DETERMINING THE BASIC CRITERIA AND COST-EFFECTIVENESS OF IDENTIFICATION OF COSMETIC PRODUCTS.

HAC
Google Scholar
To share
Ziyodova, L., Xamroqulov, M., & Muhammedov, S. (2024). DETERMINING THE BASIC CRITERIA AND COST-EFFECTIVENESS OF IDENTIFICATION OF COSMETIC PRODUCTS. Modern Science and Research, 3(1), 1–8. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28262
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Identification carried out for the purpose of examination and certification of cosmetic products is of great practical importance, so it is important to determine the identification criteria necessary for the identification of cosmetic products. Identification criteria for specific types of cosmetic products differ from each other, which is determined by the variety of goals, composition and functional features of cosmetic products of various types. As you know, the number of identification indicators should be acceptable, that is, tests should not be carried out on a whole range of quality indicators, which complicates identification, so they should be reasonably selected and at a level that allows sufficient information to be provided for an expert opinion.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

400

KOSMETIKA MAHSULOTLARINI IDENTIFIKATSIYALASHNING ASOSIY

MEZONLARINI VA IQTISODIY SAMARADORLIGINI ANIQLASH.

Ziyodova Lobar Baxodir qizi

Toshkent kimyo texnologiya instituti. PhD, asisstent

lobarziyodova@gmail.com,

977129106.

Xamroqulov Mahmud G’ofurjonovich

Toshkent kimyo texnologiya instituti. PhD, dotsent

Muhammedova Shohista

Toshkent kimyo texnologiya instituti, katta o`qituvchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10523665

Annotatsiya. Kosmetika mahsulotlarini ekspertiza qilish va sertifikatlash maqsadida

o‘tkaziladigan identifikatsiya katta amaliy ahamiyatga ega shu sababli kosmetika mahsulotlarini
identifikatsiyalash uchun zarur identifikatsiya mezonlarini aniqlash muhimdir. Kosmetika
mahsulotlarining o‘ziga xos turlari uchun identifikatsiya mezonlari bir-birdan farq qiladi, bu har
xil turdagi kosmetika mahsulotlarining maqsadi, tarkibi va funktsional xususiyatlari turli hilligi
bilan belgilanadi. Ma’lumki, identifikatsiya ko‘rsatkichlari soni maqbul bo‘lishi ,ya’ni sifat
ko‘rsatkichlarining butun doirasi bo‘yicha sinovlar o‘tkazilmasligi kerak, chunki bu
identifikatsiyani murakkablashtiradi, shuning uchun ular oqilona tanlangan va ekspert xulosasi
uchun yetarli ma’lumotlarni yetkazib beradigan darajada bo‘lishi kerak.

Kalit so’zlar: kosmetika mahsulorlari, identifikatsiyalash, identifikatsiya mezonlari,

identifikatsiya usullari, identifikatsiya ko‘rsatkichi, sertifikatlash, markirovka.

DETERMINING THE BASIC CRITERIA AND COST-EFFECTIVENESS OF

IDENTIFICATION OF COSMETIC PRODUCTS.

Abstract. Identification carried out for the purpose of examination and certification of

cosmetic products is of great practical importance, so it is important to determine the identification
criteria necessary for the identification of cosmetic products. Identification criteria for specific
types of cosmetic products differ from each other, which is determined by the variety of goals,
composition and functional features of cosmetic products of various types. As you know, the
number of identification indicators should be acceptable, that is, tests should not be carried out
on a whole range of quality indicators, which complicates identification, so they should be
reasonably selected and at a level that allows sufficient information to be provided for an expert
opinion.

Keywords: cosmetic products, identification criteria, identification methods, identification

index, certification, labeling.

ОПРЕДЕЛЕНИЕ ОСНОВНЫХ КРИТЕРИЕВ И ЭКОНОМИЧЕСКОЙ

ЭФФЕКТИВНОСТИ ИДЕНТИФИКАЦИИ КОСМЕТИЧЕСКИХ ПРОДУКТОВ.

Аннотация. Идентификация, проводимая в целях экспертизы и сертификации

косметической продукции, имеет большое практическое значение, поэтому важно
определить критерии идентификации, необходимые для идентификации косметической
продукции. Критерии идентификации для специфических видов косметической продукции
отличаются друг от друга, что определяется разнообразием целей, состава и
функциональных особенностей косметической продукции различных видов. Как известно,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

401

количество показателей идентификации должно быть приемлемым, то есть не должны
проводиться испытания по целому кругу показателей качества, что усложняет
идентификацию, поэтому они должны быть разумно выбраны и на уровне, позволяющем
предоставить достаточную информацию для экспертного заключения.

Ключевые слова: косметические продукты, идентификационные критерии,

методы идентификации, показатели идентификации,сертификация, маркировка.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, maqsadga qarab mezon va ko‘rsatkichlar soni, shuningdek

qo‘llaniladigan vositalar va usullar har xil bo‘ladi. Bu identifikatsiya paytida amalga oshirilgan
ishlar hajmini aniqlaydi. Ishning tahlili va amaliy natijalarini hisobga olgan holda, biz kelajakda
boshqa maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan, ikki turdagi faoliyatni identifikatsiyalash
tartibini ishlab chiqishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:ekspertiza va sertifikatlash.

Identifikatsiyani amalga oshirishda mahsulot turiga qarab va maqsadga ko‘ra dastlab

identifikatsiya mezonlari aniqlanadi. Keyin tanlangan mezonlarni aniqlash uchun ishlatilishi
mumkin bo‘lgan vositalarni aniqlanadi. Vositalarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: me’yoriy
(texnik) va yuk hujjatlari (YuH). Identifikatsiya qilish uchun mos ko‘rsatkichlar me’yorlarini va
ularni aniqlash usullarini belgilaydigan normativ yoki texnik hujjatlarga muhim ahamiyat beriladi.

Identifikatsiya qilish uchun biz beshta usul guruhini aniqladik: analitik, ekspert,

organoleptik, o‘lchash va ekspress usullar, ularning qo‘llanilishi tanlangan mezonlarga muvofiq
belgilanadi.

Identifikatsiyaning har bir turi tegishli mezonlar bilan tavsiflanadi. Mezonlar orasida

deyarli har doim identifikatsiya amalga oshirilishida inobatga olinadigan umumiy mezonlarni
ajratish mumkin, masalan, mahsulot turi, nomi, ishlab chiqaruvchisi, YuHga muvofiqligi. Bundan
tashqari, faqat ma’lum bir identifikatsiya turi uchun ishlatiladigan aniq mezonlar mavjud.

Eng muhim identifikatsiya mezoni kosmetika mahsulotining nomi. Nomiga (turiga) qarab

mahsulotning me’yoriy hujjati, maqsadi, qo‘llash usuli va saqlash shartlari aniqlanadi. Kosmetika
mahsulotlarining nomenklaturasi juda xilma-xildir, yangi turlari doimiy ravishda paydo bo‘ladi,
shuning uchun hozirda barcha turdagi mahsulotlar uchun standartlar mavjud emas.

Bundan tashqari, kosmetika mahsulotlari murakkab va ko‘pkomponentli tarkibga ega, shu

sababli ba’zida mahsulotni u yoki bu turga bog‘lash qiyin bo’ladi.

Nomi va asosiy funktsional xususiyatlarga muvofiqligini aniqlash mahsulotning

xususiyatlarini organoleptik o‘rganishdan boshlanadi: rang, hid, ushbu maqsaddagi mahsulotning
xarakteristikasi. Ba’zida mahsulot nomini to‘g‘ri aniqlash uchun faqat organoleptik xususiyatlar
yetarli emas.

Misol uchun, shampunlarni vannalar uchun ko‘pikdan yoki konditsionerlardan ajratish

ko‘pincha qiyin. Shuning uchun ushbu nomlarni yanada aniqlashtirishda mahsulotlarning
belgilangan nomga muvofiqligini yanada ishonchli tasdiqlash yoki rad yetish imkonini beruvchi
laboratoriya (o‘lchash) tahlil usullari qo‘llaniladi.

Shunday qilib, shampunlarni, vanna ko‘piklarini va konditsionerlardan farqlash uchun

kerak bo‘lganda uchta ko‘rsatkichni tanlash mumkin: pH, sirt faol moddalar tarkibi va
ko‘piklanish qobiliyati.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

402

1-rasm. Nomi va turi bir hil ammo sifati soxtalashtirilgan tonal kremi (chap

tomonda original, o‘ng tomonda soxtalashtirilgan mahsulot)

Firmalar o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarishni boshqa ishlab chiqaruvchilarga ishonib

topshirishlari mumkin, bu qabul qilingan amaliyot ham identifikatsiyani qiyinlashtiradi.
Mahsulotlar uchun mas’ul bo‘lgan va ishlab chiqaruvchi ro‘yxatiga kiritilgan kompaniya mahsulot
uchun javobgar hisoblanadi, garchi konteynerlar va hatto tovarlarning o‘zini ishlab chiqarish uning
nomidan boshqa korxonalar tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo’lsa ham.

Tovarlarni identifikatsiyalashning 3 ta bosqichi mavjud:
1.

Dastlabki identifikatsiya- bunda mahsulot hujjatlari o‘rganiladi, tahlil qilinadi,

qadoqlari tekshiriladi, muvofiq va nomuvofiq xususiyatlari ajratilib, organoleptik va fizik-
kimyoviy ko‘rsatkichlari baholanadi.

2.

Yakuniy identifikatsiya- bunda sinov ma’lumotlari tahlil qilinadi va xulosa uchun

to‘liq tahlil ishlari amalga oshiriladi.

3.

Muvofiqlik to‘g‘risida xulosa tuzish.

Identifikatsiyaning birinchi turi mahsulotlarni nomi va uning asosiy funktsional

xususiyatlari meyoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Mahalliy
mahsulotlarning yorlig‘ida ushbu mahsulot ishlab chiqariladigan GOST yoki boshqa standart
ko‘rsatiladi.

Mahsulotning muvofiqlik sertifikati, yo‘l varaqasi yoki schyot-faktura, invoys, shartnoma

yoki kontrakt kabi yuk hujjatlariga muvofiqligini aniqlash ekspertiza, nazorat operatsiyalari va
sertifikatlashtirish paytida, shuningdek savdo tashkilotlari tomonidan tovarlarni sotib olayotganda
amalga oshiriladi.

Sifat identifikatsiyasini amalga oshirishda markirovkaning to‘liqligi GOST talablariga

muvofiqligi baholanadi. Kosmetika mahsulotlarini identifikatsiyalashning o‘ziga xos xususiyati
yorliqda ko‘rsatilgan tarkibga muvofiqligini aniqlashdir. Ushbu mezon faqat kosmetika
mahsulotlarini sertifikatlash maqsadida qo‘llaniladi. Yuqori sifatli va xavfsiz parfyumeriya va
kosmetika mahsulotini yaratishning eng muhim sharti uning tarkibini (formulasini) ishlab


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

403

chiqishdir. Normativ hujjatlarda, GOSTda, qoida tariqasida, asosiy moddalarning tarkibi
normallashtiriladi. Masalan, suv, spirt, sirt faol moddalar va boshqalarning massa ulushi.

Kosmetika mahsulotlarini identifikatsiyalashda retsept tarkibi tahlil qilinadi, bu ishlab

chiqaruvchi tomonidan kompozitsiyadagi ingredientlar miqdorini ko‘rsatmasdan taqdim etiladi,
ma’lum chegaralarda ruxsat etilganlar bundan mustasno. Ingredientlar ro‘yxati lotin alifbosidagi
harflar yordamida kosmetik ingredientlarning xalqaro nomenklaturasiga (MC1) muvofiq
belgilanishi mumkin. Retsept tarkibi kosmetika mahsulotining barcha iste’mol xususiyatlarini va
ularning samaradorligini shakllantiradi. Masalan, ilgari shampunlarda qazg‘oqqa qarshi
komponent sifatida ishlatilgan qayin smolasi kabi komponentdan foydalanish hozirgi kunda
taqiqlangan. Biroq, hozir ham bozorda qayin smolasini o‘z ichiga olgan shampunlar mavjud.
Xuddi shu narsa kosmetika mahsulotlaridagi konservantlarga ham tegishli. Konservantlarning
asosiy qismini mahsulotlarida cheklangan miqdorda ishlatishga ruxsat beriladi.

Ishlab chiqarilgan sana kabi mezon partiya va sifatni identifikatsiya qilish uchun ishlatiladi.

Ishlab chiqarilgan kundan boshlab kosmetika mahsulotining yaroqlilik muddati hisoblanadi, bu
ularning ishlab chiqarishning texnologik imkoniyatlari, formulasi asosida aniqlanadi va uni ishlab
chiqaruvchining o‘zi belgilaydi. Yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng, mahsulot sifatli deb
hisoblanmaydi va utilizatsiya qilinadi. Ko‘pincha, ishlab chiqarilgan sana partiyani
identifikatsiyalash mezoni sifatida, amal qilish muddati esa sifatni identifikatsiyalashda ishlatiladi.
Mahalliy kosmetika mahsulotini markirovkalashda odatda ishlab chiqarilgan sana va yaroqlilik
muddatini ko‘rsatiladi. Import qilingan mahsulotlarda ko‘pincha yaroqlilik muddati ko‘rsatiladi.

Mahsulotning hajmi va massasi partiyaviy va miqdoriy identifikatsiyani tavsiflovchi

mezondir. Kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunasining xususiyatlariga, qadoqlanishi,
konsistentsiyasi, maqsadiga qarab, markalash va qadoqlash vaqtida iste’molchi qadog‘idagi
nominal tarkibining sof og‘irligini yoki hajmini ko‘rsatadi. Misol uchun, agar to‘ldirish uskunasi
tortish dispenserlari bilan jihozlangan bo‘lsa, unda ishlab chiqaruvchi paketdagi kosmetika
mahsuloti massasini ko‘rsatadi va agar volumetrik dispenserlar o‘rnatilgan bo‘lsa, unda, albatta,
hajmni ko‘rsatadi.

Meyoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash faqat sifatni identifikatsiya qilish va

sertifikatlashtirish ishlari davomida amalga oshiriladi. Tegishli standart bilan meyorlashtirilgan
barcha ko‘rsatkichlarni tekshirib, MH talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligini baholash
mumkin.

O‘tkazilgan tadqiqotlar va ularning tahlili kosmetika mahsulotlarini identifikatsiyalashda

qo‘llaniladigan asosiy mezonlarga ko‘ra vositalar, ko‘rsatkichlar va usullarni aniqlash imkonini
berdi.

1- Jadval.

Kosmetika mahsulotlarini identifikatsiyalashda identifikatsiya mezonlari, vositalari,

ko‘rsatkichlari va usullarining xususiyatlari

Mezonning nomi

Identifikatsiya

vositasi

Identifikatsiya

ko‘rsatkichi

Identifikatsiya

usuli


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

404

1

Maxsulot turi

Markirovka, yuk

hujjati, Meyoriy

hujjat, mahsulot

Tashqi ko‘rinish, rang,

hid, pH, faol

moddaning massa

ulush, suvning

vauchuvchan

moddalarningmassa

ulushi

Аnalitik,

ekspert,

organoleptik,

ekspress usul,

o‘lchash

2

Mahsulot nomi

Markirovka, yuk

hujjati, etalon

namuna, mahsulot

Tashqi ko‘rinish, rang,

hid

Аnalitik,

ekspert,

organoleptik

3

Ishlab chiqaruvchi

Markirovka, yuk

hujjati, kelib

chiqish sertifikati,

mahsulot, qadoq

Tashqi ko‘rinish, rang,

hid

Аnalitik,

ekspert,

organoleptik

4

Yuk hujjatlarga

muvofiqligi

Markirovka, yuk
hujjati, mahsulot

nomenklaturasi

Аnalitik

5

Markirovkaning

to‘liqligi

Markirovka,

Meyoriy hujjat

Аnalitik

6

Qo‘llanilishi

Markirovka,

ko‘llanish

yo‘riqnomasi,

mahsulot

Tashqi ko‘rinish, rang,

hid, pH,

faol moddaning massa

ulush, suvning va

uchuvchan

moddalarningmassa

ulush

Аnalitik,

ekspert,

organoleptik,

ekspress usul,

o‘lchash

7

Yosh va jinsga

moslashtirilganlik

Markirovka, yuk
hujjati, mahsulot

Tashqi ko‘rinish, rang,

hid, pH

Аnalitik,

ekspert,

organoleptik

8

Tarkib

Markirovka,

retseptura, meyoriy

hujjat

Tashqi ko‘rinishi, faol

moddaning massa

ulush, quruq moddalar

tarkibi va boshqalar

Аnalitik,

organoleptik,

ekspress usul,

o‘lchash

9

Ishlab chiqarilgan

sana

Markirovka, yuk

hujjati, ishlab

chiqaruvchining

axboroti

Аnalitik, ekspert

10

Hajmi, massasi

Markirovka, yuk
hujjati, mahsulot

Аnalitik, ekspert


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

405

11

Tasniflarni

guruhlash

Mahsulot, TIF TN

va KUK

klassifikatorlari

Tashqi ko‘rinishi, faol

moddaning massa

ulushi

Аnalitik,

organoleptik,

ekspress usul,

o‘lchash

12

Meyoriy hujjat

dastur doirasi

Markirovka,

standartlar indeksi,

MH

Tashqi ko‘rinishi, faol

moddaning massa

ulushi

Аnalitik,

organoleptik,

ekspress usul,

o‘lchash

13

MH talablariga

muvofiqligi

MH, mahsulot,

sinov hisoboti

Tashqi ko‘rinishi, faol

moddaning massa

ulushi

Аnalitik,

organoleptik,

ekspress usul,

o‘lchash

14

Ishlab chiqaruvchi

kodi

Markirovka, kod

Shifratori

Аnalitik

15

Tovar belgisi

Markirovka,

namuna etalon,

tavsif

Аnalitik

16

Qadoqning

muvofiqligi

Qadoq, yuk hujjati,

MH

Аnalitik, ekspert

Xulosa.

Shunday qilib, tahlil natijalariga ko‘ra, identifikatsiyalashnig eng muhim

mezonlar aniqlandi hamda ularga mos keladigan vositalar, ko‘rsatkichlar va usullar belgilandi.
Kosmetika mahsulotlarini identifikatsiyalashning bunday mezonlariga quyidagilar kiradi: nomi,
maqsadi, tarkibi, jins va yoshga yo‘naltirish, tasniflarni guruhlash, MH talablariga muvofiqligi,
turi, ishlab chiqaruvchi. 16 mezondan 8 tasi eng muhimlari ekanligi belgilab olindi.

Sertifikatlash maqsadida organoleptik va ekspert usullari bilan belgilanadigan

ko‘rsatkichlar tanlanadi. Bu sertifikatlash uchun ariza beruvchilarning xarajatlarini oshirmaslik
uchun sertifikatlash qoidalari bilan ta’minlanadi. Boshqa maqsadlar uchun, xususan, nazorat
faoliyati uchun ko‘rsatkichlar identifikatsiya ko‘rsatkichlari sifatida tanlanishi mumkin, ularni
aniqlash qo‘shimcha ravishda ekspress va o‘lchash usullari bilan amalga oshirilishi mumkin.
Fizik-kimyoviy identifikatsiya ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun, masalan, massasi, asosiy
moddaning massa ulush va boshqalar, muhrlangan mahsulot namunalari akkreditatsiyalangan
laboratoriyaga yuboriladi. Ko‘rsatkichlarni aniqlash natijalari sinov hisoboti shaklida tuziladi.

Dastlabki

identifikatsiya

va

laboratoriya

tekshiruvlari

natijalariga

ko‘ra

identifikatsiyalashning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi, bu "yakuniy identifikatsiya" deb nomlanadi.
Tovarlarning individual xususiyatlarini tasdiqlash dastlabki va yakuniy identifikatsiya qilish
bosqichida ham amalga oshirilishi mumkin, masalan, tovarlarning nomi (turi) va tegishli MH.
Ma’lumotlarni tahlil qilish identifikatsiya mezonlari va ko‘rsatkichlarining muvofiqligi yoki
nomuvofiqligini aniqlaydi.

"Hujjatlashtirish" deb nomlangan uchinchi bosqichda hujjatlar shakllari to‘ldiriladi. Ushbu

bosqichda ekspertiza davomida identifikatsiya natijalari asosida xulosa tuziladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

406

Shunday qilib, tadqiqotlarimiz natijasida biz identifikatsiya mezonlarini va ularning

kosmetika mahsulotlari uchun ahamiyatini aniqladik. Identifikatsiya qilish maqsadlari va turlariga
qarab mezonlarning qo‘llanilishi belgilanadi. O‘tkazilgan tadqiqotlar mezonlarni tavsiflash va
belgilangan mezonlarning har biri uchun identifikatsiyalash vositalari, ko‘rsatkichlari va usullarini
aniqlash imkonini berdi.

Parfyumeriya va kosmetika mahsulotlarini soxtalashtirish shubhasi bilan mahsulotni

identifikatsiyalash nafaqat maxsus kimyoviy, fizik-kimyoviy va fizik usullarni, balki
qalbakilashtirish va identifikatsiyani aniqlashning yangi samarali usullarini ham qo‘llashni talab
qiladi.

Parfyumeriya

mahsulotlarini

identifikatsiyalashdagi

salbiy

natija

ularning

qalbakilashtirilganligidan dalolat beradi.

Kosmetika mahsulotlari orasida Shampun deyarli har kuni foydalaniladigan ommabop

gigienik- kosmetika mahsuloti bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasiga Shampun mahsulotining import
va eksport hajmi quyidagi jadvalda keltirib o‘tilgan.

Shampun mahsulotining import-eksport hajmi ma’lumotlari

TIF TN

bo‘yicha

tovar kodi

2022 yil

2023 yil

Miqdori

(tonna)

Qiymati

(ming doll.)

Miqdori

(tonna)

Qiymati (ming

doll.)

3305 10

IMPORT

2074,042

11977,358

2353,361

14466,778

EKSPORT

33,810

613,974

16,605

616,18


Shampun mahsulotlari turli xil tarkibga va xususiyatga ega bo‘lib, bozordagi harid narxlari

ham turlicha bo‘lishiga qaramay, bitta TIF TN kodi bilan tasniflanadi. Ushbu shampun
mahsulotlarini TIF TN kod raqamlari noto‘g‘ri rasmiylashtirilishi natijasida davlat byudjetiga
iqtisodiy zarar yetishi mumkin. Misol uchun, 3305 10 “Shampun” nomli tovar subpozitsiyasidagi
kosmetika mahsulotlarini 3004 90 “Boshqalar (Dorivor vositalar)” subpozitsiyasida
rasmiylashtirilishi, 3305 10 tovar subpozitsiyasi uchun belgilangan 20% li bojxona bojlarini
undirilmasligiga olib keladi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.10.2019 yildagi PQ-
4470-son qaroriga asosan hozirgi kunda 3004 90 subpozitsiyasi uchun boj to‘lovi 0%, 3305 10
subpozitsiyasi uchun boj to‘lovi esa 20%ni tashkil etadi).Statistik ma’lumotlarga ko‘ra
O‘zbekiston Respublikasiga bir yilda 33.37 ming АQSH dollari miqdorida (764.15 kg) davolovchi
shampun mahsuloti import qilinadi. Аgar ushbu mahsulot dorivor vosita sifatida 3004 90 000 9
subpozitsiyasida emas davolovchi shampun 3305 10 000 1 tovar kodida rasmiylashtirilsa bir yilda
davlat byudjetiga 6.674 ming АQSH dollari miqdorida bojxona boji undiriladi.


REFERENCES

1.

Odomosu P.O., Ekwe T.O.Identification and spectroscophometric determination of
hydoquinone levels in some cosmetic creams//African journal of Pharmacy and
pharmacology Vol 4(5), 2010. –P.231-234.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

407

2.

Жиряева Е.В. Товароведение и экспертиза в таможенном деле (продоволственные
товары): учебное пособие / Е.В. Жиряева, Т. Хайландт. СПб.: 2006. 288 с.

3.

Л.Б.Зиёдова, М.Ғ.Хамракулов, С.А.Алимбаев, Ғ.Х.Хамракулов. Проблемы
возникающие при таможенной экспертизы парфюмерно-косметической продукции//
Наука и образование: проблемы и перспективы. Международная научно-практическая
конференция. 30 октября 2020года, г.Прага Чехия.

4.

Л.Б.Зиёдова, ХамракуловГ.Х.,ЖурабаевА., Арипджанов М. Косметика воситаларини
сохталаштиришнинг баъзи усулларини тадқиқ этиш // Ёш олимлар, магистратура ва
бакалавриат талабаларининг анъанавий XXXI «Умидли кимёгарлар-2022» илмий-
техникавий анжуманини маъруза матнлари, 286-288 б.

5.

Л.Б.Зиёдова,

М.Ғ.Хамракулов,

Ғ.Х.Хамракулов.Косметика

ва

парфюмерия

маҳсулотларини идентификациялаш ва Ўзбекистон Республикаси ташқи иқтисодий
фаолият товарлар номенклатурасига асосан таснифлаш.//«Товарлар кимёси ҳамда
халқ табобати муаммолари ва истиқболлари» Мавзусидаги IX халқаро илмий-амалий
конференция материаллари (Андижон, 2022, 15-16 сентябр).442-б.

6.

Паршикова В.Н. Товароведение парфюмерно-косметических товаров. Учебное
пособие [Электронный ресурс]. Красноярск. —2013. —С. 159.

References

Odomosu P.O., Ekwe T.O.Identification and spectroscophometric determination of hydoquinone levels in some cosmetic creams//African journal of Pharmacy and pharmacology Vol 4(5), 2010. –P.231-234.

Жиряева Е.В. Товароведение и экспертиза в таможенном деле (продоволственные товары): учебное пособие / Е.В. Жиряева, Т. Хайландт. СПб.: 2006. 288 с.

Л.Б.Зиёдова, М.Ғ.Хамракулов, С.А.Алимбаев, Ғ.Х.Хамракулов. Проблемы возникающие при таможенной экспертизы парфюмерно-косметической продукции// Наука и образование: проблемы и перспективы. Международная научно-практическая конференция. 30 октября 2020года, г.Прага Чехия.

Л.Б.Зиёдова, ХамракуловГ.Х.,ЖурабаевА., Арипджанов М. Косметика воситаларини сохталаштиришнинг баъзи усулларини тадқиқ этиш // Ёш олимлар, магистратура ва бакалавриат талабаларининг анъанавий XXXI «Умидли кимёгарлар-2022» илмий-техникавий анжуманини маъруза матнлари, 286-288 б.

Л.Б.Зиёдова, М.Ғ.Хамракулов, Ғ.Х.Хамракулов.Косметика ва парфюмерия маҳсулотларини идентификациялаш ва Ўзбекистон Республикаси ташқи иқтисодий фаолият товарлар номенклатурасига асосан таснифлаш.//«Товарлар кимёси ҳамда халқ табобати муаммолари ва истиқболлари» Мавзусидаги IX халқаро илмий-амалий конференция материаллари (Андижон, 2022, 15-16 сентябр).442-б.

Паршикова В.Н. Товароведение парфюмерно-косметических товаров. Учебное пособие [Электронный ресурс]. Красноярск. —2013. —С. 159.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов