,
Agar ogohsen, sen-shohsen, sen.


2. Ko‘rgali husnungni zoru mubtalo bo‘ldim

sanga.

Ushbu satr grammatik asosiga ko‘ra qanday gap?

a) shaxsi ma’lum gap b) shaxsi topilmas

gap

s) shaxsi umumlashgan gap d) atov gap
y) so‘z gap.

3. Qaysi qatorda jarangsiz jufti bor jarangli

undoshlardan iborat so‘z berilgan?

a) Navoiy; b) Boyqaro; s) Hirot;
d) Muhrdor; y) Obod.
4. Qaysi qatordagi so‘zlarda sirg‘aluvchi «j»

tovushi berilgan?

a) Jomiy, mujda, g‘ijda;
b) Layli va Majnun, Majolisun-nafois;
s) ajdahosifat, ijtimoiy tabaqa;
d) Tarixi muluki Ajam, Nazmul-javohir;
y) Siroj ul-muslimiyn, Jamshid.

5. Bosh harflarning qo‘llanishida imloviy xatoga

yo‘l qo‘yilgan qatorni

aniqlang?

a) «Badoe ul-vasat», «Devoni foniy»;
b)«Navodirush-shabob», «Mezon ul-avzon»;
s) «Favoyid ul-kibar»; «Xamsa»;
d) «Navodir ush-shabob», «Hayrat ul-abror»;
y)

barcha

javoblarda

bosh

harflarning

qo‘llanishida xatoga yo‘l qo‘yilmagan?


6. Odami ersang, demagil odami, onikim yo‘q,

xalq g‘amidin g‘ami.

a) bog‘langan qo‘shma gap;
b) o‘rin ergash gapli qo‘shma gap;
s) ega ergash gap; d) shart ergash gap;
y) kesim ergash gap.

Hazrat Navoiyga mehr-muhabbat uyg‘otishda

tarqatmalar uchun quyidagicha jumlalarni olish
mumkin:

I-tarqatma

«Navoiyxonlik»

so‘zida

nechta

morfema

(ma’noli qism) bor?

a) 2 ta; b) 3 ta; s) 4 ta; d) 5 ta; y) 6 ta.

2-tarqatma

Navoiy satrlaridan sifatlovchi vazifasida kelgan

ravishni belgilang?

a) Oz so‘z demakning manfaatida va ko‘p

so‘zning mazarratida;

b) Temurxon naslidan sulton Ulug‘bek, Ki olam

ko‘rmadi sulton

aningdek;
s) Dedi: Har ishni qilmish odamizod, Tafakkur

birla bilmish odamizod.

d) Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu

afsonani hikoyat;


background image

e) Emas oson bu maydon ichra turmoq, Nizomiy

panjasiga panja urmoq.

3-tarqatma

Sifatning sintaktik vazifasini aniqlang.
Ko‘z bila qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi, Yuz

bila so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi.

a) ega; b) kesim; s) to‘ldiruvchi;
d) aniqlovchi; y) hol.
Alisher Navoiyning shaxsi g‘oyat serqirraligi,

ijodi cheksiz ummonligiga doir quyidagi matnni
yozma nazorat ishi sifatida olib, so‘ng nazorat ishi
tahlili mashg‘ulotida matnga doir kichik suhbat
tashkil qilish, hazrat asarlaridagi xalqchillik, mehr-
oqibat, o‘zaro hurmat, majoziylik, botiniy va zohiriy
ma’nolar haqida fikrlashish o‘quvchilar
dunyoqarashini kengaytiradi.

Diktant matni

Ulug‘ mutafakkir o‘z asarlari orqali ayrim

zamondoshlarida uchraydigan salbiy qusurlarni ham
ta’sirli tasvirlab, ulardan qochishga, yaxshi
sifatlarni egallashga undaydi. U insoniy sifatlarni
ikkiga bo‘ladi. Ijobiy sifatlar - tavba, muruvvat,
vafo, hayo, iymon, jon do‘sti bo‘la olish; sabrlilik,
tavoze’, odob saqlash, hokisorlik, qanoat va
boshqalar bo‘lsa, salbiy sifatlar - xasislik, birovlarni
kamsitish,

yengiltaklik,

razillik,

ta’magirlik,

takabburlik, badnafslik, o‘ziga bino qo‘ymoq,
xudbinlik,

himmatsizlik,

maqtanchoqlik,

isrofgarchilik,

chaqimchilik,

ikkiyuzlamachilik,

hasad, ichkilikbozlik, nashavandlik, g‘iybatchilik,
bachkanalik va hokazolarga ajratadi.


Davlat tili ta’limining ilmiy-nazariy,amaliy

muammolaridan biri matn yaratish, uni tahlil
qilishdir. Bunda til, adabiyot, tarix kabi fanlarning
o‘zaro

aloqadorligiga,

bir-biri

bilan

uzviy

bog‘liqligiga e’tibor berish muhim ahamiyat kasb
etadi. Masalan, ijodiy matnlar yozdirish orqali
Navoiy asarlarida ifodalangan insonparvarlik
g‘oyalarini singdirish mumkin. O‘z fikrlarini erkin,
mantiqli, ta’sirchan, to‘g‘ri shaklda bayon eta olish
malakalarini shakllantirish maqsadida, shu bilan
birga til ta’limidagi fanlararo bog‘lanishni e’tiborga
olgan holda boshlanishi berilgan mantlarni davom
ettirish, ijodiy matn yaratish topshiriq qilinishi
mumkin. Masalan, «Hayrat ul-abror» dostonidagi
«Shoh G‘oziy hikoyati» asosida «Bir kampir bor
edi...» deb doskaga yozib, uni davom ettirishni
o‘quvchilarga vazifa qilinadi va yaxlit ijodiy matn
hosil qilish aytiladi. Yoki «Saddi Iskandariy» dagi
«Sher bilan Durroj» masali asosida «To‘qayda bir
yirtqich sher yashardi...», «Hayrat ul abror» dan
olingan «Hotam Toyi hikoyati» asosida «Hotami

Toyiga bir ko‘ngli ochiq odam dedi: ...» deb yozib
matn yaratishlarini aytish mumkin.

Albatta, til ta’limi ham soddadan murakkabga

printsipiga asoslanib ish ko‘radi. Dastlabki ijodiy
matnlar yaratish ko‘zda tutilsa-da, keyingi mana
shunday ishlarda matn yaratishni grammatik
topshiriqlarni bajarish bilan qo‘shish mumkin. Dars
paytidagi vaziyatga qarab, ayrim topshiriqlarning
shartlarini kengaytirsa yoki qisqartirsa ham bo‘ladi.

Til ta’limida Navoiy asarlaridan foydalanilganda:
-

o‘quvchilarning ta’limiy va tarbiyaviy

tayyorgarlik darajalarini nazarda tutish;

- muloqot jarayonida axloqiy qoidalarga rioya

qilish;

- o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga

olgan holda o‘quvchi-tarbiya vositalarini tanlash;

- ta’lim-tarbiya usullarini pedagogik jihatdan

maqsadga muvofiq ravishda qo‘llash;

- o‘quv mashg‘ulotlarida olgan tushunchasini

kengaytirish maqsadida darsdan tashqari tarbiyaviy
tadbirlarga ham katta e’tibor berish.

XULOSALAR

«Shirin so‘z sog‘ ko‘ngillar uchun asal kabi

totlidir» deydilar Alisher Navoiy. Ulug‘

bobomizning bu da’vatlari o‘quvchi

-yoshlarni va

talabalarni o‘z ona tillarida ravon so‘zlashga hali

yana ko‘p asrlar chorlab turadi. Ona tili fanini

o‘qitish jarayonida o‘rni bilan ustoz Navoiyga

murojaat qilish til ta’limida katta samara beradi.

FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR

[1]

Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari.
2017-yil.

[2]

Hoshimov O‘. Daftar hoshiyasidagi bitiklar. –

Toshkent: O‘qituvchi. 1985, - B.102-103.

[3]

Xondamir. Makorimul-axloq. – Toshkent: G‘.G‘ulom

nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1997.

[4]

Sobirova M. O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish
metodikasi. Darslik. – Namangan: Arjumand media ,
2023. – B.512.

References

Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari. 2017-yil.

Hoshimov O‘. Daftar hoshiyasidagi bitiklar. – Toshkent: O‘qituvchi. 1985, - B.102-103.

Xondamir. Makorimul-axloq. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1997.

Sobirova M. O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi. Darslik. – Namangan: Arjumand media , 2023. – B.512.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов