PECULIARITIES OF INVESTIGATION OF CRIMES OF ILLEGAL DEALING WITH NARCOTIC DRUGS AND PSYCHOTROPIC SUBSTANCES

HAC
Google Scholar
To share
To‘ychiev , N. . (2024). PECULIARITIES OF INVESTIGATION OF CRIMES OF ILLEGAL DEALING WITH NARCOTIC DRUGS AND PSYCHOTROPIC SUBSTANCES. Modern Science and Research, 3(2), 767–769. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29477
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article describes the specific features of the investigation of crimes of illegal dealing with narcotic drugs and psychotropic substances. During the article, reasonable opinions and considerations are mentioned.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

767

GIYOHVANDLIK VOSITALARI VA PSIXOTROP MODDALAR BILAN QONUNGA
XILOF RAVISHDA MUOMALA QILISH JINOYATLARINI TERGOV QILISHNING

OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

To‘ychiev Nurmuxammad Rustamjon o‘g‘li.

O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish Akademiyasi

"tergov faoliyati" magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10679183

Annotatsiya. Mazkur maqolada giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan

qonunga xilof ravishda muomala qilish jinoyatlarini tergov qilishning oʻziga xos xususiyatlari
yoritib berilgan. Maqola davomida asosli fikr va mulohazalar keltirib o’tilgan.

Kalit so’zlar: giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, uyushgan jinoyatchilik.

PECULIARITIES OF INVESTIGATION OF CRIMES OF ILLEGAL DEALING

WITH NARCOTIC DRUGS AND PSYCHOTROPIC SUBSTANCES

Abstract. This article describes the specific features of the investigation of crimes of illegal

dealing with narcotic drugs and psychotropic substances. During the article, reasonable opinions
and considerations are mentioned.

Key words: narcotics, psychotropic substances, organized crime.

ОСОБЕННОСТИ РАССЛЕДОВАНИЯ ПРЕСТУПЛЕНИЙ НЕЗАКОННОГО

ОБОРОТА НАРКОТИЧЕСКИХ СРЕДСТВ И ПСИХОТРОПНЫХ ВЕЩЕСТВ

Аннотация. В статье рассмотрены особенности расследования преступлений,

связанных с незаконным оборотом наркотических средств и психотропных веществ. В
ходе статьи приводятся обоснованные мнения и соображения.

Ключевые слова: наркотики, психотропные вещества, организованная

преступность.


Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala

qilish inson sog‘lig‘i va xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi, respublikadagi kriminogen vaziyatga,
jamiyatning iqtisodiy va madaniy negiziga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ko‘pincha u uyushgan
jinoyatchilik bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa, bu jinoyatlarning voyaga yetmaganlar orasida
tarqalganligi katta xavf tug‘diradi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda yetishtirilishi taqiqlangan o‘simliklarni o‘stirish

hollarining ko‘payganligi, tarkibida narkotik moddalar mavjud bo‘lgan ekin maydonlarining
kengayganligi kuzatilmoqda. Katta miqdordagi narkotiklarni, shu jumladan ularning O‘zbekiston
Respublikasi hududi orqali olib o‘tishga mo‘ljallanganlarini fosh etish hollari ortmoqda.

Bu jinoyatlardan aksariyati boshqa mamlakatlardagi jinoiy olam bilan aloqasi bo‘lgan

uyushgan guruhlar tomonidan, shuningdek maxfiy joylardan va texnika vositalaridan foydalangan
holda sodir etilmoqda. Narkotiklarni tashish uchun ko‘pincha ayollar va o‘smirlar jalb etilmoqda.

Amaldagi Jinoyat kodeksining XIX bobi Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop

moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat 6 turdagi jinoyatlar uchun
javobgarlik belgilab o‘tilgan: Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish 270-modda; giyohvandlik
vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash 271-
modda; giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

768

maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, va boshqa harakatlar
qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish 273-modda; giyohvandlik
vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni iste‘mol qilishga jalb etish 274-
modda; giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar ishlab chiqarish
yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish 275-modda; giyohvandlik vositalari, va ularning
analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda
tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar 276-modda.Giyohvand vositalari bilan qonunga
xilof ravishda muomalada bo‘lish sohasidagi barcha jinoyatlar (JK ning 270-276 moddalari)
blanket dispozitsiyalardir. Ya‘ni, jinoyat qonuni giyohvand moddalarni qonunga xilof ravishda
muomala qilishga oid jinoyatlar tushunchasini va belgilarini dispozitsiyaning o‘zida ochib
bermasdan ushbu sohada qabul qilingan qonun ya‘ni O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil
19-avgustdagi―Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida‖gi 813-I sonli
qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Giyohvandlik vositalari,
psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning muomalasi sohasidagi nizomlarni
tasdiqlash to‘g‘risidagi‖ qaroriga murojaat etadi.Ushbu qonunda giyohvandlik tushunchasi
berilgan bo‘lib, unga muvofiq ―Giyohvandlik (narkotik) vositalari —giyohvandlik vositalari
ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi
sintetik yoki tabiiy moddalar, tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lganpreparatlar va
o‘simliklar tushuniladi. Ushbu toifadagi jinoyatlarni tergov qilishda O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi plenumining 2017-yil 28-apreldagi ―Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar
bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti
haqida‖gi qarori talablariga rioya qilish kerak.

Giyohvand moddalar yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda

muomalada bo‘lishga oid jinoyat ishlar bo‘yicha aybdorlikning isbotlashning muhim
asoslaridan biri hisoblangan, ya‘ni, jinoyat-protsessual kodeksining 173-moddasiga muvofiq,
vosita yoki moddani narkotik yoki psixotrop deb e‘tirof etish uchun sud-kimyoviy ekspertiza
o‘tkazishdir. Sud-kimyoviy ekspertiza: olingan vosita giyohvand hisoblanadimi, uning turini,
aktiv modda miqdori va sof og‘irligini, ularni tayyorlash usuli, saqlash sharoiti, ko‘karib turgan
joyi bo‘yicha kelib chiqishi jihatidan umumiy manbaga egaligi haqidama‘lumot beradi.

Giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda muomala qilish turidagi

jinoyatlarni tergov qilishda subyektning o‘ziga xos tomonlari bo‘lgan: uning giyohvand moddaga
ruju qo‘yganligi, so‘roq davomida o‘zini tuta olmasligi, aqlan zaiflashishi, yo‘lg‘on gapirib
so‘roqqa xalaqt qilish bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkin.Bundan tashqari, ushbu turdagi
jinoyat ishlar bo‘yicha dastlabki tergovda maqsadini aniqlash ham muhim ro‘l tutadi.
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini
ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, va boshqa harakatlar qilish,
shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish jinoyatining zaruriy belgisi maqsadi
hisoblanadi. Uning isbotlanmaganligi esa ijtimoiy xavfli qilmishning JK 276-moddasi bilan
kvalifikatsiya qilishni belgilab beradi.Giyohvandlik vositasi yoki psixotrop moddalarni tegishli
litsenziya (ruxsatnoma)siz oz miqdorda bo‘lsa ham saqlash jinoyat hisoblanadi.

Jinoyatchi esa buning ijtimoiy xavfli qilmishligini bila turib, uni hech kim aniqlashni

ilojisi yo‘q joylarni qidirib, saqlash usullarini o‘ylab topadi. Jinoyatchilar javobgarlikdan qochish


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

769

uchun bir xil javob ya‘ni o‘tkazish maqsadida transportda jo‘natayotgan buyumlari, hovlisida
o‘stirib qo‘ygan ko‘knori o‘simligi haqida hech narsa bilmasligini vaj qiladilar. Bu esa tergov
jarayonini yanada og‘irlashtiradi. Bunday vaziyatda esa, tintuv o‘tkazishga tayyorgarlik
ko‘riladi. Tintuv guruhi ishtirokchilari yetishtirilgan yoki saqlangan hovli yoki joydagi dalillarni:
giyohvand vositalari izlari, ularni o‘lchashda ishlatilgan tarozilar, nasha tayyorlashda
foydalanilgan elaklar, jinoiy yo‘l bilan topilgan pul mablag‘lari, ijtimoiy xavfli qilmishni
bajargan shaxslarni narkotik moddalarni tayyorlovchi yoki vositachiligini, boshqa aloqador
shaxslar mavjudligini aniqlash ularning asosiy maqsadi hisoblanadi. Tintuv natijalari
bayonnomada aks ettirilgan bo‘lishi kerak ya‘ni giyohvand moddasini yashirish uchun alohida
yaratilgan joy aniqlansa uni tasvirga olishi, qolgan giyohvand yoki psixotrop moddalar yoki
prekursorlar aniqlangan taqdirda ularni alohida-alohida joylab va ularni raqamlab suratga
olinishi kerak.

Umumiy xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, giyohvand moddalarni qonunga xilof ravishda

muomalada bo‘lishi jinoyatining qarshi kurash olib borishda va bu turdagi jinoyatlarning oldini
olish maqsadida keng qamrovli tadbirlar o‘tkazilishini ta‘minlash lozim.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi [2021 yil 1 aprelgacha bo‘lgan
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar bilan] –T.: «Yuridik adabiyotlar publish», 2021y.

2.

O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi ―Giyohvandlik vositalari va
psixotrop moddalar to‘grisidagi qonuni URL:

https://lex.uz/docs/-86044

3.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-aprelidagi ―Giyohvand
vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda
muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida‖gi 12-sonli qarori
URL: https://lex.uz/docs/3203265

References

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi [2021 yil 1 aprelgacha bo‘lgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar bilan] –T.: «Yuridik adabiyotlar publish», 2021y.

O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi ―Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘grisidagi qonuni URL: https://lex.uz/docs/-86044

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-aprelidagi ―Giyohvand vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida‖gi 12-sonli qarori URL: https://lex.uz/docs/3203265

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов