AXBOROTLASHTIRISHDAN RAQAMLASHTIRISHGA O'TISHNING IQTISODIY TAHLILI

HAC
Google Scholar

Abstract

Harakatlar strategiyasida axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini muhofaza qilish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasini yanada takomillashtirish, elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, axborot tahdidlariga qarshi kurashish va “axborot xavfsizligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratish” mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari sifatida belgilangan. Ayniqsa, bu borada “Raqamli O'zbekiston - 2030” dasturini hayotga tatbiq etish zaruriyati dolzarb masalaga aylanmoqda. Darhaqiqat, raqamli texnologiyalar asta-sekin kundalik hayotning har bir sohasini ajralmas qismiga aylanib bormoqda.

Similar Articles


background image

AXBOROTLASHTIRISHDAN RAQAMLASHTIRISHGA

O'TISHNING IQTISODIY TAHLILI

1

Mustafaqulov Yangiboy Bo'riqulovich,

2

Todjimamatova Mashxura Erkinovna,

3

Nurmatova Xilola

A'zamovna,

4

Berdieva Aziza G'anisher qizi,

5

Egamberdieva Oydin Abror qizi

1

Toshkent amaliy fanlar universiteti “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi katta o'qituvchisi

2,3,4,5

Toshkent amaliy fanlar universiteti “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi o'qituvchilari

yangiboymustafaqulov@gmail.com; Khilolanurmatova@gmail.com; berdiyevaaziza6@gmail.com;

oydinegamberdiyeva96@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10471771

Annotatsiya:

Harakatlar strategiyasida axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini muhofaza qilish, axborot

texnologiyalari va kommunikatsiya sohasini yanada takomillashtirish, elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, telekommunikatsiya
infratuzilmasini rivojlantirish, axborot tahdidlariga qarshi kurashish va “axborot xavfsizligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratish”
mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari sifatida belgilangan. Ayniqsa, bu borada “Raqamli O'zbekiston - 2030”
dasturini hayotga tatbiq etish zaruriyati dolzarb masalaga aylanmoqda. Darhaqiqat, raqamli texnologiyalar asta-sekin kundalik
hayotning har bir sohasini ajralmas qismiga aylanib bormoqda.

Tayanch so’zlar:

Elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, radio, televidenie, Internet, axborot xavfsizligi, raqamli texnologiyalar,

kommunikatsiya, axborotlashgan jamiyat, raqamlashtirish.

Bugungi kunda dunyoda hal qiluvchi

omillardan biri - axborot va bilimga bo'lgan
axborotlashgan

jamiyatning

shakllanishi

bilan

tavsiflanadi.

Mazkur

jamiyatning

rivojlanish

evolyutsiyasi bilim jamiyatidan tarmoqli jamiyatga,
undan raqamli jamiyatga transformatsiyalanishi bilan
ifodalanadi.

Xususan,

2006

yili

BMT

Bosh

Assambleyasida 17 mayning Butunjahon axborot
jamiyati kuni deb e'lon qilinishi

1

, 2001 yilda

YUNESKOning “Axborot hamma uchun” xalqaro
dasturining qabul qilinishi

2

, axborotlashgan jamiyat

masalalariga bag'ishlangan Butundunyo sammiti

3

,

2000 yil 22 iyulda “Katta sakkizlik” uchrashuvida
“Global axborotlashgan jamiyat Xartiyasi

4

ning qabul

qilinishi ham hozirgi kunda axborotlashgan jamiyat,
raqamli jamiyat muammolarini tadqiq etishni kun
tartibiga qo'ymoqda. Ma'lumki, axborotlashgan
jamiyat taraqqiyoti natijasida aholining ko'p qismi
axborotlarni o'zida qabul qilish, saqlash, qayta ishlash
va qo'llash bilan band bo'ladi. Shuningdek, mazkur
jamiyatning

shakllanish

bosqichlarini

axborotlashtirish va raqamlashtirish tashkil etadi.
Xo'sh, axborotlashgan jamiyat qanday jamiyat? Uning
qanday o'ziga xos xususiyatlari bor? Kelajakda qanday
jamiyat sari boramiz?

Aytish kerakki, insoniyat jamiyati o'z

rivojlanishida industrial jamiyatdan postindustrial
jamiyatga o'tib bormoqda. Agar industrial jamiyatning
asosiy rivojlanish manbai - energetik manbalar,
energiyani ishlab chiqarish, uni tarqatish imkoniyatlari

1

Marey A. Tsifrovizatsiya kak izmenenie paradigmy

[Elektronnyy

resurs].

—Rezhim

dostupa:

https://www.bcg.com/ru-
ru/about/bcgreview/digitalization.aspx

(хавола

вақти:

15.03.2020).

2

Программы ЮНЕСКО «Информация для всех» /

http://ww.unesco.org/webworld/ifap; www.ifar.ru

mavjudligida bo'lsa, axborotlashgan jamiyatida esa
bilim va axborot jamiyat rivojlanishining asosiy
manbai hisoblanadi. “Axborotlashgan jamiyat”
tushunchasi 1960-yillarning ikkinchi yarmida paydo
bo'lgan, uni Tokio texnologik universitetining
professori YU.Xayash birinchi bo'lib fanga kiritgan.
Uning

fikricha,

axborotlashgan

jamiyatda

kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli
axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va
ijtimoiy

sohalarda

axborotni

qayta

ishlashni

avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta'minlashga
imkon beradi. Keyinchalik F.Maxlup, D.Bell,
I.Masuda, E.Toffler, P. Draker va M.Kastels va
boshqalar axborotlashgan jamiyatga oid qarashlarni
rivojlantirdi.

Shu bilan birga rivojlangan davlatlarning

axborotlashgan jamiyat konsepsiyalari qabul qilindi.
Jumladan, F.Maxlup “axborotlashgan jamiyat”
tushunchasini o'zining “AQShda bilimlarni ishlab
chiqarish va tarqatish”

5

nomli asarida qo'llagan.

“Axborotlashgan jamiyat” tushunchasining rivojida
amerika jamiyatshunosi D.Bellning “Industrial
jamiyat davrining kelajagi: ijtimoiy bashorat qilish
tajribalari” nomli asari alohida ahamiyatga ega. Unda
muallif insoniyat jamiyatining tarixini uch asosiy

3

Всемирный Саммит по Информационному обществу

(WSIS)

http://www.wisis.org/;

http://www.unesco.org/wsisdirectory

4

Хартия глобального информационного общества/

http://www.ifap.ru/ofdocs/okinhar.htm

5

Махлуп Ф. Производство и распространение знаний в

США. – Москва, 1966.


background image

bosqichlar

6

- agrar, industrial va industrial davrdan

so'nggi davrlarga bo'lib chiqadi. Olim industrial
davrdan

so'nggi

davrning

tarixini

industrial

bosqichining ta'rif-tavsiflariga suyangan holda chizib
berishga intilgan. Industrial davrdan so'nggi davrning
farqlanuvchi belgisi bo'lib, olimning fikriga ko'ra,
buyumlar chiqarishdan (voz kechishdan) ta'lim,
sog'liqni saqlash va boshqaruv sohalarida xizmatlarni
ishlab chiqarishni rivojlantirishga o'tish jarayoni
xizmat qiladi. Axborotlashgan jamiyatga oid qiziqarli
falsafiy konsepsiyalardan biri yapon olimi I.Masudaga
tegishlidir. Uning konsepsiyasiga ko'ra

7

, yangi

jamiyatning poydevori bo'lib kompyuter texnologiyasi
xizmat qiladi hamda bu texnologiyaning asosiy
vazifasi

inson

aqliy

mehnatining

faolligini

kuchaytirishdir.

I.Masudaning

fikricha,

“axborotlashgan jamiyatda insoniy qadriyatlar
o'zgaradi”, unda jamiyat sinflarga bo'linmaydi va
ziddiyatsiz, ya'ni ahil, tinch-totuv jamiyat bo'lib, uni
chog'roq hukumat va davlat apparati boshqaradi.

Uning fikriga qo'shilgan holda aytish

mumkinki,

axborotlashgan

jamiyatda

nafaqat

qadriyatlar tizimi o'zgaradi, balki ishlab chiqarish,
inson turmush tarzi, moddiy boyliklarga nisbatan
madaniy dam olish sifatida qarashning ahamiyati
ortadi. Albatta, axborotlashgan jamiyatda intellekt,
bilimlar ishlab chiqiladi va iste'mol etiladi, bu hol
aqliy mehnat ulushining oshishiga olib keladi. Shu
o'rinda aytish mumkinki, “axborotlashgan jamiyat -
ko'pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy
shakli bo'lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash,
qayta ishlash va sotishni amalga oshirish bilan band
bo'lgan jamiyatdir”

8

. Darhaqiqat axborotlashgan

jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun
turmush tarzi, qadriyatlar tizimi o'zgaradi, moddiy
boyliklarga nisbatan madaniy dam olish sifatida
qarashning

ahamiyati

ortadi.

Axborotlashgan

jamiyatning yana bir nazariyotchisi E.Toffler esa
o'ziga xos sharh beradi. “Uchinchi to'lqin” deb
nomlangan kitobida u tamaddun tarixidan uchta
to'lqinni ajratib oladi: birinchi to'lqin - agrar (XVIII
asrgacha), ikkinchisi - industrial (XX asrning 50-
yillarigacha), uchinchisi - postindustrial davr (XX
asrning 50-yillaridan boshlab). “Eng yaqin tarixiy
sarhad, - deb yozadi u, - o'n ming yil avval qishloq
xo'jaligining joriy etilishi tufayli yuzaga kelgan
o'zgarishlarning ilk to'lqinidek hali judajuda olisda

9

.

Darhaqiqat,

o'zgarishlarning

ikkinchi

to'lqini

industrial inqilob tufayli yuzaga keldi.

Hozirgi kunda biz o'zgarishlarning uchinchi

to'lqin farzandlarimiz. Uchinchi to'lqin axborotlashuv
inqilobining samarasi sifatida namoyon bo'lmoqda.

6

Белл Д. Грядущее постиндустриальное общество.

Опыт социального прогнозирования. – Москва:
Аkademia, 1999.

7

Масуда Й. Информационное общество как

постиндустриальное общество. – Москва, 1981.

8

Белл Д. Грядущее постиндустриальное общество.

Опыт социального прогнозирования. – Москва:
Аkademia, 1999.

9

Тоффлер Э. Шок будущего. – Москва: АСТ, 2001.

1980-1990

yillarni

axborotlashgan

jamiyat

konsepsiyalarining rivojidagi yangi bosqich deb aytish
mumkin. Bu davrdagi konsepsiyalar asosan Piter
Draker va Manuel Kastels tadqiqotlari natijalari bilan
chambarchas

bog'liq.

P.Draker

o'zining

“Kapitalizmdan

keyingi

jamiyat”

kitobida

axborotlashuv

konsepsiyasini

keltirib

o'tgan.

Konsepsiyaning mohiyati an'anaviy kapitalizmni
yengib o'tish g'oyasidan iborat. Ushbu konsepsiyaga
asosan, yuz berayotgan siljishning asosiy belgilari
industrial xo'jalikdan bilimlar va axborotga asoslangan
iqtisodiy tizimga kirib borish, kapitalistik xususiy
mulkchilikdan voz kechish, hozirgi zamon odami
uchun yangi qadriyatlarni yaratish, iqtisodiyot va
jamiyatdagi globallashuv jarayonlari ta'sirida milliy
davlatning o'zgarishi nazarda tutilgan

10

.

M.Kastels o'z fikr-mulohazalarining tayanch

nuqtasi qilib global iqtisodiyotni hamda xalqaro
moliyaviy bozorlarni olib, ularni shakllanayotgan
yangi dunyoning asosiy belgilari sifatida qo'llaydi.
Ya'ni, fundamental tadqiqotida yangi jamiyat
asoslarini

shakllantirishga

olib

boruvchi

tendensiyalarni chuqur va har tomonlama tahlil
qilishga bag'ishlagan. Unda olim tilga olgan jamiyatni
“tarmoqli”

11

deb atagan. Axborot o'z tabiati bo'yicha

shunday resurski, uning uchun hech qanday to'siq,
g'ov, chegara pisand emas, shu fazilatidan kelib
chiqib, olim axborotlashuv erasini globallashuv deb
ataydi. Shu bilan birga, tarmoqli tarkiblar jamiyat
globallashuvining ham vositasi, ham natijasi bo'lib
qoladi. A.I.Rakitov o'z asarlarida, axborotlashgan
jamiyatga o'tish jarayonini ishlab chiqarish va
xizmatlar,

bilimlardan

foydalanish

ijtimoiy

faoliyatning eng muhim mahsulotiga aylanishini
ko'zda tutadi. Shuni ta'kidlash kerakki, bilimlarning
jamiyatda tutgan o'rni tobora oshaveradi. Mualifning
fikricha, “to'plangan va ishlovdagi axborotning hajmi
va sifati, shuningdek uning qoyilmaqom qilib
uzatilishi

va

qayta

ishlash

imkoniyatlari

axborotlashgan jamiyatning asosiy me'yorlari bo'lib
xizmat qilishi mumkin

12

. N.Moiseev jamiyatdagi

bunday murakkab o'zgarishlarni tahlil qilib, quyidagi
xulosaga keladi: “Axborotlashgan jamiyatning qaror
topishi bifurkatsion xususiyatga ega bo'ladi. Ya'ni
taraqqiyot asoslarining sifatiy o'zgarishi, jamiyatdagi
munosabatlarning ijtimoiy tabiati har qanday ijtimoiy
injeneriyani rad etsa ham, kutilayotgan xavfdan ko'z
yumolmaymiz.

Har

qanday

inqilobiy

jarayon

kabi

axborotlashgan jamiyatga o'tish ham kutilmagan
oqibatlarga olib kelishi mumkin”

13

. Darhaqiqat,

axborotlashgan jamiyatning shakllanishi davlat va

10

Дракер П. Посткапиталистическое общество. – СПб.,

1999.

11

Кастельс М. Информационная эпоха: экономика,

общество и культура. (перевод с анг.) – Москва, 2000.

12

Цифровизация [Электронный ресурс] // Викисловарь.

Режим

доступа:

https://ru.wiktionary.org/

wiki/цифровизация (хавола вақти: 15.03.2018)

13

Моисеев Н. Информационное общество: возможность

и реальность.– Москва: АСТ, 2004.


background image

jamiyatlar hayotining barcha sohalarida jiddiy
o'zgarishlarga olib kelmoqda. Albatta, axborotlashgan
jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter
texnikasi

va

kompyuter

tarmoqlari,

axborot

texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosida
turli xil tizimlar tashkil etadi. Shu sababli ham
axborotlashgan jamiyat - jamiyatning ko'pchilik
a'zolari axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo'lishi
bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va
amalga oshirish bilan band bo'lgan jamiyatdir. Ushbu
jamiyatning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan
iborat: jamiyatda axborot, bilim va axborot
texnologiyalarining

rolini

oshirish;

axborot

texnologiyalari, aloqa va axborot mahsulotlari va
xizmatlarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchilar
sonining ko'payishi, ularning yalpi ichki mahsulotdagi
ulushining ko'payishi; telefoniya, radio, televidenie,
Internet, shuningdek an'anaviy va elektron ommaviy
axborot vositalaridan foydalangan holda jamiyatni
axborotlashtirishni kuchaytirish; global axborot
makonini yaratish, bunda: odamlarning samarali
o'zaro

hamkorligi;

ularning

jahon

axborot

resurslaridan foydalanish imkoniyatlari; ularning
axborot

mahsulotlari

va

xizmatlariga

bo'lgan

ehtiyojlarini qondirish.

Mamlakatimizda demokratik tamoyillarga

asoslangan

axborotlashgan

jamiyatni

shakllantirishning

ijtimoiy,

iqtisodiy,

huquqiy,

texnologik shart-sharoitlari yaratilmoqda. Harakatlar
strategiyasida axborot sohasida shaxs, jamiyat va
davlat manfaatlarini muhofaza qilish, axborot
texnologiyalari va kommunikatsiya sohasini yanada
takomillashtirish,

elektron

hukumat,

raqamli

iqtisodiyot,

telekommunikatsiya

infratuzilmasini

rivojlantirish, axborot tahdidlariga qarshi kurashish va
“axborot xavfsizligini ta'minlashga alohida e'tibor
qaratish”

14

mamlakatni rivojlantirishning ustuvor

yo'nalishlari sifatida belgilangan. Ayniqsa, bu borada
“Raqamli O'zbekiston - 2030” dasturini hayotga tatbiq
etish

15

zaruriyati dolzarb masalaga aylanmoqda.

Darhaqiqat,

raqamli

texnologiyalar

asta-sekin

kundalik hayotning har bir sohasini ajralmas qismiga
aylanib bormoqda.

Bugungi kunda hayotning barcha sohalari

faoliyatini elektron, kompyuter, tarmoq va boshqa
muhim avtomatlashtirilgan texnologiyalarsiz tasavvur
qilish qiyin. Aloqa va xarid qilishdan tortib, mahsulot
ishlab chiqarish va kompaniyaning mustaqil "ishi"ga
qadar hamma narsa raqamli muhitga o'tmoqda. Shu
sababdan, jahon iqtisodiyoti rivojlanishining yangi
paradigmasida

raqamli

texnologiyalar

ijtimoiy

farovonlikning o'sishini belgilaydigan asosiy ishlab
chiqarish manbai sifatida qaraladi. Shuni ta'kidlash

14

O'zbekiston

Respublikasi

Prezidenti

Shavkat

Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. - Toshkent:
O'zbekiston, 2018.

15

O'zbekiston

Respublikasi

Prezidenti

Shavkat

Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. - Toshkent:
O'zbekiston, 2018.

16

Цифровизация [Электронный ресурс] // Викисловарь.

Режим

доступа:

https://ru.wiktionary.org/

wiki/цифровизация (хавола вақти: 15.03.2018)

kerakki, O'zbekistonning kelgusi taraqqiyotini ilmfan,
ilmiy, ijtimoiy-gumanitar texnologiyalar, raqamli
iqtisodiyot asosida boshqarish tashkil etadi. Harakatlar
strategiyasini amalga oshirishda axborotni yaratish,
qayta ishlash, almashish va uzatish texnologiyalariga
asoslangan

raqamlashtirish

jarayonlari

amalga

oshirilmoqda. Darhaqiqat, zamonaviy dunyo yangi
texnologiyalar rivojlanishining navbatdagi bosqichiga
o'tdi. Ya'ni, birinchisi, bug' dvigatelini yaratish;
ikkinchisi

-

elektrlashtirish;

uchinchisi

-

axborotlashtirish; to'rtinchisi - raqamlashtirish, ya'ni
katta ma'lumotlar va unga asoslangan texnologiyalar
davri.

Raqamlashtirish

tushunchasi

"raqamli

vositalar yordamida aloqa, yozuv, ma'lumotlarni
uzatishning

raqamli

usuli"dir

16

.

Darhaqiqat,

raqamlashtirish jarayonida ma'lumotlarning sifati va
mazmunida hech qanday o'zgarish bo'lmaydi,
shunchaki raqamli formatda keyinchalik qayta ishlash
uchun elektron shaklga aylantiriladi. Bu bizga mavjud
bo'lgan biznesjarayonlarni ularga raqamli formatga
ma'lumot qo'shish orqali takomillashtirishga imkon
beradi.

Hozirgi vaqtda "raqamlashtirish" atamasi tor

va keng ma'noda qo'llanilmoqda. Tor ma'noda
raqamlashtirish

axborotning

raqamli

shaklga

aylanishini anglatadi, bu ko'p holatlarda xarajatlarning
pasayishiga, yangi imkoniyatlarning paydo bo'lishiga
olib keladi. Keng ma'noda «raqamlashtirish» jarayoni,
odatda, raqamli texnologiyalarni keng qo'llash va
assimilyatsiya qilish tashabbusi bilan boshlangan
ijtimoiy-iqtisodiy

o'zgarishni

anglatadi.

Unga

axborotni yaratish, qayta ishlab almashish va uzatish
texnologiyalari

kiradi.

A.Marey

fikricha,

“raqamlashtirish - bu bizning fikrlash tarzimiz,
harakatimiz, atrof-muhit va bir-birimiz bilan aloqa
qilishimizning paradigmal o'zgarishi”

17

[21]. Ya'ni,

raqamlashtirish

aloqa

va

o'zaro

munosabat

paradigmasining

o'zgarishidir.

E.L.Vartanova,

M.I.Makseenko, S.S.Smirnovlar ta'kidlashlaricha,
raqamlashtirish

“bu

nafaqat

ma'lumotni

raqamlashtirish, balki infratuzilmaviy, boshqaruv,
xulq-atvor, madaniy tabiatning kompleks yechimi”

18

.

Ya'ni, Internet va mobil aloqani rivojlantirish
raqamlashtirishning asosiy texnologiyalari degan
xulosaga kelish mumkin.

Jahon iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining

hozirgi bosqichi raqamlashtirishga sezilarli ta'sir
ko'rsatmoqda.

Axborotlashtirish

va

kompyuterlashtirishni almashtirgan dunyo ijtimoiy
rivojlanishidagi

yangi

tendensiya

sifatida,

u

quyidagilar bilan tavsiflanadi - ma'lumotlarning
raqamli taqdimoti asosida, bir mamlakatning ham,

17

Marey A. Tsifrovizatsiya kak izmenenie paradigmy

[Elektronnyy

resurs].

—Rezhim

dostupa:

https://www.bcg.com/ru-
ru/about/bcgreview/digitalization.aspx

(хавола

вақти:

15.03.2020).

18

Тоффлер Э. Шок будущего. – Москва: АСТ, 2001

.


background image

butun dunyoning iqtisodiy va ijtimoiy hayoti
miqyosida iqtisodiyot samaradorligi oshishi va hayot
sifati yaxshilanishiga olib keladi. Bugungi kunda
axborot va bilim jamiyat taraqqiyotining asosi bo'lib,
unga

an'anaviy

tushunchalar

va

modellar

qo'llanilmaydi.

L.V.Shmelkova

ta'kidlaganidek,

raqamli iqtisodiyotga mos keladigan shaxsning eng
muhim xususiyati bu raqamli texnologiyalarga egalik
qilish va ularni kasbiy faoliyatda qo'llashdir. Raqamli
texnologiyalar, bir tomondan, ishlab chiqarish hajmi
va samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi,
boshqa tomondan, ular turli sohalarda individual
yondashishga imkon beradi.

Raqamli tarmoqlarda rivojlanayotgan jamiyat

uchun sifat jihatidan o'zgargan xususiyatlarni yaratib,
axborot-kommunikatsion tusdagi yangi madaniy
amaliyotlarning shakllanishi amalga oshirilmoqda,
bunda shaxsning erkinligi, uning madaniy o'zini o'zi
identifikatsiyasi va virtual muhitda o'zini namoyon
qilish imkoniyatlari har xil tushuniladi. Albatta,
raqamli madaniyat inson hayotining ma'nolari va
qadriyatlariga tubdan ta'sir ko'rsatishi, jamiyat
madaniyatining ixtisoslashgan va kundalik darajalari
o'rtasidagi munosabatlarni o'zgartirishi, turmush tarzi
va turmush tarziga muhim o'zgartirishlar kiritishi
mumkin.

Raqamlashtirish

nafaqat

ijtimoiy

rivojlanishning, balki dunyo iqtisodiyotining iqtisodiy
o'sishida ham hal qiluvchi omilga aylanmoqda.
Alohida raqamli texnologiyalarni joriy etishdan global
va milliy iqtisodiyot doirasida raqamli ekotizimni
qurishga o'tish mavjud. Ushbu tendensiya barcha
mamlakatlarda raqamlashtirish jarayoni ishtirokchilari
- davlat hokimiyati organlari, biznes, o'quv
muassasalari, sanoat korxonalari va moliyaviy
institutlar o'rtasida samarali hamkorlik zarurligini aks
ettiradi.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish nafaqat

alohida iqtisodiy tizimlar uchun, balki butun davlat
uchun ustuvor vazifa hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotni
raqamlashtirish allaqachon ko'pgina mamlakatlar
iqtisodiy rivojlanishining muhim tarkibiy qismiga
aylandi. Shu sababli, “iqtisodiyotni raqamlashtirish
uni

axborotlashtirishning

yanada

fundamental

zamonaviy shaklidir”

19

. Raqamli iqtisodiyot -

iqtisodiyotning

ajralmas

qismi

bo'lib,

unda

axborotlashgan jamiyatining asosiy ko'rsatkichlarini
tavsiflovchi sub'ektlarning bilimlari va nomoddiy
ishlab chiqarishlar ustunlik qiladi.

Raqamli iqtisodiyot - bu O'zbekiston

rivojlanishi uchun yangi paradigmani belgilaydigan
global tendensiyadir. Bunda asosiy vazifalardan biri -
insonlarni

mamlakatda

yuz

berayotgan

raqamlashtirish jarayonlariga ilmiy, amaliy va
fuqarolik qarashlarini yetkazish, iqtisodiy o'sish uchun
imkoniyatlarni izlash, integratsiya va ulkan sinergetik
effektga erishish orqali hayot darajasi va sifatini
yaxshilash zarur. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotda
tashkilotlarning va birinchi navbatda iqtisodiyotning
real sektori korxonalarining zamonaviy kompyuter va
axborot tizimlaridan foydalanishi ularning samarali

19

Plotnikov V.A. Ishlab chiqarishni raqamlashtirish:

Rossiya iqtisodiyotidagi nazariy mohiyat va rivojlanish

faoliyat ko'rsatishi uchun muhim shartdir. Aytish
kerakki, ijtimoiy rivojlanishda raqamlashtirish va
iqtisodiyotni raqamli o'zgartirish ta'lim tizimiga ham
o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Bu esa ta'lim sohasida
raqamli ko'nikmalarni shakllantirish va ulardan
foydalanish

zaruriyatini,

raqamli

voqelikni

o'zlashtirishning yangi shakllarini moslashtirish va
rivojlantirishni talab qilmoqda.

Shuningdek,

ijtimoiy

rivojlanishning

zamonaviy manbalaridan biri uzluksiz kasbiy ta'lim
tizimini tashkil etish, aholi bilimlarini faol ravishda
yangilash va talab qilinadigan kompetensiyalarni
shakllantirish zaruriyatini vujudga keltirmoqda.
Albatta, zamonaviy ilmiy adabiyotlarda keltirilgan
"raqamli

iqtisodiyot",

"bilimlar

iqtisodiyoti",

"axborotlashgan jamiyat" tushunchalari eski sanoat
paradigmasi o'rnini bosadigan yangi ijtimoiy-iqtisodiy
tizimni shakllantiradi. Shu sababli dunyoning
rivojlangan davlatlari raqamli iqtisodiyot, tizimli
axborotlashgan jamiyat va bilim iqtisodiyotining
tizimli elementlarining uyg'un rivojlanishiga katta
e'tibor bermoqdalar. Shu o'rinda aytish kerakki,
raqamli jamiyat - bu global loyiha bo'lib, uning
maqsadi global telekommunikatsiya tarmoqlari orqali
ma'lumot yig'adigan, ishlaydigan, ishlab chiqaradigan
va tarqatadigan mikroelektronika, mahalliy va global
kompyuter tarmoqlaridan foydalanishga asoslangan
axborot-kommunikatsiya

texnologiyalaridan

foydalangan holda boshqariladigan yangi jamiyatni
yaratishdir.

Darhaqiqat, raqamli jamiyat mohiyatan

tarmoqli axborotlashgan jamiyati deyish mumkin.
Darhaqiqat,

raqamli

o'zgarishlarning

maqsadi

iqtisodiy munosabatlarning yangi versiyasi (raqamli
iqtisodiyot),

jamiyat

va

davlat

o'rtasidagi

munosabatlarning yangi darajasi (raqamli hukumat),
yuqori texnologiyali infratuzilmani (raqamli makon)
yaratishdir. Raqamli jamiyat qurish tamoyillari 2030
yilgacha quyidagilar bo'lishi mumkin: raqamli milliy
suverenitetni qo'llab-quvvatlash; raqamli aktivlardan
har bir sub'ektning bepul, teng va kamsitishsiz
foydalanishi;

milliy

raqamli

texnologiyalardan

foydalanishning ustunligi; yagona raqamli makon
mavjudligi; fanlarning raqamli kompetensiyalarini
rivojlantirish, yagona bilim tizimini shakllantirish;
an'anaviy, ijtimoiy, milliy qadriyatlar va madaniyatni
saqlab qolgan holda yangi raqamli qadriyatlar va
madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish.

Shunday qilib, raqamli jamiyat murakkab

ko'p o'lchovli tizim sifatida ongli ravishda, aniq va bir
xil ma'noda me'moriy prinsiplarga asoslangan tizimli
yondashuvni qo'llash orqali tushunilishi, raqamli
jamiyatni bashorat qilingan qonuniy, tashkiliy va
texnologik vositalar orqali ko'rish, xuddi shu
prognozlardan foydalanib, tarkibiy qismlarni bir-biri
bilan bog'lab, raqamli jamiyatning yagona modelini
shakllantirish mumkin. Xulosa qilib aytganda,
bugungi kunda raqamli texnologiyalar va tarmoq
effektlari jahon iqtisodiy tizimining barcha sub'ektlari
ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining

istiqbollari

//

SanktPeterburg

davlat

iqtisodiyot

universitetining yangiliklari, 2018 . - №4 (112).


background image

ajralmas qismi va umuman ijtimoiy taraqqiyot
asosidir.

O'zbekiston,

dunyoning

aksariyat

mamlakatlari singari, hayotning barcha sohalarida
bilim, fan, texnika va axborotning muhim roli bilan
ajralib turadigan boshqa texnologik inqilob, yangi
sivilizatsiyaning paydo bo'lishi arafasida. Zero,
hozirgi murakkab davrda O'zbekiston uchun an'anaviy
iqtisodiyotni imkon qadar zamonaviy axborot,
intellektual, raqamli iqtisodiyotga aylantirish juda
muhimdir. Bu esa rivojlanish yo'lidir. Aks holda,
keyingi ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlar natijada siyosiy
nomutanosiblik muqarrar bo'lib, bu o'z navbatida
ijobiy teskari aloqa sifatida harakat qilishi va
mamlakatni texnologik, keyin esa ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanayotgan mamlakatlardan orqada qoldirishi
mumkin.

FOYDALANILGAN

ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoevning

Oliy

Majlisga

Murojaatnomasi. - Toshkent: O'zbekiston,
2018.

2.

Всемирный

Саммит

по

Информационному обществу (WSIS) –
http://www.wisis.org/;

http://www.unesco.org/wsisdirectory

3.

Программы ЮНЕСКО «Информация для
всех» / http://ww.unesco.org/webworld/ifap;

www.ifar.ru

4.

Хартия глобального информационного
общества/

http://www.ifap.ru/ofdocs/okinhar.htm

5.

Астафьева

О.Н.

Виртуальные

сообщества: «сетевая» идентичность и
развитие

личности

в

сетевых

пространствах // Вестник Харьковский
националный ун-та им. В. Н. Каразина
«POST OFFICE. Образи часу – образи с
свiту». Серия: Теория культуры и
философия науки. 2007. № 776.

6.

Белл Д. Грядущее постиндустриальное
общество.

Опыт

социального

прогнозирования. – Москва: Аkademia,
1999.

7.

Введение в «Цифровую» экономику / А.
В. Кешелава, В. Г. Буданов, В. Ю.
Румянцев [и др.] ; под общ. ред. А. В.
Кешелава; гл. «цифр.» конс. И. А.
Зимненко. — ВНИИ Геосистем, 2017.

8.

Дракер

П.

Посткапиталистическое

общество. – СПб., 1999.

9.

Забелина

О.В.,

Мальцева

А.В.,

Мирзабалаева

Ф.И.

Установки

работающего населения России на

непрерывное

профессиональное

образование // Креативная экономика.
2019. Том 13. №4.

10.

Исследование

российского

рынка

онлайн-образования и образовательных
технологий [Электронный ресурс]. –
Режим доступа: https://edmarket.digital/
(хавола вақти: 15.04.2020).

11.

Кастельс М. Информационная эпоха:
экономика,

общество

и

культура.

(перевод с анг.) – Москва, 2000.

12.

Масуда Й. Информационное общество
как постиндустриальное общество. –
Москва, 1981.

13.

Махлуп

Ф.

Производство

и

распространение знаний в США. –
Москва, 1966.

14.

Моисеев Н. Информационное общество:
возможность и реальность.– Москва:
АСТ, 2004.

15.

Plotnikov

V.A.

Ishlab

chiqarishni

raqamlashtirish: Rossiya iqtisodiyotidagi
nazariy mohiyat va rivojlanish istiqbollari //
SanktPeterburg

davlat

iqtisodiyot

universitetining yangiliklari, 2018 . - №4
(112).

16.

Ракитов

А.И.

Информатизация:

состояние,

структура,

перспективы

(Перспективы

информатизации

общества). – Москва, 1990.

17.

Тоффлер Э. Шок будущего. – Москва:
АСТ, 2001.

18.

G'ulomov S., Shermuhamedov A., Begalov
B.

Axborotlashgan

jamiyatning

mujassamlanishi // O'zbekiston iqtisodiy
axborotnomasi. - Toshkent, 1999. Yanvar-
fevral.

19.

Цифровизация [Электронный ресурс] //
Викисловарь.

Режим

доступа:

https://ru.wiktionary.org/
wiki/цифровизация

(хавола

вақти:

15.03.2018)

20.

Marey A. Tsifrovizatsiya kak izmenenie
paradigmy [Elektronnyy resurs]. —Rezhim
dostupa:

https://www.bcg.com/ru-

ru/about/bcgreview/digitalization.aspx
(хавола вақти: 15.03.2020).

21.

http://infocom.uz/2006/04/03/oon-
obyavila-17-maya-vsemirnyim-
dneminformatsionnogo-obschestva/ Хавола
13.03.2019

References

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2018.

Всемирный Саммит по Информационному обществу (WSIS) – http://www.wisis.org/; http://www.unesco.org/wsisdirectory

Программы ЮНЕСКО «Информация для всех» / http://ww.unesco.org/webworld/ifap; www.ifar.ru

Хартия глобального информационного общества/ http://www.ifap.ru/ofdocs/okinhar.htm

Астафьева О.Н. Виртуальные сообщества: «сетевая» идентичность и развитие личности в сетевых пространствах // Вестник Харьковский националный ун-та им. В. Н. Каразина «POST OFFICE. Образи часу – образи с свiту». Серия: Теория культуры и философия науки. 2007. № 776.

Белл Д. Грядущее постиндустриальное общество. Опыт социального прогнозирования. – Москва: Аkademia, 1999.

Введение в «Цифровую» экономику / А. В. Кешелава, В. Г. Буданов, В. Ю. Румянцев [и др.] ; под общ. ред. А. В. Кешелава; гл. «цифр.» конс. И. А. Зимненко. — ВНИИ Геосистем, 2017.

Дракер П. Посткапиталистическое общество. – СПб., 1999.

Забелина О.В., Мальцева А.В., Мирзабалаева Ф.И. Установки работающего населения России на непрерывное профессиональное образование // Креативная экономика. 2019. Том 13. №4.

Исследование российского рынка онлайн-образования и образовательных технологий [Электронный ресурс]. – Режим доступа: https://edmarket.digital/ (хавола вақти: 15.04.2020).

Кастельс М. Информационная эпоха: экономика, общество и культура. (перевод с анг.) – Москва, 2000.

Масуда Й. Информационное общество как постиндустриальное общество. – Москва, 1981.

Махлуп Ф. Производство и распространение знаний в США. – Москва, 1966.

Моисеев Н. Информационное общество: возможность и реальность.– Москва: АСТ, 2004.

Plotnikov V.A. Ishlab chiqarishni raqamlashtirish: Rossiya iqtisodiyotidagi nazariy mohiyat va rivojlanish istiqbollari // SanktPeterburg davlat iqtisodiyot universitetining yangiliklari, 2018 . - №4 (112).

Ракитов А.И. Информатизация: состояние, структура, перспективы (Перспективы информатизации общества). – Москва, 1990.

Тоффлер Э. Шок будущего. – Москва: АСТ, 2001.

G'ulomov S., Shermuhamedov A., Begalov B. Axborotlashgan jamiyatning mujassamlanishi // O'zbekiston iqtisodiy axborotnomasi. - Toshkent, 1999. Yanvar-fevral.

Цифровизация [Электронный ресурс] // Викисловарь. — Режим доступа: https://ru.wiktionary.org/ wiki/цифровизация (хавола вақти: 15.03.2018)

Marey A. Tsifrovizatsiya kak izmenenie paradigmy [Elektronnyy resurs]. —Rezhim dostupa: https://www.bcg.com/ru-ru/about/bcgreview/digitalization.aspx (хавола вақти: 15.03.2020).

http://infocom.uz/2006/04/03/oon-obyavila-17-maya-vsemirnyim-dneminformatsionnogo-obschestva/ Хавола 13.03.2019

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов