13-14-YEAR-OLD CHASSIS-DYNAMICS OF SPORTS LOADS IN THE PREPARATION OF CYCLISTS

HAC
Google Scholar
To share
Xolmurodov, O. (2024). 13-14-YEAR-OLD CHASSIS-DYNAMICS OF SPORTS LOADS IN THE PREPARATION OF CYCLISTS. Modern Science and Research, 3(1). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28550
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This thesis presents data on the dynamics of sports loads during the preparation of 13-14-year-old chassis-cyclists.

Similar Articles


background image


451

13-14 YOSHLI SHOSSECHI-VELOSIPEDCHILAR TAYYORGARLIK JARAYONIDA

SPORT YUKLAMALARINING DINAMIKASI

O.Y.Xolmurodov

O’zDJTSU. Chirchiq, O’zbekiston.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10572989

Annotatsiya.

Ushbu tezisda 13-14 yoshli shossechi-velosipedchilar tayyorgarlik

jarayonida sport yuklamalarining dinamikasi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so`zlar:

Shossechi-velosipedchilar, sport mahorati, individual poyga, maxsus

tayyorgarlik, mashg‘ulot jarayoni, jamoaviy poyga.

13-14-YEAR-OLD CHASSIS-DYNAMICS OF SPORTS LOADS IN THE

PREPARATION OF CYCLISTS

Abstract.

This thesis presents data on the dynamics of sports loads during the preparation

of 13-14-year-old chassis-cyclists.

Keywords:

chassis-cyclists, sportsmanship, individual racing, special training, training

process, Team Racing.

ДИНАМИКА СПОРТИВНЫХ НАГРУЗОК В ПРОЦЕССЕ ПОДГОТОВКИ 13-14-

ЛЕТНИХ ВЕЛОСИПЕДИСТОВ-ШОССЕЙНИКОВ

Аннотация.

В данной дипломной работе представлена информация о динамике

спортивных нагрузок в процессе подготовки 13-14-летних велосипедистов-шоссейников.

Ключевые слова:

шоссейные велосипедисты, спортивное мастерство,

индивидуальная гонка, специальная подготовка, тренировочный процесс, командная гонка.

Dolzarbligi.

Shossechi-velosipedchilarning ko‘p yillik tayyorgarlik jarayoni eng yuqori

sport mahoratiga erishish strategiyasini belgiluvchi umumiy vazifalarni nazarda tutgan tuzilmaviy

darajasi bilan tavsiflanadi. Uning tartibli qurilishi maksimal natijalarga erishishning ko‘pgina

omillari va qonuniyatlarini inobatga olishni talab qiladi. Bir qator mualliflarning (T.Robartst

(2009), A.A.Zaxarov (2001)) hisoblashicha, velosport bo‘yicha mashg‘ulot jarayoni maxsus

tayyorgarlik yordamida tezroq yuqori sport natijalarga erishish yetarli darajada har tomonlama

tayyorgarlikni ta’minlashga qodir emas.

Ko‘pincha katta yoshli sportchilarning sport tayyorgarligi tegishli vosita va uslublar

o‘smirlar va o‘spirinlarning mashg‘ulotlarida ham qo‘llaniladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki,

maxsus tayyorgarlikni shakllantirish xavfi shundan iboratki, avvalo, dunyoning kuchli sportchilari


background image


452

namunasiga ko‘ra yosh velosipedchilarning (13-14 yosh) mashg‘ulotlari kelgusida yuqori sport

natijalariga erishish uchun ular imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi.

Shuning uchun velosiped sporti bo‘yicha ayrim mutaxasislar (D.A.Poliщuk, 1997)

tezlashtirilgan tayyorgarlik o‘smirlik davrida sport natijalarining o‘sishiga yordam berishi bilan

bir qatorda, qoida bo‘yicha, katta yoshda pasayishiga olib keladi. Boshqa mutaxassislarning

(V.N.Platonov, 1997 va boshqalar) ta’kidlashicha, velosiped sportida yuqori natijalarga erishish

yo‘li erkaklarda 7-10 yoshdan boshlanadi. Oliy toifa tayyorgarligining bunday davomiyligi ko‘p

yillik mashg‘ulot jarayonini qurish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kerak. Shuningdek, shossechi-

velosportchilarning ko‘p yillik mashg‘ulot jarayonini rejalashtirishda mashg‘ulot va musobaqa

yuklamalarini asta-sekin oshirib borish tamoyiliga qat’iy rioya qilish katta ahamiyatga egadir.

Tadqiqotning maqsadi.

13-14 yoshli shossechi-velosipedchilar tayyorgarlik jarayonida

sport yuklamalarining dinamikasini o’rganishdan iborat.

Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi.

Yuqori malakali sportchilar

tayyorgarligida eng muhim masala – bu yosh sportchilarning yoshi va tayyorgarligidan kelib

chiqib, mashg‘ulot yuklamalarini hajmi va jadalligini hamda ularning funksional imkoniyatlarini

hisobga olish bilan qo‘llaniladigan jismoniy mashq turlarini me’yorlashtirilishidir. Bundan

tashqari, birinchi musobaqalarning optimal muddatlari va yillik tayyorgarlik siklida startlar sonini

aniqlash omili ham ahamiyatga egadir.

Yuqoridagilarga muvofiq ravishda 13-14 yoshli shossechi-velosportchilarning hilma-hil

poyga turlari bo‘yicha tayyorgarligida qo‘llaniladigan sport yuklamalari (mashg‘ulot va

musobaqa) dinamikasi tahlil qilindi.

Ushbu bobda biz turli malakaga ega bo‘lgan murabbiylar (10 nafar) orasida o‘tkazilgan

anketalash uslubi orqali olingan sport yuklama parametrlari dinamikasiga oid umumlashtirilgan

tahlil natijalarini hamda shosseda turli masofalar bo‘yicha velosiped poygalarida ishtirok etgan

13-14 yoshli velosipedchilarning pulsometriya natijalarini ham ko‘rib chiqamiz.

Adabiyot ma’lumotlari bo‘yicha anketa savollarini qiyoslagan holda biz mashg‘ulot

jarayonining quyidagi jihatlarini aniqlashga yo‘naltirilgan 10 ta savoldan tashkil topgan velosiped

sporti bo‘yicha mutaxassilar anketa savollari aniqlandi va umumlashtirildi: sportchilarning yosh

xususiyatlari, sport ixtisosligini boshlanish davri, mashg‘ulot va musobaqa yuklamalari

parametrlarining nisbati va dinamikasi hamda qo‘llaniladigan umumiy va maxsus jismoniy

tayyorgarlik vositalari turlari va nisbati.

Velosiped sportida qo‘llaniladigan yuklama parametrlarini yosh velosipedchilar

organizmiga ko‘rsatayotgan ta’sir samaradorligini aniqlash uchun Polar “M 460” yordamida


background image


453

pulsometriya uslubiyatidan foydalanildi. Shuningdek ta’kidlab o‘tish joizki, hozirgi kunda yurak

qisqarish chastotasi (YuQCh) ma’lumotlari bo‘yicha puls ko‘rsatkichlarining dinamikasi

sportchida ishchanlik qobiliyatlarini baholashda eng samarali va ishonchli ko‘rsatkichlardan biri

hisoblanadi.

3.5-jadvalda 30 nafar velosipedchilar orasida o‘rtacha davomiyligi 15 daqiqa 35 soniyani

tashkil etgan yakka poygalar vaqtida qayd qilingan ko‘rsatkichlar dinamikasi taqdim etilgan.

Puls ko‘rsatkichlari masofa bo‘yicha harakatlanish tezligidan kelib chiqib yuklamaning

jadallik parametrlarini bo‘lish uslubiyatiga muvofiq umum qabul qilingan beshta zonada qayd

etildi.

3.5-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, vaqtga individual poygalar vaqtida 13-14 yoshli

o‘smirlarda YuQCh ko‘rsatkichlarining eng yuqori o‘rtacha darajasi to‘rtinchi yuklama zonasida

kuzatilgan (49,548±7,9), beshinchi zonada esa tekshirilayotgan sportchilarning umumiy sonidan

43,045±8,2 holat qayd qilingan.

2-jadval

Individual poyga vaqtida (o‘rtacha davomiylik – 15 daqiqa 35 soniya)

tekshirilayotgan o‘smir velosipedchilarda (n=16) YuQCh ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuklama

jadadligi dinamikasini baholash

YuQCh bo‘yicha

yuklama zonalarini

baholash

Zonalar bo‘yicha

YuQCh

ko‘rsatkichlarining

o‘rtacha darajasi, %

da

Zonalar bo‘yicha

o‘rtacha ish vaqti

(daq.)

Zonalar bo‘yicha

o‘rtacha ish vaqti %

da

X o‘r ±S xo‘r

X o‘r ±S xo‘r

X o‘r ±S xo‘r

I-zona ≤ 130

1,838±0,5

0,17±0,00

1,110±0,3

II-zona 131 -150

1,428±0,8

0,09±0,00

1,843±1,4

III-zona 151 – 170

4,121±2,2

0,38±0,00

3,933±2,2

IV-zona 171 -190

49,548±7,9

7,41±2,03

48,431±7,8

V-zona ≥ 191

43,045±8,2

6,50±1,43

41,984±8,3

Vaqtga individual poyga bo‘yicha sportchilarni tekshirish davrida velosipedchilar turli

masofalarni bosib o‘tdilar (1,5,10,20 km). Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, musobaqalarning

ushbu turi katta jadallik bilan yuklamaning aerob-anaerob zonasiga to‘g‘ri keladi.


background image


454

Puls ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘rtacha davomiylik bilan jamoaviy poyga vaqtida

tekshirilayotgan o‘smir velosipedchilarda zonalar bo‘yicha yuklama jadalligining dinamikasi 3.6-

jadvalda namoyish etilgan. Tekshirilayotgan velosipedchilar soni – 10 ta (III-o‘smirlik razryadiga

ega sportchilar) va poyganing o‘rtacha davomiyligi 63 daqiqa 23 soniya.

Natijalar qayd etilgan ushbu jadval tahlili shuni ko‘rsatadiki, YuQCh ko‘rsatkichining

foizda eng katta o‘sishi (74,757± 14,7) aynan IV-zonaga to‘g‘ri kelgan (171 – 190 zar/daq.). Puls

qiymatining o‘rtacha darajasi esa V-zonada 8,627±16,7 tashkil qilgan, bu velosportda jadallikning

maksimal zonalari hisoblanadi. jadallikning 3-zonasida haydash, 4-zonada poygalar va faqat 4-5

soniya bo‘lak jadallikning 5-zonasi (start, marra, tezlanish, quvib o‘tish) bo‘lishi mumkin.

3-jadval

Puls ko‘rsatkichlari bo‘yicha jamoaviy poyga (o‘rtacha davomiylik – 63 daq. 25

soniya) vaqtida tekshirilayotgan o‘smir velosipedchilarda (n=10) zonalar bo‘yicha yuklama

jadalligi dinamikasi

YuQCh bo‘yicha

yuklama zonalarini

baholash

Zonalar bo‘yicha

YuQCh

ko‘rsatkichlarining

o‘rtacha darajasi (%

da)

Zonalar bo‘yicha

o‘rtacha ish vaqti

(daq.)

Zonalarda o‘rtacha

ish vaqti ( % da)

X o‘r ±S xo‘r

X o‘r ±S xo‘r

X o‘r ±S xo‘r

I-zona ≤ 130

0,896±0,3

0,35±0,08

0,732±0,3

II-zona 131 -150

0,137±0,1

0,05±0,03

0,083±0,8

III-zona 151 – 170

5,983±2,4

3,40±1,27

6,005±2,4

IV-zona 171 -190

74,757±14,7

46,20±7,40

74,382±14,7

V-zona ≥ 191

18,627±16,7

12,45±11,37

18,357±16,9

“Kriterium” uchun poygada tadqiqotlar quyidagi poyga masofalari bo‘yicha o‘tkazildi: 17,

25, 26, 27, 32, 44 va 50 km. 3.7-jadvalda o‘rtacha davomiyligi 49 daqiqa 26 soniyani tashkil etgan

“kriterium” poygasida 3 o‘smirlik razryadi natijasini ko‘rsatgan va qolgan o‘smir

velosipedchilarning (n=10) puls natijalari taqdim etilgan. Ko‘rinib turibdiki, olingan ma’lumotlar

yuklama jadalligi boshqa zonalarga qaraganda ahamiyatli darajada III-zona (151 – 170 zar/daq.)

va IV-zonaga (171 – 190 zar/daq.) to‘g‘ri kelgan.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов