TO’QIMACHILIK KORXONALARIDA INQIROZGA QARSHI KURASHISH BOSHQARUVINING AFZALLIKLARI

HAC
Google Scholar
To share
Todjimamatova , M. . (2024). TO’QIMACHILIK KORXONALARIDA INQIROZGA QARSHI KURASHISH BOSHQARUVINING AFZALLIKLARI. Modern Science and Research, 3(1). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28171
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada korxonalar faoliyati bilan bog’liq inqiroziy holatlar, ularning sabablari hamda inqirozga qarshi kurashish chora tadbirlari to’g’risida fikr yuritilgan. Shu bilan birga korxonaning kelajak istiqboli uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan dolzarb masalalar ham yoritib o’tilgfan.


background image

TO’QIMACHILIK KORXONALARIDA

INQIROZGA QARSHI

KURASHISH BOSHQARUVINING AFZALLIKLARI

Todjimamatova Mashxura Erkinovna

Toshkent amaliy fanlar universiteti “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10467831


Annotatsiya:

Ushbu ilmiy maqolada korxonalar faoliyati bilan bog’liq inqiroziy holatlar, ularning sabablari hamda

inqirozga qarshi kurashish chora tadbirlari to’g’risida fikr yuritilgan. Shu bilan birga korxonaning kelajak istiqboli uchun muhim
ahamiyatga ega bo’lgan dolzarb masalalar ham yoritib o’tilgfan.

Kalit so’zlar:

inqiroz, inqirozga qarshi kurashish, zamonaviy menejment, rivojlantirish strategiyasi,

ishlab chiqarishni

diversifikatsiyalash

,

raqobat sharoitida

xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarish, iqtisodiy nochorlik, bankrotlik.

Barchamizga ma’lum-ki, so’nggi yillarda

to'qimachilik sanoatida boshqarish mexanizmining
asosiy elementlari tashkiliy me'yoriy huquqiy
hujjatlar, integratsiya va kooperativlash, innovatsiyani
tashkil etish, mahnat taqsimoti, tashqi aloqalar,
muhitni o'rganish, xo'jaliklararo va xo'jalik ichidagi
munosabat, iqtisodiy rejalashtirish, moliyalashtirish,
hisob-kitob, informatsion ta'minot, mehnatga haq
to'lash va uni tashkil etish, narx va moliya-kredit
tizimi,

soliqqa

tortish,

sug'urtalash,

ijtimoiy

motivlashtirish, xodimlarni uy-joy bilan ta'minlash,
bolalarni bog'cha bilan ta'minlash, transport vositalari
ajratish, mehnat sharoitini yaxshilash, malaka
oshirishni rag'batlantirish, xususan to'qimachilik
sanoatida ham kuchli raqobat natijasida fan-texnika
salohiyatidan samarali foydalanish murakkablashib
bormoqda.

O'zbekiston

iqtisodiyotini

rivojlantirishda

to'qimachilik

sanoatining

o'rni

kattadir, uning ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlarini
o'stirish nafaqat ushbu tarmoq uchun, balki mamlakat
iqtisodiy salohiyatini oshirishga olib keladi

1

.

Yuqoridagilardan

kelib

chiqib,

to'qimachilik

sanoatida

investitsiyalarni

asosiy

elementlarini e'tiborga olgan holda ularni jalb qilishni
boshqarish mexanizmini takomillashtirish eng dolzarb
masala bo'lib qolmoqda

2

. Shunday ekan to'qimachilik

sanoati korxonalarda innovatsion - investitsion
faoliyatini

boshqarish

modeli

ishlab

chiqildi.

Innovatsiya va investitsiya faoliyati muammolarini
o'rganish uning samaradorligi olingan iqtisodiy va
ijtimoiy ta'sirlarga ma'lum darajada bog'liq bo'lishi
mumkin degan xulosaga kelishga yordam berdi

3

.

Byudjet samaradorligi sanoat korxonalarining

innovatsion-investitsion samaradorligi to'qimachilik
sanoati korxonalarining ishlab chiqarish va inson
kapitali,

to'qimachilik

sanoati

korxonalarining

innovatsion-investitsion

faoliyati,

moliyaviy,

investitsion va davlat kapitali, to'qimachilik sanoati
korxonalarining innovatsion - investitsion makro-

1

Курпаяниди К.И. Теоретические основы управления

инновационной

деятельностью

промышленной

корпорации // ISJ Теоретические и прикладные науки. -
2019. - Т. 1. - №. 69

2

Ханкелдиева Г.Ш. Организационно экономический

механизм управления инвестиционной деятельностью в

muxiti, iqtisodiy samaradorlik, ilmiy-texnik jarayon,
ekologik xavfsizlik, tabiiy resurslardan samarali
foydalanish, ijtimoiy samara, korporativ korxonalarda
innovatsion-investitsion faoliyatni moliyalashtirish
hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir.
Davlat byudjeti yoki chet el investitsiyalaridan
tashqari korxona mablag'lari, ya'ni olingan foydadan
ma'lum qismi innovatsiya, yangiliklar, ixtirolarga sarf
qilinadi. Tahlillarning ko'rsatishicha bu borada ishlar
sust

amalga

oshirilmoqda,

chunki

fan

va

texnologiyalar korxonalarning ichki ehtiyojlarini
yetarli darajada qoniqtirmayaptilar. Buning natijasida
ishlab

chiqarilgan

mahsulotlarning

tannarxi

oshmoqda, bozorda tovar va mahsulotlarning bahosi
ko'tarilib bormoqda. Buning yana bir asosiy
jihatlaridan biri innovatsiyalar samaradorligining
pasayib borishidir.


Bugungi kunda rivojlangan davlatlar ishlab

chiqarishni

diversifikatsiyalash,

zamonaviy

menejment usullaridan samarali foydalanish hamda
innovatsiyalarni joriy etish asosida korxonalarda
inqiroz jarayonlarini bartaraf etishga va kuchli raqobat
sharoitida milliy mahsulotlarining jahon bozoridagi
raqobatbardoshligini oshirishga erishmoqdalar.

Zamonaviy boshqaruv sohasining ajralmas qis

mlaridan biri – inqirozga qarshi boshqaruvdir. Inqiroz
ga qarshi boshqaruv deganda inqiroz hodisalarini
oldini olish, boshlanish belgilarini tez anglab olish,
neytrallashtirish,

shuningdek,

ularni

keltirib

chiqaradigan sabablarni bartaraf etishga qaratilgan
boshqaruv choralari majmuini tushunamiz. Boshqacha
aytganda, bunday nazorat keng va tor ma'noda
samarali ishlashni ta'minlash uchun har qanday faol
ta'sirni o'z ichiga oladi. Keng ma'noda bu biznesni olib
borishda krizisga qarshi kurashish uchun boshqaruv
tizimi bo'lib , u tor ma'noda, inqiroz holatiga tushib
qolgan

muayyan

korxonaning

moliyaviy

nochorligidir.

сфере телекоммуникаций // Экономика и бизнес: теория
и практика. 2019. № 11

3

Gottvald, J. Industrial restructuring: the case of Ostrawa

region [text] / J. Gottvald. - ресурсы Интернет:
www.unece.org-2016


background image

Inqiroz iqtisodiyot sub’ektlari uchun juda

qiyin vaziyat hisoblanadi.

Inqiroz va uning

oqibatlaridan eng avvalo mamlakat aholisi va
korxonalar jabr ko’radi. Agar inqiroz korxonaga ta’sir
etsa, u barqaror rivojlanish, mahsulot va xizmatlarni
ishlab chiqarish imkoniyatini yo’qotadi. . Inqiroz
davrida o‘z faoliyatlarini uzoqroz olib borgan xo‘jalik
sub’ektlari g‘olib sanaladilar.Biz bilamizki ko‘p
holatlarda korxonalar inqiroz vaziyatlari uchun loyiha
rejalarini

tuzmaydilar.Inqiroz

sharoitiga

tayyorgarliksiz kirib boradilar.Oldindan inqiroz
holatiga tushib qolganda, qanday faoliyat olib
borishlari

bo‘yicha

strategiyalar

ishlab

chiqmaydilar.Bozorda o‘z faoliyatlarini bir tekisda
samarali olib borishadi. Biroq inqiroz paytida
inqirozning kuchli to‘lqinlari birinchilardan bo‘lib
bunday

korxonalarni

bozordan

uloqtirib

tashlaydi.Inqiroz so‘zini 2 hil manoda tushunishimiz
mumkin. “Imkoniyat” va “xavf”. Inqiroz sharoitiga
tayyorlangan korxonalar uchun imkoniyat, bunday
holatlarga tayyorlanmagan korxonalar uchun xavfdir.

Inqiroz

so’zi zarar ko‘rib ishlash, iqtisodiy nochorlik, bankro
tlik, to‘lovga qobiliyatsizlik manolarini anglatadi.
G‘arb mamlakatlari va Rossiyalik iqtisodchi
olimlarning fikricha, inqiroz – tushkunlik, muammo,
pasayish

va

ziddiyatli

vaziyatlarni

o‘zida

namoyon etuvchi salbiy holat hisoblanadi.

Demak,

inqiroz korxonanig bosh maqsadi bo’lmish foydani
yo’qolishi, korxonanig zararga ishlash holatidir. Zarar
esa,

mahsulot

ishlab

chiqarishga

sarflangan

xarajatlarning

shu mahsulotni

sotishdan

kelib

tushadigan

tushumdan

ko‘pligini

anglatadi. Zararning mohiyati xarajat qilingan resursl
arning sarflangan holatiga nisbatan kamayib qaytishi
hisoblanadi. Natijada korxonalarda iqtisodiy nochorlik
va bankrotlik alomatlari shakllanadi.

Inqirozga qarshi boshqaruv loyihasini ishlab

chiqish jarayonida biz, yakuni muvaffaqiyat bilan
tugaydigan

maqsadni

oldimizga

qo’yishimiz,

maqsadga erishish strategiyasi ishlab chiqishimiz,
aniq strategiyalar qo’yilgan vazifalar va natijalarni
muddatli nazoratini olib borish kabi holatga etibor
qaratishimiz kerak. Inqirozga qarshi boshqaruvni
maqsadi inqiroz davrida inqiroz zarbasini yumshatish
va omon qolish xamda inqiroz imkoniyatlaridan
foydalangan

holda

kompaniyaning

bozordagi

mavqeini

mustahkamlashdan

iboratdir.

Bu

maqsadlarga erishishni izchillik bilan olib borish
muhim – avvalo kompaniyaning omon qolishi haqida
qayg‘urish, shundan keyingina uning bozordagi
mavqeini mustahkamlash ustida ishlash darkor.

Inqiroz beradigan zarbani yumshatish uchun

korxona jamoasini ruhiy tushkunlik holatidan olib
chiqish va uning kayfiyatini yaxshilash, korxonadagi
inqirozni zararsizlantirish rejasini ishlab chiqish va
amalga oshirish, ya’ni "asosiy yong'inlarni o'chirish",
korxonaning yangi sharoitlarga tez moslashishiga
yordam beradigan boshqaruv vositalarini ishlab
chiqish va joriy etishi darkor.

Inqirozni boshqarishning ikkita asosiy

modeli mavjud: Amerika va Yaponiya. Amerika
modeliga ko'ra, inqirozga qarshi strategiyalar faqat

kompaniya menejerlari tomonidan ishlab chiqiladi.
Bunda

asosiy

e’tibor

mahsulot

tannarxini

pasaytirishga qaratiladi. Yaponiya modelida esa,
inqirozga qarshi strategiyalar ijrochilar uchun maqbul
bo'lib qolgan holda foydani oshirishi kerak bo’ladi.
Strategik reja tezda amalga oshiriladi - xodimlar
inqirozga qarshi choralarni ishlab chiqishda ishtirok
etadilar va shuning uchun kelajakda ularni faol
ravishda amalga oshiradilar.

Inqirozni boshqarishning asosiy maqsadi

kompaniyadagi

vaziyatni

barqarorlashtirish

va

bozordagi o'rnini saqlab qolishdir. Buning uchun
korxona quyidagi vazifalarni bosqichma-bosqich
amalga oshirishi kerak:

- korxonani bankrotlikdan saqlash;
-korxonani inqirozdan olib chiqish;
-yangi boshqaruv echimlarini ishlab chiqish

va joriy etish;

-inqirozdan keladigan zararni oldini olish

yoki kamaytirish;

- korxonaning zaif tomonlarni tahlil qilish va

korxona ishiga yangi yondashuvlarni joriy etish.

Inqiroz korxona hayotiy siklining istalgan

bosqichida tahdid solib, korxona samaradorligini
pasayib ketishi,moliyaviy beqarorlikni kelib chiqishi,
maxsulot va hizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatini
pasayishi,innovatsiyani mavjud bo’lmay qolishi,
iqtisodiy nochorlik, bankrotlik, to‘lovga qobiliyatsizli
k kabi salbiy vaziyatlarga tushib qolishi xarakterlaydi.
Bunday vaziyatlardan chiqib ketish yoki duch
kelmaslik uchun korxonalarda inqirozga qarshi
loyihalar ishlab chiqiladi.

Jahondagi moliyaviy-iqtisodiy inqirozlar,

jahon bozorining salbiy taʼsiri, talab va taklifning
tebranishi inqiroz holatlariga olib keluvchi omillar
hisoblanadi. Inqiroz manbalari korxona faoliyatining
tashqi va ichki omillari guruhlariga boʼlinadi.
Inflyatsiyaning

tezlashishi,uy

xo'jaliklari

daromadlarining

kamayishi

va

ishsizlikning

o'sishi,siyosiy inqiroz, qonunchilik va soliq tizimining
beqarorligi,tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarni
tashqi omillarga misol qilishimiz mumkin. Ichki
omillarga esa ishlab chiqarish - eskirgan uskunalar,
yuqori energiya xarajatlari, mehnat unumdorligining
pasayishi,

bozor

-

kompaniyaning

past

raqobatbardoshligi, cheklangan iste'molchilar soni,
yetkazib beruvchilar ishidagi uzilishlar, boshqaruv -
samarasiz boshqaruv, asossiz risklar, yomon bozor
tahlili kabi omillarni kiritishimiz mumkin.

Korxonaning inqirozga qarshi boshqaruvi

ikkita asosiy maqsadga ega bo'lib, bankrotlikning
oldini olish va kompaniyaning rivojlanishi uchun
vaziyatdan foydalanishdir.

Korxona

ogohlantiruvchi

belgilarga

qanchalik tez javob berishi, inqirozni boshqarishni
to’g’ri yo'lga qo'yishi inqiroz tugaganidan keyin
korxonani kamroq salbiy oqibatlardan saqlaydi.

Korxonalar inqirozni boshqarish

usullarini tanlaydi va o'z ehtiyojlariga moslashtiradi.
Shundan so'ng, vazifalar ro'yxati, shuningdek, ushbu
vazifalar bajarilishi kerak bo'lgan muddatlar bilan
inqirozga qarshi strategiyalar ishlab chiqadi. Inqirozga
qarshi strategiyaning amalga oshirilishini muntazam


background image

nazoratga qilib borish va uning samaradorligini
baholash zarur. Korxonada samaradorlik darajasini
pastligi, aksariyat hollarda korxonalarda rivojlanish
strategiyasini yo‘qligi va u qisqa muddatli davr uchun
maqsad qilinganligi, shuningdek, menejerlarning
o‘quvsizligi va tajribazisligi bilan bog‘liq.Korxona
menejeri moliyaviy sohada ma’lumotga ega bo‘lishi,
paydo bo‘lgan muammoli vaziyatlardan korxonani
olib chiqib keta olishi, tashkilotchilik qobiliyatiga ega
bo‘lishi va uni korxona faoliyati bilan bog‘liq har
qanday me’yoriy hujjatlarga amal qilishi kerak.

Har qanday menejer inqiroz belgilariga o'z

vaqtida javob berishi va korxonani inqirozga
moslashtirishni

boshlash

uchun

professionallik

darajasi, motivatsiya va inqiroz sabablari va
oqibatlarini oʼz vaqtida anglashi darkor.

Xulosa o'rnida takidlash joizki, davlat va

xususiy o'zaro hamkorlikka asoslangan innovatsion-
investitsion

hamkorlikni

tashkil

etish

hamda

rag'batlantirish quyidagilarga bog'liq bo'lishi mumkin:

- tadbirkorlik faoliyatida yangi innovatsion

texnologiyalarni joriy etishga;

- ilm-fan yutuqlaridan keng va samarali

foydalanishga;

-

ishlab

chiqarishga

eng

zamonaviy

texnologiyalarni joriy etishga;

- milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va

sohalarida innovatsiyalarni rivojlantirishga;

-

salohiyatli

buyurtmachilar

resurs

tejamkorligi, import o'rnini bosuvchi, ekologik xavfsiz
texnologiyani

institutsional

asoslarini

takomillashtirish orqali foydalanishga;

- tarmoqlarda katta bo'lmagan innovatsion

loyihalarni joriy etish, uning foydasini tezda olish
uchun tadbirkorlar va xususiy moliyalashtirishda bor
imkoniyatlardan foydalanish;

-

to'qimachilik

korxonalarida

investitsiyalarning jozibadorligini oshirishning asosiy
yo'nalishlarga mahsulotlarning eksport salohiyatlarini
oshirish,

ishlab

chiqarishni

intensivlash,

diversifikatsiya turlarini rivojlantirish, va boshqalarni
kiritish mumkin deb hisoblaymiz.

Ma'lumotlarlar izlash natijasida korporativ

boshqaruv asosidagi korxonalarda innovatsion -
investitsion faoliyatini boshqarish modeli ishlab
chiqildi. Taklif etilayotgan modelni amaliy tatbiq etish
innovatsion mahsulotlar ulushining o'sishiga, ilmiy-
tadqiqot ishlarini intensivlashtirishga, to'qimachilik
sanoati korxonalariga investitsiyalarni jalb qilishni
takomillashtirish va uning samaradorligini oshirishga,
shuningdek, milliy iqtisodiyotni modernizatsiya
qilishga yordam beradi.

Umumiy

qilib

aytganda,

korxonalarda

inqirozni oldini olish yoki mavjud inqiroziy holatlarni
oldini olish muhim omil hisoblanadi. Bu esa kelajakda
korxonaning barqaror rivojlanishi uchun ijobiy samara
beradi.

FOYDALANILGAN

ADABIYOTLAR RO'YXATI

1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ishlab

chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, sanoat
tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash
jarayonini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2018-
yil 25-dekabr. PQ-4077-son qarori (Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y.,

2. Glushchenko A.V., Kucherova E.P. Inqirozga

qarshi boshqaruv tizimida risklarni boshqarish. 2017

3. Arslanova Elvira Revovna Korxonani inqirozga

qarshi profilaktik boshqarishning kontseptual asoslari.2010

4. Merzlikina G.S., Rylshchikova S.A. Rossiya

milliy

iqtisodiyotida

tadbirkorlik

faoliyati

sohasida

inqirozga qarshi boshqaruv va samarali korxona risklarini
boshqarish.2017

5. Chebashkina Galina Anatolyevna, Nikonova

Yuliya Anatolyevna Korxonaning investitsiya faoliyatining
xavf omillarini hisobga olgan holda inqirozga qarshi
boshqaruv. 2017.

6. Korolkova Elena Mitrofanovna Inqirozga qarshi

boshqaruvga fanlararo yondashuv: xorijiy tadqiqotlardagi
so'nggi tendentsiyalar.2015

7. Www.Zivo.net: www.Manaiement.ru


inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов