Authors

  • Nigora Egamberdiyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.28067

Keywords:

rekonstruksiya,

Abstract

Maqolada tarixiy rekonstruksiyaning tarixni ob’ektiv tiklashdagi o‘rni va ahamiyati yoritib berilgan. Tarixiy rekonstruksiyada turli fanlarning uslublaridan foydalangan holda va tarixiy tamoyillarga amal qilgan holda amalga oshirish zarurligi ko‘rsatilgan. Tarixiy rekonstruksiya tamoyillari aniqlanib, ta’rif berib o‘tilgan. Tarixni ob’ektiv tiklash bugungi kun jamiyati va kelajagining rivojlanishida muhim o‘rin kasb etadi. O‘zbekistonda tarixiy rekonstruksiya bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari bayon qilingan.

background image

1

Tarixiy rekonstruksiyaning asosiy tamoiyllari va uslublari.

Nigora Egamberdiyeva

1

Toshkent Amaliy fanlar universiteti dotsenti, t.f.d.

nigoraegamberdiyeva@utas.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.10462966

Kalit so‘zlar: rekonstruksiya, tamoyil, xronologik, analiz, sintez, taksonomik, sinxron, diaxron, kontekstuallashtirish,

rekonstruktiv , tarixiy empatiya, dialektik tafakkur.

Annotatsiya:

Maqolada tarixiy rekonstruksiyaning tarixni ob’ektiv tiklashdagi o‘rni va ahamiyati yoritib berilgan.
Tarixiy rekonstruksiyada turli fanlarning uslublaridan foydalangan holda va tarixiy tamoyillarga amal
qilgan holda amalga oshirish zarurligi ko‘rsatilgan. Tarixiy rekonstruksiya tamoyillari aniqlanib, ta’rif
berib o‘tilgan. Tarixni ob’ektiv tiklash bugungi kun jamiyati va kelajagining rivojlanishida muhim o‘rin
kasb etadi. O‘zbekistonda tarixiy rekonstruksiya bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari bayon
qilingan.

1. KIRISH.

Tarix har doim kishilik jamiyatini qiziqtirib,

o‘ziga jalb qilib kelgan. Tarix bugungi kun uchun
tajriba va kelajakni qurish yo‘lidagi asosiy ishonchli
tayanchdir. Tarixni ob’ektiv va haqqoniy yoritish har
bir davrning dolzarb masalasi bo’lib kelgan. Tarix
davlatning o’ziga xos siyosiy, mafkuraviy quroli
bo‘lib, bu orqali jamiyatdagi hukmron davlat o‘z
mafkurasini insonlar ongiga singdirishda va ularni
ma’lum bir g’oya ostida birlashtirishda foydalanadi.
Bu mafkura bunyodkor mafkura bo’lib, insonlarni
yaxshilikka,

bunyodkorlikka

undasa,

bunday

jamiyatda rivojlanish va taraqqiyot kuzatiladi, xalqi
farovon yashaydi. Aksincha bo’lsa, ya’ni yaratilgan
mafkura kimningdir manfaatiga xizmat qilsa, unda u
jamiyat insonlarni mutelikka, qashshoqlikka va
tobelikka yetaklaydi. Shu sabab ham, jamiyatdagi
mavjud voqealikka to’g’ri baho berish, jamiyatda
sog’lom muhitni yaratishda tarixdan to’g’ri saboq
chiqarish, uni ob’ektiv baholash o’ta muhim vazifa
sanaladi. Bu ayniqsa, bugungi kunda dolzarbdir,
chunki hozirda dunyoda kechayotgan globalizasiya
jarayonida yetakchilik uchun yoki turli maqsadlar
uchun inson onggini egallash uchun kurashlar
jonlangan [15]. Buning yosh avlodga ta’siri juda
kuchli. Kompyuter texnologiyalarning kirib kelishi,
axborot texnologiyalarining rivojlanishi, axborot
almashinuvining tezlashuvi, turli mafkura, qarashlar
va g’oyalarning mavjudligi tarbiyaviy masalalarni
murakkablashtirmoqda.

Bu

ayniqsa,

maktabda

o’quvchilarni sog’lom fikrli, intiluvchan va o’z
maqsadiga ega bo’lish kabi masalalarni yechishda
to’siq bo’lmoqda. Bu jarayonda tarixiy tajribalar,
tarixni ob’ektiv rekonstruksiya qilish muhim ahamiyat
kasb etadi. Tarixni rekonstrutsiya qilish masalasi
kunning dolzarb masalasiga aylangan. Bu borada
O‘zbekistonda bir qator tadqiqot ishlari olib borilgan
[1, 9, 10, 13].

3. TAMOYILLAR VA

USLUBLARI:

Tarixni rekonstruksiya qilish, ya’ni qayta

tiklash ma’lum bir tarixiy davr va mintaqaning moddiy
yoki ma’naviy madaniyatini qayta tiklash jarayoni
hisoblanadi. Tarixni rekonstruksiya qilish deganda
ikki xil ma’noda tushunilishi mumkin:

1.

Arxeologik

va

yozma

manbalardan

foydalangan holda tarix fanining zamonaviy
usullaridan

foydalanib,

mavjud

tarixiy

ma’lumotlarga asoslanib, nazariy yoki amaliy
jihatdan ob’ektning tashqi ko’rinishini,
qurilishini kompyuter texologiyalari asosida
yoki tarixiy jarayonlarni nazariy jihatdan
izchillikda qayta tiklash.

2.

Tarixiy voqealar yoki tarixiy davrdagi hayot
tarzini turli tadbirlar o’tkazish asosida jonli
ifoda etish va turli moddiy buyumlarni
yasash.

Tarixiy

rekonstruksiya

jarayonlari

arxeologiya, etnografiya, sotsiologiya, lingvistika kabi
fanlar tomonidan ham amalga oshiriladi. Arxeologiya
fanida jamiyatning ijtimoiy tuzumi moddiy manbaga
asoslangan holda, etnografiyada qabilalarning ma’lum
bir davrdagi urf-odatlarini namoyish qilishda o‘z
ifodasini topadi. Informatika sohasida qo‘lga
kiritilayotgan yutuqlar, o‘z navbatida tarixni
rekonstruksiya qilish jarayonlarini takomillashtirib,
tarixni yangi dalillar bilan asoslashga imkon yaratib
bermoqda.

Tarixiy rekonstruksiya jarayoni o‘zida yozma

manbalardagi ma’lumotlarni, arxeologik, etnografik
va boshqa turdagi ko‘plab ma’lumotlarning tahlili
asosida amalga oshiriladi. Bu jarayonda xronologik,
analiz, sintez, taksonomik, sinxron, diaxron kabi
ko‘plab tarixiy uslublardan keng foydalaniladi.
Qadimgi jamiyatni qayta tiklashda tabiiy va ijtimoiy
fanlarning yutuqlaridan ham unumli foydalaniladi.

Tarixiy rekonstruksiya jarayonida bir qator

tamoyillariga amal qilish lozim. Bular:


background image

2

1.

Tarixiy manbalarni tanqidiy o‘rganish

tamoyili. Bunda manbaning muhimligi, ishonchliligi
va asl nusxa ekanligiga e’tibor qaratiladi.

2.

Ko‘p tarmoqlilik tamoyili, bunda tarixiy

jarayonni har tomonlama tushunish va uni umumiy
jihatda yoritishda turli fan yutuqlaridan foydalanish
muhim.

3.

TAHLIL.

Tarixiy rekonstruksiyaning turli yo’nalishlari

mavjud. Ular faoliyat doirasiga va davrlarga asosida
ajratiladi:

3.

Kontekstuallashtirish tamoyili, bunda

tarixiy hodisa va jarayonlarni keng va tor kontekstda
- ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa
jihatlarda ko'rib chiqish lozim.

4.

Rekonstruktiv fikrlash tamoyili, bunda

mavjud faktlar va dalillar asosida tarixiy voqelikni
tiklashda mantiqiy va uslubiy jihatdan qurishni amalga
oshirish lozim.

5.

Farazni tavsiflash tamoyilida tarixiy

rekonstruksiya natijalarini keyingi tadqiqotlar va
yangi manbalar bilan tasdiqlanishi mumkin bo'lgan
faraz va taxminlar ko'rinishida taqdim etish zarur.

6.

Tarixiy empatiya tamoyilida tarixdagi

insonlarning fikrlari, qarashlari, his-tuyg'ulari va
g‘oyalarini tushunish va qayta qurish, shuningdek,
voqea va hodisalarni kontekstual idrok etish lozim.

7.

Tarixiy

kontingentning

rivojlanish

tamoyilida tarixiy jarayonning rivojlanishida tasodifiy
holatlar, kutilmagan hodisalar va mantiqsiz omillarni
hisobga olish lozimdir.

8.

Dialektik tafakkur tamoyilida turli omillar

va

qarama-qarshiliklarning

o'zaro

ta'sirini,

shuningdek, tarixning noaniqligi va ko'p qirraliligini
anglash lozim.

9.

Tarixiy dolzarblik tamoyilida zamonaviy

hodisa va jarayonlarni anglashda

tarixiy

rekonstruksiya natijalaridan foydalanishni bilish
lozim.

Tarixiy jarayonlarni qayta tiklashda bundan

tashqari boshqa uslub va tamoyillardan foydalanish
mumkin. Bunda tadqiqotning aniq maqsadi va
vazifalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Tarixni
har jihatdan mukammal, ob’ektiv rekonstruksiya qilish
murakkab jarayon sanaladi. Buni tarixiy tadqiqot
uslublarini aniq bilgan va anglagan holda amalga
oshirish lozim.

Tarixni rekonstruksiya qilishda quyidagi

uslublar qo’llaniladi:
1.

Eksprimental uslub. Bu uslubdan arxeologiya,

etnografiya, muzeyshunoslik va boshqa maxsus tarixiy
fanlarda qo’llaniladi. U o’tmishdagi aniq bir moddiy
manba va ma’naviy madaniyatni qayta tiklashga
qaratiladi.
2.

Anglash uslubi. Bu uslub o’tmish voqea va

hodisalarini to’liq bo’lmagan tarixiy ma’lumotlari
asosida to’liq tasavvurni tiklash va ularni
tushuntirishga qaratilgan.
3.

Tarixiy rolli o’yinlarni yaratish uslubi. Bu ayniqsa,

tarixiy bayramlarni va jang sahnalarini tashkil qilishda
keng qo’llaniladi.
4.

Tarixiy buyumlarning maketini yaratish uslubi. Bu

uslub arxeologiyada keng qo’llaniladi. Unda turli
harbiy qurollar, turar joylarning maketlari, sopol
buyumlar va bq. yaratiladi.











O’tmish tarixini rekonstruksiya qilish birinchi

navbatda tarixiy manbalarning o’rganilishi va uning
tadqiqot doirasiga bog’liq. Mavjud tarixiy manbalar
ob’ektiv ravishda tahlil qilinib, o’zining isboti va
daliliga ega bo’lsagina, shuningdek, retrospektiv
(o’tmish nazar tashlash) ma’lumotlar bilan ishlashning
yondoshuvlari va usullari qanchalik to’g’ri tanlansa,
shundagina biz o’tmishni qayta tiklay olamiz. Bu
jarayonda o’sha davrda mavjud bo’lgan mafkura, diniy
qarashlarni e’tiborga olish ham muhim sanaladi.

O’tmish haqida ma’lumot olishning eng

birinchi qadami, bu tarixiy manbadir. Bunda dastlab
bu manbani o’rganish lozim. Bunda tarixiy manbaning
kim tomonidan yozilganligi, ya’ni voqeaga guvoh
bo’lgan odam tomonidanmi yoki ko’chirilgan nusxami
yoki ihtibos keltirilganmi degan savollarni aniqlash
lozim. Shuningdek, bunda muallifning mazkur
voqeaga qarashlari ham muhim sanaladi, chunki
muallif voqeaga real baho bermasdan, o’z qarashidan
kelib chiqib, ijobiy va salbiy fikr bildirishi ham
mumkin.

Tarixni rekonstruksiya qilishda manbalardagi

ma’lumotlar yetarli bo’lmaydi. Misol tariqasida
“Avesto” matnlarini keltirsak, bunda uning “Goh”
qismlarida berilgan so’zlarning aksariati vaqtlar
davomida o’zgarib ketgan. Unda berilgan geografik
atamalar va joylarning geografik tasnifi umuman
bugungi kun uchun mos emas. Shuningdek, uni qayta
yozish jarayonida o’zgarishlar ham kiritilgan. Uni
rekonstruksiya qilish uchun esa, bugungi kunga
interpretatsiya qilish lozim. Bu esa, tarixchidan
ma’lum ko’nikma va malakani talab etadi. “Avesto”
dagi jamiyatni qayta tiklash uchun lingvinistik,
toponomik va arxeologik tadqiqot ma’lumotlari ham
muhimdir.

Tarixni nazariy jihatdan qayta tiklashda

birinchi navbatda rekonstruktorning tasavvuri turadi,
chunki u tarixiy dalillarni tarixning metodologik
uslublari orqali tahlil qiladi va shu orqali tarixni
tushuntiradi. Bunda uning dunyoqarashi, bilim
darajasi muhim o’rin tutadi. Rekonstruktsiyada uch

Faoliyat doirasi asosida

Davrlar asosida

Qilichbozlik

Eng qadimgi davr

Jonli tarix

Qadimgi davr

Maishiy hayot urf-odatlari

Ilk o’rta asrlar

Ovqat pishirish va xizmat
ko’rsatish

Rivojlangan

o’rta

asrlar

Musiqa va raqs

Yangi davr

Turli o’yinlar

Birinchi

jahon

urushi

Musobaqalar

Ikkinchi

jahon

urushi

Tibbiyot

Jang sahnalari


background image

3

jihatga - tarixiy tasvirga, tarixiy dalilga va tarixiy
voqealarni bayon qilishga e’tibor qaratiladi.

O’rta Osiyoda tarixni rekonstruksiya qilish

jarayonlari XX asrning 30 yillaridan boshlangan. Bu
o’lkada olib borilayotgan arxeologik tadqiqot ishlari
bilan bog’liq bo’lgan. Arxeologik tadqiqot ishlari va
yozma manbalardagi ma’lumotlarni taqqoslash orqali
tarixiy rekonstruksiya ishlarini olib borishgan.
Xorazm arxeologik – etnografik ekspeditsiyasi rahbari
S.P.Tolstov tarixni rekonstruksiya qilishda arxeologik
ma’lumotlar bilan bir qatorda etnografik ma’lumotlar
ham muhim rol o’ynashini ta’kidlangan. V.M.Masson
arxeologiyada tarixiy rekonstruksiya masalalarini
metodologik uslublarini ko’rsatib beradi [12]. U
arxeologik materiallar asosida tarixiy jarayonlarni
yoritish masalalariga e’tiborni qaratadi. Arxeologik
manbalar asosida madaniy taraqqiyot va ijtimoiy
turmush tarzini ochib beradi. A.V.Vinogradov tabiiy
sharoit, lanshaft, hayvonot va o’simlik qoldiqlarini
o’rganish orqali neolit davri odamlarining turmush
tarzini rekonstruksiya qilishda muhim ahamiyatga ega
ekanligini ko’rsatib beradi. Bunda paleozoologiya,
paleobotanika fanlari tadqiqotlaridan foydalanish
muhimligini ko’rsatadi.

XX asrning 50 -yillarida Xorazm arxeologik

ekspeditsiyasi Janubiy Orolbo’yi hududlarining
o’zlashtirilishi

o’rganish

orqali

hududning

paleogidrografiya va paleoekologiya rekonstruksiyasi
mavzulariga oid muhim ilmiy ma’lumotlar fanga
tatbiq etildi. Ya.G’.G’ulomov va B.V.Andrianovning
ilmiy tadqiqotlarida qadimgi Xorazmning sug’orish
tizimining shakllanishi va rivojlanishi masalalarini
o’rganish orqali ular nazariy jihatdan qayta tiklangan
[17,2]. M.G.Vorob’eva Xorazmning antik davrga oid
terrakotalari, ostodonlari va suvdonlardagi bo’rtma
tasvirlarni

tadqiq

qilish

orqali

qadimgi

xorazmliklarning diniy e’tiqodi bilan bog’liq bo’lgan
jihatlarni rekonstruksiya qilishga muvaffaq bo’lgan
[3].

teatrlashtirilgan sahnalar ham tarixni rekonstruksiya
qilishning yana bir o’ziga xos yo’nalishi hisoblanadi.

2019 yilda Toshkent shahrining markazida

“Naruz” nomidagi etnografik park tashkil etildi. U 2,5
gektardan iborat bo’lib, bu yerda O’zbekistonning
barcha

hududlaridagi

tarixiy

binolarning

kichiklashtirilgan nusxalari, ya’ni maketi yasalgan. Bu
yerda Registon maydoni, Oq-saroy, Xudayorxon
o’rdasi, Xiva arki, Kalta minor kabi me’moriy obidalar
qurilgan. Har bir viloyatning aholi turar joylarining
ham maketi yasalib, ko’chalari shakllantirilgan.
Tarixiy rekonstruksiyaning bunday turi ham tarixning
mohiyatini anglashda, yoshlarning ma’naviyatini
rivojlantirishda ahamiyati katta hisoblanadi. O’lkada
turizm sohasini rivojlantirishda ham o’z o’rniga ega.
Tarixiy rekonstruksiyaning bunday turida tarixchilar
me’morlar va quruvchilar bilan hamkorlikda
ishlashiga to’g’ri keladi.

Toshkent shahri. “Navruz” etnopark. Umumiy
ko‘rinishi

XX

asrning 80- yillarida I.V.Pyankov yozma

manbalarni keng tahlil qilish orqali Zardushtning
yashagan davri va makonini nazariy jihatdan tarixiy
rekonstruksiyasini yaratgan. Shuningdek, O’rta
Osiyoning qadimgi davrdagi o’troq aholisining
ijtimoiy jamiyatini rekonstruksiya qilgan.

Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan

topilmalar aholining turmush tarzi xususiyatlarini,
xo’jaligini, uy-ro’zg’or buyumlari, mehnat qurollari
haqidagi nazariy qarashlarni isbotlashda o’rni muhim
hisoblanadi. XX asrda O’zbekistonda olib borilgan
tarixiy

rekonstruksiya

masalalari

ko’pincha

arxeologiya sohasi bilan bog’liq holda olib borilgan.
Arxeologik

manbalar

yoki

turar

joylarning

rekonstruksiyasi nazariy jihatdan ishlab chiqilgan.
Shuningdek, rekonstruksiya qilingan qal’alar yoki
topilmalarning faqat chizmalari ishlangan. Bunga
misol qilib, Zamonbobo madaniyatiga oid chaylani
keltirish mumkin.

O’zbekistonda qadimiy bayram-Navro’z

tadbirlarini o’tkazishda milliy urf-odat, ashula va
raqslarni teatrlashtirilgan sahnalarda qayta tiklaydilar.
Turli tadbirlar va bayramlarni o’tkazishda qo’llanilgan

“Navruz” etnopark. Rekonstruksiya.Xiva. Ichon qal’a.

“Navruz” etnopark. Rekonstruksiya.Qo‘qon. O‘rda.

“Navruz” etnopark. Rekonstruksiya. Samarqand.


background image

4

Mustaqillik

yillarida

E.V.Rtveladze,

V.N.Yagodin, M.Mambetullaev, G’.Xodjaniyazov,
B.I.Vaynberg,

S.B.Bolelov,

S.R.Baratovlarning

arxeologik tadqiqot ishlari tarixiy rekonstruksiya
masalalari bilan bog’liq holda olib bo’lrilgan. Bu
davrning muhim hususiyati tarixiy rekonstruksiya
masalalarining kompyuter texnologiyalari yutuqlari
bilan bog’langan holda olib borilishi bo`lgan. Bu
davrda qal’alarning va turli arxeologik topilmalarning
vertual varianti va 3D formatini yaratila boshlanadi.
AutoCAD

dasturining

yaratilishi

va

uning

takomillashuvi natijasida me’moriy obidalarni,
qadimiy yodgorliklarni uch o’lchamli yaratish imkoni
paydo bo’ladi.

2013 yilda Qorakalpog’iston Respublikasi

Beruniy

tumanida

joylashgan

Oqchaxonqal’a

yodgorligi XX asrning oxirlari va XXI asrning
boshlarida olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida
uning tashqi ko’rinishi 3D formatda qayta tiklangan.
Unda shaharning bugungi kundagi ko’rinishi bilan
uning 3D formatdagi ko’rinishi solishtirilgan holda
ishlangan.

Oqshaxonqal’a mil.avv. IV asrda bunyod

etilgan. Shahar Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumani
hududida, Sulton Uvays tog‘ tizmalaridan 15 km
janubda joylashgan. Bu yerda 1995 yildan beri
“Qoraqalpog‘iston–Avstraliya” xalqaro arxeologik
ekspeditsiyasi o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Oqshaxonqal’aning umumiy maydoni 56 gektarni
tashkil etib, ichki va tashqi qal’adan iborat. Ichki va
tashqi qal’alarning har biri alohida mudofaa devorlari
bilan o‘ralgan. Har bir qal’aning mudofaasiga alohida
e’tibor qaratilgan. Shahriston xandak va proteyxizma
bilan mudofaalangan. Ikki qator mudofaa devori
qurilgan. Tashqi mudofaa devor qalinligi 1,7 metr,
ikkinchi devor qalinligi 2,1 metr bo‘lib, otish
yo‘lagining kengligi 2,3 metr bo‘lgan. Qal’a
burchaklarida

kvadrat,

devor

bo‘ylab

to‘g‘rito‘rtburchak shakldagi burjlar har 23–30
metrdan qo‘yilgan. Shaxmat tarzda nayzasimon
shinaklar qo‘yilgan. Shahristonning shimoliy qismida
yuqori shahar–ark bunyod etilgan. U ham ikki qator
mudofaa devori va proteyxizma bilan himoyalangan.
Tashqi devor qalinligi 2,60 metr, ikkinchi devor 2,50
metr, yo‘lakning eni 3 metrni tashkil qilgan [18].
Arkning mudofaa devori 3 qavatli qilib qurilgan,
yuqori qavati ochiq bo‘lgan. Uning to‘rtta darvozasi
bo‘lib, ular har bir tomonning o‘rtasida qurilgan.
Adashtirma yo‘l va burjlar bilan himoyalangan.
Shahristonning

mudofaa

devori

tadqiqotchilar

fikricha, milodiy I asrda qayta qurilgan.

Ichki qal’aning markazida baland otashkada

qurilgan, unga pandus orqali chiqilgan. U yerda
mangu olov yonib turgan. Ichki qal’aning shimoli–
g‘arbiy

qismida

saroy–ibodatxona

topilgan.

Ibodatxonadan o‘tgan yo‘lak devorlariga devoriy
suratlar chizilgan. Tadqiqotchilar bu yo‘lakning
umumiy uzunligi 240 metr ekanligini qayd qilishgan.
Bugungi kungacha uning 60 metrida tadqiqot ishlari
olib borilmoqda.

2005–2008 yillardagi arxeologik tadqiqotlar

natijasida, shimoliy yo‘lakdan 30 nafar kishining
portretlari topilgan. Suratlar yaxshi saqlanmagan. Ular
uyum holda topilgan, ya’ni kimlardir ularni devordan
sidirib tashlagan. Bugungi kunda tadqiqotchilar shu
“uyum”larni va devorda saqlanib qolgan rasmlarni
tadqiq qilishmoqda. Devordagi suratlar ostida qadimiy
yozuv aniqlangan. Lekin hozirgacha uning matni e’lon
qilinmagan. Portretlarning birida tojida qush aks
ettirilgan Xorazm podshosi tasvirlangan. Har bir
portret individual yondoshgan holda chizilgan.
Suratlardagi tasvirlar soqolsiz, ko‘plarining boshida
toj bo‘lib, ensa qismida diadema bilan tarang
bog‘langan. Tadqiqotchilar tomonidan o‘tkazilgan
radiokarbon analizi natijasida suratlar mil.avv. II
asrning oxiri I asrning boshlariga oid ekanligi
aniqlangan. Qal’a markazidagi shimoliy yo‘lakdan olti
metr hajmdagi uchta zardushtiylik ma’budalarining,
bog‘ va qushlarning rasmi topilgan.

Oqshaxonqal’adan topilgan devoriy suratlar

Markaziy Osiyo tarixi bo‘yicha eng qadimiy rangli
devoriy surat hisoblanadi. Yodgorlikning to‘liq
o‘rganilishi xalqimizni boy tarixi bilan yanada
yaqindan tanishtirishga imkon beradi.

Shaharning ikki qismga bo’linganligi,

mudofaa tizimi, yuz ustunli zali, ibodatxona va uning
uzun

yo’lagidan

topilgan

devoriy

suratlari

rekonstrkutsiya qilingan. Bunda arxeolog olimlar
V.N.Yagodin,

G’.Xodjaniyazov,

A.Betts,

M.Mambetullaevlarning tadqiqot ishlari muhim
ahamiyat kasb etgan.

Oqchaxon qal’a.Tadqiqotdan oldingi
ko‘rinishi.

Oqchaxon qal’a. Rekonstruksiya.
Umumiy ko‘rinishi.

Oqchaxon qal’a.
Rekonstruksiya.Ibodatxona.


background image

5






Oqchaxon qal’a. Ibodatxonadan topilgan
Xorazmshoh portreti.

Oqchaxon

qal’a.

Ibodatxonadan

topilgan otlar korteji.

Akademik E.V.Rtveladzening Surxondaryo

viloyati Muzrabod tumani joylashgan Kampirtepa
yodgorligida olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida
mazkur yodgorlikning Aleksandr Makedonskiy
tomonidan qurilgan “Oks bo’yidagi Aleksandriya”
shahri ekanligini isbotlab bergan [11].

Kampirtepa yodgorligi mil.avv. IV asrning

oxirlari – milodiy II asrning o‘rtalariga shimoliy
Baqtriya hududidagi yirik shaharlardan biri bo‘lgan.
Yodgorlik dastlab 1972 yilda akademik E.V.Rtveladze
boshchiligidagi arxeologik ekspeditsiya tomonidan
o‘rganilgan.

Kampirtepa qirg‘oq bo‘ylab g‘arbdan

sharqqa tomon 400 metr uzunlikda joylashgan, 5
gektar hududni egallagan. Qal’a ikki qismdan ark va
quyi shahardan iborat. Ark 5 metr kenglikdagi
mudofaa devori va xandak bilan mudofaalangan.
Kampirtepani qazish vaqtida ko‘chalar, ibodatxona,
shahar

hazinasi,

hunarmandchilik

ustaxonalari

topilgan. Shahar arki darvozasiga yaqin joydan budda
ibodatxonasi topilgan. Shahardan zardushtiylik,
buddaviylik va mahalliy diniy e’tiqodlarga oid
ibodatxonalar topilgan.

XXI

asrning dastlabki 10 yilligida olib

borilgan arxeologik tadqiqot ishlari natijasida
yodgorlik dastlab yunonlarning frurioni, ya’ni
mudofaa punkti yoki port vazifasini bajaruvchi shahar
sifatida vujudga kelganligi asoslandi. Bu yerdan
kemalar uchun qulay ko‘rfaz, pristan va port
mayog‘ining izlarini aniqlashgan. Kampirtepaning
eng rivojlangan davri milodiy I–II asrlarga to‘g‘ri
keladi. Kushonlar davrida shahar yanada taraqqiy
qilib, asosiy savdo ishlari bilan bog‘liq bojxona
vazifasini bajargan va suv yo‘llarini nazoratini olib
borgan.

2019 yilda turizm vazirligi tomonidan

Kampirtepa yodgorligining vertual varianti yaratildi.
Uning uch o’lchamli ko’rinishida qal’alarning
tepadan, yon tomonidan va ichkaridan ko’rinishlari,
tevarak atrofi, qal’a ko’rilgan tepalik aniq 3D formatda
tasvirlangan. Uning mudofaa devorlari, uy-joylari,
ko’chalari, ko’rfaz, mayyoq, jangchilar, qal’aga
kelgan kemalar aks ettirilgan.

Kampirtepa. Bugungi kunda saqlanish holati.

Kampirtepa. Mudofaa devorining rekonstruksiyasi.

Kampirtepa. Rekonstruksiya.

Hozirgi kunda nazariy jihatdan tiklangan

rekonstruksiyaning vertual variantlarini yaratish
dolzarb masalaga aylangan. Ularni yaratishda tarixchi
kompyuter

sohasi

vakillarining

xizmatidan

foydalanishga majbur, chunki kun sayin takomillashib
kelayotgan bu sohani tarixchilarning o’zlashtirib olishi
murakkab hisoblanadi. Lekin masalaning yana bir
tomoni ham borki, ya’ni kompyuter sohasi mutaxassisi
tarixiy

rivojlanish

xususiyatlarini, o’ziga xos

tomonlarini anglashi murakkab. Shu jihatdan olib
qaralganda, bugungi kunda tarixchining axborot
texnologiyalari sohasini o’zlashtirishi muhim sanaladi.

Hozirda yosh tarixchi tadqiqotchilar orasida

informatika sohasini yaxshi o’zlashtirib, uni tarixiy
tadqiqotlar bilan bog’lab olib borayotganlar soni oshib
bormoqda. 2021 yil davomida O’zbekiston Milliy
universiteti tadqiqotchisi J.E.Tog’aev “Bronza va ilk
temir davri tarixiy rekonstruksiya masalalari (janubiy
O’zbekiston misolida)” mavzusida [13], Urganch
davlat universiteti tadqiqotchisi X.O.Matkarimov


background image

6

“Xorazm vohasida arxeologik tadqiqotlar tarixi
(qadimgi

davrga

oid

tarixiy

rekonstruksiya

muammolari)” mavzusida tarix fanlari bo’yicha
falsafa doktori (PhD) [9] dissertatsiyasini himoya
qilganlar.

Tarixni

rekonstruksiya

qilishning

turli

yo’nalishlari bo’lsa-da, bugungi kunda uning axborot
texnologiyalari asosida qayta tiklanishi dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda. Bu soha xorijiy davlatlarda
keng miqyosda taraqqiy eta boshlagan bo’lsa-da,
uning muammoli tomonlari mavjud. Uch o’lchamli
tarzda qayta tiklangan maketlarni gologramma
(fazoviy tasvirni hosil qilish uslubi) asosida
ko’rinishlarini yaratishmoqda. Bu esa, tarixiy
davrlarni ham “jonlantirish”ga imkon beradi.

4 XULOSA:

Qadimgi davr ijtimoyi hayotini tarixiy

jihatdan rekonstruksiya qilishda tarixiy, arxeologik,
tilshunoslik va boshqa fanlarning ma’luotlarini
kompleks yondashgan holda tahlil etish zarur [5].
Bunda birinchi navbatda hududdan topilgan yozma
manbalarni o‘rganish, o‘qish va sharhlash kerak.
Matnda berilgan ma’lumotlar tarix bilan bog‘liq voqea
va hodisalarni yoritish imkonni beradi. Arxeologik,
etnografik manbalar bilan asoslash uslubida ijtimoyi
turmush tarzi haqidagi mavjud ma’lumotlar moddiy va
etnografik ma’lumotlar bilan yuqorida ko‘rsatilgan
tamoiyllar asosida qiyosiy solishtiriladi. Shu asosda
qadimgi davrning ijtimoiy turmush tarzini qayta
tiklash imkoni yaratiladi. Shu bilan birga lingvistik
rekonstruksiya uslubida ham qadimiy sivilizatsiyaning
tili, madaniyati va tarixini o‘rganish imkonini beradi.
Bunda bilan qadimgi tillar lug‘ati, alifbosi, fonetikasi,
shevalari va boshqa tillar bilan aloqasini qayta tiklash
mumkin. Shu asosda bugungi kungacha shu tilning
yoki so‘zlarning qay tarzda yetib kelganligini ham
ko‘rsatish mumkin.

Hozirgi kunda nazariy jihatdan tiklangan

rekonstruksiyaning vertual variantlarini yaratish
dolzarb masalaga aylangan. Ularni yaratishda tarixchi
kompyuter

sohasi

vakillarining

xizmatidan

foydalanishga majbur, chunki kun sayin takomillashib
kelayotgan bu sohani tarixchilarning o’zlashtirib olishi
murakkab hisoblanadi. Lekin masalaning yana bir
tomoni ham borki, ya’ni kompyuter sohasi mutaxassisi
tarixiy rivojlanish xususiyatlarini, o’ziga xos
tomonlarini anglashi murakkab. Shu jihatdan olib
qaralganda, bugungi kunda tarixchining axborot
texnologiyalari

sohasini

o’zlashtirishi

muhim

sanaladi.

Bugungi kundа kоmpyuter teхnоlоgiyаlаri

kirib kelmаgаn sоhаni tоpish mushkul. Jаmiyаtimizgа
kоmpyuterning kirib kelgаnigа unchа uzоq vаqt
bо’lmаgаn bо’lsа-dа, usiz hаyоtni tаsаvvur qilish
murаkkаb. Kоmpyuter teхnоlоgiyаlаri ахbоrоt
аlmаshinuvini tezlаshtirishi bilаn birgа hаr bir fаn
sоhаsidа tub mа’nоdа kаttа о’zgаrishlаrgа оlib keldi
vа kelmоqdа. Tаriх fаnini о’qitish vа tаdqiq qilishdа
hаm infоrmаsiоn teхnоlоgiyаlаrning qо’llаnilishi

nаtijаsidа uning tаrmоqlаri vа tаdqiqоt sоhаlаri
kengаyib, murаkkаblаshib bоrmоqdа. Infоrmаtsiоn
teхnоlоgiyаlаr yоrdаmidа tаriхni о’rgаtish, о’rgаnish,
tаdqiq

qilish,

nаmоyish

qilish,

sаqlаsh,

оmmаlаshtirish, tаrg’ib qilish keng оmmаlаshib
bоrmоqdа.

Tarixiy rekonstruksiya uslubidan tarixni

tadqiq qilish va o‘rganishda foydalanish katta samara
beradi. Unda tarixning o‘rganilmagan tomonini
ko‘rish mumkin, tahlil orqali ob’ektiv yoritish
imkoniga

ega

bo‘lamiz.

Bu

esa,

jamiyat

rivojlanishining asosini ko‘rsatib, kelajagini bashorat
qilish yo‘llarini aniqlaydi.

Tаriхni rekоnstruksiyа qilishning turli

yо’nаlishlаri bо’lsа-dа, bugungi kundа uning ахbоrоt
teхnоlоgiyаlаri аsоsidа qаytа tiklаnishi dоlzаrb
аhаmiyаt kаsb etmоqdа. Bu sоhа хоrijiy dаvlаtlаrdа
keng miqyоsdа tаrаqqiy etа bоshlаgаn bо’lsа-dа,
uning muаmmоli tоmоnlаri mаvjud. Uch о’lchаmli
tаrzdа qаytа tiklаngаn mаketlаrni gоlоgrаmmа
(fаzоviy tаsvirni hоsil qilish uslubi) аsоsidа
kо’rinishlаrini yаrаtishmоqdа. Bu esа, tаriхiy
dаvrlаrni hаm “jоnlаntirish”gа imkоn berаdi.

ADABITYOLAR:

[1]

Абдуллаев Ў.И. Ўрта Осиёда ибтидоий
жамоа тузуми ва илк давлатчилик тарихи.
Тарих

фанлари

доктори

(DSc)

диссертaцияси. – Тошкент. 2019.

[2]

Андрианов Б.В. Древние оростельные

системы Приаралья (в связи с историей
возникновения и развития орошаемого
земладелия). – Москва: Наука, 1969.

[3]

Воробьева М.Г. Керамика Хорезма
античного периода. // Керамика Хорезма.
Труды ХАЭЭ. Вып. IV. – Москва: Изд-во
АН СССР, 1959. – С. 45–220.

[4]

Мавлонов Ў. Марказий Осиёнинг қадимги
йўллари. – Тошкент: Akademiya, 2008.

[5]

Мамбетуллаев М.М., Ходжаниязов Г.
Раскопки городища Айбуйир кала. // АО.
1977. – Москва: 1978.

[6]

Мамбетуллаев М. Хумбузтепе –
керамический центр южного Хорезма. //
Археология Приаралья. Вып. II. –
Ташкент. 1984.

[7]

Массон

В.М.

Исторические

реконструкции в археологии. – Фрунзе.
Илим. 1990.

[8]

Массон В.М. Культурагенез древней
Центральной Азии. – СПб: СПбГУ, 2006.

[9]

Маткаримов Х.О. Хоразм воҳасида
археологик тадқиқотлар тарихи (қадимги
даврга оид тарихий реконструкция
муаммолари) Тарих фанлари бўйича
фалсафа доктори (PhD) дисс.автореф. –
Нукус, 2021.

[10]

Матяқубов Ҳ. Хоразм воҳаси бронза асри
ва илк темир даври тарихи (маданият,
ижтимоий-иқтисодий ва сиёсий


background image

7

муносабатлар муаммолари). –Тошкент.
2017.

[11]

Ртвеладзе

Э.В.

Кампыртепа

Александрия Оксианская: город –
крепость

на

берегу

Окса

в

эллинистическое и постэллинистическое
время (конец IV в. до н.э. – I в. до н.э.) –
Ташкент: Изд–во журнала “San`at”, 2017.

[12]

Толстов С.П. По древным дельтам Окса и
Яксарта. – Москва: Наука, 1962. – 324.

[13]

Тоғаев Ж.Э. Бронза ва илк темир даври
тарихий

реконструкция

масалалари

(жанубий Ўзбекистон мисолида). Тарих
фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD)
дисс.автореф. –Тошкент, 2021.

[14]

Egamberdieva N.A. Amudaryo havzasi
hududlarining qadimgi madaniyati (mil.avv.
VIII-mil. IV asrlar).– Toshkent. 2020.

[15]

Эгамбердиева Н. Қадимги даврнинг
тарихий

реконструкцияси

масалалари. Значение

цифровых

технологий

в

изучении

истории

Узбекистана, 1(01),

14–19.

https://doi.org/10.47689/.v1i01.13304

[16]

Ходжаниязов Ғ. Қадимги Хоразм
мудофаа иншоотлари. – Тошкент:
O`zbekiston, 2007.

[17]

Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш
тарихи (қадимги замонлардан ҳозиргача).
– Тошкент: Фан, 1959.

[18]

Ходжаниязов Ғ. Қадимги Хоразм мудофаа
иншоотлари. – Тошкент: O`zbekiston,
2007. -Б.34.

References

Абдуллаев Ў.И. Ўрта Осиёда ибтидоий жамоа тузуми ва илк давлатчилик тарихи. Тарих фанлари доктори (DSc) диссертaцияси. – Тошкент. 2019.

Андрианов Б.В. Древние оростельные системы Приаралья (в связи с историей возникновения и развития орошаемого земладелия). – Москва: Наука, 1969.

Воробьева М.Г. Керамика Хорезма античного периода. // Керамика Хорезма. Труды ХАЭЭ. Вып. IV. – Москва: Изд-во АН СССР, 1959. – С. 45–220.

Мавлонов Ў. Марказий Осиёнинг қадимги йўллари. – Тошкент: Akademiya, 2008.

Мамбетуллаев М.М., Ходжаниязов Г. Раскопки городища Айбуйир кала. // АО. 1977. – Москва: 1978.

Мамбетуллаев М. Хумбузтепе – керамический центр южного Хорезма. // Археология Приаралья. Вып. II. – Ташкент. 1984.

Массон В.М. Исторические реконструкции в археологии. – Фрунзе. Илим. 1990.

Массон В.М. Культурагенез древней Центральной Азии. – СПб: СПбГУ, 2006.

Маткаримов Х.О. Хоразм воҳасида археологик тадқиқотлар тарихи (қадимги даврга оид тарихий реконструкция муаммолари) Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс.автореф. – Нукус, 2021.

Матяқубов Ҳ. Хоразм воҳаси бронза асри ва илк темир даври тарихи (маданият, ижтимоий-иқтисодий ва сиёсий

муносабатлар муаммолари). –Тошкент. 2017.

Ртвеладзе Э.В. Кампыртепа – Александрия Оксианская: город – крепость на берегу Окса в эллинистическое и постэллинистическое время (конец IV в. до н.э. – I в. до н.э.) – Ташкент: Изд–во журнала “San`at”, 2017.

Толстов С.П. По древным дельтам Окса и Яксарта. – Москва: Наука, 1962. – 324.

Тоғаев Ж.Э. Бронза ва илк темир даври тарихий реконструкция масалалари (жанубий Ўзбекистон мисолида). Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс.автореф. –Тошкент, 2021.

Egamberdieva N.A. Amudaryo havzasi hududlarining qadimgi madaniyati (mil.avv. VIII-mil. IV asrlar).– Toshkent. 2020.

Эгамбердиева Н. Қадимги даврнинг тарихий реконструкцияси масалалари. Значение цифровых технологий в изучении истории Узбекистана, 1(01), 14–19. https://doi.org/10.47689/.v1i01.13304

Ходжаниязов Ғ. Қадимги Хоразм мудофаа иншоотлари. – Тошкент: O`zbekiston, 2007.

Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи (қадимги замонлардан ҳозиргача).

– Тошкент: Фан, 1959.

Ходжаниязов Ғ. Қадимги Хоразм мудофаа иншоотлари. – Тошкент: O`zbekiston, 2007. -Б.34.