O’zbekistonda davlat tashqi qarzini samarali boshqarish

HAC
Google Scholar
To share
Achilova, K. (2024). O’zbekistonda davlat tashqi qarzini samarali boshqarish. Modern Science and Research, 3(1), 1–3. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28183
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada tashqi davlat qarzi muammosi va uning mamlakat moliyaviy ahvoliga ta’siri ko'rib chiqiladi. Davlat tashqi qarzi va makroiqtisodiy beqarorlik o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganiladi. Tashqi qarzning milliy iqtisodiyotga ta’sirining ijobiy va salbiy tomonlari aniqlangan.


background image

O’zbekistonda davlat tashqi qarzini samarali boshqarish

Komila Achilova

TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI

Toshkent shaxar Chilonzor tumani Gavxar ko’chasi 1-uy

(Komila Achilova Egamqulovna)

komilaachilova85@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10467690

Kalitso’zlar: davlat tashqi qarzi, byudjet taqchilligi, qarz muammosi, makroiqtisodiy beqarorlik, yalpi ichkimahsulot.
Annotatsiya:

Maqolada tashqi davlat qarzi muammosi va uning mamlakat moliyaviy ahvoliga ta’siri ko'rib chiqiladi. Davlat

tashqi qarzi va makroiqtisodiy beqarorlik o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganiladi. Tashqi qarzning milliy iqtisodiyotga ta’sirining
ijobiy va salbiy tomonlari aniqlangan.

KIRISH

Keyingi

yillarda

jahon

iqtisodiyoti

rivojlanishining asosiy tendentsiyalaridan biri doimiy
ravishda

kuchayib

borayotgan

globallashuv

jarayonidir. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi
iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish imkoniyatidir.
Shuningdek, u mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga
tahdid manbaiga aylanishi mumkin. O‘zbekistonning
zamonaviy

jahon

iqtisodiyotiga

izchil

integratsiyalashuvi

jahon

iqtisodiyotining

globallashuv jarayonlarining milliy iqtisodiyotga
ta’sirini hisobga olish zarurligini nazarda tutadi.
Keyingi yillarda tashqi qarz muammosi global
miqyosda tus oldi. Davlat tashqi qarziga xizmat
ko‘rsatishning

barqarorligi

mamlakatdagi

makroiqtisodiy

barqarorlikning asosiy omillaridan

biridir. Qarz muammosini hal qilishning tabiati
O‘zbekistonning byudjet imkoniyatlarini, valyuta
zaxiralarining holatini, natijada milliy valyutaning
barqarorligini, foiz stavkalari darajasini, investitsiya
muhitini va barcha segmentlarning xatti-harakatlarini
belgilaydi. O‘zbekistonda bugungi kunda iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirish asnosida davlat qarziga
bo‘lgan

zamonaviy

yondashuvlar

amalga

oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekistonning mustaqil
tarixida ilk bora yevroobligatsiyalarning muomalaga
chiqarilishi va shu orqali xorijiy mablag‘larni jalb

etishga erishildi. Jahon amaliyotidan ma’lumki,
davlat

qarzi

jalb

etilishining

asosiy

omili

iqtisodiyotning moliyaviy resurslarga bo‘lgan
talabini qondirish, jumladan, hukumatning kafolatini
amalda ko‘rsatishdir. Davlat qarzi hukumat kafolati
asosida mablag‘ jalb etilishi bilan nafaqat iqtisodiyot
qo‘llab-quvvatlanadi,

balki

davlatning

bosh

islohotchiligi o‘zining aksini topadi. Davlat qarzini
boshqarishdagi asosiy omil - bu uni qiymat
yaratadigan tarmoqqa joylashtirish va iste’molni
oshirishdan iborat bo‘lib, to‘gridan-to‘g‘ri iste’molga
yo‘naltirilishi maqsadga muvofiq bo‘lmaydi.

DAVLAT QARZINING DAVLAT
BYUDJETI

BILAN

UZVIY

BOG‘LIQLIGI

Davlat qarzi tushunchasi bilan davlat byudjeti
tushunchasi o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud.
Birinchisida

davlat

qarzini

tahlil

qilishda

fundamental vositalar bo‘lgan bir qator byudjet
tushunchalaridan foydalaniladi. Byudjet taqchilligi -
bu

davlat

byudjeti

xarajatlarining

uning

daromadlaridan oshib ketishi. Rivojlangan va
rivojlanayotgan

mamlakatlarning

aksariyat

hukumatlari xarajatlarni daromadlar bilan qoplay
olmaydilar va natijada davlat byudjeti taqchilligiga
duch

kelishadi.

Binobarin,

davlat

byudjetini


background image

shakllantirishdayoq

hukumat

mamlakat

uchun

maqbul miqdorda davlat qarzini ta’minlashi kerak.
Qisqa va uzoq muddatli istiqbolda byudjet
taqchilligining

ichki

iqtisodiyotga

ta’sirini,

shuningdek, byudjet taqchilligini

moliyalashtirish

yo‘llarini hisobga olish majburiydir.
Zamonaviy sharoitda ko‘plab mamlakatlar uchun
davlat tashqi qarzining doimiy o‘sib borishi bilan
bog‘liq muammolar byudjet taqchilligi va uni qoplash
uchun ichki va tashqi moliyalashtirish manbalariga
murojaat qilishning sababi hisoblanadi. Ushbu
mamlakatlarda oqilona iqtisodiy

siyosatning yo‘qligi

ijtimoiy moliyaviy majburiyatlarning haddan tashqari
yuqori darajasiga olib keladi. Mamlakat hukumati
byudjet taqchilligini moliyalashtirishning ichki va
tashqi manbalariga murojaat

qilganda davlat qarzi

ko‘paya boshlaydi. Muammo shundaki, mamlakatlar
ilgari o‘z zimmalariga

olgan majburiyatlarni to‘lash

bilan birga, yangi qarzlarni

ham amalga

oshiradilar.

Aksariyat hollarda mamlakat o‘z majburiyatlarini
to‘lash uchun qo‘shimcha kreditlarga murojaat
qilishdan boshqa hech qanday imkoniyatga ega emas.
Qarz inqirozi qarzdor mamlakat iqtisodiyotining
ahvoli bilan chambarchas bog‘liq bo'lib, iqtisodiy
o‘sishning past sur’atlari va davlat byudjetining
keskin holati tufayli yuzaga keladi.

DAVLAT QARZDAN SAMARALI
FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

Hozirgi

vaqtda

"qarzning

oshib

ketishi"

muammosiga bag‘ishlangan nazariy yo‘nalish paydo
bo‘ldi. Uning mohiyati: kreditorlar qarz oluvchi
davlat kelajakda qarzni to‘liq to‘lay olmasligidan
qo‘rqishadi. Shu bilan birga, kreditorlarning shaxsiy
va jamoaviy manfaatlari o‘rtasida ma’lum bir
ziddiyat yuzaga keladi, bu esa qarz oluvchining yangi
kreditlar olishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Har
qanday davlat tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga
oshirayotganda tashqi iqtisodiy qarzni hosil qiladi, bu
davlatning

mamlakat

norezidentlari

oldidagi

to‘plangan qarzidir. Tashqi iqtisodiy qarzga
quyidagilar kiradi:
1) mamlakatning xalqaro moliya tashkilotlari
oldidagi tashqi iqtisodiy qarzi;
2) mamlakatning boshqa moliya institutlari oldidagi
tashqi iqtisodiy qarzi;
3) xususiy kreditorlar oldidagi tashqi iqtisodiy qarz.
Iqtisodiy tizimi beqaror bo‘lgan davlatning yalpi
ichki mahsulotiga davlat tashqi qarzining ta’sirini
aniqlash juda qiyin. Ta’sirni aniqlashdagi qiyinchilik
qarz nazorati ostida bo‘lmagan muammolar natijasida
yuzaga keladigan tez-tez iqtisodiy tanazzul va

inqirozlar bilan bog‘liq. Bu mamlakatlardagi bunday
iqtisodiy ziddiyatlarning asosiy sababi tashqi qarz
sifatida ko‘rilmoqda.
Ha, davlatning tashqi qarzlari ma’lum darajada
iqtisodiy rivojlanish uchun resurslarni oshiradi, lekin
ayni paytda ularga xizmat ko‘rsatishni (asosiy qarz va
foizlarni to‘lashni) ham talab qiladi. Xalqaro
kreditning pul va moliyaviy shartlarini aniqlashda
kreditor kreditga layoqatliligi (qarz oluvchining
kredit olish qobiliyati) va to‘lov qobiliyati (qarz
oluvchining o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq
to‘lash qobiliyati) dan kelib chiqadi. To‘lov qobiliyati
inqirozi yaqinlashayotganining belgisi davlat tashqi
qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlar
jadvalining buzilishi hisoblanadi.
Qarzdan samarali foydalanish iqtisodiy o‘sishning
kuchli omiliga aylanishi, iqtisodiy tebranishlarni
yumshatish va qo‘shimcha moliyaviy resurslarni
taqdim etishi mumkin. Mamlakatning xalqaro kapital
bozoridagi barqaror mavqei va qarz majburiyatlarini
o‘z vaqtida bajarishi uning xalqaro nufuzini
mustahkamlashga xizmat qilmoqda va yanada qulay
shartlarda

qo‘shimcha

investitsiya

oqimini

ta’minlamoqda. Qolaversa, uning valyutasiga
ishonch ortadi va shu orqali tashqi savdo aloqalari
mustahkamlanadi. Biroq, tashqi qarz inqirozi nafaqat
iqtisodiy, balki siyosiy xarakterdagi jiddiy salbiy
omilga aylanishi mumkin. Davlat qarziga xizmat
ko‘rsatish uchun Respublika byudjetidan katta
mablag‘lar ajratiladi, buning natijasida milliy ishlab
chiqarishni rivojlantirishga, shuningdek, ijtimoiy
ehtiyojlarga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish
zarurati tug‘iladi, bu esa oxir-oqibat aholining
turmush darajasiga salbiy ta’sir qiladi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida davlat
tashqi qarzi umuman davlat qarzi holati turli xalqaro
reyting agentliklari tomonidan barqaror holatda
ekanligi baholanib kelinayotgan bo‘lsa-da, uning
dinamik

ko‘rsatkichlari

yildan

yilga

o‘sib

borayotgani hisobga olinib, mamlakat iqtisodiyoti
uchun xavfsiz chegaradan (mamlakat yalpi ichki
mahsulotiga nisbatan 60 foiz) o‘tib ketmasligini
ta’minlash muhim masalalardan hisoblanadi.


background image

2023-yilning 1-iyul holatiga davlat qarzi $31,5
mlrdni tashkil etib, olti oyda $2,3 mlrdga

o‘sdi

. Butun

o‘sish davlat ichki qarziga to‘g‘ri kelib, $5,6
mlrdgacha o‘sgan. Tashqi qarz esa o‘zgarishsiz —
$25,9 mlrd darajasida qoldi

XULOSA

Bizningcha davlat tashqi qarzlarini boshqarishda
quyidagi takliflar amalda qo‘llanilsa, samarali
natijalarga erishish mumkin:
Birinchidan, davlat kafolati ostidagi tashqi qarz jalb
etishning hozirgi tendensiyasi, ya’ni xususiy sektorga

beriladigan davlat kafolatlarida

qat’iy me’yorlarni

belgilash hamda unga amal qilish;
Ikkinchidan,

tashqi

qarzda

davlat

ulushini

kamaytirish. Bunga kelajakda davlat ulushi bo‘lgan
korxonalarni xususiy sektorga sotish orqali erishish
mumkin bo‘ladi, shu bilan birgalikda tashqi qarz
mablag‘larini vaqtida to‘lamaslik xatarlari mavjud
bo‘lgan taqdirda, qarzdor tashkilotlarga alohida
g‘azna hisobvaraqlarini ochish orqali zarur
mablag‘larini ma’lum grafik asosida g‘azna
hisobvaraqlariag o‘tkazib borish orqali oldindan
tashqi qarz bo‘yicha asosiy to‘lov hamda foiz
to‘lovlarini jamlab borish;
Uchinchidan, mamlakat savdo balansida ijobiy
qoldiqqa ega bo‘lishiga erishish orqali tashqi qarzni
arzon valyutalar orqali qaytarish imkoniyatiga
erishish;
To‘rtinchidan, tashqi qarzning valyutalar tarkibi
o‘zaro nisbatini mamlakat oltinvalyuta zaxirasidagi
valyutalar nisbati bilan uyg‘unlashtirish;
Beshinchidan, davlat tashqi qarzini boshqarishning
har tomonlama mamlakat moliyaviy xavfsizligi
hisobga olingan uzoq muddatli strategiyasini ishlab
chiqish hamda qarz olish bilan bog‘liq risk va xatarlar
o‘rtasidagi

bog‘liqlikni

bashorat

qilish

mexanizmlarini avtomatlashtirish.

ADABIYOTLAR

1. A.A.

Shernayev Principles and methods of

organization of the internal tax control system in joint
stock company. International Journal of Economics,
Business and Management Studies-ISSN, 2347-4378.
2. A.A. Shernayev (2021). Strategik rivojlanish
sharoitida

mahalliy

byudjetlar

daromadlarini

takomillashtirish

yo‘nalishlari.

Студенческий

вестник, (20-14), 74-76.
3. A.A. Шернаев (2020). Совершенствование
налогового

планирования

в

акционерных

обществах-как

механизм

повышения

эффективности

финансового

менеджмента.

Экономика и общество, (4), 20-28.
4. A.A. Shernayev (2021). Sog ‘liqni saqlash tizimini
moliyalashtirishda mahalliy byudjetlarning rolini
oshirish masalalari. Интернаука, (20-7), 58-60.
5. A.A. Шернаев (2020). Налоговое планирование
в системе обеспечения финансовой безопасности
в акционерных обществах. Интернаука, 43-45.
6. Z.J. Jumanazarova & A.A. Shernayev (2020).
Budjetdan

tashqari

jamg‘armalar

moliyaviy

resurslarini shakllantirish va taqsimlash amaliyotini
takomillashtirish

yo‘nalishlari.

Студенческий

вестник, (1-6), 87-89.
7. A.A. Shernayev (2020). On the issue of the
efficiency of taxation of joint stock companies.
Экономика и бизнес: теория и практика, (9-2),
149-152.
8. A.A. Шернаев (2020). Совершенствование
налогового

планирования

в

акционерных

обществах-как

механизм

повышения

эффективности

финансового

менеджмента.

Экономика и общество, (4), 20-28.
9. Н.О.

Люшнина Внешний долг: монография /

Н.О. Люшнина, О.А. Николайчук. – М.: ИНФРА-
М, 2015.

References

A.A. Shernayev Principles and methods of organization of the internal tax control system in joint stock company. International Journal of Economics, Business and Management Studies-ISSN, 2347-4378. 2. A.A. Shernayev (2021). Strategik rivojlanish sharoitida mahalliy byudjetlar daromadlarini takomillashtirish yo‘nalishlari. Студенческий вестник, (20-14), 74-76.

A.A. Шернаев (2020). Совершенствование налогового планирования в акционерных обществах-как механизм повышения эффективности финансового менеджмента. Экономика и общество, (4), 20-28.

A.A. Shernayev (2021). Sog ‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda mahalliy byudjetlarning rolini oshirish masalalari. Интернаука, (20-7), 58-60.

A.A. Шернаев (2020). Налоговое планирование в системе обеспечения финансовой безопасности в акционерных обществах. Интернаука, 43-45.

Z.J. Jumanazarova & A.A. Shernayev (2020). Budjetdan tashqari jamg‘armalar moliyaviy resurslarini shakllantirish va taqsimlash amaliyotini takomillashtirish yo‘nalishlari. Студенческий вестник, (1-6), 87-89.

A.A. Shernayev (2020). On the issue of the efficiency of taxation of joint stock companies. Экономика и бизнес: теория и практика, (9-2), 149-152.

A.A. Шернаев (2020). Совершенствование налогового планирования в акционерных обществах-как механизм повышения эффективности финансового менеджмента. Экономика и общество, (4), 20-28.

Н.О. Люшнина Внешний долг: монография / Н.О. Люшнина, О.А. Николайчук. – М.: ИНФРА-М, 2015.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов