VICTIMS OF REPRESSION IN THE 19TH AND 20TH CENTURIES

HAC
Google Scholar
To share
Qoʻldoshev, S. . (2024). VICTIMS OF REPRESSION IN THE 19TH AND 20TH CENTURIES. Modern Science and Research, 3(1), 388–393. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28079
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the fate of people who became victims of repression in the 19th and 20th centuries and the reasons for repression are revealed in detail. In the article, scientific facts are reinforced on the basis of pictures. Conclusions and suggestions are given at the end of the article.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

388

19-20-ASRLARDA QATAG'ON QURBONLARI

Qoʻldoshev Shermat Baxriddin oʻgʻli

Termiz davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

tarix va uni oʻqitish metodikasi 205-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10512107

Annotatsiya. Mazkur maqolada 19-20-asrlarda qatag'on qurboniga aylangan

insonlarning taqdiri va qatag’on qilinish sabablari atroflicha ochib berilgan. Maqolada ilmiy
faktlar rasmlar asosida mustahkamlangan. Maqola so’nggida xulosa va takliflar keltirib o’tilgan.

Kalit so’zlar: qatag'on qurboniga aylangan insonlarning taqdiri, qatag’on qilinish

sabablari, to‘rt milliondan ortiq odam.

VICTIMS OF REPRESSION IN THE 19TH AND 20TH CENTURIES

Abstract. In this article, the fate of people who became victims of repression in the 19th

and 20th centuries and the reasons for repression are revealed in detail. In the article, scientific
facts are reinforced on the basis of pictures. Conclusions and suggestions are given at the end of
the article.

Key words: fate of people who became victims of repression, reasons for repression, more

than four million people.

ЖЕРТВЫ РЕПРЕССИЙ XIX И XX ВЕКОВ

Аннотация. В данной статье подробно раскрываются судьбы людей, ставших

жертвами репрессий в XIX и XX веках, и причины репрессий. В статье научные факты
подкреплены на основе фотографий. Выводы и предложения приведены в конце статьи.

Ключевые слова: судьбы людей, ставших жертвами репрессий, причины репрессий,

более четырех миллионов человек.

Sobiq Sovet Ittifoqi yillarida turli siyosiy, ijtimoiy, g‘oyaviy, diniy sabablarga ko‘ra

millionlab odamlar qatag‘onga duchor bo‘ldi. Qatag‘on siyosatining qurbonlari haqida haligacha
aniq ma’lumotlar mavjud emas. Saqlanib qolgan mavjud faktlar shuni ko‘rsatadiki, 1921–1953-
yillar orasida to‘rt milliondan ortiq odam qatag‘on qurboniga aylangan. Ulardan 800 ming kishi
o‘lim jazosiga hukm etilgan.

Sovet Ittifoqida qatag‘onlar to‘lqini uch davrga to‘g‘ri keladi. Birinchi bosqich 1920-

yillarni, ikkinchi bosqich 1937–1938-yillarni, uchinchi bosqich 1950–1953-yillarni o‘z ichiga
oladi. Bundan tashqari, urush davrida va undan keyin urush qatnashchilari ham qatag‘onga uchrab
turli muddatlarga ozodlik mahrum etiladi.

Qatag‘on siyosatining eng yuqori cho‘qqiga chiqqan nuqtasi 1937–1938-yillarga to‘g‘ri

keladi. Shu yillar mobaynida 1,3 million kishi RSFSR Jinoyat kodeksining 58-moddasi,
“aksilinqilobiy faoliyat” ayblovi bo‘yicha hibsga olingan. Hibsga olinganlarning yarmi o‘lim
jazosiga hukm etilgan. Qatag‘onlar aholining deyarli barcha tabaqasi vakillarini qamrab olgan edi.
Dehqonlar, ziyolilar, boylar, dindorlar, siyosiy elita qatlami vakilari eng ko‘p jabr ko‘rgan qatlam
edi.

SSSRdagi dastlabki qatag‘onlar “Qizil terror” deya nomlandi. Ushbu terror 1917-yilgi

oktyabr inqilobidan keyin boshlandi va 1922-yilgacha davom etdi. Ushbu qatag‘onlar paytida
asosan bolsheviklarning siyosiy dushmanlariga qaratilgan bo‘lsa-da, ularning siyosatiga


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

389

xayrixohlik bildirmagan oddiy odamlar ham bundan chetda qolmadi. Bundan tashqari,
qatag‘onlarga ijtimoiy tus ham berildi va sobiq politsiya zobitlari, jandarmlar, podshoh hokimiyati
siyosatchilari, dindorlar, yer egalari va ishlab chiqaruvchilarni ham qamrab oldi.

Qizil terrordan keyin siyosiy qatag‘onlar davom ettirildi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha,

20-yillardagi siyosiy ishlar asosan soxta ayblovlar orqali amalga oshirlgan. Litseychilar ishi,
fokstrotistlar ishi, shaxta ishi kabi jinoiy ishlar shu yillarda amalga oshirlgan edi. 1922-yil
sentyabr-noyabr oylarida RSFSRdan “falsafa paroxodi”da juda ko‘plab ziyoli qatlam chiqarib
yuborildi (“Ochistim Rossiyu nadolgo…” Repressii protiv inakomislyashix. Konets 1921 —
nachalo 1923 g., M.: Mejdunarodniy fond “Demokratiya”, 2008). SSSR mavjudligining 15 yili
mobaynida ( 1923–1938) 900 nafar fotograf qatag‘on qurboniga aylangan bo‘lsa, ularning
yarmidan ko‘pi otib tashlandi.

SSSRda Stalin shaxsiyatining mustahkamlanishi bilan qatag‘onlar ommaviy tus oldi.

Ayniqsa, 1937–1938-yillarda ular yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Shu yillarda yuz minglab odamlar
otib tashlandi va GULAGlarga yuborildi. Ushbu qatag‘onlar asosan siyosiy motivlarga asoslangan
edi. Bu davrdagi qatag‘onlar deyarli Stalin vafotiga qadar davom etdi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, SSSRdagi qatag‘on qurbonlari soni bo‘yicha aniq statistika

mavjud emas. Bu borada tarixchilar turli fikrlarni bildiradi. Jumladan, tarixchilar N.G Oxotina va
A.B Boginskiylarning fikriga ko‘ra, 1921–1953-yillarda faqatgina xavfsizlik organlari tomonidan
hibsga olinib, siyosiy ayblovlar bilan sudlangan yoki sudsiz hukm qilinganlar soni 5,5 million
kishini tashkil qiladi.

Agar bolshevizm qurbonlari safiga turli deportatsiya qilinganlar, sun’iy ochlik qurbonlari,

uyushtirilgan mojarolar paytida vafot etganlar, kommunizm nomi ostida turli urushlarda vafot
etgan askarlar, ota-onasi ochlikdan va qatag‘on oqibatida vafot etgan tug‘ilmagan chaqaloqlar ham
qo‘shilsa, unda tuzum qurbonlari soni 100 millionga yaqinlashadi (N.G. Oxotin, A.B. Roginskiy.
O masshtabe politicheskix repressiy v SSSR pri Staline: 1921—1953). Tarixchi V.N Zemskov


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

390

o‘zining “GULAG” nomli maqolasida SSSRda 1921–1953-yillarda faqatgina siyosiy motivlar
bilan, ya’ni aksilinqilobiy faoliyat uchun jazoga tortilganlar soni 3,3 million kishi ekanini keltiradi.

Anatoliy Vishnevskiy ma’lumotlariga ko‘ra, 1920-yillar oxiridan 1953-yilgacha bo‘lgan

davrdagi turli muddatga ozodlikdan mahrum etilgan yoki ozodligi cheklangan qatag‘on
qurbonlarining soni 25–30 millionni tashkil qiladi. Ko‘rinib turganidek, qatag‘on qurbonlarining
aniq soni haqida bir xil qarash mavjud emas. Rasmiy statistika esa doim ham obyektiv
bo‘lavermaydi.

O‘zbekistondagi qatag‘on qurbonlari
Butun SSSRda amalga oshirilgan siyosiy qatag‘onlar O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi.

O‘zbekistonda siyosiy qatag‘on asosan respublikaning siyosiy arboblari va ziyolilar qatlamini
qamrab oldi.

Oktyabr to‘ntarishi oqibatida Turkistonda zo‘rlik bilan o‘rnatilgan mustamlakachi sovetlar

tuzumi birinchi kundan boshlab xalqimiz boshiga son-sanoqsiz qirg‘inlar, dahshatli va alamli
kulfatlar olib keldi. Bu dahshatli rejimni o‘lkamiz xalqlari qabul qilmadi. Ular istiqlol uchun, erk
va milliy-ozodlik uchun 16 yil mobaynida qurolli kurash olib bordi. Bu kurash davomida ayrim
xorijdagi tarixchilar hisobicha bir million 900 ming vatandoshimiz Turkistondan bosh olib, xorijiy
mamlakatlarga chiqib ketdi va bir million 700 ming yurtdoshimiz Sibirga, uzoq shimolga,
Ukrainaga, Shimoliy Kavkazga, Uralga, Qozog‘istonga, uzoq sharqqa, Kavkazga, Volgabo‘yi
rayonlariga badarg‘a qilindi.

O‘zbekistonda 1937-yil 10-avgustdan 1938-yil 1-yanvargacha o‘n ming yetti yuz kishi

qamoqqa olingan. Bulardan uch ming olti yuz o‘n uch kishi qatl etildi, yetti ming sakson yetti kishi
sakkiz-o‘n yil muddatga qamoqqa tashlandi. O‘sha yillari aholining barcha qatlamlari qatag‘on
girdobiga tushgan. Qatag‘on, avvalo, ziyolilar, din xizmatchilariga qarshi qaratilgan edi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

391

Faqat 1937-yil dekabr oyida “uchlik” qarori bilan hukm qilingan uch ming olti yuz qirq

to‘rt kishidan bir ming to‘rt yuz oltmish to‘rt nafari imom, eshon, mulla va boshqa diniy xizmatchi
bo‘lgan. 1938-yilning fevralida “uchlik” yig‘ilishlarida 2 491 mahbus ustidan hukm chiqarilgan,
shundan 2 086 mahbus otuvga, 398 mahbus o‘n yil muddatga, ikki mahbus sakkiz yil muddatga
qamoq jazosiga hukm qilingan. To‘rt mahbus tergov vaqtida vafot etgan, bir kishigina ozod
etilgan.

O‘zbekiston siyosiy elitasini obro‘sizlantirish maqsadida bir qator guruhlar o‘ylab topildi.

Jumladan, qosimovchilar, inog‘omovchilar, 18 lar guruhi kabilar aynan siyosiy elita va rahbar
xodimlarga qarshi uyushtirilgan jinoiy ishlar sirasiga kiradi. Respublikaning taniqli arboblaridan
iborat “18 lar guruhi” (I. Xidiraliyev, M. Saidjonov, U. Ashurov, R. Rahimboboyev, Eshonov) ga
“yer-suv islohotiga qarshi chiqqan, boy-quloq va yer egalarining manfaatini himoya qilib
chiqqanlar, mahalliychilik va millatchilik g‘oyalarini ilgari surgan” degan soxta aybnoma qo‘yildi.
Shu bois rasmiy partiya organlari tomonidan mazkur guruh keskin qoralanadi va uning a'zolari
turli jazolarga giriftor etildi.

“Inog‘omovchilik” guruhi to‘g‘risida gap borganda unga qo‘yilgan barcha ayblarning

to‘liq to‘qib chiqarilgani ayon bo‘ladi. Ma’lumki, Rahim Inog‘omov O‘zKP Markazqo‘mi
Matbuot bo‘limi mudiri va O‘zSSR Maorif Xalq Komissari vazifasida faoliyat yuritib kelgan.
Inog‘omov o‘zining bir qator nutqlarida O‘zbekiston kompartiyasining mustaqil faoliyat yurita
olmayotganiga, Markaz organlarining o‘lka hayotidagi zo‘ravonligiga ham alohida urg‘u bergan.

Respublikaning bir qator mas’ul xodimlaridan N. Mavlonbekov, T. Isamuhammedov, M.

Aliyev, Bobonazarov singari hammaslaklar Inog‘omov qarashlarini qo‘llab-quvvatlab chiqqandi.
Bunday muxolifatchi chiqishlar hukmron partiya mutasaddilarining qahriga uchramasdan
qolmasdi, albatta. Shu bois, 1926–1927-yillarda bu guruh faoliyati partiya tashkilotlarida bir necha
bor muhokama qilinib, og‘machi guruhbozlikda ayblandi. Inog‘omov tarafdorlari vazifalaridan
olinib, nomlari qoralandi.

“Qosimovchilik” guruhi ham 1929–1930-yillarda sovet hukmron rejimi tomonidan milliy

kadrlarni, ziyolilarni qatag‘on qilish, jazolash maqsadida atayin uyushtirilgan navbatdagi uydirma
edi. O‘z SSR Oliy Sudining raisi lavozimida ishlagan S.Qosimov va uning yaqin maslakdoshlari:
N.Alimov, Musaboyev, Sharipov, Sirojiddinov va boshqa jami yetti kishi 1929-yilning 2-yarmida
“bosmachilik” harakatiga yon berganlikda ayblanib qamoqqa olindi. Ular respublikadagi millatchi
tashkilotlar bilan aloqa bog‘laganlikda ayblandi. Bu guruhning to‘rtta a’zosi shunday asossiz
ayblanib, otib tashlandi. Qolganlari esa ko‘p yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

1937–1938-yillar davomida O‘zbekistonda bir qator yirik aksilinqilobiy tuzilmalar

tuzilgan, faoliyat yuritmoqda, degan soxta ma’lumotlar to‘plandi. Mana shunday soxta
ma’lumotlar asosida respublika rahbarlari A. Ikromov va F. Xo‘jayev boshchiligidagi “Burjua –
millatchilik aksilinqilobiy tashkiloti markazi”, Abdurauf Qoriyev rahbar bo‘lgan “Musulmon
ruhoniylarning millatchi-isyonkor tashkiloti”, “Aksilinqilobiy o‘ng trotskiychi josuslar tashkiloti
markazi”, “Buxoro va Turkiston baxt-saodati” nomli aksilinqilobiy tashkiloti, I.Ortiqov boshliq
“Yoshlarning aksilinqilobiy burjua-millatchilik tashkiloti”, “Ingliz josuslik rezidenturasi”, “Yapon
josuslik-qo‘poruvchilik rezidenturasi” kabi tashkilotlar sovet hokimiyatiga qarshi faoliyat
yuritmoqda, deb e’lon qilindi, ularni tuzishda gumon qilinganlar qatag‘on qilindi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

392

Eng so‘nggi ma’lumotlar, tarixiy hujjatlarni har tomonlama o‘rganish, tahlil qilishlar,

surishtirishlar bunday tashkilotlarning respublikada umuman bo‘lmaganini to‘Ia tasdiqlamoqda.
Demak, bunday aksilinqilobiy tashkilotlar qatag‘on tuzumi buyurtmasi asosida Markaz va uning
jazo organlari tomonidan atayin to‘qib chiqarilgan va hayotga izchil tatbiq etilgan. Buning
orqasida ming-minglab begunoh insonlar shafqatsiz jazolangan, umrlari xazon bo‘lgan. XX asr
boshidan 40-yillargacha 450 ming vatandoshlarimizga nisbatan “jinoiy ish” ochilgani, ularning
hayoti ostin-ustun bo‘Iib ketgani faktdir.

Faqat 1937–1939- yillarda O‘zbekistonda hammasi bo‘Iib 43 mingdan ziyod kishi

qamoqqa olingan. Ulardan olti ming 920 nafari otib tashlangan. 37 ming nafari esa turli muddatga
qamoq va surgunlarga hukm etilgan. XX asrning 20–40-yillarida Cho‘lpon, Fitrat, Botu, Abdulla
Qodiriy, Usmon Nosir, Otajon Hoshim, Abdulla Alvoniy, Munavvar Qori, Elbek, Rafiq Mo‘min
singari bir-biridan iste’dodli adiblar ma’rifat targ‘ibotchilarini ham qatag‘on to‘lqini o‘ziga tortdi.
Shuningdek, o‘zbek romanchilarining otasi Abdulla Qodiriy, talantli yozuvchi Oybek, Shuhrat,
Mirzakalon Ismoiliy, Said Ahmad, Shukurullo “Xalq dushmani” deb e’lon qilindi. Ularning
asarlari man qilinib, o‘zlari qamoqqa olinib, stalincha lagerlarga jo‘natildi.

Bundan tashqari, chet elda bo‘lib kelgan bir qancha ziyolilarimiz Sattor Jabbor, Solih

Muhammad, Maryam Sultonmurodova, Xayriniso Majidxonova va boshqalar ham asossiz
qatag‘on siyosatining qurboni bo‘ldi. Ularning ko‘plari shu siyosatdan bezib, chet ellarda qolib
ketdi.

1990-yilgi farmonning ahamiyati
Qatag‘on qurbonlarining xotirasini va haq-huquqlarini tiklash ishlari Stalin vafot etganidan

so‘ng Nikita Xrushev tomonidan boshlab berildi. Ammo 60-yillar o‘rtalariga kelib to‘xtab qoldi.
Shu sababdan 1990-yil 13-avgust kuni SSSR prezidenti Mixail Gorbachev “20–50-yillardagi
barcha siyosiy qatag‘on qurbonlarining huquqlarini tiklash to‘g‘risida” farmonni imzoladi. SSSR
tarqalib ketish arafasida imzolangan mazkur farmonning tarixiy ahamiyati nimadan iborat? Unda
qanay turdagi qurbonlar haq-huquqlari haqida gap ketgan?

Nikolay Troitskiyning fikricha, bu qaror faqatgina ramziy xarakterga ega bo‘lib,

Gorbachevga boshida unga ishongan va 1990-yil yoziga kelib unga nisbatan ishonchsizlik
kayfiyatiga tushib qolgan qayta qurish ziyolilari oldidagi o‘z obro‘sini tiklash uchun kerak edi.
Aslida, 80-yillarda qatag‘on qurbonlarining aksariyatining haq-huquqlari tiklanib bo‘lgan edi,
ushbu farmon esa ularga moddiy va ma’naviy kompensatsiya to‘lashni va bir qator imtiyozlarni
berishni ko‘zda tutar edi. Ammo bunday kompensatsiya to‘lashning imkoni darhol bo‘lmadi. Yana
bir qator qonunosti hujjatlari ham talab etilardiki, bular SSSR tarqalganidan keyingi tashkil etilgan
Respublikalar rahbarlari tomonidan amalga oshirildi.

Moddiy kompensatsiya o‘z yo‘liga. Ammo hujjatning muhim bo‘lgan siyosiy-tarixiy

ahamiyatini ham aytib o‘tish kerak. Tarixda ilk bor davlatning eng yuqori mansabdor shaxsi
tomonidan shu davlat tomonidan amalga oshirilgan adolatsizliklarning tan olinishi edi bu. Bundan
tashqari, farmon imzolangan paytda prezident Gorbachev hamon KPSS MQ bosh kotibi,
qatag‘onlarni amalga oshirgan Stalinning to‘g‘ridan to‘g‘ri vorisi edi.

Gorbachev farmonda 60-yillardagi Xrushev tomonidan amalga oshirilgan qatag‘on

qurbonlari reabilitatsiyasini yetarli emas deb hisoblashini ham aytib o‘tadi. Ushbu farmon orqali


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

393

u boshlangan ishni oxiriga yetkazib qo‘yishi lozim edi. U qurbonlar haq-huquqlarini tiklash
borasida muhim qadamni qo‘ydi. Hujjatda eng muhim punkt quyidagicha edi:

“Insonning asosiy fuqarolik va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlariga zid ravishda,

kollektivlashtirish davrida dehqonlarga, shuningdek, boshqa barcha fuqarolarga nisbatan 1920–
1950-yillarda siyosiy, ijtimoiy, milliy, diniy va boshqa sabablarga ko‘ra amalga oshirilgan
qatag‘onlar noqonuniy deb tan olinsin va ushbu fuqarolarning huquqlari to‘liq tiklansin”.

Hujjatda, shuningdek, ushbu farmon “Ulug‘ Vatan urushi yillarida, urushdan oldingi va

urushdan keyingi yillarda Vatanga va sovet xalqiga qarshi jinoyatlarda ayblangan shaxslarga
nisbatan tatbiq etilmasligi” ham belgilab qo‘yildi.

Gorbachevning SSSR tarixida tutgan o‘rni qanday bo‘lishi, undan keyingi Respublikalarda

ushbu hujjatning ijrosi qay darajada amalga oshirilganidan qat’iy nazar u shu birgina harakati
tufayli tarix oldida o‘z o‘rnini belgilab bergan desak, adashmagan bo‘lamiz.

REFERENCES

1.

Istoriya Uzbekistana. T., str. 32.

2.

Yo‘ldoshxo‘jaev H., Qayumova I., O‘zbekiston ulamolari. T., 2015. B. 24.

3.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi. T., “Movarounnahr”, 2014. B.10.

4.

O‘zbekiston tarixi (1917-1991-yillar). Ikkinchi kitob. T., “O‘zbekiston” 2019. B.335.

References

Istoriya Uzbekistana. T., str. 32.

Yo‘ldoshxo‘jaev H., Qayumova I., O‘zbekiston ulamolari. T., 2015. B. 24.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi. T., “Movarounnahr”, 2014. B.10.

O‘zbekiston tarixi (1917-1991-yillar). Ikkinchi kitob. T., “O‘zbekiston” 2019. B.335.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов