Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axloqiy tarbiyasini shakllantirishda
mutafakkirlar merosidan foydalanish
Kubayeva Yulduz Ismailovna
Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko`chasi 1 uy, Toshkent 100149, O`zbekiston
https://doi.org/10.5281/zenodo.10462777
Annotatsiya:
Maqolada axloq, axloqiy tarbiya, mutafakkirlar merosi, ularning durdona asarlaridan boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining axloqiy tarbiyasini shakllantirishda foydalanish masalalari, ulug‘ bobokalonlarimizning tarbiya, bola tarbiyasi
va axloqiy tarbiya haqidagi qarashlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
tarbiya, ta’lim, axloq, mutafakkir, boshlang‘ich sinf o‘quvchisi, insoniylik, vatanparvarlik.
KIRISH
O‘zbekiston
Respublikasining
“Ta’lim
to‘g‘risida” gi Qonunida belgilangan vazifalarni, ya’ni
ta’lim va tarbiyaning uzviyligi hamda uzluksizligini
ta’minlash zamirida o‘zbek xalqining boy ma’naviy,
ahloqiy merosi yotadi. Shu sababli xalqimizning ahloq,
ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini o‘rganish asrlar osha o‘z
dolzarbligini yo‘qotmay kelmoqda.
Yosh avlodni barkamol shaxs sifatida voyaga
yetkazishda, ularni har tomonlama komil inson etib
shakllantirishda ajdodlarimiz merosi bo‘lgan boy milliy
qadriyatlarimizdan,
madaniy
yodgorliklardan,
tarbiyaning samarali usul va vositalaridan oqilona
foydalanish
ta’lim-tarbiya
sohasining
ustivor
yo‘nalashlaridan biridir.
Ta’limning barcha bosqichlarida o‘quvchilar
tarbiyasi masalasiga katta e’tibor berilayotgan bo‘lsada,
bu borada o‘z yechimini kutayotgan muammolar
hanuzgacha
talaygina.
Tadqiqot
ishlari,
ilmiy
izlanishlarda ko‘proq ta’limiy muammolar, yangicha
o‘qitish texnologiyalari mavzulari ustida baxs
yuritilmoqda. Aslida, tarbiyani, ahloqiy tarbiyani
birinchi masala darajasiga olib chiqish, maqsadga
muvofiqdir. Chunki jamiyat ravnaqi uchun faqat nazariy
bilimlarga ega bo‘lgan, mexanik mashina singari
vazifalarini bajaruvchi kasb egalari emas, balki, eng
avvalo chuqur his-tuyg‘uli, yuksak ma’naviy- axloqiy
fazilatlarga ega shaxslar zarurligini bugungi kunning o‘zi
isbotlab turibdi. Ma’naviy ehtiyoj va dunyoqarash,
madaniyat va axloqiy fazilatlarni tarkib toptirish
orqaligina bunday shaxsni tarbiyalash mumkin.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA
METODOLOGIYASI
O‘zbek xalqi tarixan tarbiya sohasida o‘ziga xos
dorulfunun yaratgan. Bu borada xalq pedagogikasi boy
tajribaga ega. Bugungi kunda tarbiya maqsad va
vazifalarini hal etishda uning o‘rni beqiyosdir.
Keyingi
yillarda
milliy-axloqiy
tarbiya
an’analariga oid muammolar yuzasidan ko‘plab tadqiqot
ishlari olib borilmoqda. Pedagog olimlarimiz tomonidan
yaratilgan bir necha risola, qo‘llanma, ilmiy-tadqiqot
ishlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Q.Abdullaeva,
A.Jo‘raev, B.Jo‘raeva, A.Zunnunov, X.Iskandarov,
A.Munavvarov,
D.Ubayxo‘jaev,
K.Xoshimov,
O.Hasanboeva, A.Shojalilov, A.Ergashev, T.Qurbonov,
M.Quronov, M.Ochilov, R.Hasanov, Safo Ochil va
boshqalar shular jumlasidandir. Ayniqsa, “Xalq ta’limi”,
“Boshlang‘ich ta’lim” jurnallaridan ko‘plab maqolalar
ham shu mavzuga bag‘ishlangan. Tarbiyaning usul va
vositalari muammosiga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari
ko‘plab uchrasada, ammo ular asosan katta yoshdagi
o‘quvchi va talabalar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy ishlarni
olib borishga qaratilgan. Lekin, kichik yoshdagi
o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalashda qo‘llaniladigan usul
va vositalar haqida yaxlit bir tadqiqot ishining
kamyobligi hammamizga ma’lum.
Farzandning taqdiri, kelgusidagi yutuqlari,
baxtli yoki baxtsizligi, kelajakda tanlaydigan kasbi,
hattoki kayfiyati uning ahloqiy tarbiyasiga bevosita
bog‘liqdir. Hammamizga ayonki, sharq mutafakkirlari
merosida ta’lim-tarbiya, xususan ahloq masalalariga
alohida ahamiyat berilgan. Ular farzandlarni ahloqli qilib
tarbiyalashni mamlakat taqdirini, millatning kelajagini
belgilab beruvchi asosiy mezon sifatida qaraganlar. Ular
tarbiyada vatanparlik, adolatlilik, hushmuomalalik,
mehr-shavqat
masalalarini
eng
yuqori
o‘ringa
ko‘taradilar. Ularning asarlaridan bugungi sharqona
farzand tarbiyasida dasturul amal sifatida foydalanish
jamiyatimizdagi har bir oilaning vazifasi sanaladi.
Birgina Abdurauf Fitratning “Oila” nomli buyuk asarida
[1] farzand tarbiyasida aqliy tarbiya, badan tarbiya va
ahloqiy tarbiyaning o‘rni nihoyatda katta ekanligini
ta’kidlaydi. Mazkur uchala tarbiya ichida eng muhimi
ahloqiy tarbiya hisoblanadi. Bundan ko‘rinadiki,
farzandning aqliy va jismoniy tarbiyasi oqsoqlanib
qolmasligi uchun ahloqiy tarbiyasiga jiddiy yondoshish
zarur.
Fitrat yana bir durdona “Najot yo‘li” asarida
inson
yaralibdiki,
bir-birlari
bilan
yonma-yon
yashashlari, birga mehnat qilishlari va muomala qilishlari
hamda unda har kim o‘z manfaatini ustun qo‘yishi
hisobiga oralarida turli xil nizolar kelib chiqishi, hattoki
buning ortidan insonlar bir-birlariga dushman bo‘lib
qolishlari, uning natijasida ikki dunyo saodatidan
mahrum bo‘lishlarini, odamlarning bundan boshqa
vazifalari ham borligini eslatib, bularning hammasini
2
tartibga soluvchi yagona qonuniyat ahloq ekanligini
bayon etadi [2].
O’zbek xalq pedagogikasining yana bir yetuk
darg’alaridan biri Abdulla Avloniydir. Uning birgina
“Al-hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot-yo mamot, yo
najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidur” [3]
degan ibratomuz so’zlari hanuzgacha ta’lim-tarbiya
dargohlarining tom ma’noda qomusi sifatida foydalanib
kelinmoqda. Uning pedagogikaga oid asarlari ichida
“Turkiy guliston yoxud axloq” asari pedagogik fikrlar
taraqqiyotini tadqiq qilish sohasida ulkan ahamiyat kasb
etadi. Ushbu asar axloqiy va ta’limiy-tarbiyaviy asardir.
Unda insonlarni ezgulikka chorlovchi, yomonliklardan
qaytaruvchi ilm haqida fikr yuritiladi.
Abdulla Avloniy
pedagog sifatida bola
tarbiyasining roli haqida fikr yuritib “Agar bir kishi
yoshligida nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lib
o‘sdimi, allohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik
kutmoq yerdan turub yulduzlarga qo‘l uzatmak kabidur”,
- deydi.
Bu fikrlardan bugungi globallashuv zamonida
yosh avlodni tarbiya qilishdek masuliyatli ishda aslo
xatoga yo’l qo’yib bo’lmasligini anglashimiz mumkin.
Avloniyning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning
tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va
bolaning atrofidagi kishilar g‘oyat katta ahamiyatga ega.
Shu o‘rinda axloq tushunchasiga chuqurroq to‘xtalib
o‘tsak.
Axloq - bu ma'lum bir jamiyatda o'rnatilgan
qadriyatlar tizimi. Axloq - bu shaxs tomonidan
umumbashariy ijtimoiy tamoyillarga majburiy rioya
qilishdir. Axloq qonun bilan o'xshashdir - u ba'zi
harakatlarga ruxsat beradi yoki taqiqlaydi. Axloqni
ma'lum bir jamiyat belgilaydi, u ushbu jamiyatning
xususiyatlariga asoslanib o'rnatiladi: millati, dindorligi
va boshqalar.
Masalan, G'arbiy shtatlarda (AQSh, Buyuk
Britaniya) ruxsat berilgan harakatlar Yaqin Sharq
shtatlarida taqiqlanadi. Agar G'arb jamiyati ayollar
kiyimlariga nisbatan qat'iy me'yorlarni belgilamasa,
Sharqiy jamiyatlar buni qat'iy tartibga soladi va Yamanda
boshi yalang'och ayolning paydo bo'lishi haqoratli
hisoblanadi.
Bundan tashqari, axloq muayyan guruh
manfaatlariga mos keladi, masalan, korporativ axloq.
Axloq bu holda korporativ xodimning xulq-atvor
modelini belgilaydi, uning faoliyatini tashkilotning
foydasini oshirish maqsadida shakllantiradi. Qonundan
farqli o'laroq, axloq og'zaki va ko'pincha axloqiy
me'yorlar yozma ravishda mustahkamlanmagan.
Axloqiy toifalarga xushmuomalalik, halollik,
kabi falsafiy tushunchalar kiradi. Axloqiy kategoriyalar
universal va deyarli barcha jamiyatlarga xosdir. Ushbu
toifalarga
muvofiq
yashaydigan
odam
axloqiy
hisoblanadi. Axloqiy tamoyillarning eng qadimiy va eng
muhimlaridan biri – insonparvarlik. U – insonning
yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror
etadigan g’oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs
erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo’lish huquqini talab
etish imkonining mavjudligiga yengilmas ishonch.
Insonparvarlik
tamoyilini,
Ovro’po
Uyg’onish
mutafaqqirlari dastlab ilgari surganlar, degan fikr
mavjud. Aslida, insonparvarlik dastavval Sharqda
o’rtaga tashlangan, insoniylik, insonparvarlik degan
ma’noni bildiruvchi “namlulu” so’zi bundan 3-4 ming
yillar avvalgi qadimgi Somir mix xatlarida uchraydi.
Insonparvarlik – umuminsoniy qadriyatlar
sirasiga kiradi. Har bir shaxs insoniy huquqlarini
ta’minlash uchun kurashish – mana, insonparvarlikning
asosiy vazifasi. Bu borada umumbashariy ma’naviy
qadryatlarni ustuvor deb bilgan bizning davlatimiz ham
mamlakat ichkarisida, ham dunyo miqyosida ko’zga
ko’rinarli ishlar qilmoqda.
Eng ma’lum va mashhur tamoyil, bu –
vatanparvarlik. U insonning o’z Vataniga muhabbatini,
uni asrab-avaylashga bo’lgan ishtiyoqini anglatuvchi
axloqiy tushuncha. Uni ko’pincha Vatan dushmanlariga
qarshi ma’naviy-mafkuraviy qurol sifatidagina talqin
etadilar.
Tarbiya haqida buyuk bobokalonimiz Alisher
Navoiy shunday deb yozadi: “Qobiliyatli odamni tarbiya
qilmaslik zulmkorlik va noqobil odamga tarbiya hayfdir.
Tarbiyaning ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni
bunisiga zoye ketkazma” Ya’ni tarbiyani kerakli joyda va
kerakli insonlarga berish haqida aytib o‘tilgan.
Ko‘pchiligimiz
o‘ylaymizki,
tarbiya
faqatgina
o‘qituvchilar tomonidan, uyda esa ota onalar tomonidan
o‘rgatiladigan jarayon. Lekin aslida tarbiya- muayyan,
aniq maqsad hamda ijtimoiy tajriba asosida shaxsni har
tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va
dunyoqarashini tartib topdirish jarayoni. Boshqacharoq
talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad
yo‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy
ong va xulq-atvorni tartib topdirishda yo‘naltirilgan
faoliyat jarayonidir. Bunda nafaqat ota-onaning va
o‘qituvchilarning balki jamiyatning o‘rni ham
beqiyosdir. Tarbiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad har
tomonlama ma’naviy rivojlangan aqliy va axloqiy
barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Bugungi
kunda
mamlakatimizda
tarbiya
jarayonlarini
rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish uchun
ko‘plab chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Uni
rivojlantirishda birinchi qadam ta’lim muassasalari va
oliy ta’lim yurtlari hisoblanadi. Shu sababli umumiy o‘rta
ta'lim muassasalari o‘quvchilarining yosh va psixologik
xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning ongiga
umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma’naviyatni yanada
chuqur
singdirish
va
ularni
vatanparvarlik
va
insonparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Vazirlar
Mahkamasi qaror qildi va unda umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi” , “Milliy
istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda “Dunyo
dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan holda yagona
“Tarbiya” fani 1-9-sinflarda 2020-2021 o'quv yilidan,
10-11-sinflarda esa 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab
fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma-
bosqich amaliyotga joriy etilmoqda.
MUHOKAMA
2017 yil 24 mayda davlatimiz rahbari Shavkat
Miromonovich Mirziyoyevning “Qadimiy yozma
manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Qarori e’lon qilindi. Mazkur qarorda “Mustaqillik
3
yillarida
xalqimizning
qadimiy
tarixi
va
boy
madaniyatini tiklash, buyuk allomalarimiz, aziz-
avliyolarimizning ilmiy, diniy va ma’naviy merosini har
tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, muqaddas
qadamjolarini obod qilish, yosh avlodni ularning ezgu
an’analari ruhida tarbiyalash bo‘yicha ulkan ishlar
amalga oshirildi va izchil davom ettirilmoqda”, -deya
alohida ta’kidlab o‘tilgan. Qarorga asosan mustaqillik
yillarida
xalqimizning
qadimiy
tarixi
va
boy
madaniyatini
tiklash,
buyuk
allomalarimiz,
aziz
avliyolarimizning ilmiy, diniy va ma’naviy merosini har
tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, muqaddas
qadamjolarini obod qilish, yosh avlodni ularning ezgu
an’analari ruhida tarbiyalash bo‘yicha ulkan ishlar
amalga oshirildi va izchil davom ettirish maqsad qilib
qo‘yilgan va bular mamlakatmizda asta sekinlik bilan
bosqichma - bosqich amalga oshirilmoqda.
Darhaqiqat o‘tgan yillar davomida yurtimizda
yashab o‘tgan ulug‘ allomalar hayoti va ijodini
o‘rganishga katta e’tibor qaratildi. Buyuk allomalarimiz
taʼlimotlarida kamtarlik insoniy eng go‘zal fazilat
ekanligi, u inson madaniyati, uning odamiyligi, mardligi
kabi xislatlar bilan belgilanadi. Inson kamtarligi eng
avvalo uning mehnatida namoyon bo‘ladi, kamtar
kishida havoi-nafs, g‘urur, manmanlik bo‘lmaydi, u
odob-axloqli, mehr-shafqatli bo‘ladi, ishida, so‘zida
qatʼiy turadi. O‘zbek madaniyati, chunonchi sharqona
milliy tarbiya nazariyasi va amaliyoti har bir tarixiy davr
va bosqichlarda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda o‘z
taʼsirini o‘tkazib kelgan.
NATIJA
2019 yil 31 dekabrda O‗zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ma‘naviy tarbiya
konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-sonli Qarori [2] e’lon
qilinib, 8 bob va 70 banddan iborat uzluksiz ma‘naviy
tarbiya konsepsiyasi ilova qilindi. Shuningdek, ushbu
konsepsiyada uzluksiz ma‘naviy tarbiyani oilada,
maktabgacha ta‘lim, umumiy o‘rta ta‘lim, o‘rta maxsus
kasb-hunar va oliy ta‘lim tizimi, ishlab chiqarishda
faoliyat ko‘rsatayotgan hamda band bo‘lmagan yoshlar
o‘rtasida amalga oshirish bo‘yicha vazifalar ko‘rsatib
berildi.
Ta’limda yoshlar faol fuqarolik pozitsiyasini
shakllantirish, ularning
individual ehtiyojlari
va
sabablarini jamiyatda qabul qilingan axloqiy me‘yorlar
bilan bog‘lash orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga,
axloqiy qadriyatlar turli guruhlarning, shu jumladan,
jamiyatning xatti-harakatlarini tartibga soladi, ularning
barqarorligi va o‘z-o‘zini tarbiyalash mexanizmlarini
ishlab chiqishga xizmat qiladi. Shuning uchun axloqiy
qadriyatlar insonlararo munosabatlarni tartibga solib
turuvchi muhim omil vazifasini o‘taydi. Chunki, aynan
axloq har bir insonning butun hayoti davomida amalga
oshiriladigan va uning hayot ma‘nosi bilan bog‘liq
bo‘lgan murakkab insoniy munosabatlarni o‘z ichiga
qamrab oladi. Yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini
shakllantirish
ularning
jamiyatda
yangi
axloqiy
qadriyatlarni shakllantirishga bo‘lgan ehtiyoji, o‘ziga xos
istagi va faol fuqarolik burchga egaligi bilan belgilanadi.
Bu esa mavjud axloqiy me‘yor va ijtimoiy tartibni, ularni
yangi talablar asosida shakllantirish, o‘zgartirish,
aksincha, sof holatda saqlash, mustahkamlash bilan
belgilanadi.
XULOSA
Axloqiy tarbiya bu-inson ahloqini kamolga
yetkazish, uni komil inson darajasiga olib chiqmoq
deganidir. Ya’ni farzand tarbiyasida uning o‘y-qarashlari
va amaliy harakatlari ham o‘zining, ham boshqalarning,
ham
jamiyatning
manfaatlariga
hizmat
qilsin.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga xalqimizga xos bo‘lgan
ahloqiy me’yorlarni o‘rgatish va ularga insoniy
fazilatlarni shakllantirishda hamda barkamol shaxs
tarbiyasi masalalarida mutafakkirlar merosini o‘rganish,
ularni tahlil qilish, bir tizimga keltirish va kundalik
hayotda foydalanishni o‘rgatish bugungi kunning
zaruratidir.
FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR
1. Oila yoki oila boshqarish tartiblari // Abdurauf Fitrat.
T.: Maʼnaviyat, 2000. B-83.
2.Najot
yo‘li.//
Abdurauf
Fitrat.
3.“Turkiy
guliston
yoxud
ahloq”//
4.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Uzluksiz ma‘naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va
uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-
sonli Qarori.
