O’zbek milliy tarbiyasining tarixiy pedagogik asoslari

HAC
Google Scholar
To share
Usmanova, M. (2024). O’zbek milliy tarbiyasining tarixiy pedagogik asoslari. Modern Science and Research, 3(1), 1–4. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28147
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek milliy tarbiyasi tajribasining tarixiy-pedagogik tavsifi hamda ajdodlarimizning tarbiya, milliy qadriyatlar haqidagi fikrlari bayon etilgan.


background image

O’zbek milliy tarbiyasining tarixiy pedagogik asoslari

Usmanova Mashkura Mirzoroximovna

Ipak yo’li innovatsiyalar universiteti o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10466994


Annotatsiya:

Ushbu maqolada

o‘zbek milliy tarbiyasi tajribasining tarixiy-pedagogik tavsifi hamda ajdodlarimizning tarbiya,

milliy qadriyatlar haqidagi fikrlari bayon etilgan.

Kalit so’zlar:

milliy qadriyatlar, xalq pedagogikasi, vatanparvarlik, ta’lim-tarbiya, “Avesto”, pand-nasihatlari.

O‘zbekiston

mustaqillikka

erishgandan

keyin tarixiy haqiqat va adolatni tiklash, inson
omilini vujudga keltirish davr talabiga aylandi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda xalq ta’limi
sohasida qabul qilinayotgan bir qator qaror va
farmonlarida

barkamol

avlodni

tarbiyalash

masalasiga katta e'tibor berilib, ming yillar davomida
yaratilgan xalqimiz qoni va joniga singgan ma'naviy
durdonalarga yangicha nazar bilan qarash boshlandi.
Natijada milliy qadriyatlarimizning qadri ko‘tarildi
va e'tiborga olinishi tasdig‘ini topdi. Bir so‘z bilan
aytganda zo‘rlik va ongsizlik, oqibatida berkitilgan
ezgulik buloqlarining ko‘zi ochildi. Ta’lim-tarbiya
ishlariga xalqimizning eng ilg‘or, hayotda o‘zini
oqlagan qadriyatlaridan maktab,
oila va mehnat
jamoalarida qo‘llash, ulardan foydalanish kabi
vazifalar hamisha dolzarb bo‘lib kelmoqda. Shu
kunlarda ayniqsa,
vatanparvarlik, millatlararo do‘stlik,
ekologik tarbiyaga oid qadriyatlarni ta’lim-tarbiya
jarayonida tatbiq etish hozirgi avlod kishilarini xalq
pedagogikasining

asosi

bo‘lgan

xalqning

pandnomalari asosida tarbiyalashni keng qo‘llash
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyoda necha
millat,
necha xalq bo‘lsa hammasining o‘ziga xos
turmush tarzi,
o‘tmish hayoti va kelajagi bilan
chambarchas bog‘liq an'analar mavjuddir.

Donishmandlarning

pand-nasihatlari

umrboqiy ma’naviy boylik hisoblanadi. Chunki ular
hayotdan, hayot tajribalaridan kelib chiqqan va ezgu
orzu niyatni ifodalaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, eng
qadimgi tarbiya haqidagi fikrlar bizgacha bevosita
yetib kelmagan. Bu fikrlar insonning shakllanishida
moddiy va ma’naviy madaniyatning yillar davomida
rivojlanishi natijasidan dalolat beradi. Shuning uchun
ham har bir davrda yashab ijod etgan mutafakkir
allomalarimiz „tarbiya“ so‘zini turlicha izohlaganlar.
Tarbiya

arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, parvarish

qilmoq, ta’lim bermoq, o‘rganish, odob o‘rgatish,
mehribonlik ko‘rsatish, himoya qilish singari
ma’nolarni anglatadi. Bu o‘rinda tarbiyaviy manba

sifatida Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi
bo‘lmish „Avesto“ katta ahamiyatga ega. „Avesto“da
insonning barkamol bo‘lib yetishishida uning so‘zi,
fikri, ishi birligiga katta e’tibor berilgan. Bu axloqiy
uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab, undan keyin
yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos bo‘lgan,
desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Mana shunga asosan,
„Avesto“ning

eng

asosiy

manbasi

bo‘lgan

Zardushtiylik to‘g‘risida so‘z borganda u to‘g‘rilik
bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini
ta’kidlash lozim. Ayniqsa, „Avesto“da inson
tarbiyasiga, insonlarning jamiyatda tutgan o‘rniga
munosabati to‘liq yoritilgan. Zardusht ta’limotida
tarbiya haqida quyidagicha fikr bildirilgan. “Tarbiya
— hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo‘lib
hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday
tarbiyalash zarurki, u, avvalo, yaxshi o‘qishni va
so‘ngra esa yozishni o‘rganishi bilan eng yuksak
pog‘onaga ko‘tarilsin va yana yaxshi ovqatlanadigan
xalqdan yaxshi nasl — sog‘lom avlod qoladi”, deb
ta’kidlanadi. Tarbiya ijtimoiy hodisa. Tarbiya kishilik
jamiyatining paydo bo‘lishi bilan vujudga keldi,
taraqqiy etdi, jamiyatning o‘zgarishi bilan tarbiya
ham o‘zgarib bordi. Tarbiya xulqni boshqarish va
belgilash, bir-birini talab etadigan va belgilaydigan
tarkibiy qismlar

axloqiy ong, axloqiy faoliyat va axloqiy

munosabatlarning murakkab yig‘indisidir. Tarbiya
shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun
uyushtirilgan

pedagogik

jarayon

bo‘lib,

tarbiyalanuvchilarning shaxsiga muntazam va tizimli
ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya — o‘sib
kelayotgan avlodda hosil qilingan bilimlar asosida
aqliy kamolot — dunyoqarashni, insoniy e’tiqod,
burch va mas’uliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos
bo‘lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni
ifodalaydi.

Tarbiya - tarbiyachi o‘zi xohlagan sifatlarni

tarbiyalanuvchilar ongiga singdirishi uchun ularning
ruhiyatiga ma’lum maqsadga ko‘ra tizimli ta’sir


background image

ko‘rsatishidir. Tarbiya bola tug‘ilganidan umrining
oxirigacha davom etadigan jarayondir. Tarbiya —
biror maqsadga qaratilgan jarayon, u doimo muayyan
rejaga ega bo‘ladi va buning uchun maxsus vakolati
mavjud bo‘lgan kishilar tomonidan amalga oshiriladi.
Hamma davrlarda ham tarbiyachilar yoshlarning
axloqi va odobi, iymoni va vijdoni, bilimi, malakasi,
xatti-harakati, yo‘nalishi, tarixiy tajribasi, davr
talablari va ehtiyojlari, istiqlol vazifalari bilan
uyg‘unlashtirib

shakllantirishga,

rivojlantirishga

harakat qilganlar. O‘z oldiga inson kuchi, bilimi va
irodasi bilan bajarilishi mumkin bo‘lgan muayyan
maqsadlarni qo‘ygan davlatlar ham ta’limtarbiya
ishlariga

befarq

qaramagan.

O‘rta

Osiyo

mutafakkirlarining tarbiya haqidagi fikrlari, o‘gitlari
shunday kuchga egaki, ular yoshlar qalbida insoniylik
urug‘larining unishiga, katta hayot yo‘liga olib
chiqishiga yordam beradi. Shu bois biz uchun qadrli
bo‘lgan allomalarimizdan Bahovuddin Naqshband,
Abu Nasr Forobiy,
Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Abu
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom,
Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin
Devoniy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza
Hakimzoda

Niyoziy,

Asqar

Zunnunov

va

boshqalarning ta’lim-tarbiya va ma’rifat haqidagi
g‘oyalaridan keng foydalanish bugungi kun talabiga
javob bera oladigan yoshlarni tarbiyalashda muhim
omil bo‘lib hisoblanadi. Bahovuddin Naqshbandning
ta’limtarbiya haqidagi fikr-mulohazalari va pand-u
nasihatlari g‘oyat qimmatlidir. U barkamol insonni
tarbiyalash dastlab odobdan boshlanishini ta’kidlab,
shunday degan edi: “Adab xulqni chiroyli qilish, so‘z
va fe’lni soz qilishdir... Adab saqlash muhabbat
samarasi, yana muhabbat daraxtining urug‘i hamdir.
Agar adabdan ozgina nuqsonga yo‘l qo‘ysangiz ham,
nimaiki qilsang,
beadablik ko‘rinadi. Odam o‘zini bir
xil sifat va ko‘rinishda olib yurishi lozimki, toki
odamlarda unga tasarruf (ta’sir qilish) ta’masi paydo
bo‘lmasin“ Abu Nasr Forobiy birinchi bo‘lib ta’lim
va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir. „Ta’lim so‘z va
o‘rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya esa,
amaliyot, ish-tajriba bilan, ya’ni shu yo‘l orqali
amalga oshiriladi“, deydi u. Abu Nasr Forobiyning
fikricha, har bir shaxs munosib odam bo‘lishi uchun
unga ta’lim va tarbiya zarurdir. U ta’lim orqali
nazariy kamolotga erishadi. Tarbiya orqali esa
kishilar bilan muloqotni, axloqiy qadr-qimmatni va
amaliy faoliyatni o‘rganadi. Forobiy bolalarning fe’l-
atvoriga qarab tarbiya jarayonida „qattiq“ yoki
„yumshoq“ usullardan foydalanish kerak, deb
hisoblaydi:

1.

Tarbiyalanuvchilar o‘qish-o‘rganishga

moyil bo‘lsa, ta’lim-tarbiya jarayonida yumshoq usul
qo‘llanadi.

2.

Tarbiyalanuvchilar

o‘zboshimcha,

itoatsiz bo‘lsa, qattiq usul qo‘llanilishi lozim, degan
fikrni bildiradi.

Yusuf Xos Hojib tarbiyani juda murakkab

jarayon deb tushunadi. U tarbiya kishini ezgulikka
o‘rgatmog‘i kerak. Ezguning har ishi chiroyli, har bir
qadami go‘zal. Ezgulik aslo qarimaydi. Tarbiya
beldan madorni, tandan quvvatni, ko‘zdan nurni,
dildan oromni talab qiladi, degan fikrni bildiradi.
Kaykovus bola tarbiyasida talabchanlik bilan
mehribonlikni birga olib borishni ta’kidlaydi: “Yosh
bola ilm bilan adabni tayoq bilan o‘rganur, o‘z
ixtiyori bilan o‘rganmas. Ammo farzand beadab
bo‘lsa va sening ul sababdan qahring kelsa, o‘z
qo‘ling bilan urmagil, muallimlarning tayog‘i bilan
qo‘rqitgil. Bolalarga muallimlar adab bersinlar, toki
sendan o‘g‘lingning ko‘nglida gina qolmasin”. Abu
Rayxon Beruniy inson va axloqiy tarbiya haqida fikr
yuritar ekan, “Insonga yer yuzini obod etishi va uni
boshqarib turishi uchun aql-zakovat ato etilgan,
Shuning uchun har bir inson yuksak axloqli bo‘lishi
lozim”, deydi. Abu Ali ibn Sino bola tarbiyasi haqida
fikr bildirar ekan, bola tarbiyasini unga ism
qo‘yishdan boshlashni lozim deb topadi. “Bolaga
munosib ism tanlash ota-onaning dastlabki oliyjanob
vazifasi, bola tarbiyasi bilan avvalo ota-ona
shug‘ullanishi kerak”, deydi. Umar Xayyomning
ta’kidlashicha, tarbiyaning maqsadi “sog‘lom fikr,
ziyrak aql va o‘tkir zehnga ega bo‘lgan insonni
shakllantirishdan iborat bo‘lmog‘i kerak”. Faqat
chuqur zehngina barkamol xalqni qondira oladigan
ilhomga erishishi va uning yordami bilan yuksak aql-
idrok, farog‘atni hosil qilish mumkin, lekin shuning
o‘zi kifoya qilmaydi, inson yuksak axloqqa ega
bo‘lishi, yaqinlarini sevishi lozim. Alisher Navoiy
bola

tarbiyasi

bilan

oila

hamda

maktabda

shug‘ullanish, shuningdek, bola tarbiyasini olib
borish jarayonida namuna uslubidan foydalanish
maqsadga muvofiq ekanligiga alohida urg‘u beradi.
Tarbiya va ta’lim ishlari o‘qituvchi hamda ota-onalar
tomonidan olib borilishi lozim. Mutafakkir bolalar
bilan munosabatda bo‘lish chog‘ida ular tomonidan
yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni bartaraf etishda ularga
jismoniy

jazo

berishdan

saqlanish,

aksincha,

hushmuomalalik bilan yo‘l qo‘yilgan xatolarning
mohiyatini ularga tushuntirish zarurligini, biroq bu
o‘rinda ma’lum me’yorga amal qilish zarurligini
aytadi. Alisher Navoiy o‘qituvchining, ayniqsa,
talabchan bo‘lishi bolalarning puxta bilim olishlari va
ularda axloqiy sifatlarning shakllanishida muhim
ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Alloma ma’lum fan
asoslari

yoki

muayyan

kasb-hunar

sirlarini

o‘rganishga

layoqatli,

iste’dodli

bolalarni

tarbiyalashga alohida ahamiyat berish jamiyat uchun
katta foyda keltiradi,
qobiliyatsizni tarbiyalashga


background image

urinish befoydadir, degan xulosaga keladi va bu
o‘rinda quyidagilarni bayon etadi: “Qobiliyatlini
tarbiya qilmaslik zulmdir, qobiliyatsizga tarbiya —
xayf. Qobiliyatlini tarbiya qilmaslik bilan uni nobud
qilma”, degan fikrni bildiradi. Abdurahmon Jomiy,
avvalo, tarbiya haqida fikr yuritar ekan, har bir
narsani ham parvarish etsa, undan yaxshi natija
chiqishini, insonni ham yaxshi tarbiya etsa, u
barkamol b o‘lishini alohida ta’kidlaydi. Jaloliddin
Davoniy “Bolaning tarbiya olishi, odob-axloqli
bo‘lishi uning keyingi tarbiyasiga bog‘liq. Chunki
hayotda har kuni bola ko‘radigan, muloqotda
bo‘ladigan narsalar uning xulqiga yaxshi va yomon
tomondan ta’sir etadi. Bolada har kuni insoniy
xislatlar: yurish -turish qoidalari, xushmuomalalik,
ota-ona va boshqa katta yoshlilarni hurmat qilish,
to‘g‘rilik va rostgo‘ylikni o‘rganish, shirinsuxanlik,
kamtarlik, so‘zlashuv odobiga rioya qilish kundalik
turmushda

o‘rganiladi”,

deydi.

Mahmudxo‘ja

Behbudiy ta’lim-tarbiya ishini ijtimoiy hayot, jahon
miqyosida sodir bo‘layotgan voqealar bilan bog‘liq
holda olib borishni talab etadi. U yoshlar tarbiyasida,
oila, ota-onalar alohida mavqega ega ekanini, maktab
tarbiyasi bilan oila tarbiyasi uzviy birlikda olib
borilishi kerakligini ta’kidlaydi. Munavvarqori
bolalar tarbiyasida faqat ota-onalar emas, balki
muallim va keng jamoa javobgar ekanligini aytib,
ulardan bolalarni axloqli qilib tarbiyalashni talab
etadi. U yoshlarni bilimlarni puxta egallashga,
mehnat

qilishga,

umuminsoniy

qadriyatlarga

sadoqatli

bo‘lishga chorlaydi,

ota-

onalarni

farzandlarida

ma’naviyat,

nafosat,

go‘zallik

tuyg‘ularini

rivojlantirishga

da’vat

qiladi.

Munavvarqorining fikricha, yosh avlodni tarbiyalash
bilangina millatni uyg‘otish, Vatanni ozod qilish,
xalq

ma’naviyatini

yuksaltirish,

turmushni

farovonlashtirish

mumkin.

Adib

yoshligidan

bolalarda mehnatga qiziqish, g‘ayrat, jasorat
fazilatlarini tarbiyalashni tavsiya etadi. Abdulla
Avloniyning fikricha, axloq bu xulqlar majmuyidir.
Xulq esa, kishida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi.
Ularning shakllanishi uchun ma’lum bir sharoit,
tarbiya kerak. Avloniyning ta’kidlashicha, axloq
tarbiyasi xususiy ish emas. Bu tarbiya ijtimoiy ishdir.
Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning
qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan
bog‘liqdir. Hamza Hakimzoda fikricha, maktab
bolalarni ilmli, odobli qilib tarbiyalashi va hunarga
o‘rgatishi kerak, maktabda dunyoviy fanlar o‘qitilishi
lozim. Aqliy tarbiyada bolalar tabiat va jamiyat
qonun-qoidalarini, tabiat hodisalarini, ularning o‘zaro
bog‘liqligini bilishlari kerak. Shundagina bolalar
jamiyat va xalq farovonligi uchun xizmat qiladigan
bo‘lib yetishadilar. Zero, insonparvar odamgina
kishilarni, ota-onani qadrlaydi, insoniy huquqlarni

himoya qiladi, ularga hurmat-ehtiromda bo‘ladi.
Uning uqtirishicha, axloqiy tarbiyada bolalarda
insonparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish, bolalarni
barkamol inson, go‘zal axloqli bo‘lib yetishishi
uchun oilada sog‘lom muhit, tarbiya to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Asqar Zunnunovning
fikricha, tarbiyada bilim va tajribaga ega bo‘lgan,
milliy qadriyatlardan xabardor o‘qituvchi bolalarni
bilimli,
go‘zal xulqli qilib yetishtirishi shubhasizdir.
Ammo ularning bolalarga beradigan tarbiyasi
tarbiyaning asosiy zamini bo‘lgan oila, tarbiya
ilmidan xabardor ota-ona, ayniqsa, iffat, sharm-hayo,
or-nomus, sabr durdonalaridan ziynatlangan, baxt-
saodat mujassam bo‘lgan ona tarbiyasi darajasida
bo‘lmaydi. Shu o‘rinda Birinchi Prezidentimiz Islom
Karimov

ta’kidlaganlaridek,

“Farzandlarimizni

mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan,
ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga
yetkazish ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va
vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak”.
Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib
borishni talab etadi. Jamiyatimiz komil insonni
tarbiyalashda, uning ma’naviyatini shakllantirishda
eng asosiy o‘rinni egallaydi. Komil inson tarbiyasi
davlat siyosatining ustuvor sohasi hisoblanadi. Komil
inson deganda biz, avvalo, yuksak ongli, mustaqil
fikrlaydigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat
bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kshilarni tushunamiz.
Tarbiya — vijdon ishi; ta’lim esa fanning vazifasi.
Keyinchalik, inson voyaga yetgach, bilimning bu ikki
turi biri-birini to‘ldiradi. Tarbiyaga jamiyat a’zolari
o‘rtasida qaror topgan munosabatlarni saqlab turish
uchun juda zarur bo‘lgan bilimlarni uzluksiz egallash,
deb qarash mumkin. Tarbiya ishida har bir kishining
individual

qobiliyatini

rivojlantirish

haqida

g‘amxo‘rlik qilish bilan, ayni chog‘da, ularda
atrofdagilarga

nisbatan

mas’-

uliyat

hissini

tarbiyalashga ham e’tibor bermoq zarur. Davlatning
gullab-yashnashi,
xalqning farog‘ati oliyjanob xulq-
odobga bog‘liq, oliyjanob xulq-odob esa tarbiya
tufaylidir. Tarbiya, asosan, bizning dilimizga jamiyat
uchun foydali b o‘lgan fazilat urug‘larini sochmog‘i
lozim. Tarbiya faqat inson zehnini o‘stirish va unga
ma’lum hajmdagi bilimni singdirishgina emas, balki
u insonda mehnatga tom ma’nodagi chanqoqlik
hissini uyg‘otmog‘i lozim, busiz odam hayotda na
e’tiborli va na baxtiyor bo‘la oladi. Tarbiya, bu
nisbatan keksaroq avlodning o‘z tajribasi, o‘z ehtirosi,
o‘z e’tiqodini yosh avlodga topshirishi demakdir.
Tarbiyaning bosh vazifasi odamni yaxshi qadam
bosishga majbur etishgina emas, balki bu yaxshi
ishlardan huzurlanishga ham o‘rgatishdir; faqat
ishlabgina qolmay, ishni sevish ham kerak. Tarbiya
bizni yo‘ldan ozdirmay turishining o‘zi kifoya emas,
u tobora bizni yaxshilab bormog‘i lozim.


background image

Nazarimizda bolalarning a’zoyi badani va ruhiyatini
tabiat qanday yaratgan bo‘lsa, shundayligicha
qoldiraverishdan qoniqmaymiz, biz ularning tarbiyasi
va o‘qishi haqida g‘amxo‘rlik qilamiz, toki yaxshi
yanada yaxshilanishi, yomon esa o‘zgarib, yaxshi
bo‘lishi kerak. Tarbiya odamda mehnatga ko‘nikma
va mehrni kuchaytirmog‘i lozim, u insonga hayotda
o‘ziga loyiq ish topa bilish imkoniyatini bermog‘i
zarur. Tarbiya qiyin ish va tarbiya shart-sharoitlarim
yaxshilash har qanday kishining ham muqaddas
burchlaridan biridir. Zero, o‘zini va tevarak-
atrofdagilami ma’lumotli qilishdan ham ko‘ra
muhimroq ish yo‘q. Har bir mamlakatda insonni
voyaga yetkazish san’ati idora etish uslubi bilan shu
qadar chambarchas bog‘lanib ketganki, ijtimoiy
tarbiyaga doir u yoki bu muhim o‘zgarishni davlat
tuzumining o‘ziga o‘zgartirish kiritmasdan turib
amalga oshirish mumkin emas. Chinakam tarbiya
yuksak ezgulikdir, aks holda, u hech nimaga
yaramaydi. Barcha kashfiyotlar ichida eng go‘zali
yaxshi tarbiya olgan insondir. Tarbiya ikki negizga
— axloq va oqillikka tayanmog‘i lozim; birinchisi
yaxshi fazilatni o‘stirsa, ikkinchisi o‘zgalar illatidan
himoya qiladi. Biz tarbiyalayotgan insonda axloqiy
soflik, ma’naviy boylik, jismoniy barkamollik
uyg‘unlashib ketmog‘i lozim.

Biz ta’lim jarayonida o’quvchilarga tarbiya

xislatlarini singdirishda yuqoridagi ajdodlarimizning
oltinga teng fikrlarini o’z o’rnida va samarasi

ta’minlangan holda foydalanishimiz lozim. Zero
milliy tarbiya - bizning ajdodlarimizning boy
madaniy

merosi,

avlodlarimizning

yuksak

ma’naviyati hamda milliy tarbiya garovidir.

Foydalanilagan adabiyotlar ro’yxati:

1. Mirxalilova N. O’qish savodxonligini oshirishda
PIRLS xalqaro tadqiqotining dolzarb masalalari:
muammo, yechimlar va rivojlanish istiqbollari.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari. 18-
noyabr 2022-yil. 175-178-b.
2. D.M.Maxmudova, N.A.Mirxalilova. Funksional
savodxonlik tushunchasi va uni shakllantirish
usullari. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў.
Илмий-методикалық журнал. 2023-yil. 2/3- san.
340-346-bet
3. Mirxalilova N.A., Davlatova M.A. TIMSS xalqaro
baholash dasturida miqdor tushunchasi va uning
turlari. Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 9 | 2022 ISSN: 2181-1385. Cite-
Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1.
4.

Mirxalilova

N.

Funksional

savodxonlik

tushunchasi. O‘zbekiston Milliy

universiteti

xabarlari,

2023,

[1/2]

ISSN

2181-7324.

Falsafa

https://science.nuu.uz/

.Social sciences. 216-218 b.

5.Kayumov O. O‘zbek shomon marosim folklori poetikasi.
- Toshkent, Moliya-iqtisod, 2021.

6.Kayumov

O.S.

O‘zbek

shomon

marosim

folklori(spetsifikasi, genezisi, janrlar tarkibi va poetikasi).
Filol.fan.dokt.diss.avtoref. –Toshkent, 2020.

References

Mirxalilova N. O’qish savodxonligini oshirishda PIRLS xalqaro tadqiqotining dolzarb masalalari: muammo, yechimlar va rivojlanish istiqbollari. Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari. 18-noyabr 2022-yil. 175-178-b.

D.M.Maxmudova, N.A.Mirxalilova. Funksional savodxonlik tushunchasi va uni shakllantirish usullari. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў. Илмий-методикалық журнал. 2023-yil. 2/3- san. 340-346-bet

Mirxalilova N.A., Davlatova M.A. TIMSS xalqaro baholash dasturida miqdor tushunchasi va uning turlari. Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 9 | 2022 ISSN: 2181-1385. Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1.

Mirxalilova N. Funksional savodxonlik tushunchasi. O‘zbekiston Milliy universiteti xabarlari, 2023, [1/2] ISSN 2181-7324. Falsafa https://science.nuu.uz/.Social sciences. 216-218 b.

Kayumov O. O‘zbek shomon marosim folklori poetikasi. ¬- Toshkent, Moliya-iqtisod, 2021.

Kayumov O.S. O‘zbek shomon marosim folklori(spetsifikasi, genezisi, janrlar tarkibi va poetikasi). Filol.fan.dokt.diss.avtoref. –Toshkent, 2020.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов