ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1077
ABU MANSUR AL MOTURIDIY HAYOTI VA IJODI
Abdullayeva Madinaxon Erkinjon qizi
Dinshunoslik fani o'qituvchisi
G'ofurjonova Mubina Bobirjon qizi
Muallif.
Iqtisodyot va Pedogogika universitetining Filologiya fakulteti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10579851
Annotatsiya. Moturudiy-imom,fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi va
buyuk mutafakkir va islom dinining peshvolaridan biri, yaxshi xulq egasi, shirinsuhan, saxovatpesha,
hadisshunos, olim bo'lgan. Shariat peshvosi dinning yetuk arboblaridan hisoblanadi.
Kalit so'zlar: Abu Mansur Moturidiy, Moturidiyya maktabi, Ramziy maqbarasi.
THE LIFE AND WORK OF ABU MANSUR AL MOTURIDI
Abstract. Moturudi-imam, scholar of jurisprudence, the founder of the Moturidi school of
theological sciences, a great thinker and one of the leaders of the Islamic religion, was a good-
natured, kind-hearted, generous, hadith scholar, scholar. Sharia leader is one of the mature figures
of religion.
Key words: Abu Mansur Moturidiyya, Moturidiyya school, Ramzi mausoleum.
ЖИЗНЬ И ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ АБУ МАНСУРА АЛЬ МОТУРИДИ.
Аннотация. Мотуруди-Имам, учёный правоведения, основатель богословской школы
Мотуруди, великий мыслитель и один из лидеров исламской религии, был добродушным,
добродушным, щедрым, хадисоведом, учёным. Шариатский лидер является одним из зрелых
деятелей религии.
Ключевые слова: Абу Мансур Мотуридийа, школа Мотуридийя, мавзолей Рамзи.
O'zbekistonda Moturidiy merosini o'rganishga faqat mustaqillikdan keyingina kirishildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 2000-yilda Moturidiy
tavalludining 1130-yilligi O’zbekistonda keng nishonlandi. O'zbekiston prezidenti I.A.Karimov
tashabbusi bilan Samarqandda alloma xotirasiga yodgorlik majmui bunyod etildi. Toshkent va
Samarqandda Moturidiy ta'limoti va uning islom olamidagi tutgan mavqeiga bag'ishlangan xalqaro
ilmiy anjumanlar o'tkazildi. Moturidiy hayotining turli qirralarini yorutuvchi maqolalar, risolalar va
tadqiqotlar chop etildi. Moturidiy merosini o'rgangan xorijlik olimlar bilan samarali hamkorlik
aloqalari o'rnatildi. 2001-yilda Go'ttingen (Germaniya) universitetining professori Rudolf Ulrich
qalamiga mansub "Al Moturidiy va Samarqand sunniylik ilohiyati" kitobi o'zbek tilida nashr
etildi.2002-yilda mazkur kitobning keng ommaga, jumladan, oliy o'quv yurtlarining talabalari va o'rta
maktablarning yuqori sinf o'quvchilariga mo'ljallangan nashri amalga oshirildi. Endilikda xalqimiz
Moturidiy merosi bilan o'z ona tilida tanishish imkoniga ega bo'ldi,izlanishlardan Shayx Abu Mansur
Moturidiyning ustozlari yoki shayxlari Imom A'zam Abu Hanifa-No'mon ibn Sobitning shogirdlari
hamda shogirdlarining shogirdlari bo'lganlar. Ulardan ba'zilarini eslatib o'tamiz: Abu Nasral-
Iyoziy.(Ahmad ibn Abbos)
Abu Mansur Moturidiy (to'liq ismi Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Abu Mansur al-
Moturidiy as-Samarqandiy; 853-Samarqand-944)-imom,fiqh olimi, mutakallim, moturidiylik ta'limoti
asoschisi. Imom al- Xudor(xidoyatga yetaklovchi imom). Imom al- mutakallimin (Mutakallimlar
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1078
imomi), Rais axli sunna ual- jamoa. (Axli sunnar ual-jamoa raisi), Al-Iom az-zoxid (zoxid imom),
Musaxxix axli sunna ual-jamoa (Axli sunna ual-jamoa musaxxuxi) kabi laqablar bilan ulug'langan.
Nomi Samarqand yaqinida joylashgan Moturid qishlog'iga nisbatan berilgan. Moturidiyning hayoti va
ilmiy merosi aks etgan tarixiy manbalarda o'zi va otasining ismi Muhammad va bobosining ismi
Maxmud ekanligi haqidagi qaydlardan boshqa ma'lumotlar uchramaydi. Lekin uning Abu Mansur deb
atalishidan shu ismli o'g'li bo'lgan degan taxminga borish ham mumkin.
Manbalarda Moturidiyning quyidagi ikki evarasi,ya'ni qizining nevaralari haqida ma'lumotlar
kelgan: Ash-Shayx al-Qoziy al- Xasan al-Moturidiy (vafot 1117)
Abul Muin Nasafiy "Tabsirat al- adillar" asaridan Moturidiyning ilmiy mavqei va kalom
ilmidagi qadr-qimmatini yuksak baholab quyidagi so'zlarni bayon qilgan: "Mavarounnaxrda
Moturidiydan tashqari barcha xanafiy olimlar mavjud bo'lmaganida ham, Abu Mansur Moturidiy
ularing o'rniga kifoya qilar edi. Chunki u shunday zotki,ilm ummonining eng qariga sho'ngib, undan
duru gavharlarni olib chiqdi va diniy hujjatlarni o'zining fasoxati, mislsiz zakovati bilan ziynatlandi.
Shuning uchun u vafot etganida,Shayx Abul Qosim al-Xakim as- Samarqandiy uning qabri ustiga
"Ushbu qabr ilmlarini o'z nafaslarigacha qamrab olgan, uni tarqatishda ko'p zaxmatlar
chekkan,qoldirgan merosi ko'p madh qilingan va o'zining umr daraxtidan ko'plab mevalar tera olgan
zotning qabridir u deb yozishlarga buyurgan edi": Moturidiyning "Tavilot al-qur’on al-
Karim"(Qur'oni Karimnining tavillari" nomli tafsiri o'z davrida mashhur bo'lgan va ko'plab olimlar
ushbu asarni quyidagicha tavsif bilan yuksak baholagan: "Moturidiy imomlarning ulug'i va millatning
ustuni edi. Uning Qur'onga yozgan tafsiri barcha chigalliklarni ochib beruvchi,inson qalbidagi
shubxali qora bulutlarni haydovchi hamda nihoyatda balig' vasf ila yaratilgan asardir. Alloh shunday
kitobni yozgan zotga o'z salomini yo'llasin".
Moturidiyning mavqei va martabasi nihoyatda yuqori bo'lgan.Uning ilgari surgan aqidaviy
qarashlari Movarounnaxrda aksariyat xanafiy ulamolar tomonidan qo'llab-quvvatlangan.
Abu Mansur Moturidiyning ustozlari.
Tarixchilar imom olimlarni Abu Mansur Moturidiyning ustozlari ichida quyidagi olimlarni
alohida qayd etadilar.
1.Abu Nasr Iyoziy rahmatulloxi alayxi Yaxyo ibn Qays ibn Sad ibn Uboda Ansoriy Xazrajiy
roziyalloxu anxuning avlodlaridan bo'ladi.
Abu Nasr Iyoziy imom Abu Mansur Moturidiyning ustozi bo'lishi bilan birga,u kishiga ham
dars bo'lib, Abu Bakr Ahmad Juzjoniyning xalqalarida dars olar edi.
Abu Nasr Iyoziy katta olim ham edi. Tarixchilarning takidlashlaricha, yurtda u kishiga teng
keladigan olim yo'q edi.Abu Nasr Iyoziy turk yurtlarida bo'lgan urushlardan birida shaxid bo'lgan.
2.Abu Bakr Ahmad ibn Isxoq ibn Solih Juzjoniy imom Abu Mansur Moturidiyning
ustozlaridan biri bo'lib, u kishi usul va furu ilmlarini o'zida jamlagan va turli ilmlarda baland
cho'qqilarni zabt etgan ulkan olim edi.
3.Muhammad ibn Mukotil Roziy, Rayning qozisi.
4.Nusayr ibn Yaxyo
Imom Abu Mansur Moturidiy qoldirgan merosning yana bir ibratli tomoni shundaki,u diniy
e'tiqod borasida ashaddiylik toqatsizlikni rad etadi, mo'tadillik va bag'rikenglikni yoqlab chiqib, bu
muhim tamoyilni jamiyat hayotining mezoniga aylantirishga intiladi.
Imom Moturidiy ta'limoti ana shu insonparvarlik mohiyatiga ko'ra, insoniyat hayoti va
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1079
taraqqiyotini yaxshilik va poklik sari, adolat sari yo'naltirishga, odamlarni millati, tili, dinidan qat'i
nazar, o'zaro ahil, bahamjihat, mehr-oqibatli bo'lib yashashga da'vat etadi.
Ul zot asos solgan diniy ta'limot-Moturidiyya maktabi Sharq mamlakatlarida katta shuhrat
topishiga bo'lgan sabab shuki, unda ilgari surilgan g'oyalar islom dinimizning mohiyatini to'g'rilik,
ezgulik, insoniylik deb biladigan jamiki mo'min-musulmonlarning qarashlari va intilishlari bilan ham
ohang edi.
Shu bois Moturudiyya maktabida ta'lim olgan turli millat vakillari bo'lmish olimlar, Hazrat
Moturudiyning minglab izdoshlari, ma'naviy shogirdlari uning ta'limoti va merosini dunyoning ko'p-
ko'p mamlakatlarida targ'ibu tashviq etib yanada rivojlantirdilar.
Samarqanddagi me'moriy yodgorlik Imom Moturudiy tavalludining 1130-yilligi (2000)
arafasida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan Samarqand
shahrining markazida bunyod etilib, ramziy maqbarasi o'rnatilgan ( hududi qariyb 4 ga). Registon
ansambli yaqinida, Vobkent, G'ijduvon va Buxoro ko'chalari oralig'ida joylashgan. Bosh kirish qismi
Vobkent ko'chasidagi xiyobon orqali. Loyihaga ko'ra 3 qism ( markaziy, bog' va xo'jalik)ga bo'lingan,
ular o'zaro bir-biri bilan xiyobonli yo'lka orqali bog'langan. Loyiha o'qi manzarali mujassamotda
yaratilib, maqbara binosiga tutashgan. Shar-sharali favvoralar, xiyobonli yo'lka markazida qurib,
atrofi obodonlashtirilgan.
Yodgorlikning me'moriy loyihasi va badiiy yechimida o'zbek milliy san'atining eng yaxshi
an'analari qo'llanilgan. Maqbara pishiq g'ishtdan, murabba tarxli (12/12m),shifti gumbazli (balandligi
15m), paygumbazi 24 kichik ravoqchalarga bo'linib, ganchkori panjaralar bilan bezatilgan. Panjaralar
yuqorisi murakkab tuzilishdagi mukarnaslar bilan to'ldirilgan. Xona markaziga qo'yilgan sag'anada
arab yozuvida buyuk olimning so'zlari bitilgan.
Xulasa qilib, aytganda Moturidiya fiqhga asos solib ijod qilgan va bizlarga bir nechta asarlarni
qoldirgan. Motrudiya o'zining maktablarini ochgan. Biz Motrudiya merosini o'rganib uni yanada
yuksaltirishimiz kerak.
REFERENCES
1.
Islom ensiklopediya.Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent-2017.311-312-b.
2.
Mazxablar-birlik Ramzi.Toshkent-2020.126-b.
3.
I.A.Karimov.Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas'ulmiz.Toshkent"Õzbekiston" 2001. 79-80-
b. www.ziyouz.com kutubxonasi
4.
Toxirjon Shirinboy o’g’li Rashidov
5.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Telekomunikatsiya
texnologiyalari va kasb ta‘limi ― fakulteti ―AKT sohasida kasbiy ta‘lim‖ yo‘nalishi talabasi
6.
carjisor@gmail.com
