Authors

  • U.N. Nurullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.28070

Keywords:

Ijtimoiy kayfiyat

Abstract

Mazkur maqolada ijtimoiy kayfiyat sotsial fenomenining o‘ziga xos jihatlari atroflicha tahlil qilindi. Uning doirasida fenomenning mohiyati, turlari, namoyon bo‘lish shakllari ilmiy nazariyalar asosida tahlil qilindi. Olingan xulosalar ijtimoiy kayfiyatning xususiyatlarini aniqlashda asosiy manba bo‘ldi va uning kompleks ko‘rsatkich sifatida mohiyatini ochib berdi.

background image

Ijtimoiy kayfiyat kompleks ko‘rsatkichining

nazariy tahlili

Nurullayeva U.N.

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi va tayanch doktoranti, Yashnobod tumani, istiqbol

ko‘chasi 51, Tashkent 100149, Uzbekistan

nurullayevaumida649@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10462987

Keywords:

Ijtimoiy kayfiyat, individual kayfiyat, xulq-atvor, ijtimoiy fenomen, dominant (hukmron) ko‘rsatkich, integral va
kompleks ko‘rsatkich, integral indeks.

Abstract:

Mazkur maqolada ijtimoiy kayfiyat sotsial fenomenining o‘ziga xos jihatlari atroflicha tahlil qilindi. Uning
doirasida fenomenning mohiyati, turlari, namoyon bo‘lish shakllari ilmiy nazariyalar asosida tahlil qilindi. Olingan
xulosalar ijtimoiy kayfiyatning xususiyatlarini aniqlashda asosiy manba bo‘ldi va uning kompleks ko‘rsatkich
sifatida mohiyatini ochib berdi.

1 KIRISH

Ijtimoiy kayfiyat sotsiologik tahlil obyekti nuqtai

nazaridan ijtimoiy voqelik hamda fenomen sifatida
o‘rganiladi. U ijtimoiy xulq-atvorning siyosat,
madaniyat, moliyaviy bozorlar, iqtisodiyot kabi
jamiyat hayotiy muhim sohalaridagi umumiy
mazmuni hamda xarakterining sabablari, uni qanday
tartibga solish yo‘llarini tushunish, prognozlashtirish,
shuningdek, istiqboldagi rejalarni ishlab chiqish
imkonini beradi. Ijtimoiy kayfiyat sotsiologik
tadqiqotlar davomida ko‘pincha turli ijtimoiy-
demografik guruhlarning ma’lum bir davrdagi his-
tuyg‘ulari va ongining ustuvor tomonlarini aniqlash
maqsadida o‘rganiladi. Ko‘plab olimlarning ilmiy
ishlari va ta’riflari asosida bir jihatdan mazkur
tushuncha o‘rganilayotgan guruh, jamoa yoki
jamiyatdagi insonlarning individual kayfiyatlari
yig‘indisi,

ikkinchidan,

insonlarning

ijtimoiy

munosabatlar doirasida o‘zaro ta’siri oqibatida
shakllangan umumiy holat ekanligi namoyon bo‘ladi.
Tahlil

davomida

kayfiyatning

dinamikligini

sotsiologiyaning eng xilma-xil yo‘nalishlari va
maktablari vakillarining ommaviy xatti-harakatlarning
sababini

tushuntiruvchi

nazariyalar

(

G. Tard,

G. Lebon, E. Ross, V. Lippman, V.M. Bexteryov

)

o‘rganildi. Kayfiyat fenomenining subyetiga qarab,
individual (tashuvchisi yakka shaxs) va ommaviy
kayfiyatga (turli guruhlar va qatlamlar kayfiyati)
ajratilish (

J.T. Toshenko)

katta amaliy ahamiyatga ega

bo‘ldi. Ijtimoiy kayfiyatni sohalar asosida ajratib
o‘rganish amaliyotiga ko‘ra siyosiy, etnik, diniy,
iqtisodiy, estetik ijtimoiy kayfiyat

A.V. Petrovskiy,

M.G. Yaroshevskiy,

T.P. Karimov

ishlarida ko‘rib

chiqildi. Muayyan umid va intilishlar, fikrlar va
rejalarni amalga oshirish uchun kurashning turli
bosqichlari bilan bog‘liq bo‘lgan hissiy holat,

shuningdek, bu yo‘lda to‘sqinlik qiladigan,
aralashadigan yoki aksincha, orzu qilingan narsani
hayotga tatbiq etishga yordam beruvchi omillarga
nisbatan hissiy munosabat

nazariyalari

(N.I.Kareyev,

B.F. Porshnev)

tahlil qilindi.

2 MA’LUMOTLAR VA USULLAR

Ijtimoiy kayfiyat mohiyatini anglash hamda

ta’riflash maqsadida uning xususiyatlari tahliliga
alohida ahamiyat berish lozim.

G. Lebon

[1]

nazariyasiga ko‘ra, ijtimoiy kayfiyat dinamizmini
nisbiy ravishda uchta sabab bilan izohlash mumkin: 1)
avvalgi e’tiqodlarning asta-sekin zaiflashishi; 2)
olomon qudratining tobora kuchayib borishi; 3)
matbuot tomonidan tarqatilayotgan ma’lumotlar
xilma-xilligi va bir-biriga nomuvofiqligi.

Stixiyali kayfiyat quyi tabaqalarga, ongli fikr esa

ko‘p jihatdan intellektual imtiyozli ijtimoiy
guruhlarning xususiyati hisoblanadi (

G. Tard

[2]).

Taqlidning ijtimoiy hayotdagi roli ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Olomon uyushmagan omma
faoliyatining eng stixiyali ko‘rinishi sifatida o‘rganish,
stixiyali kayfiyat va jamoatchilik fikrini farqlash
orqali tahlil qilish maqsadga muvoffiq. Jumladan,
keng qatlamlarning ma’naviy harakatchanligini,
ularning hissiy holatlarining doimiy o‘zgarishini quyi
tabaqalar yoki “olomon” doimo aniq ifodalangan
fikrlar bilan emas, balki ularning kayfiyati bilan
boshqarib turishini ko‘p jihatdan ko‘rish mumkin.
Chunki olomonda fikrlarni ifoda etish qobiliyatidan
ko‘ra his-tuyg‘ularni ifodalash vositalari ko‘proq
shakllangan. Kollektiv xulq-atvor va olomonning
xulq-atvori tushunchalarini nihoyatda birlashtirish
orqali “moda”, “injiqlik”, “ruhiy epidemiyalar” kabi


background image

tushunchalar yordamida ommaviy mentalitet va
harakatlarning turli shakllari olomon hissiy xatti-
harakatlarining turli xil xususiyatlarini namoyon
qiladi. “Jamoatchilik”ning xulq-atvorini olomonning
“vahima, isyon, moda va telbalik”da namoyon bo‘lgan
behush kayfiyatlar boshqaradigan xatti-harakatlariga
qarama-qarshi fo‘yish holatlari ham bor. Shu o‘rinda
ommaviy kayfiyatning irrasional jihatlarini, bir
tomondan, ommaning kayfiyatini shakllantirish
jarayoni, ob’ektiv rivojlanishning tegishli sikli, boshqa
tomondan, ikkalasiga ham mos kelmaydigan o‘sish va
tarqalish jarayoni ortidan ulgurmayotgan ongli
boshlanish bilan izohlash mumkin (

V. Lippman

[3]).

Ongli boshlanish rolini o‘ynashga chaqirilgan
jamoatchilik fikri inersiya bilan tajribalarning
(kechinmalarning) eski sikliga ergashadi.

Ijtimoiy kayfiyatni o‘rganish bo‘yicha keyingi

tajriba tadqiqotchilarning e’tibori va qiziqishining
jamoat kayfiyatining turli shakllari va turlari
rivojlanishiga qaratilishi tendensiyasini aniqladi. Shu
o‘rinda kayfiyat fenomenining sub’etiga qarab,
individual kayfiyat (tashuvchisi yakka shaxs) va
ommaviy kayfiyatga (turli guruhlar va qatlamlar
kayfiyati) ajratgan holda ularning farqini anglab olish
katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi

(

J.T. Toshenko

[4]).

Ijtimoiy kayfiyat ma’lum bir tarixiy davrda turli

guruhlar va qatlamlarning kayfiyati sifatida namoyon
bo‘ladi. Uni o‘zini guruhiy, jamoaviy va ommaviy
kayfiyat turlariga shartli ravishda ajratish mumkin.
Kichik guruhlar, kichik mehnat jamoalari va
tashkilotlardagi vaziyatni tahlil qilish individual
kayfiyatni o‘rganish asosida amalga oshiriladi [5].
Ommaviy ijtimoiy kayfiyatning rolini bilmaslik va
noto‘g‘ri tushunish esa jiddiy oqibatlarga olib kelishi
mumkin. Masalan, ommaviy norozilik namoyishlari
jamiyatdagi beqarorlik holatining sodir bo‘lish xavfini
oshiradi.

Guruh,

ayniqsa,

ommaviy

kayfiyat

individual

kayfiyatga

qaraganda

jamiyatdagi

insonlarning xatti-harakatiga tezroq kirishishiga turtki
bo‘lishga qodir. Bu guruh va jamoada hayotiylik va
faollikning o‘ziga xos muhitini yaratadigan ijtimoiy-
psixologik o‘zaro ta’sirning kuchliligi bilan ham,
guruhning,

xususan,

ommaviy

psixologiyaning

boshqa ba’zi xususiyatlari bilan ham bog‘liq [6]. tezda
ma’lum bir ruhiy holatdan harakatga o‘tadi, ularning
ichki impulsivligi kuchayadi va quyi sinflarga xos
bo‘lgan fikr va harakatning organik birligi xususiyati
hisoblanadi.

Kollektiv kayfiyat va uning dinamikasi borasidagi

zamonaviy xorijiy sotsiologlar talqini va XIX asr oxiri
XX asr boshlaridagi tushunchalar o‘xshashlik kasb
etadi. Ammo ularda, qoida tariqasida, jamiyatning
turli qatlamlari va tabaqalarining siyosiy, etnik, diniy
kabi masalalar yuzasidan kayfiyatining o‘ziga xos
xususiyatlarini e’tiborsiz qoldirish, umuman ommaviy
kayfiyat haqida gapirishni afzal ko‘rish xosligini
kuzatish mumkin. Bugungi kunda ijtimoiy kayfiyatni
sohalar asosida ajratib o‘rganish amaliyoti mavjud.
Unga ko‘ra,

siyosiy, etnik, diniy,

iqtisodiy, estetik

ijtimoiy kayfiyat

turlariga alohida urg‘u berilgan

(A.V. Petrovskiy, M.G. Yaroshevskiy

[7]

).

Shuning

asosida muayyan faoliyat yoki dunyoqarash bilan

bog‘liq ijtimoiy kayfiyatning o‘ziga xos turlarining
har birini turli tarixiy davrlar va hududiy birliklar bilan
bog‘liq holda ko‘rib chiqish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.

Misol uchun

siyosiy kayfiyat nafaqat ijtimoiy-

psixologik fenomen, balki siyosiy hodisa sifatida
baholanadi

(

T.P. Karimov

[8]

)

Kayfiyatning yana bir jihati guruhiy, ijtimoiy,

ommaviy hodisa ekanligi. “Ko‘chada tasodifan
to‘plangan olomon, miting, hamma joyda biz
jamoatchilik kayfiyatining namoyon bo‘lishiga duch
kelamiz”

(V.M. Bexteryov

[9]

).

Har bir kayfiyat, xoh u

guruhning, xoh alohida shaxsning kayfiyati bo‘lsin,
ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, shuni yodda tutish
kerakki, har bir kayfiyat insonning nafaqat shaxsiy
kechinmalarini, balki uning atrofidagi ijtimoiy muhit
bilan munosabatlarini ham aks ettiradi. Ijtimoiy
psixologlar e’tiborni kayfiyatga ta’sir qiluvchi
holatlarni hisobga olgan olimlar asosan insonning
psixologik holatini belgilaydi va uning ijtimoiy kelib
chiqishini kam baholaydilar.

Ijtimoiy kayfiyatning mohiyati va mazmunini

izlash bilan parallel ravishda, 1970-yillardan boshlab
ilmiy adabiyotlarda “ijtimoiy kayfiyat” tushunchasi
tobora ko‘proq foydalanilmoqda. Ijtimoiy kayfiyat
hodisasi o‘rganilgach, bu fenomen haqidagi bilimlarni
chuqurlashtirish jarayoni davom etdi. 70-80-yillarda
olimlar

faqat

muayyan

vaziyatga

nisbatan

jamoatchilik kayfiyatini tahlil qilish bilan cheklanib
qolmay, uni faoliyatning barcha turlarida qo‘llay
boshladilar. Bu nafaqat ijtimoiy-psixologik, balki
ijtimoiy kayfiyatning bevosita sotsiologik talqini edi.

Jamiyat “organik muhitda ustun turuvchi muhit” –

bu shaxsning aqliy va amaliy o‘zaro ta’sirining
murakkab tizimi. Bu muhitni madaniy guruhlarga va
ijtimoiy tashkilotga ajratadi. Birinchisi shaxslarning
umumiy o‘zaro ta’sirini nazarda tutadi, ikkinchisi, va
jamiyat a’zolarining g‘oyalari, kayfiyatlari va
intilishlariga tenglashtiriladi

(N.I.Kareyev

[10]

)

Ijtimoiy kayfiyat – bu muayyan umid va intilishlar,

fikrlar va rejalarni amalga oshirish uchun kurashning
turli bosqichlari bilan bog‘liq bo‘lgan hissiy holat,
shuningdek, bu yo‘lda to‘sqinlik qiladigan,
aralashadigan yoki aksincha, orzu qilingan narsani
hayotga tatbiq etishga yordam beruvchi omillarga
nisbatan hissiy munosabat

(B.F. Porshnev

[11]

).

Muallif jamiyat yoki shaxsning ruhiy holati sifatidagi
ijtimoiy kayfiyat bilan uning shakllanishi va ijtimoiy
harakatga aylanishi jarayonida ishtirok etuvchi omillar
o‘rtasida еtarlicha aniq chegaralar chizish nisbiy
xarakterga egaligiga urg‘u qaratgan.

So‘nggi

yillarda

nafaqat

psixologlar

va

sotsiologlar, balki gumanitar fanlarning boshqa
sohalari vakillari: tarixchilar va iqtisodchilar,
siyosatshunoslar,

madaniyatshunoslar,

huquqshunoslar va boshqalar tomonidan ijtimoiy
kayfiyatga qiziqish sezilarli darajada oshganini
ko‘rsatdi. So‘nggi yillarda bir qator tadqiqotchilar
tomonidan ijtimoiy kayfiyat fenomeniga berilgan
e’tibor natijasida mualliflar innovasion yondashuvlar
va ijtimoiy kayfiyat fenomeniga o‘ziga xos qarashlarni
taklif qiladilar. Bu ular tomonidan ko‘tarilgan bir qator
savollar bo‘yicha samarali muhokama qilish uchun
keng va uzoq muddatli istiqbolni ochib bermoqda.


background image

Ijtimoiy kayfiyat hodisasining qanday shakllarda
namoyon bo‘lishidan qat’iy nazar butun insoniyat
hayot faoliyatidagi omil sifatida ulkan ahamiyat kasb
etadi. Bu kayfiyat tushunchasini “haqiqiy ong va xulq-
atvorning dominantlari” sifatida taklif qilinganligi
holati bilan bog‘liq.

Zamonaviy tadqiqotchilar orasida ijtimoiy kayfiyat

tushunchasi tobora ko‘proq ong va xatti-
harakatlarning bir lahzasi sifatida emas, balki ijtimoiy
hayotdagi tub o‘zgarishlarni tushuntirishda ma’lum
darajada markaziy, hal qiluvchi ahamiyatga ega
bo‘lgan

hukmron (dominant) ko‘rsatkich

sifatida

talqin qilinadi. Jamiyatda sodir bo‘layotgan turli
sohalardagi jarayon va o‘zgarishlarga nisbatan o‘z
kayfiyatini tavsiflovchi sub’ektlar (individ, guruh,
aholi, ijtimoiy institut, ijtimoiy tashkilot), ularning
umumiyligini qisman yoki to‘liq anglamagan holda
turli xil idrok va mulohazalarning o‘nlab elementlarini
o‘z ongida to‘playdilar, jamiyatda sodir bo‘layotgan
jarayonlar,

hodisalar

haqida

yakuniy

hukm

chiqaradilar.

Yuqoridagi nazariyalar va amaliy tadqiqotlar

asosida ijtimoiy kayfiyatning mohiyati va tuzilishini
ko‘rib chiqish mazkur hodisaning juda murakkab va
ko‘p qirrali ekanligini ko‘rsatmoqda. Uning
xususiyatlari va jihatlari borasida quyidagi fikrlarni
aytish mumkin:

Birinchidan

, turli omillarning ta’sirida yuzaga

kelgan ijtimoiy kayfiyat ko‘rsatkichlari jamiyatdagi
islohotlarning samaradorligi hamda natijadorligini
baholash, istiqboldagi siyosat yo‘nalishlarini ishlab
chiqish imkonini beradi. Unga ko‘ra, shaxsning o‘zini
anglashi, guruhning holati, ijtimoiy voqelikdagi
ommaviy psixosotsial hodisalar va sub’ektlarning
ijtimoiy amaliyot, turmush sharoitlariga munosabatini
tavsiflovchi bevosita reaksiya ijtimoiy kayfiyatda aks
etadi. Aholi ijtimoiy kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillar qatoriga hayotning iqtisodiy, siyosiy va
ijtimoiy sharoitlari bilan birgalikda o‘rganilayotgan
individning jinsi, yoshi, moddiy ta’minlanganligi,
qadriyat yo‘nalishlari va hayotiy strategiyalari kiradi.
Shu nuqtai nazardan ijtimoiy kayfiyat unga bevosita
ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab elementlardan tarkib
topgan ko‘p darajali tuzilishga ega

ijtimoiy fenomen

sifatida

o‘rganilishi to‘g‘ri hisoblanadi.

Ijtimoiy

fenomen

barcha

ijtimoiy

xususiyat

va

ko‘rsatkichlarni to‘liqligicha qamrab olgan ijtimoiy
voqelikning elementi. Odamlar o'rtasidagi o'zaro
munosabatlarning har qanday namoyon bo'lishi yoki
hatto bitta hodisada o‘zini namoyon qiladigan ijtimoiy
voqelikda mavjud barcha ko‘rinishlar.

Ikkinchidan

, ijtimoiy kayfiyat xususiyatlaridan biri

uning

ommaviy namoyon bo‘lishi

, shu bilan birga,

(nazariy tizimlashtirilgan ong shakli sifatida) yuqori
harakatchanligining

sababi

ijtimoiy

muhitdagi

o‘zgarishlarga

bevosita

bog‘liqligi

dadir.

Odamlarning

ijtimoiy

hayoti

sharoitida

sodir

bo‘ladigan barcha muhim o‘zgarishlar unda darhol va
bevosita aks ettiradi.

Uchinchidan

, ijtimoiy kayfiyatda

dinamiklik

xususiyati

alohida kuch bilan namoyon bo‘ladi [12].

Mafkura bilan solishtirganda yuqori harakatchanligi
o‘z-o‘zidan, stixiyali paydo bo‘lishi va tarqalishi

mumkinligi bilan ham izohlanadi. Guruh, jamoa va
ommaviy kayfiyatning shaxs kayfiyatiga nisbatan
katta dinamikligi, ayniqsa, o‘zgarishlar va ijtimoiy
o‘zgarishlar yuz bergan, tarixiy jarayonlar tezlashgan
davrlarda

aniq

namoyon

bo‘ladi.

Ijtimoiy

kayfiyatining bunday o‘ziga xos xususiyati uning
doimiy ravishda bir shakldan ikkinchisiga o‘zgarib
borishida ifodalanadi. Bu holat dastlab mavhum,
noaniq va anglanmagan tarzda kechishi mumkin.
Ammo vaqt o‘tishi bilan u tobora aniq va ongli
ahamiyatga ega bo‘ladi. Dastlab yashirin tarzda
shakllangan kayfiyat vaqt o‘tishi bilan o‘zini namoyon
qiladi va harakatga olib keladi, ya’ni jamiyatdagi turli
ijtimoiy

guruhlarning

xatti-harakatlariga

ta’sir

ko‘rsatadi.

To‘rtinchidan

, ijtimoiy kayfiyat statik va dinamik

o‘lchovga ega. U ko‘pincha yashirin xarakterga ega,
lekin har doim oxir-oqibat harakatga olib keladi,
jamiyatning turli ijtimoiy guruhlari va sinflarining
xatti-harakatlariga ta’sir qiladi. Ijtimoiy kayfiyatning
favqulodda harakatchanligining sabablaridan biri
kayfiyatning ob’ektiv ijtimoiy sharoitlar va
munosabatlar tizimidagi o‘zgarishlarga bog‘liqligidir.
Shunday qilib, ijtimoiy kayfiyat dunyoni va faoliyat
subyektining o‘zini o‘zgartirish (isloh qilish)
jarayonida obyektiv dunyo va inson faoliyati o‘rtasida

oraliq bo‘g‘in

bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy

kayfiyatining eng yorqin o'ziga xos xususiyatlaridan
biri uning bir tomondan ba'zi hollarda undovchi,
rag‘batlantiruvchi kuch ekanligia, ayrim holatlarda esa
insonning ijtimoiy yo‘nalgan faoliyatni to‘xtatish,
cheklash qobiliyatining mavjudligi bilan izohlanadi.

Beshinchidan

, insoniyat hayotida

shaxsiy va

jamoat

har doim bir-biri bilan shunchalik bog‘liqki,

faqat

ilmiy tahlil manfaati uchun bir-biridan ajratish

mumkin. Demak, ijtimoiy kayfiyat – jamiyatda sodir
bo‘ladigan barcha jarayon va hodisalarga nisbatan
munosabat. U ijtimoiy ongning muhim va ba’zan
aniqlovchi xususiyati hisoblanadi. Ijtimoiy kayfiyat,
eng avvalo, dunyoning ma’naviy va amaliy taraqqiyoti
mahsulidir. U atrofdagi voqelikni aks ettiruvchi barcha
ma’lumotlar ta’sirida va sub’ektning tub manfaatlari,
pirovard maqsad hamda ideallari mazmunidan kelib
chiqib shakllanadi. Shuning uchun odamlarning
xarakteri, jinsi, yoshi va hayotiy tajribasiga qarab,
mutlaqo boshqa ma’lumotlar eng muhim bo‘lishi
mumkin.

Oltinchidan

,

ijtimoiy

kayfiyatning

jamiyat

hayotidagi o‘rni shundan iboratki, u ba’zi hollarda
katalizator sifatida jarayonlarni tezlashtirish, boshqa
hollarda esa, aksincha, shaxslar va ijtimoiy
guruhlarning ijtimoiy faolligini cheklashning dastagi
sifatida namoyon bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy jarayonlarning butun
majmuasini qamrab oluvchi ko‘plab holatlarga bog‘liq
bo‘lib, shaxs psixikasining tuzilishi, temperamenti,
qadriyatlari va e’tiqodlari, odamlar o‘rtasidagi
munosabatlar ta’sirida shakllanadi. Ijtimoiy kayfiyat
ijtimoiy ongning eng muhim namoyon bo‘lish shakli
sifatida

odamlarning

individual

va

yakka

harakatlarini, shuningdek, ijtimoiy guruhlar, jamoat
institutlari faoliyatini tartibga solishga yordam beradi.
Demak,

ijtimoiy

kayfiyat

obyektiv

ravishda


background image

jamiyatning

farovonligi,

ijtimoiy

tartibning

o‘rnatilgani yoki o‘rnatilmaganligining darajasini
belgilovchi

integral ko‘rsatkich

sifatida namoyon

bo‘ladi deyish mumkin. U ijtimoiy ongning eng
muhim xususiyati, uning dominant jihatlarini ko‘rsatib
bera oladi. Ijtimoiy kayfiyat – real iqtisodiy, siyosiy va
ma’naviy jarayonlar ta’sirida shakllangan amaldagi
ijtimoiy

ustanovkalar,

ijtimoiy

maqsad

va

manfaatlarning shaxs, ijtimoiy guruh, aholi, ijtimoiy
institut va tashkilotlarning hayotni idrok etishining
yaxlit ko‘rinishi. U o‘zida amaldagi ijtimoiy ong va
xulq-atvorning

hukmron

(dominant)

shaklini

mujassam etgan holda ularning idrok etishning hissiy
va rasional darajasini, davomiyligi hamda bosqichini
aks etaradi.

Yettinchidan

, ijtimoiy kayfiyat real ijtimoiy-

psixologik hosila sifatida, eng avvalo,

dunyoning

ma’naviy va amaliy o‘zlashtirishning mahsuli

dir.

Mazkur ma’naviy-psixologik qabul qilishning o‘ziga
xosligi shundaki, u voqelikni, reallikni subyektning
tub manfaatlari mazmuni, uning pirovard maqsad va
ideallaridan kelib chiqib aks ettiradi. Ijtimoiy kayfiyat
orqali aks ettirilgan voqelik sub’ektning maqsadli
faoliyatini aniqlaydi, u ijtimoiy va ma’naviy hayotning
eng muhim maqsadlarini belgilaydi. Shuning uchun
ham ijtimoiy kayfiyat ijtimoiy ongning eng muhim
ko‘rinishi sifatida individual xatti-harakatlarni,
odamlarning,

ijtimoiy

guruhlarning,

jamoat

institutlarining harakatlarini tartibga solishda ishtirok
etadi, ularning tafakkuri va munosabatlarini, qadriyat
yo‘nalishlari hamda munosabatlarini o‘zida namoyon
etadi.

3 XULOSA

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ijtimoiy

kayfiyat fenomeni integral ko‘rsatkich sifatida
quyidagi muhim xususiyatlarini qamrab oladi:

-

ijtimoiy kayfiyat ob’ektiv sharoitlar va
sub’ektiv omillarning ta’sirini o‘ziga
singdiruvchi

natijaviy xususiyatga ega

bo‘lib,

hissiyotlar,

his-tuyg‘ular,

tafakkur, qadriyat yo‘nalishlari va
munosabatlarining

ma’lum

bir

qorishmasidan iborat;

-

ijtimoiy kayfiyat

oldingi tajribani

“aks

ettiradi”

va xulosalar chiqarish, kelajak

uchun saboq olish imkonini beradi;

-

ijtimoiy kayfiyat

faol real ong

bo‘lib,

hozirgi vaqtning o‘zida inson hayotini
boshqarayotgan bo‘ladi;

-

ijtimoiy kayfiyat faoliyatdagi ongning
elementi bo‘lib, navbatdagi harakatga

amaliy tayyorlikni anglatgan

holda

bevosita xatti-harakatlarning boshlanishi
va tarkibiy qismidir;

-

ijtimoiy kayfiyat odamlarning xulq-
atvori yo‘nalishini yuqori ehtimollik
bilan aniqlash imkonini beruvchi hamda
jamoatchilik ongining ijobiy tomonlarini
kuchaytirish,

salbiy

tomonlarini

pasaytirish

imkoniyatini

oldindan

prognozlashtirishga

yordam beradigan

ko‘rsatkich;

-

ijtimoiy kayfiyat kompleks xususiyatni
ifodalaydi,

unda

voqelikni

idrok

etishning barcha yoki asosiy shakllari
ma’lum bir qadriyatli ustanovkalar va
pozitsiyalar

asosida

kompleks

ko‘rsatkich

sifatida mujassamlanadi.

Ijtimoiy kayfiyat voqelikni o‘zlashtirish jarayonida

shakllanadigan, unga ta’sir qiladigan, yangi
voqelikning boshlanishi va tarkibiy elementi sifatida
butun jamiyat hamda har bir shaxs hayotida muhim rol
o‘ynaydi. Ijtimoiy o‘zaro ta’sir natijasida yuzaga
keladigan

odamlarning

umumiy

ruhiy

holati

ifodalagan holda u guruhdagi odamlarni ma’lum his-
tuyg‘ularga, e’tiqodlarga va harakatlarga moyilligini
ko‘rsatadi, aholining ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-
siyosiy, ma’naviy jarayonlarni idrok etishi,
kishilarning o‘z moddiy va rasmiy mavqeini o‘z-o‘zini
anglashining integral indeksi orqali o‘lchanadim.

Demak

, ijtimoiy kayfiyat – jamiyatda sodir

bo‘layotgan

iqtisodiy,

siyosiy

va

ijtimoiy

jarayonlarni aholining hissiy va oqilona idroki
orqali, shuningdek, ularning ijtimoiy farovonlikka
ta’sirini bilvosita baholashlarini ifodalaydigan
murakkab integral (kompleks) ko‘rsatkich.

Aholi

ijtimoiy kayfiyati mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy,
sotsial-iqtisodiy,

madaniy

vaziyatni

baholash;

ularning ijtimoiy farovonligi; optimizm darajasi;
ijtimoiy birdamlik salohiyati, jumladan, ishonch va
boshqa

odamlar

bilan

birlashishga

tayyorligi

holatlarini aniqlash imkonini beradi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

[1]

Лебон Г. Психология народов и масс. — М.:

Академический проект, 2011. — 238 с.
[2]

Социология / Г.Тард — [М.]: ЛКИ, 2007. — 152

с.
[3]

Тощенко Ж.Т. Социология. Общий курс. – 2-е

изд., доп. и перераб. – М.: Прометей: Юрайт-М, 2001. –
511 с.

[4]

Липпман

У

.

Общественное мнение / пер. с

англ.

Барчунова

Т.В.. —

М.

:

Институт

Фонда

"Общественное мнение", 2004. — 384 с.

[5]

Khodjayev S.Dj. Specific characteristics of the

dynamics of marriage and family divorce in Uzbekistan.
Thematic Journal of Sociology. ISSN 2249-2987Vol-6-
Issue-1-2022

http://thematicsjournals.in/index.php/tjsUIF

2021=

7.023IFS

2020=

7.433

https://doi.org/10.5281/zenodo.733661432
[6]

Bo‘riyeva M.SH. Migrant oilalaridagi er-xotin

munosabatlarining oʻziga xos xususiyatlari. Academic
Research in Educational Sciences. – 2023, 4 (6) -B.263-267.
(Impast Fastor: ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI:
1,3 | SJIF: 5,771 | UIF:6,1).
[7]

Петровский

А.В.,

Ярошевский

М.Г.

Теоретическая психология. Москва: Издателсикий
сентр «Академиа» - 496 с.
[8]

Karimov T. P. O‘zbekiston Respublikasida siyosiy

kayfiyatning shakllanishi va harakati. dis. siyosiy fanlar
nomzodi, Andijon – 2000, 152 b.
[9]

José Manuel Jara. Preface of V. M. Bekhterev

"Suggestion and its Role in Social Life" Italian edition,
Psichiatria e Territorio, 2013.


background image

[10]

Кареев

Н.И.,

1850-1931:

Философия

культурной и социальной истории нового времени.
https://babel.hathitrust.org/cgi/pt?id=loc.ark:/13960/t06x05
j63&view=1up&seq=7
[11]

Поршнев Б.Д. Социальная психология и

история. — 1-е, сокр. изд. — М., 1966.
https://www.livelib.ru/author/213759-boris-porshnev
[12]

Парыгин Б. Д. Социальная психология.

Проблемы методологии, истории и теории. — СПб.:
ИГУП, 1999. — 592 с.

References

Лебон Г. Психология народов и масс. — М.: Академический проект, 2011. — 238 с.

Социология / Г.Тард — [М.]: ЛКИ, 2007. — 152 с.

Тощенко Ж.Т. Социология. Общий курс. – 2-е изд., доп. и перераб. – М.: Прометей: Юрайт-М, 2001. – 511 с.

Липпман У. Общественное мнение / пер. с англ. Барчунова Т.В.. — М.: Институт Фонда "Общественное мнение", 2004. — 384 с.

Khodjayev S.Dj. Specific characteristics of the dynamics of marriage and family divorce in Uzbekistan. Thematic Journal of Sociology. ISSN 2249-2987Vol-6-Issue-1-2022 http://thematicsjournals.in/index.php/tjsUIF 2021= 7.023IFS 2020= 7.433 https://doi.org/10.5281/zenodo.733661432

Bo‘riyeva M.SH. Migrant oilalaridagi er-xotin munosabatlarining oʻziga xos xususiyatlari. Academic Research in Educational Sciences. – 2023, 4 (6) -B.263-267. (Impast Fastor: ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF:6,1).

Петровский А.В., Ярошевский М.Г. Теоретическая психология. Москва: Издателсикий сентр «Академиа» - 496 с.

Karimov T. P. O‘zbekiston Respublikasida siyosiy kayfiyatning shakllanishi va harakati. dis. siyosiy fanlar nomzodi, Andijon – 2000, 152 b.

José Manuel Jara. Preface of V. M. Bekhterev "Suggestion and its Role in Social Life" Italian edition, Psichiatria e Territorio, 2013.

Кареев Н.И., 1850-1931: Философия культурной и социальной истории нового времени. https://babel.hathitrust.org/cgi/pt?id=loc.ark:/13960/t06x05j63&view=1up&seq=7

Поршнев Б.Д. Социальная психология и история. — 1-е, сокр. изд. — М., 1966. https://www.livelib.ru/author/213759-boris-porshnev

Парыгин Б. Д. Социальная психология. Проблемы методологии, истории и теории. — СПб.: ИГУП, 1999. — 592 с.