Authors

  • Xurshida Shermatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.28370

Keywords:

combating ignorance

Abstract

This article talks about the role and importance of practical training in the development of independent knowledge of future music teachers. Reasonable opinions and comments are used throughout the article.

background image


356

BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHILARINI MUSTAQIL BILIMLARINI

RIVOJLANTIRISHDA AMALIY MASHG‘ULOTLAR

Shermatova Xurshida Karimovna

Qo'qon davlat pedagogika instituti

2-bosqich tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10554529

Annotatsiya. Mazkur maqolada bo'lajak musiqa o'qituvchilarining mustaqil bilimlarini

rivojlantirishda amaliy mashg‘ulotlarning o’rni va ahamiyati haqida so’z boradi. Maqola

davomida asosli fikr va mulohazalardan foydalanilgan.

Kalit so’zlar: jaholatga qarshi kurashish, musiqa o'qituvchilari, amaliy mashg‘ulotlarning

o’rni.

PRACTICAL TRAINING FOR FUTURE MUSIC TEACHERS TO DEVELOP THEIR

INDEPENDENT KNOWLEDGE

Abstract. This article talks about the role and importance of practical training in the

development of independent knowledge of future music teachers. Reasonable opinions and

comments are used throughout the article.

Key words: combating ignorance, music teachers, the role of practical training.

ПРАКТИЧЕСКАЯ ПОДГОТОВКА БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ МУЗЫКИ ДЛЯ

РАЗВИТИЯ ИХ САМОСТОЯТЕЛЬНЫХ ЗНАНИЙ

Аннотация. В данной статье говорится о роли и значении практических занятий в

развитии самостоятельных знаний будущих учителей музыки. На протяжении всей

статьи используются обоснованные мнения и комментарии.

Ключевые слова: борьба с невежеством, учителя музыки, роль практики.

Ayni paytda madaniyat sohasida ham oldimizda g‘oyat muhim vazifalar – ta’lim orqali

jaholatga qarshi kurashish, yoshlarimizni chinakam san’atni anglashga o‘rgatish, ularning estetik

dunyosini sog‘lom asosda shakllantirish vazifasi turibdi. Farzandlarimizning iqtidorini ro‘yobga

chiqarishga bolalikdan e’tibor qaratib, ularning kamol topishi uchun bor imkoniyatlarimizni

safarbar qilsak, yurtimizdan yana ko‘plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar yetishib chiqadi.

Iste’dodli yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy rivojlanishi uchun

barcha sharoitlarni yaratish ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi “Madaniyat va san’at

sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida


background image


357

yoshlarning madaniy saviyasini oshirish, ularga milliy va san’atning eng yaxshi namunalaridan

foydalanish imkonini berish umuminsoniy madaniyat, shu asosda ma’nan yetuk va har tomonlama

barkamol shaxsni tarbiyalash, yosh iste’dodlarning qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish

borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

O’zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning ustuvor yo’nalislari

bo’yicha Harakatlar strategiyasining to’rtinchi bosqichi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan.

Milliy tarbiya barcha tarbiyaning asosidir. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridan

eng avvalo ta’lim tizimini isloh qilish, uni milliy-ma’naviy qadriyatlar negizida shakllantirish,

jismoniy sog’lom, ma’naviy yetuk, aqliy barkamol insonlarni tarbiyalashga asosiy e’tibor

qaratildi.

Talaba-yoshlarimizning bo’sh vaqtlarini kamrab olish ularning qiziqish va ijodiy

izlanishlari uchun barcha bosqichda amaliy yordam - ko’mak berish ustoz va murabbiylarga katta

vazifalar yuklaydi. Jumladan Prezidentimiz tomonidan olg’a surilgan tashabbusning birinchi

asosiy bandida aynanb yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa

turlariga qiziqishlarini rivojlantirish, ularning, iste’dodini yanada yuzaga chiqarishga hizmat

qilinishi ta’kidlanganligi maqolani yaratishga turtki bo’ldi. Shunday ekan, bugungi kunning

musiqa o’qituvchisi o’quvchilarni darsga bo’lgan qiziqishlarini o’stirish va darsni yangi pedagogik

texnalogiyalardan unumli hamda o’rinli foydalanishi, shuningdek, maqbul shakl, usul va vositalar

yordamida tashkil etishi lozim. Jumladan: texnik vositalar, komp’ yuter va boshqa musiqiy

cholg’ular uslublari, ko’rgazmali jihozlar, amaliy mashg’ulotlar, pedagogik va psixologik

vositalar ilg’or o’qituvchining ilg’or tajribasi va mahorati hisoblanadi.

Musiqaning elementar nazariyasi fanini o‘rganish amaliy jihatdan tegishli yordam berishi

uchun undagi asosiy qoidalarni har tomonlama chuqur o‘zlashtirish zarurdir. Ana shundagina

yetuk musiqa o‘qituvchisi darajasiga yetishish mumkin bo‘lib, umuman barcha musiqiy fanlar:

xor, dirijyorlik, vokal va zamonaviy musiqa, anoanaviy xonandalik, cholg‘u ijrochiligi, o‘zbek

xalq musiqa ijodi, musiqa tarixi, musiqa o‘qitish metodikasi kabi bir qator boshqa fanlardan olgan

bilim va malakalar natijasida yuqori malakali musiqa o‘qituvchilari yetishib chiqadi. Bu maqsadga

to‘la yetishishda boshqa fanlar kabi musiqa nazariyasi va solfedjio fanlarining ahamiyati nihoyatda

katta. Solfedjio fani musiqa nazariyasi fani bilan bog‘liq bo‘lib, musiqa nazariyasidan olingan

bilimlarga tayangan holda amaliy mashg‘ulot olib boriladi.

Nota bilan kuylash jarayonida eng avvalo intonatsion aniqlikka va musiqiy tekstni tug‘ri

ijro etishga erishish lozim. Solfedjio darslarida nota bilan kuylash usullari xilma-xil, ya'ni

o‘tilayotgan kuylarni alohida-alohida yoki guruh-guruh bulib kuylash, kuyning bir qismini bir


background image


358

kishi kuylasa ikkinchi qismini ikkinchi birlari kuylashi, fortepiano jo‘rligisiz kuylash mashqlarida

esa o‘quvchi mazkur kuyning tonalligini saqlab qolishga, ritm va o‘lchovini o‘zi mustaqil ravishda

to‘g‘ri olib borishga intiladi va muvaffaq bo‘ladi.

Musiqiy-nazariy bilimlarni o‘zlashtirishlari barobarida bo‘lg‘usi musiqa madaniyati

o‘qituvchilari zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarning egallash bilan bir qatorda musiqa

ta’lim tizimida olib borilayotgan tub islohotlar, zamonaviy o‘qituvchiga qo‘yilayotgan talablar,

boy maonaviy, madaniy, musiqiy merosimizga yangicha yondashuvlarni o‘rganadilar. Musiqiy-

nazariy fanni o‘qitishning asosiy maqsadi talabalarning musiqiy dunyoqarashini shakllantirish,

boyitish, ularning musiqiy tafakkurini rivojlantirish, musiqani idrok qilishni shakllantirish, badiiy

didini o‘stirish, musiqa ifodasi tarkibiy qismlari soxasi bo‘yicha bilimlar berib, musiqiy asarni

o‘rganishda uning mazmunini to‘g‘ri ochishga yordam berishdir.

Bugungi kunda pedagogik kadrlar tayyorlashda musiqiy-nazariy bilimlar hajmini oshirish

talab etiladi. Bunga sabab, pedagogika oliy o‘quv yurtlari talabalari kontingenti ularning

universitetgacha olgan musiqiy ta’lim darajalari turli xil bo‘lganligi tufayli, aksariyat hollarda,

yetarlicha musiqiy-nazariy tayyorgarlikka ega emaslar. Musiqa o‘qituvchisi kasbi musiqiy nazariy

materialni o‘zlashtirishda, avvalom bor, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishni talab qiladi. Bu esa

fanni amaliy o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan yondashuvdan to‘liqroq foydalanish zarurligini taqozo

etadi.

Fanni o‘zlashtirish uchun talabalarning bilim olishda faolligi va mustaqilligini oshirishga

qaratilgan ta’limning muammoli, rivojlantiruvchi o‘qitish, pedagogik o‘yinlar, interfaol usullar,

individual yondashuv kabi zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlardan foydalanish tavsiya

etiladi.

Muammoli o‘qitish talabalarda musiqiy fikrlash mustaqilligini rivojlantiradi, ularning

kognitiv faoliyatini "asosiy" bilimlarni izlashga qaratadi. Rivojlantiruvchi o‘qitish talabalarda

badiiy obrazlar yordamida fikrlash, nazariy bilimlarni tez va chuqur o‘zlashtirish ko‘nikmalari va

musiqiy eshitish qobiliyatini, musiqiy xotira va mantiqlarini rivojlantiradi. Pedagogik o‘yinlar

talabalarning o‘quv materialini puxta o‘zlashtirishiga ko‘maklashadi, dunyoqarashini

kengaytiradi, badiiy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, xotirani, kuzatishni, sezgini

faollashtirish, ularing ichki dunyosini rivojlantiradi va yorqin, faol o`qituvchi shaxsini

tarbiyalashga hissa qo‘shadi. Interfaol usullar bitta guruhda o‘qiyotgan turli mutaxassislikdagi

musiqachilarga teng darajada to‘liq nazariy-amaliy ta’lim olish imkonini beradi.

Pedagogika fani taraqqiyotining hozirgi bosqichida o‘qitishning texnik vositalaridan

(O‘TV) maqsadga muvofiq foydalanish masalalari dolzarb hisoblanadi. Musiqa nazariyasini


background image


359

o‘qitish va o‘rganishda nafaqat O‘TV, balki aqlli texnologiyalar, multimediadan foydalanish ham

ijobiy natijalar beradi. Yangi texnologiyalardan foydalanish musiqa nazariy fanlari darslarini

boyitadi, shuning uchun ulardan foydalanish mumkin va hatto zarur ko‘rinadi.

Kompyuter tarmoqlari - bugungi kunda ko‘plab sohalarda qo'llaniladigan ushbu

texnologiya virtual multimedia sifatida ham qo‘llaniladi. Multimedia texnologiyalari sifatida

videokonferensaloqa, masofaviy ta’lim va virtual ta’lim texnologiyalaridan ham foydalanish

mumkin.

Musiqa nazariyasi darslarida O‘TV, birinchi navbatda, musiqa tinglash, nota ilovalari

yordamida ballarni kuzatish, shuningdek, vizual vositalar, ya’ni tayyor multimedia taqdimotlari

va video materiallardan foydalanishda namoyon bo‘ladi. Musiqiy kompyuter texnologiyalari

musiqa mahsulotlarini texnik qayta ishlab chiqarishda yangi evolyutsion davrni ochdi. Musiqa

dasturlari va ilovalari tufayli notalarni yozib olish va taqdim etish, amaliy musiqiy janrlar

namunalarini namoyish etish, teatr va kontsert tadbirlari, onlayn musiqa translyatsiyasi (shu

jumladan Internet orqali) ancha qulaylashdi. Musiqiy nazariy fanlarni o‘qitish va o‘rganishda

texnik o‘quv qurollaridan (O‘TV) foydalanish, albatta, o‘quvchilarning o‘quv materialini bilish

darajasini oshiradi. Zamonaviy avlod biroz boshqacha fikrda, yoshlar o‘z hayotini kompyuter

texnologiyalarisiz tasavvur qilishlari qiyin. Shuning uchun materialni yangi texnologiyalar

elementlarini kiritish bilan taqdim etish materialni idrok etish va saqlashni osonlashtiradi.

Ushbu fanning asosiy mazmunlarini talabalar ma’ruzalar kursida o‘zlashtiradi. Yangi

pedagogik o‘quv texnologiya hamda texnik vositalar asosida muammoli, noan’anaviy

mashg‘ulotlar turlari tarqatma materiallarini tayyorlash, amaliy mashg‘ulotlar ma’ruzalarining

mantiqiy davomi bo‘lib, ularda talabalar ma’ruzalar mashg‘ulotlarida o‘zlashtirgan bilimlarini

mustaxkamlaydilar, tavsiya etilgan adabiyotlarni o‘rganadilar.

O‘qituvchi nazariy materialni musiqa asarlaridan olingan misollarni namoyish qilish orqali

bayon etadi. Amaliy mashg‘ulotlar asosan uch ko‘rinishda bo‘ladi: yozma ishlar, og‘zaki so‘rov,

fortepianoda mashqlar. Mavzular kursini o‘rganish davomida chet el hamda o‘zbek xalq

qo‘shiqlari va o‘zbekiston kompozitorlari asarlaridan keng foydalangan holda asosiy diqqatni

fortepianoda ijro etilayotgan mashqlarga qaratish lozim. Ushbu kursni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish

uchun, shuningdek, notali asarni tahlil qilish ko‘nikmalarini hosil qilish zarur, chunki bu jarayon

asar mazmunini yanada chuqurroq ochishga imkon beradi.


background image


360

REFERENCES

1.

Mirziyoyev Sh. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29- yanvardagi 2022-

2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi. PF-60-son

farmoni.

2.

Петрушин В.И. Музыкальная психология. Учеб. пособ. для ст-тов и преподавателей.

-М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 1997.

3.

Ibraximjanova G.A., Yuldoshev U.Yu. Musiqa nazariyasi (solfedjio, garmoniya, musiqa

asarlari tahlili). 1- qism. T., 2018.

4.

Mishael Pilhofer and Holly Day “Music Theory for dummies” Indiana USA 2007. Wiley

Publishing Inc.

5.

Mark Feezell. “Music Theory Fundamentals” Copyright. 2011 All Rights Reserved.

LearnMusic Theory. Net-2011.

6.

6.Ilhomovna, M. S. (2021). Eco-friendly environment-the foundation of a healthy

generation. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6),

892-895.

7.

Musurmonova, S. I. (2021). THE ROLE OF PARENTS IN ENVIRONMENTAL

EDUCATION FOR SMALL CHILDREN. In НАУКА И СОВРЕМЕННОЕ

ОБРАЗОВАНИЕ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ

(pp. 104-106).

8.

Shahlo-Ilhomovna, M. (2021). On The Basis Of An Integrated Approach, Give

Environmental Education To Primary School Students. The American Journal of Applied

sciences, 3(06), 65-69.

9.

Maxsudova, S. (2023). THEORETICAL AND METHODOLOGICAL BASIS OF

DEVELOPING

THE

CREATIVITY

OF

FUTURE

PRIMARY

CLASS

TEACHERS.

Science and innovation

,

2

(B11), 540-543.

10.

Taniberdiyev, A., & Maxsudova, S. (2023). CONCEPTUAL FOUNDATIONS OF THE

FORMATION

OF

CREATIVITY

IN

FUTURE

PRIMARY

SCHOOL

TEACHERS.

Modern Science and Research

,

2

(12), 466-472.

11.

Maxsudova, S. (2023). Boshlang'ich sinf o'quvchilarining iqtidorini erta aniqlash va

rivojlantirish uchun" Zukko bolajon" kurslari.

“SIFATLI TA’LIM VA INTERDISSIPLINAR

YONDASHUV: MUAMMOLAR, YECHIMLAR VA HAMKORLIK” xalqaro ilmiy-amaliy

konferensiya materiallari

.


background image


361

12.

Maxsudova, S. (2023, January). Boshlang'ich sinf darslarida xorijiy tajribalardan

foydalanishning ahamiyati va samaradorligi (Darsliklar misolida). In

INTERNATIONAL

SCIENTIFIC FORUM

. Scienceweb-National database of scientific research of Uzbekistan.

13.

Maxsudova, S. (2019). Boshlang'ich ta'limda integratsiyalashgan darslarni tashkil

etishning o'ziga xos xususiyatlari.

Global ilmiy jarayonda integtatsion ta’limni

rivojlantirish usullari. Respublika ilmiy-amaliy an’anaviy on-line konferensiya

materiallari

.

References

Mirziyoyev Sh. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29- yanvardagi 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi. PF-60-son farmoni.

Петрушин В.И. Музыкальная психология. Учеб. пособ. для ст-тов и преподавателей. -М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 1997.

Ibraximjanova G.A., Yuldoshev U.Yu. Musiqa nazariyasi (solfedjio, garmoniya, musiqa asarlari tahlili). 1- qism. T., 2018.

Mishael Pilhofer and Holly Day “Music Theory for dummies” Indiana USA 2007. Wiley Publishing Inc.

Mark Feezell. “Music Theory Fundamentals” Copyright. 2011 All Rights Reserved. LearnMusic Theory. Net-2011.

6.Ilhomovna, M. S. (2021). Eco-friendly environment-the foundation of a healthy generation. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6), 892-895.

Musurmonova, S. I. (2021). THE ROLE OF PARENTS IN ENVIRONMENTAL EDUCATION FOR SMALL CHILDREN. In НАУКА И СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ (pp. 104-106).

Shahlo-Ilhomovna, M. (2021). On The Basis Of An Integrated Approach, Give Environmental Education To Primary School Students. The American Journal of Applied sciences, 3(06), 65-69.

Maxsudova, S. (2023). THEORETICAL AND METHODOLOGICAL BASIS OF DEVELOPING THE CREATIVITY OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS. Science and innovation, 2(B11), 540-543.

Taniberdiyev, A., & Maxsudova, S. (2023). CONCEPTUAL FOUNDATIONS OF THE FORMATION OF CREATIVITY IN FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS. Modern Science and Research, 2(12), 466-472.

Maxsudova, S. (2023). Boshlang'ich sinf o'quvchilarining iqtidorini erta aniqlash va rivojlantirish uchun" Zukko bolajon" kurslari. “SIFATLI TA’LIM VA INTERDISSIPLINAR YONDASHUV: MUAMMOLAR, YECHIMLAR VA HAMKORLIK” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.

Maxsudova, S. (2023, January). Boshlang'ich sinf darslarida xorijiy tajribalardan foydalanishning ahamiyati va samaradorligi (Darsliklar misolida). In INTERNATIONAL SCIENTIFIC FORUM. Scienceweb-National database of scientific research of Uzbekistan.

Maxsudova, S. (2019). Boshlang'ich ta'limda integratsiyalashgan darslarni tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari. Global ilmiy jarayonda integtatsion ta’limni rivojlantirish usullari. Respublika ilmiy-amaliy an’anaviy on-line konferensiya materiallari.