TA’LIM JARAYONIDA O‘QUVCHILARNING KREATIVLIGINI SHAKLLANTIRISH

HAC
Google Scholar
To share
Nimatova , M. ., & Beshimova, M. (2024). TA’LIM JARAYONIDA O‘QUVCHILARNING KREATIVLIGINI SHAKLLANTIRISH. Modern Science and Research, 3(1), 1–4. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28109
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada o‘quvchilarning kreativ fikrlashini shakllantirish mazmuni, usullari va tamoyillari, shuningdek, o‘quvchilarning kreativlik ya’ni kreativ fikrlash qay tarzda vujudga kelishi borasidagi puxtaroq tasavvurga ega bo‘lishlariga yordam berish masalalari yoritilgan.


background image

1

TA’LIM JARAYONIDA O‘QUVCHILARNING KREATIVLIGINI

SHAKLLANTIRISH

Nimatova Moxinur Sobit qizi, Beshimova Muazzam

Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko`chasi 1 uy, Toshkent 100149, O`zbekiston

nimatovamohinur@gmail.com

+998997691644

https://doi.org/10.5281/zenodo.10462972

Kalit so‘zlar: Kreativlik, yondashuv, tahlil, topshiriqlar, kreativ topshiriqlar, qobilyat, ijodkorlik, ko‘nikma, malaka, layoqat.
Annotasiya: Ushbu maqolada o‘quvchilarning kreativ fikrlashini shakllantirish mazmuni, usullari va tamoyillari,

shuningdek, o‘quvchilarning kreativlik ya’ni kreativ fikrlash qay tarzda vujudga kelishi borasidagi puxtaroq
tasavvurga ega bo‘lishlariga yordam berish masalalari yoritilgan.

KIRISH

Bugungi

zamonaviy

o‘qituvchilar

o‘quvchilarning kreativ fikrlashini shakllantirish
mazmuni va usullari bo‘yicha ma’lumotlarga ega
bo‘lishlari va o‘zlari ham o‘quvchilarga fikrlashda
ijodiy yondashishiga yordam bera olishni bilishlari
kerak. Kreativlik ya’ni kreativ fikrlash qay tarzda
vujudga kelishi borasidagi puxtaroq tasavvur, o‘z
navbatida, o‘qituvchilarga ta’lim jarayonida
o‘quvchilarda ijodiy g‘oyalar bo‘lishi uchun
muayyan vaqt talab etiladi. Kreativ fikrlash
ko‘nikmalarini baholash isbotga tayangan dalillar
kompyuter platformasida qilayotgan, o‘qiyotgan va
yaratayotgan narsalarni ko‘p jihatli malakalar bilan
bog‘laydi. Kreativ fikirlashda har tomonlama
mukamal, ideal, lider, tezkor, ijodkor bo‘lishi
kerak. Oddiy narsadan kreativ narsalar tayyorlovchi
va zamon bilan ham nafas bo‘lishi shart va lozim.
Kreativ fikrlash har sohada va har joyda kerak
chunki u joy, vaqt tanlamaydi. Albatta har bir
qilingan

ishni

mukofotlantirilsa

uning

samaradorligi

yanada

oshadi

shunday

ekan

bolaning ham har bitta bajargan ishini o‘z vaqtida
baholab uni rag‘barlantirilib turilsa unda o‘sha
sohaga bo‘lgan o‘sish yanada oshadi va yana
izlanadi. Yangi informatsiya olishga undaydi va shu
bilan birga uning kreativ fikrlashini oshiradi.
Maqtov kimga yoqmaydi, maqtov hammaga yoqadi
xoh u katta bo‘lsin xoh kichkina. Maqtovni ham
kreativlikga yo‘naltirsak bo‘ladi har doimgi
kundalik hayotimizdagi so‘zlardan emas aksincha
boshqa kutilmagan g‘ayri oddiy so‘zlar bilan
maqtalsa insonni xotirasida tez va uni ham o‘sha
so‘zga yangilik kiritishga undaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA

METODOLOGIYASI

Mustaqil

hamdo‘stlik

davlatlari

olimlaridan L.Vigotskiy, A.Leontev, D.Elkonin,
O.Vasilchenko,

E.Melkumova,

V.Miretskaya,

M.Suxomlinova, E.Emmanuel kabilarining ilmiy
ishlarida

shaxs

ijodiy

qobiliyatlarini

rivojlantirishning nazariy asoslari o‘rganilgan.
E.P.Torrance, N.Rogers, J.Purnell, P.Roberts,
A.M.Galligan, Sh.Tatsuno kabi xorijiy olimlarning

ishlarida shaxsning individual qobiliyatlari, ijodiy
salohiyatini namoyon etish masalalari ochib
berilgan.

Darhaqiqat,

ta’lim

sohasidagi

mutaxassislar va psixologlarning fikriga ko‘ra,
ijodiy faoliyat bilan bog‘liq fikrlash jarayonlarida
mashg‘ul bo‘lish deb tushunilgan kreativ fikrlash
bir qator boshqa shaxsiy ko‘nikmalarning ham
rivojlanishiga

olib

keladi.

Shular

jumlasiga

metakognitiv qobiliyat, insonlar bilan muomala
qilish va shaxsning o‘zini yaxshiroq anglash
ko‘nikmalari, muammoni hal etish ko‘nikmalari
kiradi. Shu bilan birga, shaxs kamoloti, ta’lim
olishdagi

muvaffaqiyati,

kelajakdagi

kasbiy

muvaffaqiyati va jamoatchilik orasidagi obro‘si
ham insonning kreativ fikrlash ko‘nikmasiga
bog‘liq.

MUHOKAMA

O‘qituvchi

bilan

o‘quvchilarning

hamkorligi

o‘qituvchining

o‘quvchilarga

ko‘rsatadigan yordamidan boshlanadi. U asta-sekin
faollashib o‘quv harakatlariga aylanadi. Natijada,
o‘qituvchi bilan o‘quvchilar munosabati hamkorlik
pozitsiyasiga o‘sib o‘tadi. Materiallar tahlilining
ko‘rsatishicha, mantiqiy topshiriqlar hamkorlikda
bajarilgandagina bilimlarni o‘zlashtirish mahsuldor
bo‘ladi. Ilmiy manbalarda ta’limning shunday
tashkil etilishini hamkorlikdagi mahsuldor faoliyat
vaziyati deyiladi. Pedagogik adabiyotlar tahlili va
ijodiy

tajribalarimiz

natijalariga

ko‘ra

hamkorlikdagi mahsuldor o‘quv faoliyati vaziyatini
tashkil qilishning 2 asosiy tamoyilini ko‘rsatib
o‘tish maqsadga muvofiqdir:

l.

Ta’limda

mazmunning

izchilligi

tamoyili.

Unga ko‘ra shaxs o‘z faoliyatini muayyan

maqsad

asosida

tashkil

qilishida

mazkur

faoliyatning

uzluksiz

shakllanishi

ko‘zga

tashlanadi.

2.

O‘qituvchi-o‘quvchilar hamkorligining

mustaqil ijodiy faoliyat bilan bog‘liqligi tamoyili.

O‘quv jarayonida o‘quvchilar bilan hamkorlik
qilish katta ahamiyatga ega. O‘quvchilarning
ta’limga qay darajada ixlos qo‘yishi o‘qituvchining
mana shu hamkorlikni yarata bilish mahoratiga
bog‘liq. O‘qituvchi bilan o‘quvchilarning o‘quv
faoliyatidagi muhitning to‘g‘ri uyushtirilishi
o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini


background image

2

oshiradi, ularni butun kuch va g‘ayratini sarflashga
undaydi. Bu o‘zaro muloqotning shunday bir
shaklidirki, bunda o‘quvchi o‘zini pedagogik ta’lim
obyekti deb emas, balki mustaqil va erkin harakat
qiluvchi shaxs deb biladi. O‘qituvchining

o‘rganilayotgan fan

bo‘yicha

qaysidir

bir

ma’lumotga aniqlik kiritish paytida o‘quvchilarga
yordam so‘rayotganday murojaat qilishi hamkorlik
faoliyatini yanada chuqurlashtiradi. O‘quvchilarni
o‘rganuvchi va tarbiyalanuvchiga aylantirish
o‘qish-o‘qitish jarayonini muvaffaqiyatli olib
borishning sharti bo‘lib qolmay, balki ularni har
jihatdan barkamol insonlar qilib tarbiyalashning
ham muhim shartidir. O‘quvchi o‘qitish va
tarbiyalash jarayonining o‘zidayoq bilim va tarbiya
oluvchi shaxsga aylanadi. Sh.A.Amonashvili ta’lim
jarayonida o‘quvchi bilan hamkorlik munosabatini
o‘rnatish lozimligini ta'kidlab, shunday deydi:
“O‘quvchining o‘quv-biluv faoliyati nafaqat
qiziqarli o‘quv materiali va uni tushuntirishning
turli metodlari vositasida, balki pedagogning ta’lim
jarayonidagi muomala xarakteriga ko‘ra tartibga
solinadi. Mehr, ishonch, hamkorlik, hurmat mavjud
bo‘lgan muhitda o‘quvchi o‘quv topshiriqlarini
oson o‘zlashtiradi. Yutuqlari, mustaqil fikri, ijodiy
izlanishlari yuqori baholanayotganini ko‘rgan
o‘quvchi yanada murakkab bo‘lgan o‘quv
topshiriqlarini bajarishga intila boshlaydi”.

O‘qitishda muammoli ta’limdan foydalanish

ham, kreativ qobiliyatni shakllantirishda samarali
hisoblanadi. O‘quvchilarning biror-bir haqiqatni
mustaqil izlashi va kashf etishi bilan bog‘liq
bo‘lgan

ta'lim

metodlaridan

evristik

yoki

tadqiqotchilik metodlari bilan birga o‘quvchilarni
ijodiy fikr “Laboratoriyasi”ga olib kiradigan
jarayon ham asosiy ahamiyatga egadir. Muammoli
ta’lim shu jihatdan bir qancha afzalliklarga ega:
1.

U o‘quvchilarni mantiqiy, ilmiy, didaktik, ijodiy
fikrlashga o‘rgatadi.

2.

U o‘quv materialini ishonarli qiladi, bu bilan
bilimlarning

e’tiqodga

aylanishiga

ko‘maklashadi.

3.

U odatda, ancha ta’sirchan bo‘lib, chuqur
intellektual

his-tuyg‘ular,

shu

jumladan

ko‘tarinki ruh, hissini o‘z imkoniyatlari va
kuchiga ishonch tuyg‘usini vujudga keltiradi,
shuning uchun u o‘quvchilarni qiziqtiradi,
o‘quvchilarda ilmiy bilishga jiddiy qiziqishni
tarkib toptiradi.

4.

Haqiqat qonuniyatining mustaqil “Kashf
etilishi” olingan bilimlarni unutmasligi aniqlab
chiqilgan, mustaqil hosil qilingan bilimlar
unutilgan taqdirda ham ularni tezda qayta
tiklash mumkin.
Muammo yuzasidan olib borilgan izlanishlar

o‘quvchilarning o‘quv jarayoniga munosabati
o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘zaro ta'sir jarayonining
to‘g‘ri tashkil etilishi, o‘quv materiallarini tanlash
va tashkil qilish, bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini
takomillashtirish usullariga, o‘quv natijalariga
qo‘yiladigan baho tizimiga bog‘liqligini ko‘rsatdi.
Kreativlik

va

o‘zaro

hamkorlik

bir-biriga

mustahkam bog‘liq. Zero, faqatgina yangicha
yondashuv asnosida hamkorlik vujudga keladi va
mana shu hamkorlikda ijodkorlik o‘z ifodasini
topadi. Pedagogik kreativlikni faqatgina yangilikka,
tajribalar o‘tkazishga intilish deb tushunmaslik
kerak. Bu intilish sog‘lom fikrning rasmiyatchilik
ustidan g‘alabasini ham ifoda etadi. Demokratiya,
oshkoralik bo‘lmagan joyda, ma’muriyatchilik va
o‘qituvchining irodasi bilan dars jarayonida
o‘quvchilarning mustaqil fikrlash faoliyatiga rahna
solinsa

ijodiy

hamkorlik

barham

topadi.

Boshlang‘ich sinf darslarida o‘quvchilarning
kreativ qobliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan
topshiriqlar ustida ishlash alohida o‘rin tutadi.
O‘quvchi o‘zi uchun qulay sharoitda hayotiy va
o‘quv tajribasiga tayanib og‘zaki yoki yozma nutqi
orqali fikrlash faoliyatini amalga oshiradi. Unda har
bir fanning o‘zi uchun noma’lum qirralari xususida
o‘qituvchi bilan faol hamkorlik qilish uchun ruhiy
tayyorgarlik paydo bo‘ladi. U mavzu yuzasidan
berilgan savollarga tegishli javob qaytarish uchun
mustaqil ijodiy izlanishlarga harakat qiladi.
O‘qituvchi

bunday

hamkorlik

jarayonida

o‘quvchilarning kreativligini o‘stirish bilan birga
diagnostik

vazifani

ham

bajaradi,

ya’ni

o‘quvchilarning qobiliyati , qiziqish doirasini
aniqlaydi,

kreativ

iqtidorini

chamalaydi.

Kreativlikni rivojlantiruvchi topshiriqlar ustida
ishlash jarayonida bu g‘oyat muhimdir.

Boshlang‘ich ta’lim - bu har bir bolaning

hayotida chuqur iz qoldiruvchi ta'lim turidan biri
bo‘lib, ta’limning bu bosqichida pedagog
o‘qituvchilarga katta mas'uliyat yuklatiladi. Ya’ni
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativlik
qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi hali maxsus
o‘rganishni talab etmoqda. O‘quvchilar o‘z-o‘zidan
kreativ bo‘lib qolmaydi. Uning kreativ qobiliyati
ma'lum vaqt ichida izchil o‘qib-o‘rganish, o‘z
ustida ishlash orqali shakllantiriladi va asta-sekin
takomillashib, rivojlanib boradi. O‘qituvchilar
o‘quvchilar bilan hamkorlikda ish yuritib, ularning
har bir fikrini inobatga olishi va buni o‘quvchiga
sezdirishi kabi muhim vazifalarni bajarish orqali
o‘quvchilarni o‘zgacha yondashuvli ya'ni kreativ
bo‘lishlariga

erishishi

mumkin.O‘qituvchi

o‘quvchilarga muammoli masala va vaziyatlarni
berib, o‘quvchining masala yechimini topishga
ijodiy yondashishi undagi hissiy irodaviy sifatlarni
rivojlanishiga yordam beradi. Bu o‘quvchilarni o‘z
ustida ishlash, mustaqil o‘qib o‘rganishiga
imkoniyat, ichki ehtiyojning oshishiga turtki
bo‘ladi.

Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda

kreativlik va ijodkorlik aynan bir xil ma’no
anglatmaydi degan fikrga keldik. Chunki, ijodkorlik
deganda barchaning ko‘z o‘ngiga ma’lum bir
narsani ixtirosi, chizmasi va hokazolar kelishi
mumkin. Lekin biz tadqiqotimizda kreativlikni,
dars jarayonida berilgan vazifaga hech kimnikiga
o‘xshamas yo‘l topish va uni ilmiy asoslay olish,
yangicha fikrlash, uni tadbiq eta olish qobiliyati deb
oldik. Ya’ni biz tadqiqotimizda ta’lim sohasiga oid


background image

3

kreativlikni

ya’ni

boshlang‘ich

sinf

o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarni rivojlantirish
metodikasini

ko‘rib

chiqamiz.

Kreativlik

ijodkorlikka nisbatan kengroq tushuncha degan
fikrga keldik.

O‘quvchilarda kreativlikni baholash-ularning

qobiliyatlari haqidagi muayyan da’volarni dalilga
asoslangan fikrlash jarayonida tahlil etishdir.
Umuman olganda, o‘quvchining baholashdagi
vazifalarga javobi ushbu fikrlash jarayonida dalillar
bilan ta’minlaydi, psixometrik tahlil esa har bir
da’voni tahlil qilish uchun isbotning yetarli
ekanligini belgilaydi. Albatta baholashda ham
holisona tarzda baholash kerak agarda nohaqlik
bilan baholansa birovning mehatini o‘z-o‘zidan
ya’ni o‘sayotgan niholni qurutgandek bo‘ladi xolos.
Baholash tarzi shaffof va kreativ baholansa
ko‘zlanga maqsadga yetishilish mumkin. PISA
baholash dasturidan kreativ fikrlashni baholashning
asosiy doirasi sifatida foydalanish mumkin.

PISA-dasturida 15 yoshli o‘quvchilar uchun

tegishli kreativ fikrlash bilan sohasida orginal va
samarali

yechimlar,

yutuqlar

va

tasavvurni

ta’sirchan ko‘rinishlarga olib keladigan g‘oyalarni
ishlab chiqish, baholash va takomillashtirishtirshda
samarali qatnashishini o‘rganishlari kerakligiga,
g‘oyaning o‘ziga xosligi va munosibligini
baholagan holda uning ustida mulohaza yuritishga
va toki maromiga yetkazmaguncha g‘oyani
takomillashtirishga urg‘u beradi. Bu tavsif ishlab
chiqilayotganda,

shuningdek,

turli

sohadagi

mutaxassislar maslahati va kreativlik borasidagi
keng adabiyot tahlilining natijalari ham inobatga
olingan. Zamonaviy dars turlarimizga kirgan yangi
PISA dasturidir. Yondashuv-har bir sohaga
ma’sulyat bilan yondashish o‘ziga berilgan
vazifani mukammal bajarish bu yondashishdir.
Bizga berilgan vazifaga kreativ yondashgan holda
darslarni tashlik etish uni ko‘rgazmali tarzda olib
borish bu ham yondashuvlardan biriga kiradi. Har
bir pedagogning o‘zining turli xil dars vaqtlarini
tashlik etish, usullardan foydalanish tartibi va
yondashuvi

bor.

O‘qituvchining

pedagogik

mahoratiga albatta bog‘liq metod, usullar darsni
tashkil etishlar bularning barchasini kreativ
yondashuv desak bo‘ladi.

NATIJA

“Kreativ”

so‘zing ma’nosi yangilik

yaratish ijod qilish degan ma’noni anglatadi.
Shunday ekan ijodkorlik hisini yosh kelajak
avlodda uyg‘otish albatta ularni tarbiyalayotgan,
ta’lim berayotgan insonga bog‘liq.

Ijodiy

maqsadlarni ro‘yobga chiqarish kreativ fikrlashni
taqozo etadi, lekin shu bilan birga aqliy salohiyat,
soha borasidagi bilim va san’atkorlik talanti kabi
kengroq va maxsus ko‘nikma va qobiliyatlar ham
zarur bo‘ladi. Masalan, san’at durdonalari yoki
texnologik kashfiyotlarni yaratish bilan bog‘lik
buyuk ijodkorlikda kreativ fikrlashdan tashqari
salmoqli talant, chuqur bilim, muayyan sohada
tinimsiz mehnat hamda jamiyat tomonidan ushbu
mahsulot qiymatga ega ekanligi haqida e’tirof ham

talab etiladi. Aksincha, kichik yoxud kundalik
kreativlik (masalan, fotojurnalda rasmlarni mahorat
bilan joylashtirish; oziq-ovqat qoldiqlaridan yangi
taomni hosil qilish yoki ishxonadagi murakkab
muammoga ijodiy yechim topish kabi) ijodiy
fikrlashga qodir deyarli barcha insonlarga zarur.
Kreativ fikrlash ta’siri butun jamiyatga sezilarli
innovatsiya turlarining ortiga tushishi rost, lekin u
ayni damda universal va fenomen hamdir, ya’ni har
qanday shaxs, u yoki bu darajada, kreativ fikrlash
qobilyatiga ega.

Kreativ fikrlash testlarining birinchi avlodi

domenning umumiyligi, ya’ni har qanday sohadagi
ijodkorlikning umumiy xususiyatlari mavjudligi
haqidagi g‘oyaga asoslangani kabi tadqiqotchilar
ijodkorlikni baholaydigan sinovlarda shaxsning
natijalari umumiylashtirilishi mumkinligini, bir
sohadagi

kreativlik

ikkinchi

sohaga

ham

o‘tkazilishi mumkinligini taxmin qilganlar. Ushbu
tadqiqotlar yo ijodkorlik uchun zarur bo‘lgan
qobiliyat va ko‘nikmalar domenga bog‘liq bo‘lib,
domendan domenga ajralib turishini ta’kidlamoqda,
yoki

ikki

yondashuvning

qisman

jamlagan

ijodkorlik modellarini taqdim etmoqda. “Domen”
deganda san’at, adabiyot, tarix yoki astronomiya
kabi ilmning har qanday muayyan sohasi yoki
muayyan ilm sohasi asosida yotadigan va uni
qo‘llab-quvvatlaydigan reprezentatsiyalar turkumi
tushuniladi.

Tadqiqotchilar

tomonidan

kreativ

yondashuvning quyidagi domenlari sanab o‘tilgan:
kundalik, ta’limga oid, harakatga oid, ilm-fanga oid
va san’atga oid sohalar.

Ijodiy faoliyat

“San’atkorlik” va “Ilmiy” sohalariga ajratilgan.
Ijodiy faoliyat uch umumiy sohaga bo‘linishi
mumkin: verbal, san'atkorlik va muammoni hal
qilish. Kreativlik sohalarini o‘rgangan amaliy
tadqiqotlarning batafsil tahliliga ko‘ra, matematika
ilmiy sohasi doimo boshqa ijodkorlik sohalardan
yaqqol ajralib turadi. Har qanday shaxsning ijodiy
faolligi uchun to‘rt zaruriy qismi sanab o‘tiladi:
sohaga bog‘liq qobiliyatlar; kreativlikka bog‘liq
jarayonlar; vazifa borasidagi ishtiyoq (motivatsiya);
mos, qulay sharoit.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,

kreativlik hozirgi kunda juda ham kam uchraydigan
masalalardan biri hisoblanadi. Bunga sabab
ko‘pchilik pedagog o‘qituvchilarni o‘z ustida ko‘p
ishlamasligida deb aytsak bo‘ladi. Sababi shundaki,
izlanishlar kam yangilik yaratish juda past. Har bir
sohada kreativlik talab qilinadi deb aytilgan lekin
aytilgan gap aytilgan joyida qolib ketmoqda.
Buning sababi nimada deyishimiz mumkin? Shijoat
va g‘ayrat bilan yondashmaslikdir. Kreativlik
uchun tug‘ma qobilyat bo‘lishi kerakmi degan
savol tug‘iladi o‘z-o‘zidan. Qaysidir ma’noda
shunday lekin bizdan shu narsa talab qilingandan
so‘ng unga ma’sulyat bilan yondashishimiz kerak.
Ko‘proq mehnat, o‘z ustida ishlashga bog‘liq.
O‘qituvchining ijodkor va kreativ bo‘lish yoki
bo‘lmasligi emas, balki darslarni ijodkorlik,


background image

4

kreativlik ruhida tashkil etish, yangi g‘oyalarni
ta’lim jarayonida sinab ko‘rishga intilishi zarur.
Shaxsning

kreativligi

uning

tafakkurida,

muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat
turlarida namayon bo‘ladi. Kreativlik iqtidorning
muhim omili sifatida aks etadi, zehni o‘tkirlikni
belgilab beradi. Biz qay yo‘nalishda ish tutsak
bizdan ko‘rgan o‘quvchilar ham shu tomondan
ketadi. Agarda yangi g‘oyalar bilan ularni shu
tarzda o‘stirsak demak kreativlik ularda asta sekin
uyg‘ona boshlaydi. Daslarda kreativlikni oshirish
kerak avvalgi o‘tiladigan dars usullariga yangilik
kiritgan holda o‘tilsa ko‘zlagan natijaga erishish
mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

[1].

.R.Ishmuxamedov, M.Yuldashev “Ta’lim va

tarbiyada innovatsion texnologiyalar” o‘quv
qo‘llanma 2013 y

[2].

.Innovаtsion tа’lim texnologiyalаri. Muslimov

N.А., Usmonboyevа M.H., Sаyfurov D.M.,
To‘rаyev А.B. – T.: o‘quv qo‘llanma “Sаno

[3].

.Sultonovа G.А. Pedаgogik mаhorаt. O‘quv

qo‘llanma– T.: Nizomiy nomidаgi TDPU, 2005-yil.

[4].

Tolipov O‘., Usmonboyevа M. Pedаgogik

texnologiyalаrning tаtbiqiy аsoslаri. o‘quv qo‘llanma
– T.: Fаn, 2006-yil.

[5].Axmedova M.E. Pedagogika nazariyasi va tarixi (

O‘quv qo‘llanma) –

T.: Tafakkur bo‘stoni, 2011.

[6].Axmedova

M.E.

G.Niyozov.

Pedagogika

nazariyasi va tarixidan seminar mashg’ulotlar ( O‘quv
qo‘llanma) –

T.: Noshir, 2011.

[7].Axmedova M.E. Modul-kredit tizimida mustaqil
topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari

(tilshunoslik

fanlari misolida).

Monografiya. “Tibbiyot nashriyoti

matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 173 bet.
[8].Axmedova M.E. Pedagogika. Darslik

.

“Tibbiyot

nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 223
bet.
[9]. Axmedova M.E. Meliboyeva R.N. Bekmirov
T.R.Nurmatov

A.N.Kasbiy

pedagogika.

Darslik

.

“Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent -
2022. 250 bet.

References

..R.Ishmuxamedov, M.Yuldashev “Ta’lim va tarbiyada innovatsion texnologiyalar” o‘quv qo‘llanma 2013 y

..Innovаtsion tа’lim texnologiyalаri. Muslimov N.А., Usmonboyevа M.H., Sаyfurov D.M., To‘rаyev А.B. – T.: o‘quv qo‘llanma “Sаno

..Sultonovа G.А. Pedаgogik mаhorаt. O‘quv qo‘llanma– T.: Nizomiy nomidаgi TDPU, 2005-yil.

.Tolipov O‘., Usmonboyevа M. Pedаgogik texnologiyalаrning tаtbiqiy аsoslаri. o‘quv qo‘llanma – T.: Fаn, 2006-yil.

.Axmedova M.E. Pedagogika nazariyasi va tarixi ( O‘quv qo‘llanma) – T.: Tafakkur bo‘stoni, 2011.

.Axmedova M.E. G.Niyozov. Pedagogika nazariyasi va tarixidan seminar mashg’ulotlar ( O‘quv qo‘llanma) – T.: Noshir, 2011.

.Axmedova M.E. Modul-kredit tizimida mustaqil topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari (tilshunoslik fanlari misolida). Monografiya. “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 173 bet.

.Axmedova M.E. Pedagogika. Darslik. “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 223 bet.

. Axmedova M.E. Meliboyeva R.N. Bekmirov T.R.Nurmatov A.N.Kasbiy pedagogika. Darslik. “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 250 bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов