KATTALAR TA’LIMIDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

HAC
Google Scholar
To share
Nimatova, M. ., & Beshimova, M. (2024). KATTALAR TA’LIMIDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI. Modern Science and Research, 3(1), 1–3. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28110
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada kattalar ta’limida innovatsion pedagogik texnologiyalar va ulardan samarali foydalanish, bosqichma-bosqich foydalanish, pedagogik texnologiyalarning kattalar ta’limi jarayonidagi ahamiyati haqida fikrlar yuritilgan.

Similar Articles


background image

1

KATTALAR TA’LIMIDA INNOVATSION PEDAGOGIK

TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS

JIHATLARI

Nimatova Moxinur Sobit qizi, Beshimova Muazzam

Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko`chasi 1 uy, Toshkent 100149, O`zbekiston

nimatovamohinur@gmail.com

+998997691644

https://doi.org/10.5281/zenodo.10462977

Kalit so‘zlar:

Kattalar ta’limi, innovatsion pedagogik texnologiyalar, innovatsiya,

Annotatsiya:

Ushbu maqolada kattalar ta’limida innovatsion pedagogik texnologiyalar va ulardan samarali foydalanish, bosqichma-

bosqich foydalanish, pedagogik texnologiyalarning kattalar ta’limi jarayonidagi ahamiyati haqida fikrlar yuritilgan.

KIRISH.

Bugungi zamonaviy ta’lim tizimining asosiy

unsurlaridan biri bu, shubxasiz, yangicha, ya’ni
innovatsion

pedagogik

texnologiyalardir.

Ushbu

pedagogik texnologiyalar orqali dars jarayonlarining olib
borilishi yoki tashkil etilishi ayniqsa katta yoshli
o‘quvchilarni erkin, yangicha fikrlashlariga katta yo‘l
ochib berish uchun xizmat qiladi. Androgogika- kattalar
ta’limi sohasi sifatida ta’limni tashkil etish amaliyotini
o‘rganadi.

Androgogika-kattalar

ta’limining

samaradorligi

ta’limning

ehtiyojiga

aylanishiga

asoslanadi, Androgogikada o‘qitish metodlarini tanlash
guruhning

(yosh/

bosqich

rol

o‘ynamaydi)

hususiyatlaridan kelib chiqadi. (kasbiy, shaxsiy jamiyat va
jamoaviy ehtiyojlardan). Demak, kattalar ta’limini tashkil
etishda pedagogik innovatsion texnologiyalarning o‘rni
beqiyosdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA

METODOLOGIYASI .

Xorij olimlaridan A.Kapp, M.Sh.Noulz, M.Forner,

J.Dyui,

E.Limdemann,

E.Torndayk,

N.Gruntvig,

M.Xaydegger,

K.Yaspers,

J.P.Sartr, Y.N.Dyusher,

D,V.Lorens, T.G.Braje, E.Erikson, R.Gould, O.Brim,
Markinsney, H.Garner, Donaldson, Vigotskiylarning
ilmiy izlanishlarida hamda M.Noulzning “Kattalar
ta’limining zamonaviy amaliyoti. Andragogika yoki
pedagogika” nomli asarida andragogikaning o‘ziga xos
xususiyatlari va tamoyillari keltirilgan. Doktor Jon A.
Henshke

o‘zining

maqolasida

andragogikaning

shakllanish bosqichlarini yoritib bergan. tomonidan olib
borilgan. Pedagogik malaka oshirish va qayta tayorlash
markazlari tinglovchilarini innovatsion texnologiyalar va
raqamli ta’lim muhitida andragogik yondashuvga
yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari mavzusiga doir
tadqiqotlar MDH olimlari tomonidan ta’lim tizimida
innovatsion texnologiyalar va raqamli ta’lim muhitida
andragogik yondashuvga yo‘naltirilgan ta’lim
texnologiyalari

masalalarining

tadqiqi

Rossiyalik

tadqiqiotchilar S.N Gabrov. T.A. Vasilkova, S.I.Zmeyov
ilmiy ishlarida yuqoridagilarga qo‘shimcha sifatida katta
yoshlilar ijtimoiylashuvining o‘ziga xosligi, inson
hayotining turli bosqichlarida ta’lim olish imkoniyatiga
ega bo‘lishi, uzluksiz ta’lim olish haqida g‘oyalarning
asoslanishi hamda anragogikaning mustaqil fan sifatida
qabul qilinishi yoritiladi”. “S.G.Vershlovskiy o‘zining

"Andragogning ish kitobi" asarida

andragogikaning

shakllanish bosqichlarini yoritib bergan.”

Andragogika

Katta yoshdagi insonlarning o‘ziga

xos hususiyatlari quyidagilar hisoblanadi.

1.

Yo‘nalishni aniqlash

2.

Motivatsiya

3.

Bilish kerak

4.

Tayyorgarlik

5.

Tajriba

6.

O‘z-o‘zini boshqarish

Ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab

chiqarishning bugungi yuksak taraqqiyoti о‘z-о‘zidan
yangi ijtimoiy talablarni kun tartibiga qо‘ymoqda.
Mazkur ijtimoiy talablar sirasida jamiyat, qolaversa,
uning negizida sohalar rivojini harakatga keltiruvchi
kuch – malakali kadrlarni tayyorlash, ana shu maqsadga
yо‘naltirilgan

tizimni

takomillashtirish

muhim

ahamiyatga ega. Malakali kadrlarni tayyorlashga bо‘lgan
ehtiyoj ishlab chiqarish korxonalari paydo bо‘lgan,
sanoat sohasi rivojining ilk bosqichlarida yuzaga kelgan
bо‘lsada, hanuzgacha о‘z dolzarbligini yо‘qotmay
kelmoqda. Buning asosiy sabablari jamiyatning ijtimoiy,
iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga bog‘liq ravishda
yangidan-yangi yо‘nalishlar, ixtisosliklarning paydo
bо‘lishi, ular bо‘yicha kadrlar tayyorlash zaruriyatining
vujudga

kelishi,

о‘zgaruvchan,

tezkor

davrda

mutaxassislarning kasbiy bilim, malaka va mahoratlarini
izchil ravishda oshirib borishga bо‘lgan ehtiyojning
shakllanishi, shuningdek, mutaxassis sifatida mehnat
bozoridagi kuchli raqobatga bardosh bera olishga bo‘lgan
talabning ortishi sanaladi. Hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti
yangi yo‘nalish – innovatsion pedagogikani maydonga
olib chiqdi. “Innovatsion pedagogika” termini va unga
xos bo‘lgan tadqiqotlar G‘arbiy Yevropa va AQShda 60-
yillarda paydo bo‘ldi. Yangilik kiritishning sotsial-
psixologik aspekti amerikalik innovatik E.Rodjers
tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni
qatnashchilarining

toifa(tip)lari

tasnifini,

uning

yangilikka bo‘lgan munosabatini, uni idrok qilishga
shayligini tadqiq etadi. Pedagogik texnologiya — ta’lim
va

tarbiya

jarayonida

zamonaviy

pedagogik

texnologiyalarni qo‘lash, texnologik yondashuv asosida
ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish
muammolarini o‘rganadi.

MUHOKAMA.


background image

2

Texnologiya so‘zining lug‘aviy ma’nosiga

to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, ushbu so‘z yunonchadan
olingan bo‘lib,”tehnos”-mahorat, san’at ”logos” -
ta’limot, fan ma’nolarini anglatadi. Bundan kelib
chiqadiki, texnologiya so‘zi boshqa terminlarga
qo‘shilib, ana shu sohani rivojlantirish, mahoratini
oshirish vazifalarini bajaradi. Umumiy qilib aytganda,
texnologiya sifat jihatdan yangi masalalarni yechish
uchun ta’lim evolutsiyasi bosqichini tayyorlagan
obyektiv jarayondir. Yangi texnologiyalar katta ta’lim
imkoniyatlarini ochdi. Ro‘y berayotgan sifat o‘zgarishlar
shuni ko‘rsatadiki, odat bo‘lgan tushuntirishda
“o‘rgatish”

jarayonlari

o‘qituvchilarning

kasbiy

imkoniyatlari chegarasidan tashqari chiqib keta boshladi.
Vujudga kelgan yangi texnik, axborot, bosma, eshitish va
ko‘rgazma vositalari o‘ziga xos tarzda yangi metodikalar
bilan ta’lim jarayoniga ko‘pgina yangiliklar kiritib, uning
ajratilmas qismi bo‘lib qolmoqda. Biroq, pedagogik
texnologik jarayonning o‘ziga xosligi, uning an’anaviy
shakllaridan ustuvorligi va hozirgi zamon ta’limi
muammolari real yechish usullari hali to‘la
o‘rganilmagan. Bu haqda chet ellik va o‘zbek avtorlari
ko‘p yozmoqdalar. Lekin barchalari pedagogik
texnologiyalar kelajakda ustuvor o‘ringa ega bo‘lishiga
ishonadilar. Hozirda ta’lim texnologiyasi yordamchi
vosita bo‘lib qolmay balki, о‘quv jarayonining
rivojlanishida katta rol o‘ynab, uning tashkiliy shakllari,
metodlari, mazmunini o‘zgartiradigan yangi sistema deb
tushunilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, o‘qituvchi va
o‘quvchining pedagogik tafakkuriga o‘z ta’sirini
ko‘rsatmoqda. Texnologiyani bunday tavsif qilish ta’lim
jarayonidagi barcha tuzuvchilar orasidagi uzviy
bog‘lanishning muhimligini, pedagog va o‘quvchining
o‘zaro hamkorligini ko‘rsatadi. O‘quvchi passiv ta’lim
obyektidan faol shaxs ta’lim va tarbiya subyektiga
aylanadi va aktiv subyekt sifatida o‘qituvchi bilan bu
jarayonda qatnashadi, mustaqil bilim olishga intiladi.
Innovatsion usullarda dars o‘tish jarayonini, ya’ni
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni boshlang‘ich
ta’lim davridan boshlab tashkillashtirish ta’lim tizimida
yuqori samara beradi.

NATIJA.

Kattalar ta’limida eng muhim jihatlardan biri bu

– muloqotdir. Kattalar orasida muloqotni yuksak darajaga
ko‘tarish maqsadida asosiy dars mashg‘ulotlarini
boshlashdan oldin guruhning barcha ishtirokchilari
yig‘ilganda

va

ular

bir-birini

birinchi

marta

ko‘rayotganlarida o‘zaro muloqot o‘rnatishga yordam
beradigan usullarni qo‘llash foydalidir. Xatto seminar
ishtirokchilari bir-birlari bilan tanish bo‘lsalar ham, har
doim inson gohida yangi va qiziqarli narsalarni bilib olishi
mumkin. Bu bosqichda biz xotirjam va erkin vaziyatda
seminar

ishtirokchilarini

ochiqlikka,

ijodkorlikka

yo‘naltirishga, har kimga so‘zlash imkoniyatini berishga
harakat qilish seminar mashg‘ulotlarining samaradorligini
oshiradi. Bu esa keyinchalik guruhning barcha a’zolarini
o‘quv jarayonida faol ishtirok etishlarini ta’minlaydigan
omil hisoblanadi. Ishtirokchilarning bir-birlari bilan
tanishishlari uchun turli o‘yinlar variantlari mavjud. Taklif
etilayotgan usullardan alohida seminarlarda, shuningdek
bir nechtasini bitta seminarda ham qo‘llash mumkin.
Seminarning birinchi mashg‘ulotida ishtirokchilar o‘zaro

odatiy salomlashish bilangina tanishadilar. Shu bois
kattalarni o‘zaro muloqotlarini faolroq tarzda o‘tkazish
maqsadida: - avval siz o‘zingiz haqingizda aytsa bo‘ladi,
deb hisoblaydiganlaringizni so‘zlab bering; - sherigingiz
to‘g‘risida nimalarni bizga aytib bera olasiz, unga savollar
berib, munosabatga kirishasiz? O‘qituvchi shu bilan birga
mashg‘ulotda ishtirok etayotganlar bilan yaqinroq
muloqotni hosil qiladi. Dastlab o‘qituvchi seminar
ishtirokchilari orasidan bir kishini tanlab: Siz o‘z
haqingizda so‘zlab bering deb murojat qiladi. Bu davra
bo‘ylab o‘zini tanishtirish, uni qiziqarliroq o‘tkazish
uchun har bir ishtirokchiga o‘zini tanishtirganidan keyin
unga kutilmagan savol beriladi, masalan: “Nima uchun
sizga shunday ism berilgan?” yoki “Sizning o‘tgan yildagi
eng katta yutug‘ingiz nimadan iborat bo‘ldi?” yoki “Teatr
yoki kinoda qanday rolni uynashni xohlaysiz?” Odatda,
bunday savollar ishtirokchilarni bir-biriga nisbatan
qiziqish uyg‘otadi va “Dilidagilarni ochishga yordam
beradi, Eng muhimi - so‘zlovchiga halaqit bermaslik,
diqqat - e’tibor bilan tinglash lozim, chunki ko‘pchilik
ishtirokchilar guruh oldida birinchi marta so‘zga
kirishadilar. Guruh ishtirokchilari bilan tanishuv
tugaganidan keyin, darsdagi faollikni ta’minlash
maqsadida endi ikkinchi bosqichga o‘tiladi. Bunda
ishtirokchilar haqida ko‘proq ma’lumotlar olish o‘zaro
muloqotni yengillashtiradi. Shuningdek ishtirokchilarni
mashg‘ulotga bo‘lgan e’tiborini kuchayishini ta’minlaydi.
Shunday qilib, dars mashg‘ulotlari jarayonida turli xil
treninglardan ham foydalanish kattalar ta’limida samarali
hisoblanadi. Undan tashqari kattalar ta’limida o‘yin
texnologiyasidan ham foydalanish judayam yaxshi
samara beradi. Quyidagi o‘yinlarni ko‘rib chiqamiz:

Kichik guruhlarga bo‘linish uchun tanla.

Ishtirokchilami 4 ta kichik guruhga bo‘lish uchun 4
ko‘ngilli taklif etiladi, agar 5 ta guruh bo‘lsa, 5 nafar
ko‘ngilli. Boshlovchi (moderator) ko‘ngillilarga savol
beradi: “Safar (sayoxat, sayr)ga chiqsangiz, o‘zingiz bilan
kimlami

olib

ketardingiz?”

Ko‘ngillilar

o‘z

komandalariga

bittadan

ishtirokchini

tanlaydilar.

Komandaga tanlangan kishilarga quyidagi savol beriladi:
“Ryukzakni ko‘tarishni kimga ishonib topshirardingiz?”
Komandaga yana bir kishidan tanlab olinadi. Qolgan
savollarni

boshlovchining

o‘zi

tuzishi

yoki

quyidagilardan foydalanishi mumkin: “Olmangizni kim
bilan

bo‘lishardingiz?”,

“Siringizni

kimga

ishonardingiz?” Agar komandalarga tanlab olinmagan bir
nechta kishi qolgan bo‘lsa, ularga ixtiyoriy guruhga
qo‘shilishni taklif qilish mumkin.

Axmedovlar oilasi

. Ishtirokchilar soniga qarab

oldindan oilalar va ularning a’zolari nomlari yozilgan
kartochkalar tayyorlanadi. Agar ishtirokchilar soni 30
nafar bo‘lsa va ularni 5 ta kichik guruhga ajratmoqchi
bo‘lsak bizga har birida 6 nafar a’zosi bor 5 ta oila zarur
bo‘ladi. Agar ishtirokchilar teng bo‘linmasa, qaysidir
oilada a’zolar soni kamroq bo‘lishi mumkin. Oilalarni
quyidagicha nomlash mumkin: Axmad, Alisher, Akrom,
Abdulla, Botir, Baxrom va h.z, A’zolar: buva, buvi, ota,
qiz, it, mushuk, sichqon va h.z. Bizning kartochkalarimiz
quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: “Axmad buva”, “Odina
buvi”, “Alisher buva” va h.k. Ishtirokchilar bittadan
kartochka oladilar va moderatoming signali bo‘yicha
“O‘z” oilalarini topib, hammalari bitta stulga bir-


background image

3

birlarining tizzalariga o‘tirishlari kerak: buva, buvi, ota,
qiz, it, mushuk va sichqon. Vazifa - buni iloji boricha tez
bajarish lozim. O‘yinning afzalligi shundaki, mazkur
rollarni seminarning oxirigacha saqlab qolish va zarur
hollarda osongina boshqa guruhlar, masalan, mushuklar
guruhi, sichqonlar guruhi va h.k. hosil qilish mumkin.

O‘tirib charchaganlar uchun xarakatli mashqlar

shamol esyapti.

Bu - seminarlarda eng ommalashgan

o‘yinlardan biri. Ishtirokchilar stullarda o‘tiradilar.
Moderator komandasi bilan shamol u aytgan kishilarni
“Uchirib ketishi”ni, shunda ishtirokchilar bir-birlari bilan
o‘rin almashishlari lozimligini tushuntiradi. Uning o‘ziga
stul qo‘yilmagan. Quyidagicha komandalar berilishi
mumkin: “Shamol esyapti, oq kiyim kiyganlarni uchirib
ketyapti yoki “Shamol esyapti va hamma shim kiyganlarni
uchirib ketyapti...”, yoki “Shamol esyapti va qo‘shiq
aytishni yoqtiradiganlarni uchirib ketyapti...” va h.k.
Ishtirokchilar o‘rin almashgunlaricha moderator ham
bo‘sh stullardan biriga o‘tirib oladi. Stul yetmagan
ishtirokchi boshlovchilik qiladi va “Shamolning esishi”
kimlami olib ketishini aytadi.

XULOSA.

Xulosa qilib aytganda kattalar ta’limini tashkil

qilishda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish
maqsadida pedagogik texnologiyalarni, zamonaviy
axborot texnologiyalarini qo‘llash tavsiya etiladi.
Zamonaviy metodlar va ta’lim samaradorligini oshirishga
yordam beruvchi texnologik treninglar kattalarda
mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni
shakllantirish bilan birga ularning qobilyatlarini
rivojlantirish, raqobatbardosh yetuk mutaxassis bo‘lish
hamda ijobiy kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam
beradi.

Shunday qilib, kattalarni o‘qitish jarayoni tashkil

etishda quyidagilarni xulosa o‘rnida ma’lum qilish
mumkin:

• Turli sohalarda va aholining turli qatlamlarida

ta’lim olishga ehtiyoj katta;

• Ta’lim olishni xohlovchilarni deyarli yarmi

o‘qish uchun kam bo‘lsa ham, pul to’lashga tayyor;

• Turli sohalarda qisqa muddatli kurslar,

jumladan, malaka oshirish kurslariga talab katta;

• Jamiyatda o‘qishga nisbatan tabaqalanish

harakati kuzatilmoqda:

• Kattalarni, birinchi navbatda, sifatli mazmun va

uslub qiziqtiradi, aholining himoyalanmagan
toifalari uchun esa guruhdagi muhit ham
muhim ahamiyatga ega;

• O‘qishni istamaslik eng avvalo, insonning

shaxsiy va ijtimoiy maqsadlari bilan qaraganda
o‘qish kech degan e’tiqod va do’stlari,
qo‘shnilari, qarindoshlari ko’zi o‘ngida kulgiga
qolishdan qo‘rqish bilan izohlanadi;

• Insonning butun umri davomida o‘z bilimini

oshirishi, ko‘paytirishi andragogika bilan
bog‘liq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Andragogika // Oʻ.M.Asqarova, M.A.
Abdullaeva, M.Boltaeva Namangan2014.
2. Innovatsion ta’lim texnologiyalari /
Muslimov N.A., Usmonbekova M. X., Sayfurov
D. M., To‘rayev A.B. – “Sano standart”
nashriyoti, 2015.
3. Mirsoliyeva M.T., Ishmuhammedov R.J
O‘quv

jarayonida

innovatsion

ta’lim

texnologiyalaridan foydalanish // Metodik
qo‘llanma. – Toshkent: - fan va texnologiya.
2014.

References

Andragogika // Oʻ.M.Asqarova, M.A. Abdullaeva, M.Boltaeva Namangan2014.

Innovatsion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonbekova M. X., Sayfurov D. M., To‘rayev A.B. – “Sano standart” nashriyoti, 2015.

Mirsoliyeva M.T., Ishmuhammedov R.J O‘quv jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish // Metodik qo‘llanma. – Toshkent: - fan va texnologiya. 2014.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов