ISSUES OF DIGITALIZATION OF THE BANKING SYSTEM IN UZBEKISTAN

HAC
Google Scholar
To share
Abduraximova (Amanova) , M. (2024). ISSUES OF DIGITALIZATION OF THE BANKING SYSTEM IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 3(2), 797–801. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29481
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Today, the rapid development of the digital economy is considered one of the important conditions for achieving sustainable development. The digital economy and digital technologies are rapidly entering the banking system. Digitization of banks serves to further improve the quality of the provided banking services and eliminate various administrative obstacles. The article examines the working mechanism of modern innovations in the field of finance and their evolution, and analyzes digital solutions for use in the banking sector.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

797

O‘ZBEKISTONDA BANK TIZIMINI RAQAMLASHTIRISH MASALALARI

Abduraximova (Amanova) Mashxura Baxrombekovna

Bank-moliya akademiyasi magistratura talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10679512

Annotatsiya. Bugungi kunda raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish barqaror

taraqqiyotga erishishning muhim shartlaridan biri sifatida qaralmoqda. Raqamli iqtisodiyot va
raqamli texnologiyalar bank tizimiga ham jadal kirib kelmoqda. Banklarni raqamlashtirish
ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yanada oshirish, turli ma’muriy to‘siqlarni bartaraf
etishga xizmat qiladi. Maqolada moliya sohasidagi zamonaviy innovatsiyalarning ishlash
mexanizmi va ularning evolyutsiyasi ko‘rib chiqilgan, bank sohasida foydalanish uchun raqamli
echimlar tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamlashtirish, raqamli texnologichyalar, moliyaviy

texnologiyalar, banklar transformatsiyasi.

ISSUES OF DIGITALIZATION OF THE BANKING SYSTEM IN UZBEKISTAN

Abstract. Today, the rapid development of the digital economy is considered one of the

important conditions for achieving sustainable development. The digital economy and digital
technologies are rapidly entering the banking system. Digitization of banks serves to further
improve the quality of the provided banking services and eliminate various administrative
obstacles. The article examines the working mechanism of modern innovations in the field of
finance and their evolution, and analyzes digital solutions for use in the banking sector.

Key words: digital economy, digitization, digital technologists, financial technologies,

bank transformation.

ВОПРОСЫ ЦИФРОВИЗАЦИИ БАНКОВСКОЙ СИСТЕМЫ В

УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация. Сегодня стремительное развитие цифровой экономики считается

одним из важных условий достижения устойчивого развития. Цифровая экономика и
цифровые технологии стремительно входят в банковскую систему. Цифровизация банков
служит дальнейшему повышению качества предоставляемых банковских услуг и
устранению различных административных препятствий. В статье рассматривается
механизм работы современных инноваций в сфере финансов и их эволюция, а также
анализируются цифровые решения для использования в банковской сфере.

Ключевые слова: цифровая экономика, цифровизация, цифровые технологи,

финансовые технологии, банковская трансформация.


Kirish.

Mamlakatimiz iqtisodiyotiga “raqamli texnologiyalar”ni joriy etish bugungi kunda

o‘zining potentsial imkoniyatlarini kengaytirish jarayonida bo‘lgani holda, texnik baza, dasturiy
ta’minotning nomukammalligi, aholi kompyuter savodxonlik darajasining pastligi, raqamli
texnologiyalar sohasini tartibga solish borasida qonunchilik bazasining bugungi kun talablariga
javob bera olmasligi kabi omillar kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish va biznes muhitiga
yangi “raqamli texnologiyalar”ni integratsiyalashuviga to‘sqinlik qilmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

798

Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-

5992-son Farmoni bilan “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank
tizimini isloh qilish Strategiyasi” tasdiqlandi [2]. Mazkur strategiyada ham bank tizimini isloh
qilishning ustivor yo‘nalishlaridan biri sifatida

davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat banklarini

kompleks

transformatsiya qilish,

bank

ishining

zamonaviy

standartlarini,

axborot

texnologiyalarini va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, banklardagi davlat aktsiyalari paketini
zarur tajriba va bilimga ega bo‘lgan investorlarga tanlov savdolari asosida sotish, shuningdek,
davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat banklari va korxonalarni bir vaqtning o‘zida isloh qilish orqali
bank sektorida davlatning ulushini kamaytirish belgilab berilgan.

Tahlil va natijalar.

Raqamli iqtisodning xarakterli ko‘rsatgichlari sifatida yangi ishlab

chiqarish usullarini, ommaviy hamkorlikni, ommaning intellektual mulkka egalik qilishini,
iste’mol modellaring o‘zgarishini va ochiq mehnat bozorini keltirish mumkin. Ammo, hozirgi
paytda raqamli iqtisod (internet-savdo, internet-xizmatlar, kontentlar, elektron to‘lov va
boshqalar)ning O‘zbekiston Respublikasi yalpi milliy daromadidagi hissasi 1% ga ham bormaydi
[5].

Lekin mamlakatimizning rivojlanish tendentsiyalari shuni ko‘rsatadiki, yuqorida

ko‘rsatilgan bozorlar kelajakda tezlik bilan rivojlanib ketadi. Bundan tashqari, to‘rtinchi sanoat
revolyutsiyasi va 4.0 industriya texnologiyalari bilan bog’liq bo‘lgan texnologik o‘zgarishlar,
ya’ni, ommaviy robotlashtirish, qo‘shimcha va virtual reallik texnologik platformalari hamda 3D-
printer texnologiyalari ushbu jarayonni yanada tezlashtiradi [5]. Yuqorida aytib o‘tilgan 4.0

Industriya atamasi 2011 yilda Gannover yarmarkasida iste’molga kirdi va uning ma’nosi

qiymat hosil qilish global zanjirini ko‘rsatishdan iborat. “Aqlli zavodlar”, “aqlli texnologiyalar”
va “aqlli robotlar” kabi texnologiyalarining jahon bo‘ylab tarqalishini amalga oshirgan holda,
to‘rtinchi sanoat revolyutsiyasi global darajada virtual va fizikaviy tizimlarning bir-biriga o‘zaro
ta’sirini amalga oshiradi. Bu esa o‘z navbatida mahsulotlarning to‘liq moslashuvchanligiga hamda
yangi operatsion modellar yaratilishiga olib keladi.

Raqamli iqtisodiyotning yana boshqa bir hizmatlari, shu jumladan, big data, sun’iy

intellekt, mashina vositasida ta’lim berish, kraudsorsing, kraudfanding, blokcheyn va bulutli
texnologiyalar ham kelajak iqtisodiyotida va korporativ boshqaruvda hal qiluvchi ahamiyat kasb
etishini hayotning rivojlanish tendentsiyalari yaqqol ko‘rsatib turibdi [5].

1-jadval

Moliya tizimini raqamlashtirish evolyutsiyasi

Davr

Bosqich

Xususiyati

1950-

yillar

bank kartalarining

paydo bo‘lishi va keg

tarqalishi

chakana mijozlarning keng doirasi uchun bank
mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish va targ’ib
qilish. Kredit kartalar banklar tomonidan ommaviy
iste’molchi uchun ishlab chiqilgan universal mahsulot
hisoblanar edi

1960-

yillar

bankomatlardan

foydalanish

Avtomatlashtirilgan avtomat (ATM) bankomatlar
mijozlarga hizmat ko‘rsatish va naqd operatsiyalarni
amalga oshirish qulayligi uchun ixtiro qilingan va faol
ishlatilgan bo‘lib, bu bank xizmatlaridan bank


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

799

filiallaridan tashqarida foydalanish imkoniyatini
yaratdi.

1970-

yillar

elektron savdo

maydonchalarini

yaratish (birinchisi -

NASDAQ)

qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalarni
tizimlashtirish va avtomatlashtirish moliyaviy
operatsiyalarni o‘tkazishni ancha soddalashtirdi

1980-

yillar

birinchi bank

kompyumterlari va

axborot texnologiyalari

echimlari

Moslashtirilgan mikrokompyuterlar asosida bank
ma’lumotlarini qayta ishlash uchun maxsus elektron
vositalarni yaratish kredit tashkilotlariga xarajatlarni
kamaytirishga imkon berdi. Bank xodimining ish
joyini kompyuter bilan jihozlash mumkin bo‘ldi

1990-

yillar

“moliyaviy

texnologiyalar”

tarmog’ining

shakllanishi

moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar sohasida
innovatsion echimlar va texnologiyalarni birlashtirgan
maxsus ekotizimning paydo bo‘lishi

2000-

yillar

robotlashtirish,

vizualizatsiya,

buyumlar Internetining

paydo bo‘lishi,

shuningdek insonlar va

raqamli agentlarni

birlashtirgan SMART

ekotizimlarni yaratish

Internet-kommunikatsiyalarniyu ommaviylashishi.
An’anaviy operatsion va axborot texnologiyalarining
birlashishi, “aqlli” mashinalarning ko‘payishi. Bunday
holda, axborot nafaqat qiymat yaratish vositasi, balki
mustaqil mahsulotga ham aylanadi (prognozli va
retsept bo‘yicha tahlil, masofaviy monitoring va
boshqarish)

Manba: Умные финансы: современные технологии в международных финансах:

сб.докладов / под ред. В.Д.Миловидова, С.Ю. Перцевой. – Москва: МГИМО – Университет,
2018.

Moliya sektorini raqamlashtirish zamonaviy jahon iqtisodiyoti rivojlanishining ajralmas

xususiyatidir. Moliya bozori sub’ektlari muvaffaqiyatli va raqobatbardosh bo‘lishlari uchun ilg’or
texnologiyalarni joriy qilishda global tendentsiyalarga rioya qilish va “raqamli” bo‘lishi zarur.

Ushbu vazifani bajarish an’anaviy dunyo biznes modellarini zamonaviy dunyo

muammolariga javob beradigan tarzda o‘zgartirishga olib keladi. Kredit tashkilotlari, sug’urta
kompaniyalari va boshqa institutsional investorlar raqamli texnologiyalar ta’sirida o‘z faoliyatini
takomillashtirish bo‘yicha muhim o‘zgarishlarni amalga oshirmoqdalar.

Bank sektorini raqamlashtirish murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Ammo uning yakuniy

maqsadi aniq va sodda —ya’ni mijozlar va banklarning o‘zlari uchun resurslarni (vaqt va pulni)
tejashdan iboratdir.

Bankni raqamlashtirish iste’molchiga qanday navf beradi:

-

iste’molchi bank xizmatlaridan istalgan vaqtda va istalgan kanallar: bank ofisi, koll-

markaz, videoa aloqa, bankomat, mobil va Internet-banking, chat-botlar ijtimoiy tarmoqlar va
messenjerlar orqali foydalanishi mumkin bo‘ladi;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

800

-

mijozning bank ofisiga kelishiga hojat qolmaydi, ular masofadan turib har qanday

xizmatni olishlari mumkin: o‘z uyiga etkazib berish sharti bilan kartani ochish, kreditni
rasmiylashtirish, omonat ochish va boshqalar;

-

xizmatlar shaxsiylashtiriladi. Katta ma’lumotlar tufayli banklar mijozlar haqida juda ko‘p

ma’lumotlarga ega bo‘ladilar, bu esa turli rasmiyatchiliklarga barham beradi.

Moliyaviy texnologiyalar ekotizimi startaplar, texnologik kompaniyalar, moliya institutlari

va infratuzilma ishtirokchilari kabi elementlarni o‘z ichiga oladi [3].

Moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishda quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin (1-

jadval). Moliya sohasidagi raqamlashtirish evolyutsiyasi yuqori intensivlik va rivojlanish
dinamikasini namoyish etadi. Ushbu jarayon iqtisodiy tizim, uning institutlari va butun jamiyat
uchun sifat jihatidan yangi talablarning paydo bo‘lishiga olib keladi.

Raqamli texnologiyalarni joriy etish iqtisodiyotning barcha tarmoqlari biznes strategiyasini

tubdan o‘zgartirishni talab qiladi. Innovatsion echimlarni qo‘llashning yuqori samaradorligi
moliya sektorini bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun ham, mijozlar va bozor
ishtirokchilari bilan o‘zaro ta’sir darajasini oshirish uchun ham o‘zgarishga majbur qiladi.

An’anaviy biznes modelini o‘zgartirish bank faoliyatining barcha yo‘nalishlarini

birlashtirgan axborot texnologiyalarining muhim qismini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Ushbu jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1. Doimiy tuzatishlar kiritish zarurligini hisobga olgan holda, biznesni yuritish va uning

missiyasi asosida raqamli strategiyani ishlab chiqish (raqamli innovatsiyalar paydo bo‘lishining
yuqori tezligi, qonunchilikdagi o‘zgarishlar va boshqalar).

2. IT tizimlari yoki IT landshaftining arxitekturasini yaratish. Ushbu bosqich ma’lum bir

konfiguratsiyada qurilgan va biznes bo‘limlari uchun operatsion jarayonlarning ishlashini
ta’minlaydigan dasturiy ta’minot, hisoblash va telekommunikatsiya vositalari to‘plamlarini ishlab
chiqishni o‘z ichiga oladi;

3. IT-echimlarni ishlab chiqish va ularni ishga tushirish.
IT landshaftidan foydalangan holda raqamli strategiyani amalga oshirish bo‘yicha yo‘l

xaritasini yaratish alohida biznes yo‘nalishlarini ajratishni nazarda tutadi: ko‘p kanalli tarqatish va
marketing, xizmatlar va jarayonlarni birlashtirish, ishlov berish operatsiyalari, qo‘llab-quvvatlash,
ma’lumotlar fabrikasi, strategiya va menejment [4].

Ushbu biznes yo‘nalishlarini samarali rivojlantirish uchun banklar ko‘p kanalli xizmatlarni

boshqarishga imkon beradigan yagona ko‘p kanalli raqamli platformani joriy qilishlari kerak.

Xizmatlar va jarayonlarning samarali integratsiyasini ta’minlash uchun API (application

programming interface) texnologiyasiga qurilgan hamkorlik sxemasi ishtirokchilariga ochiq
ma’lumotlarni mobil aloqa bilan ta’minlashda foydalanish kerak [4].

Tranzaktsiyalarni qayta ishlash sohasida, shu jumladan mahsulotlararo faoliyat

funktsiyalari bo‘yicha (shartnomalar bo‘yicha operatsiyalarni boshqarish, to‘lovlar, limitlar, qarz
oluvchilarni baholash, muvofiqlik va boshqalar), shuningdek, bank mahsulotlari bilan bog’liq
barcha operatsiyalar (joriy hisobvaraqlar va depozitlar, kredit berish, fond bozoridagi
operatsiyalar,

banklararo

operatsiyalar

va

boshqalar),

jarayonlar

va

amaliyotlarni

avtomatlashtirishni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

801

Mijozlarning tranzaktsion ma’lumotlarini yig’ish, saqlash va boshqarish bank biznesining

muhim qismidir. Uning samaradorligini oshirish uchun avtomatizatsiyani kuchaytirish kerak, shu
jumladan IT-landshaft tizimlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlarnining ko‘lamini belgilash biznes
bo‘limlari uchun jarayonlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaydi va xarajatlarni kamaytiradi.

Shuningdek, mijozlarning hizmatlardan qoniqishi darajasini baholash uchun mikro

segmentlarni va ularning hatti - harakat modellarini belgilab olib tahliliy vositalardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079 sonli “Raqamli
O‘zbekiston — 2030» Strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g’risida”gi Farmoni.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston
Respublikasining bank tizimini isloh qilish Strategiyasi”ni tasdiqlash to‘g’risidagi 2020 yil
12 maydagi PF-5992-son Farmoni.

3.

Перцева.С.Ю. Финтех: механизм функционирования / С.Ю. Перцева // Инновации в
менеджменте. 2017. №12. — С. 50-53.

4.

Умные финансы: современные технологии в международных финансах: сб.докладов
/ под ред. В.Д.Миловидова, С.Ю. Перцевой. - Москва: МГИМО - Университет, 2018.

5.

Ayupov Ravshan Hamdamovich& Kurbanov Zafar Mamanazarovich&Ergasheva Mamura
Gayratovna. MAIN DIRECTIONS OF USE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN THE
ECONOMIC SECTORS OF UZBEKISTAN. Journal of innovations in economy. 2020.
Special Issue 4. pp. 36-4.

6.

Abdulazizovich, Abduvoxidov Akmal, and Obilov Mirkomil Rashidovich. "RAQAMLI
IQTISODIYOT VA UNING MOLIYAVIY BOZORGA TA’SIRI."

International Journal

of Contemporary Scientific and Technical Research

(2022): 71-75.

7.

Abdulazizovich, Abduvakhidov Akmal, and Kamilova Sanobar Mirdjamolovna. "ISSUES
OF BANKING SYSTEM DIGITALIZATION IN UZBEKISTAN."

World Bulletin of

Management and Law

11 (2022): 14-19.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079 sonli “Raqamli O‘zbekiston — 2030» Strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish Strategiyasi”ni tasdiqlash to‘g’risidagi 2020 yil 12 maydagi PF-5992-son Farmoni.

Перцева.С.Ю. Финтех: механизм функционирования / С.Ю. Перцева // Инновации в менеджменте. 2017. №12. — С. 50-53.

Умные финансы: современные технологии в международных финансах: сб.докладов / под ред. В.Д.Миловидова, С.Ю. Перцевой. - Москва: МГИМО - Университет, 2018.

Ayupov Ravshan Hamdamovich& Kurbanov Zafar Mamanazarovich&Ergasheva Mamura Gayratovna. MAIN DIRECTIONS OF USE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN THE ECONOMIC SECTORS OF UZBEKISTAN. Journal of innovations in economy. 2020. Special Issue 4. pp. 36-4.

Abdulazizovich, Abduvoxidov Akmal, and Obilov Mirkomil Rashidovich. "RAQAMLI IQTISODIYOT VA UNING MOLIYAVIY BOZORGA TA’SIRI." International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research (2022): 71-75.

Abdulazizovich, Abduvakhidov Akmal, and Kamilova Sanobar Mirdjamolovna. "ISSUES OF BANKING SYSTEM DIGITALIZATION IN UZBEKISTAN." World Bulletin of Management and Law 11 (2022): 14-19.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов