Tibbiy ilmiy tekshirishlarda bemor anonimligi va ma’lumotlarini
konfidensialligini ta’minlashda blokcheyn texnologiyasini qoʻllash
Shukurov Dadanur Tohir o‘g‘li
Teacher, Tashkent University of Applied Sciences, Gavhar Str.1 Tashkent 100149, Uzbekistan
E-mail: dadanur0094@gmail.com, tel.: 998 (97)742 00 94
https://doi.org/10.5281/zenodo.10471619
Kalit soʻzlar: IT, konfidensiallik, anonimlik, blokcheyn, ochiq blokcheyn, yopiq blokcheyn, konsortsium, HydraChain, Quorum
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tibbiy ilmiy tekshirishlarda ishtirokchilar anonimligi va shaxsiy ma’lumotlarni konfidensialligini
ta’minlashdagi muammolar va bu muammolarni hal qilishda blokcheyn texnologiyasi qoʻllash istiqbollari tahlil
qilinadi.
KIRISH
Hozirgi kunda IT barcha sohaga kirib
bormoqda
va
insonlarning
faoliyatini
yengillashtirayapdi. Ma’lumotni bir joydan ikkinchi
joyga joʻnatish soniyalarda hal qilinmoqda. Bu kabi
yutuqlar tibbiyot sohasida ham oʻz aksini topmoqda.
Masalan: respublika tibbiyot markazlaridan uzoqda
joylashgan viloyatlardagi bemorga tegishli turli
ma’lumotlar internet orqali joʻnatilmoqda hamda
ushbu markazlarga yuborilmoqda va yuqori malakali
shifokorlar tomonidan tekshirilib turli tavsiyalar,
yoʻriqnomalar berilmoqda. Ammo bu kabi
ma’lumotlarni
internet orqali uzatish xavfli
hisoblanadi va bemorga tegishli konfidensial
ma’lumotlarning begona shaxslar qoʻliga tushib
qolishi va bu bemor uchun turli muammolarni keltirib
chiqarishi mumkin.
Ilmiy tekshirishlar jamiyatga ta’sirli boʻlishi
uchun insonlarning ham bu ilmiy izlanishda ishtirok
etishi muhim sanaladi. Ammo tadqiqotchi ishtirokchi
tomonidan
olingan
ma’lumotlardan
ishonchli
foydalanishi uchun ushbu ishtirok ishonchlilik va
haqiqiylik prinsipiga tayangan boʻlishi kerak. Koʻp
odamlar uchun ular ishtirok etayotgan tadqiqotda
ularning shaxsiy ma’lumotlari qanchalik yaxshi
himoyalanganligi haqidagi javob, ularning ushbu
soʻrovnomada qanchalik holisona qatnashishlarini
belgilaydi. Bu tadqiqotchiga loyihaga tegishli boʻlgan
subyektlarning anonimligi yoki konfidensialligini
kafolatlash uchun ma’lumotlarni toʻplash va tarqatish
jarayonida muayyan tartib va metodlarni qoʻllash
mas’uliyatini yuklaydi. Tadqiqotning sabablari va
ishtirokchi ma’lumotlari qanday ishlatilishini oshkor
qilish orqali tadqiqotchi sub’ekt tomonidan zarur
boʻlgan ixtiyoriy rozilikni olishi hamda ularning
javoblari ishonchli va haqiqiy boʻlishini kutishi
mumkin[1].
Inson ishtirokchilari bilan shugʻullanadigan
tadqiqotchi sifatida ularning huquqlari va inson
tabiatinining asosiy mohiyatini bilish muhimdir.
Tadqiqot davomida ishtirokchi mavzular boʻyicha
vijdonan javob bersa, ularning javoblari qandaydir
tarzda oʻzgalarga
muammo tugʻdirishi mumkinligidan xavotirlanishlari
mumkin. Insonlar shaxsiy ma’lumotlarining qanday
himoya qilinishi, odamlar ilmiy soʻrovnomada
ishtirok etish darajasini belgilab beradi. Ba’zi
tadqiqotlar subyektning "
konfidensialligi
" boshqalari
esa "
anonimlilik
" ga ruxsat beradi. Bu ikkisi oʻrtasida
sezilarli farq mavjud:
Agar
ilmiy
tekshirish
ishtirokchisiga
ularning shaxsiy ma’lumotlari konfidensial boʻlishi
aytilsa, bu ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlari
so’rovnomada talab qilinishi va shu bilan bir vaqtda
imiy tekshirishni olib borayotganlar tomonidan
shaxsiy ma’lumotlarning faqat ishtirokchi va ular
orasida maxfiy saqlanishi uchun kerakli boʻlgan
barcha ehtiyot choralarini koʻrish vazifasini yuklaydi.
Konfidensial ma’lumotlar
– bu biron shaxs
yoki tashkilotga tegishli boʻlgan va faqatgina ma’lum
kishilar bilishi kerak boʻlgan ma’lumot.
Ishtirokchilarning anonimligiga asoslangan
ilmiy izlanishda ushbu izlanishni olib borayotganga
ham ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlari ma’lum
boʻlmaydi. Bu, odatda, ishtirok etuvchi sub’ektga
minimal xavf tug’diradi.
Anonimlik
- bu shaxsiy ma’lumotlarning
yig’ilmasligidir[2,3].
Blokcheyn
(inglizcha Blockchain) - bu
kriptografik usulda bog‘langan ma’lumotlarning
bloklari roʻyxati. Har bir blokda oʻzidan oldingi
blokning kriptografik xesh qiymati hamda vaqt
qiymati va tranzaksiyalar toʻg‘risidagi ma’lumotlar
mavjud.
Blokcheyn turlari
Ochiq
blokcheyn.
Nomidan
koʻrinib
turibdiki, ochiq blokcheynlar hech kimga tegishli
emas. Ular butunlay ochiq va har kim qaror qabul
qilish jarayonida alohida uzel sifatida ishtirok etishi
mumkin. Foydalanuvchilar ishtirok etish uchun
mukofot olishlari yoki olmasliklari mumkin. Barcha
foydalanuvchilari ochiq reyestrlarning nusxasini
oʻzlarining
lokal
uzellarida
saqlaydilar
va
reyestrlarning aktual holatini aniqlash uchun
taqsimlangan
konsensus
mexanizmidan
foydalanadilar.
Bitkoin va Ethereum ochiq blokcheyn
hisoblanadi.
Yopiq blokcheynlar.
Yopiq blokcheynlar
hamma uchun ham foydalanish imkoni mavjud emas.
Ya'ni, ular faqat reyestrdan umumiy foydalanish
uchun qaror qilgan konsortsium yoki shaxslar guruhi
uchun ochiqdir. Hozirda ushbu toifadagi
HydraChain
va
Quorum
kabi blokcheynlar mavjud. Prinsipial
jihatdan, agar kerak boʻlsa, ushbu ikkala blokcheyn
ochiq rejimda ishlashi ham mumkin, ammo ularning
asosiy maqsadi yopiq foydalanishdir.
Konsortsium
. Blockcheynning ushbu turida
faqat
bir
guruh
tashkilotlar
tranzaksiyalarni
tekshirishi va qoʻshishi mumkin. Bu yerda
blockcheyn ochiq boʻlishi yoki faqat ma’lum
guruhlarga ruxsat berilishi mumkin. Blokcheyn
konsorsiumi kross-tashkilotlar uchun ishlatiladi. U
faqat oldindan aniqlangan uzellar tomonidan
boshqariladi[4].
Tibbiy ilmiy tekshirishlar axborot tizimlarida
quyidagi
muammolar
mavjud:
– boshqaruv bir foydalanuvchi yoki bir guruh
foydalanuvchilar qoʻlida;
– bemorlar
ma’lumotlarini
butunligi
kafolatlanmagan;
– bemorlar ma’lumotlari faqatgina bir yoki bir
necha serverda saqlanadi;
– tibbiyot sanoati bemorlarning maxfiy
ma’lumotlarini xavfsiz almashish va ulardan
foydalanish imkoni yoʻqligi;
– markazdan boshqariladi;
– konfidensiallik va anonimlik muammosi.
Tibbiyot sohasida blokcheyn texnologiyasidan
foydalanishdagi
afzalliklar
sifatida quyidagilarni
koʻrsatish mumkin:
– xavfsizlik, konfidensiallik va ma’lumotlar
almashinuvining
ishonchliligini
oshirish
va
integratsiya.
Ma’lumot uchun
: aksar an’anaviy
tizimlarda ma’lumotlarni maxfiy saqlash muommo
sifatida qaraladi. Bemor tibbiy daftarchasini boshqa
tizimlarda foydalanishda qiyinchilik tug‘diradi.
Blokcheyn ma’lumotlarni xavfsiz va anonimligini
saqlash va butun tizim boʻylab integratsiya qilish
imkonini beradi;
– bemorlarga yoʻnaltirilgan tibbiy yozuvlarni
yaratish.
Ma’lumot uchun
:
blokcheyn har bir bemor
uchun individual tibbiyot yozuvlarini taqdim etib uni
butun tizim boʻylab faqatgina bemorni ruxsati bilan
foydalanishni ta’minlaydi[5].
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tibbiyot
sohasida blokcheyn texnologiyalarini tadbiq qilish
bemor ma’lumotlarini konfidensialligi va anonimligi,
ma’lumotlar butunligi, konfidensialligi hamda
tizimdagi boshqaruvning shaffofligini ta’minlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
https://www.impactio.com/blog/managing-
confidentiality-and-anonymity-in-the-
research
2.
https://www.torontomu.ca/content/dam/rese
arch/documents/ethics/guidelines-on-
anonymity-and-confidentiality-in-
research.pdf
3.
https://www.unr.edu/research-
integrity/human-research/human-research-
protection-policy-manual/410-maintaining-
data-confidentiality
4.
https://www.oracle.com/middleeast/blockch
ain/what-is-blockchain/
5.
https://www.researchgate.net/publication/35
9211436_Privacy_Preservation_and_Access
_Control_for_Sharing_Electronic_Health_R
ecords_Using_Blockchain_Technology
