PROBLEMS OF INCREASING THE PERFORMANCE OF PROFESSIONAL SCHOOLS TO INCREASE THE EFFICIENCY OF PRACTICAL TRAINING

HAC
Google Scholar
To share
Yusupov , U. (2024). PROBLEMS OF INCREASING THE PERFORMANCE OF PROFESSIONAL SCHOOLS TO INCREASE THE EFFICIENCY OF PRACTICAL TRAINING. Modern Science and Research, 3(1). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28426
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article discusses the issues of didactic conditions, which make it possible to increase the efficiency of industrial practice in vocational educational institutions of the country, to improve the professional skills of students.

Similar Articles


background image


388

KASB-HUNAR MAKTABLARI FAOLIYATINI AMALIY MASHG‘ULOTLAR

SAMARADORLIGINI OSHIRISH ORQALI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Yusupov Umrbek Komiljonovich

Toshkent Iqtisodiyot va sanoat texnikumi

Qisqa muddatli o‘quv kurslari bo‘lim boshlig‘i

umurbekyusupov91@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10558087

Annotatsiya

. Mazkur maqolada Respublikamizda tashkil etilgan kasb-hunar maktablarida

amaliy mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish, mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish imkonini

beruvchi didaktik shart sharoitlar, o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish to‘g‘risida fikr

yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

kasb-hunar, ta’lim, amaliyot, o‘quvchi, izchillik, tizim, mashg‘ulot, jarayon,

mehnat, samaradorlik, texnologiya, ko‘nikma.

PROBLEMS OF INCREASING THE PERFORMANCE OF PROFESSIONAL

SCHOOLS TO INCREASE THE EFFICIENCY OF PRACTICAL TRAINING

Abstract.

The article discusses the issues of didactic conditions, which make it possible to

increase the efficiency of industrial practice in vocational educational institutions of the country,

to improve the professional skills of students.

Keywords:

profession, education, practice, student, sequence, system, learning, process,

labor, efficiency, technology, ability.

ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ УЧИЛИЩ ПУТЕМ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ

ПРОИЗВОДСТВЕННОЙ ПРАКТИКИ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются дидактические условия

повышения эффективности производственной практики в профессиональных училищах,

созданных в нашей республике, повышения эффективности обучения, повышения

профессионального мастерства обучающихся.

Ключевые

слова:

профессия,

образование,

практика,

студент,

последовательность, система, обучение, процесс, труд, эффективность, технология,

навык.


background image


389

KIRISH

Respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar tizimida milliy

iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonlari alohida o‘rin tutadi. Mehnat bozori talablariga

muvofiq raqobatbardosh kadrlar tayyorlash tizimi shakllandi va rivojlanib bormoqda. Milliy ta’lim

tizimini isloh qilish masalalarida ta’lim turlari orasida integratsiyani rivojlantirish masalalari

muhim ahamiyat kasb etmoqda. Integratsiya bu, malakali mutaxassislarni tayyorlashning bosh

omilidir.

O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2019 yil 6-sentyabragi “Professional ta’lim

tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son

farmoni umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va Oliy ta’lim tizimi o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni

yanada rivojlantirishga dasturil amal bo‘lib xizmat qiladi. Farmonda beligilanishicha

“boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalariga Xalqaro tasniflagich

bo‘yicha asosiy ta’lim dasturlaridan tashqari quyi darajadagi ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar

tayyorlash huquqi beriladi. Tizimda mos ravishda boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional

ta’lim dasturlari joriy etilgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardan iborat

professional ta’lim muassasalari tarmog‘i [1] tashkil etiladi”.

METODOLOGIYA

Kasb-hunar maktablari faoliyatini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan pedagogik

faoliyat mazmuni hamda olib borilgan kuzatishlarning mohiyatidan kelib chiqqan holda shuni

ta’kidlash lozimki, mazkur jarayon samaradorligini ta’minlovchi muhim omil, bu

integratsiyalashgan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuvni

shakllantirishdan iboratdir. Noan’anaviy shakl, metod, texnologiya va vositalar yordamida dars

mashg‘ulotlarni amalga oshirish o‘zining ijobiy natijalarini beradi va uning samaradorligini

ta’minlaydi.

Bunda: mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish imkonini beruvchi didaktik shart-

sharoitlarni aniqlash; tashkil etiladigan kasb-hunarga yo‘naltirilgan mashg‘ulot mavzulari

mazmuni hamda izchil tizimini ishlab chiqish; yangi avlod o‘quv-metodik adabiyotlarini yaratish;

bu jarayonga maxsus pedagogik ma’lumotlarga ega bo‘lgan pedagog-muhandislarni jalb etish

hamda ularning pedagogik va kasbiy bilimlarini muntazam oshirib borishga erishish; ularda

mashg‘ulotlarni tashkil etishga nisbatan texnologik yondashuvni shakllantirish; bu jarayonda

o‘quvchilarning faollik ko‘rsatishini ta’minlash yo‘llarini aniqlash, ularda kasb-hunar sohalariga

oid bilimlarni mustaqil o‘qib-o‘rganish ko‘nikmasini shakllantirish kabi vazifalarni amalga

oshirish lozim[2].


background image


390

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kasb-hunar maktablarida mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishda, uning umumiy holda

loyihalanishini ta’minlash, uni tashkil etishdan ko‘zlangan muayyan kurs doirasida ifodalangan

mavzular bo‘yicha maqsad va vazifalarni aniqlash, unga erishish yo‘lida bajariladigan vazifalarni

puxta belgilash, mashg‘ulot mavzulari mazmunini ishlab chiqish, tashkiliy shakl, metod,

texnologiya va vositalarini tanlash, kasbiy faollikni umumiy nazorat qilishning shakl, metod va

usullarini aniqlash kabilar muhim ahamiyat kasb etadi.

Mashg‘ulotlarini tashkil etish, uning samaradorligini oshirishning muhimligi, kasb-hunar

egallayotgan o‘quvchilar yosh xususiyatlariga ko‘ra mustaqil faoliyat yuritishga tayyorlanish,

mikrosotsiumda o‘z o‘rnini topishga intilish, hayotiy maqsadni belgilab olish, ma’naviy-axloqiy

xulq-atvorini takomillashtirish, kasbiy faoliyat yo‘nalishini qat’iy belgilab olishga nisbatan jiddiy

munosabatda bo‘ladi[3].

Mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishda maktab jamoasining o‘rni beqiyos. Agar bu

jamoa o‘quvchilarning majmua mashg‘ulotlarida bo‘lishini o‘zlari uchun mas’uliyatli ish

ekanliginn his kilgan holda qabul qilishsa, mazkur jarayonning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun ular

qulay sharoit yaratgan bo‘ladi. Bu o‘z navbatida kasb-hunar maktablari faoliyatini

takomillashtirishga xizmat qiladi. Chunki, unda o‘quvchilarning kasb-hunar sirlarini mukammal

o‘rganishlari uchun pedagog-muhandislar yaqindan yordam berishadi. Natijada, samaradorlik

oshadi. Shuning uchun, amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazish joyda tayyorgarlik ishlarini oldindan

amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Tahlillarning ko‘rsatishicha, o‘qituvchilar uchun amaliy mashg‘ulotlarni metodik,

pedagogik va psixologik nuqtai nazardan kuzatish va atroflicha tahlil qila olishga erishish asosiy

maqsad bo‘lishi kerak. Natijada, pedagogmuhandislar mashg‘ulotlarning har bir bosqichini to‘g‘ri

tashkil etishni, bu jarayonda metodlarni to‘g‘ri tanlay olishni, yo‘l qo‘yilgan ilmiy, metodik

kamchiliklarni o‘z vaqtida to‘g‘ri anglashni va ularni bartaraf qilish yo‘llarini o‘zlashtiradi.

Mashg‘ulotlarni kuzatishda har bir xatti-harakatni diqqat bilan kuzatib borish, yutuq va

kamchilikni o‘z vaktida daftarga qayd etish, yakunida xulosalarni yozish lozim.

Tashkiliy qism quyidagicha amalga oshiriladi:

-mashg‘ulotlar xonasining holati, jihozlar bilan ta’minlanganligi, o‘z vaqtida boshlanishi,

davomatning tekshirilishi, tashkiliy qismga sarflangan vaqt, boshlanishi va yakunlanishi;

-uy vazifasini tekshirish va uni bajarishda yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida ishlash, o‘tilgan

mavzusini so‘rash (bunda pedagog-muhandislar tomonidan amalga oshiriladigan savol-

javoblarning izchilligi, aniqligi, savollarning mantiqiy bog‘liqligi, o‘quvchilar javobining aniqligi,


background image


391

to‘liqligi, ularning ko‘rgazmali qurollardan va vositalardan foydalana olish malakasi, ularning

faolligi kabilar)[4];

-o‘quvchilarni topshiriqlarni bajarishga tayyorlashni amalga oshirish, bunda ularni

aniqlash qay darajada ta’minlanganligi, yangi majmua mavzusini o‘rganish jarayoni, unga

sarflangan vaqt, foydalanilgan metodlar, texnologiyalardan foydalanish darajasi, qanday

vositalardan foydalanganligi, yangi mavzuni o‘rganish jarayonining amalga oshirilishi;

-pedagog-muhandislarning faoliyati, ularning rahbarligi kanday namoyon bo‘lganligi,

qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lidagi talabchanligi, ilg‘or pedagogik tajribalardan foydalanishi,

guruhni boshqara olish qobiliyati, o‘quvchilar bilan munosabati, pedagogik muammoni qo‘ya

olishi, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llay olishi, muammoli vaziyatlardan foydalanishi,

o‘quvchilarni mashg‘ulotlarga jalb qila olishi;

-darslik, maxsus va metodik adabiyotlardagi mos mavzularni chuqur o‘rganish asosida

konspekt tuzish, majmua mashg‘ulotlari uchun muammoli, ishlab chiqarish bilan bog‘liq

topshiriqlar mazmuni, metod, texnologiya va vositalari, didaktik materiallarni tanlash;

-mashg‘ulotlarni o‘tkazish va pedagogik faoliyatda o‘z-o‘zini tahlil qilish, uning

natijalaridan keyingi mashg‘ulot ishlarini takomillashtirishda foydalanish, bu bo‘yicha ilmiy-

metodik ishlarni olib borish;

-mashg‘ulotlarda o‘quvchilar faoliyati, ularning o‘rganishga moyilligi, pedagog-

muhandislarni tinglashi va materiallarni qabul kilishi, bu jarayonda o‘quvchilar intizomi,

o‘zlashtirish darajasi;

-uy vazifasining e’lon qilinishi, uni bajarish uchun kerakli yo‘riqnomalarning berilishi,

qo‘yilgan maqsadga erishilganlik, pedagogmuhandislar faoliyati haqidagi fikrlari.

XULOSA

Agar mashg‘ulotlarni kuzatish va tahlil qilishda yuqorida sanab o‘talgan holatlarda

atroflicha baho berilsa, u holda ko‘zlagan maqsadga erishildi deb hisoblash mumkin. Buning

uchun pedagog-muhandislardan ishga ijodiy yondashishi talab etiladi.

Mashg‘ulotlar yakunida o‘quvchilar topshiriqlarni tushunish, unda yaqqol ko‘rinib turgan

ma’lumotlarni belgilash, tayanch so‘z va iboralarni aniqlash, mazmunini to‘laroq bildiradigan

fikrlarni ajratish, belgilangan harakatlarni, ularni ko‘proq uchraydigan ketma-ketligi bo‘yicha

sanash, keltirilgan g‘oya va tushunchalarni o‘zaro bog‘lovchi hamda umumlashtiruvchisini

tushuntirish kabilarni uddalay olishi kerak.


background image


392

REFERENCES

1.

O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2019 yil 6-sentabragi “Professional ta’lim tizimini

yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son

farmoni.

2.

Abduqudusov O.A. Kasbiy ta’limda asosiy o‘quv materialini o‘rganish texnologiyasi //

“O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi uchun pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta

tayyorlash va malakasini oshirish sifatini ta’minlashning ilmiyuslubiy asoslari” respublika

ilmiy-amaliy anjuman materiallari. - T., 2006. - B. 7-8.

3.

Allambergenova M, Ilyasova Z. O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda ta’lim

texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. Tafakkur bo‘stoni. Toshkent, 2013. - 142 b. 4. Qoraev, S.

B. (2020). Professional ta’limda o‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash jarayonini

takomillashtirish yo‘llari. Uzluksiz ta’lim, 1. 88-92.

4.

Ilhomovna, M. S. (2022). SIGNIFICANCE AND ROLE OF PEDAGOGICAL

CREATIVITY.

5.

Ilhomovna, M. S. (2021, July). HEALTHY ENVIRONMENT-HEALTHY COMMUNITY.

In Archive of Conferences (pp. 62-66).

6.

Musurmonova, S. I. (2021). THE ROLE OF PARENTS IN ENVIRONMENTAL

EDUCATION FOR SMALL CHILDREN. In НАУКА И СОВРЕМЕННОЕ

ОБРАЗОВАНИЕ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ (pp.

104-106).

7.

Mukhammatovna, E. D., Tovboevna, M. N., Kushakovna, A. S., Egambaevich, U. K.,

Shakirovich, Y. S., & Yusufovna, S. D. (2021). Improving the Methodology for Preparing

Future Primary School Teachers for Innovative Professional Activities. Annals of the

Romanian Society for Cell Biology, 5490-5498.

8.

Tovbayevna, M. N., & Nosirova, M. (2021). Methods Of Organizing Geography Lessons

For Childrenpeople With Disabilities Inclusive Education. JournalNX, 7(03), 187-190.

9.

Khudayberdievich, R. B., Tavbaevna, M. N., Muratovna, N. S., Djumanovna, T. M., &

Kurbanovna, T. R. (2019). Educating research approach in future teachers. Journal of

Critical Reviews, 7(4), 2020.

10.

Tovbaevna, M. N., & Hayrinso, O. (2022). Pedagogical fundamentals of developing the

creative professional activity of future primary school teachers.

References

O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2019 yil 6-sentabragi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son farmoni.

Abduqudusov O.A. Kasbiy ta’limda asosiy o‘quv materialini o‘rganish texnologiyasi // “O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi uchun pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifatini ta’minlashning ilmiyuslubiy asoslari” respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. - T., 2006. - B. 7-8.

Allambergenova M, Ilyasova Z. O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda ta’lim texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. Tafakkur bo‘stoni. Toshkent, 2013. - 142 b. 4. Qoraev, S. B. (2020). Professional ta’limda o‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash jarayonini takomillashtirish yo‘llari. Uzluksiz ta’lim, 1. 88-92.

Ilhomovna, M. S. (2022). SIGNIFICANCE AND ROLE OF PEDAGOGICAL CREATIVITY.

Ilhomovna, M. S. (2021, July). HEALTHY ENVIRONMENT-HEALTHY COMMUNITY. In Archive of Conferences (pp. 62-66).

Musurmonova, S. I. (2021). THE ROLE OF PARENTS IN ENVIRONMENTAL EDUCATION FOR SMALL CHILDREN. In НАУКА И СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ (pp. 104-106).

Mukhammatovna, E. D., Tovboevna, M. N., Kushakovna, A. S., Egambaevich, U. K., Shakirovich, Y. S., & Yusufovna, S. D. (2021). Improving the Methodology for Preparing Future Primary School Teachers for Innovative Professional Activities. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 5490-5498.

Tovbayevna, M. N., & Nosirova, M. (2021). Methods Of Organizing Geography Lessons For Childrenpeople With Disabilities Inclusive Education. JournalNX, 7(03), 187-190.

Khudayberdievich, R. B., Tavbaevna, M. N., Muratovna, N. S., Djumanovna, T. M., & Kurbanovna, T. R. (2019). Educating research approach in future teachers. Journal of Critical Reviews, 7(4), 2020.

Tovbaevna, M. N., & Hayrinso, O. (2022). Pedagogical fundamentals of developing the creative professional activity of future primary school teachers.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов