METHODOLOGY OF CONDUCTING DICTATIONS IN PRIMARY EDUCATION CLASSES OF SCHOOLS

HAC
Google Scholar
To share
Mag‘ribova , G. (2024). METHODOLOGY OF CONDUCTING DICTATIONS IN PRIMARY EDUCATION CLASSES OF SCHOOLS. Modern Science and Research, 3(1), 115–119. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28950
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article discusses the methodology of conducting emphatic dictations in primary education. It reflects the role of emphatic dictation in the formation of spelling literacy in elementary school students. The type of visual dictation of emphatic dictation and methodical aspects of its organization are shown.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

115

MAKTABLARNING BOSHLANG‘ICH TA’LIM SINFLARIDA DIKTANTLARNI

O‘TKAZISH METODIKASI

Mag‘ribova Gulnihol Qaxramon qizi

Oriental universiteti

Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 3-bоsqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10630355

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limda diktantlarni o‘tkazish metodikasi

haqida fikr yuriladi. Unda ta’kidiy diktantning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida imloviy
savodxonlikni shakllantirishdagi o‘rni aks ettiriladi. Ta’kidiy diktantning ko‘rish diktanti turi va
uni tashkil qilishning metodik jihatlari ko‘rsatib beriladi.

Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, ona tili va o‘qish savodxonligi, imlo, imloviy

savodxonlik, diktant, ta’kidiy diktant, ko‘rish diktanti, eshitish diktanti, imlo qoidasi.

METHODOLOGY OF CONDUCTING DICTATIONS IN PRIMARY EDUCATION

CLASSES OF SCHOOLS

Abstract. This article discusses the methodology of conducting emphatic dictations in

primary education. It reflects the role of emphatic dictation in the formation of spelling literacy in
elementary school students. The type of visual dictation of emphatic dictation and methodical
aspects of its organization are shown.

Key words: primary education, mother tongue and reading literacy, spelling, spelling

literacy, dictation, emphatic dictation, visual dictation, auditory dictation, spelling rule.

МЕТОДИКА ПРОВЕДЕНИЯ ДИКТАНОВ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ ШКОЛЫ

Аннотация. В данной статье рассматривается методика проведения

эмфатических диктантов в начальных классах. Отражена роль эмфатического диктанта
в формировании орфографической грамотности учащихся начальной школы, показаны
виды диктанта и его методические аспекты.

Ключевые слова: начальное образование, родной язык и грамотность чтения,

правописание, орфографическая грамотность, диктант, эмфатический диктант,
визуальный диктант, слуховой диктант, орфографическое правило.

So‘nggi ikki yil davomida boshlang‘ich ta’lim sohasida ta’lim-tarbiya jarayonida keng

ko‘lamli o‘zgarishlar olib borilmoqda. Xususan, xalqaro ta’lim sifati tadqiqotlarida yuqori natija
ko‘rsatgan mamlakatlarning tajribalaridan kelib chiqib, xalqaro ekspertlar tavsiyasiga asosan,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yozish, o‘qish, fikr bildirish ko‘nikmalarni sifatli shakllantirish
maqsadida “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fani kiritildi va shu nomdagi darsliklar amaliyotga joriy
qilindi. 1-2-3-sinf uchun mo‘ljallangan “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsliklari ikki qismdan
iborat bo‘lib, har bir qismning mashq daftari ham yaratildi.

“Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslari bolalarning aqliy va nutqiy qobiliyatlarini

muvaffaqiyatli oʻstirish zaminida kelgusida fanlarni puxta oʻzlashtirishga imkoniyat yaratadi. Shu
sababli boslangʻich sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darslarining asosiy vazifalaridan biri ham
o‘quvchilarning nutqiy qobiliyatlarini oʻstirishdir. Binobarin, ta’lim jarayonida oʻquvchilar yozma
nutqini oʻstirishga ham ona tili oʻqitishning asosiy vazifasi sifatida yondashiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

116

Ma’lumki o‘quvchilarning yozma nutqini shakllantirish bevosita imloviy savodxonlik

bilan bog‘liq. Bu esa oʻquvchilarda orfografik malakalarni shakllantirishni tizimli ravishda amalga
oshirish muhimligini belgilaydi.

O‘quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantitirishda diktantning o‘rni juda katta.
Diktantning ham bir qancha turlari mavjud bo‘lib, quyida biz ta’kidiy diktant, uning turlari

hamda uni o‘tkazish yo‘llari haqida fikr yuritmoqchimiz.

Ta’kidiy diktant barcha ta’limiy diktantlar ichida eng muhimi va ahamiyatlisidir, chunki

ta’kidiy diktant o‘quvchilarni yozuvda so‘zlarni xato yozishdan saqlaydi. Bu diktant turi har
qanday so‘zning imlosini o‘quvchilarga oldindan eslatish orqali yozdirishga asoslanadi.

Zero, agar o‘quvchi xato yozilgan so‘zlarni ko‘rsa, uni o‘zi xato yozsa, imloda xato

ko‘nikmaga ega bo‘lib qolsa, u o‘quvchiga imlo o‘rgatish juda murakkab ishga aylanib qoladi.

Bu jihatdan qaraganda ham ta’kidiy diktantning ahamiyati katta. Diktantning bu turi

o‘quvchilarni diktant matnidagi barcha so‘zlarning imlosini o‘ziga singdira olishga odatlantiradi.

Shuningdek, bu diktant orqali o‘quvchilar so‘z imlosini turli orfografik toifalar asosida

ongli o‘zlashtiradilar.

Bilamizki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini to‘la savodli qilish chidam va sezgirlik talab

qiladi. O‘qituvchi o‘z o‘quvchisiga biror yangi so‘z o‘rgatar ekan, avvalo shu so‘zni to‘g‘ri talaffuz
qilishni o‘rgatishi lozim; undan keyingina bu so‘z yuzasidan yozuv mashqi o‘tkazadi. Bu
orfografiya bilan orfoepiyaning o‘zaro uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Metodik adabiyotlarda o‘quvchilar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xatolar turli sabablarga

ko‘ra sodir bo‘lishi quyidagicha ko‘rsatiladi:

1.

Imlo qoidasi o‘rganilmagan ba’zi so‘zlar diktant matn tarkibiga kirib qoladi.

2.

Biror imlo qoidasi bo‘sh o‘zlashtirilgani sababli tegishli so‘zlarni bu orfografik

qoidaga bog‘lay olmaydilar va ularni xato yozadilar.

3.

Imlosi qoidalashtirilmagan so‘zlarga oid xatolar.

4.

Ba’zan o‘quvchilarning beparvoligi tufayli so‘zlar xato yoziladi.

5.

Yozuvda o‘quvchilar kalligrafik jihatdan xato qiladilar, buning oqibatida ayrim harflar

boshqa shaklga o‘tib, bu so‘z xato yozilganday seziladi.
Bu xatolarning barchasi ta’kidiy diktant orqali bartaraf qilinadi. Buning uchun ko‘proq
boshlang‘ich sinflarda imlosi o‘rgatiladigan so‘zlarni o‘quvchilarga ko‘rsatish, ularning imlosini
ta’kidlash orqali yozdirish zarur. Ayniqsa, 1-sinf o‘quvchilari og‘zaki eshitganlarini yozuvda
osonlik bilan ifoda eta olmaydilar. Bu hol o‘quvchilarni xatosiz yozishga o‘rgatishda yozilayotgan
so‘zning imlosini oldindan ko‘rsatishni talab qiladi.

2-3- sinflarda o‘quvchilarning to‘g‘ri yozuv ko‘nikmasi bir oz shakllangach, bolalar biror

sohada mustaqil fikrlay oladigan darajada malaka hosil qilgan bo‘ladilar. Bundan tashqari, bu
sinflarda imlo va grammatik qoidalar bolalarga tanishtiriladi, bu esa ayrim so‘zlar imlosini
grammatik qoidaga bog‘lab, og‘zaki ta’kidlash - izohlashga imkon beradi.

3-4-sinflarda ta’kidlanayotgan so‘zning xususiyati ham, bu so‘zni ta’kidlash usuli ham

murakkablashadi. 3-4-sinflarda yozdiriladigan diktant matn tajribasida orfografiyaning turli
tamoyillariga oid so‘zlar kelishi mumkin. O‘quvchilar yozuvida uchraydigan xatolar ham turli
ko‘rinishga ega bo‘ladi. Shuni nazarda tutib, xato yozilishi mumkin bo‘lgan so‘zlarni turli usulda
ta’kidlash mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

117

Morfologik tamoyilga xos xatolarni ta’kidlashda shu so‘zlar imlosi taalluqli bo‘lgan

grammatik qoida eslatiladi, bu so‘zni yuqoridagi grammatik qoidaga bog‘lab yozish talab qilinadi.
Agar so‘zlar tarkibiy qismlarga (asos va affikslarga) ajratib tahlil qilingandan so‘ng yozdirilsa,
natija yana ham yaxshi bo‘ladi. So‘zlarni morfologik tahlil qilishda suhbat quyidagicha
uyushtirilishi mumkin: bu gapda qaysi so‘zlarning yozilishi qiyin, ularni to‘g‘ri yozish uchun qaysi
grammatik qoidani esga olish kerak va hokazo.

Bu savollarga o‘quvchilar javob berganlaridan so‘ng o‘qituvchi, albatta, berilgan

javoblarni umumlashtiradi, yakun yasaydi. O‘qituvchining yakunlovchi so‘zi har jihatdan
muhimdir. Avvalo, o‘qituvchi o‘quvchilar javoblaridagi nuqsonlarni tuzatadi. Ikkinchidan, ayrim
so‘zlarning imlosi yuzasidan o‘quvchilarda to‘la ishonch hosil qiladi. Uchinchidan, o‘quvchilar
javobini mustahkamlaydi. Bu esa berilgan so‘zlar imlosining o‘quvchilar xotirasida uzoq vaqt
saqlanib qolishiga sabab bo‘ladi.

Ta’kidiy diktant ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: 1) ko‘rish diktanti; 2) eshituv diktanti.
Ko‘rish diktant turi ta’kidiy diktantning eng xarakterli ko‘rinishi sanaladi. Chunki

boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ko‘rish a’zosi orqali sezgan narsalari obrazini xotiralarida uzoq vaqt
saqlab qoladilar. Bola biror so‘zni ko‘rar ekan, uning aksi ko‘zga tushadi, bola ongida u muhokama
qilinadi va bu haqda yo to‘g‘ri, yoki noto‘g‘ri hukm chiqaradi. Nihoyat, o‘quvchi bu so‘zning
shunday yozilishiga qat’iy ishonadi. O‘quvchida hosil bo‘lgan bunday ishonch juda qiyinchilik
bilan unutiladi. Shuning uchun ham bola ko‘zi o‘ngida hech qanday noto‘g‘ri yozilgan so‘z
bo‘lmasligi zarur.

O‘quvchilardagi bunday psixofiziologik holatdan ko‘ruv diktanti orqali foydalaniladi.
Binobarin, ko‘rish diktantini quyidagi maqsadlarda o‘tkazish mumkin:
1.

Ko‘rish diktanti orqali o‘quvchilar ko‘proq notanish aytilishi va yozilishi aniq

bo‘lmagan so‘zlar, atamalar imlosi bilan tanishtirilishi mumkin.

2.

Avvalgi yozma ishlarda orfografik xatolarga yo‘l qo‘yilgan so‘zlarning imlosini

o‘quvchilarga singdirish mumkin. Buning uchun diktant matn yoki shu matndagi ayrim so‘zlar
sinf doskasiga yozib qo‘yiladi. O‘quvchilar bu so‘zlarni mustaqil o‘qib imlosi bilan tanishib
chiqadilar. So‘ng o‘qituvchi bu so‘zlarni o‘qib ularning imlosini tushuntirib beradi, undan keyin
sinf doskasi parda bilan yopiladi va matnni o‘qituvchi aytib yozdiradi. Diktant yozish tugagach
parda ochiladi, o‘quvchilar o‘z yozuvlarini doskadagi diktant matnga solishtirib, tuzatib oladilar.
Ko‘ruv diktantining bu shakli o‘z xususiyatlariga ko‘ra ko‘proq 1-sinflarda qo‘llanilsa yaxshi
natija beradi.

1- sinf o‘quvchilarini bilimga o‘rgatish davrida diktantning bu shaklidan foydalaniladi.
Bunda biror harf o‘quvchilarga tanishtirilgach, shu harf ishtirokida biror so‘z tanlanadi

yoki biror predmetni ko‘rsatib, uning nomi o‘quvchilarga bir necha marta ayttiriladi, so‘ng bu so‘z
bo‘g‘inlarga va tovushlarga ajratiladi, bu so‘zni o‘qituvchi yoki ayrim o‘quvchi kesma harflar
yordamida doskada tuzadi, so‘ng tarkibidagi bo‘g‘in va harflar yana muhokama qilinadi, so‘ng u
so‘z sinfda xo‘r bilan yoki yakkama-yakka o‘qiladi va keyin yoziladi. O‘quvchilar yozgan
so‘zlarni doskadagi so‘zlarga taqqoslab xatolarini tuzatib oladilar.

2-sinfdan boshlab talaffuzi qiyin, talaffuzi bilan imlosi mos kelmaydigan ko‘p bo‘g‘inli

so‘zlar yuzasidan ko‘rish diktanti yozdirish mumkin, ayniqsa biror orfografik- grammatik qoida


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

118

o‘rganilgach, shu qoidaga bog‘lab tashkil qilinadigan ko‘rish diktanti o‘quvchilarning yana ham
kuchliroq diqqatini talab qiladi.

O‘qituvchi doskada belgilab qo‘yilgan so‘zlarning imlosini dars boshida takrorlanayotgan

mavzuga bog‘lab izohlab beradi. So‘ng o‘quvchilar belgilangan so‘zlarni sinchiklab o‘rganib
chiqadilar. Nihoyat, doskadagi diktant matni parda bilan yopiladi, matnni o‘qituvchi aytib
yozdiradi.

Ba’zan esa o‘quvchilar doskadagi matnni qayta-qayta o‘qib yodlab oladilar, so‘ng

o‘qituvchi matnni yoddan yozdiradi. Ishning bu turida kichikroq matn yoki ayrim gaplardan
foydalanmoq darkor. Matnni to‘la yozdirib bo‘lgach parda ochiladi va o‘quvchilar o‘z yozuvlarni
diktant matnning asl nusxasiga solishtirib, o‘z xatolarini tuzatib oladilar. Ishni bunday tashkil
qilish vaqtni tejaydi yozishdagi shoshma-shosharlikdan o‘quvchilarni saqlaydi. Doskada belgilab
qo‘ygan so‘zlarning imlosini ayrim o‘quvchilar izohlashi ham mumkin. U holda izohlovchi
o‘quvchi puxta bilimli belgilangan so‘zlarni to‘g‘ri izohlay oladigan bo‘lishi kerak.

Albatta, bu o‘quvchining izohini o‘qituvchi diqqat bilan kuzatib boradi. So‘zlar imlosining

o‘quvchilar tomonidan izohlanishi o‘quvchini fikrlashga, o‘z yozuviga ongli yondashishga, o‘ziga
talabchan bo‘lishga o‘rgatadi. Agar izohlash ishi o‘qituvchi tomonidan bajarilsa, vaqt tejaladi,
berilgan bilim aniq va to‘g‘ri bo‘ladi, tegishli so‘zlarning imlosi sohasida o‘quvchilarda ikkilanish
bo‘lmaydi. Demak, izohlash ishini o‘qituvchi ham o‘quvchi ham bajarishi mumkin.

Diktant matnining doskaga o‘quvchilar ko‘zi oldida yozilishi muhimdir. Chunki yozuv

jarayonida o‘quvchilar so‘zlar tarkibidagi harflar bilan tanishadilar. Bu vaqtda o‘quvchilar
o‘qituvchi harakatiga so‘zlarning yozilishiga diqqat bilan qarab turadilar. Bu hol esa doskaga
yozilgan so‘zlar imlosining ular xotirasida uzoq saqlanib qolishiga imkon beradi.

Ba’zan ayniqsa quyi sinflarda ta’kidlash ko‘zda tutilgan so‘z doskada ko‘rsatilishidan

tashqari, o‘qish va yozdirish vaqtida juda sekin va dona-dona qilib o‘qib beriladi. U vaqtda so‘z
tarkibidagi barcha harflar aniq talaffuz etilishi, o‘quvchilarning eshitish a’zolariga aniq yetib
borishi lozim. Shu bilan birga, o‘quvchilar bu so‘z tarkibidagi o‘zak va affikslarni aniq tasavvur
eta olishlari lozim. Ammo bunday o‘qish o‘quvchilarga bo‘g‘inlab, harflab yozishga imkon
bermasligi zarur. Agar o‘quvchilar bo‘g‘inlab yozadigan bo‘lsalar bu xil yozuv mashqi o‘quvchilar
bilimiga faqat salbiy ta’sir qiladi.

3-4-sinflarda morfologiyaga oid mavzuni mustahkamlash maqsadida ko‘rish diktanti

o‘tkaziladi. U holda diktant matni sinf doskasiga yozilmaydi, balki matn darslikdan tanlanishi
mumkin. Uni o‘qituvchi o‘rganilgan qoidaga bog‘lab izohlaydi, hatto bu qoidaga oid misollarni
o‘quvchilarga mustaqil toptirishi ham mumkin. Mavzu yetarli takrorlangandan so‘ng o‘quvchilar
diktant matnini o‘qituvchining aytib berishi bilan yozadilar.

Diktant yozib tugatilgach o‘quvchilar o‘z yozuvlarini doskadagi matnning asl nusxasiga

solishtirib, o‘z xatolarini tuzatib oladilar. Bu solishtirish vaqtida takrorlash ko‘zda tutilgach mavzu
o‘quvchilarning diqqat markazida turishi kerak.

Ko‘rish diktantining bu shakli orqali matndagi grammatikaning biror qoidasiga oid ayrim

so‘zlar orfografiyasigina emas, balki diktant matnidagi barcha so‘zlar imlosini o‘rganish maqsad
qilib olinishi mumkin.

Xulosa qilib aytish mumkinki, o‘quvchilarni so‘zlarni to‘g‘ri va xatosiz yozishga

o‘rgatishda ta’kidiy diktant, xususan, ko‘rish diktanti muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

119

boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantirishda o‘qituvchi bu diktant
turidan ham samarali foydalanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu esa, albatta, ta’kidiy
diktantlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hamda ularni tashkil qilish metodikasini bilishni taqozo
etadi.

REFERENCES

1.

Mirzayev A. Diktant metodikasi.- Toshkent, “Oʻqituvchi”, 1979.

2.

Abdullayeva Q., Rahmonbekova S., Bekmurodova G., Gʻozixoʻjayeva G. Diktantlar
toʻplami. (Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun). - Toshkent: “Niso Poligraf”, 2017.

3.

Jumayeva S. Oʻquvchilarning yozma savodxonligini oshirishning ayrim yoʻllari// “Ona tili
ta‘limidagi islohotlar: vazifalar, yechimlar va muammolar” Respublika ilmiy- amaliy
anjuman materiallari.- Qarshi, 2015, 70-73-betlar.

4.

Azimova I., Mavlonova K., Quronov S. va b. Ona tili va o‘qish savodxonligi. Umumiy
o‘rta ta’limning 1-sinfi uchun darslik. 1-2-qism. - Toshkent: Respublika ta’lim markazi,
2021.

5.

Azimova I., Mavlonova K., Quronov S. va b. Ona tili va o‘qish savodxonligi. Umumiy
o‘rta ta’limning 2-sinfi uchun darslik. 1-2-qism. - Toshkent: Respublika ta’lim markazi,
2021.

References

Mirzayev A. Diktant metodikasi.- Toshkent, “Oʻqituvchi”, 1979.

Abdullayeva Q., Rahmonbekova S., Bekmurodova G., Gʻozixoʻjayeva G. Diktantlar toʻplami. (Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun). - Toshkent: “Niso Poligraf”, 2017.

Jumayeva S. Oʻquvchilarning yozma savodxonligini oshirishning ayrim yoʻllari// “Ona tili ta‘limidagi islohotlar: vazifalar, yechimlar va muammolar” Respublika ilmiy- amaliy anjuman materiallari.- Qarshi, 2015, 70-73-betlar.

Azimova I., Mavlonova K., Quronov S. va b. Ona tili va o‘qish savodxonligi. Umumiy o‘rta ta’limning 1-sinfi uchun darslik. 1-2-qism. - Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021.

Azimova I., Mavlonova K., Quronov S. va b. Ona tili va o‘qish savodxonligi. Umumiy o‘rta ta’limning 2-sinfi uchun darslik. 1-2-qism. - Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов