Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyot va uning xususiyatlari

HAC
Google Scholar
To share
Abdusamatova , G. . (2024). Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyot va uning xususiyatlari. Modern Science and Research, 3(1), 1–4. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28187
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada asosan mamlakatimiz O’zbekistoda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etish. Raqamli iqtisodiyotning qulayligi va yangi imkoniyatlaridan foydalanib, bizning mamlakatimiz ham rivojlangan davlatlar qatorida bo’lishi zarurligi. Raqamli iqtisodiyotning barcha sohalardagi beqiyos o’rnini keng yoritiladi


background image

Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyot va uning xususiyatlari

Abdusamatova Gulchexra Zoirovna

Tashkent University of Applied Sciences, Gavhar Str. 1, Tashkent 100149, Uzbekistan

abdusamatovagulchexra04@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10467700

Kalit so’zlar

:

raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, kommunikatsiya, infratuzilma, elektron tijorat, investitsiya, logistika,

aloqa operatorlari, innovatsiyalar

.

Annotatsiya. Ushbu maqolada asosan mamlakatimiz O’zbekistoda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va mavjud muammolarni

bartaraf etish. Raqamli iqtisodiyotning qulayligi va yangi imkoniyatlaridan foydalanib, bizning mamlakatimiz ham
rivojlangan davlatlar qatorida bo’lishi zarurligi. Raqamli iqtisodiyotning barcha sohalardagi beqiyos o’rnini keng
yoritiladi

1 KIRISH

Raqamli iqtisodiyotning yuksalishi 21-asrning

o’ziga xos xususiyatlaridan biridir. Albatta bugungi

kunni raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin
albatta. Aql-zakovat va ilm - taraqqiyot qanotidir.
Zamonaviy

ilm-

fanning

choʻqqisi

yuqori

texnologiyalarda, raqamli olamda koʻzga tashlanadi.
Toʻrtinchi sanoat inqilobi taraqqiyotning yangi
koʻrinishi

-

“raqamli iqtisodiyot” boshlanganini

anglatadi.

Ilmsiz, maʼrifatsiz jamiyat va mamlakat taraqqiyotini
tasavvur qilish mushkul. Yusuf Xos Hojib oʻzining
“Qutadgʻu bilig” asarida “Bilimsiz kishi mevasiz
daraxtdir, mevasiz daraxtni och kishi nima qilsin?!”

-

deb ilm-

maʼrifatning oʻrni naqadar dolzarb va

mu

himligini koʻrsatib oʻtgan.

Mamlakatimizda ilm-

maʼrifatga alohida urgʻu

berilishi va bu orqali raqamli iqtisodiyotni

rivojlantirish masalasi kun tartibiga qoʻyilishi bugungi

kun zaruratidir. Zero, eng katta boylik

bu aql-

zakovat va ilm, eng katta meros

bu yaxshi tarbiya,

eng katta qashshoqlik

bu bilimsizlikdir.

Raqamli iqtisodiyot oʻzi nima? u iqtisodiy, ijtimoiy va
madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qoʻllash

asnosida amalga oshirishning yaxlit bir tizimi sifatida
qaraladi.

Bunda

raqamli

iqtisoidiyot

yangi

texnologiyalar, platformalar va biznes modellari
yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali

mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga koʻchirish

demakdir.

Soʻngi yillarda iqtisodiyotning raqamli sektorini
rivojlantirish borasida davlat tomonidan keng koʻlamli

chora-tadbirlar

amalga

oshirish

maqsadida

Prezidentimiz tomonidan bir qator normativ-huquqiy
hujjatlari imzolandi.

Raqamli iqtisodiyotni keng joriy etish va uni qoʻllab

-

quvvatlash mamlakatimizning istiqboldagi taraqqiyot

rejasidan

muhim

oʻrin

egallaganligi

tufayli

iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish

borasida keng koʻlamli chora

-tadbirlar belgilandi va

mazkur vazifalar ijrosi oʻlaroq, mamlakatimizda yangi

elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda,

elektron toʻlovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat

sohasidagi

normativ-huquqiy

baza

takomillashtirilmoqda, elektron infratuzilma va tijorat
shakllantirilmoqda, iqtisodiyotning barcha jabhalarida

raqamli transformatsiyaga oʻtilishi qadamma

-qadam

amalga oshirilmoqda.

Raqamli transformatsiya re6 alizatsiyasi boʻyicha
soʻngi yillarda amalga oshirilgan ishlar qatorida aholi

va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan
kontaktsiz aloqa shakllarini yana-da rivojlantirish
maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari
portalining yangi versiyasi, Bosh vazirning

tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish virtual
qabulxonasi “business.gov.uz” portali ishga tushirildi.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha eng

istiqbolli va strategik muhim loyihalarni, shuningdek
blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy
etish sohasida chora-tadbirlarni amalga oshirishga

karatilgan “Raqamli ishonch” jamgʻarmasi tashkil

etildi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini barcha
manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi

hokimiyat organlariga koʻrib chiqish, elektron raqamli

imzodan foydalangan holda kelishish uchun, shu

jumladan bir vaqtning oʻzida keng jamoatchilik va

m

utaxassislar muhokamasini oʻtkazish va tezkor

joʻnatish uchun vaqtni va mehnat resurslarini sezilarli

darajada tejash maqsadida yagona elektron tizimi

“project.gov.uz” joriy etildi.

Raqamli iqtisodiyot texnologik va biznes jarayonlari,
ishlab chiqarish, logistika va tayyor mahsulotlarning
savdosini raqamlashtirish uchun mamlakatimizda

zamonaviy infratuzilmaga ega boʻlgan “IT

-

park”lar

tashkil

etildi.

Kripto-aktiv

va

blokcheyn


background image

texnologiyalar sohasidagi kompaniyalarning erkin

faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Mamlakatimizda

zamonaviy

dasturlash

texnologiyalarini oʻzlashtirgan kadrlarni tayyorlash
maqsadida “Bir million dasturchi” loyihasi ishlab
chiqilib, loyiha doirasidagi mashgʻulotlarni tashkil
etish uchun uzbekcoders.uz oʻquv portali ishga

tushirildi.
2020-

yil mamlakatimizda “Ilm, maʼrifat va raqamli

iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qilindi va bu
boradagi ishlar endilikda yangi bosqichga koʻtarilib,
Prezident Farmoni bilan mamlakatning “Raqamli
Oʻzbekiston –

2030” strategiyasi va uni amalga

oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Raqamli

iqtisodiyotni

rivojlantirishda

avvalo

telekommunikatsiya va elektron infratuzilmani
takomillashtirish alohida ahamiyatga ega.

Albatta, aholini internet tarmogʻidan foydalanish
darajasi qanchalik yuqori boʻlsa raqamli iqtisodiyot,

shu jumladan elektron hukumat tizimi ham shuncha

samarali faoliyat yuritadi. Yurtimiz boʻyicha internet

foydalanuvchilari soni jami aholiga nisbatan 2018-

yilda 46 foizni tashkil qilgan boʻlsa, 2021

-yilda bu

koʻrsatkich 60 foizdan yuqorini tashqil etmoqda.

Reallik bilan bogʻlaganda raqamli iqtisodiyot

rivojlangan davlatlarda YAIM hajmi ham, YAIMning

aholi son boshiga ulushi ham yuqoriligini koʻrishimiz

mumkin.

Shu

jihatdan

olib

qaraganda,

mamlakatimizda mazkur masalaga eʼtibor qaratish
yagona maqsadni koʻzlaydi, u ham boʻlsa, aholining

yashash sharoitini yaxshilash, aholini real daromadini
oshirish, qolaversa tadbirkorlikni va mamlakatimiz
iqtisodiyotini rivojlantirishdir.

“Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va

xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni
kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq

tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng ogʻir

illat

korrupsiya balosini yoʻqotishda ham samarali

vositadir

-

Prezidentimizning mazkur soʻzlari

raqamlashtirish nafaqat iqtisodiyot tarmoqlarida

tejamkorlik va samaradorlikni taʼminlashi, balki

korrupsiya va qora iqtisodiyotga qarshi kurashish
uchun samarali vosita sifatida qayd etilishi bilan
ahamiyatlidir.

MATERIAL VA METODLAR

Bugungi

kunda

biz yaqin

kelajakda

erishmoqchi bo‘lgan ulkan maqsadlarga egamiz.

Buning uchun bizga albatta yetuk kadrlar va
mutaxassislar kerak. Raqamli texnologiyalar jamiyat

va iqtisodiyotga ko’p jihatdan ta’sir qiladi, shu

jumladan yangi aloqa va hamkorlik vositalari orqali;

xizmat ko’rsatishning kuchli tarkibiy qismiga ega
bo’lgan yangi mahsulotlar; ma’lumotlarning iqtisodiy
o’sish omili sifatida roli; sun’iy intellect (AI)

yordamida

vazifalarni

avtomatlashtirish;

va

platformalar kabi yangi biznes modellarining paydo

bo’lishi. Shu sababli raqamlashtirish bizning

hayotimiz va birgalikda ishlash tarzimizni tubdan

o’zgartiradi. Bu butun davlat rivojlanishi va

farovonligi demakdir. Shuningdek, barcha sohalarda
korxonalar, tashkilotlar uchun samaradorlik, vaqt,

bandlike, ko’nikma, daromadlarni to’g’ri taqsimlash,
atrof muhit va tashqi olamga katta ta’sir ko’rsatadi.
Hozirda biz asosan O’zbekiston rivojlangan davlatlar
qatorida bo’lish uchun harakatdan to'xtamasligimiz

zarur. Xorijiy davlatlarda bizga qaraganda raqamli
iqtisodiyot

ancha

rivojlangan.

Iqtisodiyotning

raqamlashishi bu mamlakat taraqqiyoti uchun muhim.
Bugungi kunda raqamli iqtisod rivojlanishi barcha

sohalar rivoji bilan chambarchas bog’liq.

Raqamli iqtisodiyot bugungi kunda dolzarb
mavzulardan

biridir.

Asosan

bu

mavzuni

O’zbekistonda qanday rivojlantirish bu biz yoshlar
qo’lidadir. ”Raqamli iqtisodiyot’’ atamasi birinchi
bo’lib 1995

-yilda Don Tepkott muallifligida chop

etilgan. “Raqamli iqtis

odiyot: tarmoqli intelekt asrida

va’da xavfxatar” (The Digital Economy: Promise and

Peril in the Age of Networked Intelligence) nashrida
alohida tushuncha sifatida istiloh etilgan. Ushbu
nashrda raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy
qismlariga

fundamental

innovatsiyalar

(yarimo’tkazgichlar,

protsessorlar),

asosiy

texnologiyalar

(kompyuterlar)

va

bog’lovchi

infratuzilmalar (internet va telekommunikatsiya

tarmoqlari)

ajratib

ko’rsatiladi.

Rivojlangan

davlatlarda raqamli iqtisodiyotni joriy etishga
allaqachon

kirishilgan.

Jahon

iqtisodiyotining

globallashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi

sharoitida Oʻzbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga

raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib

boʻlmaydi. Jahon bankining maʼlumotlariga koʻra,

kurrai zaminimiz umumiy boyligining 66 foizi - 365

trillion AQSH dollari inson kapitaliga, yaʼni asosan
shaxsning ilm darajasiga toʻgʻri kelmoqda. AQSHda
ushbu koʻrsatkich milliy boylikning 77 foizi

- 95

trillion dollarga yetgan. Shuning uchun davlatimiz
rahbari joriy yil Muro

jaatnomada “Eng katta boylik

-

bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi
tarbiya, eng katta qashshoqlik -

bu bilimsizlikdir!”

degan fikrni alohida keltirib oʻtdi. Bugungi kunga

kelib jahonda raqamli iqtisodiyot taraqqiy etgan 20
mamlakatda 2 trillion AQSH dollarini tashkil
etayotgani hisoblab chiqilgan. Raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirishda

dunyoda

peshqadam

Buyuk

Britaniyada esa u hozirning oʻzida milliy yalpi ichki

mahsulotning 12 foiziga yetdi. Raqamli iqtisodiyot
texnologik va biznes jarayonlari, ishlab chiqarish,
logistika va tayyor mahsulotlarning savdosini
raqamlashtirishni nazarda tutadi. Mamlakatimizda


background image

2020-

yilning oʻzida transport, geologiya, taʼlim, arxiv

kabi sohalarni toʻliq raqamlashtirish belgilangan edi.
Zamonaviy infratuzilmaga ega boʻlgan “IT

-

park”lar

ham fikrimiz dalilidir. Aholining barcha qismida ham
raqamli malakaning yetarli emasligi raqamli

iqtisodiyotni rivojlantirish yoʻldagi yana bir toʻsiq
boʻlib kelgan. Shuningdek, raqamli tovar aylanmasi

ham past hisoblandi. Bu borada texnologiya olamida

koʻpchilikka

maʼlum

boʻlgan

“Microsoft”

korporatsiyasi asoschisi Bill Geytsning bir fikrini
eslash

oʻrinli: “Tez orada Yer sharida faqat ikki tur

kompaniyalar mavjud boʻladi. Birinchisi, internet

orqali biznes qiluvchi va ikkinchisi, biznesdan chiqqan

kompaniyalar”. Tadbirkorlar mana shu jihatni

inobatga olgan holda, dunyoga mashhur biznes

isteʼmolchi uchun, biznes biznes uchun, isteʼmolchi
isteʼmolchi uchun tamoyillari asosida oʻz faoliyatini
tashkil etishi maqsadga muvofiq. O‘zbekiston raqamli

sanoat bozorini shakllantirish uchun uchta muhim

shartni belgilab olish zarur. Raqamli muhitni me’yoriy

tartibga solish (konsepsiya, dastur va qonun),
infratuzilmaviy rivojlanish (data markaz, mobil,
internet, biznes va ishlab chiqarish jarayonini
avtomatlashtirish qurilmalari) va mutaxassislarni

tayyorlash sog‘lom bozorni yaratishda tirgak bo‘ladi.

Horij tajribasini hisobga olgan holda blokchetn
texnologiyalarini joriy etish uchun huquqiy baza
yaratish kabi bir qancha vazifalarni oldimizga maqsad

qo’yib va uni amalga oshirish kerak.

Raqamlashtirish

iqtisodiyoti iqtisodiyotning alohida sohasi sifatida
ikkita sababga ko'ra mavjud. Birinchidan, yangi
iqtisodiy modellar kerak, chunki raqamli dunyoda
ma'lumot haqidagi ko'plab an'anaviy taxminlar endi
mavjud emas. Ikkinchidan, raqamlashtirish natijasida
hosil bo'lgan ma'lumotlarning yangi turlari tahlil qilish
uchun yangi usullarni talab qiladi. Xalqaro tajriba
shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli
texnologiyalar asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy
sektorda jadal rivojlanmoqda. Shuning uchun davlat,
aynan, ushbu sohalarda innovatsion loyihalarni

qo’llab quvvatlagan holda qulay ekotizmni yaratishi

lozim. Click, Payme, M-bank, Upay, Oson va boshqa

onlayn toʻlovlarga imkon beruvchi toʻlov tizimlari
mavjud boʻlishiga qaramay mobil toʻl

ovlar, internet,

kommunal toʻlovlar uchun onlayn toʻlovlarni amalga
oshirish koʻrsatkichi yuqori emas. 2017

-yilda 34 foiz

hisob egalari raqamli toʻlovni amalga oshirgan.
Solishtirish uchun bu koʻrsatkich Buyuk Britaniyada

96 foizga teng. Bizda shu sohani rivojlantirib elektron

tijoratni, elektron o’tkazmalarni rivojlantirishimiz
zarur. Raqamli to’lov O’zbekistonda 34 foizni tashkil
etayotgan bo’lsa, biz bu ko’rsatkichni 100 foizga

chiqarish zarur. Asosan kiberxavfsizlik ham raqamli
iqtisodiyotning muhuim sharti, nozik joyi desak ham

bo’ladi. Iqtisodiyotni raqamlashtirganimizdan so’ng

albatta xavfsizlik choralarini ham mukammal bartaraf
etish kerak. Raqamlashuv va kiberxavfsizlik
tushunchalari doimo yonma-yon keladi. Chunki
barcha tizim va jarayonlarni raqamlashtirish bilan
birga, ularning texnik jihatdan mukammal va bexato

ishlashini,

xavfsizligini

taʼminlash

muhim

hisoblanadi.

Yurtimizda

raqamli

iqtisodiyotni

rivojlantirishga qanchalik eʼtibor qaratilayotgan
boʻlsa, kiberxavfsizlikni taʼminlash ham shuncha

d

olzarblik kasb etmoqda. Oʻzbekiston kiberxavfsizlik

global indeksida oʻzi pozitsiyasini mustahkamlab

bormoqda. 2017-yilda mamlakatimiz bu reytingda 93-

oʻrinni egallagan boʻlsa, 2018

-yilda 52-

oʻringa

koʻtarildi. Kiberxavfsizlik axborot xavfsizligining bir
koʻrinishi boʻlish bilan axborotlarni saralab olishga
xizmat qiluvchi yuksak maʼnaviyatdan oʻzgacharoq
tushuncha. U koʻproq texnik jarayonlarga oid boʻlib

oddiy foydalanuvchi uchun pochta, ijtimoiy tarmoqlar,

toʻlov tizimlarida ishonchli va mustahkam parol

larni

oʻrnatish, oʻz shaxsiy kompyuteri va smarfonini
viruslardan himoyalashni anglatadi. Kengroq maʼnoda

esa kiberxavfsizlik tarmoqlar, mobil ilovalar va
qurilmalarning himoyasiga qaratilgan chora-tadbirlar

majmuidir. Bu maʼlumotlar konfidensialligini saq

lash,

ularning butunligini himoyalash, u yoki bu sayt, ilova,

dasturning

toʻlaqonli

ishlashini

anglatadi.

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK tahlillariga koʻra,

2019-yilda internetning milliy segmenti vebsaytlarida
268 ta kiberxavfsizlik insidenti aniqlangan. Bu
raqamli olamdagi huquqbuzarliklar soni oldingi yilga
qaraganda 44 foizga kamaygan deganidir. Shulardan
222 tasi kontentni ruxsatsiz yuklash, 45 tasi defeys
(veb-sayt sahifasi boshqa, masalan, reklama
joylashtirilgan sahifaga almashtirilishini anglatuvchi
xakerlik hujumi) va bittasi yashirin mayning
(kriptovalyuta platformasidagi yashirin faoliyat)

ulushiga toʻgʻri keladi. Oʻzbekistonda barcha tizimla

vaqt sayin, kun sayin raqamlashmoqda. Ayniqsa,
koronavirus tufayli joriy etilgan karantin rejimida
onlayn

tovar va xizmatlarga boʻlgan talab yana

-da

ortdi, barcha sohalarda raqamli funksiyalarning safi

kengaydi. Bugun uydan chiqmasdan toʻlovlarni

amalga oshirish, hech bir muammosiz masofaviy

taʼlim olish, dunyoning yirik kutubxonalaridan

foydalanish va hatto ishlash mumkin.

Raqamli xizmatlar anʼanaviy turga qaraganda
qogʻozbozlik, rasmiyatchilikning yoʻqligi, vaqtni

tejash kabi bir qator afzalliklarga ega. Masalan, davlat

xizmatlarini raqamli koʻrinishda olsangiz, sizga
belgilangan toʻlovning 10 foizi miqdorida chegirma

taqdim etiladi. Raqamlashtirish katta va misli

ko’rilmagan imkoniyatlarni taqdim etadi. Shu bilan

birga, bunday transformatsion texnologiyalarni
rivojlanishida jiddiy noaniqliklar saqlanib qolmoqda.
Hukumatlar jamiyat uchun yuzaga kelishi mumkin


background image

bo’lgan oqibatlar va ushbu paydo bo’layotgan

texnologiyalar ularning boshqaruv faoliyatida yuzaga
keladigan

tanqidiy

muammolarni

chuqurroq

tushunishga intilishlari kerak.

XULOSALAR

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, har bir

mamlakat rivojlanishi uchun yangi-

yangi o’zgarishlar,

g’oyalar ,vaqti

-

vaqti bilan o’zgarib turadigan yangicha

tartiblar bo’lishi lozim. Mamlakatimiz taraqqiyotining

istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va
raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga
tayanadi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy

jihatdan kuchli, bozor iqtisodiyoti qonunlari toʻliq

amal qiladigan demokratik davlat qurishga hamda
mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash,
tadbirkorlik faoliyatiga keng qulaylik yaratish va uni

yuritishni soddalashtirish, yangi innovatsion gʻoyalar

realizatsiyasiga xizmat qiluvchi asosiy vositalardan
biri

ekanligi

bilan

alohida

ahamiyatga

egadirDavlatimiz

raxbari

ta’kidlaganlaridek

“iqtisodiyotni shakllantirish ko’p mablag’ va mehnat

talab qi

ladi. Ammo biz bundan qo’rqmasdan raqamli

iqtisodiyotni shakllantirishimiz kerak. Bu ishni

bugundan, hozirdan ma’sulyat va qai’iyat bilan

boshlashimiz lozim. Mamlakat rivojlanishi, taraqqiy

etishi uchun har bir shaxs mas’ul. Har birimiz bu

masalaga jiddiy

qarashimiz lozim”. Mamlakatimiz

hayotida ham raqamli iqtisodiyotning ayrim
elementlari allaqachon muvaffaqiyat bilan faoliyat

ko’rsatmoqda.

Jumladan,

hujjatlar

va

kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli

vositalarga o’tkazilishi, elektron imzoga ruxs

at berish,

davlat bilan muloqot qilish ham elektron

platformalarga o’tkazilmoqda. Asosan ta’limda ham

elektron platformalarning tashkil etilib yuritilishi va

albatta bu soha ya’ni raqamlashtirish to’xtab

qolmasligi lozim va boshqa sohalarda ham raqamli
iqt

isodiyotga o’tish ishlari jadal ravishda amalga

oshirilishi kerak.

ADABIYOTLAR:

1. https://www.researchgate.net/publication/336675826 :
The activities of banks in Uzbekistan in the modern digital
economy
2.

http://www.uz.undp.org/content/uzbekistan/en/home/countr
yinfo.html

.

3. Project Information Document/ Integrated Safeguards
Data

Sheet

(PID/ISDS)

Concept

Stage

|Date

Prepared/Updated:

05-Sep-2018

|

Report

No:PIDISDSC24091

Public,

:

http:/www.worldbank.org/projects

4. Nick Malyshev (nick.malyshev@oecd.org) or Celine
Kauffmann

(celine.kauffmann@oecd.org)

OECD

Regulatory Policy Division,

http://oe.cd/regpolicy

5. Mowery, D. and Simcoe, T. 2002. Internetning kelib
chiqishi va evolyutsiyasi, R. Nelson, B. Stayl va D. Viktor
(tahr.),

Texnologik

innovatsiyalar

va

iqtisodiy

ko'rsatkichlar. Princeton, NJ: Princeton University Press,
229-64 betlar.
6. Simko, T (2012). "Standart sozlash qo'mitalari: umumiy
texnologiyalar platformalari uchun konsensus boshqaruv".
Amerika iqtisodiy sharhi. 102 (1): 305- 336. doi:10.1257 /
aer.102.1.305.

References

https://www.researchgate.net/publication/336675826 : The activities of banks in Uzbekistan in the modern digital economy

http://www.uz.undp.org/content/uzbekistan/en/home/countryinfo.html.

Project Information Document/ Integrated Safeguards Data Sheet (PID/ISDS) Concept Stage |Date Prepared/Updated: 05-Sep-2018 | Report No:PIDISDSC24091 Public, : http:/www.worldbank.org/projects

Nick Malyshev (nick.malyshev@oecd.org) or Celine Kauffmann (celine.kauffmann@oecd.org) OECD Regulatory Policy Division, http://oe.cd/regpolicy

Mowery, D. and Simcoe, T. 2002. Internetning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, R. Nelson, B. Stayl va D. Viktor (tahr.), Texnologik innovatsiyalar va iqtisodiy ko'rsatkichlar. Princeton, NJ: Princeton University Press, 229-64 betlar.

Simko, T (2012). "Standart sozlash qo'mitalari: umumiy texnologiyalar platformalari uchun konsensus boshqaruv". Amerika iqtisodiy sharhi. 102 (1): 305- 336. doi:10.1257 / aer.102.1.305.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов