ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
592
TARBIYA TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Qo‘ldosheva Gulhayo Nabi qizi
Buxoro Innovatsiyalar universiteti,
2-bosqich magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10663693
Annotatsiya. Mazkur maqolada axborot komunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan
holda ta’lim jarayonida tarbiya texnologiyalarining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari
masalalari, shuningdek, tarbiya texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonida qo‘llashning
amaliy ahamiyati haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: Tarbiya, texnologiya, metod, inkorporatsiya, sistemali yondashuv, milliy
g‘oya, ma’naviy axloqiy e’tiqod, vayronkor g‘oyalar, insonparvarlik, mafkura.
EDUCATIONAL TECHNOLOGIES AND THEIR SPECIFIC CHARACTERISTICS
Abstract. This article talks about the essence and specific features of educational
technologies in the educational process using information communication technologies, as well as
the practical importance of using educational technologies in the educational and educational
process.
Key words: Education, technology, method, incorporation, systematic approach, national
idea, spiritual and moral belief, destructive ideas, humanitarianism, ideology.
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ И ИХ ОСОБЕННОСТИ
Аннотация. В данной статье говорится о сущности и особенностях
образовательных технологий в образовательном процессе с использованием
информационно-коммуникационных технологий, а также о практической значимости
использования образовательных технологий в учебно-воспитательном процессе.
Ключевые слова: Образование, технология, метод, инкорпорация, системный
подход, национальная идея, духовно-нравственные убеждения, деструктивные идеи,
гуманизм, идеология.
Ma`naviy-ahloqiy tarbiyaning texnologik jarayoni-boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini
ma`naviy barkamol shaxs etib tarbiyalashga qaratilgan psixologik-pedagogik va tashkiliy
jarayonlarning yaxlit tizimlashgan majmuidir.
Bu majmuani zamon talabida amalga oshirishda ilg‘or psixologik-pedagogik
texnologiyalardan keng foydalaniladi.
Texnologiya – aslida texnikaviy jarayonga tegishli bo‘lib, muayyan jarayonni tizimli
asosda samarali bajarishning metod va vositalari majmuasidir.
Pedagogik texnologiyalardan ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni uchta o‘zaro aloqador
birlik sifatida ko‘rib chiqiladi. Bu esa, - ta’lim, tarbiya va rivojlanishdir.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining yetakchi prinsiplari sifatida quyidagilarni
ko‘rsatish mumkin:
- tabiiylikni his qila olishlik - shaxsning genetik va ijtimoiy jihatlariga asoslangan holda
o‘quvchilarning o‘ziga xosligini individual xususiyatlarini hisobga olish;
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
593
- yaratuvchanlik - turli o‘quv muassasalari pedagoglarining pedagogik texnologiyalarni
yaratish imkoniyatlari;
- moslashganlik;
- turli ta’lim muassasalarida ta’lim shakli, metodi va usullarining qo‘llaniluvchanligi,
uyg‘unlilik-muayyan o‘quv predmetiga oid o‘quv materiali mazmunining shaxsni rivojlantirish
shakli, metodi va usullari bilan uyg‘un tarzda bog‘lanishi;
- inkorporatsiya - sistemali yondashuv asosida turli fanlarga oid bilimlarni birlashtirish.
TARBIYA TEXNOLOGIYASINING FALSAFASI NIMADAN IBORAT?
“Texnologiya” yunoncha so‘z bo‘lib, “techne” - “mahorat”, “san’at” va “logos” -
“tushuncha”, “o‘rganish” demakdir. Texnologiya so‘zi zamirida jarayonlarni amalga oshirish usul
va vositalari haqidagi bilimlar yig‘indisi, shuningdek, obyektda sodir bo‘ladigan sifat o‘zgarishlar
tushuniladi. Mana shu texnologik jarayonni tartibga solishda komil inson qiyofasini nazarda tutish,
bir tizimga keltirish, ketma-ketligini to‘g‘ri belgilab olish barkamol shaxsni tarbiyalash
mexanizmidir.
Tarbiya texnologiyasi - tarbiya jarayonini loyihalashtirish, amalga oshirish, baholash,
tuzatish va keyinchalik qayta tiklash, shuningdek, bu jarayonni texnikaviy jihozlashning tizimli
usuli. Tarbiya texnologiyasi ilmiy pedagogik bilimlarning zamonaviy darajasini aks ettirishi ta’lim
va tarbiyaning samarali usullaridan foydalanishi, o‘qitishning mumkin bo‘lgan texnik vositalarni
qo‘llashi, ta’lim va tarbiya bo‘yicha qo‘yilgan maqsadga to‘liq erishishni kafolatlashi, shuningdek,
barcha tarbiya texnologiyalari shaxs shakllanish jarayonlari sifatini nazorat qilishning obyektiv
metodikasi bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
Pedagogik bilimlar asosida milliy g‘oya va mafkurani talabalar ongida shakllantirishni
amalga oshirish uchun aniq maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning birligi negizida
tashkil etib, talabalar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratish lozim. Bu borada samaradorlikka
erishish yo‘lida tashkil etilgan dastlabki harakat bu oliy ta’lim muassasalarida talabalarga
pedagogik bilimlarni berish, ularda milliy g‘oya xususidagi tushunchalarni hosil hilish, ma’naviy
axloqiy e’tiqodni shakllantirish, vayronkor g‘oyalar ta’siridan saqlanish, g‘oyaviy insonparvarlik
hosil qilish maqsadida olib borilayotgan tadbirlar mazmunini tahlil etish, talabalarning ma’naviy-
axloqiy sifatlari darajasini o‘rganishdan iborat. Bu o‘rinda shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, ta’limni
insonparvarlashtirishni o‘zi milliy g‘oya xususidagi bilimlardan xabardor bo‘lib borishni
ta’minlaydi.
Tarbiya usullari turli elat, millat va davlatlarda turli-tumanligi bilan farq qiladi. Osiyo
mamlakatlarida, xususan O‘zbekistonda esa ko‘proq umuminsoniy tarbiya elementlari
qo‘llaniladi. Bunday tarbiya tizimining o‘ziga xosligi o‘zidan kattaga alohida hurmat, kattalar
gapiga quloq solishlik, ularning topshiriqlarini beminnat bajarishdir.
Boshlang’ich sinf o‘quvchilari axloqini, dunyoqarashini shakllantirishda ishontirish asosiy
metodlardan hisoblanadi. Ishontirish usuli asrimizning
20 - yillariga kelib asosiy metodlardan biri sifatida ilgari surilgan.
Ishontirishning psixologik asosi o‘quvchilar ongida kelgusi hatti-harakat bilan
xarakterlanadi. Hatti-harakatni oldindan rejalashtirishning bu usuli orttirilgan tajribaga va
faoliyatning normalari, qoidalari prinsiplariga asoslanadi. Shaxs biron bir ish yoki tadbirni
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
594
bajarishdan oldin albatta o‘z hatti-harakatlarini ijtimoiy talablar, atrof muhit sharoitlari bilan
munosibligini o‘ylab ko‘radi.
Ishontirish usulida tarbiyachi o‘quvchilar ongiga, ruhiga, oriyatiga, irodasiga ta’sir etish
yo‘li bilan ularning xarakteridagi axloqiy, intellektual va boshqa ijobiy hislatlarni shakllantiradi,
illatlarni kamaytiradi, yo‘qotadi. Ishontirish shakllanayotgan shaxsning qadriyatlariga,
dunyoqarashiga asoslanib, ruhiy va ijtimoiy munosabatlarning tub mag‘zini chuqur tushuntirishga
tayanadigan metod hisoblanadi.
O‘qituvchi o‘zi aytayotgan, uzatayotgan axborotga o‘quvchilarni ishontira olsagina, o‘z
orqasidan ergashtira oladi, o‘quvchilarni o‘quv mehnatiga, aqliy faoliyatiga rag‘batlantira oladi.
O‘qituvchi o‘quvchilarni ishontirish uchun turli vositalardan foydalanishi mumkin. Jonli suhbat,
iboralarni asosli faktlarni keltirish, hissiyotlariga ta’sir etish shular sirasiga kiradi.
Ishontirish orqali o‘qituvchi o‘quvchilarda har tomonlama kompleks tarbiyani amalga
oshiradi, hukumatimiz, Prezidentimizning olib borayotgan tashqi va ichki siyosati, ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning Respublikamizga xos tamoyillari, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning yo‘llari
tushuntirilganida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kelajakda Respublika hayotiga o‘zlarining
shaxsiy daxldorliklarini chuqurroq his qiladilar va shunga yarasha bilim, ko‘nikmalarni egallashga
harakat qiladilar.
Xulosa qilib aytganda, ta’limni miliy g‘oya asosida insonparvarlashtirish texnologiyasini
yaratish uchun ijtimoiy-gumanitar fanlari bo‘yicha tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar jarayonini
kuzatib, mazkur jarayonda talabalarni milliy g‘oya xususidagi bilimlardan xabardor etishga
yo‘naltirilgan faoliyat mazmunini o‘rgandik. Kuzatish davrida shunday holatning guvohi
bo‘ldikki, kuzatuvchi-o‘qituvchi sifatida tanlangan pedagogika fanlari o‘qituvchilari tomonidan
tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida talabalarning insonparvarlik dunyoqarashini boyitib
borish shuningdek, ularda kasbiy malakani hosil qilish kabi holatlarni qaror toptirish ishiga alohida
e’tibor berilsa-da, milliy g‘oya va mafkura, uning vazifalari masalalarining doimiy ravishda,
maqsadga muvofiq yoritib borilishiga nisbatan nazariy yoki amaliy yondashuv ko‘zga
tashlanmaydi. Shuning uchun oliy ta’lim muassasalaridagi ijtimoiy-gumanitar fanlarining
professor-o‘qituvchilari yosh avlod ta’limi va tarbiyasini muvoffaqiyatli tashkil eta olish
layoqatiga ega bo‘lishi, bu borada yetarli malaka oshirishi kerak.
Bu borada quyidagi tavsilarni ilgari surish mumkun:
- ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongiga ma’naviy omillarni singdirib
borish;
- ta’limni insonparvarlashtirish, ya’ni tarbiyaviy omillar bilan yo‘g‘irish;
- ta’limning bosh maqsadi milliy g‘oya va mafkura asosida belgilanishini doimo nazarda
tutish;
- ulkan ma’suliyat yuklayotganligini chuqur his etish, boshlang’ich sinf o‘quvchilarini
jiddiy g‘oyaviy tayyorgarlikka ega bo‘lishlari uchun muayyan shart-sharoitlarni yaratish.
Yuqoridagi tavsiyalarga muntazam amal qilish barkamol shaxsni voyaga etkazish
texnologiyasining uzluksiz ta’lim jarayonidagi boshlang‘ich bosqichi hisoblanadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
595
REFERENCES
1.
Azizxo‘jayеv N.N. Zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar (Rеklama - rеjalar). – Toshkеnt,
2002-yil
2.
Азизходжаева Н.Н. Педагогические технологии и педагогическое мастерство.- Т.:
«Молия», 2002-йил.
3.
Beruniy. Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar. 1-jild. Tosh- kent,
1968
4.
Беспалко В.П. Слагаемие педагогической технологии – М.: «Педагогика», 1989-йил.
5.
Беспалко В.П. Педагогика и прогрессивние технологии обучения. – М.: 1995-йил
6.
Forobiy. «Fozil odamlar shahri». - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi. nashriyoti,
1993. Yil.
7.
G.Qo‘ldosheva. “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga pedagogik materiallarni o‘rgatishda
pedagogik texnologiyalar jarayonlarini takomillashtirish”. Maqola. International scientific
journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023-yil.
8.
G.Qo‘ldosheva. “Pedagogik texnologiyalarning ta`lim sohasiga tadbiq etilishi va rivojlanish
xususiyatlari”. Tezis. “Zamonaviy ilm-fan va taʼlim istiqbollari” ilmiy-amaliy
konferensiyasi. 2024-yil.
