Authors

  • Shohnoza Axmedova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.29435

Keywords:

budget system economic reforms budget funds state programs.

Abstract

This thesis talks about the budget system of the Republic of Uzbekistan and issues of expanding the role of local budgets in it.

background image


358

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BUDJET TIZIMI VA UNDA MAHALLIY

BYUDJETLARNING O‘RNINI KENGAYTIRISH MASALALARI

Axmedova Shohnoza Ma’mur qizi

Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut magistrani.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10674901

Annotatsiya. Mazkur tezisda O‘zbekiston respublikasining budjet tizimi va unda mahalliy

byudjetlarning o‘rnini kengaytirish masalalari haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar: budjet tizimi, iqtisodiy islohotlar, budjet mablag‘lari, budjet tizimi, davlat

dasturlari.

THE BUDGET SYSTEM OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND ISSUES

OF EXPANDING THE ROLE OF LOCAL BUDGETS IN IT

Abstract. This thesis talks about the budget system of the Republic of Uzbekistan and issues

of expanding the role of local budgets in it.

Key words: budget system, economic reforms, budget funds, budget system, state

programs.

БЮДЖЕТНАЯ СИСТЕМА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН И ВОПРОСЫ

РАСШИРЕНИЯ РОЛИ МЕСТНЫХ БЮДЖЕТОВ В НЕЙ

Аннотация. В данной дипломной работе говорится о бюджетной системе

Республики Узбекистан и вопросах расширения роли местных бюджетов в ней.

Ключевые слова: бюджетная система, экономические реформы, бюджетные

средства, бюджетная система, государственные программы.

Amalga oshiralayotgan iqtisodiy islohotlar O‘zbekistondagi budjet jarayonini, ya’ni budjet

loyihasini ishlab chiqish, muhokama qilish, qabul qilish, ijro etish va ijrosi yuzasidan

hisobottayyorlashgacha bo‘lgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish, budjet tomonidan bir

yildan ortiq davom etadigan davlat dasturlarini moliyalashtirilishini ta’minlashni yaxshilash,

davlat dasturlarini bajarish uchun kerak bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan bog‘lash va budjet

jarayonini oshkoralik darajasini oshirishni taqozo etmoqda. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi

Budjet Kodeksiga asosan budjet buyurtmasida kelgusi uch yil uchun budjet mablag‘lari hisobidan

amalga oshiriladigan xarajatlar budjet tasnifiga muvofiq aks ettiriladi.

Budjet tizimi muayyan mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, ijtimoiy-

iqtisodiy, huquqiy va boshqa xususiyatlarining butun majmui asosida shakllanadi. Budjet tizimi

bu turli darajadagi budjetlar va budjet mablag‘lari oluvchilar yig‘indisini, budjetlarni tashkil


background image


359

etishni va tuzish tamoyillarini ifodalaydigan, budjet jarayonida ular o‘rtasida, shuningdek budjetlar

hamda budjet mablag‘lari oluvchilar o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro munosabatlar majmuidir.

Ko‘pchilik hollarda, soddaroq tarzda, budjet tizimi deyilganda, mamlakatdagi mavjud

budjetlar to‘plami (majmui) tushuniladi. Demak, budjet tizimi - bu iqtisodiy munosabatlarga,

davlat tuzilishiga va qonun normalariga asoslangan, davlat, ma’muriy-hududiy tuzilishlarning,

budjet munosabatlarida mustaqil bo‘lgan davlat tashkilotlari va fondlarining majmuidir.

O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining “Budjet tizimi tushunchasi va tamoyillari”

deb nomlanuvchi 2-bobi 6-moddasida “Budjet tizimi barcha darajadagi budjetlar, davlat maqsadli

jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari, budjet

tizimi budjetlarini tuzish va tashkil etish tamoyillari, ular o‘rtasida budjet jarayoni mobaynida

yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar yig‘indisini o‘zida ifodalaydi”-deb, tushuntirish berilgan.

Budjet tizimi mamlakat budjet tuzilishining tarkibiy qismi bo‘lib, uning ma’lum bir qismini

o‘zida ifoda etadi. Shu ma’noda, budjet tizimi mamlakat budjetining o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lgan

bo‘g‘inlarining o‘zaro yig‘indisidan iboratdir. Mamlakatning budjet tizimi jamiyatning siyosiy

tuzilishiga, davlatning iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriy-hududiy bo‘linishiga bevosita bog‘liq

bo‘ladi. Mamlakatning budjet tizimi ikki yoki uch bo‘g‘inli bo‘lishi mumkin. Unitar davlatlar deb

yuritiladigan mamlakatlarda budjet tizimi ikki bo‘g‘indan (markaziy va mahalliy budjetlar),

federativ davlatlar deb yuritiladigan mamlakatlarda esa uch bo‘g‘indan (markaziy budjet,

federatsiya a’zolari budjetlari va mahalliy budjetlar) iborat bo‘lishi mumkin.

Har bir mamlakatning budjet tizimi ma’lum bir tamoyil (tamoyil)larga tayanadi.

O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimiga xos bo‘lgan tamoyillar esa quyidagilardan iborat:

Budjet tizimining yagonaligi tamoyili

budjet hujjatlari va budjet hisobotlarining

shakllari, budjet tasnifi yagona bo‘lishi hamda budjet tizimi budjetlarining daromadlari va

xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, budjet hisobini yuritish va budjet hisobotini tuzishning

yagona tartibini ko‘zda tutadi Masalan, O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyat, tuman,

shaharlarining budjetlari bir xil, yagona belgilangan tartib asosida shakllantirilib, yagona

me’yorlar asosida ulardan xarajatlar amalga oshiriladi. Qolaversa, mamlakat hududidagi barcha

budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilot va muassasalar hududiy joylashuvidan qat’iy nazar bir

xil budjet qonunchiliga rioya etadi.

Budjet tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga

muvofiqligi tamoyili

esa budjet tizimi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy

tuzilishiga muvofiq bo‘lishi lozimligini ifodalaydi. Ya’ni, 14 ta yirik ma’muriy hududlar


background image


360

(Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahri) hamda mazkur hududlar

tarkibiga kiruvchi tuman va shaharlar soniga teng jami 220 ga yaqin mahalliy budjetlar mavjud.

Budjet tizimi budjetlarining balansliligi va o‘zaro bog‘liqligi tamoyili

budjet tizimi

budjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni qoplash

manbalari yig‘indisining hajmiga muvofiq bo‘lishini, hamda budjet tizimi budjetlarini tuzish va

ijro etishda budjetlarning mablag‘lari mazkur budjetlarning balansliligini ta’minlash uchun ular

o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkinligini anglatadi.

Misol uchun, biror viloyat budjetining, yoki tuman budjetining daromadlari miqdori

xarajatlari miqdoriga teng bo‘lishi lozim. Agar xarajatlarni qoplashga etarli daromadlar bo‘lmasa,

viloyat budjetiga respublika budjetidan, tuman budjetiga esa o‘zi bo‘ysunuvchi viloyatning

budjetidan turli xil moliyaviy yordamlar(budjet transfertlari) hisobiga daromadalar xarajatlarni

qoplashga etarli miqdorda shakllantiriladi, ya’ni balanslashtiriladi6. Budjet jarayonida tuman

budjetlari faqatgina o‘zlari bo‘ysunuvchi viloyat budjeti bilan, viloyatlar budjetlari esa faqat

respublika budjeti bilan o‘zaro bog‘liqda bo‘ladi.

Budjet tizimi budjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish tamoyili

budjet tizimi budjetlarini tuzishda budjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari

bo‘yicha prognoz qilinishini, xarajatlar esa yo‘nalishlar bo‘yicha rejalashtirilishini bildiradi.

Misol uchun, biror viloyat budjetini tuzishda mazkur budjetga yil davomida tushishi ko‘zda

tutilgan daromadlar miqdori va ularning manbalari, ya’ni soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar,

shuningdek soliq bo‘lmagan to‘lovlar miqdori oldindan belgilangan tartib va me’yorlar asosida

prognoz qilinadi. Ya’ni, viloyat budjetining daromadi yil davomida qancha miqdorda bo‘lishi, har

bir soliq turidan, aytaylik mol-mulk solig‘i yoki er solig‘idan yil davomida qancha miqdorda

daromad tushishi ma’lum normativ va metodlar asosida oldindan puxta hisob-kitob qilinib,

prognozlashtiriladi.

Budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan foydalanishning aniq yo‘naltirilganligi va

maqsadlilik xususiyati tamoyili

esa budjet tizimi budjetlarining mablag‘lari muayyan budjet

tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarga ushbu mablag‘lardan belgilangan maqsadlarni

moliyalashtirishda foydalanish uchungina ajratilishini nazarda tutadi.

Misol uchun, biror maktab ish haqi uchun ajratilgan mablag‘lardan kapital ta’mirlash yoki

kommunal to‘lovlardan qarzlarni to‘lash uchun foydalanishi mumkin emas.

Budjet tizimi budjetlarining mustaqilligi tamoyili

budjet tizimining turli darajadagi

budjetlari mustaqil ekanligini bildiradi.


background image


361

Ya’ni, viloyatlar budjetlari yoki tuman budjetlari amaldagi qonunchilik doirasida o‘zidan

yuqori turuvchi budjet bo‘g‘iniga bog‘liq bo‘lmagan holda daromadlarni shakllantirish yoki

xarajatlarni amalga oshirishi mumkin.

Budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan foydalanishning natijadorligi tamoyili budjet

jarayoni ishtirokchilari budjet tizimi budjetlarini tuzish va ijro etishda o‘zlariga berilgan vakolatlar

doirasida budjet tizimi budjetlarining belgilangan hajmdagi mablag‘laridan foydalangan holda

natijaga erishish zaruriyatini ifodalaydi.

Kassaning yagonaligi tamoyili esa budjet tizimi budjetlarining barcha daromadlari Yagona

g‘azna hisobvarag‘iga kiritilishini va ularning xarajatlarini to‘lash ushbu hisobvaraqdan amalga

oshirilishini anglatadi.

Ma’lumki, 2007 yildan boshlab respublikamizning barcha hududlaridagi budjet

tashkilotlari va muassasalari to‘liq g‘aznachilik tizimiga o‘tkazildi. Viloyat, tuman budjeti va

ulardan moliyalashtiriladigan barcha budjet tashkilotlari va muassasalarining joylashgan joyidan

yoki hisob raqami qaysi bankda bo‘lishidan qat’iy nazar ularning daromadlari Yagona g‘azna

hisobvarag‘iga kiritiladi(jamlanadi) va o‘z navbatida xarajatlarni amalga oshirishda ham

g‘aznachilik tizimi orqali mablag‘dan foydalanish mumkin.

Budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi tamoyili

budjet jarayonining har bir

ishtirokchisi budjet jarayonining har bir bosqichida o‘z harakatlari uchun javobgar bo‘lishini

nazarda tutadi.

Ma’lumki, budjet jarayonida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat moliyaviy

nazorat organlari, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar ishtirok etadilar. Mazkur

subyektlarning har biri budjet jarayonidagi o‘z harakatlari uchun javobgar bo‘ladilar.

Ochiqlik tamoyili

davlat budjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini ko‘rib

chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun

ochiqligini bildiradi.

Mamlakatlarning davlat tuzilishidagi, hokimiyat turli darajalarining budjet huquqlaridagi

farqlar turli shakldagi va modeldagi budjet tuzilishlari mavjudligini belgilaydi.

Jahon amaliyotida budjet tuzilishining markazlashtirilgan, markazlashtirishdan chikarilgan

va aralash modellari mavjud. Markazlashtirilgan model barcha budjetlar yagona davlat budjetida

markazlashtirilishi bilan tavsiflanadi, bunda har bir yuqori budjetga boshqaruvchilik roli

biriktirilgan bo‘ladi (Frantsiya, Italiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston). Markazlashtirishdan

chiqarilgan model budjet tizimi markaziy va mahalliy budjetlarining erkinligi bilan tavsiflanadi,


background image


362

bunda ushbu budjetlarning har biri ularning xarajatlarini ta’minlovchi o‘z daromadlar manbalariga

ega bo‘ladi (AQSh, GFR).

Aralash model markaziy budjetga mahalliy budjetlarni tartibga solish roli biriktirilishi

bilan tavsiflanadi, bunda ushbu budjetlar-ning har biri ularning xarajatlarini ta’minlovchi o‘z

daromadlar manbalariga ega bo‘ladi (Rossiya Federatsiyasi).

Amaldagi tartibga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi budjeti: davlat budjeti, davlat maqsadli

jamg‘armalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalaridan tashkil topadi.

O‘zbekiston Respublikasi budjet tuzilmasining bo‘g‘inlari ham o‘z navbatida tarkibiy

tuzilishga ega.

Davlat budjeti quyidagi darajadagi budjetlardan iborat:

1) O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti;

2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy

budjetlari.

Respublika budjeti - davlat budjetining umumdavlat ahamiyatiga molik tadbirlarni

moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan

tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan

mablag‘lar sarfining yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.

Mahalliy budjet - davlat budjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag‘lari

jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, unda ma’lum ma’muriy birlikning daromadlar

manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar

uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfining yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining budjeti – davlat budjetining Qoraqalpog‘iston

Respublikasi pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, unda mazkur

hududning daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili

mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfining yo‘nalishlari va miqdori aks

ettiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti Qoraqalpog‘iston Respubli-kasining respublika

budjetini hamda respublikaga (Qoraqalpog‘istonga) bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar

budjetlarini o‘z ichiga oladi.

Viloyatlar mahalliy budjetlari tuzilmasiga viloyat budjeti, viloyat tarkibidagi tumanlar va

shaharlarning budjetlari kiradi. Tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning budjeti esa

tuman budjetini va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi. Toshkent shahar


background image


363

mahalliy budjeti tuzilmasi shahar budjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning budjetlaridan

iborat.

Mahalliy budjetlar - Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar budjetlari, Toshkent

shahar budjeti, hamda mazkur budjetlarga kiruvchi quyi (shahar, tuman) budjetlarni o‘z ichiga

oladi.

Ularning daromadlari va xarajatlari tarkibi, budjet jarayoni va budjet huquqi qonun bilan

belgilangan. Mahalliy budjetlar O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetida muhim tarkibiy qismni

tashkil etadi va mahalliy hukumat organlarining faoliyat ko‘rsatishlarida moliyaviy manba bo‘lib

hisoblanadi. Shuningdek, mahalliy budjet asosiy moliyaviy reja sifatida tegishli hududning

iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining barcha sohalari va yo‘nalishlarini to‘liq qamrab oladi.

Yuqoridagilar bilan birgalikda, mahalliy budjetlar umumdavlat iqtisodiy va ijtimoiy

vazifalarini amalga oshirishda, birinchi navbatda davlat mablag‘larini taqsimlash va ijtimoiy

infratuzilmani rivoj-lantirishda muhim ahamiyatga ega.

Mamlakatda yaratilgan YaIMni taqsimlash va aholiga etkazish asosan budjet tizimi orqali

amalga oshiradi. Bunda xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, uy-joy kommunal xizmat

sohasi bilan bog‘liq asosiy xarajatlar mahalliy budjetlar hisobidan amalga oshiriladi.

Davlat tomonidan ijtimoiy himoya bilan bog‘liq siyosatni amalga oshirish katta

miqdordagi moddiy va moliyaviy resurslarni talab qiladi va bu muhim vazifalar mahalliy

hokimiyat organlariga yuklatilgan. Aholini ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni

moliyalashtirish ham asosan mahalliy budjetlar hisobidan amalga oshiriladi. Umumdavlat pul

mablag‘larini budjet bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlanishining asosini hududiy budjetlar mustaqilligi,

ularni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvatlanishi, ular daromadlarini hududiy manbalar

hisobidan shakllanish tamoyillari tashkil etadi. Ushbu tamoyillardan kelib chiqqan holda, mahalliy

budjetlarning daromadlari o‘z daromadlari va boshqariladigan manbalar hisobidagi

daromadlardan shakllanadi.

REFERENCES

1.

Abduvoxidov A. Qodirova D. Obilov M. O ‘ZBEKISTONDA MAHALLIY

BYUDJETLARNING

DAROMADLAR

BAZASINI

TAKOMILLASHTIRISH

YO‘LLARI //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 4-12.

2.

Abduvoxidov A. Matkuliyeva S. BUDJЕT SIYОSАTI SAMARADORLIGINI

OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH //Iqtisodiy

taraqqiyot va tahlil. – 2023. – Т. 1. – №. 8. – С. 5-19.

References

Abduvoxidov A. Qodirova D. Obilov M. O ‘ZBEKISTONDA MAHALLIY BYUDJETLARNING DAROMADLAR BAZASINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 4-12.

Abduvoxidov A. Matkuliyeva S. BUDJЕT SIYОSАTI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. – 2023. – Т. 1. – №. 8. – С. 5-19.