THE IMPORTANCE OF READING BOOKS IN IMPROVING THE CULTURE OF LIFE

HAC
Google Scholar
To share
Eshmuratov, Ájiniyaz. (2024). THE IMPORTANCE OF READING BOOKS IN IMPROVING THE CULTURE OF LIFE. Modern Science and Research, 3(1), 957–963. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28561
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the importance of reading books, decisions and orders in improving the culture of life.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

957

TURMUSH MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA KITOB MUTOLAASINING

AHAMIYATI

Eshmuratov Ájiniyaz

Berdoq nomidagi Qaraqalpoq Davlat Universiteti óqtuvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10573445

Annotatsiya. Bu maqolada turmush madaniyatini yuksaltirishda kitob mutolasining

ahamiyati, qaror va farmoyishlar haqida sóz etilgan.

Kalit sózlar: turmush, kitob, mutola, kitob dókonlari, aql, tálim, mánaviyat.

THE IMPORTANCE OF READING BOOKS IN IMPROVING THE CULTURE

OF LIFE

Abstract. This article talks about the importance of reading books, decisions and orders in

improving the culture of life.

Keywords: life, book, reading, bookstores, mind, education, spirituality.

ЗНАЧЕНИЕ ЧТЕНИЯ КНИГ В ПОВЫШЕНИИ КУЛЬТУРЫ ЖИЗНИ

Аннотация. В данной статье говорится о значении чтения книг, решений и

приказов в повышении культуры жизни.

Ключевые слова: жизнь, книга, чтение, книжные магазины, разум, образование,

духовность.

Prezidentimizning “Obod qishloq dasturi tóg‘risida”gi Farmoni ijrosini táminlash

maqsadida respublika bóylab aholining huquqiy, tibbiy va turmush madaniyatini oshirish borasida
keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Yurtimizda turli madaniy-márifiy tadbirlar,
sayyor qabullar tashkil etilib, qishloq aholisiga qabul qilingan amaldagi qonun va boshqa me’yoriy
hujjatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilmoqda. Aholini qiziqtirgan savollarga javoblar
berilishi bilan mavjud muammolarni hal qilish bóyicha ular tomonidan berilgan murojatlar qabul
qilinmoqda.

Mamlakatimizda óǵil-qizlarni kitobga oshno qilish, kitob mutaolaasi yordamida yot

g‘oyalar tásiridan asrash, ertamiz egalarini vatanparvarlik va milliy qadriyatlar ruhida
tarbiyalashga qaratilgan keng kólamli chora-tadbirlar istiqlol yillarida shakillantirilib, mazmunan
tóldirib borilmoqda. Dalatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob
mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolasi va kitobxonlik
madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bóyicha komissiya tuzish tóg‘risida”gi farmoyishi
mamlakatimizda kitobga bólgan e’tibor darajasini yanada oshirib, noshirlik va matbaa sohasidagi
yangi islohotlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.

Mazkur farmoyishga binoan Ózbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan

kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik
madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bóyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab
chiqildi. Dastur uch yónalishdagi masalalarni óz ichiga olgan. Bular ichida kitob mahsulotlari
umumiy buyurtmasini shakillantirish, chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, tarjima
faoliyati va bolalar adabiyotiga ixtisoslashgan nashriyotlarga moliyaviy imtiyozlar berish, qóllab
quvatlash, noshirlar va adabiyotlarni rag‘batlantirish, soliq imtiyozlari qóllash kabi masalalar
yónalishi muhim ahamiyatga ega. Mazkur yónalishda belgilangan vazifalardan biri bolalar


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

958

adabiyotiga ixtisoslashgan nashriyotlarga moliyaviy imtiyozlar berish, moddiy qóllab-quvvatlash
va rivojlantirish tizimini takomillashtirish bóyicha aniq takliflar ishlab chiqishdir. Ushbu vazifa
sohaga tegishli vazirlik va mutassadi tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan bólib, uning ijrosi
kelgusida bolalar adabiyotini nashr qilishga ixtisoslashgan nashriyotlarni aniqlash mezonlarini
belgilash, ularga qóshimcha soliq imtiyozlari berish va moddiy qóllab-quvvatlashni yólga qóyishni
táminlashga xizmat qiladi. Bu mamlakatimizda bolalar adabiyotiga ixtisoslashgan nashriyotlar
soni kópayib, shu yónalishda chop etiladigan kitoblar salmog‘i yanada oshadi degani.

Soha rivojida yana bir muhim omil borki, bu modernizatsiya jarayonidir. Gap matbaa

korxonalarini texnik va texnologik yangilash haqida. Ózbekiston matbuot va axborot agentligi
tizimidagi matbaa korxonalarida ham ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy qilish ishlari
bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Mánaviy jasorat sohibi deb ardoqlangan atoqli adabiyotshunos olim va tarjimon Ozod

Sharofiddinov dunyodagi yetti mójizaga tárif berib “... yetti mójiza inson aqlining, tafakkurining,
qalbining otashin madhiyasi, inson dahosining ulug‘ligiga qóyilgan mangu obida bólib kelmoqda.

Biroq, shunday bólsa-da, olamda yana bir mójiza borki, uning buyukligi, muqaddasligi

yetti mójizaning jamiki ulug‘vorligi, gózalligidan kamlik qilmaydi. Bu mójiza-kitob. Kitobning
mójizasi, mójiza bólganda ham birinchi mójiza ekanligini kópgina buyuk odamlar qayd qilgan”
deb yozadi. Jumladan, yozuvchi va dramaturg S. Sveyg “Qayerdaki kitob bor ekan, u yerda odam
ózi bilan ózi holi, óz kólami doirasida qolib ketmaydi, u ótmish va bugungi kunning barcha
olamshumul yutuqlariga, butun insoniyatning fikr va tuyg‘ulariga oshno bóladi”, deb yozadi.

Yozuvchi va faylasuf J. Svift “Kitoblar aql farzandlaridir” desa, pedagog va yozuvchi

Y.A.Komenskiy “Kitoblar donishmandlikni yoyish qurolidir” deydi, faylasuf va tarixchi F. Bekon
esa “Kitoblar zamon tólqinlarida suzuvchi va ózining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga
avaylab eltuvchi tafakkur kemalardir”, deb yozadi. Ana shu tariqa buyuk allomalar, donishmandlar
va yozuvchi-yu olimlar kitobning mójizaga, nurga, tafakkur quvvati va ustuniga, mangulik va
mánaviyat timsoliga, bilim manbaiga, sodiq dóstga, davr kózgusiga óxshatganlar. Eng muhimi,
kitob jaholatga qarshi márifat bilan kurashda yengilmas kuchdir.

Bugun mamlakatimizda mánaviy islohotlar jarayoni sifat jihatidan ózining yangi va

yanada yuksak pog‘onasiga qadam qóydi. Jamiyatimiz hayotida bebaho va betakror qadriyat va
an’analarni qaror toptirishga, hususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning mánaviy-intellektul
salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va
sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega
bólgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tiborning mahsuli sifatida qabul qilingan
“Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va
kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bóyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi
tóg‘risida”gi Ózbekiston Respublikasi Prezidenti qarori soha taraqqiyotiga keng yól ochgan tom
mánodagi muhim hujjat bóldi.

Axborot texnologiyalari beqiyos darajada rivojlanib borayotgan, virtual dunyo turli-tuman

axborot oqimi bilan tólib-toshgan hozirgi zamonda yoshlarning mánaviy va badiiy-estetik ong-
tafakkurini tarbiyalash, ularda kitobxonlik madaniyati va kónikmasini shakllantirish har
qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu qaror bilan kitob mahsulotlarini nashr
etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi, xususan, elektron kitob óqish va


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

959

kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib etish bóyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi
tasdiqlandi.

Dasturda, eng avvalo, kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, matbaa sohalarini

yanada jadal rivojlantirishga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, ijtimoiy ahamiyatga
ega bólgan kitoblarni, xususan, bolalarga móljallangan adabiyotlarni chop etishni davlat
tomonidan qóllab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Mamlakatimizda keyingi yillarda kitob savdosi va kitob dókonlarga birmuncha e’tibor

qaratilgan bólsa-da, lekin xizmat kórsatish sifati va dókonlar soni aholining ósib borayotgan
mánaviy talablariga tóg‘ri kelmasdi. Shu bois mazkur hujjatda har bir shahar va tumanda kitob
savdosiga ixtisoslashgan dókonlarni tashkil etish, ularni qóllab-quvvatlash maqsadida esa yuridik
shaxs maqomidagi tadbirkorlik subyektivlariga foydalanmayotgan davlat mulki obyektlarini tekin
foydalanishga berish, savdo aylanmasida kitob sotish ulushining hajmi 70 foizdan kóp bólgan
yuridik shaxs maqomidagi subyektlariga alohida statistik hisobi yuritilishi va ular 2020 yil 1
yanvariga qadar yagona soliq tólovidan ozod etilishi kózda tutildi. Shu bilan birga ilmiy-nazariy,
ilmiy-ommabop va kórgazmali adabiyotlardan iborat ixtisoslashgan kitob dókonlari faoliyatini
rivojlantirish ham alohida tilga olib ótildi. Málumki, avvallari kitob va kitobxonlikni keng
miqyosda tizimli targ‘ib-tashviq qilishga yetarli e’tibor berilmaganligini mamlakatimiz
jamoatchiligi vakillari turli yig‘in va mashvaratlarda, ommaviy axborot vositalarida kuyinib
gapirganlariga guvoh bólganmiz. Qarorda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga
doir targ‘ibot ishlarini tizimli va samarali tashkil etish, bu borada kitobxonlar, kutubxonachi va
targ‘ibotchilar órtasida “Eng kitobxon maktab”, “Eng kitobxon mahalla”, “Eng kitobxon oila”,
“Eng faol kutubxonachi” kabi kórik-tanlovlarning saralash va respublika bosqichlarini ótkazish
belgilandi. Bu esa mamlakatimizda kitobxonlik harakati ommaviy tus olishiga óziga xos turtki
bóladi.

Mustaqillik yillarida Ózbekiston xalqaro hamjamiyatdan munosib órin egallab va xorijiy

mamlakatlar bilan keng qamrovli siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni yólga qóydi.

Xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz jahon madaniyati va adabiyotidan bahramand bólishi uchun

keng imkoniyatlar yaratildi. Sóz yuritilayotgan qarorda ham “jahon adabiyotining eng sara
namunalarini ózbek tiliga tarjima qilish bóyicha davlat buyurtmalari berish” vazifasi belgilandi.
Bu asosan jahon adabiyotining nodir namunalarini tarjima qilish va targ‘ib qilishga ixtisoslashgan
“Jahon adabiyoti” jurnali ijtimoiy jamoasi zimmasiga ham alorhida mas’uliyat yuklaydi.

Prezidentimiz qarorida mazmunan sayoz, milliy mánaviyat va qadriyatlarimizga, axloq

me’yorlariga mos kelmaydigan, yoshlar tarbiyasiga salbiy tásir kórsatadigan adabiyotlarni
tayyorlash, bosib chiqarish va tarqatishning oldini olish yuzasidan mutasaddi idoralar zimmasiga
aniq vazifalar yuklangan. Millatimiz kelajagiga daxldor bólgan mazkur masalaning ahamiyatini
hisobga olib, bu borada jamoatchilik vakillari - yozuvchilar, olimlar, óqituvchilar, ota-onalar ham
mas’ul ekanliklarini unutmasligimiz lozim.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ótgan yili saylovchilar bilan uchrashuvlarda va shu

yil turli sohalar vakillari bilan ótkazgan video-selektorlarda xalqimizni, ayniqsa, yoshlarni kitob
óqishga dávat etib, yanvar oyida ayni masala yuzasidan farmoyish ham qabul qilgan edi. Biz sóz
yuritayotgan qaror ham Prezidentimizning bu boradagi izchil siyosatining mantiqiy davomi
sifatida yuzaga chiqqan. Bugun, zamonaviy axborot va innovatsion texnologiyalar rivojidan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

960

hamda internet imkoniyatlaridan aqlimiz shoshib qolayotgan bir paytda, odam bolasi hayotida
kitobning órni va ahamiyati yóqoldi, deguvchilar kóplab topiladi. Bu kabi qarash nihoyatda yuzaki
va soxta ekanligini hayotning ózi isbot etmoqda.

Birgina misol: xalqaro tadqiqotlar va sórovlar rivojlangan G‘arb mamlakatlarida

internetdan foydalanuvchilar soni qanchalik oshayotgan bólsa, kitob sotib olish va óqish ham
xuddi shunga muvofiq ravishda ósayotganligini kórsatgan. Vaholanki, bu tadqiqotlar internet
texnologiyalari nihoyatda taraqqiy qilgan va uning xizmatlari kun sayin oshayotgan G‘arb
davlatlarida ótkazilgan. Bu narsa kitobning órnini hech narsa bosa ololmaganini, uning mójizaviy
kuch-qudrati oldida internetdek eng qulay va zamonaviy vosita ham ojiz qolishini kórsatayapti.

Prezidentimizning "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish,

kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bóyicha kompleks
chora-tadbirlar dasturi tóg‘risida"gi qarori bugun dunyoda shiddat bilan kechayotgan intellektual
raqobat va musobaqa hamda xalqimizning kun sayin oshib borayotgan mánaviy ehtiyoj va
talablariga hamohang ekanligi bilan katta ahamiyat kasb etadi hamda mamlakatimiz va
jamiyatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi. Muhtaram Yurtboshimiz óz máruzalarining biridi
"Innovatsiya bólmas ekan, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan
hamqadam bólolmaymiz", deb ayni haqiqatni aytgan edilar.

Tálim bóyicha Xalqaro komissiya tomonidan XXI asr - fan texnika taraqqiyoti davrida

tálim oldiga 4 ta ustuvor maqsad qóyilgani alohida e’tirof etiladi: yashashni, anglashni, bajarishni
órganish hamda birgalikda yashash, anglash va bajarishni órganish.

Barcha mamlakatlar oldiga aynan shu maqsadlarni amalga oshirish, innovatsion yondashuv

asosida yoshlarning bor qobiliyat va iqtidorlarini yuzaga chiqara olish talabi qóyilgan.

Óz navbatida aholining turli toifalarini "Hayot davomida tálim olish" prinsipi asosida

mehnat bozorida óz órnini topishiga imkoniyat yaratish lozim.

Bu jarayonda óquv muddatlari tabaqalashgan tizimni joriy etish, yangi kasblar va

mutaxassisliklar, óquv yuklamalari, tálim standartlari tuzilmasining tubdan yangilangan
shakllarini yirik ish beruvchi korxona va tashkilotlar, vazirlik hamda idoralardan malaka talablari
asosida qayta ishlab chiqishdek óta mas’uliyatli va murakkab vazifalarni samarali hal etish talab
etiladi.

Ózbekiston Respublikasi Prezidentining "2019-2021 yillarda Ózbekiston Respublikasini

innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash tóg‘risida"gi Farmonida "Jamiyat va davlat
hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon
sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yólida tez va sifatli ilgarilashini táminlaydigan
zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga
oshirishni taqozo etadi", deb alohida tákidlangan.

Darhaqiqat, tálimni innovatsion rivojlantirish sohasida taraqqiy etgan davlatlarning

tajribasini chuqur órganish va tatbiq etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro loyihalarni
amalga oshirish bugun har qachongidan muhimdir.

Xalqaro hamkorlik, óz navbatida, tálim sifatini yaxshilash, mutaxassislar va boshqaruv

personali malakasini oshirish, respublika hududlarida xorijiy investitsiya loyihalarini jadal
sur’atlar bilan amalga oshirish hamda vazirlik va idoralarning buyurtmalari asosida maqsadli
kadrlar tayyorlash, ish joylarini malakali kadrlar bilan táminlash imkonini beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

961

Taraqqiy etgan mamlakatlarning tálimda erishgan bilim va tajribalarini órganish va tatbiq

etish, innovatsion pedagogik texnologiya-lardan maksimal darajada foydalangan holda óquv
jarayonini tashkil etish imkonini beradi.

Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda kitobning órni va ahamiyati beqiyosligi

hisobga olinib, kórgazma va festivallar ham an’anaviy ótkazib kelinmoqda. "Ózbekiston matbuoti"
milliy forumi va uning doirasidagi "Bolalar adabiyoti" kórgazmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
va viloyatlar markazlarida "Adabiyotga e’tibor - mánaviyatga, kelajakka e’tibor" shiori ostida
ótkazilayotgan "Kitob bayrami", "Sog‘lom va mánaviy yetuk avlod - yurt kelajagi" shiori ostida
tashkil etilayotgan "Bolalar kitobi" festivallarida nashriyotlar tomonidan sónggi yillarda nashr
etilgan adabiyotlar, shu jumladan, bolalar kitoblari, ayniqsa, óquv-márifiy kitoblar, ensiklopedik
lug‘at va málumotnomalarning erkin savdosi uyushtirilmoqda, shoir va yozuvchilar, yosh
ijodkorlarning uchrashuv va mushoiralari, noshir va matbaachilar bilan muloqotlari tashkil
etilmokda.

Bugun dunyoda mislsiz kashfiyotlar, axborot tarqatishning yangidan-yangi usullari paydo

bólib, bularning bari hayotimizni shiddat bilan qamrab olmoqda. Ushbu jarayonda dunyoqarashi,
siyosiy-huquqiy madaniyati tóliq shakllanib ulgurmagan óg‘il-qizlarimiz turli g‘arazli
maqsadlarda tarqatilayotgan axborot oqimi domiga tushib qolish ehtimoli yóq emas. Shuning
uchun bolalar va yoshlarga móljallangan nashrlar faoliyatini yanada takomillashtirish, ertamiz
egalarini vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash bilan bir qatorda ularni
turli mánaviy tahdidlar va xurujlarning salbiy tásirlaridan himoyalashga qaratilgan chora-
tadbirlarni hayotga izchil tatbiq etish, manfaatlarimizga mos keluvchi adabiyotlar bilan doimiy
táminlab borishni davrning ózi taqozo etmoqda.


REFERENCES

1.

Mánaviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa

ijodiy uyi, 2009

2.

Mahmudxója Behbudiy. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Mánaviyat, 2006.

3.

Tarbiya (ota-onalar va murabbiylar uchun ensiklopediya). – T.: ―Ózbekiston milliy

ensiklopediyasi‖ Davlat ilmiy nashriyoti, 2010.

4.

Тажетдинова С. М., Худайбергенова Г. Ж. Формирование музыкальной культуры
студентов //Молодой ученый. – 2018. – №. 47. – С. 380-382.

5.

Тажетдинова С. М. Народные песни как фактор развития личности учащихся //Вестник
Курганского государственного университета. – 2018. – №. 3 (50). – С. 62-62.

6.

Тажетдинова С. АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ ПОДГОТОВКИ МУЗЫКАНТОВ К
МУЗЫКАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ //Цифровая экономика и управление знаниями:
проблемы и перспективы развития: сборник научных трудов II Международной научно-
практической конференции.–Киров, 2021.–245 с. – 2021. – С. 105.

7.

Тажетдинова С. САМОПРЕЗЕНТАЦИЯ В ПРОЦЕССЕ ТРУДОУСТРОЙСТВА
БУДУЩИХ СПЕЦИАЛИСТОВ МУЗЫКАЛЬНОГО ИСКУССТВА //Цифровая
экономика и управление знаниями: проблемы и перспективы развития.

– 2021. – С. 110-112.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

962

8.

Tajetdinova S. M. MUZIKA TÁLIMINDE AXBOROT HÁM PEDAGOGIKALIQ
TEXNOLOGIYALARDAN PAYDALANIWDIŃ NÁTIYJELILIGI //Academic research in
educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. NUU Conference 1. – С. 275-277.

9.

Mnajatdinovna T. S. Pedagogical Skills in Teaching Music //JournalNX. – Т. 7. – №. 11. – С.
172-174.

10.

Omarova A. SCHOOL CHEERS THROUGH MUSIC PROFESSIONAL DIRECTION
//Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 151-8. 8.Omarova A. SCHOOL
CHEERS THROUGH MUSIC PROFESSIONAL DIRECTION //Modern Science and
Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 151-156.

11.

Омарова А. ПРИМЕНЕНИЕ ИННОВАЦИОННО-ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ
В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ ПРИ ПРЕПОДАВАНИИ МУЗЫКАЛЬНОГО
УРОК.

12.

Charshemov J. A REVIEW OF MARKABAY JIEMURATOV'S WORK //Modern Science
and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 818-821.

13.

Чаршемов Ж. МУСТАҚИЛЛИК ЙИЛЛАРИДА ЎЗБЕК КИНОМУСИҚАСИ //Вестник
музыки и искусства. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 16-22.

14.

Charshemov J. A REVIEW OF MARKABAY JIEMURATOV'S WORK //Modern Science
and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 818-821.

15.

Abdikarimova, I. (2023). ORTA AZIYADAǴÍ OYANÍW DÁWIRI. Вестник музыки и
искусства, 1(2), 161–163

16.

Чаршемов, Ж. (2023). МУСТАҚИЛЛИК ЙИЛЛАРИДА ЎЗБЕК КИНОМУСИҚАСИ.
Вестник музыки и искусства, 1(2), 16–22

17.

Charshemov J. Problems of Using Karakalpak Folklore in Composers //Vital Annex:
International Journal of Novel Research in Advanced Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 3. – С.
270-273.

18.

Abatbayeva

U.

INITIAL

LEVEL

OF

STUDENTS'MUSICAL

CREATIVITY

DEVELOPMENT //Modern Science And Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 323-326.

19.

Абатбаева У. А. Арт-Педагогические И Арт-Терапевтические Технологии, Методы
Пребывания В Образовании, Формы И Инструменты //Miasto Przyszłości. – 2023. – Т. 40.
– С. 496-498.

20.

Tajimuratova

S.

FORMATION

OF

STUDENTS'SKILLS

OF

INDEPENDENT

PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science and
Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 841-849.

21.

Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal of
Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.

22.

Sag’inbaevna T. S. Cultural Life in Uzbekistan during the Years of Independence //Spanish
Journal of Innovation and Integrity. – 2023. – Т. 18. – С. 39-41.

23.

Tajimuratova

S.

FORMATION

OF

STUDENTS'SKILLS

OF

INDEPENDENT

PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science and
Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 841-849.

24.

Saginbaevna T. S. Management and study of culture and art. – 2022.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

963

25.

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ
ТАЛАБАЛАРНИНГ

МУСТАҚИЛ

ИШЛАШ

КЎНИКМАЛАРИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

26.

Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT
//Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.




References

Mánaviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009

Mahmudxója Behbudiy. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Mánaviyat, 2006.

Tarbiya (ota-onalar va murabbiylar uchun ensiklopediya). – T.: ―Ózbekiston milliy ensiklopediyasi‖ Davlat ilmiy nashriyoti, 2010.

Тажетдинова С. М., Худайбергенова Г. Ж. Формирование музыкальной культуры студентов //Молодой ученый. – 2018. – №. 47. – С. 380-382.

Тажетдинова С. М. Народные песни как фактор развития личности учащихся //Вестник Курганского государственного университета. – 2018. – №. 3 (50). – С. 62-62.

Тажетдинова С. АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ ПОДГОТОВКИ МУЗЫКАНТОВ К МУЗЫКАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ //Цифровая экономика и управление знаниями: проблемы и перспективы развития: сборник научных трудов II Международной научно-практической конференции.–Киров, 2021.–245 с. – 2021. – С. 105.

Тажетдинова С. САМОПРЕЗЕНТАЦИЯ В ПРОЦЕССЕ ТРУДОУСТРОЙСТВА БУДУЩИХ СПЕЦИАЛИСТОВ МУЗЫКАЛЬНОГО ИСКУССТВА //Цифровая экономика и управление знаниями: проблемы и перспективы развития. – 2021. – С. 110-112.

Tajetdinova S. M. MUZIKA TÁLIMINDE AXBOROT HÁM PEDAGOGIKALIQ TEXNOLOGIYALARDAN PAYDALANIWDIŃ NÁTIYJELILIGI //Academic research in educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. NUU Conference 1. – С. 275-277.

Mnajatdinovna T. S. Pedagogical Skills in Teaching Music //JournalNX. – Т. 7. – №. 11. – С. 172-174.

Omarova A. SCHOOL CHEERS THROUGH MUSIC PROFESSIONAL DIRECTION //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 151-8. 8.Omarova A. SCHOOL CHEERS THROUGH MUSIC PROFESSIONAL DIRECTION //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 151-156.

Омарова А. ПРИМЕНЕНИЕ ИННОВАЦИОННО-ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ ПРИ ПРЕПОДАВАНИИ МУЗЫКАЛЬНОГО УРОК.

Charshemov J. A REVIEW OF MARKABAY JIEMURATOV'S WORK //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 818-821.

Чаршемов Ж. МУСТАҚИЛЛИК ЙИЛЛАРИДА ЎЗБЕК КИНОМУСИҚАСИ //Вестник музыки и искусства. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 16-22.

Charshemov J. A REVIEW OF MARKABAY JIEMURATOV'S WORK //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 818-821.

Abdikarimova, I. (2023). ORTA AZIYADAǴÍ OYANÍW DÁWIRI. Вестник музыки и искусства, 1(2), 161–163

Чаршемов, Ж. (2023). МУСТАҚИЛЛИК ЙИЛЛАРИДА ЎЗБЕК КИНОМУСИҚАСИ. Вестник музыки и искусства, 1(2), 16–22

Charshemov J. Problems of Using Karakalpak Folklore in Composers //Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 3. – С. 270-273.

Abatbayeva U. INITIAL LEVEL OF STUDENTS'MUSICAL CREATIVITY DEVELOPMENT //Modern Science And Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 323-326.

Абатбаева У. А. Арт-Педагогические И Арт-Терапевтические Технологии, Методы Пребывания В Образовании, Формы И Инструменты //Miasto Przyszłości. – 2023. – Т. 40. – С. 496-498.

Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 841-849.

Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.

Sag’inbaevna T. S. Cultural Life in Uzbekistan during the Years of Independence //Spanish Journal of Innovation and Integrity. – 2023. – Т. 18. – С. 39-41.

Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 841-849.

Saginbaevna T. S. Management and study of culture and art. – 2022.

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ ТАЛАБАЛАРНИНГ МУСТАҚИЛ ИШЛАШ КЎНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT //Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов