METHODOLOGY FOR TEACHING FINE ARTS IN SCHOOLS OF GENERAL SECONDARY EDUCATION

HAC
Google Scholar
To share
Madaminjonova, M. (2024). METHODOLOGY FOR TEACHING FINE ARTS IN SCHOOLS OF GENERAL SECONDARY EDUCATION. Modern Science and Research, 3(2), 450–453. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29363
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article covers the teaching of Fine Arts among students in Grades 5-7 in general secondary schools with a wide and comprehensive coverage. In contrast, the teaching of Fine Arts shows several techniques in the quick and high-quality execution of drawing the genres of landscape and animalism.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

450

UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN’ATNI O’QITISH

METODIKASI

Madaminjonova Muxlisa Mahmudjon qizi

e

-mail:

rizayevaqomarun0@gmail.com

Andijon davlat pedagogika instituti “Tasviriy san’at va musiqa ta’limi” kafedrasi

“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo’nalishi 2-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10655463

Annotatsiya.

Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida 5-7-sinf o’quvchilari

o’rtasida tasviriy san’at fanini o’qitish keng va atroflicha yoritilgan. Shu bilan bir qatorda tasviriy
san’at fanini o’qitishda manzara va animalistik janrlarini chizishni tez va sifatli bajarishda bir
nechta metodlar ko’rsatilgan.

Kalit so’zlar:

san’at, natura, kompozitsiya, manzara, kamponofka, janr grizayl,

perspektiva, spektr ranglar.

METHODOLOGY FOR TEACHING FINE ARTS IN SCHOOLS OF GENERAL

SECONDARY EDUCATION

Abstract.

This article covers the teaching of Fine Arts among students in Grades 5-7 in

general secondary schools with a wide and comprehensive coverage. In contrast, the teaching of
Fine Arts shows several techniques in the quick and high-quality execution of drawing the genres
of landscape and animalism.

Keywords:

art, natura, composition, landscape, camponofka, genre grizail, perspective,

spectrum colors.

МЕТОДИКА ПРЕПОДАВАНИЯ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА В

ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ

Аннотация.

В этой статье подробно и подробно рассматривается преподавание

изобразительного искусства среди учащихся 5-7 классов общеобразовательных школ.

Параллельно с этим в преподавании изобразительного искусства указывается

несколько приемов быстрого и качественного выполнения рисунка пейзажных и
анималистических жанров.

Ключевые слова:

искусство, натура, композиция, пейзаж, кампонофка, жанр

гризайль, перспектива, спектр цветов.

Respublikamizda kelajakda buyuk mamlakatga aylanishi, jahonning, rivojlangan davlatlar

qatoriga qo’shilishida xalqimiz madaniyati, ma’rifati, san’ati va ma’naviyating roli beqiyosdir.

Mamlakatimizda ma’naviyat va madaniyatni boyitishda tasviriy san’atning ham o’z o’rni

mavjud.

Hozirgi davrda har sohada bo’lgani kabi tasviriy san’atning ifoda vositalari haqida chuqur

ma’lumotga ega bo’lishi, turli badiiy materiallarning xususiyatlari va ulardan foydalanish
yo’llarini mukammal egallashlari muhim hisoblanadi. Tasviriy san’at o’qituvchisining o’zi qalam
va bo’yoqlar bilan rangda ifoda etish konikmalariga ega bolishi bilan birga, bu sohadagi bilimlarni
o’quvchilarga ham yetkaza olishi zarur.

Tasviriy san’at o’quv fani bugungi kunda o’quvchiga besh tur bo’yicha grafik bilim va

malaka beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

451

Borliqni idrok qilish

Badiiy qurish va yasash

San’atshunoslik asoslari

Naturaga qarab tasvirlash

Kompazitsiya
Bugungi kunda o’quvchilarga tasviriy san’at fanini qiziqtirishda o’qituvchining pedagogik

mahorati asosiy o’rinni egallaydi. Eng avvalo o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishlarini uyg’otish
nazariy bilan birgalikda amaliy bilim va ko’nikmalarni ham rivojlantirish kerak bo’ladi. Bunda bir
nechta metod turlaridan foydalanish mumkin. Masalan “qo’l metodi” bunda o’quvchilarni qo’llari
yordamida turli xil hayvonlarni tasvirlaydilar. Ya’ni oq qog’ozga qo’llarini yoygan holda, bosh
barmoqdan tashqari qolgan barmoqlar juft holda qo’yilib atrofini qora qalam yordamida chizib
chiqiladi. So’ngra bosh barmoqdagi chizilgan joyga ko’zlari va tumshug’ini rasmi chiziladi. Qo’lni
kaftiga esa o’rdakning qanotlari rasmi tasvirlanadi. Oxirida esa o’rdakning oyoqlari bilan
tugatiladi. Ushbu metod yordamida o’quvchilarni rasm chizishga qiziqishlarini ancha oshirish
mumkin chunki, har bir o’quvchining qalbida rassomchilik bilan bog’liq o’z istedodlari mavjud
bu metod esa o’sha istedodlarini uyg’otadi.

1-4 sinflarda o’quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 5-sinflar bilan bir

biridan farq qiladi. Boshlang’ich sinflarda tasviriy san’atning tur va janrlari va kompozitsiya
yorug’ soya rangshunoslik perspektiva qonunlari va qoidalari naturadagi komponofka undagi blik
tasviriy san’atning oqimlari haqidagi bilimlar birozgina qiyin bolganligi uchun bu bilimlar asosan
5-sinfdan boshlab o’qitiladi. Tasviriy san’at yo’nalishlari tushuntiriladi. Masalan borliqni, san’atni
idrok qilish, bu yo’nalishdagi darslarda o’quvchilarni atrof-muhitni idrok etishga undagi jamiyki
narsa buyumlarni his qilishi, undagi shakllar, ranglar xilma-xilligini ko’ra olishni o’rgatadi.

San’atshunoslik esa tasviriy san’at o’quv fani mazmuniga kiritilgan barcha san’at turlari

bo’yicha namunalarni, shu jumladan O’zbekiston tasviriy va amaliy san’ati me’morligiga oid
o’quv materiallarin bilan bir qatorda Sharq va jahon tasviriy san’ati ularning muhim tendensiya va
an’analari buyuk rassomlarning hayoti va ijodlari bilan tanishib borish jarayonida ularda
vatanparvarlik hissi kamol topadi. San’atshunoslik asoslari mashg’ulotlari asosan ma’ruza
shaklida emas, ko’proq savol-javob, munozara va o’yin tarzida tashkil etilishi bolalarni darsga
ko’proq qiziqtiradi va o’tilgan mavzular yodda saqlashi yanada mustahkamlanadi. Masalan,
bironta buyuk rassomning asari tahlil qilinsa, o’qituvchi ularga bu asar haqida ma’lumot berishi
kerak bo’ladi. Shundan so’ng o’qituvchi bir nechta savollar bilan o’quvchilarga savol berishi
kerek. Masalan rassom o’z asarida qanday shartli ranglardan foydalangan? Asardagi insonda


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

452

qanday hissiyotlari yashiringan? Asarda birinchi nima sizni etiboringizni qaratdi? degan bir
qancha savollar bilan murojat qilishi mumkin. Xususan, O’zbekistondagi mashhur rassomlar bilan
ham tanishtirib o’tiladi. Ulardan O.Tansiqboyev, M.Nabiyev, A.Mo’minov, J.Umarov,
R.Ahmedov L.Abdullayev, A.Boymatov, O.Bakirov kabi rassomlarning mashhur asarlari asosan
manzara janrida ishlagan asarlari bilan o’quvchilarga namoyish etish mumkin. 5-sinfdan boshlab
o’quvchilar naturaga qarab rasm ishlash bilan bog’liq masalalar biroz jiddiy talablar qo’yiladi.

Masalan, naturadagi yorug’ soya perspektiva, kompozitsiya kabilardan nazariy bilimlar

o’tiladi. Naturmort chizishda birinchi sodda bosqichdan o’tiladi ya’ni birinchi kub, konus, prizma,
shar kabi predmetlar chiziladi ulardagi yorug’ soyalar va kampanofkasini to’g’ri joylashtira olishi
o’rgatiladi. Keyinchalik esa bu talablar asta sekinlik bilan murakkablashib boradi. Ya’ni geometrik
shakllarni oldiga gullar, mevalar, sabzavotlar va turli xil oshxona jihozlaridan tashkil etilgan
naturalar qo’yib boriladi. Bunday mashg’ulotlarda o’quvchilar naturaning tuzulishi, rangini,
shaklini va hajmini narsalarning asliga yaqinlashtirilib ishlashlari talab etiladi. Rang tasvirda
ishlayotgada birdaniga ranglar uyg’unlashuvidan emas balki, “grizayl” uslubidan foydalanish
ancha samaraliroq. Chunki bu uslubda faqatgina birgina rang tanlanib shu rang orqali yorug’
soyalari beriladi. Yangi o’rganayotgan o’quvchilar uchun bu uslub ancha oson bo’ladi.

Keyinchalik esa ranglarni berishni o’rganib boradi. Faqatgina rangdan emas balki,

qalamtasvir ham ishlab borishlari talab etiladi. Chunki qalamtasvirda ham shtrixlar yordamida
bilimlarini va tajribalarini kuchaytirish mumkin. Rassomlar grafikada shtrixlashning turli
shakllaridan foydalanadilar. 5-sinf darsligida berilgan O.Tansiqboyevning “Angren- Qo’qon tog’
yo’li” asari keltirilgan. Bu asarda ranglar ikki xil turda qo’llangan ya’ni issiq va sovuq ranglar.

Bunda quyoshning botishi yoki chiqishi, issiq kun, yoz va kuz mavzulari issiq rangda

tasvirlansa sovuq ranglarda esa qish qor ayozli kun manzaralari ishlanadi.Bunga misol qilib
O.Tansiqboyevni asari keltirib o’tilgan. O.Tansiqboyev ijodi asosan O’rta Osiyoning go’zal va
nafis tabiat manzaralarini mo’yqalam yordamida haqqoniy aks ettirishga qaratilgan. Issiq va sovuq
ranglarni esa Ingliz olimi Isaak Nyuton o’z tajribasida aniqlagan. Bunda quyosh nurini
uchburchakli shisha prizmadan o’tkazadi. Spektr esa yeti rangni aniqlaydi. Ranglar doirasida rang
tuslari ko’p bolishi mumkin. Lekin ko’zlarimiz juda murakkab va eng takomillashganligi sabab
hamma ranglarni ko’rishga mo’ljallanmagan. Odamlar hayot tajribasining 80-90 foizini ko’z
orqali o’rganishlarini aniqlab o’tishgan.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, umumiy o’rta ta’lim maktablarida tasviriy san’atni

fanini o’qitish, o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishlarini uyg’otish maqsadida fan yuzasidan turli
xil metodlardan foydalanish darsning sifatini oshiradi. O’sib kelayotgan yosh avlodga o’tiladigan
fanlarning sifatini oshirishda muhim rolni o’qituvchining mahorati va darsda qo’llaniladigan
metodlar yetakchi o’rin egallaydi. Darsni qiziqarli tashkil qilish uchun albatta, fanga yangi
metodlarni kiritishimiz lozim. Dars sifati o’z navbati Yangi O’zbekistonga mos keladigan
yangiliklar asosida baholanadi. Ushbu tasviriy san’at fanining bugunki kundagi ahamiyati va
kelajakdagi istiqboli yoshlarimiz qo’lidadir. Zero, kelajak - yoshlarimiz qo’lida!

REFERENCES

1.

Abdirasulov S. Tasviriy san’at o’qitish metodikasi. O’quv qo’llanma Toshkent Aloqachi,
2007 yil


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

453

2.

Tasviriy san’at. 5: Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5- sinfi uchun darslik\ T.Kuziyev,
S.Abdirasulov,O’.Nurtoyev, A.Sulaymonov.-Toshkent,”O’zbekiston”,2015. -128 bet.

3.

Hasanov R. Narsani oʻziga qarab rasm chizish. -T.: Oʻqituvchi, 1969.

4.

Saidaxmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. -T.: Moliya, 2003.

5.

Xudoyberganov R. Rangshunoslik asoslari. Oʻquv uslubiy qoʻllanma. -T.: 2006.

6.

Yusupov O. Rangtasvirda akvarel bilan ishlash texnikasi va texnologiyalari.-T.: Oʻquv-
uslubiy qoʻllanma. 2011.

References

Abdirasulov S. Tasviriy san’at o’qitish metodikasi. O’quv qo’llanma Toshkent Aloqachi, 2007 yil

Tasviriy san’at. 5: Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5- sinfi uchun darslik T.Kuziyev, S.Abdirasulov,O’.Nurtoyev, A.Sulaymonov.-Toshkent,”O’zbekiston”,2015. -128 bet.

Hasanov R. Narsani oʻziga qarab rasm chizish. -T.: Oʻqituvchi, 1969.

Saidaxmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. -T.: Moliya, 2003.

Xudoyberganov R. Rangshunoslik asoslari. Oʻquv uslubiy qoʻllanma. -T.: 2006.

Yusupov O. Rangtasvirda akvarel bilan ishlash texnikasi va texnologiyalari.-T.: Oʻquv- uslubiy qoʻllanma. 2011.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов