Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlanish istiqbollari

HAC
Google Scholar
To share
Parsiyev, S., Abdullayev, S., & Uzoqov, A. . (2024). Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlanish istiqbollari. Modern Science and Research, 3(1), 1–2. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28247
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarini amalda joriy etishning istiqbollari, raqamli texnologiyalarning kundalik hayotimizdagi o‘rni haqida bir qancha asosli mulohazalar yoritib berilgan..


background image

Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlanish istiqbollari

Saidaxad Parsiyev

1

, Shavqiddin Abdullayev

1

, Abdulla Uzoqov

2

1

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti,Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Chorsu qo‘rg‘oni

2

Toshkent Davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston, Toshkent, Bunyodkor ko‘chasi, 27

https://doi.org/10.5281/zenodo.10471603

Kalit so‘zlar: sun’iy intelekt, dastur, iqtisodiy tarmoqlar, raqamli texnologiyalar, inson ongi.

Annotatsiya:

Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarini amalda joriy etishning istiqbollari, raqamli texnologiyalarning kundalik
hayotimizdagi o‘rni haqida bir qancha asosli mulohazalar yoritib berilgan..

Bugungi

kunda,

О‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining “О‘zbekiston Respublikasining xalqaro
reyting va indekslardagi о‘rnini yaxshilash hamda davlat
organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning
yangi mexanizmini joriy qilish tо‘g‘risida"gi farmoni bilan
tashkil etilgan “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash
bо‘yicha respublika kengashi” bilan hamkorlikda
mamlakatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksidagi
о‘rnini yaxshilash bо‘yicha bir qator ishlar amalga
oshirilmoqda [1]. Shu farmon asosida, “Sun’iy intellektga
tayyorlik indeksida О‘zbekiston Respublikasi о‘rnini
yaxshilash bо‘yicha chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi.

Dasturda: – iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada,

davlat

boshqaruvi

tizimida

sun’iy

intellekt

texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanishda
yagona talablar, javobgarlik, xavfsizlik va shaffoflikni
belgilovchi normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish; –
qishloq xо‘jaligi sohasida: yerni masofadan zondlash
ma’lumotlari asosida tuproq va qishloq xо‘jaligi ekinlari
holatini, shuningdek, qishloq xо‘jaligi texnikasi, shu
jumladan kombaniyalar ishini monitoring qilish jarayonida
sun’iy intellekt texnologiyalarini qо‘llash; – energetika
sohasida: energiya resurslarini ishlab chiqarish va ularning
iste’molini prognoz qilishda, texnologik uskunalar ishini
optimallashtirishda sun’iy intellekt texnologiyalarini
qо‘llash; – sog‘liqni saqlash sohasida: inson о‘pkasining
kompyuter tomografiyasi tahlili asosida pnevmoniyani
aniqlash hamda mammografiya tahlili asosida kо‘krak bezi
saratoniga ilk bosqichda tashxis qо‘yish uchun sun’iy
intellekt texnologiyalarini qо‘llash; – elektron hukumat
sohasida esa elektron davlat va moliya xizmatlarini
kо‘rsatishda foydalanuvchilarni masofadan turib biometrik
identifikatsiyalash kо‘zda tutilgan.

Adabiyotlar tahlili bo‘yicha

Sun’iy intellekt (SI) —

informatikaning alohida sohasi bо‘lib, odatda inson ongi
bilan

bog‘liq

imkoniyatlar:

tilni

tushunish,

о‘rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va
shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish
bilan shug‘ullanadigan bilim sohasi deb ta’rif berilgan
[2,3].

1-rasm. Suniy intellektning odam ongiga kirib borishi

Hozirda SI turli amallarni bajarishga mо‘ljallangan

algoritm hamda dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi
bajarishi

mumkin bо‘lgan

bir

qancha

vazifalarning uddasidan chiqa oladi. Sun’iy intellekt
hayotimizning turli sohalari rivojlanishiga ta’sir qiluvchi
asosiy omilga aylanib bormoqda. Ushbu texnologiyalar
unumdorlik va samaradorlikni oshirishdan tortib, ilm-fan
va innovatsiyalardagi yutuqlarga qadar ulkan foyda
keltirish salohiyatiga ega.

Ekspertlarning fikriga kо‘ra, e’tiborni sun’iy intellektni

rivojlantirishga qaratib, muvaffaqiyatli transformatsiya
jarayonini ta’minlashga va mamlakatimiz texnologiya
olamida yetakchi о‘rinni egallashga intilish kerak. Ana
shularni inobatga olgan holda mamlakatimizda sun’iy
intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda suniy
intelektdan

foydalanishni

kengaytirish,

raqamli

ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash tizimini
takomillashtirish maqsadida ushbu sohada malakali
kadrplarni tayyorlash va bu borada ilmiy loyihalarni qо‘llab
quvvatlash bо‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu
borada oxirgi yillarda “Davlat va moliya xizmatlarini
kо‘rsatishda biometrik identifikatsiyalash (My ID) uchun
sun’iy intellektni qо‘llash” tajriba-sinov loyihasi
“UZINFOCOM” Yagona integrator MCHJ tomonidan
ishlab chiqildi va ishga tushirildi. Bugungi kunda 23 ta bank
(umumiy banklarning 74 foizi), 5 ta davlat tashkilotlarida
“My ID” loyihasidan foydalanmoqda hamda 2,5 mln.dan
ortiq foydalanuvchi rо‘yxatdan о‘tdi. Biometrik
identifikatsiyalash jarayoni ishga tushirilgandan sо‘ng,


background image

korxonalarda

shaxsni

identifikatsiyalash

jarayoniga

ketadigan vaqt 1 soniyaga tushirildi hamda hujjatlarni
tekshirish jarayoni butkul avtomatlashtirildi.

“Qishloq xо‘jaligi yerlari va ekinlari monitoringi”

tajriba-sinov

loyihasi

doirasida

sun’iy

intellekt

texnologiyalarini qо‘llovchi geoaxborot tizimi yaratildi.
Unda ma’lumotlar uchta mustaqil manba–Yevropa
Ittifoqining

“Sentinel“

kosmik

apparatlarining

multispektral suratlari, vazirlikning 9 ta uchuvchisiz uchish
apparatlari materiallari va 200 ta bevosita dala
ma’lumotlarini yig‘uvchilarining haqiqiy vaqt rejimida
yig‘iladigan ma’lumotlari tahlil qilindi. 2022-2023 о‘quv
yili uchun “Sun’iy intellekt” yо‘nalishida kadrlar
tayyorlash bо‘yicha jami 6 ta oliy ta’lim muassasalarida
245 ta (231 ta bakalavr, 14 ta magistratura) kvota ajratildi.
О‘zbekiston Respublikasining hukumatning sun’iy
intellektga tayyorlik indeksidagi о‘rnini yaxshilash
maqsadida xorijiy tajribani о‘rganish ishlari olib
borildi. Buyuk Britaniyaning “Oxford Insights” tashkiloti
tomonidan ishlab chiqilgan “Government Artificial
Intelligence Readines Index”da kо‘rsatilgan statistika
bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi 2019 yilda 158-о‘rinni,
2020 yilda 95-о‘rinni, 2021 yilda 93-о‘rinni va 2022 yilda
79-о‘rinni egallagan.

O‘z navbatida, sun’iy intellektni fanga joriy etish uchun

malakali kadrlar sonini oshirish zarur. Chunki o‘z kasbining
ustasi bo‘lgan mutaxassislar sun’iy intellektning barcha
sohalarga kirib kelishida asosiy omil bo‘ladi. Hozirgi kunda
mamlakatimizda “Raqamli texnologiyalar va sun’iy
intellekt” mutaxassisligi yuqori malakali kadrlar ilmiy va
ilmiy-pedagogik

mutaxassisliklari

nomenklaturasiga

kiritilib, uning pasporti yaratildi. Muhammad al-Xorazmiy
nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
hamda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni
rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti huzurida “Raqamli
texnologiyalar va sun’iy intellekt mutaxassisligi” bo‘yicha
o‘rta ta’limdan keyingi ta’lim instituti ochildi.

Sun’iy

intellekt

muntazam

vazifalarni

avtomatlashtirishi mumkin, bu esa insonlarga yanada
murakkab vazifalarga e’tibor qaratishlari uchun vaqtni
bо‘shatish imkonini beradi. Bu ish samaradorligini sezilarli
darajada oshiradi. Shuningdek, sun’iy intellekt yangi
g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqishga, ilgari imkoni
bо‘lmagan mahsulot va xizmatlarni yaratishga imkon
beradi. Masalan, tibbiyotda sun’iy intellekt kasalliklarni
tashxislash va davolashda, avtosanoatda esa avtonom
transport-vositalarini yaratishda yordam beradi. Biroq,
sun’iy intellektning rivojlanishi axloq, maxfiylik va
xavfsizlik sohasida ham savollar tug‘diradi, shuning uchun,
tegishli qoidalar va qonunlarni ishlab chiqish, sun’iy
intellektdan samarali foydalanish va himoya qilish uchun
mutaxassislarni tayyorlash muhimdir.

Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki

, sun'iy intellekt

- bu muayyan vazifalarni bajarishda inson xatti-
harakatlariga taqlid qilishga qodir bo'lgan tizim yoki
texnologiya bo'lib, u olingan ma'lumotlardan foydalangan
holda asta-sekin takomillashtiriladi. Sun'iy intellekt format
ham, funksiya ham emas, balki ma'lumotlarni yig'ish va
tahlil qilishni o'z ichiga olgan murakkab jarayondir.

FOYDALANILGAN

ADABIYOTLAR

RO‘YXATI

[1].“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va
indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari
va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi
mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-iyundagi PF-
6003-son Farmoni.

[2].Что такое Искусственный интеллект (ИИ, Artificial
intelligence, AI) (https://www.tadviser.ru) .
[3].Искусственный

интеллект

(ИИ,

Artificial

intelligence, AI) (https://www.tadviser.ru).

References

. “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-iyundagi PF-6003-son Farmoni.

. Что такое Искусственный интеллект (ИИ, Artificial intelligence, AI) (https://www.tadviser.ru) .

. Искусственный интеллект (ИИ, Artificial intelligence, AI) (https://www.tadviser.ru).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов