“Yangi Oʻzbekiston -2023” strategiyasining pedagogik

HAC
Google Scholar
To share
Malikova, D. (2024). “Yangi Oʻzbekiston -2023” strategiyasining pedagogik. Modern Science and Research, 3(1), 1–4. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28173
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada talabalarda islohatlarga daxldorlik fazilatini rivojlantirishning ahamiyati, shu bilan birga buyuk mutafakkirlarnnig hayotiy tajribalaridan daxldorlik tuygʻusiga oid misollar keltirib oʻtilgan. Kelajagimiz boʻlmish yoshlarda islohatlarga daxldorlik tuygʻusini shakllantirish metodlari muhokama eiladi.


background image

“Yangi Oʻzbekiston -2023” strategiyasining pedagogik

Dildoraxon Qobilovna Malikova

Toshkent amaliy fanlar universiteti,oʻqituvchi, е-mail:

soul_db@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.10467060

Annotatsiya:

Maqolada talabalarda islohatlarga daxldorlik fazilatini rivojlantirishning ahamiyati, shu bilan birga

buyuk mutafakkirlarnnig hayotiy tajribalaridan daxldorlik tuygʻusiga oid misollar keltirib oʻtilgan. Kelajagimiz
boʻlmish yoshlarda islohatlarga daxldorlik tuygʻusini shakllantirish metodlari muhokama eiladi.


Kalit soʻzlar:

daxldorlik,

strategiya, maʼnaviyat, tarbiya, maʼrifat, fazilat, odob- axloq.

Oʻsib kelayotgan avlodda islohatlarga
daxldorlikni

shakllantirish,

ularning

ijtimoiy

faollikka,

mafkuraviy

kurashchanlikka

ragʻbatlantirishning ilmiy-pedagogik yechimlarini
yaratishni taqazo etmoqda. Shu bois talaba
yoshlarimizni

mamlakatimizda

boʻlayotgan

oʻzgarish, hayot, islohatlarga nisbatan dahldorlik
fazilatini shakllantirish, turli tahdidlarga nisbatan
doimo ogoh boʻlish, asl qadriyatlarni qadrlash, milliy
madaniyatni “ommaviy madaniyat” dan ajratib olish
va

shu

orqali

inson

maʼnaviyati

hamda

dunyoqarashini shakllantirishni ijtimoiy-pedagogik
tahlil qilib, ilmiy asoslash dolzarb vazifaga aylandi.
Har bir millat oʻziga xos xususiyatlari va
mentalitetiga ega ekan, ajdodlar milliy, maʼnaviy
merosi taraqqiyot va istiqbol uchun asosiy manba
hisoblanadi. Oʻz negizlari asosida rivojlanish
yoʻlidan bormaydigan millat istiqbolda, oʻzligini
yoʻqotadi

1

.

Bunda, millatning oʻz negizlariga tayanib
rivojlanishini hisobga olish, amal qilish zarur.
Daxldorlik tuygʻusi bilan yashaydigan insonlar
oʻzlaridagi maʼnaviy fazilatlarni boshqalarga ifoda
etishga qodir boʻladi

2

.

Ular oʻzlaridagi bor ijobiylik va ezgu sifatlarni
boshqalarga ifoda etibgina qolmay, mayoq kabi
ularning qalbi, ruhiyati va tafakkurini maʼrifat ziyosi
bilan yoritadi. Xalqaro tashkilotlar, jumladan,
Shanxay hamkorlik tashkilotlari, BMT Xavfsizlik
Kengashi, dunyoning yetakchi ilmiy-tadqiqot hamda

1

Milliy istiqlol gʻoyasi: asosiy tushuncha

va tamoyillar. I.Ergashev tahriri
ostida.,2005.

2

Luqmoni Hakimdan oʻgʻliga 365 oʻgit., 2016.

taʼlim muassasalarida olib borilayotgan tadqiqotlarda
daxldorlik, ogohlik, xushyorlikni oshirish masalalari
yetakchi oʻrinni egaylaydi. Mamlakatimizda yosh
avlodning jismoniy, intelektual va axloqiy jihatdan
kamol topishiga koʻmaklashish, ularni qonunlarga,
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida
tarbiyalash kabi ustuvor yoʻnalishlarni keng targʻib
qilishga

qaratilgan

tizimli

ishlar

amalga

oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish boʻyicha, Harakatlar strategiyasida
“jismonan sogʻlom, ruhan va aqlan rivojlangan,
mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qatʼiy hayotiy
nuqtayi

nazarga

ega

yoshlarni

tarbiyalash,

demokratik islohatlarni chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy
faolligini oshirish”

3

kabi ustuvor vazifalar belgilab

berilgan. Natijada yoshlarimizni yon atrofda yuz
berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish,
tinch-osoyishta hayotimizga xavf tugʻdirishi mumkin
boʻlgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish
boʻyicha talabalarda islohatlarga daxldorlik fazilatini
rivojlantirish boʻyicha nazariy metodik ishlar
takomillashtiriladi.Fuqarolik

jamiyatini

qaror

toptirish

xalqimizning

maʼnaviy

fazilatlari

yuksalishiga bogʻliq.Biroq globallashuv sharoitida
maʼnaviyatga qarshi taʼsir qiluvchi ulkan muammo
yuzaga kelmoqda. Terrorizm, missionerlik, diniy
ekstremizm, “ommaviy madaniyat”, gedonizm,
eskapizm, daunshifting, laqaydlik, befarqlik, axborot
xuruji va oilaning global inqirozi kabi illatlarning

3

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil

7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi
toʻgʻrisila”gi Farmoni//Oʻzbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari toʻplami,2017-yil, 6-son


background image

paydo boʻlayotgani shular jumlasidan.Ularning
barchasiga

yoshlar

tarbiyasidagi

kamchiliklar,

maʼnaviyatning qashshoqlashuvi sabab boʻlmoqda.
Fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonida daxldorlik
tarbiyasiga yetarli darajada eʼtibor qaratmasligi
oqibatida shunday jarayon yuz bermoqda. Ana
shunday global inqirozning mamlakatimiz yoshlariga
taʼsiri mavjud va buni oʻz vaqtida anglab olish oʻta
muhim. Mana shuning uchun yoshlarda loqaydlikka
qarshi daxldorlik talab etiladi. “Daxldorlik”
tushunchasi umumiy leksik maʼnoda “Oʻzbegim
Dasturlari” tahririda "kim“igiga qaramasdan”,
“soʻzida turmoq”, “tegishli boʻlish”, “eʼtiborga,
nazarga

olish”,

“yuz-xotir

qilish,

yuzidan

oʻtolmaslik”, “oʻz ehtiromini tasdiqlamoq”, “Oʻzini
hurmat qilmoq”,“hurmat qilmoq”, “har tomonlama
hurmat qilish”, “hurmatli boʻlish” shakllarida

4

, ingliz

tilida esa bu tushuncha complicity

5

, participat

6

soʻzlari orqali “birga qilish”, “ishtirok”, “ishtirok
etish” , “qatnashchi” maʼnolarida keladi. Daxldorlik
jinoyat huquqi sohasida keng foydalanib kelinadi,
yaʼni, “jinoyatga daxldorlik” tushunchasi mavjud.
Yoki bir narsani boshqa narsaga,biror kishining
boshqa kishiga nisbatan taʼsir koʻrsatishi daxl
deyilishi, masalan, bir davlat ikkinchi davlatga, yoki
bir kishining boshqa kishi hayotiga daxl qilishi
shakllarida

qoʻllaniladi.Ruscha-oʻzbekcha

lugʻatlarda daxldorlik (относящийся ) – talluqlilik,
tegishlilik, daxl qilmoq, taalluqli degan maʼnolarda
berilgan. “Daxldorlik” tushunchasining mohiyatini
ochib beruvchi soʻzlardan biri – mudoxola boʻlib,
arab tilida “aralashish”, biror ishga aralashuvini
bildiradi. Daxldorlik fazilatining ziddi boʻlgan
loqaydlik, egotsentrizm, eskapizm, daunshifting
gʻoyalarini targʻib qiluvchi tushunchalarni kiritish
mumkin. Loqaydlik tushunchasi arab tilida boʻlib,
ahamiyat, eʼtibor bermaslik, beparvolik, qiziqmaslik,
befarqlik maʼnolarida keladi

7

.

Insoniyat boshiga uzoq-yaqin tarixda qancha
kulfat, kasofat tushgan boʻlsa, odamlarning oʻz
hayotiga, taqdiriga loqaydligi, beparvoligi sabab
boʻlgan. Egotsentrizm ( lotinchada ego- men ,
centrum – markaz, oʻrtalik) manmanlik va xudbinlik
(egoizm)ning yuqori darajasi boʻlib, u shaxsning
faqat oʻz qiziqish doirasida bogʻlanib qolish,
boshqalarning fikri bilan hisoblashmay, faqat oʻz

4

“Oʻzbegim Dasturlari” elektron lugʻat dasturi

5

Inglizcha-oʻzbekcha

lugʻat.15000

soʻz.(

Tuzuvchilar:

Gʻ.Rahmonov,

A.Aʼzimov,

D.Kidirbekova). –T.: “Talqin” nashriyoti, 2014. -
B.62

6

Inglizcha-oʻzbekcha

lugʻat.15000

soʻz.(

Tuzuvchilar:

Gʻ.Rahmonov,

A.Aʼzimov,

fikrlari va shaxsiyatini yuqori qoʻyishdan iborat
xislati

8

. Eskapizm (inglizcha escape – qochish,

yashirinish, zohidlik, tarki dunyochilik) yoki
odamning kundalik hayotidan oʻz hayollari
dunyosiga bosh olib ketishi. Odamning real hayotdan
qochishi, odamlar bilan kelisha olmasligi, koʻpincha
yirik oʻzgarishlar, islohatldar davrida uchraydi.
Eskapizm faol va passiv shakllarda uchraydi. Faol
eskapizmda odam kino koʻrishga, oʻyinga ruju
qoʻyishi, alkogol, narkotiklarga, meditatsiyaga
berilishi bunga misol boʻlishi mumkin. Passiv
eskapizmda esa, odamning uzlatga chekinishi,
odamlar orasida yashab turib, jamiyat qadriyatlariga,
mamlakt hayotiga qiziqmay, muammolariga befarq,
daxldorlik xissidan begona, oʻz hayollariga choʻmib
yashashi

mumkin.

Daunshifting

(

inglizcha

downshifting, avtomobil tezligini pasaytirish, u yoki
bu jarayonni sekinlashtirish, suslashtirish) termin
“oʻzi uchun yashash”, “boshqalar bilan bogʻliq
maqsadlarni rad etish” falsafasining maqsadini
ifodalaydi.Daunshifterlar jamiyat tomonidan qabul
qilingan

qadriyatlardan

yuzoʻgirgan,

umummanfaatlardan, jamiyat farovonligi, tinchligi
kabi qadriyatlar uchun mehnat qilish oʻrniga oʻzi
uchun yashashni ustun qoʻyadi. Demak, daxldorlik
fazilati odamning ijtimoiy mavjudot sifatidagi
manfaatlaridan kelib chiqib, oʻz funksiyasini
bajarishi yoki bajarmasligini belgilaydi. Bugungi
kunda loqaydlik tufayli tiklab boʻlmas ofat, jinoyat,
xalokatlar sodir boʻlmoqda, daxldorlikni har bir
Oʻzbekistonlik yosh yigit-qizning yetakchi fazilatiga
aylantirish oʻta muhim ijtimoiy-pedagogik zaruratga
aylandi.Talabalarda

daxldorlik

fazilatining

shakllanganligini uning namoyon boʻlish tarzlari,
shakllariga qarab qayd qilish mumkin. Biz yuqoridagi
tahlillardan kelib chiqqan xolda, ushbu fazilatning
namoyon

boʻlishini

koʻrsatuvchi

diagnostik

indikatorlarini ishlab chiqdik. Bugungi mafkuraviy
kurash avj olgan bir sharoitda yoshlarda , xususan
oʻtish davrini boshdan kechi rayotgan, hayotda oʻz
oʻrnini egallashga kirishayotgan, mustaqil hayotga
qadam tashlayotgan oliy taʼlim muassasalri
talabalarida daxldorlik tuy-usini tarbiyalash muhim
ijtimoiy-pedagogik

ahamiyat

kasb

etmoqda.

Talabalarda daxldorlik fazilatini shakllantirish bilan
bogʻliq pedagogik maqsadga erishish, ularda ushbu

D.Kidirbekova). –T.: “Talqin” nashriyoti, 2014. -
B.63

7

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Икки томлик. М.:

1981, 436 бет

8

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5-жилд. Э ҳарфи.

-Т.:”

Ўзбекистон миллий энциклопедияси”

Давлат илмий нашриёти


background image

fazilat talab etayotgan koʻnikma va malakalarini
vujudga keltirish, tarbiyalash va takomillashtirish
uzluksiz, bosqichma-bosqichli, murakkab jarayondir.
Shu sabli daxldorlik tarbiyasini ilmiy asosda tashkil
qilish masalasi pedagoglar malakasini oshirish tizimi
mazmuniga ham oʻzgartirish va yangiliklar kiritishni
taqazo qiladi. Oliy taʼlim muassasalarida olib
boriladigan

maʼnaviy-maʼrifiy

ishlarni:

-

rasmiyatchilik va balandparvozlik xolatlariga yoʻl
qoʻymasdan; - keng jamoatchilik vakillarini jalb
etgan xolda; - talabalarning qalbi va ongiga yetib
boradigan, ularning kayfiyatini koʻtaradigan; - yangi
marralar sari ilhomlantiradigan; - xalqchil va
taʼsirchan ruhda; - yangi ijodiy kuchlarni, isteʼdodli
yoshlarni jalb etgan xolda oʻtkazishga aloxida eʼtibor
qaratish vazifasi yuklatiladi. Yuqoridagi tahlillardan
kelib chiqib, oliy taʼlim muassasalarida taʼlim
olayotgan

yoshlarda

daxldorlik

tuygʻusini

rivojlantirishga oid maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar
oʻtkazishning boy imkoniyat va shart-sharoitlar
mavjud. Ushbu tadbirlarning maqsad va vazifalarini
belgilash jarayonida talabalarda daxldorlik tuygʻusini
shakllantirish maqsadini kiritish va shu maqsadga
erishish uchun barcha imkoniyatlarni aniqlab
daxldorlik fazilati shakllanganlik darajasini ilmiy
mezonlar asosida rivojlantirishga katta eʼtibor
qaratishimiz lozim. Biz talabalarning daxldorligi
nafaqat fikr, soʻzda, balki amaliy xatti-harakatlarda
namoyon boʻlishga erishishni taminlashga alohida
eʼtibor qaratdik. Bu maqsadga erishish, ayniqsa
hozirgi moddiy va maʼnaviy qadriyatlar uygʻunligi
talab etilayotgan bir paytda aksariyat mamlakatlarda
moddiy boylikning maʼnaviy boylikka nisbatan
ustivor boʻlib borayotgan bir sharoitda olib borishga
toʻgʻri keldi. Shu munosabat bilan, mamlakatimizda
barpo etilayotgan fuqarolik jamiyatini yanada
mustahkamlash maqsadidi oʻzida fuqarolik jamiyati
aʼzolariga xos yetakchi fazilatlar boʻlgan daxldorlikni
rivojlantirish,

barkamol

shaxsni

tarbiyalab

yetishtirish texnologiyalari ishlab chiqildi.
Bunda biz talabalarda oʻz fuqarolik burchlarini
chuqur anglashga, vatanparvarlikka, oʻz Vatani,
xalqi, mahallasining buguni, ertangi kuni uchun
daldor deb xisoblashga oʻrgatishga alohida eʼtibor
qaratdik.
1. Umuminsoniy maʼnaviy inqirozning sabablaridan
biri turli sabablarga koʻra insonlarda daxldorlik va
maʼnaviy yetuklik taʼminlamaganida, shunirngdek,
ijtimoiy-pedagogika

shu

paytgacha

daxldorlik

maslasini oʻz predmetiga aylantira olmaganligida va
buning natijasi oʻlaroq, laqaydlik va befarqlik keng
tarqalayotgani namoyon boʻladi.
2. Befarqlik va laqaydlik xalqimizning milliy
tarbiyaviy qadriyatlariga begona illatlardir. Yaʼni

qayerda daxldorlik tarbiyasiga loqayd qaralar ekan,
oʻsha yerda talabalar maʼnaviyati hulqida daxldorlik
susayib, loqaydlik, egotsentrizm, inglizm kuchayib
boradi. Biz farzandlarimizni ana shunday kishilarga
aylanib qolishidan asrashimiz lozim.
3. Daxldorlik fazilati hozirgi va kelajak avlodlarda
mustaxkam tarbiyalanishi va oʻzining ishonchli
samaralarini berishi uchun tarbiyaning ushbu
yoʻnalishi oliy taʼlim muassasalarida maqsadga
yoʻnaltirilgan

ustivor

tarbiya

yoʻnalishiga

aylantirilishini taqazo etadi. Daxldorlik tarbiyasi
stategiyasini belgilashda oliy taʼlim muasssasalarida
mavjud pedagogik, maʼnaviy va maʼrifiy resurslarni
ilmiy

pedagogik

oʻrganish,

mazkur

tizim

muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy gʻoyaviy tadbirlar
talabalarda daxldorlik fazilatini shakllantirish boy
imkoniyatlari mavjud ekanligini koʻrsatdi.
4. Talabalarda daxldorlik fazilatini shakllantirishda
ilmiylik tamoyili alohida axamiyat kab etadi. Ilmiy
texnologik yondashuv tamoyili birinchidan, ilmiy
yutuqlar, yaʼni bugungi kunda ijtimoiy-gumanitar
fanlar erishgan bilimlarni egallashlari, ikkinchidan,
ijtimoiy-gʻoyaviy hayotning barcha sohalarida
daxldorlik fazilatini rivojlantirishni ilmiy-amaliy
asosda tashkil qilishga zamin yaratadi.
5. Daxldorlik fazilatini rivojlantirishda vitagen
tajribalariga tayanish, hayot bilan chambarchas
bogʻlash orqali tarbi va tpʼlimning kundalik hayot,
Oʻzbekiston xalqining “ Milliy tiklanishdan milliy
yuksalish sari” gʻoyasini roʻyobga chiqarish bilan
chambarchas aloqasi taʼminlandi. Bu- daxldorlik
fazilatining haqqaniyligini, hayotiyligini koʻrsatdi.
6. Oliy taʼlim muassasasi, oila, mahalla, turar joylar,
maktabdan

tashqari

muassasalarning

ijtimoiy

xamkorligi – daxldorlik tarbiyasi samaradorligi
shartlaridan biri ekanligini koʻrsatadi.
7. Talabalarning yosh, milliy, maxalliy, ruhiy, jinsiy
va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish va
tarbiyalanganlik

mezonlari,

darajalarining

amaliyotga joriy qilinishi ham bevosita daxldorlik
fazilatini samaradorlik darajasini belgilaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017
yil 7 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini
yanada

rivojlantirish boʻyicha Harakatlar

strategiyasi toʻgʻrisila”gi Farmoni//Oʻzbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami,2017 yil,
6-son

2.

A.Qodirov, M.Quronov. “ Fazilatli avlod” 7-18
yoshli bolalarni maʼnaviy tarbiyalash boʻyicha
metodik tavsiyalar. Toshkent, 2019 yil

3.

Djurayev R.X, Inoyatova M.E. “Isteʼdodli
farzand tarbiyasi”//T.N. Qori Niyoziy nomidagi


background image

Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot
instituti . T.:2013 yil

4.

O.Bozorov “Milliy gʻoya va targʻibot
samaradorligi” “Maʼnaviyat” Toshkent2018yil

5.

Malikova

D.K.

“Yoshlarda

mafkuraviy

immunitet

va

gʻoyaviy

kurashchanlikni

shakllantirishning asosiy jihatlari” XXI asr –
intellektual yoshlar asri mavzusidagi Respublika
ilmiy va ilmiy-nazariy anjuman materiallari 24-
aprel 2021-yil

6.

M.Sharifxoʻjayev. Z.Davronov. “Maʼnaviyat
asoslari” T-2006yil

7.

Toʻraboyeva M.R. Technology of development
of students’ personal and creative competence
on the example of pedagogical sciences //
“European Journal of Research and Reflection
in Educational Sciences” Great Britain.
12/2020. Part 2.

8.

Malikova

D.Q.

Yoshlar

maʼnaviyatini

mustahkamlash ularni axborot xurujlariga qarshi
turishga oʻrgatish davlatimizning asosiy
vazifasi.“ХХI asrada ilm-fan taraqqiyotining
rivojlanish

istiqbollari

va

ularda

innovatsiyalarning tutgan oʻrni” mavzusidagi
respublika ilmiy 10-onlayn konferensiyasi
materiallari 3 qism, Tadqiqot.uz. Тошкент
ноябрь/2019.3-қисм,
DOI:https://doi.org/10.267339/online_10 / 2019
йил

9.

Shermanov E.U. Mafkuraviy kurash sharoitida
yoshlarda daxldorlik tuygʻusini shakllantirish.//
“Ommaviy

madaniyat”

maʼnaviyat

kushandasi.

Respublika

ilmiy

amaliy

konferensiyasi materiallari toʻplamii. – T.:2013-
yil

References

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisila”gi Farmoni//Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami,2017 yil, 6-son

A.Qodirov, M.Quronov. “ Fazilatli avlod” 7-18 yoshli bolalarni maʼnaviy tarbiyalash boʻyicha metodik tavsiyalar. Toshkent, 2019 yil

Djurayev R.X, Inoyatova M.E. “Isteʼdodli farzand tarbiyasi”//T.N. Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti . T.:2013 yil

O.Bozorov “Milliy gʻoya va targʻibot samaradorligi” “Maʼnaviyat” Toshkent2018yil

Malikova D.K. “Yoshlarda mafkuraviy immunitet va gʻoyaviy kurashchanlikni shakllantirishning asosiy jihatlari” XXI asr – intellektual yoshlar asri mavzusidagi Respublika ilmiy va ilmiy-nazariy anjuman materiallari 24-aprel 2021-yil

M.Sharifxoʻjayev. Z.Davronov. “Maʼnaviyat asoslari” T-2006yil

Toʻraboyeva M.R. Technology of development of students’ personal and creative competence on the example of pedagogical sciences // “European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences” Great Britain. 12/2020. Part 2.

Malikova D.Q. Yoshlar maʼnaviyatini mustahkamlash ularni axborot xurujlariga qarshi turishga oʻrgatish davlatimizning asosiy vazifasi.“ХХI asrada ilm-fan taraqqiyotining rivojlanish istiqbollari va ularda innovatsiyalarning tutgan oʻrni” mavzusidagi respublika ilmiy 10-onlayn konferensiyasi materiallari 3 qism, Tadqiqot.uz. Тошкент ноябрь/2019.3-қисм, DOI:https://doi.org/10.267339/online_10 / 2019 йил

Shermanov E.U. Mafkuraviy kurash sharoitida yoshlarda daxldorlik tuygʻusini shakllantirish.// “Ommaviy madaniyat” – maʼnaviyat kushandasi. Respublika ilmiy amaliy konferensiyasi materiallari toʻplamii. – T.:2013-yil

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов